YHQ 13-bobi 91-bandiga asosan, quyidagi joylarda to'xtash va to'xtab turish taqiqlanadi: qatnov qismi kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi chetiga 30 metrdan kam masofada (uch tomonlama kesishadigan chorrahalarda yondan tutashgan yo'lning sidirg'a chiziq yoki ajratuvchi mintaqa bilan ajratilgan qarama-qarshi tomoni bundan mustasno).
2. Harakat ikki tomonlama bo‘lgan, uch tasmali yo‘lda Siz o‘ngga burilishingiz zarur. Ushbu harakatni qaysi tasmadan amalga oshirasiz?
O‘ng tasmadan
O‘rta tasmadan
O‘ng yoki o‘rta tasmadan
O‘rta yoki chap tasmadan
To'g'ri javob: O‘ng tasmadan
YHQ 9-bobi 56-bandiga muvofiq, haydovchi, aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi o'ngga burilishdan oldinroq shu yo'nalishda harakatlanishi uchun mo'ljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart.
3. Chorrahada aylanma harakatlanish tashkil qilingan. Siz yaqinlashib kelayotkan chorrahaning qatnov qismi ikkita xarakat bo‘lagiga ega. Chorrahaga kirishda burilish uchun siz qaysi tasmani egallashingiz lozim?
O‘ng tasmani
Chap tasmani
O‘ng yoki chap tasmani
To'g'ri javob: O‘ng yoki chap tasmani
YHQ 9 – bobi 56 – bandi: Haydovchi, aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burulishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi o‘ngga, chapga burulishi yoki qayrilib olishidan oldinroq shu yo‘nalishda harakatlanishi uchun mo‘ljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart.
Ya’ni aylanma harakatli chorrahadan kirishda eng chetki holatni egallash shart emas va bu holatda o‘ng yoki chap yo‘lakdan harakatlanish mumkin.
4. Piyodalarga yo'lni piyodalar o'tish joyidan tashqarida kesib o'tishga ruxsat etiladimi?
Ruxsat etiladi.
Piyodalarga ko'rinadigan oraliqda o'tish joyi yoki chorraha bo'lmasa, ajratuvchi mintaqasiz va to'siqsiz yo'llardan yo'lning ikki tomoni yaxshi ko'rinadigan joyidan, qatnov qismining chetiga nisbatan to'g'ri burchak ostida kesib o'tish ruxsat etiladi.
Taqiqlanadi.
To'g'ri javob: Piyodalarga ko'rinadigan oraliqda o'tish joyi yoki chorraha bo'lmasa, ajratuvchi mintaqasiz va to'siqsiz yo'llardan yo'lning ikki tomoni yaxshi ko'rinadigan joyidan, qatnov qismining chetiga nisbatan to'g'ri burchak ostida kesib o'tish ruxsat etiladi.
YHQ 4-bobi 17-bandiga asosan, piyodalarga ko'rinadigan oraliqda o'tish joyi yoki chorraha bo'lmasa, ajratuvchi mintaqasiz va to'siqsiz yo'llardan yo'lning ikki tomoni yaxshi ko'rinadigan joyidan, qatnov qismining chetiga nisbatan to'g'ri burchak ostida kesib o'tish ruxsat etiladi.
5. Chorraha qismida kesib o‘tgan yo‘lga nisbatan asosiy bo‘lgan yo‘lda transport vositalarini quvib o‘tishga ruxsat etiladimi?
Ruxsat etiladi
Taqiqlanadi
To'g'ri javob: Ruxsat etiladi
YHQ 12-bobi 86-bandi 2-xatboshiga asosan, quvib o'tish quyidagi hollarda taqiqlanadi - tartibga solinmaydigan chorrahalarda asosiy hisoblanmaydigan yo'llarda harakatlanishda.
6. Sariq avtobusning haydovchisiga chorrahaga kirishga ruxsat etiladimi?
Ruxsat etiladi.
Taqiqlanadi.
Agar avtobus belgilangan yo'nalish bo'yicha yursa, ruxsat etiladi.
To'g'ri javob: Taqiqlanadi.
YHQ 14-bobi 97-bandiga asosan, haydovchi tirbandlik tufayli majburiy to'xtab, ko'ndalang yo'nalishdagi transport vositalarining harakatlanishiga to'sqinlik tug'diradigan bo'lsa, chorrahaga kirishi, agar to'xtash chizig'i yoki 5.33 yo'l belgisidan o'tib bo'lgan haydovchiga esa qatnov qismlari kesishmasiga kirishi taqiqlanadi.
7. Velosiped yo‘lkasi yo‘l bilan kesishgan joylarda velosiped va moped haydovchilari qanday hollarda transport vositalariga yo‘l berishlari kerak?
Chorrahadan tashqaridagi tartibga solinmagan kesishmalarda barcha hollarda
Transport vositasi o‘ngdan yaqinlashib kelganda
Ko‘rsatilgan joyda velosiped va moped haydovchilari imtiyozga egadirlar
To'g'ri javob: Chorrahadan tashqaridagi tartibga solinmagan kesishmalarda barcha hollarda
YHQ 28-bobi 169-bandiga asosan, chorrahadan tashqaridagi tartibga solinmagan velosiped yo'lkasi bilan yo'l kesishmasida velosipedchilar va moped haydovchilari yo'lda harakatlanayotgan boshqa transport vositalariga yo'l berishlari kerak.
8. Piyodalar o‘tish joyi bo‘lmaganda piyodalarga yo‘l qatnov qismining qaysi joyidan kesib o‘tishga ruxsat etiladi?
Chorrahalarda trotuar chiziqlari yoki yo‘l yoqasi bo‘ylab
Qatnov qismining chekkasiga nisbatan to‘g‘ri burchak ostida, ajratuvchi mintaqasiz va to‘siqsiz har ikki tomon yaxshi ko‘rinadigan joylardan
Barcha sanab o‘tilgan joylardan
To'g'ri javob: Barcha sanab o‘tilgan joylardan
YHQ 4-bobi 17-bandi 2-xatboshiga asosan, piyodalarga ko'rinadigan oraliqda o'tish joyi yoki chorraha bo'lmasa, ajratuvchi mintaqasiz va to'siqsiz yo'llardan yo'lning ikki tomoni yaxshi ko'rinadigan joyidan, qatnov qismining chetiga nisbatan to'g'ri burchak ostida kesib o'tish ruxsat etiladi.
9. Chorrahani kesib o‘tishda tramvay yo‘li bo‘ylab harakatlanishga ruxsat etiladimi?
Taqiqlanadi
Agar qarama-qarshi yo‘nalishdagi tramvayga to‘sqinlik qilmasa, ruxsat etiladi
Qarama-qarshi yo‘nalishdagi tramvay yo‘llari bo‘ylab ruxsat etiladi
Boshqa tasmalar band bo‘lganda, aylanib o‘tishga, chapga burilish va qayrilib olishga, bir yo‘nalishdagi tramvay yo‘llari bo‘ylab harakatlanishga ruxsat etiladi (agar chorrahadan oldin 5.8.1 yoki 5.8.2 yo‘l belgilari o‘rnatilmagan bo‘lsa). Bunda tramvayga halal bermaslik kerak
To'g'ri javob: Boshqa tasmalar band bo‘lganda, aylanib o‘tishga, chapga burilish va qayrilib olishga, bir yo‘nalishdagi tramvay yo‘llari bo‘ylab harakatlanishga ruxsat etiladi (agar chorrahadan oldin 5.8.1 yoki 5.8.2 yo‘l belgilari o‘rnatilmagan bo‘lsa). Bunda tramvayga halal bermaslik kerak
YHQ 10-bobi 69-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Bir yo‘nalishdagi qatnov qismining chap tomonida u bilan bir sathda joylashgan tramvay yo‘lidan, shu yo‘nalishdagi boshqa tasmalar band bo‘lganda harakatlanishga, shuningdek, aylanib o‘tishga, chapga burilish va qayrilib olishga ushbu Qoidalarning 56-bandini hisobga olgan holda ruxsat etiladi. Biroq bu tramvayga xalaqit bermasligi kerak. Qarama-qarshi yo‘nalishdagi tramvay yo‘lidan harakatlanish taqiqlanadi.
10. Qaysi joylarda orqa bilan harakatlanish taqiqlanadi?
Chorrahalarda, piyodalar o‘tish joylarida
Ko‘priklarda, osma yo‘llarda, estakadalarda va ularning ostida
Avtomagistrallarda
Sanab o‘tilgan barcha joylarda
To'g'ri javob: Sanab o‘tilgan barcha joylarda
YHQ 9 – bobining 63 bandiga asosan orqaga harakatlanish chorrahalarda va Qoidalarning 62 – bandiga muvofiq qayrilib olish taqiqlangan joylarda hamda 19 – bobining 121 – bandiga asosan, avtomagistrallarda orqaga harakatlanish taqiqlanadi.
11. Transport vositalari chorrahani quyidagi tartibda kesib o‘tadilar:
Yengil avtomobil, avtobus, velosiped
Avtobus, velosiped, yengil avtomobil
Avtobus, yengil avtomobil, velosiped
Velosiped, avtobus, yengil avtomobil
To'g'ri javob: Velosiped, avtobus, yengil avtomobil
premium_required
12. Piyodalar o‘tish joyidan tashqarida yo‘ning qatnov qismida ajratuvchi mintaqa bo‘lganda piyodalarning qatnov qismini kesib o‘tishlariga ruxsat etiladimi?
Yo‘lning har ikki tomoni ko‘rinadigan joylarda ruxsat etiladi
Faqat aholi punktlaridan tashqarida ruxsat etiladi
Faqat aholi punktlarida ruxsat etiladi
Taqiqlanadi
To'g'ri javob: Taqiqlanadi
YHQ 4-bobi 17-bandi 2-xatboshisiga asosan, piyodalarga ko'rinadigan oraliqda o'tish joyi yoki chorraha bo'lmasa, ajratuvchi mintaqasiz va to'siqsiz yo'llardan yo'lning ikki tomoni yaxshi ko'rinadigan joyidan, qatnov qismining chetiga nisbatan to'g'ri burchak ostida kesib o'tish ruxsat etiladi. Ajratuvchi mintaqali yo'llarda taqiqlanadi.
13. Ko‘rsatilgan vaziyatda haydovchi qanday yo‘l tutishi kerak?
Piyodalarga mazkur yo‘nalishning qatnov qismidan butunlay o‘tib olishlariga imkon berishi
Yo‘l-transport hodisasi oldini olish uchun tovush ishorasini berishi va asosiy yo‘lda bo‘lgani sababli piyodalarga yo‘l bermay o‘tish joyidan o‘tishi
To'g'ri javob: Piyodalarga mazkur yo‘nalishning qatnov qismidan butunlay o‘tib olishlariga imkon berishi
YHQ 14-bobi 96-bandiga asosan, chapga yoki o'ngga burilayotgan haydovchi kesishayotgan yo'lning qatnov qismidan o'tayotgan piyoda(lar)ga, shuningdek velosiped yo'lkasidan yo'lni kesib o'tayotgan velosipedchi(lar)ga yo'l berishi kerak.
14. Harakat ikki tomonlama bo‘lgan, uch tasmali yo‘lda Siz o‘ngga burilishingiz zarur. Ushbu harakatni qaysi tasmadan amalga oshirasiz?
O‘ng tasmadan
O‘rta tasmadan
O‘ng yoki o‘rta tasmadan
O‘rta yoki chap tasmadan
To'g'ri javob: O‘ng tasmadan
YHQ 9-bobi 56-bandiga muvofiq, haydovchi, aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi o'ngga burilishdan oldinroq shu yo'nalishda harakatlanishi uchun mo'ljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart.
15. Qaysi transport vositasining haydovchisi qayrilib olishni to'g'ri bajarmoqda?
Ko'k avtomobil haydovchisi.
Qizil avtomobil haydovchisi.
Har ikki haydovchi.
To'g'ri javob: Har ikki haydovchi.
YHQ 9-bobi 59-bandi muvofiq, chorrahadan tashqaridagi qatnov qismining kengligi chetki chap holatdan qayrilib olish uchun yetarli bo'lmasa, ushbu manyovrni qatnov qismining o'ng chetidan (yo'lning o'ng yoqasidan) amalga oshirish mumkin. Bu holda haydovchi bir yo'nalishdagi va qarama-qarshi yo'nalishdagi transport vositalariga yo'l berishi shart.
16. Qaysi transport vositasining haydovchisi aylanma harakatli charrahaga to‘g‘ri kirayapti?
Ikkala haydovchi ham to‘g‘ri kirayapti
Faqat avtobus haydovchisi
Faqat yengil avtomobil haydovchisi
To'g'ri javob: Ikkala haydovchi ham to‘g‘ri kirayapti
YHQ 9-bobi 56-bandiga asosan, aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi o'ngga, chapga burilishi yoki qayrilib olishdan oldinroq shu yo'nalishda harakatlanishi uchun mo'ljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart.
17. Agar qatnov qismining kengligi chetki chap holatdan qayrilib olish uchun yetarli bo‘lmasa, qoidalar qayrilishni qatnov qismining o‘ng chekkasi yoki yo‘lning o‘ng yoqasidan amalga oshirishga yo‘l qo‘yadimi?
Qatnov qismining faqat o‘ng chekkasidan yo‘l qo‘yadi. Yo‘lning o‘ng yoqasidan yo‘l qo‘yilmaydi
Yo'l qo‘yiladi. Bunda qayrilib olayotgan haydovchi shu yo‘nalishdagi va qarama-qarshi yo‘nalishdagi transport vositalariga yo‘l berishi shart
Yo‘l qo‘yilmaydi
To'g'ri javob: Yo'l qo‘yiladi. Bunda qayrilib olayotgan haydovchi shu yo‘nalishdagi va qarama-qarshi yo‘nalishdagi transport vositalariga yo‘l berishi shart
YHQ 9-bobi 59-bandi muvofiq, chorrahadan tashqaridagi qatnov qismining kengligi chetki chap holatdan qayrilib olish uchun yetarli bo'lmasa, ushbu manyovrni qatnov qismining o'ng chetidan (yo'lning o'ng yoqasidan) amalga oshirish mumkin. Bu holda haydovchi bir yo'nalishdagi va qarama-qarshi yo'nalishdagi transport vositalariga yo'l berishi shart.
18. Qizil avtomobilga mazkur vaziyatda quvib o‘tishga ruxsat etiladimi?
Ruxsat etiladi
Taqiqlanadi
Quvib o‘tilayotgan transport vositasining tezligi 40 km/soatdan kam bo‘lganda ruxsat etiladi
To'g'ri javob: Ruxsat etiladi
YHQ 12-bobi 86-bandi 2-xatboshiga asosan, quvib o'tish quyidagi hollarda taqiqlanadi - tartibga solinmaydigan chorrahalarda asosiy hisoblanmaydigan yo'llarda harakatlanishda.
19. Yonilg‘i quyish joyidan yo‘lga chiqish chorraha hisoblanadimi?
Hisoblanmaydi
Hisoblanadi
To'g'ri javob: Hisoblanmaydi
YHQ 1-bob 6-bandi 36 va 51 -tushunchalariga asosan, yondosh hududdan chiqish joylari chorraha hisoblanmaydi. Yondosh hudud – bevosita yo'lga tutashgan va transport vositalari o'tib ketishi uchun mo'ljallanmagan hudud (hovlilar, mahallalar, turar joy dahalari, transport vositasi to'xtab turish joylari, yonilg'i quyish shaxobchalari, korxona va shunga o'xshashlar).
20. Qayerda transport vositalarining to‘xtashi va to‘xtab turishi taqiqlanadi?
Transport vositalari va piyodalarning harakati serqatnov joylarda
Ko‘priklarda, estakadalarda va osma yo‘llarda, uchtadan kam harakatlanish tasmasi bo‘lganda
Qatnov qismlari kesishmasi chetida 30 metrdan ko‘proq masofa qolganda
To'g'ri javob: Ko‘priklarda, estakadalarda va osma yo‘llarda, uchtadan kam harakatlanish tasmasi bo‘lganda
YHQ 13-bobi 91-bandi 12-xatboshiga asosan, quyidagi joylarda to'xtash va to'xtab turish taqiqlanadi: qatnov qismi kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi chetiga 30 metrdan kam masofada (uch tomonlama kesishadigan chorrahalarda yondan tutashgan yo'lning sidirg'a chiziq yoki ajratuvchi mintaqa bilan ajratilgan qarama-qarshi tomoni bundan mustasno).
21. Qaysi avtomobilning haydovchisi to‘xtab turish qoidalarini buzmadi?
Qizil
Sariq
Har ikkisi buzgan
Hech kim buzmadi
To'g'ri javob: Har ikkisi buzgan
YHQ 13-bobi 88-bandiga asosan, transport vositalariga yo'lning o'ng tomonida yo'l yoqasida, u bo'lmaganda esa qatnov qismining chetida to'xtash va to'xtab turishga ruxsat etiladi. Aholi punktlarida o'rtada tramvay yo'li bo'lmagan, har yo'nalishda bittadan tasmasi bo'lgan, shuningdek bir tomonlama harakat tashkil etilgan yo'llarda yo'lning chap tomonida to'xtash va to'xtab turishga ruxsat etiladi.
YHQ 13-bobi 91-bandiga asosan, qatnov qismi kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi chetiga 30 metrdan kam masofada (uch tomonlama kesishadigan chorrahalarda yondan tutashgan yo‘lning sidirg‘a chiziq yoki ajratuvchi mintaqa bilan ajratilgan qarama-qarshi tomoni bundan mustasno) to‘xtash taqiqlanadi.
22. Ko‘rsatilgan vaziyatda o‘ngga burilar ekan, haydovchi qanday yo‘l tutishi kerak?
Ustunlik huquqidan foydalanib, tovushli xabar berishi va belgilangan yo‘nalishda harakatni davom ettirishi
Harakat tezligini pasaytirishi va alohida ehtiyotkorlik bilan yo‘lda davom etishi
Qatnov qismidan o‘tuvchi piyodalarni o‘tkazib yuborishi
To'g'ri javob: Qatnov qismidan o‘tuvchi piyodalarni o‘tkazib yuborishi
YHQ 14-bobi 96-bandiga asosan, chapga yoki o'ngga burilayotgan haydovchi kesishayotgan yo'lning qatnov qismidan o'tayotgan piyoda(lar)ga, shuningdek velosiped yo'lkasidan yo'lni kesib o'tayotgan velosipedchi(lar)ga yo'l berishi kerak.
23. Qaysi rasmda haydovchi yo‘lovchilarni tushurish uchun o‘z avtomobilini noto‘g‘ri to‘xtatdi?
Chapdagi rasmda
Ikkala rasmda
O‘ngdagi rasmda
To'g'ri javob: Ikkala rasmda
YHQ 13-bobi 91-bandiga asosan: piyodalar o‘tish joylarida va ulardan oldin 10 metrdan kam masofa qolganda; qatnov qismi kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi chetiga 30 metrdan kam masofada (uch tomonlama kesishadigan chorrahalarda yondan tutashgan yo‘lning sidirg‘a chiziq yoki ajratuvchi mintaqa bilan ajratilgan qarama-qarshi tomoni bundan mustasno).
24. Sanab o‘tilgan hollarning qay birida qatnov qismining o‘ng chetidan yoki yo‘lning o‘ng yoqasidan qayrilishga ruxsat etiladi?
Tartibga solingan chorrahalarda
Chorrahalardan tashqarida, agar qatnov qismining kengligi chetki chap holatdan qayrilish uchun yetarli bo‘lmasa
Tartibga solinmaydigan chorrahalarda, agar qayrilishni amalga oshirayotgan transport vositasi asosiy yo‘lda bo‘lsa
To'g'ri javob: Chorrahalardan tashqarida, agar qatnov qismining kengligi chetki chap holatdan qayrilish uchun yetarli bo‘lmasa
YHQ 9-bobi 59-bandining ikkinchi xatboshisiga asosan: Chorrahadan tashqarida qayrilib olishda, agar qatnov qismining kengligi manyovrni chetki chap holatdan bajarish uchun yetarli bo‘lmasa, uni qatnov qismining o‘ng chetidan (o‘ng yo‘l yoqasidan) amalga oshirishga yo‘l qo‘yiladi. Bu holda haydovchi shu yo‘nalishdagi va qarama-qarshi yo‘nalishdagi transport vositalariga yo‘l berishi shart.
25. Chorrahaga kirganingizda tartibga soluvchi qo‘lini yuqoriga ko‘tardi, sizga harakatlanishga ruxsat etiladimi?
Ruxsat etiladi
Ruxsat etiladi, agarda siz o‘ngga buriladigan bo‘lsangiz
Ruxsat etilmaydi
To'g'ri javob: Ruxsat etiladi
YHQ 7-bobi 41-bandiga asosan, tartibga soluvchining qo'li yuqoriga ko'tarilganida, haydovchilar transport vositalarini to'xtash chizig'i oldida, bunday chiziq bo'lmaganda esa: chorrahaning qatnov qismi bilan kesishgan joyida, boshqa joylarda tartibga soluvchining oldida, harakatlanishiga ruxsat berilgan transport vositalari va piyodalarga xalaqit bermagan holda, keskin tormoz bermasdan to'xtashga ulgura olmaydigan transport vositalarining haydovchilariga harakatni davom ettirishga ruxsat etiladi.
26. Chorrahaga kirishda Siz:
Mototsiklga yo‘l berishingiz kerak
Har ikkisiga ham yo‘l berishingiz kerak
Birinchi o‘tish huquqiga egasiz
To'g'ri javob: Har ikkisiga ham yo‘l berishingiz kerak
Yo‘l harakati qoidalarining 98 bandi 3 xatboshiga asosan, aylanma harakatlanish chorrahasida harakatlanayotgan transport vositalari aylanaga kirib kelayotgan transport vositalariga nisbatan ustunlikka (imtiyozga) ega.
27. Chorrahaning ko‘rsatilgan joyida Sizga to‘xtashga ruxsat etiladimi?
Ruxsat etiladi
Taqiqlanadi
Ruxsat etiladi, agarda Sizning transport vositangiz bilan sidirg‘a chiziq orasidagi masofa 3 metrdan ortiq bo‘lsa?
To'g'ri javob: Taqiqlanadi
Yo‘l harakati qoidalarining 91 bandiga asosan, quyidagilarda to‘xtash taqiqlanadi: qatnov qismi kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi chetiga 30 metrdan kam masofada (uch tomonlama kesishadigan chorrahalarda yondan tutashgan yo‘lning sidirg‘a chiziq yoki ajratuvchi mintaqa bilan ajratilgan qarama-qarshi tomoni bundan mustasno).
28. Siz chorrahada chapga burilishda qaysi transport vositasiga yo‘l berishingiz kerak?
Hech kimga
Engil avtomobilga
Avtobusga
To'g'ri javob: Hech kimga
29. Ushbu chorrahada kim yo‘l beradi?
Ko‘k avtomobil
Mototsikl va sariq avtomobil
To'g'ri javob: Ko‘k avtomobil
Yo‘l harakati qoidalarining 98 bandi 3 xatboshiga asosan, aylanma harakatlanish chorrahasida harakatlanayotgan transport vositalari aylanaga kirib kelayotgan transport vositalariga nisbatan ustunlikka (imtiyozga) ega.
30. Chorraha – bu ...
Bevosita yo‘lga tutashgan va transport vositalari o‘tib ketishi uchun mo‘ljallanmagan hudud (hovlilar, turar joy dahalari, avtomobil to‘xtab turish joylari, yonilg‘i quyish shoxobchalari, korxona va shunga o‘xshashlar).
Yo‘llarning o‘zaro bir sathda kesishadigan, tutashadigan va ayriladigan joyi.
Yo‘lning relssiz transport vositalari harakati uchun mo‘ljallangan qismi.
To'g'ri javob: Yo‘llarning o‘zaro bir sathda kesishadigan, tutashadigan va ayriladigan joyi.
Yo‘l harakati qoidalarining 6 bandiga asosan, chorraha — yo‘llarning o‘zaro bir sathda kesishadigan, tutashadigan va ayriladigan joyi. Chorraha chegarasi uning markazidan qatnov qismlari oxiridagi qarama-qarshi tomonlarning eng uzoq burilish joylarini tutashtiruvchi tasavvur qilinadigan chiziqlar bilan aniqlanadi.
Yondosh hududlardan chiqish joylari chorraha hisoblanmaydi.
31. Chorrahadan tashqaridagi tartibga solinmagan velosiped yo‘lkasi bilan yo‘l kesishmasida kim yo‘l berishi kerak?
Velosiped yo‘lkasidan harakatlanayotgan velosiped va moped haydovchilari
Transport vositalari haydovchilari
To'g'ri javob: Velosiped yo‘lkasidan harakatlanayotgan velosiped va moped haydovchilari
Yo‘l harakati qoidalarining 169 bandiga asosan, chorrahadan tashqaridagi tartibga solinmagan velosiped yo‘lkasi bilan yo‘l kesishmasida velosiped va moped haydovchilari yo‘lda harakatlanayotgan boshqa transport vositalariga yo‘l berishlari kerak.
32. Ushbu chorrahada haydovchi orqaga harakatlanib ko‘rsatilgan manyovrni bajarishga ruxsat etiladimi?
Ruxsat etiladi
Agar boshqa yo‘l harakati qatnashchilariga xalaqit bermasa, mumkin
Taqiqlanadi
To'g'ri javob: Taqiqlanadi
YHQ 9-bobi 63 - bandiga muvofiq, chorrahalarda orqaga harakatlanish taqiqlanadi.
33. Aylanma harakatlanish chorrahasida...
Harakatlanayotgan transport vositalari aylanaga kirib kelayotgan transport vositalariga nisbatan ustunlikka (imtiyozga) ega
Harakatlanayotgan transport vositalariga nisbatan aylanaga kirib kelayotgan transport vositalari ustunlikka (imtiyozga) ega
To'g'ri javob: Harakatlanayotgan transport vositalari aylanaga kirib kelayotgan transport vositalariga nisbatan ustunlikka (imtiyozga) ega
Yo‘l harakati qoidalarining 98 bandi 3 xatboshiga asosan, aylanma harakatlanish chorrahasida harakatlanayotgan transport vositalari aylanaga kirib kelayotgan transport vositalariga nisbatan ustunlikka (imtiyozga) ega.
34. Aylanma harakatlanish chorrahasida...
Harakatlanayotgan transport vositalari aylanaga kirib kelayotgan transport vositalariga nisbatan ustunlikka (imtiyozga) ega
Harakatlanayotgan transport vositalariga nisbatan aylanaga kirib kelayotgan transport vositalari ustunlikka (imtiyozga) ega
To'g'ri javob: Harakatlanayotgan transport vositalari aylanaga kirib kelayotgan transport vositalariga nisbatan ustunlikka (imtiyozga) ega
Yo‘l harakati qoidalarining 98 bandi 3 xatboshiga asosan, aylanma harakatlanish chorrahasida harakatlanayotgan transport vositalari aylanaga kirib kelayotgan transport vositalariga nisbatan ustunlikka (imtiyozga) ega.
35. Qaysi rasmda piyoda(lar) yo‘lni qoidani buzgan holda kesib o‘tmoqda?
Uchinchi va to‘rtinchi rasmlarda
Ikkinchi va uchinchi rasmlarda
Ikkinchi rasmda
Uchinchi rasmda
Ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi rasmlarda
To'g'ri javob: Uchinchi rasmda
YHQ 4-bobi 17-bandi: Piyodalar yo‘ning qatnov qismini piyodalar o‘tish joylaridan, shuningdek, yer osti va yer usti o‘tish joylaridan, ular bo‘lmaganda esa chorrahalarda trotuar chiziqlari yoki yo‘l yoqasi bo‘ylab kesib o‘tishlari kerak.
Piyodalarga ko‘rinadigan oraliqda o‘tish joyi yoki chorraha bo‘lmasa, ajratuvchi mintaqasiz va to‘siqsiz yo‘llardan yo‘lning ikki tomoni yaxshi ko‘rinadigan joyidan, qatnov qismining chetiga nisbatan to‘g‘ri burchak ostida kesib o‘tish ruxsat etiladi.
36. Tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega bo‘lmagan holat:
Depodan chiqishda
Depoga kirishda
Har ikkisida imtiyozga ega
Har ikkisida imtiyozga ega emas
To'g'ri javob: Depodan chiqishda
YHQ 22-bobi 131-bandi: Tramvay yo‘llari chorrahadan tashqarida qatnov qismini kesib o‘tadigan joylarda tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega bo‘ladi (depodan chiqish joylari bundan mustasno).
37. Harakatlanish vaqtida velosipedchi bilan avtomobil yo‘llari kesishganda kim yo‘l berishi kerak?
Avtomobil
Velosipedchilar
O‘zaro kelishib o‘tishadi
To'g'ri javob: Velosipedchilar
YHQ 28-bobi 169-bandi: Chorrahadan tashqaridagi tartibga solinmagan velosiped yo‘lkasi bilan yo‘l kesishmasida velosiped va individual harakatlanish vositalari yo‘lda harakatlanayotgan boshqa transport vositalariga yo‘l berishlari kerak. Velosiped yo‘lkasi va piyodalar yo‘lkasi (trotuar) o‘zaro kesishgan holatlarda velosiped va individual harakatlanish vositasi piyodaga yo‘l berishi kerak.
38. Qaysi haydovchi to‘xtab turish qoidalarini buzmagan?
Mototsikl haydovchisi
Trotuarda to‘xtab turgan avtomobil haydovchisi
Hech kim buzmadi
To'g'ri javob: Mototsikl haydovchisi
YHQ 28-bobi 169-bandi: Chorrahadan tashqaridagi tartibga solinmagan velosiped yo‘lkasi bilan yo‘l kesishmasida velosiped va individual harakatlanish vositalari yo‘lda harakatlanayotgan boshqa transport vositalariga yo‘l berishlari kerak. Velosiped yo‘lkasi va piyodalar yo‘lkasi (trotuar) o‘zaro kesishgan holatlarda velosiped va individual harakatlanish vositasi piyodaga yo‘l berishi kerak.
39. Ko‘k rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalari va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan maxsus transport vositasi chorrahani nechanchi bo‘lib kesib o‘tadi?
Oxirgi
Birinchi
Ikkinchi
To'g'ri javob: Birinchi
YHQ 6-bobi 26-bandiga asosan: Haydovchilar tezkor va maxsus xizmatlarning ko'k yoki qizil yoxud ko'k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan holda yaqinlashayotgan transport vositalariga
Shuningdek, ularning kuzatuvidagi, yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilgan transport vositasi (transport vositalari)ga yo‘l berishlari shart. Mazkur turdagi transport vositalarini quvib o‘tish taqiqlanadi.
40. Avtomobil haydovchisi qaysi yo‘nalishlarda harakatlanishga ruxsat beradi?
Faqat A va B
Faqat B
Barchasi
Faqat A
To'g'ri javob: Faqat B
"YHQga 1-ILOVA 4.1.4 bandi va 9-bob. 56-band 1-xatboshiga asosan: 4.1.4. «Harakatlanish to‘g‘riga yoki o‘ngga».
56. Aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi o‘ngga, chapga burilishi yoki qayrilib olishdan oldinroq shu yo‘nalishda harakatlanishi uchun mo‘ljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart."
41. Qaysi avtomobil chorrahada burilish qoidasini buzdi?
Qizil avtomobil
Ko‘k avtomobil
Har ikkisi ham buzdi
Har ikkisi ham buzmagan
To'g'ri javob: Qizil avtomobil
"YHQning 9-bob. 61-band va 11-bob. 77-band 3-xatboshi hamda 1-bob. 6-band 35 va 62-xatboshiga asosan: 61. Sekinlashish bo‘lagi bor bo‘lgan yo‘lda burilmoqchi bo‘lgan haydovchi o‘z vaqtida ushbu tasmaga qayta tizilishi va tezlikni faqat unda kamaytirishi kerak.
Yo‘lga chiqish joyida tezlashish bo‘lagi bo‘lsa, haydovchi unda harakatlanishi va qo‘shni tasmada harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berib, transport oqimiga qo‘shilishi kerak.
Haydovchi transport vositasini boshqarish paytida aniqlay olishi mumkin bo‘lgan xavf yuzaga kelsa, u transport vositasining tezligini to‘liq to‘xtashni ta’minlaydigan darajada kamaytirishi yoki to‘siqni boshqa harakat ishtirokchilari uchun xavf tug‘dirmagan holda aylanib o‘tish choralarini ko‘rishi kerak.
Majburiy to‘xtash — texnik nuqson, tashilayotgan yuk, haydovchi va yo‘lovchining holati, yo‘ldagi biror to‘siq tufayli xavf yuzaga kelganda yoxud ob-havo sharoitiga bog‘liq holda transport vositasi harakatini to‘xtatish. Haydovchining ushbu xatti-harakati oxirgi zarur chora bo‘lib, qoidabuzarlik deb e’tirof etilmaydi.
To‘siq — yo‘lning qatnov qismida harakatsiz holda bo‘lgan jism (buzilib qolgan transport vositasi, tushib qolgan yuk, yiqilgan daraxt va boshqalar)."
42. Qaysi yo‘nalishda qayrilib olishga ruxsat beradi?
Faqat A va C
Faqat C
Barchasi
To'g'ri javob: Faqat C
YHQning 9-bob. 56-band 1-xatboshiga asosan: 56. Aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi o‘ngga, chapga burilishi yoki qayrilib olishdan oldinroq shu yo‘nalishda harakatlanishi uchun mo‘ljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart.
43. Avtomobil haydovchisiga qaysi yo‘nalish bo‘yicha harakatlanishga ruxsat etiladi?
O‘ngga va chapga
Faqat chapga
Barcha yo‘nalishlarga
To'g'ri javob: Faqat chapga
"YHQning 9-bob. 56-band 1-xatboshi hamda YHQga 1-ILOVA 5.6 bandiga asosan: 5.6. «Bir tomonlama harakatli yo‘lning oxiri».
56. Aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi o‘ngga, chapga burilishi yoki qayrilib olishdan oldinroq shu yo‘nalishda harakatlanishi uchun mo‘ljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart."
44. Chapga burilish sizga qaysi trayektoriya bo‘yicha amalga oshirishga ruxsat etiladi?
Faqat A trayektoriya bo‘yicha
Ko‘rsatilgan trayektoriyalardan istalgan biri bo‘yicha
Faqat B trayektoriya bo‘yicha
To'g'ri javob: Faqat B trayektoriya bo‘yicha
YHQning 9-bob. 56-band 1-xatboshiga asosan: 56. Aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi o‘ngga, chapga burilishi yoki qayrilib olishdan oldinroq shu yo‘nalishda harakatlanishi uchun mo‘ljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart.
45. Qaysi haydovchi burilishni to‘g‘ri bajardi?
Har ikkisi noto‘g‘ri
Ko‘k
Har ikkisi to‘g‘ri
Yashil
To'g'ri javob: Har ikkisi to‘g‘ri
YHQning 9-bob. 56-band 1-xatboshi hamda 11-bob. 77-band 3-xatboshiga asosan: 56. Aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi o‘ngga, chapga burilishi yoki qayrilib olishdan oldinroq shu yo‘nalishda harakatlanishi uchun mo‘ljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart.
Haydovchi transport vositasini boshqarish paytida aniqlay olishi mumkin bo‘lgan xavf yuzaga kelsa, u transport vositasining tezligini to‘liq to‘xtashni ta’minlaydigan darajada kamaytirishi yoki to‘siqni boshqa harakat ishtirokchilari uchun xavf tug‘dirmagan holda aylanib o‘tish choralarini ko‘rishi kerak.
46. Bunday holatda qaysi haydovchi yo‘l berishi kerak?
Tramvay haydovchisi
Avtomobil haydovchisi
To'g'ri javob: Avtomobil haydovchisi
YHQning 22-bob. 131-bandiga asosan: 131. Tramvay yo‘llari chorrahadan tashqarida qatnov qismini kesib o‘tadigan joylarda tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega bo‘ladi (depodan chiqish joylari bundan mustasno).
47. Bu joyda avtomobilning to‘xtab turishiga ruxsat etiladimi?
Taqiqlanadi
Ruxsat etiladi
To'g'ri javob: Ruxsat etiladi
YHQning 13-bob. 88-band 2-xatboshi va 91-band 13-xatboshiga asosan: Aholi punktlarida o‘rtada tramvay yo‘li bo‘lmagan, har yo‘nalishda bittadan tasmasi bo‘lgan, shuningdek bir tomonlama harakat tashkil etilgan yo‘llarda yo‘lning chap tomonida to‘xtash va to‘xtab turishga ruxsat etiladi.
91. Quyidagilarda to‘xtash taqiqlanadi: qatnov qismi kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi chetiga 30 metrdan kam masofada (uch tomonlama kesishadigan chorrahalarda yondan tutashgan yo‘lning sidirg‘a chiziq yoki ajratuvchi mintaqa bilan ajratilgan qarama-qarshi tomoni bundan mustasno).