7.17 Nogironlar

Qo'shimcha axborot belgilari

7.17 Nogironlar

7.17. "Nogironlar"

7.17 «Nogironlar» belgisi qora hoshiyali to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda. To‘rtburchak markazida «Nogironligi bo‘lgan shaxs» taniqlik belgisidagi kabi, aravachada o‘tirgan nogironligi bo‘lgan shaxsning ramziy shakli tasvirlangan.

7.17 «Nogironlar» belgisi 5.15 «To‘xtab turish joyi» belgisi bilan qo‘llaniladi. To‘xtab turish joyi (yoki uning bir qismi) Yo‘l harakati qoidalarning 176-bandiga muvofiq «Nogiron» taniqlik belgisi o‘rnatilgan transport vositalari uchun ajratilganligini ko‘rsatadi.

Qoidalarga asosan 5.15 va 7.17 belgilari birgalikda o‘rnatilgan to‘xtab turish joylarida,  birinchi yoki ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxs boshqarayotgan, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarni yoki nogironligi bo‘lgan bolalarni tashiyotgan transport vositalariga to‘xtab turishga ruxsat etiladi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun to‘xtash qoidasi nafaqat avtomobillarga, balki mototsikl va aravachalarga ham tegishli. Ushbu shaxslarda tegishli imtiyozlardan foydalanish uchun, doimo nogironlikni tasdiqlovchi hujjat bo‘lishi kerak.

Shuningdek, to‘xtab turish joylarining nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun ajratilgan qismida, nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun to‘xtab turish joyini ko‘rsatuvchi 1.24 yotiq chizig‘idan ham foydalanish mumkin.

To‘xtab turish joylarida, tegishli belgilar yoki chiziqlar bilan alohida tartib o‘rnatilmagan bo‘lsa, nogironligi bo‘lgan shaxslarning to‘xtab turish joyidan foydalanishi, umumiy tartibda amalga oshiriladi.