Haydovchilarning umumiy vazifalari: test savollari

1. Sanab o‘tilgan hollarning qaysi birida haydovchi o‘zining transport vositasini ichki ishlar xodimi ixtiyoriga berishi shart?

Sanab o‘tilgan hollarning qaysi birida haydovchi o‘zining transport vositasini ichki ishlar xodimi ixtiyoriga berishi s…
  1. Barcha hollarda
  2. Kechiktirib bo‘lmaydigan xizmat vazifalarini bajarish uchun
  3. Ish joyiga borish uchun

To'g'ri javob: Kechiktirib bo‘lmaydigan xizmat vazifalarini bajarish uchun

YHQ 2-bobi 11-bandi z - xatboshiga asosan, transport vositasining haydovchisi IIO, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlariga Qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda kechiktirib bo'lmaydigan xizmat vazifalarini bajarish uchun transport vositasini foydalanishga taqdim etishga majburdir.

2. Transport vositalari ixtiyoriga berilgan vakolatnomasi bo‘lgan shaxs o‘zining ishtirokida transport vositasini boshqa shaxsga boshqarishni topshirishi mumkinmi?

  1. Mumkin
  2. Mumkin emas
  3. Bu shaxsda mazkur toifali transport vositasini boshqarishga ruxsat beruvchi haydovchilik guvohnomasi bo‘lgan taqdirda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisida ismi sharifi ko‘rsatilgan bo‘lsa yoki majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha shartnoma ushbu transport vositasidan cheklanmagan shaxslarning foydalanishini hisobga olgan holda tuzilgan bo‘lsa

To'g'ri javob: Bu shaxsda mazkur toifali transport vositasini boshqarishga ruxsat beruvchi haydovchilik guvohnomasi bo‘lgan taqdirda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisida ismi sharifi ko‘rsatilgan bo‘lsa yoki majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha shartnoma ushbu transport vositasidan cheklanmagan shaxslarning foydalanishini hisobga olgan holda tuzilgan bo‘lsa

YHQ 2-bobi 8-bandiga asosan: Tegishli toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasiga, uning taloniga, vaqtinchalik ruxsatnomaga ega bo'lgan shaxs, o'ziga tegishli bo'lmagan transport vositasini, uning egasi yonida bo'lganida yoxud tasarruf etish huquqini beruvchi yoki egalik qilishga, foydalanishga berilganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo'lgan shaxs ishtirokidagina (ularning roziligi bilan) boshqarishi mumkin, agar transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha shartnoma ushbu transport vositasidan cheklanmagan shaxslarning foydalanilishini hisobga olgan holda tuzilgan yoki transport vositasini boshqarayotgan shaxs sug'urta polisida ko'rsatilgan bo'lsa.

3. Reaksiya va diqqatni pasaytiruvchi dori darmonlar ta’sirida bo‘lgan haydovchiga transport vositalarini boshqarishiga ruxsat etiladimi?

  1. Taqiqlanadi
  2. Ruxsat etiladi
  3. Agar haydovchining ishlagan davri 2 yildan ortiq bo‘lsa, ruxsat etiladi

To'g'ri javob: Taqiqlanadi

YHQ 2-bobi 12-bandining birinchi xatboshisiga asosan, haydovchiga quidagilar taqiqlanadi: transport vositasini mastlik holatida (alkogol, giyohvand moddalar iste’mol qilgan va h. k.), sezgirlik va e’tiborni susaytiradigan dori-darmonlar ta’sirida, yo‘l harakati xavisizligiga tahdid soladigan darajadagi charchoqlik va betoblik holatida boshqarish.

4. Qoidalar transport vositalarining harakatlanishni davom ettirishni qanday hollarda taqiqlaydi?

  1. Kuzov (kabina) qismlari va bo'yog'iga tashqi tomondan anchagina shikast yetgan bo'lsa.
  2. Ulagich moslamasi nosoz bo'lsa (avtopoyezd tarkibi).
  3. Ressoralarning o'zak qatlami yoki markaziy bolti shikastlansa.

To'g'ri javob: Ulagich moslamasi nosoz bo'lsa (avtopoyezd tarkibi).

YHQ 2-bob 12-bandi 3-xatboshiga muvofiq, haydovchiga ulagich moslamasi (avtopoyezd tarkibida) nosoz bo'lgan transport vositasini boshqarish taqiqlanadi.

5. Haydovchiga transport vositasini boshqarish vaqtida telefondan foydalanishga ruxsat etiladimi?

Haydovchiga transport vositasini boshqarish vaqtida telefondan foydalanishga ruxsat etiladimi?
  1. Ruxsat etiladi
  2. Qo‘lni ishlatmasdan texnik vositalardan foydalanib gaplashishga ruxsat etiladi
  3. 20 km/soat tezlikda harakatlanayotganda ruxsat etiladi
  4. Taqiqlanadi

To'g'ri javob: Qo‘lni ishlatmasdan texnik vositalardan foydalanib gaplashishga ruxsat etiladi

YHQ 2-bobi 12-bandi 6-xatboshiga asosan, haydovchiga transport vositasini boshqarish paytida telefondan (telefondan quloqchinlar orqali va qo'llarni ishlatmasdan turib so'zlashuvlar olib borish imkoniyatini beradigan boshqa uskunalar orqali foydalanish bundan mustasno), foydalanish taqiqlanadi.

6. Mexanik transport vositasi egasining yonida haydovchilik guvohnomasi bo‘lmaganida qanday hujjat bilan boshqarishga ruxsat etiladi?

Mexanik transport vositasi egasining yonida haydovchilik guvohnomasi bo‘lmaganida qanday hujjat bilan boshqarishga ruxs…
  1. ID karta
  2. Biometrik passport
  3. Egalik huquqi
  4. Biometrik passport va ID karta bilan

To'g'ri javob: Biometrik passport va ID karta bilan

YHQning 2-bob. 7-band 17-xatboshiga asosan: Mexanik transport vositasi haydovchisining yonida O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari yoxud konsullik muassasalari tomonidan berilgan biometrik pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi mavjud bo‘lgan taqdirda, uning transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjati, transport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi, shuningdek transport vositasiga egalik qilish, egasi yo‘qligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (yuridik shaxs tomonidan berilgan transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnoma yoki yo‘l varaqasi, tashilayotgan yukning hujjatlar bundan mustasno), transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi haydovchidan talab etilmaydi.