Servis belgilar

<ul><li><strong>6.12. "YPX maskani"</strong></li></ul><p>Ushbu belgi transport vositalari haydovchilariga zamonaviy aloqa vositalari bilan ta'minlangan Yo'l patrul xizmati maskanining manzili haqida axborot beradi. Yo'l harakati ishtirokchilari yo'l – transport hodisalari, yo'llarda paydo bo'lgan turli to'siqlar, jamoat tartibi buzilganlik holatlari yoki kerakli axborotlarni olish bo'yicha yo'l patrul xizmatiga murojaat qilishlari mumkin.</p>