1. Quyidagi belgilar qaysi yo‘nalishda harakatlanishga ruxsat beradi?
Faqat chapga
Faqat to‘g‘riga
Faqat o‘ngga
To‘g‘riga, o‘ngga va qayrilishga
To'g'ri javob: To‘g‘riga, o‘ngga va qayrilishga
YHQ 1-ilovasi 7-bo'limidagi 7.3.2 "Ta'sir yo'nalishlari" qo'shimcha axborot belgisi, chorraha oldida o'rnatilgan 3.2. "Harakatlanish taqiqlangan" belgisining ta'sir yo'nalishini ko'rsatadi.
2. Qaysi javobda ruxsat berilgan harakat yo'nalishi to'g'ri ko'rsatilgan?
Faqat orqaga burilish.
To'g'riga va orqaga burilish.
Faqat to'g'riga.
To'g'ri javob: Faqat to'g'riga.
YHQ 1-ilovasining 7-bo'limi 3-xatboshiga asosan, vaqtinchalik (ko'chma tirgakdagi) va doimiy belgilar ma'no jihatidan bir-biriga zid kelgan hollarda, haydovchilar vaqtincha o'rnatilgan belgilarga amal qilishlari kerak.
3. Taqiqlovchi belgi bilan o‘rnatilgan qo‘shimcha axborot belgisi nima maqsadda qo‘yilgan?
Belgidan uning ta’sir qilish hududi boshlanishigacha bo‘lgan masofani aniqlash uchun
Taqiqlovchi belgi amal qilish hududini aniqlash uchun.
To'g'ri javob: Belgidan uning ta’sir qilish hududi boshlanishigacha bo‘lgan masofani aniqlash uchun
YHQ 1-ilovasining 7-bo'limidagi 7.1.1. "Ob'ektgacha bo'lgan masofa" qo'shimcha axborot belgisi 3.20. "Quvib o'tish taqiqlangan" belgidan yo'l harakatiga tegishli cheklov kiritiladigan joygacha bo'lgan masofani ko'rsatadi.
4. Belgi va uning ostidagi qo‘shimcha axborot belgisi nima haqida ogohlantiradi?
Olib borilayotgan ishlar munosabati bilan yo‘l chetida to‘xtash taqiqlanadi
Yo‘l yoqasida ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi munosabati bilan unga chiqish xavfli
Yo‘lda ta’mirlash ishlari olib borilayotganda yo‘l chetida to‘xtab turish taqiqlanadi
To'g'ri javob: Yo‘l yoqasida ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi munosabati bilan unga chiqish xavfli
YHQ 1-ilovasining 7-bo'limi 7.12 "Xavfli yo'l yoqasi" belgisiga muvofiq, 1.23 "Ta'mirlash ishlari" belgisi bilan qo'llanilganda yo'l ishlari bajarilayotgani sababli yo'l yoqasiga chiqish xavfli ekanligi haqida ogohlantiradi.
5. Qaysi transport vositalarining haydovchilari to'xtab turish qoidasini buzdilar?
A va B.
Faqat D.
B va D.
C va D.
B, C va D.
To'g'ri javob: B, C va D.
YHQ 1-ilovasining 7-bo'limidagi 7.6.2 "Transport vositasini to'xtab turish joyiga qo'yish usuli" qo'shimcha axborot belgisi 5.15. "To'xtab turish joyi" belgisi bilan birga trotuar yonidagi to'xtab turish joyiga yengil avtomobillar va motosikllarni qo'yish usulini bildiradi.