Axborot ishora belgilari

<ul><li><strong>5.37. "Reversiv harakatlanish yo'liga chiqish"</strong></li></ul><p>Ushbu belgi chorraha oldida o'rnatiladi. Kesishadigan yo'lning bir yoki bir necha tasmalarida, harakatlanish yo'nalishi qarama-qarshi tomonga o'zgarishi mumkinligi haqida axborot beradi. Transport vositasi haydovchisi reversiv harakatlanish tasmasi bor yo'lga tashkil qilingan harakat tartibini hisobga olgan holda chiqishi kerak.</p>