Velosiped, moped va aravalar harakatlanishiga hamda hayvonlarni haydab o‘tishga doir qo‘shimcha talablar: test savollari
1. Ushbu yo‘l belgisi qo‘shimcha axborot belgisi bilan nimani bildiradi?
Ruxsat etilgan to‘la vazni 3,5 tonnadan ortiq transport vostilarining to‘xtab turish joyi ko‘rsatkich qatnov qismining chetida baland to‘siq, toshi borligini bildiradi
Transport vositalrining to‘xtab turish joyiga avtomobilini ko‘rsatilgan usulda qo‘yish taqiqlanadi
Yengil avtomobillar va mototsikllarni to‘xtab turishiga qo‘yish joyi va usuli
To'g'ri javob: Yengil avtomobillar va mototsikllarni to‘xtab turishiga qo‘yish joyi va usuli
YHQ 1-ilovasiga asosan: 7.6.1-7.6.9. “Transport vositasini to‘xtab turish joyiga qo‘yish usuli”. 7.6.1 barcha turdagi transport vositalarini to‘xtab turishi uchun yo‘lning qatnov qismida, trotuar yoniga qo‘yish usulini, 7.6.2 - 7.6.9 trotuar yonidagi to‘xtab turish joyiga yengil avtomobillar, mototsikllar, mopedlar va skuterlarni qo‘yish usulini bildiradi.
2. Qaysi rasmda piyodalar yo‘l yoqasida qoidani buzmay harakatlanmoqda?
Chapdagi rasmda
O‘ngdagi rasmda
Ikkala rasmda
To'g'ri javob: Ikkala rasmda
YHQ 4-bobi 15-bandi 1-va 3-xatboshilariga asosan, piyodalar trotuarlardan, piyodalar yo'lkalaridan, piyoda va velosiped yo'lkalaridan, ular bo'lmaganda esa yo'l yoqalaridan harakatlanishi kerak. Qatnov qismi chetida harakatlanayotgan piyodalar transport vositalarining harakatlanishiga qarama-qarshi yo'nalishda yurishlari kerak.
3. Bu belgi o‘rnatilgan yo‘lda avtobuslarga harakatlanish ruxsat etiladimi?
Faqat ruxsat etilgan to‘la vazni 3,5 tonnadan ortiq, bo‘lmagan avtomobilga ruxsat etiladi
Taqiqlanadi
Ruxsat etiladi
To'g'ri javob: Ruxsat etiladi
YHQ 1-ilovasi 5-bo‘limining to‘rtinchi xatboshisiga asosan: 5.3. “Avtomobillar uchun mo‘ljallangan yo‘l”. Faqat avtomobillar, avtobus hamda mototsikllar, elektromototsiklar, mopedlar va skuterlarning harakatlanishi uchun mo‘ljallangan yo‘lni bildiradi.
4. Qaysi transport vositalariga bu belgi o‘rnatilgan yo‘l bo‘ylab harakatlanishga ruxsat etilgan?
Mexanik transport vositalariga
Barcha transport vositalariga
Avtomobillarga, avtobuslarga va mototsikllarga
Yuqori tezligi 40 km/soatdan kam bo‘lmagan transport vositalariga
To'g'ri javob: Avtomobillarga, avtobuslarga va mototsikllarga
YHQ 1-ilovasi 5-bo‘limining to‘rtinchi xatboshisiga asosan: 5.3. “Avtomobillar uchun mo‘ljallangan yo‘l”. Faqat avtomobillar, avtobus hamda mototsikllar, elektromototsiklar, mopedlar va skuterlarning harakatlanishi uchun mo‘ljallangan yo‘lni bildiradi.
5. Trotuar yoki piyodalar yo'lkasi bo'lmaganda, piyodalar velosiped yo'lkasi bo'ylab harakat qila oladilarmi?
Harakat qila oladilar.
Agar velosipedalarning harakatlanishini qiyinlashtirmasa, harakat qila oladilar.
Harakat qila olmaydilar.
To'g'ri javob: Harakat qila oladilar.
YHQ 4-bob 15-bandi 1-xatboshiga asosan, piyodalar trotuarlardan, piyodalar yo'lkalaridan, piyoda va velosiped yo'lkalaridan, ular bo'lmaganda esa yo'l yoqalaridan harakatlanishi kerak.
6. Qatnov qismiga bevosita tutashgan trotuar chetida unga to‘la yoki qisman chiqish bilan to‘xtab turishga ruxsat etiladimi?
Faqat yengil avtomobillarga va mototsikllarga shu shart bilan ruxsat etiladiki, bu piyodalarning harakatiga halal bermasa
Ruxsat etilgan to‘la vazni 3,5 tonnadan ziyod bo‘lgan faqat yuk avtomobillariga taqiqlanadi
Barcha transport vositalariga taqiqlanadi
To'g'ri javob: Faqat yengil avtomobillarga va mototsikllarga shu shart bilan ruxsat etiladiki, bu piyodalarning harakatiga halal bermasa
YHQ 4-bobi 15-bandi 2-xatboshiga muvofiq, piyodalar harakatiga xalaqit bermaslik sharti bilan qatnov qismiga chegaradosh trotuar chetida faqat yengil avtomobillar, mototsikllar, mopedlar va velosipedlarga to‘xtab turishga ruxsat etiladi.
7. Qaysi haydovchi to‘xtab turish qoidalarini buzdi?
Mototsikl haydovchisi
Trotuarda to‘xtab turgan avtomobil haydovchisi
Hech kim buzmadi
To'g'ri javob: Trotuarda to‘xtab turgan avtomobil haydovchisi
Yo‘l harakati qoidalarining 88 bandiga asosan, transport vositalariga yo‘lning o‘ng tomonida yo‘l yoqasida, u bo‘lmaganda esa qatnov qismining chetida va Qoidalarning 89-bandida ko‘rsatilgan hollarda trotuarda to‘xtash va to‘xtab turishga ruxsat etiladi.
Yo‘l harakati qoidalarining 89 bandi 3 xatboshiga asosan, qatnov qismiga chegaradosh trotuar chetida faqat yengil avtomobillar, mototsikllar, mopedlar va velosipedlarga to‘xtab turishga 5.15 yo‘l belgisi bilan birga 7.6.2, 7.6.3, 7.6.6 — 7.6.9 qo‘shimcha axborot belgilaridan biri o‘rnatilgan joylarda ruxsat etiladi.
Yo‘l harakati qoidalarining 91 bandiga asosan, quyidagilarda to‘xtash taqiqlanadi: to‘xtagan transport vositasi bilan bo‘ylama sidirg‘a chiziq (qatnov qismining chetini belgilovchi chiziqdan tashqari), ajratuvchi mintaqa yoki qatnov qismining qarama-qarshi cheti orasidagi masofa 3 metrdan kam bo‘lgan joylarda.
8. Moped haydovchilariga ruxsat beriladi:
Faqat yo‘lning chetki o‘ng bo‘lagida o‘ng tomonidan bir qator bo‘lib harakatlanishiga
Faqat yo‘l yoqasidan harakatlanishga, agar piyodalarga xalaqit bermasa
Barcha sanab o‘tilgan holatlarga
To'g'ri javob: Barcha sanab o‘tilgan holatlarga
Yo‘l harakati qoidalarining 166 bandiga asosan, velosipedlar, mopedlar, aravalar, miniladigan yoki yuk ortiladigan hayvonlarning yo‘lning chetki o‘ng bo‘lagida imkoni boricha o‘ng tomonidan bir qator bo‘lib harakatlanishiga yo‘l qo‘yiladi. Agar piyodalarga xalaqit bermasa, yo‘l yoqasidan harakatlanishga ham ruxsat etiladi.
9. Qaysi belgi velosiped yo‘lkasini ko‘rsatadi?
A
B
C
To'g'ri javob: C
YHQ 1-ilovasining 4-bo‘limidagi 4.5 belgiga asosan, «Velosiped yo‘lkasi». Faqat velosiped va mopedlarda harakatlanishga ruxsat etilishini bildiradi. Trotuar yoki piyodalar yo‘lkasi bo‘lmasa, velosiped yo‘lkasidan piyodalar ham yurishlari mumkin.
10. Mexanik transport vositasi – bu ...
Odamlarni, yuklarni tashishga yoki maxsus ishlarni bajarishga mo‘ljallangan qurilma
Mexanik transport vositasi tarkibida harakatlanishga mo‘ljallangan, dvigatel bilan jihozlanmagan transport vositasi. Bu atama yarim tirkama va uzaytiriladigan tirkamalarga ham taalluqlidir
Dvigatel bilan harakatga keltiriladigan transport vositasi. Bu atama barcha traktor va o‘ziyurar moslamalarga ham taalluqlidir
To'g'ri javob: Dvigatel bilan harakatga keltiriladigan transport vositasi. Bu atama barcha traktor va o‘ziyurar moslamalarga ham taalluqlidir
Yo‘l harakati qoidalarining 6 bandiga asosan, mexanik transport vositasi — dvigatel bilan harakatga keltiriladigan transport vositasi (mopeddan tashqari). Bu atama barcha traktor va o‘zi yurar moslamalarga ham taalluqlidir.
11. Chapga burilayotgan haydovchi kesishayotgan yo‘lning qatnov qismidan o‘tayotgan piyodalarga yo‘l berishi kerakmi?
Ha, barcha hollarda o‘tkazishi kerak
Ha, agarda piyodalar o‘tish joyi bo‘lsa
To'g'ri javob: Ha, barcha hollarda o‘tkazishi kerak
Yo‘l harakati qoidalarining 96 bandiga asosan, chapga yoki o‘ngga burilayotgan haydovchi kesishayotgan yo‘lning qatnov qismidan o‘tayotgan piyoda(lar)ga, shuningdek velosiped yo‘lkasidan yo‘lni kesib o‘tayotgan velosipedchi(lar)ga yo‘l berishi kerak.
12. Qaysi rasmdagi avtomobil haydovchisi yuk tashish qoidasini buzayapti?
A
B
A va B
To'g'ri javob: A va B
Yo‘l harakati qoidalari 163 bandi 8 xatboshiga asosan, yengil avtomobilning tom qismiga o‘rnatilgan yukxonasidagi yukning balandligi 1 metrdan (maxsus moslamalar bilan mustahkamlangan holda velosipedlarni tashish bundan mustasno) va uzunligi avtomobilning gabaritidan 0,5 metrdan oshmasa yuk tashishga yo‘l qo‘yiladi.
13. Qaysi belgi “Avtomobillar uchun yo‘l” deb ataladi?
1
2
3
4
To'g'ri javob: 2
YHQ 1-ilova: 5.3. “Avtomobillar uchun mo‘ljallangan yo‘l”. Faqat avtomobillar, avtobus hamda mototsikllar, elektromototsikllar, mopedlar va skuterlarning harakatlanishi uchun mo‘ljallangan yo‘lni bildiradi.
14. Quyidagi belgilardan qaysi biri yengil avtomobillar harakati deb nomlanadi?
1
2
3
4
To'g'ri javob: 2
YHQ 1 ilova: 4.4. “Yengil avtomobillar harakati”. Yengil avtomobillar, avtobus, mototsikllar, mopedlar, skuterlar, belgilangan yo‘nalishli transport vositalari va ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillari harakatlanishiga ruxsat etilishini bildiradi. Belgining ta’sir oralig‘ida yashovchi va ishlovchi fuqarolarga tegishli, ularga va korxonalarga xizmat ko‘rsatuvchi transport vositalariga bu belgi tatbiq etilmaydi. Bunday hollarda transport vositalari belgilangan joyga eng yaqin chorrahadan kirib yoki chiqib ketishlari kerak.
15. Qaysi rasmda piyoda qoidani buzmay harakatlanmoqda?
O‘ngdagi rasmda
Chapdagi rasmda
Har ikkala rasmda
To'g'ri javob: O‘ngdagi rasmda
"YHQning 4-bob. 15-band 1 va 3-xatboshiga asosan: 15. Piyodalar trotuarlardan, piyodalar yo‘lkalaridan, piyoda va velosiped yo‘lkalaridan, ular bo‘lmaganda esa yo‘l yoqalaridan harakatlanishi kerak. Hajmi katta yuklarni olib ketayotgan piyodalar, shuningdek, nogironlarning dvigatelsiz aravachasida harakatlanayotgan shaxslarning trotuarlar yoki piyodalar yo‘lkalaridan harakatlanishi boshqa piyodalarning harakatlanishiga xalaqit berayotgan bo‘lsa, ular qatnov qismining chetidan harakatlanishi mumkin.
Qatnov qismi chetida harakatlanayotgan piyodalar transport vositalarining harakatlanishiga qarama-qarshi yo‘nalishda yurishlari kerak. Nogironlarning dvigatelsiz aravachasida harakatlanayotgan, mototsikl, elektromototsikl, moped, skuter, velosiped va individual harakatlanish vositalarini yetaklab ketayotgan shaxslar esa bunday hollarda transport vositalarining harakatlanish yo‘nalishi bo‘ylab yurishlari kerak."