Buyuruvchi belgilar: test savollari

1. Yo'naltirgichlar bilan ko'rsatilgan yo'nalishlarning qaysi biri bo'yicha harakatlanishga ruxsat etiladi?

Yo'naltirgichlar bilan ko'rsatilgan yo'nalishlarning qaysi biri bo'yicha harakatlanishga ruxsat etiladi?
  1. Faqat A yo'nalish bo'ylab.
  2. Faqat B yo'nalish bo'ylab.
  3. Faqat C yo'nalish bo'ylab.
  4. Faqat A va D yo'nalishlari bo'ylab.
  5. Faqat D yo'nalish bo'ylab.

To'g'ri javob: Faqat A va D yo'nalishlari bo'ylab.

YHQ 1-ilovasi 4-bo'lim 5-xatboshiga asosan, 4.1.1. "Harakatlanish to'g'riga". Faqat to'g'ri yo'nalishda harakatlanishga ruxsat etiladi. Yo'lning qismi boshlanishida o'rnatilgan 4.1.1 belgisining ta'siri yaqin chorrahagacha joriy qilinadi. Belgi o'ng tomonda joylashgan hovlilarga va yo'lga yondosh boshqa hududlar(jumladan, yonilg'i quyish shoxobchalari)ga burilishni taqiqlamaydi.

2. Bu yo'l belgisi:

Bu yo'l belgisi:
  1. Belgida ko'rsatilgandan ortiq tezlikdagi harakatni taqiqlaydi.
  2. Yo'lning shu qismida tavsiya etilgan harakatlanish tezligini ko'rsatadi.
  3. Faqat belgida ko'rsatilgan yoki yuqori tezlikda harakatlanishga ruxsat beradi.

To'g'ri javob: Faqat belgida ko'rsatilgan yoki yuqori tezlikda harakatlanishga ruxsat beradi.

YHQ 1-ilovasining 4-bo'limidagi 4.7 belgiga asosan, "Eng kam tezlik" belgisi faqat unda ko'rsatilgan yoki undan yuqori tezlikda (km/soat) harakatlanishga ruxsat etiladi.

3. Qaysi belgi 50 km/soatdan kam tezlikda harakatlanishni taqiqlaydi?

Qaysi belgi 50 km/soatdan kam tezlikda harakatlanishni taqiqlaydi?
  1. A.
  2. B.
  3. C.
  4. D.
  5. E.

To'g'ri javob: C.

YHQ 1-ilovasining 4-bo'limidagi 4.7 belgi talabiga asosan, "Eng kam tezlik" faqat belgida ko'rsatilgan yoki undan yuqori tezlikda (km/soat) harakatlanishga ruxsat etiladi.

4. Haydovchi qaysi rasmda Qoidalar talablarini buzmay turib manyovr qildi?

Haydovchi qaysi rasmda Qoidalar talablarini buzmay turib manyovr qildi?
  1. 1.
  2. 2.
  3. 3.

To'g'ri javob: 1.

YHQ 1-ilovasi 4-bo'limidagi 4.1.1. "Harakatlanish to'g'riga". Faqat to'g'ri yo'nalishda harakatlanishga ruxsat etiladi. Yo'lning qismi boshlanishida o'rnatilgan 4.1.1 belgisining ta'siri yaqin chorrahagacha joriy qilinadi. Belgi o'ng tomonda joylashgan hovlilarga va yo'lga yondosh boshqa hududlarga burilishni taqiqlamaydi. YHQ 1-ilovasining 5-bo'limidagi 5.5 "Bir tomonlama harakatli yo'l" yo'lning butun kengligi bo'yicha harakat bir tarafga ruxsat etilgan, shuning uchun bu yerda qayrilib olish taqiqlanadi.

5. Avtomobilning qaysi yo'nalishda harakatlanishga ruxsat etiladi?

Avtomobilning qaysi yo'nalishda harakatlanishga ruxsat etiladi?
  1. Faqat to'g'riga.
  2. Chapga va o'ngga.
  3. Barcha yo'nalishlarda.

To'g'ri javob: Barcha yo'nalishlarda.

YHQ 1-ilovasining 4-bo'limidagi 4.4 belgi - "Yengil avtomobillar harakatlanadi" belgisi yengil avtomobillarni, avtobuslarni, motosikllarni va to'la vazni 3,5 tonnadan kam bo'lgan yuk avtomobillarining harakatlanishiga ruxsat etadi. 1-ilovaning 7-bo'limidagi 7.3.3 qo'shimcha axborot belgisi "Ta'sir yo'nalishlari" chorraha oldida o'rnatilgan buyuruvchi belgi bilan qo'llanilib, uning ta'sir yo'nalishini ko'rsatadi.

6. Chorrahada harakatlanishning majburiy yo'nalshini qaysi belgi ko'rsatadi?

Chorrahada harakatlanishning majburiy yo'nalshini qaysi belgi ko'rsatadi?
  1. A.
  2. B.
  3. C.
  4. D.
  5. E.

To'g'ri javob: D.

YHQ 1-ilovasining 4-bo'limidagi 4.1.3 belgi "Harakatlanish chapga" - faqat yo'naltirgichlar ko'rsatgan tomonga harakatlanishga ruxsat etiladi.

7. Bu belgida harakatlanish ruxsat etiladi:

Bu belgida harakatlanish ruxsat etiladi:
  1. Faqat avtomobil va avtobus haydovchilariga.
  2. Barcha transport vositalarining haydovchilariga.
  3. Faqat avtomobil haydovchisiga.
  4. Faqat avtomobil va mototsikl haydovchilariga.

To'g'ri javob: Barcha transport vositalarining haydovchilariga.

YHQ 1-ilovasining 4-bo'limidagi 4.4 "Yengil avtomobillar harakati" belgisida yengil avtomobil ifodalangan bo'lsa ham, belgi yengil avtomobillardan tashqari barcha turdagi avtobuslar, mototsikllar va to'la vazni 3,5 tonnadan kam bo'lgan yuk avtomobillarining harakatlanishiga ruxsat etib, to'la vazni 3,5 tonnadan yuqori bo'lgan yuk avtomobillari va traktorlar harakatlanishini taqiqlaydi. Belgining ta'sir oralig'ida yashovchi va ishlovchi fuqarolarga tegishli, ularga va korxonalarga xizmat ko'rsatuvchi transport vositalariga bu belgi tadbiq etilmaydi.

8. Qaysi rasmda harakatlanishning to'g'ri yo'nalishi ko'rsatilgan?

Qaysi rasmda harakatlanishning to'g'ri yo'nalishi ko'rsatilgan?
  1. Birinchida.
  2. Ikkinchida.
  3. Ikkalasida.

To'g'ri javob: Ikkinchida.

YHQ 1-ilovasining 4-bo'limidagi 4.2.2 "To'siqni chapdan chetlab o'tish" belgisi qo'yilgan joyda to'siqni faqat ko'rsatkich ko'rsatgan tomondan aylanib o'tish ruxsat yetiladi. YHQ 2-ilovasining 1-yotiq chiziqlar bo'limida yo'l belgilarining, shu jumladan, vaqtincha yo'l belgilarining va yotiq yo'l chiziqlarining ma'nolari bir-biriga zid kelgan hollarda yoki yo'l chiziqlarini yetarlicha farqlab bo'lmasa, haydovchilar yo'l belgilariga amal qilishlari kerakligi ko'rsatilgan.

9. Bu chorrahada chapga burilishga ruxsat etiladimi?

Bu chorrahada chapga burilishga ruxsat etiladimi?
  1. Ruxsat etiladi.
  2. Taqiqlanadi.

To'g'ri javob: Ruxsat etiladi.

YHQ 1-ilovasining 4–bo'limidagi 4.1.1 "Harakatlanish to'g'riga" belgisi faqat to'g'ri yo'nalishda harakatlanishga ruxsat etiladi. Belgi qatnov qismlarining qaysi kesishmasidan oldin o'rnatilsa, belgining ta'siri shu kesishmaga joriy qilinadi.

10. Ko‘rsatilgan yo‘l belgilaridan qaysi biri ruxsat etilgan to‘la vazni 3,5 tonnadan kam bo‘lgan yuk avtomobiliga o‘ngga harakatlanishni buyuradi?

Ko‘rsatilgan yo‘l belgilaridan qaysi biri ruxsat etilgan to‘la vazni 3,5 tonnadan kam bo‘lgan yuk avtomobiliga o‘ngga h…
  1. Faqat B
  2. Faqat A
  3. B va C
  4. A va B

To'g'ri javob: Faqat B

YHQ 1-ilovasining 4-bo'limi 4.1.2 "Harakatlanish o'ngga" belgisiga muvofiq, ushbu belgining ta'sir oralig'ida faqat yo'naltirgich buyurgan tomonga harakatlanishga ruxsat etiladi. 4.1.2 belgisi yo'l qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga o'rnatilsa, shu kesishmaga ta'sir etadi.

11. Yo‘naltirgichlar bilan ko‘rsatilgan qaysi yo‘nalishlarda harakat ruxsat etilgan?

Yo‘naltirgichlar bilan ko‘rsatilgan qaysi yo‘nalishlarda harakat ruxsat etilgan?
  1. Faqat to‘g‘riga
  2. Faqat o‘ngga
  3. Faqat chapga
  4. Faqat to‘g‘riga va chapga
  5. Barcha yo‘nalishlarga

To'g'ri javob: Faqat to‘g‘riga va chapga

YHQ 1-ilovasining 4-bo'limi 4.1.1 "Harakatlanish to'g'riga" belgisiga muvofiq, ushbu belgining ta'sir oralig'ida faqat yo'naltirgich buyurgan tomonga harakatlanishga ruxsat etiladi. 4.1.1 belgisi yo'l qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga o'rnatilsa, shu kesishmaga ta'sir etadi.