Transport vositalaridan foydalanishni taqiqlovchi shartlar: test savollari

1. Qaysi shartlarda transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi?

  1. Gidravik tormoz tizimidan suyuqlik oqayotkan bo‘lsa
  2. Ishchi tormoz tizimi samaradorligi talabga javob bermaydi
  3. Kompressor pnevmatik tormoz tizimida o‘rnatilgan bosimni ta’minlay olmagan holatda
  4. Ko‘rsatilgan barcha holatlarda

To'g'ri javob: Ko‘rsatilgan barcha holatlarda

YHQ 3 – ilovasi 1 – bo‘limning 1.3 va 1.4 – bandlariga asosan, transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi: Gidravlik tormoz yurutmasining zichligi (germetikligi) buzulgan bo‘lsa. Dvigatel ishlamay turganda pnevmatik yoki pnevmogidravlik tormoz yurutmasining zichligini buzulishi, boshqaruv qismlari ulanmaganda – 30 daqiqada, ulanganida – 15 daqiqada tizimdagi havo bosimini 0,05 MPa dan ko‘pga pasayishiga sabab bo‘lsa, g‘ildiraklardagi tormoz kameralaridan siqilgan havo chiqayotgan bo‘lsa. YHQ 2 – bobi 12 – bandining uchunchi xatboshisiga asosan: tormoz tizimi, rul boshqaruvi ishlamayotgan, ulagich moslamasi ( avtopoyezd tarkibida ) nosoz bo‘lgan, qorong‘i vaqtda yoki yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda – old chiroqlar va orqa gabarit chiroqlari bo‘lmagan yoki yonmayotgan, yomg‘ir, qor yog‘ayotgan vaqtda haydovchi tomonidagi oyna tozalagich ishlamayotgan transport vositalarini boshqarish taqiqlanadi. Shu bilan barcha ko‘rsatilgan shartlar asosida transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.

2. Sanab o‘tilgan holatlarning qaysilarida transport vositasidan foydalanish taqiqlanadi?

  1. Pnevmatik tormoz yuritmasining manometri ishlamaydi
  2. Mototsiklning boshqaruv dempferi ishlamaydi
  3. M1 toifasidagi transport vositasining rul boshqarmasi lyuft yig‘indisi 10 gradusdan ortiq
  4. Sanab o‘tilgan barcha hollarda

To'g'ri javob: Sanab o‘tilgan barcha hollarda

YHQ 3-ilovasiga asosan quyidagi holatlarda transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi: 1-bo‘limning 1.5-bandiga asosan: Pnevmatik yoki pnevmogidravlik tormoz yuritmasining manometri ishlamasa. YHQ 3-ilovasi 2-bo‘limining 2.1 va 2.3-bandlariga asosan: Boshqaruv qurilmasidagi lyuft yig‘indisi reglament (qat’iy belgilangan) sharoitlardagi sinovlarda quyidagi ko‘rsatkichdan katta bo‘lmasligi kerak: M1 – 10 gradus M2, M3, N1 - 20 gradus N2, N3 -25 gradus. Boshqaruv qurilmasining konstruksiyasida ko‘zda tutilgan kuchaytirgich yoki mototsikllarda tebranishni pasaytiruvchi moslama (dempfer) nosoz bo‘lsa yoki umuman bo‘lmasa.

3. N2; N3 toifadagi avtotransport vositalarining boshqaruv qurilmasida qanday eng katta umumiy lyuft yig‘indisiga yo‘l qo‘yiladi?

  1. 16 gradus
  2. 20 gradus
  3. 25 gradus
  4. 26 gradus
  5. 30 gradus

To'g'ri javob: 25 gradus

YHQ 3-ilovasining 2.1-bandiga muvofiq, N3 toifa avtotransport vositasining boshqaruv qurilmasidagi lyuft yig'indisi reglament (qat'iy belgilangan) sharoitlardagi sinovlarda 25 gradusdan katta bo'lmasligi kerak.

4. Yengil avtomobilda tumanga qarshi faralarning nechtasini o‘rnatishga ruxsat etiladi?

  1. Ikkita
  2. To‘rtta
  3. Haydovchini xohishiga ko‘ra

To'g'ri javob: Ikkita

YHQ 3-ilovasi 3-bo‘limining 3.1-bandiga asosan: Tashqi yoritqichlar soni, turi, joylashuvi va ishlash tartibi transport vositasining konstruksiyasi talabiga mos kelmasa foydalanish taqiqlanadi. Ishlab chiqarilishi to‘xtatilgan yengil avtomobillarga boshqa turdagi va rusumdagi transport vositalarining tashqi yoritqichlarini o‘rnatishga ruxsat etiladi. Eslatma: Mototsikl, mopedlar bitta, boshqa transport vositalari esa ikkita tumanga qarshi faralar bilan jihozlangan bo‘lishi mumkin.

5. Sanab o‘tilgan shartlarning qaysi birida transport vositasidan foydalanish taqiqlanadi?

  1. Oyna tozalagichlar belgilangan tartibda ishlamaydi
  2. Ishlatilgan gazlarni chiqarish tizimi nosoz
  3. Ishlab chiqargan korxona tomonidan ko‘zda tutilgan orqa himoya vositasi loyto‘sgich va sachratmagichlar bo‘lmasa
  4. Sanab o‘tilgan hamma sharoitlarda

To'g'ri javob: Sanab o‘tilgan hamma sharoitlarda

YHQ 3-ilovasi “Transport vositalaridan foydalanishni taqiqlovchi shartlar”, 4-bo‘limining 4.1-bandiga asosan: Oyna tozalagich belgilangan tartibda ishlamayotgan bo‘lsa, 6-bo‘limining 6.3-bandiga asosan: ishlab chiqarilgan gazlarni chiqarib tashlash tizimi buzuq bo‘lsa, 7-bo‘limining 7.7-bandiga asosan: transport vositasi konstruksiyasida ko‘zda tutilgan orqa himoya vositasi, loy to‘sgich va sachratmagichlar bo‘lmasa transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi. Shunga ko‘ra, sanab o‘tilgan barcha sharoitlarda transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.

6. Yonilg‘i uzatish tizimi zich (germetik) emasligi ma’lum bo‘lganda, haydovchi nimalarni bajarishi shart?

  1. Nosozlikni bartaraf etishi, agar buning imkoni bo‘lmasa, zarur ehtiyot choralariga rioya qilgan holda ta’mirlash yoki to‘xtab turish joyiga evakuator yoki shatakka olish orqali transport vostasini olib borish choralarini ko‘rishi
  2. Belgilangan safarni davom ettirish

To'g'ri javob: Nosozlikni bartaraf etishi, agar buning imkoni bo‘lmasa, zarur ehtiyot choralariga rioya qilgan holda ta’mirlash yoki to‘xtab turish joyiga evakuator yoki shatakka olish orqali transport vostasini olib borish choralarini ko‘rishi

YHQ 3 – ilovasi 6 – bo‘liminig 6.2 – bandiga asosan: yonilg‘i uzatish tizimi zich bo‘lmasa foydalanish taqiqlanadi. YHQ 2 – bob 12 – bandi 11 – xatboshiga asosan: Harakatlanish vaqtida ushbu Qoidalarga 3-ilovada ko‘rsatilgan transport vositalaridan foydalanishni taqiqlovchi shartlar yuzaga kelganda, haydovchi ularni bartaraf etishi, agar buning iloji bo‘lmasa, zarur bo‘lgan ehtiyot choralarini ko‘rgan holda ta’mirlash yoki to‘xtab turish joyiga evakuator yoki shatakka olish orqali transport vositasini olib borish choralarini ko‘rishi mumkin.

7. Sanab o‘tilgan qaysi hollarda transport vositasidan foydalanishga ruxsat etiladi?

  1. Yorituvchi chiroq nurining yo‘nalishi buzilgan
  2. Ishlab chiqarilishi to‘xtatilgan yengil avtomobillarga boshqa turdagi va rusumdagi foydalanishda bo‘lgan transport vositalarining tashqi yoritgichlari o‘rnatilgan
  3. Tashqi yoritgichlar va nur qaytargichlar belgilangan tartibda ishlamaydi yoki ifloslangan

To'g'ri javob: Ishlab chiqarilishi to‘xtatilgan yengil avtomobillarga boshqa turdagi va rusumdagi foydalanishda bo‘lgan transport vositalarining tashqi yoritgichlari o‘rnatilgan

YHQ 3 – ilovasi 3 – bo‘limining 3.1 – bandiga asosan: tashqi yoritgichlar soni, turi, joylashuvi va ishlash tartibi transport vositasining konstruksiyasi talabiga mos kelmasa. Ishlab chiqarilishi to‘xtatilgan yengil avtomobillarga boshqa turdagi va rusumdagi transport vositalarining tashqi yoritqichlarini o‘rnatishga ruxsat etiladi.

8. Agar transport vositasining tuzilishida ko‘zda tutilgan orqani ko‘rsatadigan ko‘zgular bo‘lmasa, avtomobildan foydalanishga ruxsat etiladi?

  1. Agar orqa oyna pardalar bilan berkitilmagan bo‘lsa ruxsat etiladi
  2. Taqiqlangan
  3. Loaqal bitta ko‘zgu bo‘lsa ruxsat etiladi

To'g'ri javob: Taqiqlangan

YHQ 3 – ilovasi 7 – bo‘limining 7.1 – bandiga asosan: Orqa tomonni ko‘rsatuvchi ko‘zgular soni, joylashuvi va turi belgilangan talablarga mos kelmasa, transport vositasining konstruksiyasida ko‘zda tutilgan oynalari bo’lmasa foydalanish taqiqlanadi.

9. Sanab o‘tilgan shartlardan qaysi birida avtomobillar va avtopoezlardan foydalanish taqiqlanadi?

  1. Gidravik tormoz tizimining zichligi buzilganda
  2. Tormoz tizimining samaradorligi qoida talablariga javob beradi

To'g'ri javob: Gidravik tormoz tizimining zichligi buzilganda

YHQ 3-ilovasi 1-bo‘limining 1.3-bandiga asosan: 1.3. Gidravlik tormoz yuritmasining zichligi (germetikligi) buzilgan bo‘lsa.

10. Agar pnevmatik uzatmaning zichligi buzilib, kompressor ishlamay turganda boshqaruv asboblarining erkin holatida havo bosimining 30 daqiqada qancha Mpa ga pasayishiga sabab bo‘lsa, tormoz tizimi nosoz hisoblanadi?

  1. 0,025 MPa
  2. 0,035 MPa
  3. 0,05 MPa
  4. 0,055 MPa
  5. 0,06 MPa

To'g'ri javob: 0,05 MPa

YHQ 3-ilovasining 1.4-bandiga muvofiq, agar dvigatel ishlamay turganda pnevmatik yoki pnevmogidravlik tormoz yuritmasining zichligini buzilishi, boshqaruv qismlari ulanmaganda — 30 daqiqada, ulanganida — 15 daqiqada tizimdagi havo bosimini 0,05 MPa dan ko'pga pasayishiga sabab bo'lsa transport vositasidan foydalanish taqiqlanadi.

11. Qanday shartlarda transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi?

  1. Faralar yoritishi buzilgan bo‘lsa
  2. Tashqi yoritish asboblari va yorug‘lik qaytargichlar ifloslanganda
  3. Yoritish asboblari o‘rnida mazkur yoritish asboblarining turiga mos kelmaydigan lampalardan foydalanilganda
  4. Sanab o‘tilgan barcha hollarda

To'g'ri javob: Sanab o‘tilgan barcha hollarda

YHQ 3-ilovasi 3-bo‘limining 3.2, 3.3. va 3.4-bandlariga asosan: 3.2. Yorituvchi chiroq nurining yo‘nalishi buzilgan bo‘lsa foydalanish taqiqlanadi. 3.3. Agar tashqi yoritqichlar va nur qaytargichlar belgilangan tartibda ishlamayotgan yoki ifloslangan bo‘lsa foydalanish taqiqlanadi. 3.4. Yoritish asboblarida nur sochuvchisi bo‘lmasa yoxud tegishli yorug‘lik asboblari turiga mos bo‘lmagan nur sochuvchi va lampalardan foydalanilgan bo‘lsa foydalanish taqiqlanadi.

12. Qanday hollarda transport vositasidan foydalanish ruxsat etiladi?

  1. Transport vositasining tashqi yuzasiga qonun hujjatlariga mos kelmaydigan va harakat xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan turli xil tasvirlar tushirilgan bo‘lsa
  2. Gazli ta’minlash tizimi bilan jihozlangan avtobus va avtomobil gaz ballonlarining tashqi tomonida ko‘rsatilgan texnik ko‘rsatgichlar (parametrlar) texnik pasportdagi ma’lumotlarga (ko‘rsatkichlarga) mos kelsa, oxirgi va rejalashtirilgan tekshirishlarning sanasi bo‘lsa
  3. Ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan ko‘zda tutilmagan hollarda kuzov (kabina) bir necha xil rangga bo‘yalgan bo‘lsa (maxsus transport vositalari bundan mustasno)

To'g'ri javob: Gazli ta’minlash tizimi bilan jihozlangan avtobus va avtomobil gaz ballonlarining tashqi tomonida ko‘rsatilgan texnik ko‘rsatgichlar (parametrlar) texnik pasportdagi ma’lumotlarga (ko‘rsatkichlarga) mos kelsa, oxirgi va rejalashtirilgan tekshirishlarning sanasi bo‘lsa

YHQ 3-ilovasi 7-bo‘limining 7.19.-bandiga asosan: 7.19. Gazli ta‘minlash tizimi bilan jihozlangan avtobus va avtomobil gaz ballonlarining tashqi tomonida ko‘rsatilgan texnik ko‘rsatgichlar texnik pasportdagi ma‘lumotlarga mos kelmasa, oxirgi va rejalashtirilayotgan tekshiruvlarning sanasi bo‘lmasa

13. Spidometr jihozlari tamg‘alanmagan transport vositalaridan foydalanishga ruxsat etiladimi?

  1. Ruxsat etiladi
  2. Taqiqlanadi
  3. Faqat xususiy egalariga tegishli transport vositalarga hamda mototsikllar va mopedlarga ruxsat etiladi

To'g'ri javob: Faqat xususiy egalariga tegishli transport vositalarga hamda mototsikllar va mopedlarga ruxsat etiladi

YHQ 3-ilovasi 7-bo‘limining 7.6.-bandiga asosan: 7.6. Spidometr qurilmasi nosoz va tamg‘alanmagan (shaxsiy transport vositalari, mototsikl, elektromototsikl, skuter va mopedlardan tashqari) bo‘lsa foydalanish taqiqlanadi.

14. Sanab o‘tilgan qaysi holatda transport vositasidan foydalanishga ruxsat etiladi?

Sanab o‘tilgan qaysi holatda transport vositasidan foydalanishga ruxsat etiladi?
  1. Tashqi yoritgich asboblari ifloslangan bo‘lsa
  2. Yorituvchi chiroq nurining yo‘nalishi buzilgan bo‘lsa
  3. Old qismida — oq yoki sariq rangli tumanga qarshi faralar o‘rnatilgan bo‘lsa

To'g'ri javob: Old qismida — oq yoki sariq rangli tumanga qarshi faralar o‘rnatilgan bo‘lsa

Yo‘l harakati qoidalariga 3-ilova 3 bandiga asosan, yorituvchi chiroq nurining yo‘nalishi buzilgan bo‘lsa, agar tashqi yoritgichlar va nur qaytargichlar belgilangan tartibda ishlamayotgan yoki ifloslangan bo‘lsa, old qismida — oq yoki sariq rangdan boshqa rangli tumanga qarshi faralar, sariq yoki zarg‘aldoq rangdan boshqa rangli burilishni ko‘rsatadigan miltillovchi chiroq, oq rangdan boshqa rangli nur qaytargichlar o‘rnatilgan bo‘lsa foydalanish taqiqlanadi.

15. M3 toifadagi avtotransport vositalarining boshqaruv qurilmasidagi qanday eng katta lyuft yig‘indisiga yo‘l quyiladi:

M3 toifadagi avtotransport vositalarining boshqaruv qurilmasidagi qanday eng katta lyuft yig‘indisiga yo‘l quyiladi:
  1. 25 gradus
  2. 20 gradus
  3. 10 gradus

To'g'ri javob: 20 gradus

YHQ 3-ilovasining 2.1-bandiga muvofiq, M3 toifa avtotransport vositasining boshqaruv qurilmasidagi lyuft yig'indisi reglament (qat'iy belgilangan) sharoitlardagi sinovlarda 20 gradusdan katta bo'lmasligi kerak.

16. Qaysi hollarda transport vositasidan foydalanish taqiqlanadi?

Qaysi hollarda transport vositasidan foydalanish taqiqlanadi?
  1. Yonilg‘i darajasini ko‘rsatish qurilmasi ishlamaydi
  2. O‘t oldirish tizimi nosoz
  3. Dvigatel qiyinchilik bilan ishga tushadi
  4. Tovush signallari ishlamaydi

To'g'ri javob: Tovush signallari ishlamaydi

Yo‘l harakati qoidalariga 3-ilova 7.2 bandiga asosan, tovushli ishora ishlamasa transport vositasidan foydalanish taqiqlanadi.

17. Yengil avtomobilning orqa oynasiga parda yoki chiyparda (jalyuzi)lar o‘rnatish mumkinmi?

  1. Taqiqlanadi
  2. Ruxsat etiladi, agarda ikki tomonda orqani ko‘rsatuvchi ko‘zgusi bo‘lsa

To'g'ri javob: Ruxsat etiladi, agarda ikki tomonda orqani ko‘rsatuvchi ko‘zgusi bo‘lsa

Yo‘l harakati qoidalariga 3-ilova 7.4 bandiga asosan, barcha transport vositasining old, yon oynalarining yorug‘lik o‘tkazuvchanligi 70 foizdan kam bo‘lsa, avtomobil tomidagi lyuk oynasi, shuningdek, ruxsatnoma asosida tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) avtotransport vositalarining oynalari bundan mustasno. Izoh. III klass M3 toifadagi avtotransport vositalarining orqa va yon oynalariga pardalar, ikki yonga orqa tomonni ko‘rish uchun tashqi ko‘zgusi mavjud bo‘lgan barcha toifadagi avtotransport vositalari orqa oynalarining tusini yorug‘lik o‘tkazuvchanligi cheklanmagan darajada o‘zgartirishga (qoraytirishga), shuningdek, ushbu orqa oynalarga parda (chiy parda, darparda) o‘rnatishga ruxsat beriladi.

18. To‘xtab turish tormoz tizimi N toifadagi avtotransport vositalarini aslahalangan holatda qanday qiyalikda harakatsiz holatda ushlab tura olmasa foydalanish taqiqlanadi?

To‘xtab turish tormoz tizimi N toifadagi avtotransport vositalarini aslahalangan holatda qanday qiyalikda harakatsiz ho…
  1. 25 % dan kam bo‘lmagan
  2. 16 % dan kam bo‘lmagan
  3. 31 % dan kam bo‘lmagan
  4. 20 % dan kam bo‘lmagan

To'g'ri javob: 31 % dan kam bo‘lmagan

Yo‘l harakati qoidalariga 3-ilova 1.6 bandiga asosan, to‘xtab turish tormoz tizimi transport vositalarini quyidagi joylarda harakatsiz holatda ushlab tura olmasa: N toifa transport vositalari uchun— 31 foizdan kam bo‘lmagan qiyalikda.

19. M3 toifadagi avtotransport vositalarining boshqaruv qurilmasidagi qanday eng katta lyuft yig‘indisiga yo‘l quyiladi:

M3 toifadagi avtotransport vositalarining boshqaruv qurilmasidagi qanday eng katta lyuft yig‘indisiga yo‘l quyiladi:
  1. 25 gradus
  2. 20 gradus
  3. 10 gradus

To'g'ri javob: 20 gradus

YHQ 3-ilovasining 2.1-bandiga muvofiq, M3 toifa avtotransport vositasining boshqaruv qurilmasidagi lyuft yig'indisi reglament (qat'iy belgilangan) sharoitlardagi sinovlarda 20 gradusdan katta bo'lmasligi kerak.

20. M2 toifadagi avtotransport vositalarining boshqaruv qurilmasidagi qanday eng katta lyuft yig‘indisiga yo‘l quyiladi:

M2 toifadagi avtotransport vositalarining boshqaruv qurilmasidagi qanday eng katta lyuft yig‘indisiga yo‘l quyiladi:
  1. 10 daraja
  2. 20 daraja
  3. 25 daraja

To'g'ri javob: 20 daraja

Yo‘l harakati qoidalariga 3-ilova 2.1 bandiga asosan, boshqaruv qurilmasining lyuft yig‘indisi reglament (qat’iy belgilangan) sharoitlardagi sinovlarda quyidagi ko‘rsatkichdan katta bo‘lmasligi kerak: M2 – 20 daraja.

21. N1 toifadagi avtotransport vositalarining boshqaruv qurilmasidagi qanday eng katta lyuft yig‘indisiga yo‘l qo‘yiladi?

N1 toifadagi avtotransport vositalarining boshqaruv qurilmasidagi qanday eng katta lyuft yig‘indisiga yo‘l qo‘yiladi?
  1. 10 daraja
  2. 20 daraja
  3. 25 daraja

To'g'ri javob: 20 daraja

Yo‘l harakati qoidalariga 3-ilova 2.1 bandiga asosan, boshqaruv qurilmasining lyuft yig‘indisi reglament (qat’iy belgilangan) sharoitlardagi sinovlarda quyidagi ko‘rsatkichdan katta bo‘lmasligi kerak: N1 – 20 daraja.

22. M toifadagi avtotransport vositalari bu:

  1. Kamida to‘rt g‘ildirakka ega bo‘lgan va yo‘lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan mexanik transport vositalari
  2. Yuk tashish uchun mo‘ljallangan, eng katta vazni 3,5 t dan oshmaydigan avtotransport vositalari
  3. Tirkamalar (yarim tirkamalar ham)

To'g'ri javob: Kamida to‘rt g‘ildirakka ega bo‘lgan va yo‘lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan mexanik transport vositalari

Yo‘l harakati qoidalariga 3-ilova 7.22 bandiga asosan, M toifasi — kamida to‘rt g‘ildirakka ega bo‘lgan va yo‘lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan mexanik transport vositalari.

23. L- toifasi bu?

  1. Yuk avtomobillari
  2. Mototransport vositalari
  3. Yo‘lovchi tashuvchi transport vositalari

To'g'ri javob: Mototransport vositalari

YHQga 3-ILOVA 7.22 bandi 25-xatboshiga asosan: L toifasi — mototransport vositalari.