1. Qaysi avtomobil uchun bu belgilarning ta’sir oralig‘ida to‘xtashga ruxsat etiladi?
Qizilga
Ikkala avtomobilga
Hech qaysi biriga
Sariq avtomobilga
To'g'ri javob: Sariq avtomobilga
YHQ 1-ilovasi 3-bo'limi 3-xatboshiga asosan, Qoidalarning 176-bandiga binoan "Nogiron" taniqlik belgisi bilan belgilangan avtomobillar va kajavali motosikllarni boshqarayotgan nogiron haydovchilarga 7.18 "Nogironlar mustasno" belgi bo'lganda 3.27 "To'xtash taqiqlangan" belgisining ta'sir doirasida to'xtashga ruxsat etiladi.
2. Bunday taniqlik belgisi bilan belgilanadigan transport vositasi:
Og'ir vaznli va yirik o'lchamli yuklarni tashuvchi.
Yukli va yuksiz uzunligi 20 metrdan oshadigan transport vositasi.
Furgon yukxonasida odamlarni tashuvchi.
To'g'ri javob: Yukli va yuksiz uzunligi 20 metrdan oshadigan transport vositasi.
YHQ 29-bobi 176-bandi 9-izohiga asosan, "Uzun o'lchamli transport vositasi" — yukli va yuksiz uzunligi 20 metrdan oshadigan transport vositasining, ikki yoki undan ko'proq tirkamali avtopoezdlarning orqasida — kengligi 40 millimetr bo'lgan qizil hoshiyali, o'lchami 1200x200 millimetr bo'lgan, sariq rangli, nur qaytaruvchi to'rtburchak shaklidagi belgi.
3. Boshqarishni o‘rgatishdagi transport vositasi qanday jihozlangan bo‘lishi kerak?
Qoidalarning talablariga asosan, taniqlik belgilari bilan
Ilashma va ishchi tormozining qo‘shimcha tepkilari bilan
O‘rgatuvchi uchun orqani ko‘rsatuvchi ko‘zgu bilan
Sanab o‘tilgan barcha jihozlar va belgilar bilan
To'g'ri javob: Sanab o‘tilgan barcha jihozlar va belgilar bilan
YHQ 25-bobi 150-bandiga muvofiq, boshqarishni o'rgatish uchun mo'ljallangan mexanik transport vositalari "Boshqarishni o'rgatish transport vositasi" taniqlik belgisi va o'rgatuvchi uchun ulashish mexanizmi va ishchi tormozning qo'shimcha tepkilari, qo'shimcha orqani ko'rsatuvchi ko'zgu bilan jihozlanishi kerak.
4. Sutkaning yorug‘ vaqtida yuk avtomobilining old yoki orqa tomoniga 1 metrdan ortiq chiqib turgan yuk qanday belgilanadi?
“Katta o‘lchamli yuk” taniqlik belgisi bilan
Qizil bayroqchalar bilan
Oq bayroqchalar bilan
To'g'ri javob: “Katta o‘lchamli yuk” taniqlik belgisi bilan
YHQ 27-bobi 163-bandiga asosan: Transport vositasining gabaritlaridan oldi yoki orqa tomonga 1 metrdan, yon tomonga gabaritning chetki qismidan 0,4 metrdan ortiq chiqib turgan yuk “Katta o‘lchamli yuk” taniqlik belgisi bilan belgilanishi, sutkaning qorong‘i vaqtida va yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda esa bunga qo‘shimcha ravishda oldi oq rangli chiroq yoki yorug‘lik qaytargich, orqasi esa qizil rangli chiroq yoki yorug‘lik qaytargich bilan belgilanishi kerak.
5. Bolalar guruhini tashkiliy tashishda qanday talablar qo‘yiladi?
Bolalar guruhini tashkiliy tashishda transport vositasida katta yoshli kuzatib boruvchi bo‘lishi shart
Bolalar guruhini tashkiliy tashish uchun mo‘ljallangan transport vositasining oldi va orqa tomoniga "Bolalar guruhini tashish" taniqlik belgisi o‘rnatilishi kerak
Yaqinni yorituvchi fara chiroqlarini yoqib harakatlanishi kerak
Barcha sanab o‘tilgan talablar
To'g'ri javob: Barcha sanab o‘tilgan talablar
Bolalar guruhini tashkiliy tashishda avtobus (mikroavtobus)da katta yoshli kuzatib boruvchi(lar) bo'lishi shart. Bunday avtobus (mikroavtobus)larning oldi va orqa tomoniga "Bolalar guruhini tashish" taniqlik belgisi o'rnatilishi kerak.
6. Bu taniqlik belgisi o‘rnatiladi:
Vaqtinchalik ta’mirlash ishlari olib borilayotgan yo‘l qismlariga
Haydovchilik staji 2 yildan kam bo‘lgan haydovchilar boshqarayotgan mexanik transport vositalariga
Portlovchi va tez alangalanuvchi yukni tashiyotgan transport vositalariga
To'g'ri javob: Haydovchilik staji 2 yildan kam bo‘lgan haydovchilar boshqarayotgan mexanik transport vositalariga
premium_required
7. Ushbu belgilar amal qiladigan hududda “Nogiron” taniqlik belgisi bo‘lgan avtomobilga to‘xtashga ruxsat etiladimi?
Ruxsat etiladi
Taqiqlanadi
To'g'ri javob: Ruxsat etiladi
YHQ 1 – ilovasi 7 – bo‘limining o‘ttiz birinchi xatboshisiga asosan: 7.18 “Nogironlar mustasno”. Belgilarning ta'siri ushbu qoidalarning 175 – bandiga muvofiq “Nogiron” taniqlik belgisi o‘rnatilgan transport vositalariga joriy etilmaydi.
8. Shu joyda to‘xtab turishga ruxsat etiladimi?
Ruxsat etiladi
Taqiqlanadi
To'g'ri javob: Taqiqlanadi
YHQ 1 – ilovasi 7 – bo‘limining o‘ttiz birinchi xatboshisiga asosan: 7.18 “Nogironlar mustasno”. Belgilarning ta‘siri ushbu qoidalarning 175 – bandiga muvofiq “Nogiron” taniqlik belgisi o‘rnatilgan transport vositalariga joriy etilmaydi.
9. Avtomobilning taniqlik belgisi bo'lganda, yo'lning mazkur qismida qanday yuqori tezlik bilan harakatlanishiga ruxsat etiladi?
70 km/s.
90 km/s.
100 km/s.
To'g'ri javob: 70 km/s.
YHQ 11-bobi 81-bandiga muvofiq, haydovchilarga tezlikni transport vositasiga o'rnatilgan "Tezligi cheklangan" taniqlik belgisida ko'rsatilganidan oshirish taqiqlanadi.
10. Qanday holatlarda yuk avtomobillarida tashilayotkan yuk “Katta o‘lchamli yuk” taniqlik belgisi bilan sutkaning qorong‘i vaqtida, yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitlarda esa yorug‘lik qaytargich yoki chiroqlar bilan belgilanishi kerak?
Yuk transport vositasining gabaritkaridan oldi yoki orqa tomonga 1 metrdan ortiq chiqib qolganda
Yuk transport vositalarining gabaritidan orqa tomonga 0,8 metr chiqib qolganda
To'g'ri javob: Yuk transport vositasining gabaritkaridan oldi yoki orqa tomonga 1 metrdan ortiq chiqib qolganda
YHQ 27-bobi 163-bandiga asosan: Transport vositasining gabaritlaridan old yoki orqa tomonga bir metrdan, yon tomonga gabarit chiroqlarining chetki qismidan 0,4 metrdan ortiq chiqib turgan yuk “Katta o‘lchamli yuk” taniqlik belgisi bilan belgilanishi, qorong‘i vaqtda va yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda esa bunga qo‘shimcha ravishda old oq chiroq yoki yorug‘lik qaytargich, orqasi esa qizil chiroq yoki yorug‘lik qaytargich bilan belgilanishi kerak.
11. Qaysi hollarda avtomobillar ushbu taniqlik belgisi bilan belgilanadi?
Xavfli yuklar tashiyotganda
Nogironlar boshqarayotganda
Kar-soqov yoki kar haydovchilar boshqarayotganda
Ikki yilgacha haydovchilik ish stajiga ega bo‘lgan haydovchilar boshqarayotganda
To'g'ri javob: Kar-soqov yoki kar haydovchilar boshqarayotganda
YHQ 29-bobi 176-bandida keltirilgan 4-izohga asosan, "Kar haydovchi" — kar-soqov yoki kar haydovchi boshqarayotgan transport vositasining old va orqa tomonlarida — ichiga uchi pastga yo'nalgan hayoliy teng tomonli uchburchakning burchaklari bo'yicha diametri 40 millimetr bo'lgan uchta qora doira tushirilgan, diametri 160 millimetrni tashkil etadigan sariq rangli doira ko'rinishida.
12. Transport vositalari ushbu taniqlik belgilari bilan belgilanadi:
Kar yoki kar-soqov haydovchilar boshqarayotgan.
Nogironligi bo'lgan shaxs boshqarayotgan.
Xavfli yuklar tashiyotgan.
To'g'ri javob: Nogironligi bo'lgan shaxs boshqarayotgan.
YHQ 29-bobi 176-bandi 12-xatboshiga asosan, "Nogironligi bo'lgan shaxs" — birinchi yoki ikkinchi guruh nogironligi bo'lgan shaxs boshqarayotgan, shuningdek, nogironligi bo'lgan shaxslarni yoki nogironligi bo'lgan bolalarni tashiyotgan transport vositalarining old va orqa tomonlarida — barcha tomonlari 150 millimetrdan bo'lgan va ichiga 7.17 yo'l belgisining qora rangli timsoli tushirilgan sariq rangli kvadrat ko'rinishidagi belgi.
13. Transport vositasi ushbu taniqlik belgisi bilan belgilanadi:
Nogiron boshqarayotgan.
Og'ir vaznli va yirik o'lchamda yuk tashiyotgan.
Xavfli yuklar tashiyotgan.
Kar-soqov yoki kar haydovchilar boshqarayotgan.
To'g'ri javob: Xavfli yuklar tashiyotgan.
YHQ 29-bobi 176-bandi 7-izohiga asosan, "Xavfli yuk" — xavfli yukni tashiyotgan transport vositasining old va orqa tomoniga o'rnatilgan o'lchami 690 x 300 millimetr, o'ng qismi 400 x 300 millimetr bo'lgan zarg'aldoq rangli, chap qismi esa yukning xavfli xususiyatini bildirib turgan belgilar tushirilgan qora hoshiyali (kengligi 15 millimetr) oq rangdagi to'rtburchak shaklidagi belgi.
14. Qaysi avtomobil to‘xtash qoidasini buzdi?
Yashil avtomobil
Har ikkisi buzdi
Har ikkisi ham buzmadi
To'g'ri javob: Har ikkisi buzdi
YHQ 1-ilovasi 3-bo‘limining o‘ttiz birinchi xatboshisiga asosan: 3.27. "To‘xtash taqiqlangan". Transport vositalarining to‘xtashi va to‘xtab turishi taqiqlanishini bildiradi. YHQ 1-ilovasi 7-bo‘limining o‘ttiz birinchi xatboshisiga asosan: 7.18. "Nogironlar mustasno". Belgilarning ta'siri ushbu Qoidalarning 175-bandiga muvofiq "Nogiron" taniqlik belgisi o‘rnatilgan transport vositalariga joriy etilmaydi.
15. Ko'rstilgan belgilardan qaysi biri avtopoyezdni bildirish uchun o'rnatiladi?
Chap belgi.
O'ng belgi.
Har ikki belgi.
To'g'ri javob: Har ikki belgi.
YHQ 29-bobi 176-bandida berilgan 1-izohga asosan, "Avtopoezd" — yuk avtomobillari va g'ildirakli traktor (1,4 tonna va undan yuqori)larda tirkama bo'lganda, shuningdek tutashtirilgan avtobus va trolleybus kabinalari tomining old qismi o'rtasiga bir qator qilib 150 dan 300 millimetrgacha oraliqda ko'ndalang joylashgan uchta zarg'aldoq rangli chiroq yoki ichidan yoritiladigan, tomonlarining har biri 250 millimetr bo'lgan sariq rangli uchburchak shaklidagi belgi.
16. Bunday vaziyatda haydovchi nima qilishi kerak?
Oldindan fara chiroqlarini yoqib va uzluksiz tovush ishorasini berib, eng kam tezlik bilan, turgan transport vositasini aylanib o‘tishi
Qatnov qismidan o‘tayotgan bolalarga yo‘l berishi
Bu yo‘l qismidan o‘tishi kerak, chunki bolalar qatnov qismini piyodalar o‘tish joyidan kesib o‘tmayaptilar
To'g'ri javob: Qatnov qismidan o‘tayotgan bolalarga yo‘l berishi
YHQ 17-bobi 115-bandiga asosan, "Bolalar guruhini tashish" taniqlik belgisi o'rnatilgan, avariya ishorasi yoqilgan transport vositasi to'xtaganda, unga yaqinlashayotgan haydovchi harakat tezligini kamaytirishi, zarur bo'lsa, to'xtashi va bolalarni o'tkazib yuborishi shart.
17. Mazkur taniqlik belgisi nimani bildiradi?
Oldinda qatnovning notekis bo‘lgan yo‘l qismini
Oldinda shu yo‘nalishda harakatlanish uchun uch tasmali yo‘l qismini
Mexanik transport vositasida tishli turumlangan (shiplar) shinalar o‘rnatilganini
To'g'ri javob: Mexanik transport vositasida tishli turumlangan (shiplar) shinalar o‘rnatilganini
YHQ 29-bobida 176-bandida keltirilgan 2-izohga asosan, "Turumlangan" (tishli, shipli) — turumlangan shinali mexanik transport vositalarining orqasida — ichiga qora rangda "T" harfi tushirilgan, qizil hoshiyali, oq rangli uchi yuqoriga yo'naltirilgan teng tomonli uchburchak ko'rinishida. Uchburchakning tomonlari 200 millimetrdan kam bo'lmasligi, hoshiyasining kengligi uchburchak tomonining 1/10 qismiga teng bo'lishi kerak.
18. Avtomobilga o‘rnatilgan bu taniqlik belgi nimani bildiradi?
Avtomobil uyda tibbiy yordam ko‘rsatish uchun mo‘ljallanganligini
To'g'ri javob: Avtomobilni shifokor – haydovchilar boshqarayotganligini
YHQ 26-bobi 176-bandining o‘n uchinchi xatboshisiga asosan: “Shifokor” shifokor-haydovchi boshqarayotgan transport vositasining old va orqa tomoniga o‘rnatiladigan, tomonlari 140 millimetr bo‘lgan, ko‘k rangli, to‘rtburchak ichida diametri 90 millimetrli oq doiraga qalinligi 25 millimetrli qizil xoch tasviri tushirilgan belgi.
19. Yo‘lda harakatlanishni tartibga solish uchun vakolatli shaxsda o‘zi bilan bo‘lishi kerak:
Tegishli guvohnoma va taniqlik belgisi - qo‘l bog‘ichi
Jezl
Qizil chiroq (yorug‘lik qaytargich) gardish yoki bayroqcha
Barcha sanab o‘tilgan belgilari
To'g'ri javob: Barcha sanab o‘tilgan belgilari
YHQ 1-bobi 6-bandi 44-tushunchasiga asosan, tartibga soluvchi — O'z.R. IIV DYHXXning, harbiy avtomobil nazorati organlari xodimi, o'z xizmat vazifalarini bajarayotgan, ushbu qoidalarda ko'zda tutilgan ishoralar yordamida yo'l harakatini tartibga solish vakolatiga ega bo'lgan va uni bevosita amalga oshirayotgan yo'ldan foydalanish xizmati xodimlari, temir yo'l kesishmasi va sol kechuvlaridagi navbatchilar hamda jamoatchilik vakillari. Tartibga soluvchi maxsus kiyim va (yoki) taniqlik belgisi (qo'l bog'ichi, jezl, qizil ishorali yorug'lik qaytargich, qizil chiroq yoki bayroqcha)ga ega bo'lishi shart.
20. Agar transport vositasida “Tezlik cheklangan” taniqlik belgisi o‘rnatilgan bo‘lsa, bu transport vositasining haydovchisiga:
Belgida ko‘rsatilgan tezlikdan oshirishga faqat tezlik tegishli yo‘l belgisi o‘rnatilib oshirilgan yo‘l qismlarida ruxsat beriladi
Belgida ko‘rsatilgan tezlikdan oshirish taqiqlanadi
To'g'ri javob: Belgida ko‘rsatilgan tezlikdan oshirish taqiqlanadi
YHQ 11-bobi 81-bandining ikkinchi xatboshisiga asosan, haydovchilarga quyidagilar taqiqlanadi: tezlikni transport vositasiga o‘rnatilgan “Tezlik cheklangan” taniqlik belgisida ko‘rsatilganidan oshirish.
21. Avtopoyezdning taniqlik belgisi qanday holda yoqilgan bo‘lishi kerak:
Tunda yoki yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda harakat qilganda
Faqat avtopoyezd harakat qilganda
Avtopoyezd harakat qilganda, shuningdek, qorong‘i vaqtda to‘xtaganda va to‘xtab turganda
Faqat avtopoyezd yuk bilan harakat qilganda
To'g'ri javob: Avtopoyezd harakat qilganda, shuningdek, qorong‘i vaqtda to‘xtaganda va to‘xtab turganda
YHQ 23-bobi 141 - bandiga muvofiq, "Avtopoezd" taniqlik belgisi avtopoezd harakatlanayotganda, shuningdek, sutkaning qorong'i vaqtida va etarlicha ko'rinmaydigan sharoitda yo'lda to'xtash va to'xtab turish paytida ham yoqib qo'yilishi kerak.
22. Harakat tezligini tanlashda haydovchiga nima taqiqlanadi?
Ushbu Qoidalarga muvofiq ravishda transport vositasiga o‘rnatilgan taniqlik belgida ko‘rsatilgan tezlikdan oshirish
Keskin tormoz berish, agar bu harakatlanish xavfsizligini ta’minlash uchun talab qilinmasa
Sanab o‘tilgan ikkala harakatni amalga oshirish taqiqlanadi
To'g'ri javob: Sanab o‘tilgan ikkala harakatni amalga oshirish taqiqlanadi
YHQ 11-bobi 81-bandiga asosan, haydovchilarga quyidagilar taqiqlanadi: tezlikni mazkur transport vositasining texnik tavsifnomasida ko‘rsatilgan eng yuqori tezlikdan oshirish; tezlikni transport vositasiga o‘rnatilgan “Tezlik cheklangan” taniqlik belgisida ko‘rsatilganidan oshirish; zaruriyat bo‘lmaganda juda past tezlikda harakatlanib, boshqa transport vositalariga xalaqit berish; yo‘l-transport hodisasining oldini olish zaruriyati bo‘lmaganda keskin tormoz berish.
23. Bu belgilar nimani bildiradi?
“Nogiron” taniqlik belgisi bo‘lgan avtomobillar uchun 30 metrdan keyin to‘xtab turish joyiga kelishini
Motokajavalardan tashqari transport vositalari uchun 30 metrli hududdagi to‘xtab turish joyini
“Nogiron” taniqlik belgisi bo‘lgan motokajava va avtomobillar uchun 30 metrli hududdagi to‘xtab turish joyini
To'g'ri javob: “Nogiron” taniqlik belgisi bo‘lgan motokajava va avtomobillar uchun 30 metrli hududdagi to‘xtab turish joyini
YHQ 1-ilovasi 7-bo‘limining beshinchi va o‘ttizinchi xatboshlariga asosan: 7.2.1. “Ta‘sir oralig‘i”. Ogohlantiruvchi belgilar bilan belgilangan xavfli joyning uzunligini yoki taqiqlovchi va axborot-ko‘rsatkich belgilarining ta‘sir o‘ralig‘ini ko‘rsatadi. 7.17. “Nogironlar”. 5.15 belgisi bilan qo‘llaniladi. To‘xtab turish joyi (yoki uning bir qismi) ushbu Qoidalarning 176-bandiga muvofiq “Nogiron” taniqlik belgisi o‘rnatilgan transport vositalari uchun ajratilganligini ko‘rsatadi.
24. Bolalarni tashishda transport vositasi qaysi taniqlik belgisi bilan belgilanadi?
A
B
C
To'g'ri javob: C
YHQ 29-bobi 176-bandida keltirilgan 3-izohga asosan, "Bolalar guruhini tashish" — bolalar guruhini tashkiliy tashishda, transport vositasining old va orqa tomonlariga qizil hoshiyali, ichiga 1.21 yo'l belgisidagi bolalar timsolining tasviri tushirilgan, sariq rangdagi, tomonlari teng bo'lgan to'rtburchak (kvadrat) ko'rinishidagi belgi. To'rtburchakning tomonlari 250 — 300 millimetrgacha, hoshiyaning kengligi to'rtburchak tomonining 1/10 qismiga teng bo'lishi kerak.
25. Qaysi belgi “Xavfli yuk tashiyotgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlangan” deb nomlanadi?
“C”
“A”
“B”
To'g'ri javob: “C”
YHQ 11-bobi 81-bandining ikkinchi xatboshisiga asosan, haydovchilarga quyidagilar taqiqlanadi: tezlikni transport vositasiga o‘rnatilgan “Tezlik cheklangan” taniqlik belgisida ko‘rsatilganidan oshirish.
26. Qaysi rasmdagi avtomobil haydovchisi yuk tashish qoidasini buzayapti?
A
B
A va B
To'g'ri javob: A
Yo‘l harakati qoidalari 163 bandiga asosan, transport vositasining gabaritlaridan oldi yoki orqa tomonga 1 metrdan, yon tomonga gabaritning chetki qismidan 0,4 metrdan ortiq chiqib turgan yuk «Katta o‘lchamli yuk» taniqlik belgisi bilan belgilanishi kerak.
27. Mexanik transport vositalarini shatakka olishda egiluvchan ulagichga kamida nechta ogohlantiruvchi qurilma o‘rnatiladi?
Kamida ikkita
Kamida uchta
Kamida bitta
To'g'ri javob: Kamida ikkita
Yo‘l harakati qoidalarining 177 bandiga asosan, mexanik transport vositalarini shatakka olishda egiluvchan ulagichni ko‘rsatadigan ogohlantiruvchi, o‘lchami 200x200 millimetr bo‘lgan, diagonali bo‘yicha ketma-ket joylashgan, kengligi 50 millimetrli qizil va oq rangli enli chiziqlar tushirilgan, yorug‘lik qaytaradigan yuzali bayroqchalar yoki kvadrat ko‘rinishidagi belgi o‘rnatilishi kerak.
Egiluvchan ulagichga kamida ikkita taniqli belgisi o‘rnatiladi.
28. Ko‘rsatilgan qaysi yo‘l belgisi yengil yo‘nalishsiz taksilarga yo‘lovchilarni tushirish-chiqarish (yuklarni ortish-tushirish) vaqtida ta’sir qilmaydi?
Faqat “A”
Faqat “B”, “C”, “D”
Faqat “C”
Hammasi
To'g'ri javob: Hammasi
YHQ 1 ilova: 3.27. belgisi yo‘lalishsiz yengil taksilarga yo‘lovchilarni tushurish-chiqarish (yuklarni ortish-tushurish) vaqtida ta‘sir qilmaydi; Ushbu Qoidalarning 176-bandiga binoan “Nogiron” tanish belgisi bilan belgilangan avtomobillar va kajavali mototsikllarni boshqarayotgan nogiron haydovchilar 3.2, 3.3 va 3.28 belgilari talablaridan chetga chiqishlari mumkin. 7.18 belgi bo‘lganda 3.27 belgisining ta‘sir doirasida to‘xtashga ruxsat etiladi. 3.28 3.30 belgilarining taksometri ishlab turgan taksilarga taalluqli emas.
29. Kunning yorug‘ vaqtida harakatlanayotgan qaysi rasmdagi avtomobil haydovchisi yuk tashish qoidasini buzayapti?
A
Xar ikki rasmda
Xech kim buzmayapti
To'g'ri javob: Xech kim buzmayapti
Yo‘l harakati qoidalari 163 bandiga asosan, transport vositasining gabaritlaridan oldi yoki orqa tomonga 1 metrdan, yon tomonga gabaritning chetki qismidan 0,4 metrdan ortiq chiqib turgan yuk «Katta o‘lchamli yuk» taniqlik belgisi bilan belgilanishi kerak.
30. Bu taniqlik belgisi o‘rnatiladi:
Vaqtinchalik ta’mirlash ishlari olib borilayotgan yo‘l qismlariga
Haydovchilik staji 2 yildan kam bo‘lgan haydovchilar boshqarayotgan mexanik transport vositalariga
Portlovchi va tez alangalanuvchi yukni tashiyotgan transport vositalariga
To'g'ri javob: Haydovchilik staji 2 yildan kam bo‘lgan haydovchilar boshqarayotgan mexanik transport vositalariga
31. Qaysi transport vositasining haydovchisi aholi punktlarida to‘xtash qoidasini buzmoqda?
Sariq avtomobil haydovchisi
Ko‘k avtomobil haydovchisi
Har ikkisi buzmadi
Har ikkisi buzdi
To'g'ri javob: Har ikkisi buzmadi
YHQ 13-bobi 88-bandi: Aholi punktlarida o‘rtada tramvay yo‘li bo‘lmagan, har yo‘nalishda bittadan tasmasi bo‘lgan, Shuningdek, bir tomonlama harakat tashkil etilgan yo‘llarda yo‘lning chap tomonida to‘xtash va to‘xtab turishga ruxsat etiladi. YHQ 1 ilova: 7.18. “Nogironlar mustasno”. Belgilarning ta’siri ushbu Qoidalarning 175-bandiga muvofiq “Nogiron” taniqlik belgisi o‘rnatilgan transport vositalariga joriy etilmaydi.