7.5.5 Amal qilish vaqti

Qo'shimcha axborot belgilari

7.5.5 Amal qilish vaqti

7.5.4-7.5.7. "Amal qilish vaqti"

7.5.4, 7.5.5, 7.5.6, 7.5.7  «Amal qilish vaqti» belgilari qora hoshiyali to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda. To‘rtburchak markazida mos ravishda, belgilarning amal qilish vaqti ko‘rsatilgan. 7.5.4, 7.5.5, 7.5.6, 7.5.7  «Amal qilish vaqti» belgilari, ular bilan birga o‘rnatilgan belgilarga mos ravishda, kunning qaysi vaqtida va haftaning qaysi kuni va qaysi soatlarida amal qilishni ko‘rsatadi. «Amal qilish vaqti» belgilari ma’lum bir vaqtni ko‘rsatadi: haftaning kunlari yoki ma’lum bir vaqt oralig‘i. Va bu belgilardan biri bilan o‘rnatilgan belgi faqat ko‘rsatilgan vaqt davomida amal qiladi. 7.5.4 belgisi, u bilan o‘rnatilgan belgi haftaning har kuni, lekin belgida ko‘rsatilgan vaqtda (mahalliy vaqt bilan) harakatni tartibga solishini anglatadi. 7.5.5 belgisi haydovchiga u bilan qo‘llanilgan belgi faqat shanba, yakshanba yoki bayram kunlarida belgida ko‘rsatilgan vaqtda qo‘llanilishini ma’lum qiladi. 7.5.6 belgisi u bilan o‘rnatilgan belgi faqat ish kunida va faqat belgida ko‘rsatilgan vaqtda amal qilishi haqida xabar beradi.

7.5.7 belgisi u bilan o‘rnatilgan belgining ta’siri unda ko‘rsatilgan kun va vaqtda amal qilishini ko‘rsatadi. «Amal qilish vaqti» belgilari turli ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Haydovchi faqat belgilarning ishlash tartibini eslab qolishi kerak, ya’ni belgi u bilan birga o‘rnatilgan belgilarning aniq amal qilish vaqtini ko‘rsatadi.