Axborot ishora belgilari

<ul><li><strong>5.11.2. "Qayrilib olish oralig'i"</strong></li></ul><p>Bu belgi qayrilish oralig'ining uzunligini ko'rsatadi. U harakat tig'iz joylarda transport vositalarining qayrilishini tartibga solish orqali yo'llarning o'tkazuvchanlik imkoniyatini oshirishga xizmat qiladi. Lekin bu belgi bor joylarda chapga burilish mumkin emasligini unutmaslik lozim.</p><p><i>Taqiqlangan joydan burilgan transport vositasi haydovchisi eng kam oylik ish haqining 0,5 baravari miqdorida jarimaga tortiladi.</i></p>