1. Qaysi holatda egri yo‘lda harakatlanayotgan avtomobil turg‘unligi taminlanadi?
Uzatma ulangan holatda
Uzatma ajratilgan holatda
Tezlik oshirilganda
To'g'ri javob: Uzatma ulangan holatda
Egri yo‘l (burulish) da harakatlanayotgan avtomobilda markazdan qochirma kuch vujudga keladi. Burulish o‘ng tomonga bo‘lgan holda siz qarama – qarshi yo‘nalishda harakatlanish bo‘lagiga, chap tomonga bo‘lsa, yo‘l yoqasi yoki uning tashqarisiga chiqib ketishingiz ehtimoli mavjud. Uzatma ajratilgan holatda avtomobil o‘zi harakatlanib, uni boshqarish murakkablashadi. Shu bois, burulishga yaqin masofa qolganda, uning tikligini va tezligingizni baholab, uzatma mexanizmini ajratmay harakatni davom ettiring.
2. Avtomobilning qaysi g‘ildiraklari “sirpanib” tormozlanishiga ko‘proq moyil?
Orqa g‘ildiraklar
Oldingi g‘ildiraklar
To'g'ri javob: Orqa g‘ildiraklar
Inersiya kuchi ta‘siri ostida tormozlash vaqtida o‘qlarga tushadigan og‘irlik qayta taqsimlanishi ro‘y beradi. Old o‘qqa nisbatan og‘irlik ko‘payadi, orqa o‘qqa nisbatan kamayadi. Tormozlash sur‘ati qanchalik baland bo‘lsa, o‘qlarga tushadigan og‘irlik qayta taqsimlanishi sezilarliroq bo‘ladi. Orqa o‘qdan og‘irlik kamayishi bilan g‘ildirakni yo‘lga bosuvchi kuch kamayadi, shu sababli g‘ildirakning sirg‘anishi ( aylanmasdan siljishi ) va avtomobilning surulib ketishi ehtimoli yuzaga keladi. Old o‘qda og‘irlik ko‘payishi g‘ildirakni yo‘lga bosish kuchini ko‘paytiradi, shu sababli, sirg‘alish ehtimoli kamayadi.
3. Qaysi transport vositalariga to‘xtab turishga ruxsat etilgan?
Faqat mototsiklga
Faqat to‘liq vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobiliga
Faqat yengil avtomobilga
Yengil avtomobil va mototsiklga
Barcha transport vositalariga
To'g'ri javob: Yengil avtomobil va mototsiklga
YHQ 1-ilovasidagi 7.4.1 "Transport vositasining turi" qo'shimcha axborot belgisi, 3.28. "To'xtab turish taqiqlangan" belgisining ta'siri yuk tashuvchi, shu jumladan, tirkamali, to'la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo'lgan transport vositalariga tatbiq etilishini bildiradi.
4. Bir tirkamali avtopoyezdning qanday eng katta uzunligida DYHXX ruxsatisiz harakatlanishiga yo‘l qo‘yiladi?
20 m
16 m
24 m
22 m
18 m
To'g'ri javob: 20 m
Gabarit o'lchamlari yukli yoki yuksiz holda, uzunligi bo'yicha – 20 metrdan ortiq bo'lgan tirkamali avtopoezdlarning harakatlanishi belgilangan tartibda DYHXX bilan kelishilgan bo'lishi kerak.
5. Bu belgi nimani bildiradi?
Ro‘paradan kelayotgan transport vositalariga nisbatan birinchi o‘tish huquqini beradi
Haydovchi ro‘paradan harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishi kerak
Bir tomonlama harakatli yo‘l qatnov qismi tamom bo‘lganligini bildiradi
To'g'ri javob: Haydovchi ro‘paradan harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishi kerak
YHQ 1-ilovasi 2-bo‘limining o‘ninchi xatboshisiga asosan: 2.6. “Ro‘para harakatlanishning ustunligi”. Qarama-qarshi harakatlanishni qiyinlashtiradigan hollarda yo‘lning tor qismiga kirish taqiqlanadi. Haydovchi yo‘lning tor qismida bo‘lgan yoki ro‘paradan unga yaqin bo‘lgan transport vositasiga yo‘l berishi kerak.
6. Avtomobilning yon tomonga sirpanib ketishi nima sababdan ro‘y berishi mumkin?
Faqat birdaniga keskin burilish sababli
Faqat birdaniga keskin tormozlash sababli
Birdaniga keskin tezlik olish va keskin tormozlash sababli
Barcha sanab o‘tilgan hollarda
To'g'ri javob: Barcha sanab o‘tilgan hollarda
Avtomobilning yon tomonga sirpanib ketishiga quydagi omillar sababli ro‘y beradi: avtomobil rulini birdaniga keskin burish, keskin tormozlash hamda avtomobil tezligini keskin oshirish.
7. Mazkur yo‘l belgisi:
Doimiy belgi hisoblanadi
Vaqtinchalik belgi hisoblanadi
Mavsumiy belgi hisoblanadi
To'g'ri javob: Vaqtinchalik belgi hisoblanadi
Yo‘l harakati qoidalari 1 – ilovasi, izoh qismiga asosan, 1,8 1.15, 1.16, 1.31, 1.17, 1.18.1 — 1.18.3, 1.21, 1.30, 2.6, 2.7, 3.1, 3.2, 3.11 — 3.16, 3.18.1 — 3.18.25 yo‘l belgilari vaqtincha yo‘l belgilari sifatida belgilanishi mumkin. Vaqtincha yo‘l belgilari sariq rangda bo‘ladi.
8. Tos suyaklari singanda birinchi yordam qanday ko'rsatiladi?
Zararlangan joyni qattiq bog'lash, shikastlanganni yarim o'tirgan holatga keltirish.
Shikastlanganni qattiq yuzaga orqasi bilan yotqizish, zararlangan joylarga qaynoq isitgich qo'yish.
Shikastlanganni qattiq tekis yuzaga yotqizish, bukilgan va ikki tomonga kerilgan tizzalarining bo'g'inlari ostiga g'o'la shaklida o'ram qo'yish.
To'g'ri javob: Shikastlanganni qattiq tekis yuzaga yotqizish, bukilgan va ikki tomonga kerilgan tizzalarining bo'g'inlari ostiga g'o'la shaklida o'ram qo'yish.
Tos suyagi singanda jabrlanuvchi tekislikka yotqiziladi, oyoqlarni tizzalarida bukib, tagiga valik qo'yiladi. Shu holatda jabrlanuvchi davolash muassasasiga olib boriladi.
9. Qaysi belgi yo‘l qismida avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari o‘rnatilganligi haqida axborot beradi?
1
2
3
4
To'g'ri javob: 3
YHQ 1 – ilovasi 5 – bo‘limining 5.41 belgisi talabiga asosan: 5.41. “Foto – va video qayd etish” belgisi, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari o‘rnatilgani haqida axborot beradi.
10. Qaysi yo‘nalishda harakatlanish taqiqlanadi?
Chapga va o‘ngga.
To‘g‘riga va orqa burilish yo‘nalishida.
Faqat to‘g‘riga.
Hamma yo‘nalishlarda.
To'g'ri javob: Chapga va o‘ngga.
YHQ 1-ilovasi 7-bo‘limidagi 7.3.3 “Ta'sir yo‘nalishlari” qo‘shimcha axborot belgisi, chorraha oldida o‘rnatilgan 3.2. “Harakatlanish taqiqlangan” belgisining ta'sir yo‘nalishlarini ko‘rsatadi.
11. Shu joyda to‘xtab turishga ruxsat etiladimi?
Ruxsat etiladi
Taqiqlanadi
To'g'ri javob: Taqiqlanadi
YHQ 1 – ilovasi 3 – bo‘limining qirq uchinchi xatboshisiga asosan: 3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26 – 3.30 belgilarining ta‘siri belgi o‘rnatilgan joydan keyingi eng yaqin chorrahagacha, ular bo‘lmaganda – aholi punktining oxirigacha ta‘siri qiladi. Yondosh hududlardan yo‘lga chiqish joylarida yoki yo‘lning dala, o‘rmon yo‘llari va boshqa doimiy harakatlanish, o‘ti ketish uchun mo‘ljallanmagan yo‘llar bilan kesishgan (tutashgan) joylarida, ularning oldida tegishli belgilar o‘rnatilmagan bo‘lsa, bu belgilarning ta‘siri yo‘qolmaydi.
12. Belgi ostidagi qo‘shimcha axborot belgisi nimani bildiradi?
Belgidan birinchi burilishning boshlanishigacha bo‘lgan masofani
Birinchi burilishdan ikkinchi burilishning boshlanishigacha bo‘lgan masofani
Yo‘lning xavfli burilishlari bo‘lgan qatnov qismi uzunligi
To'g'ri javob: Yo‘lning xavfli burilishlari bo‘lgan qatnov qismi uzunligi
YHQ 1 – ilovasi 7 – bo‘imining beshinchi xatboshisiga asosan: 7.2.1 “Ta‘sir oralig‘i". Ogohlantirivchi belgilar bilan belgilangan xavfli joyning uzunligini yoki taqiqlovchi va axborot – ko‘rsatkich belgilarining ta‘sir oralig‘ini ko‘rsatadi.
13. Qaysi belgi “To‘siqni chapdan aylanib o‘tish” deb ataladi?
1
2
3
4
5
To'g'ri javob: 3
YHQ 1 – ilovasi 4 – bo‘limining o‘n birinchi xatboshisiga asosan: 4.2.2. “To‘siqni chapdan chetlab o‘tish”. To‘siqni ko‘rsatilgan yo‘nalish bo‘yicha chetlab o‘tishga ruxsat etilishini bildiradi.
14. Ishchi tormozi to‘satdan ishlamay qolganda avtomobilni qanday to‘xtatish kerak?
Eng past uzatmaga o'tish, to'xtab turish tormozi bilan tormozlash. Zarur bo'lganda biron-bir to'siqdan foydalanish.
Ulagichni ajratish va to'xtab turish tormozi bilan keskin tormozlash.
To'g'ri javob: Eng past uzatmaga o'tish, to'xtab turish tormozi bilan tormozlash. Zarur bo'lganda biron-bir to'siqdan foydalanish.
Ishlayotgan tormozning birdan ishdan chiqishi holati alomatlari ko'p: avtomobil tezligi, to'xtab turish tormozining ishlash qobiliyati, harakat oqimining zichligi, yo'l kengligi, piyodalar, ko'kalamzorlashtirilgan joylar, qurilayotgan imoratlarning zichligi, qarama-qarshi yo'nalishda kelayotgan transport vositalarining zichligi va boshqalar. Shuningdek, ko'pgina to'xtamlarga kelish mumkin. "Tormoz ishlamay qolganda nima qilish kerak?"degan savolga barcha holatlarga to'g'ri keladigan javob berib bo'lmaydi. Shunday qilib, xavfli vaziyatda eng asosiy narsa bu: o'ziga ishonish va osoyishtalikni saqlash; kelib chiqqan holatni tezda baholash; inson hayotiga xavf-xatar solmaydigan va ziyon yetkazmaydigan qaror qabul qilish va qabul qilingan qarorni amalga oshirayotgan vaqtda vaziyatning o'zgarishi natijasida taktikani o'zgartirishga tayyor turish.
15. Bu belgilarning qaysi biri “Bir tomonlama harakatli yo‘lga chiqish”ni bildiradi?
Birinchi va beshinchi
Uchinchi va beshinchi
Ikkinchi va to‘rtinchi
To'g'ri javob: Birinchi va beshinchi
YHQ 1 – ilovasi 5 – bo‘limining sakkizinchi xatboshisiga asosan: 5.7.1, 5.7.2. “Bir tomonlama harakatli yo‘lga chiqish”. Harakatlanish bir tomonlama bo‘lgan yo‘lga yoki qatnov qismiga chiqishni bildiradi.
Bunday holda, birinchi va beshinchi belgilar “Bir tomonlama harakatli yo‘lga chiqish” deb nomlanadi.
16. Ko‘rsatilgan belgi ostidagi qo‘shimcha axborot belgisi qanday maqsadda o‘rnatilgan?
Belgining amal qilish hududida foto va video moslamalardan foydalanish taqiqlanadi
DYHXX tomonidan harakat jarayoni foto va video kuzatuviga olingan yo‘l qismini bildiradi
To'g'ri javob: DYHXX tomonidan harakat jarayoni foto va video kuzatuviga olingan yo‘l qismini bildiradi
YHQ 1 – ilovasi 7 – bo‘limining o‘ttiz ikkinchi xatboshisiga asosan: 7.19. “Foto va video qayd etish”. Yo‘l harakati qatnashchilarining harakatlari maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilayotganligini bildiradi. Ogohlantiruvchi, imtiyoz, taqiqlovchi, buyuruvchi va axborot ishora belgilari bilan birgalikda qo‘llaniladi.
17. Qaysi belgi “Oyning juft kunlarida to‘xtab turish taqiqlangan” deb ataladi?
Yo'l harakati jarayonida transport haydovchisi, yo'lovchisi yoki piyoda tariqasida bevosita ishtirok etuvchi shaxs.
Yo'lda bo'lgan va undan ish bajarmayotgan har qanday shaxs.
Biror bir transport vositasini boshqarayotgan shaxs.
To'g'ri javob: Yo'l harakati jarayonida transport haydovchisi, yo'lovchisi yoki piyoda tariqasida bevosita ishtirok etuvchi shaxs.
YHQ 1-bobining 6-bandi 58-tushunchasiga asosan, yo'l harakati qatnashchisi – yo'l harakati jarayonida transport vositasining haydovchisi, yo'lovchisi yoki piyoda tariqasida bevosita ishtirok etuvchi shaxs.
19. Bu belgi qanday nomlanadi?
To‘siqlarni aylanib o‘tishning dastlabki ko‘rsatkichi
Boshqa qatnov qismiga qayta tizilishning dastlabki ko‘rsatkichi
Qarama-qarshi yo‘nalish bo‘lagiga chiqishning boshlang‘ich ko‘rsatkichi
To'g'ri javob: Boshqa qatnov qismiga qayta tizilishning dastlabki ko‘rsatkichi
YHQ 1 – ilovasi 5 – bo‘limiga asosan: 5.34.2. “Boshqa qatnov qismiga qayta tizilishning boshlang‘ich ko‘rsatkichi”. Ajratuvchi bo‘lagi bo‘lgan yo‘lning harakatlanish uchun yopiq hududini aylanib o‘tish yoki o‘ng tomondagi qatnov qismiga qaytish uchun harakatlanish yo‘nalishini bildiradi.
20. Toliqish haydovchining diqqati va e’tiboriga qanday ta’sir qiladi?
Haydovchining diqqat va e’tiboriga ta’sir qilmaydi
Haydovchining diqqat va e’tibori pasayadi
Haydovchining diqqat va e’tibori oshadi
To'g'ri javob: Haydovchining diqqat va e’tibori pasayadi
Haydovchining charchashi, toliqishi shubhasiz harakat xavfsizligiga ta'sir qiladi. Haydovchining diqqati pasayadi, reaktsiya vaqti oshadi. Yaxshi haydovchi vaqti-vaqti bilan boshqaruvning monotonligini bartaraf etib, harakatni to'xtatib turishi kerak. Ko'pincha xavfsiz harakatlanish uchun zarur bo'lgan diqqat darajasini tiklash uchun bir necha daqiqa kifoya qiladi.
21. Yo‘l quruq bo‘lganda g‘ildirak aylanmay, sirpanib tormozlanish tormoz yo‘liga qanday ta’sir etadi?
Tormoz yo‘li qisqaradi
Tormoz yo‘li o‘zgarmaydi
Tormoz yo‘li ortadi
To'g'ri javob: Tormoz yo‘li ortadi
Tormoz yo‘lining kamayishiga blokirovka chegarasida erishiladi, chunki blokirovka qilingan g‘ildiraklar aylanmay (sirpanib to‘xtash) yo‘lda sirpanadi va tormoz yo‘lini uzaytiradi.
22. Quvib o‘tishni boshlashdan oldin haydovchi shunga ishonch hosil qilishi kerakki:
Shu tasmada orqada harakatlanayotgan transport vositasi quvib o‘tishni boshlamaganligiga
Oldinda harakatlanayotgan transport vositasi quvib o‘tish, chapga burilish (qayta tizilish) ishorasini bermayotganligiga
Quvib o‘tishni tugallayotganda, quvib o‘tilayotgan transport vositasiga xalaqit bermasdan ilgari egallangan qatorga qaytib o‘ta olishiga ishonch hosil qilishi shart
Barcha ko‘rsatilgan harakatlarni bajara olishiga
To'g'ri javob: Barcha ko‘rsatilgan harakatlarni bajara olishiga
premium_required
23. Avtomobilning qaysi g‘ildiraklari “sirpanib” tormozlanishiga ko‘proq moyil?
Orqa g‘ildiraklar
Oldingi g‘ildiraklar
To'g'ri javob: Orqa g‘ildiraklar
Inersiya kuchi ta‘siri ostida tormozlash vaqtida o‘qlarga tushadigan og‘irlik qayta taqsimlanishi ro‘y beradi. Old o‘qqa nisbatan og‘irlik ko‘payadi, orqa o‘qqa nisbatan kamayadi. Tormozlash sur‘ati qanchalik baland bo‘lsa, o‘qlarga tushadigan og‘irlik qayta taqsimlanishi sezilarliroq bo‘ladi. Orqa o‘qdan og‘irlik kamayishi bilan g‘ildirakni yo‘lga bosuvchi kuch kamayadi, shu sababli g‘ildirakning sirg‘anishi ( aylanmasdan siljishi ) va avtomobilning surulib ketishi ehtimoli yuzaga keladi. Old o‘qda og‘irlik ko‘payishi g‘ildirakni yo‘lga bosish kuchini ko‘paytiradi, shu sababli, sirg‘alish ehtimoli kamayadi.
24. Ushbu ko‘rsatilgan holatda Siz mototsiklga yo‘l berishingiz kerakmi?
Yo‘q
Ha
To'g'ri javob: Yo‘q
Yo‘l harakati qoidalarining 61 bandi 2 xatboshiga asosan, yo‘lga chiqish joyida tezlashish bo‘lagi bo‘lsa, haydovchi unda harakatlanishi va qo‘shni tasmada harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berib, transport oqimiga qo‘shilishi kerak.
25. Bu belgi nimani bildiradi?
To‘la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillarining majburiy harakat yo‘nalishini
Yuk avtomobillari uchun majburiy harakat yo‘nalishini
Yuk avtomobillari, traktorlar, o‘ziyurar moslamalar uchun, agar chorrahada yo‘nalishlardan birida harakatlanish taqiqlangan bo‘lsa, tavsiya etiladigan harakat yo‘nalishini
Shaharlararo yuk tashuvchi yuk avtomobillarining harakat yo‘nalishini
To'g'ri javob: Yuk avtomobillari, traktorlar, o‘ziyurar moslamalar uchun, agar chorrahada yo‘nalishlardan birida harakatlanish taqiqlangan bo‘lsa, tavsiya etiladigan harakat yo‘nalishini
YHQ 1 – ilovasining 5 – bo‘limidagi 5.30.2 “Yuk avtomobillari uchun harakatlanish yo‘nalishi” belgisiga asosan, yuk avtomobillari haydovchilariga eng qulay yo‘lni ko‘rsatadi vas hu yo‘l bo‘yicha harakatlanishni tavsiya etadi.
26. To‘siq deb nimaga aytiladi?
Yo‘lning qatnov qismida harakatsiz holda bo‘lgan jism
Tirbandlik tufayli qatnov qismida to‘xtab turgan transport vositasi
Yo‘l harakati xavfsizligiga xavf soluvchi har qanday omil
To'g'ri javob: Yo‘lning qatnov qismida harakatsiz holda bo‘lgan jism
YHQ umumiy qoidalar: To‘siq - yo‘lning qatnov qismida harakatsiz holda bo‘lgan jism (buzilib qolgan transport vositasi, tushib qolgan yuk, yiqilgan daraxt va boshqalar).
27. Ushbu yo‘l belgisi qanday nomlanadi?
Bir izli temir yo‘l kesishmasi
Temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashuv
Shlagbaumli temir yo‘l kesishmasi
To'g'ri javob: Temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashuv
premium_required
28. Haydovchi avtopoyezdni tormozlashning qaysi qoidalariga rioya qilishi kerak?
Tormoz tepkisini keskin kuchli bosish – ulagichni ajratgan holda
Oldindan tezlikni kamaytirib, ulagichni ajratmay, bir tekis tormozlash
To'g'ri javob: Oldindan tezlikni kamaytirib, ulagichni ajratmay, bir tekis tormozlash
Tormoz tizimi mavjud bo‘lmagan tirkamani ulash vaqtida ulangan transport vositalarining umumiy vazni kattalashgani bois avtomobilning tormoz yo‘li ortadi. Avtopoyezdni faqat yo‘lning to‘g‘ri uchastkalarda to‘xtatish mumkin, bunda uning to‘liq vazni bir chiziqda bo‘lishi kerak. Aylana yo‘lda shatakchi avtomobilning ag‘darilishi, yo‘l chetiga chiqib ketishi yoki shatakchi moslamaning ishdan chiqishiga olib keluvchi tirkamaning surilib ketishi yoki avtopoyezdning buklanishi yuzaga kelishi mumkin.
29. Qayta tizilish deb nimaga aytiladi?
Dastlabki harakat yo‘nalishini saqlagan holda o‘z harakatlanish tasmasidan boshqa harakatlanish qatoriga o‘tish
Qatnov qismining maxsus ajratilgan, 5.35 – 5.37 yo‘l belgilari, 1.9 yo‘l chizig‘i bilan belgilangan va ustida reversiv svetafor o‘rnatilgan bo‘lagida harakatlanish yo‘nalishini qarama-qarshi tomonga o‘zgartirish
Xavf tug‘ilganda yo‘ldagi boshqa harakat qatnashchilarining harakatlanishiga to‘sqinlik qilmaslik uchun haydovchilar tomonidan bajariladigan harakat (manyovr)
To'g'ri javob: Dastlabki harakat yo‘nalishini saqlagan holda o‘z harakatlanish tasmasidan boshqa harakatlanish qatoriga o‘tish
YHQ umumiy qoidalar: Qayta tizilish - dastlabki harakat yo‘nalishini saqlagan xolda o‘z harakatlanish tasmasidan boshqa harakatlanish qatoriga o‘tish.
30. Qattiq charchoq boshlanishining asosiy tashqi alomatlari qanday?
Ko'z sanchib og'riydi, yuz terisi oqaradi, uyqu bosadi.
Yuz qizil tusga kiradi, qo'l-oyoqlar soviydi, ongi xiralashadi.
Mushaklarda horg'inlik seziladi, quloqlarda shovqin, bosh aylanadi, muzdek yopishqoq ter chiqadi.
To'g'ri javob: Ko'z sanchib og'riydi, yuz terisi oqaradi, uyqu bosadi.
Haydovchi toliqishining o'ziga xos alomatlariga uyqu kelishi, lanjlik va diqqatning pasayishi kiradi. Bu holatda transport vositasini boshqarish xavfli bo'lganligi bois, taqiqlangan.
31. Tashilayotgan yuk DYHX xizmatining ruxsatisiz yuk avtomobillarining oldi va orqa nuqtasidan qancha eng katta uzunlikda chiqib turishi mumkin?
2,0 m
1,5 m
1,0 m
2,5 m
4,0 m
To'g'ri javob: 2,0 m
Yuki transport vositasining oldi va orqa nuqtasidan 2 metrdan ortiq chiqib turgan transport vositalarining harakatlanishi belgilangan tartibda DYHXX bilan kelishilgan bo'lishi kerak.
32. Yo‘l o‘rtasidagi to‘xtash joyida to‘xtagan shu yo‘nalishdagi tramvayga yaqinlashib qolgan haydovchi nima qilishi kerak?
To‘xtashi, tramvay eshiklari yopilgandan keyin harakatni davom ettirishi
Yo‘l o‘rtasidagi to‘xtash joyida turgan shu yo‘nalishdagi tramvayga kelayotgan yoki undan uzoqlashayotgan piyodalarga yo‘l berishi
To‘xtashi, so‘ng tramvay harakatlanganidan keyin harakatni davom ettirishi
Tramvay to‘xtash joyidan nihoyatda ehtiyotkorlik bilan o‘tishi
To'g'ri javob: Yo‘l o‘rtasidagi to‘xtash joyida turgan shu yo‘nalishdagi tramvayga kelayotgan yoki undan uzoqlashayotgan piyodalarga yo‘l berishi
premium_required
33. DYHX xizmatining ruxsatisiz transport vositasining yuk bilan yoki yuksiz yo‘l sathidan qanday eng yuqori o‘lchamdagi balandlik bilan harakatlanishiga yo‘l qo‘yiladi?
4,0 m
4,5 m
5,0 m
2,5 m
3,8 m
To'g'ri javob: 4,0 m
Gabarit o'lchamlari yukli yoki yuksiz holda balandligi bo'yicha yo'l sathidan 4 metrdan ortiq chiqib turgan transport vositalarining harakatlinishi belgilangan tartibda DYHXX bilan kelishilgan holda bo'lishi kerak.
34. Qatnov qismi chetidagi piyoda, yalt-yalt etuvchi mayoqcha va maxsus tovushli ishoralarni yoqib kelayotgan transport vositasi yaqinlashib kelayotganda qanday yo‘l tutishi kerak?
Mumkin qadar tezkor qatnov qismidan o‘tib olishi
Qatnov qismidan o‘tmasligi
Agar piyodalar o‘tish joyida bo‘lsa, qatnov qismidan o‘tishi
To'g'ri javob: Qatnov qismidan o‘tmasligi
YHQ 4-bobining 21-bandiga asasan, tezkor va maxsus xizmatlarning ko'k yoki qizil yoxud ko'k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan transport vositalari yaqinlashib kelayotgan bo'lsa, piyodalar qatnov qismidan o'tmasliklari, unda harakatlanayotganlari esa, ushbu transport vositalariga yo'l berishlari va zudlik bilan qatnov qismini bo'shatishlari kerak.
35. Belgilarning qaysi biri ogohlantiruvchi belgilar bilan belgilangan xavfli yo‘l qismining uzunligini ko‘rsatadi?
1
2
3
4
5
To'g'ri javob: 4
YHQ 1 – ilovasi 7 – bo‘limining beshinchi xatboshisiga asosan: 7.21. “Ta‘sir oralig‘i”. Ogohlantiruvchi belgilar bilan belgilangan xavfli joyning uzunligini yoki taqiqlovchi va axborot – ko‘rsatkich belgilarning ta’sir oralig‘ini ko‘rsatadi.
36. Quyidagi javoblardan qaysi birida “Yo‘lovchi” atamasining to‘g‘ri ta'rifi ko‘rsatilgan?
Transport vositasidagi barcha shaxslar
Transport vositasidagi (haydovchidan tashqari) shaxs, shuningdek transport vositasiga kirayotgan (unga chiqib o‘tirayotgan) yoki transport vositasidan chiqayotgan (undan tushayotgan) shaxs
Har ikkala ta’rif to‘g‘ri
To'g'ri javob: Transport vositasidagi (haydovchidan tashqari) shaxs, shuningdek transport vositasiga kirayotgan (unga chiqib o‘tirayotgan) yoki transport vositasidan chiqayotgan (undan tushayotgan) shaxs
YHQ umumiy qoidalar: Yo‘lovchi – transport vositasidagi (haydovchidan tashqari) shaxs, shuningdek transport vositasiga kirayotgan (unga chiqib o‘tirayotgan) yoki transport vositasidan chiqayotgan (undan tushayotgan) shaxs.
37. Ushbu yo‘l belgisi qanday nomlanadi?
Tik nishablik
Tik balandlik
To'g'ri javob: Tik nishablik
premium_required
38. Qaysi transport vositasining haydovchisi to‘xtab turish qoidasini buzdi?
Ko‘k avtomobil haydovchisi
Qizil avtomobil haydovchisi
Har ikki haydovchi buzdi
Har ikki haydovchi ham buzmadi
To'g'ri javob: Har ikki haydovchi buzdi
Yo‘l harakati qoidalarining 91 bandiga asosan, quyidagilarda to‘xtash taqiqlanadi: qatnov qismi kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi chetiga 30 metrdan kam masofada (uch tomonlama kesishadigan chorrahalarda yondan tutashgan yo‘lning sidirg‘a chiziq yoki ajratuvchi mintaqa bilan ajratilgan qarama-qarshi tomoni bundan mustasno).
YHQ 1-ilovasining 3-bo‘limidagi 3.28 belgiga asosan, «To‘xtab turish taqiqlangan». Transport vositalarining to‘xtab turishi taqiqlanadi (xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli bo‘yoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari bundan mustasno).
39. Qaysi belgi yo‘lning tor qismida ro‘paradan harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishni talab qiladi?
"B" va "C"
"D"
"A" va "D"
"B"
"A"
To'g'ri javob: "A"
YHQ 1-ilovasining 2-bo‘limidagi 2.6 belgiga asosan, «Ro‘para harakatlanishning ustunligi». Qarama-qarshi harakatlanishni qiyinlashtiradigan hollarda yo‘lning tor qismiga kirish taqiqlanadi. Haydovchi yo‘lning tor qismida bo‘lgan yoki ro‘paradan unga yaqin bo‘lgan transport vositasiga yo‘l berishi kerak.
40. Chuqur kechuvdan o‘tgach, haydovchi nima qilish kerak?
Tezlanish bilan yuqoriroq uzatmalarda harakatlanishga
Qisqa masofa oralig‘ida tezlanish olib tormoz tepkisini bir necha bor bosib, tormoz mexanizmi friksion ustqoplamalarini quritishi
Tormozlamasdan past tezlikda harakatni davom ettirish kerak
To'g'ri javob: Qisqa masofa oralig‘ida tezlanish olib tormoz tepkisini bir necha bor bosib, tormoz mexanizmi friksion ustqoplamalarini quritishi
Suv to'siqlaridan o'tgandan keyin, tormoz kolodkalarini quritish lozim. Tormoz tepkisini ko'p marotaba qisqa-qisqa bosib, tormoz mexanizmining friksion ustqoplamalarini quritish avtomobilning barcha g'ildiraklari tormozlarining samaradorligini qayta tiklaydi.
41. Ko'krak qafasi shikastlangan yaradorni kerakli joyga qanday eltish kerak?
Yaralangan yoni bilan yotgan yoki yarim o'tirgan holda.
Sog' yoni bilan yotgan yoki o'tirgan holda.
Orqasi bilan yoki qorni bilan yotgan holda.
To'g'ri javob: Yaralangan yoni bilan yotgan yoki yarim o'tirgan holda.
Suyak siniqlarining bir biriga nisbatan qo'zg'almasligini ta'minlash uchun ko'krak qafasiga bog'ich tarang qilib bog'lanadi. Bu holda nafas olish o'tirgan holatda erkin bo'lgan ko'krak-qursoq diafragma pardasi harakatlari hisobiga amalga oshiriladi.
42. Relssiz transport vositalarining harakatlanishi uchun tasmalar soni qanday aniqlanadi?
Yotiq yo‘l chiziqlari bilan
“Tasmalar bo‘yicha harakatlanish yo‘nalishi” yoki “Tasmalar bo‘yicha harakatlanish yo‘nalishi” yo‘l belgilari bilan
Haydovchining o‘zi qatnov qismining kengligini, transport vositalarining o‘lchamlarini va ular orasidagi zarur yonlama oraliq masofani hisobga olib
Barcha sanab o‘tilgan harakatlar bilan
To'g'ri javob: Barcha sanab o‘tilgan harakatlar bilan
Yo‘l harakati qoidalarining 10 bobi 64 bandiga asosan, relssiz transport vositalari harakatlanadigan tasmalar soni chiziqlar va (yoki) 5.8.1, 5.8.2, 5.8.7, 5.8.8 yo‘l belgilari bilan belgilanadi. Bunday chiziqlar yoki yo‘l belgilari bo‘lmasa, haydovchilar harakatlanish tasmalari sonini, qatnov qismining kengligini, transport vositalari orasidagi zarur yonlama oraliq masofani va ularning gabarit o‘lchamlarini hisobga olgan holda o‘zlari aniqlaydilar. Bunda harakatlanish ikki tomonlama bo‘lgan yo‘l qatnov qismining chap tomondagi yarmi, qatnov qismining joylardagi kengayishlari (sekinlashish va tezlashish tasmalari, balandlikka ko‘tarilishdagi qo‘shimcha tasmalar, yo‘nalishli transport vositalarining to‘xtash joylaridagi kengayishlar)ni hisobga olmagan holda, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan deb hisoblanadi.
Tramvay yo‘li, ajratuvchi tasma, uzluksiz 1.1, 1.3 yo‘l chiziqlar yoki uzuq-uzuq tomoni chapda joylashgan 1.11 yo‘l chizig‘i bilan ajratilgan yo‘llarda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqish taqiqlanadi.
43. Quyidagi javoblardan qaysi birida “Xavf” atamasining to‘g‘ri ta’rifi ko‘rsatilgan?
Yo‘l harakati xafvsizligiga xavf soluvchi har qanday omil
Yo‘l harakati qatnashchilarining yo‘nalishini o‘zgartirishga majbur qiladigan har qanday to‘siq
Yo‘l harakati jarayonidan o‘sha yo‘nalishda va o‘sha tezlikda harakatlanishni davom ettirish yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lishga tahdid soladigan omil.
To'g'ri javob: Yo‘l harakati xafvsizligiga xavf soluvchi har qanday omil
YHQ umumiy qoidalar: Xavf – yo‘l harakati xavfsizligiga xavf soluvchi har qanday omil.
44. Qish vaqtida orqa yetakchi ko‘prikli avtomobilda chuqur bo‘lib qolgan g‘ildirak izidan qanday chiqish mumkin?
Uncha katta bo‘lmagan tezlikda birinchi galda boshqaruv rulini chiqish tomonning qarama qarshi tomoniga, keyin esa chiqish tomoniga shiddat bilan burishi kerak
Izdan chiqishni iloji boricha tezroq boshlash, dastlab boshqaruv rulini chiqish tomoniga, keyin esa ro‘parasiga burish kerak
To'g'ri javob: Uncha katta bo‘lmagan tezlikda birinchi galda boshqaruv rulini chiqish tomonning qarama qarshi tomoniga, keyin esa chiqish tomoniga shiddat bilan burishi kerak
Tuproqli yo‘lda chuqur qor bo‘ylab oldindan tanlangan pastgi uzatmada rul chambaragini keskin burmasdan va to‘xtamasdan harakatda bo‘lish ushbu uchastkada yuzaga keluvchi katta qarshilik kuchini bartaraf qilish uchun zarur bo‘lgan quvvat zapasi bilan ta'minlaydi.
45. Qaysi belgi kesishadigan yo‘l bo‘ylab harakat qilayotgan transport vositalariga yo‘l berish majburiyatini yuklaydi?
1
2
3
4
5
To'g'ri javob: 4
YHQ 1-ilovasining 2-bo‘limidagi 2.4 “Yo‘l bering” belgisida haydovchi kesib o‘tilayotgan yo‘ldan harakatlanayotgan transport vositasiga yo‘l berishi kerak.
46. Yo‘naltirgichlar bilan ko‘rsatilgan qaysi yo‘nalishlarda harakatlanishga ruxsat etilgan?
Faqat to‘g‘riga
Faqat o‘ngga
Faqat chapga
Faqat to‘g‘riga va o‘ngga
Barcha yo‘nalishlarga
To'g'ri javob: Barcha yo‘nalishlarga
premium_required
47. DYHXX xizmati ruxsatisiz transport vositasining yuk bilan yoki yuksiz holda harakatlanishiga qanday yuqori maksimal kenglikda yo‘l qo‘yiladi?
2,55 m
2,0 m
3,8 m
4,0 m
5,0 m
To'g'ri javob: 2,55 m
Katta hajmli va og'ir vaznli hamda xavfli yuklarni tashishda gabarit o'lchamlari yukli yoki yuksiz holda eni bo'yicha 2,55 (refrijeratorlar va izotermik kuzovlar uchun — 2,6) metrdan ortiq chiqib turgan transport vositalarining harakatlanishi DYHXX bilan kelishilishi shart.
48. Bu yerda avtomobil to‘xtashiga ruxsat berilganmi?
Taqiqlangan, chunki uzuq-uzuq yotiq chiziq va to‘xtab turgan avtomobil bilan orasidagi masofa 3 metrdan kam.
Oyning juft kunlarida taqiqlangan.
Ruxsat berilgan.
To'g'ri javob: Ruxsat berilgan.
YHQ 1-ilovasining 3-bo‘limidagi 3.28 belgi talabiga asosan, “To‘xtab turish taqiqlangan” belgisi faqat to‘xtab turishni taqiqlaydi. Transport vositasiga yo‘lovchilarni chiqarish yoki tushirish bilan bog‘liq bo‘lgan hollarda transport vositasining harakatini to‘xtatish taqiqlanmagan.
49. Bu belgi qaysi transport vositalariga ta’sir qilmaydi?
Traktorlar va o‘zi yurar avtomobillarga
Avtobuslar va mikroavtobuslarga
Belgi ta’sirida joylashgan korxonalarga xizmat ko‘rsatayotgan transport vositalariga
To'g'ri javob: Belgi ta’sirida joylashgan korxonalarga xizmat ko‘rsatayotgan transport vositalariga
YHQ 1-ilovasi 3-bo‘limining uchinchi va o‘ttiz sakkizinchi xatboshlariga asosan: 3.2. “Harakatlanish taqiqlangan”. Barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi. 3.2 belgisi belgilangan zonada joylashgan korxonalarga xizmat ko‘rsatuvchi transport vositalariga, shuningdek, belgilangan zonada yashaydigan yoki ishlaydigan fuqarolarga xizmat qiluvchi yoki ularga tegishli bo‘lgan transport vositalariga ta'sir qilmaydi.
50. Mazkur yo‘l belgisi:
Doimiy belgi hisoblanadi
Vaqtinchalik belgi hisoblanadi
Mavsumiy belgi hisoblanadi
To'g'ri javob: Vaqtinchalik belgi hisoblanadi
premium_required
51. Belgilardan qay biri ajratuvchi mintaqasi bo‘lgan yo‘lning harakat uchun yopiq qatnov qismini aylanib o‘tish yo‘nalishini ko‘rsatadi?
1
2
3
4
5
To'g'ri javob: 5
YHQ 1-ilovasi 5-bo‘limining ellik ikkinchi xatboshisiga asosan: 5.34.2. “Boshqa qatnov qismiga qayta tizilishning boshlang‘ich ko‘rsatkichi”. Ajratuvchi bo‘lagi bo‘lgan yo‘lning harakatlanish uchun yopiq hududini aylanib o‘tish yoki o‘ng tomondagi qatnov qismiga qaytish uchun harakatlanish yo‘nalishini bildiradi.
52. Yuk transport vositasining o‘lchamlaridan chiqib tursa, kunning qorong‘i vaqtida va yetarli ko‘rinmaydigan sharoitda qanday belgilanadi?
Ishora taxtachalari yoki bayroqchalar (diagonal bo‘yicha navbatma-navbat tortilgan qizil va oq yo‘lli) bilan
Oldiga oq, orqasiga qizil, yon tomoni zarg‘aldoq rang yorug‘lik qaytaruvchi moslamalar yoki chiroqlar bilan
Orqasiga qizil, oldiga oq bayroqchalar bilan
To'g'ri javob: Oldiga oq, orqasiga qizil, yon tomoni zarg‘aldoq rang yorug‘lik qaytaruvchi moslamalar yoki chiroqlar bilan
premium_required
53. Ruxsat etilgan to‘liq vazn nima?
Transport vositasining yuk ko‘tarishi
Transport vositasining haqiqiy vazni
Jihozlangan transport vositasining ishlab chiqargan korxona tomonidan belgilangan yuk, haydovchi va yo'lovchilari bilan birgalikdagi eng yuqori vazni (o'lchovi)
Transport vositisida tashiladigan yukning ishlab chiqargan korxona yo‘l qo‘ygan texnik tavsifnomasi sifatida belgilanadigan vazni
To'g'ri javob: Jihozlangan transport vositasining ishlab chiqargan korxona tomonidan belgilangan yuk, haydovchi va yo'lovchilari bilan birgalikdagi eng yuqori vazni (o'lchovi)
YHQ 1-bo'lim 6-bandini 43-tushunchasiga asosan, ruxsat etilgan to'liq vazn — jihozlangan transport vositasining ishlab chiqargan korxona tomonidan belgilangan yuk, haydovchi va yo'lovchilari bilan birgalikdagi eng yuqori vazni (o'lchovi).
54. Yo‘lovchi tashishga mo‘ljallanmagan yuk avtomobilida yukni kuzatib boruvchi yoki qabul qilib oluvchi shaxslarning tashilishiga ruxsat beriladimi?
Agar bort balandligidan pastda joylashgan qulay o‘rindiq bo‘lsa ruxsat beriladi
Ta'qiqlanadi
To'g'ri javob: Agar bort balandligidan pastda joylashgan qulay o‘rindiq bo‘lsa ruxsat beriladi
premium_required
55. Qaysi belgi yo‘lning bir tomonlamali harakatlanish yo‘l qismini ko‘rsatadi?
1
2
3
4
5
To'g'ri javob: 3
YHQ 1-ilovasi 5-bo‘limining oltinchi xatboshisiga asosan: 5.5. “Bir tomonlama harakatli yo‘l”. Transport vositalari butun kenglik bo‘yicha bir yo‘nalishda harakatlanadigan yo‘l yoki qatnov qismini bildiradi.
56. Chiziqlar bilan tasmalarga ajratilgan yo‘lning qatnov qismida transport vositalarining harakatlanishi qanday amalga oshirilishi kerak?
Qat’iy tasmalar bo‘yicha, uzuq-uzuq chiziqni kesib o‘tishga faqat qayta tizilishda ruxsat etiladi
Agar qatnov qismi transport vositalaridan holi bo‘lsa, tasma bo‘yicha qat’iy emas
Agar transport vositalarining o‘lchamlari eniga kata bo‘lmasa, tasma bo‘yicha qat’iy emas
Agar qatnov qismida tirkamali avtomobillar bo‘lmasa va bunda ancha tor harakat oralig‘ini saqlash mumkin bo‘lsa, tasmalar bo‘yicha qat’iy emas
To'g'ri javob: Qat’iy tasmalar bo‘yicha, uzuq-uzuq chiziqni kesib o‘tishga faqat qayta tizilishda ruxsat etiladi
Yo‘l harakati qoidalarining 70 bandiga asosan, agar qatnov qismi yo‘l chiziqlari bilan tasmalarga ajratilgan bo‘lsa, transport vositalarining harakatlanishi qat’iy ravishda belgilangan tasmalarda amalga oshirilishi kerak. Faqat qayta tizilishda uzuq-uzuq chiziqlarni bosib o‘tishga ruxsat etiladi.
57. Boldir suyagi o'rtasidan singanda transportda tashish uchun taxtakach yoki uning o'rniga o'tuvchi narsa qanday qo'yiladi?
Singan joyga qo'yiladigan shina yoki uning o'rnini bosuvchi narsani siqib bog'lash kerak.
Shinani ikki tomondan butun boldir uzunligida tovondan to tizza bo'g'inigacha qo'yish kerak.
Tovon tagidan to son o'rtasigacha oyoqning ichki va tashqi tomonidan ikkita shina qo'yish kerak. Singan joyni, tizza va boldir-oyoq kafti bo'g'inlarini qimirlatmaslik lozim.
To'g'ri javob: Tovon tagidan to son o'rtasigacha oyoqning ichki va tashqi tomonidan ikkita shina qo'yish kerak. Singan joyni, tizza va boldir-oyoq kafti bo'g'inlarini qimirlatmaslik lozim.
Suyak siniqlarining bir biriga nisbatan qo'zg'almasligini ta'minlash uchun boldirni ikki taxtakach orasida mahkamlab, boldir-tovon bo'g'in va tizza bo'g'inining harakatini chegaralash lozim.
58. Belgilarning ta’siri qaysi transport vositalariga tatbiq etiladi?
Faqat yuk avtomobillarga
Yengil avtomobillarga va mototsikllarga
Faqat yengil avtomobillarga
To'g'ri javob: Faqat yengil avtomobillarga
YHQ 1-ilovasi 7-bo‘limining o‘n ikkinchi va o‘n uchinchi xatboshlariga asosan: 7.4.3. “Transport vositasining turi”. Belgining ta'siri joriy etilgan transport vositalari turini ko‘rsatadi. 7.4.1 belgi bilan o‘rnatilgan yo‘l belgisining ta'siri yuk tashuvchi, shu jumladan, tirkamali, to‘la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan transport vositalariga, 7.4.3 belgi bilan o‘rnatilgan yo‘l belgisining ta’siri yengil avtomobillarga, shuningdek to‘la vazni 3,5 tonnagacha bo‘lgan yuk tashuvchi transport vositalariga tatbiq etiladi.
59. Qaysi qo‘shimcha axborot belgisi transport vositalarini to‘xtab turish joyiga qo‘yish usulini ko‘rsatadi?
1
2
3
4
5
To'g'ri javob: 3
YHQ 1-ilovasi 7-bo‘limining o‘n to‘qqizinchi xatboshisiga asosan: 7.6.2. “Transport vositasini to‘xtab turish joyiga qo‘yish usuli”.
60. Bu yo‘l belgisi bildiradi:
Oxiri berk ko‘chaga olib boradigan yo‘lni
Aholi punktlaridagi manzil tomon harakatlanish yo‘nalishini
Balandlikda yoki tezlanish tasmasida qo‘shimcha tasmaning tugaganini
To'g'ri javob: Oxiri berk ko‘chaga olib boradigan yo‘lni
YHQ 1-ilovasi 5-bo‘limining o‘ttiz oltinchi xatboshisiga asosan: 5.19.1. “Oxiri berk yo‘l”. Yo‘lning ko‘rsatilgan yo‘nalishda oxiri berkligini bildiradi.
61. Quyidagi belgi ostidagi qo‘shimcha axborot belgisi haydovchiga nima haqida xabar beradi?
To‘xtab turish paytida yurgizgichni o‘chirish taqiqlanadi
Yurgizgichni o‘chirish sharti bilan to‘xtab turish
To'g'ri javob: Yurgizgichni o‘chirish sharti bilan to‘xtab turish
YHQ 1-ilovasi 7-bo‘limining yigirmanchi xatboshisiga asosan: 7.7. “Dvigatelni ishlatmasdan to‘xtab turish joyi”. 5.15 belgisi bilan belgilangan to‘xtab turish joyida transport vositalarining dvigatelini ishlatmasdan to‘xtab turishiga ruxsat etilganligini ko‘rsatadi.
Mastga o'xshab harakatlanadi, bosh aylanadi, og'riydi, ko'ngil ayniydi, qayt qiladi, mushaklari tortishadi.
To'g'ri javob: Mastga o'xshab harakatlanadi, bosh aylanadi, og'riydi, ko'ngil ayniydi, qayt qiladi, mushaklari tortishadi.
Etillangan benzin (tetraetilqo'rg'oshin qo'shilgan benzin)ning birdan katta miqdori havoga ajralishidan o'tkir zaharlanish kelib chiqadi va unda ko'ngil aynish, qusish, holsizlanish, bosh aylanishi, ishtahaning yo'qolishi hollari yuzaga keladi. Og'izda metall ta'mi, tilda yot jizm sezilishi kabilar o'ziga xos belgilaridan biridir. Og'ir holatlarda asabiylashish, chayqalib yurish, alahsirash, ko'rish va eshitishga oid gallyusinasiyalar va tomir tortishlar kuzatiladi. Etillanmagan benzindan ham zaharlanish mumkin. Shu kabi zaharlanishning alomatlari etillangan benzindan zaharlanishni eslatadi, biroq yengilroq tarzda o'tadi.
63. "Yetarlicha ko‘rinmaslik" deganda nima tushuniladi?
Oqshomdan tonggacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida yo‘lning ko‘rinishi
Ko‘rinish 150 metrdan kam bo‘lgan holat
Yomg‘ir, qor yog‘ishi, tuman tushishi va shunga o‘xshash sharoitlarda, shuningdek, kunning g‘ira-shira vaqtida yo‘lning ko‘rinish masofasi 300 metrdan kam bo‘lishi
Yomg‘ir, qor yog‘ishi, oqshom
To'g'ri javob: Yomg‘ir, qor yog‘ishi, tuman tushishi va shunga o‘xshash sharoitlarda, shuningdek, kunning g‘ira-shira vaqtida yo‘lning ko‘rinish masofasi 300 metrdan kam bo‘lishi
YHQ 1-bobi 6-bandi 23-tushunchasiga asosan, yetarli ko'rinmaslik – yomg'ir, qor yog'ishi, tuman tushishi va shunga o'xshash sharoitlarda, shuningdek kunning g'ira-shira vaqtida yo'lning ko'rinish masofasi 300 metrdan kam bo'lishi.
64. Qishda boldirga qon to'xtatadigan jgut qancha muddatga qo'yish mumkin?
2 soatdan ko'p bo'lmagan.
3 soatdan ko'p bo'lmagan.
1 soatdan ko'p bo'lmagan.
To'g'ri javob: 1 soatdan ko'p bo'lmagan.
Qon to'xtatish jguti yilning sovuq fasllarida bir soatdan ortiq bo'lmagan vaqtga qo'yiladi. Jgut qo'yilishi barcha quyi joylashgan to'qimalarda qon aylanishini to'xtatish bilan bog'liq. Qon aylanishini uzoqroq vaqtga to'xtatish qo'l yoki oyoqda qon tomirlari yo'nalishi bo'yicha jgutdan quyiroq qismda halokatli o'zgarishlarga olib keladi.
65. Qaysi belgi yo‘l boshi yoki oxirigacha bo‘lgan masofani bildiradi?
1
2
3
4
5
To'g'ri javob: 1
YHQ 1-ilovasi 5-bo"limining qirq oltinchi xatboshisiga asosan: 5.28. «Kilometr belgisi». Yo‘Ining boshi yoki oxirigacha bo‘lgan masofani bildiradi. (km).
66. Belgilardan qaysi birining belgilangan yo‘nalishdagi transport vositalariga daxli yo‘q?
1
2
3
4
5
To'g'ri javob: 4
YHQ 1-ilovasi 3-bo‘limining o‘ttiz birinchi va o‘ttiz sakkizinchi xatboshlariga asosan: 3.27. “To‘xtash taqiqlangan”. Transport vositalarining to‘xtashi va to‘xtab turishi taqiqlanishini bildiradi. 3.27 belgisiga amal qilish yo 551 transport vositalariga ta'sir qilmaydi.
67. Sanab o‘tilgan joylardan qaysi birida transport vositalarining to‘xtashi va to‘xtab turishi taqiqlanmaydi?
Ko‘priklarda, osma yo‘llarda bir yo‘nalishdagi harakatlanish uchun uchtadan ko‘p tasma bo‘lganda
Kesishadigan qatnov qismlarining chetiga 30 metrdan ko‘proq qolganda
Barcha ko‘rsatilgan joylarda
To'g'ri javob: Barcha ko‘rsatilgan joylarda
68. Quvib o‘tilayotgan transport vositasining haydovchisiga nima taqiqlanadi?
40 km/soatdan ortiq tezlik bilan harakat qilish
O‘z transport vositasining harakat tezligini kamaytirish bilan quvib o‘tishga to‘sqinlik qilish
Harakat tezligini oshirish yoki boshqa xatti-harakatlar bilan quvib o‘tishga to‘sqinlik qilish
To'g'ri javob: Harakat tezligini oshirish yoki boshqa xatti-harakatlar bilan quvib o‘tishga to‘sqinlik qilish
69. Qaysi belgi “Bir tomonlama harakatlanish yo‘lining oxiri” deb ataladi
1
2
3
4
5
To'g'ri javob: 4
YHQ 1-ilovasi 5-bo‘limining oltinchi xatboshisiga asosan: 5.6 “Bir tomonlama harakatli yo‘lning oxiri”.
70. “Reaksiya vaqti” tushunchasi nimani bildiradi?
Haydovchi xavfni ko‘rgan paytdan aniq harakatlarni boshlaguncha o‘tilgan vaqt
Haydovchining tormoz berishni boshlagan paytdan transport vositasining to‘la to‘xtagunicha bo‘lgan vaqtni
Haydovchiga, oyoqni yoqilg‘i uzatish tepkisidan tormoz tepkisiga o‘tkazishi uchun zarur bo‘lgan vaqt
To'g'ri javob: Haydovchi xavfni ko‘rgan paytdan aniq harakatlarni boshlaguncha o‘tilgan vaqt
Haydovchining reaksiya vaqtiga xavf-xatar ko'ringan paytdan to xavf-xatarni bartaraf qilish chorasi ko'rilgunga qadar vaqti tushuniladi. Haydovchining holati va tajribasiga hamda haydovchi sharoitining og'irligiga bog'liq bo'lgan holda bu 0,5 dan 1,5 soniyagacha bo'lgan vaqtni tashkil qiladi.
71. Qaysi belgi bilan xavfli yo‘lning uzunligi ko‘rsatiladi?
1
2
3
4
5
To'g'ri javob: 4
YHQ 1-ilovasi 7-bo‘limining beshinchi xatboshisiga asosan: 7.2.1. “Ta‘sir oralig‘i”. Ogohlantiruvchi belgilar bilan belgilangan xavfli joyning uzunligini yoki taqiqlovchi va axborot-ko‘rsatkich belgilarining ta‘sir oralig‘ini ko‘rsatadi.
72. Piyodalar yo‘lning harakat qismining chetidan qanday yurishlari kerak?
Yo‘l harakat qismidan chetidan transport vositalarining harakatlanish yo‘nalishiga qarshi
Yo‘l yoqasidan yoki qatnov qismining chetidan transport vositalarining harakati bo‘ylab
Har qanday yo‘nalishda
To'g'ri javob: Yo‘l harakat qismidan chetidan transport vositalarining harakatlanish yo‘nalishiga qarshi
73. Qaysi transport vositasining haydovchisi to‘xtab turish qoidasini buzdi?
Mototsikl haydovchisi
Yuk avtomobili haydovchisi
Yengil avtomobil haydovchisi
Yengil avtomobil va mototsikl haydovchisi
Barcha transport vositalari haydovchilari
To'g'ri javob: Yuk avtomobili haydovchisi
YHQ 1-ilovasidagi 7.4.1 "Transport vositasining turi" qo'shimcha axborot belgisi, 3.28. "To'xtab turish taqiqlangan" belgisining ta'siri yuk tashuvchi, shu jumladan, tirkamali, to'la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo'lgan transport vositalariga tatbiq etilishini bildiradi.
74. Belgi ostida qo‘shimcha axborot belgisi nimani anglatadi?
Yo‘lning tor qismi uzunligini
Belgidan yo‘lning tor qismigacha bo‘lgan masofani
Tor qismini aylanib o‘tish joyigacha masofani
To'g'ri javob: Belgidan yo‘lning tor qismigacha bo‘lgan masofani
YHQ 1-ilovasi 7-bo‘limining ikkinchi xatboshisiga asosan: 7.1.1. “Ob‘ektgacha bo‘lgan masofa”. Belgidan yo‘lning xavfli joyi, yo‘l harakatiga tegishli cheklovlar kiritiladigan joyi yoki harakat yo‘nalishi bo‘yicha oldindagi muayyan joygacha bo‘lgan masofani ko‘rsatadi.
75. Ushbu ko‘rsatilgan holatda Siz mototsiklga yo‘l berishingiz kerakmi?
Yo‘q
Ha
To'g'ri javob: Yo‘q
Yo‘l harakati qoidalarining 61 bandi 2 xatboshiga asosan, yo‘lga chiqish joyida tezlashish bo‘lagi bo‘lsa, haydovchi unda harakatlanishi va qo‘shni tasmada harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berib, transport oqimiga qo‘shilishi kerak.
76. Ushbu yo‘l nechta harakatlanish tasmasiga ega?
Bitta harakatlanish tasmasiga
Ikkita harakatlanish tasmasiga
Uchta harakatlanish tasmasiga
To'g'ri javob: Ikkita harakatlanish tasmasiga
YHQ umumiy qoidalar: Harakatlanish bo‘lagi - avtomobillarning bir qator bo‘lib harakatlanishi uchun yetarlicha keng bo‘lgan, yo‘l chiziqlari bilan belgilangan yoki belgilanmagan yo‘l qatnov qismining har qanday bo‘ylama bo‘lagi.
77. Ushbu belgilardan qaysi biri bir tomonlama harakat tashkil qilingan yo‘lning boshida o‘rnatiladi?
Faqat A
Faqat B
B yoki D
B yoki C
To'g'ri javob: Faqat B
YHQ 1-ilovasining 5-bo‘limidagi 5.5 belgiga asosan, 5.5. «Bir tomonlama harakatli yo‘l». Transport vositalari butun kenglik bo‘yicha bir yo‘nalishda harakatlanadigan yo‘l yoki qatnov qismi.
78. Haydovchi ushbu joyda avtomobilni to‘xtab turish uchun qo‘yishiga ruxsat etiladimi?
Ha
Yo‘q
To'g'ri javob: Yo‘q
Yo‘l harakati qoidalarining 91 bandiga asosan, quyidagilarda to‘xtash taqiqlanadi: to‘xtagan transport vositasi bilan bo‘ylama sidirg‘a chiziq (qatnov qismining chetini belgilovchi chiziqdan tashqari), ajratuvchi mintaqa yoki qatnov qismining qarama-qarshi cheti orasidagi masofa 3 metrdan kam bo‘lgan joylarda; qatnov qismi kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi chetiga 30 metrdan kam masofada (uch tomonlama kesishadigan chorrahalarda yondan tutashgan yo‘lning sidirg‘a chiziq yoki ajratuvchi mintaqa bilan ajratilgan qarama-qarshi tomoni bundan mustasno).
79. Ko‘rsatilgan yo‘l belgilaridan qaysi biri faqat yo‘l qoplamasi nam bo‘lganda ta’sir etadi?
Faqat A
Faqat A va B
Barchasi
To'g'ri javob: Faqat A
YHQ 1-ilovasining 7-bo‘limidagi 7.16 belgiga asosan, «Nam qoplama». Belgi qatnov qismining qoplamasi nam bo‘lgan vaqtda ta’sir etishini ko‘rsatadi.
80. Yuk avtomobili haydovchisi to‘xtab turish qoidasini buzdimi?
Buzdi
Buzmadi, agar uning ruxsat etilganto‘liq vazni 3,5 tonnadan oshmasa
Buzmadi
To'g'ri javob: Buzdi
YHQ 1-ilovasining 7-bo‘limidagi 7.6.4 belgiga asosan, «Transport vositasini to‘xtab turish joyiga qo‘yish usuli». 7.6.4 trotuar yonidagi to‘xtab turish joyiga yengil avtomobillar va mototsikllarni qo‘yish usulini bildiradi.
81. Qanday hollarda aholi punktlarida tovush moslamalaridan foydalanishga ruxsat etiladi?
Quvib o‘tishda ogohlantirish uchun
Yo‘l-transport hodisasining oldini olish uchun
Har ikkala sanab o‘tilgan hollarda
To'g'ri javob: Yo‘l-transport hodisasining oldini olish uchun
Yo‘l harakati qoidalarining 48 bandiga asosan, tovushli ishoralar faqat quyidagi hollarda qo‘llanilishi mumkin: aholi punktlaridan tashqarida boshqa haydovchilarni quvib o‘tish haqida ogohlantirish uchun; zarur bo‘lgan hollarda yo‘l-transport hodisasining oldini olish uchun.
Yuqorida ko‘rsatilgan hollardan tashqari tovushli ishoralardan foydalanish taqiqlanadi.
82. Turar joy dahalarida qanday harakatlar taqiqlangan?
Faqat mexanik transport vositalarini boshqarishni o‘rgatish
Faqat dvigatel ishlab turganda to‘xtab turish
Barcha sanab o‘tilgan holatlar
To'g'ri javob: Barcha sanab o‘tilgan holatlar
Yo‘l harakati qoidalarining 124 bandiga asosan, turar joy dahalarida quyidagilar taqiqlanadi: mexanik transport vositalarini boshqarishni o‘rgatish; dvigateli ishlab turgan holda to‘xtab turish; ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillarining maxsus ajratilgan, yo‘l belgilari va (yoki) yo‘l chiziqlari bilan belgilangan joylardan tashqarida to‘xtab turishi.
83. Agar avtomobil antiblokirovkali tormoz tizimi (ABS) bilan jihozlangan bo‘lsa keskin tormoz berishni qanday amalga oshirishi kerak?
Tormoz tepkisini uzib-uzib bosish yo‘li bilan.
Tormoz tepkisini oxirigacha bosish va avtomobil to‘liq to‘xtaguncha tepkini qo‘yib yubormaslik orqali.
To‘xtab turish tormozi tizimini qo‘llash yo‘li bilan.
To'g'ri javob: Tormoz tepkisini oxirigacha bosish va avtomobil to‘liq to‘xtaguncha tepkini qo‘yib yubormaslik orqali.
Avtomobil antiblokirovkali tormoz tizimi (ABS) bilan jihozlangan bo'lsa, g'ildiraklarning qatnov qismi qoplamasi bilan ilashishining nazorati shu tizimga yuklatilgan. Shuning uchun keskin to'xtashda tormoz tepkisini oxirigacha bosib, avtomobil to'liq to'xtaguncha qo'yib yubormaslik kerak.
84. Yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha “yonlama oraliq masofa” ni ko‘rsating:
Faqat A
Faqat B
Faqat C
A va C
To'g'ri javob: A va C
Yo‘l harakati qoidalarining 73 bandiga asosan, haydovchi o‘zidan oldinda harakatlanayotgan transport vositasi keskin tormoz berganda, to‘qnashib ketmaslik kafolatini beradigan darajadagi oraliq masofani, shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlaydigan yonlama oraliq masofani saqlashi kerak.
Ob’yasneniye: Soglasno punktu 73 Pravil dorojnogo dvijeniya, voditel doljen soblyudat takuyu distansiyu do dvijushegosya vperedi transportnogo sredstva, kotoraya garantirovala bi izbejaniye stolknoveniya v sluchaye yego ekstrennoy ostanovki, a takje bokovoy interval, obespechivayushiy bezopasnost dorojnogo dvijeniya.
85. Sizga ruxsat etilgan to‘la vazni 3,5 tonnadan ortiq yuk avtomobilida harakatlanish:
Faqat to‘g‘riga
To‘g‘riga va o‘ngga
Barcha yo‘nalishlarda
To'g'ri javob: Faqat to‘g‘riga
YHQ 1-ilovasining 4-bo‘limidagi 4.1.1 belgiga asosan, «Harakatlanish to‘g‘riga». Faqat belgilarda ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar yo‘nalishlarida harakatlanishga ruxsat etiladi.
YHQ 1-ilovasining 7-bo‘limidagi 7.4.1 belgiga asosan, «Transport vositasining turi». Belgining ta’siri joriy etilgan transport vositalari turini ko‘rsatadi. 7.4.1 belgi bilan o‘rnatilgan yo‘l belgisining ta’siri yuk tashuvchi, shu jumladan, tirkamali, to‘liq vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan transport vositalariga tatbiq etiladi.
86. Ushbu belgi axborot beradi:
Reversiv harakatlanish yo‘liga chiqish haqida
Siz o‘ngga yoki chapga burilishingiz kerakligini ko‘rsatadi
To'g'ri javob: Reversiv harakatlanish yo‘liga chiqish haqida
YHQ 1-ilovasining 5-bo‘limidagi 5.35 belgiga asosan, «Reversiv harakatlanish». Bir yoki bir necha tasmalarda harakatlanish yo‘nalishi qarama-qarshi tomonga o‘zgarishi mumkin bo‘lgan yo‘l qismining boshlanishini bildiradi.
87. Qanday alomatlar charchash belgilari hisoblanadi?
Uyquchanlik, bo‘shashish, diqqatning susayishi
Zo‘riqish, asabiylashish
Bosh aylanishi, ko‘zlarga qum kirgan kabi achishish, terlash alomati
To'g'ri javob: Uyquchanlik, bo‘shashish, diqqatning susayishi
Yo‘l - transport hodisalarida birinchi yordam faniga asosan, uyquchanlik, bo‘shashish, diqqatning susayishi charchash belgilari hisoblanadi.
88. Qaysi holatda siz majburiy to‘xtashni amalga oshirasiz?
Piyodalar o‘tish joyi oldida piyodalarga yo‘l berish uchun to‘xtab
Texnik nosozlik tufayli yo‘lning harakat qismida
Har ikki sanab o‘tilgan holda
To'g'ri javob: Texnik nosozlik tufayli yo‘lning harakat qismida
YHQ 1-bobi 6-bandi 11-atamaga muvofiq, majburiy to'xtash – texnik nuqson, tashilayotgan yuk, haydovchi va yo'lovchining holati, yo'ldagi biror to'siq tufayli xavf yuzaga kelganda yoxud ob-havo sharoitiga bog'liq holda transport vositasi harakatini to'xtatish. Haydovchining ushbu xatti-harakati oxirgi zarur chora bo'lib, qoidabuzarlik deb e'tirof etilmaydi.
89. Qaysi qo‘shimcha axborot belgilari birga qo‘llanilganda belgilarning ta’sir oralig‘ini ko‘rsatadi?
Faqat A
Faqat B
B va C
To'g'ri javob: B va C
YHQ 1-ilovasining 7-bo‘limidagi 7.2.1 belgiga asosan, «Ta’sir oralig‘i». Ogohlantiruvchi belgilar bilan belgilangan xavfli joyning uzunligini yoki taqiqlovchi va axborot-ko‘rsatkich belgilarining ta’sir oralig‘ini ko‘rsatadi.
YHQ 1-ilovasining 7-bo‘limidagi 7.2.2 belgiga asosan, «Ta’sir oralig‘i».
90. Birinchi uzatmada uzoq tezlanishda yurish yoqilg‘i sarfiga qanday ta’sir etadi?
Yoqilg‘i sarfi ortadi
Yoqilg‘i sarfi kamayadi
Yoqilg‘i sarfi o‘zgarmaydi
To'g'ri javob: Yoqilg‘i sarfi ortadi
Harakat xavfsizligi asoslari talablariga asosan, birinchi uzatmada uzoq tezlanishda yurish yoqilg‘i sarfi ortishiga sabab bo‘ladi.
91. Qaysi yo‘l belgisi piyodalar yo‘lkasini bildiradi?
Faqat B
Faqat B va C
Barcha belgilar
To'g'ri javob: Faqat B
YHQ 1-ilovasining 4-bo‘limidagi 4.6 belgiga asosan, «Piyodalar yo‘lkasi».
92. Tormoz tizimiga ega bo‘lmagan tirkama bilan harakatlanayotganda yengil avtomobilni tormoz yo‘li qanday o‘zgaradi?
Tirkama qo‘shimcha qarshilikka ega bo‘lgani uchun tormoz yo‘li kamayadi
Tormoz yo‘li uzayadi
Tormoz yo‘li o‘zgarmaydi
To'g'ri javob: Tormoz yo‘li uzayadi
Harakat xavfsizligi asoslari talablariga asosan, tormoz tizimiga ega bo‘lmagan tirkama bilan harakatlanayotganda yengil avtomobilning tormoz yo‘li, tirkamaning qo‘shimcha inersiya kuchi hisobiga uzayadi.
93. Sanab o‘tilgan qaysi hollarda haydovchi orqadagi vaziyatni e’tiborga olishi kerak?
Faqat keskin tormoz berishda
Faqat nam qoplama yoki yaxmalakli yo‘llarda tormoz berganda
Har qanday tormozlashda
To'g'ri javob: Har qanday tormozlashda
Harakat xavfsizligi asoslari talablariga asosan, haydovchi har doim, jumladan keskin tormoz berishda va nam qoplama yoki yaxmalakli yo‘llarda tormoz berganda orqadagi vaziyatni e’tiborga olishi kerak.
94. Siz ro‘paradan yaqinlashayotgan yuk avtomobiliga yo‘l berishingiz kerakmi?
Ha
Yo‘q
To'g'ri javob: Yo‘q
Yo‘l harakati qoidalarining 75 bandiga asosan, agar biror to‘siq sababli qarama-qarshi yo‘nalishlarda harakatlanish qiyin bo‘lsa, to‘siq o‘z tomonida bo‘lgan haydovchi yo‘l berishi kerak.
95. Ushbu holatda Sizga temir yo‘l kesishmasiga chiqishga ruxsat etiladimi?
Ha
Ha, yaqinlashib kelayotgan poyezd yo‘q bo‘lsa
Taqiqlanadi
To'g'ri javob: Taqiqlanadi
Yo‘l harakati qoidalarining 118 bandiga asosan, quyidagi hollarda temir yo‘l kesishmasiga kirish taqiqlanadi: agar kesishmadan keyin, haydovchini kesishmada to‘xtashga majbur qiladigan tirbandlik paydo bo‘lsa.
96. Ko‘rsatilgan qaysi joyda siz avtomobilni qoidaga binoan to‘xtatishingiz mumkin?
Faqat A
Faqat B
Faqat B va C
Hech qaysisida
To'g'ri javob: Faqat B
Yo‘l harakati qoidalarining 88 bandi 2 xatboshiga asosan, aholi punktlarida o‘rtada tramvay yo‘li bo‘lmagan, har yo‘nalishda bittadan tasmasi bo‘lgan, shuningdek bir tomonlama harakat tashkil etilgan yo‘llarda yo‘lning chap tomonida to‘xtash va to‘xtab turishga ruxsat etiladi.
Yo‘l harakati qoidalarining 91 bandiga asosan, quyidagilarda to‘xtash taqiqlanadi: piyodalar o‘tish joylarida va ulardan oldin 10 metrdan kam masofa qolganda.
97. Cheklangan ko‘rinish sharoitida orqaga harakatlanishda harakat xavfsizligini ta’minlash uchun:
Tovushli signal berish
Avariya (xavf-xatar) ishoralarini yoqish
Boshqa shaxslar yordamidan foydalanish
To'g'ri javob: Boshqa shaxslar yordamidan foydalanish
Yo‘l harakati qoidalarining 63 bandiga asosan, transport vositasini orqaga harakatlantirishda haydovchi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashi va yo‘l harakatining boshqa qatnashchilariga xalaqit bermasligi shart. Zarurat tug‘ilganda haydovchi boshqa shaxslarning yordamidan foydalanishi kerak.
98. Piyodalar to‘xtab turgan avtobus va trolleybusning qaysi tomonidan yo‘lni kesib o‘tishlari kerak?
Oldi tomonidan
Orqa tomonidan
Istalgan tomonidan
To'g'ri javob: Orqa tomonidan
Yo‘l harakati qoidalarining 19 bandi 4 xatboshiga asosan, piyodalar to‘xtab turgan avtobus va trolleybusning orqa tomonidan, tramvayning esa oldi tomonidan yo‘lni kesib o‘tishlari shart.
99. Sizga ko‘satilgan joyda yengil avtomobilda to‘xtashga ruxsat etiladimi?
Ha
Yo‘q
To'g'ri javob: Yo‘q
Yo‘l harakati qoidalarining 91 bandiga asosan, quyidagilarda to‘xtash taqiqlanadi: to‘xtagan transport vositasi bilan bo‘ylama sidirg‘a chiziq (qatnov qismining chetini belgilovchi chiziqdan tashqari), ajratuvchi mintaqa yoki qatnov qismining qarama-qarshi cheti orasidagi masofa 3 metrdan kam bo‘lgan joylarda.
100. Yo‘lning qanday qismida harakatlanganda kuchli yonlama shamol xavfi ortadi?
Ochiq joyda harakatlanganda
Yo‘lning yopiq qismida harakatlanganda
Yo‘lning yopiq qismidan ochik qismiga chiqishda
To'g'ri javob: Yo‘lning yopiq qismidan ochik qismiga chiqishda
Harakat xavfsizligi asoslari talablariga asosan, yo‘lning yopiq qismidan ochik qismiga chiqishda kuchli yonlama shamol xavfi ortadi.
101. To‘xtab turish qoidasini kim buzdi?
Faqat A
Faqat B
A ва B
To'g'ri javob: Faqat B
YHQ 1-ilovasining 7-bo‘limidagi 7.6.1 belgiga asosan, «Transport vositasini to‘xtab turish joyiga qo‘yish usuli». 7.6.1 barcha turdagi transport vositalarini to‘xtab turishi uchun yo‘lning qatnov qismida, trotuar yoniga qo‘yish usulini bildiradi.
102. Yengil avtomobilga qaysi yo‘nalishlarda harakatlanishga ruxsat etiladi?
Faqat to‘g‘riga
Faqat o‘ngga va chapga
Istalgan yo‘nalishda
To'g'ri javob: Istalgan yo‘nalishda
YHQ 1-ilovasining 4-bo‘limidagi 4.1.1 belgiga asosan, «Harakatlanish to‘g‘riga». Faqat belgilarda ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar yo‘nalishlarida harakatlanishga ruxsat etiladi.
YHQ 1-ilovasining 7-bo‘limidagi 7.4.1 belgiga asosan, «Transport vositasining turi». Belgining ta’siri joriy etilgan transport vositalari turini ko‘rsatadi. 7.4.1 belgi bilan o‘rnatilgan yo‘l belgisining ta’siri yuk tashuvchi, shu jumladan, tirkamali, to‘liq vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan transport vositalariga tatbiq etiladi.
Yengil avtomobilga istalgan yo‘nalishda harakatlanishga ruxsat etiladi.
103. Aholi punktlariga tegishli yo‘l harakati qoidalari qayerdan boshlanadi?
Aholi punkti nomini ko‘rsatuvchi oq rangli 5.22 yo‘l belgisidan boshlab
Aholi punkti nomini ko‘rsatuvchi oq 5.22 yoki 5.24 havorang rangli belgidan boshlab
Yo‘l yuzidagi qurilma va inshootlardan boshlab
To'g'ri javob: Aholi punkti nomini ko‘rsatuvchi oq rangli 5.22 yo‘l belgisidan boshlab
YHQ 1-ilovasining 5-bo‘limidagi 5.22 belgiga asosan, «Aholi punktining boshlanishi». Ushbu Qoidalarning aholi punktlarida harakatlanish tartibini belgilovchi talablariga amal qilinadigan joylarning nomi hamda uning boshlanishini bildiradi.
104. Quyidagi belgilardan qaysi biri haydovchini boshqa xavf-xatarlar to‘g‘risida ogohlantiradi?
A
B
C
To'g'ri javob: C
YHQ 1-ilovasining 1-bo‘limidagi 1.30 belgiga asosan, «Boshqa xavf-xatarlar».
105. Yo‘l-transport hodisasi - ....
Transport vositasining yo‘lda harakatlanishi jarayonida ro‘y bergan, fuqarolarning halok bo‘lishiga yoki sog‘lig‘iga zarar yetishiga, transport vositalari, inshootlar, yuklarning shikastlanishi yoxud boshqa moddiy zarar yetishiga sabab bo‘lgan hodisa.
Yo‘l harakati qatnashchilarining yo‘l-transport hodisalari va ularning oqibatlaridan himoyalanganlik darajasini aks ettiruvchi yo‘l harakati holati.
To'g'ri javob: Transport vositasining yo‘lda harakatlanishi jarayonida ro‘y bergan, fuqarolarning halok bo‘lishiga yoki sog‘lig‘iga zarar yetishiga, transport vositalari, inshootlar, yuklarning shikastlanishi yoxud boshqa moddiy zarar yetishiga sabab bo‘lgan hodisa.
Yo‘l harakati qoidalarining 6 bandiga asosan, yo‘l-transport hodisasi — transport vositasining yo‘lda harakatlanish jarayonida ro‘y bergan, fuqarolarning halok bo‘lishiga yoki sog‘lig‘iga zarar yetishiga, transport vositalari, inshootlar, yuklarning shikastlanishi yoxud boshqa moddiy zarar yetishiga sabab bo‘lgan hodisa.
106. Avtomobilni qanday boshqarish usuli yonilg‘i sarfini tejaydi?
Shiddat bilan tezlanish va va ohista (ravon) sekinlashish bilan
Ohista (ravon) tezlanish va shiddat bilan sekinlashish bilan
Ohista (ravon) tezlanish va ohista sekinlashish bilan
To'g'ri javob: Ohista (ravon) tezlanish va ohista sekinlashish bilan
Harakat xavfsizligi asoslari talablariga asosan, avtomobilni ohista (ravon ) tezlanish va ohista sekinlashish bilan boshqarish usuli yonilg‘i sarfini tejaydi.
107. Piyodalar o‘tish joyi – bu ...
Yo‘l qatnov qismining piyodalar kesib o‘tishi uchun mo‘ljallangan, 5.16.1, 5.16.2 yo‘l belgilari va 1.14.1-1.14.4 yo‘l chiziqlari bilan ajratilgan bo‘lagi.
Yo‘lning piyodalar harakatlanishi uchun mo‘ljallangan va transport vositalari harakati taqiqlangan qismi.
Qatnov qismiga tutashgan yoki undan maysazor, ariq, maxsus to‘siqlar bilan ajratilgan va piyodalarning harakatlanishi uchun mo‘ljallangan yo‘l qismi.
To'g'ri javob: Yo‘l qatnov qismining piyodalar kesib o‘tishi uchun mo‘ljallangan, 5.16.1, 5.16.2 yo‘l belgilari va 1.14.1-1.14.4 yo‘l chiziqlari bilan ajratilgan bo‘lagi.
Yo‘l harakati qoidalarining 6 bandiga asosan, piyodalar o‘tish joyi — qatnov qismidagi 5.16.1, 5.16.2 yo‘l belgilari va 1.14.1 — 1.14.4 yo‘l chiziqlari bilan belgilangan va piyodalar yo‘lni kesib o‘tishda harakatlanishlari uchun ajratilgan joy.
Yo‘l chiziqlari bo‘lmasa, piyodalar o‘tish joyining kengligi 5.16.1 va 5.16.2 yo‘l belgilari orasidagi masofa bilan aniqlanadi.
108. Ushbu ko‘rsatilgan yo‘llar nechta qatnov qismiga ega?
Chapda bittadan, o‘ngda ikkitadan
Bittadan
To‘rttadan
To'g'ri javob: Chapda bittadan, o‘ngda ikkitadan
YHQ 1-ilova Umumiy qoidalar: Ajratuvchi mintaqa – yo‘lning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini ajratuvchi, transport vositalari harakatlanishi yoki to‘xtashi uchun mo‘ljallanmagan, yo‘l sathidan ko‘tarilgan yoki maysazor, ariq, maxsus to‘siqlar bilan ajratilgan baland qismi.
109. Yo‘lning qiyaliklarida qisqa muddatga to‘xtagan mexanik uzatmali avtomobilni joyidan to‘satdan harakatlanib ketishini oldini olish uchun:
Uzatmalar qutisi richagini neytral holatga o‘tkazish lozim
Birinchi uzatmani yoki orqa uzatmani ulash lozim
To‘xtab turish tormozidan foydalanish lozim
To'g'ri javob: To‘xtab turish tormozidan foydalanish lozim
Mexanik uzatmali avtomobilni balandlikda qisqa muddatga to'xtatib, joyida ushlab turish uchun, to'xtab turish tormozini ishlatish kerak.
110. Qaysi belgi yo‘lning tor qismida ro‘paradan harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishni talab qiladi?
"B" va "C"
"D"
"A" va "D"
"B"
"A"
To'g'ri javob: "A"
YHQ 1-ilovasining 2-bo‘limidagi 2.6 belgiga asosan, «Ro‘para harakatlanishning ustunligi». Qarama-qarshi harakatlanishni qiyinlashtiradigan hollarda yo‘lning tor qismiga kirish taqiqlanadi. Haydovchi yo‘lning tor qismida bo‘lgan yoki ro‘paradan unga yaqin bo‘lgan transport vositasiga yo‘l berishi kerak.
111. Piyodalar yo‘lkasi – bu ...
Yo‘l qatnov qismining piyodalar kesib o‘tishi uchun mo‘ljallangan, 5.16.1, 5.16.2 yo‘l belgilari va 1.14.1-1.14.4 yo‘l chiziqlari bilan ajratilgan bo‘lagi
Piyodalar harakatlanishi uchun qurilgan yoki moslashtirilgan, tegishli yo‘l belgisi bilan belgilangan alohida yo‘l yoki sun’iy inshoot yuzasi. Transport vositalari harakati taqiqlangan qismi
Qatnov qismiga tutashgan yoki undan maysazor, ariq, maxsus to‘siqlar bilan ajratilgan va piyodalarning harakatlanishi uchun mo‘ljallangan yo‘l qismi
To'g'ri javob: Piyodalar harakatlanishi uchun qurilgan yoki moslashtirilgan, tegishli yo‘l belgisi bilan belgilangan alohida yo‘l yoki sun’iy inshoot yuzasi. Transport vositalari harakati taqiqlangan qismi
Йўл ҳаракати қоидаларининг 6 бандига асосан, пиёдалар йўлкаси — пиёдалар ҳаракатланиши учун қурилган ёки мослаштирилган, тегишли йўл белгиси билан белгиланган алоҳида йўл ёки сунъий иншоот юзаси. Транспорт воситалари ҳаракати тақиқланган қисми.
112. Ushbu belgilardan qaysi biri haydovchining shu joydagi yashash yoki ishlash joyiga yetib borishiga monelik qilmaydi?
“A”
“C”
“B” va “C”
“B”
To'g'ri javob: “C”
YHQ 1-ilovasi 3.2. “Harakatlanish taqiqlangan”.
113. Qaysi rasmda ajratuvchi mintaqasi bor bo‘lgan yo‘l ko‘rsatilgan?
Har ikkisida
O‘ng tarafdagisida
Chap tarafdagisida
To'g'ri javob: O‘ng tarafdagisida
Yo‘l harakati qoidalarining 6 bandiga asosan, ajratuvchi mintaqa — yo‘lning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini ajratuvchi, transport vositalari harakatlanishi yoki to‘xtashi uchun mo‘ljallanmagan, yo‘l sathidan ko‘tarilgan yoki maysazor, ariq, maxsus to‘siqlar bilan ajratilgan baland qismi.
114. Ushbu belgi qaysi turdagi transport vositalarining to‘xtamasdan o‘tishlarini taqiqlaydi?
Yuk avtomobillarining
Yengil avtomobillarning
Barcha turdagi transport vositalarining
To'g'ri javob: Barcha turdagi transport vositalarining
YHQ 1-ilovasining 3-bo‘limidagi 3.17.1 belgiga asosan, «Bojxona». Bojxona (nazorat punkti) oldida to‘xtamasdan o‘tib ketish taqiqlanadi.
Yo‘l - transport hodisalarida birinchi yordam faniga asosan, shokning belgilari quyidagilar:
- Teri va shilliq qavatlarning oqarishi;
- Kuchli ter ajralishi;
- Og‘iz qurishi, chanqoqlik, nafas olishning tezlashuvi;
- Es - hushning noaniqligi, behush holat.
116. Xavfsiz oraliq masofani ko‘rsating
A va C
C
B
To'g'ri javob: B
Yo‘l harakati qoidalarining 73 bandiga asosan, haydovchi o‘zidan oldinda harakatlanayotgan transport vositasi keskin tormoz berganda, to‘qnashib ketmaslik kafolatini beradigan darajadagi oraliq masofani, shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlaydigan yonlama oraliq masofani saqlashi kerak.
117. Avtomobillarning bir qator bo‘lib harakatlanishi uchun yetarlicha keng bo‘lgan, yo‘l chiziqlari bilan belgilangan yoki belgilanmagan yo‘l qatnov qismining har qanday bo‘ylama bo‘lagi nima deb ataladi?
Qatnov qismi
Harakatlanish tasmasi
Yo‘l yoqasi
Yondosh hudud
To'g'ri javob: Harakatlanish tasmasi
Yo‘l harakati qoidalarining 6 bandiga asosan, harakatlanish tasmasi — avtomobillarning bir qator bo‘lib harakatlanishi uchun yetarlicha keng bo‘lgan, yo‘l chiziqlari bilan belgilangan yoki belgilanmagan yo‘l qatnov qismining har qanday bo‘ylama tasmasi.
118. Qaysi belgilar yuk avtomobillarida quvib o‘tish taqiqlangan hududning oxirini bildiradi?
Faqat A
Faqat B
Faqat A, B
А, B, C
To'g'ri javob: А, B, C
YHQ 1-ilovasining 3-bo‘limidagi 3.21 belgiga asosan, «Quvib o‘tish taqiqlangan hududning oxiri».
YHQ 1-ilovasining 3-bo‘limidagi 3.23 belgiga asosan, «Yuk avtomobillarida quvib o‘tish taqiqlangan hududning oxiri».
YHQ 1-ilovasining 3-bo‘limidagi 3.31 belgiga asosan, «Barcha cheklovlarning oxiri». 3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26 — 3.30 belgilaridan bir nechtasiga bir vaqtda amal qiladigan hududlarning oxiri.
119. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash –
Yo‘l-transport hodisalarining kelib chiqish sabablarini oldini olishga, ularning og‘ir oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan faoliyat.
Yo‘llarda harakatni boshqarish bo‘yicha huquqiy, tashkiliy-texnikaviy tadbirlar va boshqaruv harakatlari majmui.
To'g'ri javob: Yo‘l-transport hodisalarining kelib chiqish sabablarini oldini olishga, ularning og‘ir oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan faoliyat.
Yo‘l harakati qoidalarining 6 bandiga asosan, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash — yo‘l-transport hodisalarining kelib chiqish sabablarining oldini olishga, ularning og‘ir oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan faoliyat.
120. Transport vositalarini qatnov qismining kengaytirilmagan joylarida qanday tartibda to‘xtash va to‘xtab turishiga ruxsat etiladi?
Burchak ostida
Parallel ravishda
Istalgan usulda
To'g'ri javob: Parallel ravishda
Yo‘l harakati qoidalarining 89 bandi 1 xatboshiga asosan, transport vositalarini yo‘lning qatnov qismida bir qator qilib, qatnov qismi chetiga yo‘l harakatining boshqa qatnashchilariga xalaqit bermaslik sharti bilan faqat parallel ravishda, kajavasi bo‘lmagan ikki g‘ildirakli transport vositalarini ikki qator qilib qo‘yishga ruxsat etiladi.
121. Hayvonlarni yo‘ldan haydab o‘tishga qoidaga ko‘ra ruxsat etiladi:
Kunning yorug‘ vaqtida
Kunning qorong‘i vaqtida
Istalgan vaqtda
To'g'ri javob: Kunning yorug‘ vaqtida
Yo‘l harakati qoidalarining 171 bandiga asosan, hayvonlarni yo‘lda, asosan sutkaning yorug‘ vaqtida haydab borilishi kerak. Podachilar hayvonlarni mumkin qadar yo‘lning yo‘l yoqasida olib yurishlari kerak.
122. Quyidagi izoh qaysi atamaga tegishli? Texnik nuqson, tashilayotgan yuk, haydovchi va yo‘lovchining holati, yo‘ldagi biror to‘siq tufayli xavf yuzaga kelganda yoxud ob-havo sharoitiga bog‘liq holda transport vositasi harakatini to‘xtatish
Yo‘l-transport hodisasi
Yo‘l xarakati xavfsizligini ta’minlash
Majburiy to‘xtash
To'g'ri javob: Majburiy to‘xtash
Yo‘l harakati qoidalarining 6 bandiga asosan, majburiy to‘xtash — texnik nuqson, tashilayotgan yuk, haydovchi va yo‘lovchining holati, yo‘ldagi biror to‘siq tufayli xavf yuzaga kelganda yoxud ob-havo sharoitiga bog‘liq holda transport vositasi harakatini to‘xtatish. Haydovchining ushbu xatti-harakati oxirgi zarur chora bo‘lib, qoidabuzarlik deb e’tirof etilmaydi.
123. Avtomobilni qanday boshqarish usuli yonilg‘i sarfini tejaydi?
Shiddat bilan tezlanish va va ohista (ravon) sekinlashish bilan
Ohista (ravon) tezlanish va shiddat bilan sekinlashish bilan
Ohista (ravon) tezlanish va ohista sekinlashish bilan
To'g'ri javob: Ohista (ravon) tezlanish va ohista sekinlashish bilan
Harakat xavfsizligi asoslari talablariga asosan, avtomobilni ohista (ravon ) tezlanish va ohista sekinlashish bilan boshqarish usuli yonilg‘i sarfini tejaydi.
124. Qaysi belgi falokatli holatlar uchun kirish yo‘lini bildiradi?
A va D
B
C
To'g'ri javob: B
YHQ 1-ilovasining 5-bo‘limidagi 5.40 belgiga asosan, «Falokatli holatlar uchun kirish yo‘li». Yo‘l harakati ushbu Qoidalaridagi 128-bandda ko‘rsatilgan holatlarda foydalaniladigan yo‘l.
125. Agar biror-bir to‘siq sababli qarama–qarshi yo‘nalishlarda harakatlanish qiyin bo‘lsa kim yo‘l berishi kerak?
To‘siq bo‘lmagan tomondagi haydovchi
To‘siq o‘z tomonida bo‘lgan haydovchi
To'g'ri javob: To‘siq o‘z tomonida bo‘lgan haydovchi
Yo‘l harakati qoidalarining 75 bandiga asosan, agar biror to‘siq sababli qarama-qarshi yo‘nalishlarda harakatlanish qiyin bo‘lsa, to‘siq o‘z tomonida bo‘lgan haydovchi yo‘l berishi kerak.
126. Ushbu belgilardan qaysi biri bir yoki bir necha tasmalarda harakatlanish yo‘nalishi qarama-qarshi tomonga o‘zgarishi mumkin bo‘lgan yo‘l qismining boshlanishini bildiradi?
A
B
C
To'g'ri javob: C
YHQ 1-ilovasining 5-bo‘limidagi 5.35 belgiga asosan, «Reversiv harakatlanish». Bir yoki bir necha tasmalarda harakatlanish yo‘nalishi qarama-qarshi tomonga o‘zgarishi mumkin bo‘lgan yo‘l qismining boshlanishini bildiradi.
127. Turar joy dahalaridan chiqishda haydovchilar:
Boshqa harakat qatnashchilariga yo‘l berishi kerak.
Boshqa harakat qatnashchilariga nisbatan imtiyozga ega.
To'g'ri javob: Boshqa harakat qatnashchilariga yo‘l berishi kerak.
Yo‘l harakati qoidalarining 126 bandiga asosan, turar joy dahalaridan chiqishda haydovchilar boshqa harakat qatnashchilariga yo‘l berishlari ker
128. “Imtiyoz” atamasiga tegishli tarifni ko‘rsating
Yo‘l harakati qatnashchilariga nisbatan imtiyozi bo‘lgan boshqa yo‘l harakati qatnashchisining harakat yo‘nalishi yoki tezligini o‘zgartirishga majbur etishi mumkin bo‘lgan hollarda harakatni davom ettirmasligini yoki boshlamasligini, biror-bir manyovr bajarishi mumkin emasligini bildiruvchi talab.
Mo‘ljallangan yo‘nalishda boshqa yo‘l harakati qatnashchilariga nisbatan oldin harakatlanish huquqi.
To'g'ri javob: Mo‘ljallangan yo‘nalishda boshqa yo‘l harakati qatnashchilariga nisbatan oldin harakatlanish huquqi.
Yo‘l harakati qoidalarining 6 bandiga asosan, imtiyoz — mo‘ljallangan yo‘nalishda boshqa yo‘l harakati qatnashchilariga nisbatan oldin harakatlanish huquqi.
129. Ushbu belgi nimani bildiradi?
Oldinda ko‘tarma ko‘prik borligini
Sun’iy yo‘l notekisligini
Oldinda tik balandlik borligini
To'g'ri javob: Sun’iy yo‘l notekisligini
YHQ, 1.31. “Sun’iy yo‘l notekisligi” belgisi.
130. Ushbu belgilardan qaysi biri “Notekis yo‘l” deb nomlanadi?
“C”
“A”
“B”
To'g'ri javob: “C”
YHQ, 1.16. “Yo‘l notekisligi” belgisi.
131. Yo‘l harakati qoidalariga ko‘ra yo‘l belgilari nechta guruhga bo‘linadi?
5
6
7
To'g'ri javob: 7
YHQ 1-ilovasiga asosan, yo‘l belgilari 7 guruhga bo‘linadi.
132. Yengil avtomobilga qaysi yo‘nalishlarda harakatlanishga ruxsat etiladi?
Faqat to‘g‘riga
Faqat o‘ngga va chapga
Istalgan yo‘nalishda
To'g'ri javob: Istalgan yo‘nalishda
YHQ 1-ilovasining 4-bo‘limidagi 4.1.1 belgiga asosan, «Harakatlanish to‘g‘riga». Faqat belgilarda ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar yo‘nalishlarida harakatlanishga ruxsat etiladi.
YHQ 1-ilovasining 7-bo‘limidagi 7.4.1 belgiga asosan, «Transport vositasining turi». Belgining ta’siri joriy etilgan transport vositalari turini ko‘rsatadi. 7.4.1 belgi bilan o‘rnatilgan yo‘l belgisining ta’siri yuk tashuvchi, shu jumladan, tirkamali, to‘liq vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan transport vositalariga tatbiq etiladi.
Yengil avtomobilga istalgan yo‘nalishda harakatlanishga ruxsat etiladi.
133. Haydovchining o‘rtacha reaksiya vaqti deb qabul qilingan:
Taxminan 0,2 soniya
Taxminan 1 soniya
Taxminan 5 soniya
To'g'ri javob: Taxminan 1 soniya
Harakat xavfsizligi asoslari talablariga asosan, haydovchining o‘rtacha reaksiya vaqti taxminan 1 soniya deb qabul qilingan.
134. Yondosh hudud bu - ...?
Bevosita yo‘lga tutashgan va transport vositalari o‘tib ketishi uchun mo‘ljallanmagan hudud (hovlilar, turar joy dahalari, avtomobil to‘xtab turish joylari, yonilg‘i quyish shoxobchalari, korxona va shunga o‘xshashlar).
Yo‘llarning o‘zaro bir sathda kesishadigan, tutashadigan va ayriladigan joyi.
Yo‘lning relssiz transport vositalari harakati uchun mo‘ljallangan qismi.
To'g'ri javob: Bevosita yo‘lga tutashgan va transport vositalari o‘tib ketishi uchun mo‘ljallanmagan hudud (hovlilar, turar joy dahalari, avtomobil to‘xtab turish joylari, yonilg‘i quyish shoxobchalari, korxona va shunga o‘xshashlar).
Yo‘l harakati qoidalarining 6 bandiga asosan, yondosh hudud — bevosita yo‘lga tutashgan va transport vositalari o‘tib ketishi uchun mo‘ljallanmagan hudud (hovlilar, mahallalar, turar joy dahalari, transport vositasi to‘xtab turish joylari, yonilg‘i quyish shoxobchalari, korxona va shunga o‘xshashlar).
135. Qaysi yo‘l belgilari yo‘lning tor qismida haydovchiga ustunlik beradi?
Faqat B
A va B
Faqat D
Faqat C
To'g'ri javob: Faqat D
YHQ 1-ilovasining 2-bo‘limidagi 2.7 belgiga asosan, «Ro‘paradagi harakatlanishga nisbatan imtiyoz». Yo‘lning tor qismida harakatlanishda haydovchi ro‘paradan kelayotgan transport vositasiga nisbatan imtiyozga egaligini bildiradi.
136. Ushbu yo‘l belgisi qanday maqsadda qo‘llaniladi?
137. Ushbu yo‘l belgisi qanday maqsadda qo‘llaniladi?
Portlovchi va tez alangalanadigan yuk tashilayotgan transport vositalarining harakatini taqiqlaydi
Og‘ir yuk tashilayotgan transport vositalarining harakatini taqiqlaydi
Xavfli yuk tashilayotgan transport vositalarining harakatini taqiqlaydi
To'g'ri javob: Xavfli yuk tashilayotgan transport vositalarining harakatini taqiqlaydi
YHQ, 1-ilova: 3.32. “Xavfli yuk tashiyotgan transport vositasining harakati taqiqlangan”.
138. Qaysi rasmda ajratuvchi mintaqasi bor bo‘lgan yo‘l ko‘rsatilgan?
Har ikkisida
O‘ng tarafdagisida
Chap tarafdagisida
To'g'ri javob: O‘ng tarafdagisida
Yo‘l harakati qoidalarining 6 bandiga asosan, ajratuvchi mintaqa — yo‘lning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini ajratuvchi, transport vositalari harakatlanishi yoki to‘xtashi uchun mo‘ljallanmagan, yo‘l sathidan ko‘tarilgan yoki maysazor, ariq, maxsus to‘siqlar bilan ajratilgan baland qismi.
139. Ushbu qo‘shimcha axborot yo‘l belgisi bildiradi:
Barcha turdagi transport vositalarining to‘xtab turish uchun yo‘lning qatnov qismida, trotuar yoniga qo‘yish usulini
Mexanik transport vositalarining to‘xtab turish joyini
Yengil avtomobillarning to‘xtab turish joyini
To'g'ri javob: Barcha turdagi transport vositalarining to‘xtab turish uchun yo‘lning qatnov qismida, trotuar yoniga qo‘yish usulini
YHQ 1-ilovasining 7-bo‘limidagi 7.6.1 belgiga asosan, “Transport vositasini to‘xtab turish joyiga qo‘yish usuli”. 7.6.1 barcha turdagi transport vositalarini to‘xtab turishi uchun yo‘lning qatnov qismida, trotuar yoniga qo‘yish usulini bildiradi.
140. Ajratuvchi mintaqa - ...
Yo‘lning relssiz transport vositalari harakati uchun mo‘ljallangan qismi
Avtomobillarning bir qator bo‘lib harakatlanishi uchun yetarlicha keng bo‘lgan, yo‘l chiziqlari bilan belgilangan yoki belgilanmagan yo‘l qatnov qismining har qanday bo‘ylama bo‘lagi
Yo‘lning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini ajratuvchi, transport vositalari harakatlanishi yoki to‘xtashi uchun mo‘ljallanmagan, yo‘l sathidan ko‘tarilgan yoki maysazor, ariq, maxsus to‘siqlar bilan ajratilgan baland qismi
To'g'ri javob: Yo‘lning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini ajratuvchi, transport vositalari harakatlanishi yoki to‘xtashi uchun mo‘ljallanmagan, yo‘l sathidan ko‘tarilgan yoki maysazor, ariq, maxsus to‘siqlar bilan ajratilgan baland qismi
Yo‘l harakati qoidalarining 6 bandiga asosan, ajratuvchi mintaqa — yo‘lning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini ajratuvchi, transport vositalari harakatlanishi yoki to‘xtashi uchun mo‘ljallanmagan, yo‘l sathidan ko‘tarilgan yoki maysazor, ariq, maxsus to‘siqlar bilan ajratilgan baland qismi.
141. Qaysi belgi haydovchi kesib o‘tilayotgan yo‘ldan harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berish lozimligini bildiradi?
A
B
C
D
B va D
To'g'ri javob: B va D
YHQ 1-ilovasining 2-bo‘limidagi 2.4 belgiga asosan, «Yo‘l bering!». Haydovchi kesib o‘tilayotgan yo‘ldan, 7.13 qo‘shimcha-axborot belgisi bo‘lganda esa asosiy yo‘ldan harakatlanayotgan transport vositasiga yo‘l berishi kerak.
YHQ 1-ilovasining 2-bo‘limidagi 2.5 belgiga asosan, «To‘xtamasdan harakatlanish taqiqlangan». To‘xtash chizig‘i oldida, agar u bo‘lmasa, kesib o‘tiladigan qatnov qismining chetida to‘xtamasdan harakatlanish taqiqlanadi. Haydovchi kesib o‘tilayotgan yo‘ldan, 7.13 qo‘shimcha-axborot belgisi bo‘lganda esa asosiy yo‘ldan harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishi kerak.
Bu belgi temir yo‘l kesishmasi yoki karantin maskanidan oldin o‘rnatilishi mumkin. Bunday hollarda haydovchi to‘xtash chizig‘i oldida, u bo‘lmasa, belgi oldida to‘xtashi kerak.
142. “Aholi punkti” atamasi nimani bildiradi?
Kirish va chiqish yo‘llari 5.22 — 5.25 belgilari bilan belgilangan hududni
Aholi yashaydigan hududni
Shahar, qishloq joylari hududini
To'g'ri javob: Kirish va chiqish yo‘llari 5.22 — 5.25 belgilari bilan belgilangan hududni
Yo‘l harakati qoidalarining 6-bandiga asosan, aholi punkti — kirish va chiqish yo‘llari 5.22 — 5.25 yo‘l belgilari bilan belgilangan hudud.
143. Yo‘l harakati xavfsizligi – …
Yo‘l harakati qatnashchilarining yo‘l-transport hodisalari va ularning oqibatlaridan himoyalanganlik darajasini aks ettiruvchi yo‘l harakati holati
Yo‘l-transport hodisalarining kelib chiqish sabablarini oldini olishga, ularning og‘ir oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan faoliyat
To'g'ri javob: Yo‘l harakati qatnashchilarining yo‘l-transport hodisalari va ularning oqibatlaridan himoyalanganlik darajasini aks ettiruvchi yo‘l harakati holati
YHQ 1-ilova Umumiy qoidalar: Yo‘l harakati xavfsizligi – yo‘l harakati qatnashchilarining yo‘l-transport hodisalari va ularning oqibatlaridan himoyalanganlik darajasini aks ettiruvchi yo‘l harakati holati.
144. Ushbu ko‘rsatilgan holatda kim yo‘l berishi kerak?
Avtomobil haydovchisi
Mototsikl haydovchisi
To'g'ri javob: Mototsikl haydovchisi
Yo‘l harakati qoidalarining 61 bandi 2 xatboshiga asosan, yo‘lga chiqish joyida tezlashish bo‘lagi bo‘lsa, haydovchi unda harakatlanishi va qo‘shni tasmada harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berib, transport oqimiga qo‘shilishi kerak.
145. Balandlikda (nishablikda) trotuar yo'q yo'lda to'xtagan avtomobilni o'z-o'zidan harakatlanib ketishini oldini olish maqsadida oldingi g'ildiraklarni qanday burib qo'yish kerak?
A va D.
B va C.
A va C.
B va D.
To'g'ri javob: A va D.
Nishablikda (A va B holatlar) yoki balandlikda (C va D holatlar) yo'l yoqasida to'xtaganda haydovchi to'xtab turish tormozidan foydalanish bilan bir qatorda, qatnov qismi tomonga o'z-o'zidan harakatlanib ketishini oldini olish maqsadida avtomobil g'ildiraklarini burib qo'yish kerak. Old g'ildiraklarni A va D avtomobillarining haydovchilari to'g'ri burib qo'yganlar.
Yo‘l - transport hodisalarida birinchi yordam faniga asosan, shokning belgilari quyidagilar:
- Teri va shilliq qavatlarning oqarishi;
- Kuchli ter ajralishi;
- Og‘iz qurishi, chanqoqlik, nafas olishning tezlashuvi;
- Es - hushning noaniqligi, behush holat.
147. Ushbu belgilardan qaysi biri oldinda yo‘l qoplamasi ustida sun’iy notekislik borligi haqida ogohlantiradi?
“B”
“A” va “C”
“C”
“A”
To'g'ri javob: “B”
YHQ, 1.31. “Sun’iy yo‘l notekisligi” belgisi.
148. Ushbu yo‘l belgisi qaysi transport vositalarining harakatlanishini taqiqlaydi?
Xavfli yuk tashiyotgan transport vositalarining harakatlanishini
Barcha javoblari to‘g‘ri
Ruxsat etilgan to‘la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillarini
To'g'ri javob: Xavfli yuk tashiyotgan transport vositalarining harakatlanishini
YHQ 1 ilova: 3.32. “Xavfli yuk tashiyotgan transport vositasining harakati taqiqlangan”.
149. Qaysi belgi to‘siqni o‘ng yoki chap tomonidan chetlab o‘tishga ruxsat etilishini bildiradi?
1
2
3
4
5
To'g'ri javob: 5
YHQ 1-ilovasining 4-bo‘limidagi 4.2.3 belgiga asosan, «To‘siqni o‘ngdan yoki chapdan aylanib o‘tish». Har tomonidan aylanib o‘tish ruxsat etiladi.
150. Bu joyda yo‘lovchilarni chiqarish yoki tushirish maqsadida to‘xtash mumkinmi?
Ha
Yo‘q
To'g'ri javob: Ha
YHQ 1 ilova: 3.28. “To‘xtab turish taqiqlangan”. Transport vositalarining to‘xtab turishi taqiqlanishini bildiradi.
151. To‘xtash qoidasini qaysi transport vositasining haydovchisi buzdi?
Faqat qizil avtomobil haydovchisi
Har ikkala haydovchi ham
Faqat ko‘k avtomobil haydovchisi
To'g'ri javob: Faqat qizil avtomobil haydovchisi
152. “Imtiyoz” atamasiga tegishli tarifni ko‘rsating
Yo‘l harakati qatnashchilariga nisbatan imtiyozi bo‘lgan boshqa yo‘l harakati qatnashchisining harakat yo‘nalishi yoki tezligini o‘zgartirishga majbur etishi mumkin bo‘lgan hollarda harakatni davom ettirmasligini yoki boshlamasligini, biror-bir manyovr bajarishi mumkin emasligini bildiruvchi talab.
Mo‘ljallangan yo‘nalishda boshqa yo‘l harakati qatnashchilariga nisbatan oldin harakatlanish huquqi.
To'g'ri javob: Mo‘ljallangan yo‘nalishda boshqa yo‘l harakati qatnashchilariga nisbatan oldin harakatlanish huquqi.
Yo‘l harakati qoidalarining 6 bandiga asosan, imtiyoz — mo‘ljallangan yo‘nalishda boshqa yo‘l harakati qatnashchilariga nisbatan oldin harakatlanish huquqi.
153. Ushbu yo‘l nechta qatnov qismiga ega?
1 ta
2 ta
3 ta
To'g'ri javob: 1 ta
Yo‘l harakati qoidalarining 6 bandiga asosan, qatnov qismi — yo‘lning relssiz transport vositalari harakatlanishi uchun mo‘ljallangan qismi.
154. Qaysi belgi ikkinchi darajali yo‘l bilan kesishuvni bildiradi?
1
2
3
4
5
To'g'ri javob: 1
YHQ 1-ilovasining 2-bo‘limidagi 2.3.1 belgiga asosan, «Ikkinchi darajali yo‘l bilan kesishuv».
155. Qaysi belgi yo‘lning ko‘rsatilgan yo‘nalishida oxiri berk ko‘chaligini bildiradi?
1
2
3
4
5
To'g'ri javob: 4
YHQ 1-ilovasining 5-bo‘limidagi 5.19.1 belgiga asosan, «Oxiri berk yo‘l». Yo‘lning ko‘rsatilgan yo‘nalishda oxiri berkligini bildiradi.
156. Qaysi rasmda ikkita qatnov qismiga ega bo‘lgan yo‘l ko‘rsatilgan?
A rasmda
B rasmda
Hech qaysi rasmda
To'g'ri javob: Hech qaysi rasmda
Yo‘l harakati qoidalarining 6 bandiga asosan, ajratuvchi mintaqa — yo‘lning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini ajratuvchi, transport vositalari harakatlanishi yoki to‘xtashi uchun mo‘ljallanmagan, yo‘l sathidan ko‘tarilgan yoki maysazor, ariq, maxsus to‘siqlar bilan ajratilgan baland qismi.
157. Ushbu qo‘shimcha axborot yo‘l belgisi:
Obyektgacha bo‘lgan masofani bildiradi
Belgining ta’sir oralig‘ini bildiradi
To'g'ri javob: Obyektgacha bo‘lgan masofani bildiradi
YHQ 1-ilovasining 7-bo‘limidagi 7.1.3 va 7.1.4 belgilariga asosan, «Obyektgacha bo‘lgan masofa». Yo‘ldan chetda joylashgan manzilgacha bo‘lgan masofani bildiradi.
158. Qaysi belgi ikkinchi darajali yo‘l bilan tutashuvni bildiradi?
1
2
3
4
5
To'g'ri javob: 2
YHQ 1-ilovasining 2-bo‘limidagi 2.3.3 belgiga asosan, «Ikkinchi darajali yo‘l bilan tutashuv». 2.3.3 — tutashuv chapdan. 2.3.1 — 2.3.3 yo‘l belgilari aholi punktlarida kesishmagacha 50 — 100 metr masofada, aholi punktlaridan tashqarida esa 150 — 300 metr masofada o‘rnatiladi.
159. Ushbu qo‘shimcha axborot yo‘l belgisi bildiradi:
Belgi ta’siri oralig‘ida to‘xtagan transport vositalari majburiy evakuatsiya qilinishini ko‘rsatadi
Belgi ta’sir oralig‘ida to‘xtagan transport vositalarini evakuatsiya qilish ruxsat etilganligini bildiradi
Belgi ta’sir oralig‘ida to‘xtagan transport vositalarini evakuatsiya qilish taqiqlanganligini bildiradi
To'g'ri javob: Belgi ta’siri oralig‘ida to‘xtagan transport vositalari majburiy evakuatsiya qilinishini ko‘rsatadi
YHQ 1-ilovasining 7-bo‘limidagi 7.21 belgiga asosan, «Evakuator ishlamoqda». 3.27 — 3.30 yo‘l belgilari ta’sir oralig‘ida to‘xtagan transport vositalari majburiy evakuatsiya qilinishini ko‘rsatadi.
160. Qaysi rasmda ajratuvchi mintaqa ko‘rsatilgan?
A
B
Hech birida
To'g'ri javob: Hech birida
Yo‘l harakati qoidalarining 6 bandiga asosan, ajratuvchi mintaqa — yo‘lning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini ajratuvchi, transport vositalari harakatlanishi yoki to‘xtashi uchun mo‘ljallanmagan, yo‘l sathidan ko‘tarilgan yoki maysazor, ariq, maxsus to‘siqlar bilan ajratilgan baland qismi.
161. Yo‘nalishli bo‘lmagan transport vositalari “A” xarfi bilan belgilangan o‘ng bo‘lakda qaysi holatlarda harakatlanishlari mumkin?
O‘nga burilishda
Yo‘lovchilarni chiqarish va tushirishda
Yuqoridagi barcha xolatlarda agarda yo‘nalishli transport vositalariga xalaqit bermasa
To'g'ri javob: Yuqoridagi barcha xolatlarda agarda yo‘nalishli transport vositalariga xalaqit bermasa
Yo‘l harakati qoidalarining 132 bandiga asosan, Yo‘nalishli transport vositalarining harakatlanishi uchun 5.9, 5.10.1 — 5.10.3 yo‘l belgilari bilan ajratilgan tasmada boshqa transport vositalarining harakatlanishi va to‘xtashi taqiqlanadi.
Agar 5.9 yo‘l belgisi bilan belgilangan tasma qatnov qismining boshqa tasmalardan uzuq-uzuq chiziq bilan ajratilgan bo‘lsa, burilmoqchi bo‘layotgan transport vositalari bu tasmaga qayta tizilishlari kerak.
Shuningdek, bunday joylarda yo‘nalishli transport vositalarining harakatiga xalaqit bermaslik sharti bilan yo‘lga chiqish, qatnov qismining chetki o‘ng tomonida yo‘lovchilarni chiqarish va tushirish uchun bu bo‘lakka o‘tishga ruxsat etiladi.
162. Qaysi belgilar axborot-ko‘rsatkich belgilari hisoblanadi?
1 va 2
3 va 4
2 va 3
1 va 4
To'g'ri javob: 2 va 3
YHQ 1-ilovasining 5-bo‘limidagi 5.15 belgiga asosan, «To‘xtab turish joyi».
YHQ 1-ilovasining 5-bo‘limidagi 5.41 belgiga asosan, «Foto va video qayd etish».
163. Ushbu yo‘l belgisi qanday maqsadda qo‘llaniladi?
Majburiy tarzda tezlikni kamaytirish uchun
Ehtiyot choralarini ko‘rish uchun
Keskin tormoz berish uchun
To'g'ri javob: Majburiy tarzda tezlikni kamaytirish uchun
YHQ 1 ilova: 1.31. “Sun‘iy yo‘l notekisligi”. Yo‘lning sun‘iy notekislik o‘rnatilgan qismiga yaqinlashayotganligi to‘g‘risida ogohlantiradi. Transport vositasining harakatlanish tezligini majburiy tarzda kamaytirish uchun qo‘llaniladi.
164. Haydovchi o‘zidan oldinda harakatlanayotgan transport vositasi bilan qancha oraliq masofa saqlab harakatlanishi kerak?
20 m
50 m
Haydovchi o‘zidan oldinda harakatlanayotgan transport vositasi keskin tormoz berganida to‘qnashib ketmaslik kafolatini beradigan darajadagi oraliq masofani saqlashi kerak
To'g'ri javob: Haydovchi o‘zidan oldinda harakatlanayotgan transport vositasi keskin tormoz berganida to‘qnashib ketmaslik kafolatini beradigan darajadagi oraliq masofani saqlashi kerak
Yo‘l harakati qoidalarining 73 bandiga asosan, haydovchi o‘zidan oldinda harakatlanayotgan transport vositasi keskin tormoz berganda, to‘qnashib ketmaslik kafolatini beradigan darajadagi oraliq masofani, shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlaydigan yonlama oraliq masofani saqlashi kerak.
165. Ushbu yo‘l belgisi:
Qatnov qismida to‘suvchi qurilma borligini bildiradi
Chorraha oldida to‘suvchi qurilma borligini bildiradi
Oldinda boshqariladigan to‘suvchi qurilma borligini bildiradi
To'g'ri javob: Oldinda boshqariladigan to‘suvchi qurilma borligini bildiradi
Znak 1.34 razdela 1 prilojeniya № 1 k PDD, «Vnimaniye, zagraditelnoye ustroystvo». Znak ustanavlivayetsya v mestax, oborudovannim zagraditelnim ustroystvom, i preduprejdayet voditeley transportnix sredstv o nalichii zagraditelnogo ustroystva.
166. Piyodalar to‘xtab turgan avtobus va trolleybusning qaysi tomonidan yo‘lni kesib o‘tishlari kerak?
Oldi tomonidan
Orqa tomonidan
Istalgan tomonidan
To'g'ri javob: Orqa tomonidan
Yo‘l harakati qoidalarining 19 bandi 4 xatboshiga asosan, piyodalar to‘xtab turgan avtobus va trolleybusning orqa tomonidan, tramvayning esa oldi tomonidan yo‘lni kesib o‘tishlari shart.
167. Ushbu yo‘l belgisi qanday nomlanadi?
Yuk avtomobillari bilan quvib o‘tish taqiqlangan
Katta o‘lchamli yuklarni tashish taqiqlangan
Xavfli yuk tashiyotgan transport vositasining harakati taqiqlangan
To'g'ri javob: Xavfli yuk tashiyotgan transport vositasining harakati taqiqlangan
YHQ, 1 ilova 3.32: “Xavfli yuk tashiyotgan transport vositasining harakati taqiqlangan”.
168. Yo‘lning qatnov qismi:
Yo‘lning relssiz transport vositalari harakati uchun mo‘ljallangan qismi
Yo‘lning transport vositalari harakati uchun mo‘ljallangan qismi
Yo‘lning avtomobillar harakati uchun mo‘ljallangan qismi
To'g'ri javob: Yo‘lning relssiz transport vositalari harakati uchun mo‘ljallangan qismi
Yo‘l harakati qoidalarining 6 bandiga asosan, qatnov qismi — yo‘lning relssiz transport vositalari harakatlanishi uchun mo‘ljallangan qismi.
169. Haydovchi yo‘lning relssiz transport vositalari harakatlanayotgan tasmalar sonini belgilaydigan chiziqlar yoki yo‘l belgilar bo‘lmasa, tasmalar sonini qanday aniqlash kerak?
Qatnov qismining kengligini, transport vositalari orasidagi zarur yonlama oraliq masofani va ularning gabarit o‘lchamlarini hisobga olgan holda, o‘zi aniqlaydi
Bunday yo‘lni ikki tasmali qarama-qarshi harakat tashkil qilingan yo‘l deb qabul qilish kerak
To'g'ri javob: Qatnov qismining kengligini, transport vositalari orasidagi zarur yonlama oraliq masofani va ularning gabarit o‘lchamlarini hisobga olgan holda, o‘zi aniqlaydi
170. Balandlikda yo‘l chetida to‘siq mavjud bo‘lganda to‘xtagan avtomobilni joyidan g‘ildirab ketishining oldini olish uchun oldingi g‘ildiraklarni burib qo‘yish usuli qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
B va C
B va D
A va D
A va C
To'g'ri javob: A va C
G'ildiraklarni shunday burib qo'yish kerakki, bunda avtomobillar tasodifan yurib ketganda qatnov qismiga chiqib ketmasdan trotuar bordyuriga qadalib qolsin. Belgiga ko'ra pastdan yuqoriga qarab yo'lning ko'tarilishi ko'rsatilgan. A avtomobilining oldingi g'ildiraklari bordyurga qadaladi. C avtomobili ham oldingi g'ildiraklari bilan bordyurga qadalib, yurib keta olmaydi. B avtomobili to'g'ridan-to'g'ri qatnov qismiga chiqib ketadi. Orqa g'ildiraklari bordyurga qadalgungacha D avtomobili ham yo'lga chiqib ketadi, natijada avtomobil yo'lga ko'ndalang bo'lib qolib, harakatlanish bo'lagining bir qismini yopib qo'yadi. Old g'ildiraklarni A va C avtomobillarining haydovchilari to'g'ri burib qo'yganlar.
171. Yo‘lovchilarga taqiqlanadi:
Transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda haydovchini boshqarishdan chalg‘itish va unga xalaqit berish
Harakatlanayotgan bortli yuk avtomobillarida tik turish, bortlarda yoki undan yuqoridagi yuk ustida o‘tirish
Transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda uning eshiklarini ochish
Barcha ko‘rsatilgan javoblar to‘g‘ri
To'g'ri javob: Barcha ko‘rsatilgan javoblar to‘g‘ri
Yo‘l harakati qoidalarining 24 bandiga asosan, Yo‘lovchilarga: transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda haydovchini boshqarishdan chalg‘itish (unga xalaqit berish); harakatlanayotgan bortli yuk avtomobillarida tik turish, bortlarda yoki undan yuqoridagi yuk ustida o‘tirish; transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda uning eshiklarini ochish; transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda salondan tana qismlarini (qo‘ldan tashqari) chiqarish taqiqlanadi.
172. Temir yo‘l kesishmalari va ularga yaqin joylarda quvib o‘tishga tegishli qanday yo‘l harakati qoidalari amal qiladi?
Temir yo‘l kesishmalarida va ularga 100 metrdan kam masofa qolganda quvib o‘tish taqiqlanadi
Quvib o‘tish faqat temir yo‘l kesishmalaridan keyin taqiqlanadi
Temir yo‘l kesishmalarida, ularga 100 metrdan kam masofa qolganda va temir yo‘l kesishmalaridan keyin 100 metr davomida quvib o‘tish taqiqlanadi
To'g'ri javob: Temir yo‘l kesishmalarida va ularga 100 metrdan kam masofa qolganda quvib o‘tish taqiqlanadi
Yo‘l harakati qoidalarining 86 bandiga asosan, quvib o‘tish quyidagi hollarda taqiqlanadi: temir yo‘l kesishmalarida va ulargacha 100 metrdan kam masofa qolganda.
173. Harakatlanish tasmasi:
Yo‘lning relssiz transport vositalari harakati uchun mo‘ljallangan qismi
Yo‘lning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini ajratuvchi, transport vositalari harakatlanishi yoki to‘xtashi uchun mo‘ljallanmagan, yo‘l sathidan baland va (yoki) 1.1 yotiq chizig‘i bilan belgilangan qismi
Avtomobillarning bir qator bo‘lib harakatlanishi uchun yetarlicha keng bo‘lgan, yo‘l chiziqlari bilan belgilangan yoki belgilanmagan yo‘l qatnov qismining har qanday bo‘ylama bo‘lagi
To'g'ri javob: Avtomobillarning bir qator bo‘lib harakatlanishi uchun yetarlicha keng bo‘lgan, yo‘l chiziqlari bilan belgilangan yoki belgilanmagan yo‘l qatnov qismining har qanday bo‘ylama bo‘lagi
Yo‘l harakati qoidalarining 6 bandiga asosan, harakatlanish tasmasi — avtomobillarning bir qator bo‘lib harakatlanishi uchun yetarlicha keng bo‘lgan, yo‘l chiziqlari bilan belgilangan yoki belgilanmagan yo‘l qatnov qismining har qanday bo‘ylama tasmasi.
174. Bu qo‘shimcha-axborot yo‘l belgisi qaysi yo‘l belgisi bilan birgalikda qullaniladi?
A
B
C
To'g'ri javob: B
YHQ 1-ilovasining 7-bo‘limidagi 7.12 belgiga asosan, «Xavfli yo‘l yoqasi». Yo‘l ishlari bajarilayotgani sababli yo‘l yoqasiga chiqish xavfli ekanligi haqida ogohlantiradi. 1.23 belgisi bilan qo‘llaniladi.
175. Agar piyodalar o‘tish joylaridan keyin tirbandlik paydo bo‘lsa haydovchi qayerda to‘xtashi kerak?
Bevosita piyodalar o‘tish joyi oldida
Piyodalar o‘tish joyida, agar piyodalar bo‘lmasa
Piyodalar o‘tish joyiga 5 m yetmasdan
To'g'ri javob: Bevosita piyodalar o‘tish joyi oldida
Yo‘l harakati qoidalarining 112 bandiga asosan, piyodalar o‘tish joylaridan keyin paydo bo‘lgan tirbandlik tufayli haydovchi piyodalar o‘tish joyida to‘xtashga majbur bo‘ladigan bo‘lsa, piyodalar o‘tish joyiga kirish taqiqlanadi.
176. Trotuar va piyodalar yo‘lkasi bo‘lmaganda bolalar guruhini yo‘lda qanday tartibda olib yurish mumkin?
Qatnov qismi chetidan katta yoshdagilar kuzatuvida olib yurishga ruxsat etiladi
Yo‘l yoqasidan faqat kunduzi va katta yoshdagilar kuzatuvida olib yurishga ruxsat etiladi
To'g'ri javob: Yo‘l yoqasidan faqat kunduzi va katta yoshdagilar kuzatuvida olib yurishga ruxsat etiladi
Yo‘l harakati qoidalarining 16 bandi 3 xatboshiga asosan, bolalar guruhini trotuarlar va piyodalar yo‘lkalaridangina, ular bo‘lmaganda esa yo‘l yoqasidan faqat sutkaning yorug‘ vaqtida va katta yoshdagilar kuzatuvida olib yurishga ruxsat etiladi.
177. Transport vositasining ruxsat etilgan to‘la vazni bu - ...
Aslahalangan transport vositasining ishlab chiqargan korxona tomonidan belgilangan, yuk, haydovchi va yo‘lovchilari bilan birgalikdagi eng yuqori vazni (o‘lchovi)
Transport vositasining yuki, haydovchi va yo‘lovchilari bilan birgalikdagi vazni
Aslahalangan transport vositasining ishlab chiqargan korxona tomonidan belgilangan, yuksiz, haydovchisiz va yo‘lovchilarsiz eng yuqori vazni (o‘lchovi)
To'g'ri javob: Aslahalangan transport vositasining ishlab chiqargan korxona tomonidan belgilangan, yuk, haydovchi va yo‘lovchilari bilan birgalikdagi eng yuqori vazni (o‘lchovi)
YHQ umumiy qoidalar: Ruxsat etilgan to‘liq vazn jihozlangan transport vositasining ishlab chiqargan korxona tomonidan belgilangan yuk, haydovchi va yo‘lovchilari bilan birgalikdagi eng yuqori vazni (o‘lchovi).
178. Ko‘rsatilgan belgilardan qaysi biri ruxsat etilgan to‘la vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillariga harakatlanishga ruxsat beradi?
A va B
Faqat B
A va C
To'g'ri javob: A va C
YHQ 1-ilovasining 5-bo‘limidagi 5.3 belgiga asosan, «Avtomobillar uchun mo‘ljallangan yo‘l». Faqat avtomobillar, avtobus va mototsikllarning harakatlanishi uchun mo‘ljallangan yo‘lni bildiradi.
YHQ 1-ilovasining 3-bo‘limidagi 3.4 belgiga asosan, «Yuk avtomobillarining harakatlanishi taqiqlangan». Ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan (agar vazni belgida ko‘rsatilmagan bo‘lsa) yoki ruxsat etilgan to‘liq vazni belgida ko‘rsatilgandan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillari va transport vositalari tarkiblarining, shuningdek traktorlar, o‘ziyurar uskunalarning harakatlanishi taqiqlanadi.
3.4. yo‘l belgisi bortlariga qiya oq chiziq tortilgan yoki odamlarni tashish uchun mo‘ljallangan yuk avtomobillarining harakatlanishini taqiqlamaydi.
179. Tartibga solinmagan chorrahada qaysi belgi albatta to‘xtashni talab qiladi?
Faqat A
Faqat B
B va C
Hammasi
To'g'ri javob: Faqat B
YHQ 1-ilovasining 2-bo‘limidagi 2.5 belgiga asosan, «To‘xtamasdan harakatlanish taqiqlangan». To‘xtash chizig‘i oldida, agar u bo‘lmasa, kesib o‘tiladigan qatnov qismining chetida to‘xtamasdan harakatlanish taqiqlanadi. Haydovchi kesib o‘tilayotgan yo‘ldan, 7.13 qo‘shimcha-axborot belgisi bo‘lganda esa asosiy yo‘ldan harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishi kerak.
Bu belgi temir yo‘l kesishmasi yoki karantin maskanidan oldin o‘rnatilishi mumkin. Bunday hollarda haydovchi to‘xtash chizig‘i oldida, u bo‘lmasa, belgi oldida to‘xtashi kerak.
180. Qatnov qismi yo‘l chiziqlari bilan ajratilgan bo‘lsa haydovchilar qanday holatlarda qat’iy tasmalar bo‘yicha harakatlanishlari kerak?
Faqat harakatlanish tasmalari uzliksiz sidirg‘a chiziqlar bilan ajratilgan bo‘lsa
Faqat harakatlanish serqatnov bo‘lganda
Barcha holatlarda
To'g'ri javob: Barcha holatlarda
181. Asosiy yo‘l -
Ikki tasmali yo‘lga nisbatan uch yoki undan ko‘p tasmali yo‘l
Tuproqli yoki shag‘alli yo‘lga nisbatan qattiq qoplamali (asfalt va sement-betonli va shunga o‘xshashlar yotqizilgan) yo‘l
Toshli yo‘lga nisbatan asfalt qoplamali yo‘l
Barcha javoblar to‘g‘ri
To'g'ri javob: Tuproqli yoki shag‘alli yo‘lga nisbatan qattiq qoplamali (asfalt va sement-betonli va shunga o‘xshashlar yotqizilgan) yo‘l
182. Qaysi belgi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyiga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradi?
Faqat A
A va B
Hammasi
To'g'ri javob: Faqat A
YHQ 1-ilovasining 1-bo‘limidagi 1.20 belgiga asosan, «Piyodalar o‘tish joyi». 5.16.1, 5.16.2 belgilari va (yoki) 1.14.1 — 1.14.4 chiziqlari bilan belgilangan piyodalar o‘tish joyini bildiradi.
183. Yengil avtomobilning tormoz yo‘li tormoz tizimiga ega bo‘lmagan tirkama bilan harakatlanayotganda qanday o‘zgaradi?
Ortadi
Kamayadi, chunki tirkama harakatlanishga qo‘shimcha qarshilik ko‘rsatadi
O‘zgarmaydi
To'g'ri javob: Ortadi
Avtomobilni tirkama bilan haydash ma‘lum bir ko‘nikma talab qiladi. Tormoz yo‘li ortadi.
184. Quyidagi javoblardan qaysi birida “Yo‘lovchi” atamasining to‘g‘ri ta'rifi ko‘rsatilgan?
Transport vositasidagi barcha shaxslar
Transport vositasidagi (haydovchidan tashqari) shaxs, shuningdek transport vositasiga kirayotgan (unga chiqib o‘tirayotgan) yoki transport vositasidan chiqayotgan (undan tushayotgan) shaxs
Har ikkala ta’rif to‘g‘ri
To'g'ri javob: Transport vositasidagi (haydovchidan tashqari) shaxs, shuningdek transport vositasiga kirayotgan (unga chiqib o‘tirayotgan) yoki transport vositasidan chiqayotgan (undan tushayotgan) shaxs
YHQ umumiy qoidalar: Yo‘lovchi – transport vositasidagi (haydovchidan tashqari) shaxs, shuningdek transport vositasiga kirayotgan (unga chiqib o‘tirayotgan) yoki transport vositasidan chiqayotgan (undan tushayotgan) shaxs.
185. To‘siq deb nimaga aytiladi?
Yo‘lning qatnov qismida harakatsiz holda bo‘lgan jism
Tirbandlik tufayli qatnov qismida to‘xtab turgan transport vositasi
Yo‘l harakati xavfsizligiga xavf soluvchi har qanday omil
To'g'ri javob: Yo‘lning qatnov qismida harakatsiz holda bo‘lgan jism
YHQ umumiy qoidalar: To‘siq - yo‘lning qatnov qismida harakatsiz holda bo‘lgan jism (buzilib qolgan transport vositasi, tushib qolgan yuk, yiqilgan daraxt va boshqalar).
186. Qayta tizilish deb nimaga aytiladi?
Dastlabki harakat yo‘nalishini saqlagan holda o‘z harakatlanish tasmasidan boshqa harakatlanish qatoriga o‘tish
Qatnov qismining maxsus ajratilgan, 5.35 – 5.37 yo‘l belgilari, 1.9 yo‘l chizig‘i bilan belgilangan va ustida reversiv svetafor o‘rnatilgan bo‘lagida harakatlanish yo‘nalishini qarama-qarshi tomonga o‘zgartirish
Xavf tug‘ilganda yo‘ldagi boshqa harakat qatnashchilarining harakatlanishiga to‘sqinlik qilmaslik uchun haydovchilar tomonidan bajariladigan harakat (manyovr)
To'g'ri javob: Dastlabki harakat yo‘nalishini saqlagan holda o‘z harakatlanish tasmasidan boshqa harakatlanish qatoriga o‘tish
YHQ umumiy qoidalar: Qayta tizilish - dastlabki harakat yo‘nalishini saqlagan xolda o‘z harakatlanish tasmasidan boshqa harakatlanish qatoriga o‘tish.
187. Quyidagi javoblardan qaysi birida “Xavf” atamasining to‘g‘ri ta’rifi ko‘rsatilgan?
Yo‘l harakati xafvsizligiga xavf soluvchi har qanday omil
Yo‘l harakati qatnashchilarining yo‘nalishini o‘zgartirishga majbur qiladigan har qanday to‘siq
Yo‘l harakati jarayonidan o‘sha yo‘nalishda va o‘sha tezlikda harakatlanishni davom ettirish yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lishga tahdid soladigan omil.
To'g'ri javob: Yo‘l harakati xafvsizligiga xavf soluvchi har qanday omil
YHQ umumiy qoidalar: Xavf – yo‘l harakati xavfsizligiga xavf soluvchi har qanday omil.
188. Mazkur yo‘l belgisi:
Doimiy belgi hisoblanadi
Vaqtinchalik belgi hisoblanadi
Mavsumiy belgi hisoblanadi
To'g'ri javob: Vaqtinchalik belgi hisoblanadi
Yo‘l harakati qoidalari 1 – ilovasi, izoh qismiga asosan, 1,8 1.15, 1.16, 1.31, 1.17, 1.18.1 — 1.18.3, 1.21, 1.30, 2.6, 2.7, 3.1, 3.2, 3.11 — 3.16, 3.18.1 — 3.18.25 yo‘l belgilari vaqtincha yo‘l belgilari sifatida belgilanishi mumkin. Vaqtincha yo‘l belgilari sariq rangda bo‘ladi.
189. Mazkur yo‘l belgisi:
Doimiy belgi hisoblanadi
Vaqtinchalik belgi hisoblanadi
Mavsumiy belgi hisoblanadi
To'g'ri javob: Vaqtinchalik belgi hisoblanadi
190. Ushbu yo‘l belgisi qanday nomlanadi?
Bir izli temir yo‘l kesishmasi
Temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashuv
Shlagbaumli temir yo‘l kesishmasi
To'g'ri javob: Temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashuv
191. Bu belgilardan qaysi biri maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari oldida o‘rnatiladi?
A
B
C
To'g'ri javob: B
YHQ 1-ilova: 5.46 “Maktab”. Maktab yoki maktabgacha ta’lim tashkilotlari oldida o‘rnatiladi.
192. Ushbu holatda tramvayning old qismidan yo‘lni kesib o‘tishga ruxsat beriladimi?
Ruxsat beriladi
Taqiqlanadi
Istalgan tomonidan ruxsat beriladi
To'g'ri javob: Ruxsat beriladi
YHQ 4-bobi 19-bandi: Piyodalar to‘xtab turgan avtobus va trolleybusning orqa tomonidan, tramvayning esa oldi tomonidan yo‘lni kesib o‘tishlari shart.
193. Ushbu belgi o‘rnatiladi:
Bozorlar oldidan
Maktab va bolalarning dam olish maskanidan
Vokzal oldidan
To'g'ri javob: Maktab va bolalarning dam olish maskanidan
YHQ 1 ilova: 1.21. “Bolalar”. Bolalar muassasasi (maktablar, bolalarning dam olish maskanlari va shunga o‘xshashlar)ga yaqin yo‘lning qatnov qismidan bolalarning chiqib qolish ehtimolini bildiradi
194. Qaysi yotiq yo‘l chizig‘i maktablar oldidagi piyodalar o‘tish joylarida qo‘llaniladi?
1-chiziq
2-chiziq
3-chiziq
To'g'ri javob: 3-chiziq
YHQ 2 ilova: 1.14.4 — oq-qizil rangli yo‘l chizig‘i maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari oldida piyodalarning o‘tish joyini belgilaydi.
195. Belgilardan qaysi biri qatnov qismi kesishmasi hududini bildiradi?
A
B
C
To'g'ri javob: A
YHQ 1-ilova: 1.33. “Qatnov qismi kesishmasi hududi”. 1.30 yotiq chizig‘i bilan belgilangan chorrahaga yaqinlashayotganligini anglatib, oldinda tirbandlik yuzaga kelganligi tufayli majburiy to‘xtab, ko‘ndalang yo‘nalishdagi transport vositalarining harakatlanishiga to‘sqinlik tug‘diradigan bo‘lsa, chorrahaga kirish taqiqlanadi. Agar to‘xtash chizig‘i yoki 5.33 yo‘l belgisidan o‘tib bo‘lgan haydovchiga esa qatnov qismlari kesishmasiga kirish taqiqlanishini bildiradi.
196. Ushbu yo‘l belgisi qanday nomlanadi?
Tik nishablik
Tik balandlik
To'g'ri javob: Tik nishablik
197. Bu yo‘l belgisi qanday nomlanadi?
Piyodalarning yo‘l yoqasidan yurishi mumkin bo‘lgan hudud
Piyodalarning qatnov qismidan yurishi mumkin bo‘lgan hudud
Piyodalarning trotuardan yurishi mumkin bo‘lgan hudud
To'g'ri javob: Piyodalarning yo‘l yoqasidan yurishi mumkin bo‘lgan hudud
YHQ 1 ilova: 1.35 “Piyodalarning yo‘l yoqasidan yurishi mumkin bo‘lgan hudud”.
198. Belgilardan qaysi biri er usti avtomobil qo‘yish joyini bildiradi?
A
B
C
To'g'ri javob: A
YHQ 1 ilova: 5.15.2 “Yer usti avtomobil qo‘yish joyi”.
199. Ko‘satilgan belgilardan qaysi biri bolalar deb nomlanadi?
1
2
3
To'g'ri javob: 2
YHQ 1 ilova: 1.21. “Bolalar”. Bolalar muassasasi (maktablar, bolalarning dam olish maskanlari va shunga o‘xshashlar)ga yaqin yo‘lning qatnov qismidan bolalarning chiqib qolish ehtimolini bildiradi.
200. Yovvoyi hayvonlar belgisini ko‘rsatng:
1
2
3
4
2 va 4
To'g'ri javob: 2
YHQ 1-ilova: 1.25.1. “Yovvoyi hayvonlar”.
201. Quyidagi ta’rif “transport vositasi harakatini 10 daqiqagacha bo‘lgan muddatga to‘xtatish (harakatsiz holatga keltirish)” qaysi atamaga tegishli?
To‘xtash
Majburiy to‘xtash
Yo‘l berish
To‘xtab turish
To'g'ri javob: To‘xtash
YHQ umumiy qoidalar 6-bandi: to‘xtash — transport vositasi harakatini 10 daqiqagacha bo‘lgan muddatga to‘xtatish (harakatsiz holatga keltirish).
202. Qatnov qismi chetida harakatlanayotgan piyodalar qanday yurishlari kerak?
Transport vositalarining harakatlanishiga qarama-qarshi yo'nalishda.
Transport vositalarining harakati bo'ylab.
Har qanday yo'nalishda.
To'g'ri javob: Transport vositalarining harakatlanishiga qarama-qarshi yo'nalishda.
YHQ 4-bobi 15-bandi 3-xatboshiga muvofiq, qatnov qismi chetida harakatlanayotgan piyodalar transport vositalarining harakatlanishiga qarama-qarshi yo'nalishda yurishlari kerak.
203. Bu belgi nimani bildiradi?
Oldinda tirbandlik borligini
Navbat bilan o‘tishni
To‘xtab turish joyiga borishni
To'g'ri javob: Navbat bilan o‘tishni
YHQ 1 ilova: 7.23. “Navbat bilan o‘tish”.
204. Qaysi haydovchi belgi talabini buzmay to‘xtadi?
Yengil avtomobil
Yuk avtomobil
Har ikkisi ham buzmadi
Har ikkisi buzdi
To'g'ri javob: Har ikkisi buzdi
YHQ 1 ilova: 2.5. “To‘xtamasdan harakatlanish taqiqlangan”. To‘xtash chizig‘i oldida, agar u bo‘lmasa, kesib o‘tiladigan qatnov qismining chetida to‘xtamasdan harakatlanish taqiqlanadi. Haydovchi kesib o‘tilayotgan yo‘ldan, 7.13 qo‘shimcha-axborot belgisi bo‘lganda esa asosiy yo‘ldan harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishi kerak. Bu belgi temir yo‘l kesishmasi yoki karantin maskanidan oldin o‘rnatilishi mumkin. Bunday hollarda haydovchi to‘xtash chizig‘i oldida, agar u bo‘lmasa, belgi oldida to‘xtashi kerak.
205. Bunday vaziyatda siz:
Birinchi o‘tish huquqiga egaman
Ro‘paradan kelayotgan avtomobilga yo‘l beraman
To'g'ri javob: Ro‘paradan kelayotgan avtomobilga yo‘l beraman
YHQ 1-ilova 2.6. “Ro‘para harakatlanishning ustunligi”: Qarama-qarshi harakatlanishni qiyinlashtiradigan hollarda yo‘lning tor qismiga kirish taqiqlanadi. Haydovchi yo‘lning tor qismida bo‘lgan yoki ro‘paradan unga yaqin bo‘lgan transport vositasiga yo‘l berishi kerak.
206. Ushbu belgi qanday nomlanadi?
Sun’iy notekislik
Majburiy sekinlanish
Baland piyodalar o‘tish joyi
To'g'ri javob: Baland piyodalar o‘tish joyi
YHQ 1 ilova: 5.48. “Baland piyodalar o‘tish joyi”. 5.16.1-5.16.2 yo‘l belgilari bilan birga qo‘llaniladi.
207. Qaysi yo‘l yotiq chizig‘i avtomobil yo‘llarida 3D ko‘rinishdagi piyodalar o‘tish joyini bildiradi?
210. Qaysi belgilarda oyning juft kunlarida to‘xtash mumkin?
Chapdagi rasmda
O‘ngdagi rasmda
Har ikkisida mumkin
To'g'ri javob: Har ikkisida mumkin
YHQ 1 ilova: 3.29. “Oyning toq kunlarida to‘xtab turish taqiqlangan”
(xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli bo‘yoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari bundan mustasno). YHQ 1 ilova: 3.30. “Oyning juft kunlarida to‘xtab turish taqiqlangan”
(xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli bo‘yoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari bundan mustasno).
211. Doimiy va vaqtinchalik yo‘l belgilari ma’no jihatidan bir-birini inkor etganda qaysi biriga amal qilasiz?
Doimiy yo‘l belgisiga
Vaqtinchalik yo‘l belgisiga
To'g'ri javob: Vaqtinchalik yo‘l belgisiga
YHQ 1-ilova: Vaqtincha (ko‘chma tirgakdagi) va doimiy belgilar ma’no jihatidan bir-biriga zid kelgan hollarda haydovchilar vaqtincha o‘rnatilgan belgilarga amal qilishlari kerak.
212. Yo‘naltirgichlar bilan ko‘rsatilgan qaysi yo‘nalishlarda harakatlanishga ruxsat etilgan?
Faqat to‘g‘riga
Faqat o‘ngga
Faqat chapga
Faqat to‘g‘riga va o‘ngga
Barcha yo‘nalishlarga
To'g'ri javob: Barcha yo‘nalishlarga
213. Qaysi rasmda haydovchi belgi talabini buzmay to‘xtadi?
Faqat 1-rasmda
Faqat 2-rasmda
Ikkala rasmda
To'g'ri javob: Ikkala rasmda
YHQ 1 ilova: 2.5. “To‘xtamasdan harakatlanish taqiqlangan”. To‘xtash chizig‘i oldida, agar u bo‘lmasa, kesib o‘tiladigan qatnov qismining chetida to‘xtamasdan harakatlanish taqiqlanadi. Haydovchi kesib o‘tilayotgan yo‘ldan, 7.13 qo‘shimcha-axborot belgisi bo‘lganda esa asosiy yo‘ldan harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishi kerak. Bu belgi temir yo‘l kesishmasi yoki karantin maskanidan oldin o‘rnatilishi mumkin. Bunday hollarda haydovchi to‘xtash chizig‘i oldida, u bo‘lmasa, belgi oldida to‘xtashi kerak.
214. Ushbu belgi qanday nomlanadi?
Piyodalarning harakati taqiqlangan
Individual harakatlanish vositalarini boshqarish taqiqlangan
Bolalar uchishi taqiqlangan
Ko‘rsatilgan barcha javoblar to‘g‘ri
To'g'ri javob: Individual harakatlanish vositalarini boshqarish taqiqlangan
YHQ 1 ilova: 3.34. “Individual harakatlanish vositalarini boshqarish taqiqlangan”.
215. Ushbu yotiq yo‘l chizig‘i qaysi guruh yo‘l belgilarini takrorlaydi?
Imtiyoz belgilarni
Ogohlantiruvchi belgilarni
Taqiqlovchi belgilarni
Axborot-ko‘rsatgich belgilarni
To'g'ri javob: Ogohlantiruvchi belgilarni
YHQ 2 ilova: 1.27 — ogohlantiruvchi yo‘l belgilarini takrorlovchi yo‘l chizig‘i. YHQ 1 ilova: 1.18.1 — 1.18.3. “Yo‘lning torayishi”. 1.18.1 — ikki tomonlama torayish 1.18.2 — o‘ngga torayish 1.18.3 — chapga torayishni bildiradi.
216. Kemiruvchi va sudralib yuruvchi hayvonlar qaysi javobda ko‘rsatilgan?
1
2
3
4
2 va 3
To'g'ri javob: 4
YHQ 1 ilova: 1.25.3. “Kemiruvchi va sudralib yuruvchi hayvonlar”.
217. Ushbu belgi qanday nomlanadi?
To‘xtab turish joyi
Pullik to‘xtab turish joyi
Yer usti avtomobil qo‘yish joyi
Yer osti avtomobil qo‘yish joyi
To'g'ri javob: Pullik to‘xtab turish joyi
YHQ 1 ilova: 5.15.1. “Pullik to‘xtab turish joyi”.
218. Qaysi rsmda quvib o‘tish ko‘rsatilgan?
Faqat birinchi va ikkinchi rasmlarda
Faqat birinchi va uchinchi rasmlarda
Faqat birinchi, ikkinchi va to‘rtinchi rasmlarda
Faqat birinchi rasmda
Barcha rasmlarda
To'g'ri javob: Faqat birinchi va ikkinchi rasmlarda
YHQ 1-ilova 1-bob. Umumiy qoidalar:
Quvib o‘tish – bir yoki bir nechta transport vositalarini qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan tasmaga chiqib, so‘ngra ilgari egallagan qatoriga qaytib o‘tish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zib ketish jarayoni.
219. Asosiy yo‘l:
Faqat yuqori chapdagi rasmda
Faqat yuqori o‘ngdagi rasmda
Yuqoridagi ikkala rasmda
Barcha rasmlarda
To'g'ri javob: Yuqoridagi ikkala rasmda
YHQ 1-ilova 1-bob. Umumiy qoidalar: asosiy yo‘l — tuproqli yoki shag‘alli yo‘lga nisbatan qattiq qoplamali (asfalt, sement-betonli va shunga o‘xshashlar yotqizilgan), kesishayotgan yoki tutashgan yo‘lga nisbatan 2.1, 2.3.1 — 2.3.3 yoki 5.1 yo‘l belgilari bilan belgilangan yoxud yondosh hududdan chiqadigan yo‘lga nisbatan har qanday yo‘l. Ikkinchi darajali yo‘lning bevosita chorrahaga tutash qismning qoplamali bo‘lishi uni asosiy yo‘l bilan teng huquqli qilmaydi.
220. Ushbu qo‘shimcha axborot belgisi qaysi yo‘l belgisi bilan qo‘llanailadi?
1
2
3
4
To'g'ri javob: 4
YHQ 1 ilova: 5.15.4 “Elektr quvvatlashli avtomobil qo‘yish joyi”.
221. Ushbu transport vositasi qaysi toifaga kiradi?
M1
M2
N1
O1
To'g'ri javob: M1
7.22. M1 toifasi – yo‘lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan va haydovchining o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlar soni 8 tadan oshmaydigan avtotransport vositalari.
222. Imtiyoz belgilari qaysi joylarda harakatlanish navbatini belgilaydi?
Faqat chorrahalarda
Faqat yo‘lning tor qismlarida
Har ikkala javob ham to‘g‘ri
To'g'ri javob: Har ikkala javob ham to‘g‘ri
YHQga 1-ILOVA 2. Imtiyoz belgilarining 1-xatboshiga asosan: Imtiyoz belgilari — chorrahalarda, qatnov qismlari kesishgan joylarda, yo‘lning tor qismlarida harakatlanish navbatini belgilaydi.
223. Quyidagi yo‘l belgilaridan qaysilari qo‘shimcha axborot belgilari hisoblanadi?
1 va 2 belgilar
2 va 3 belgilar
Barcha belgilar
To'g'ri javob: 2 va 3 belgilar
"YHQga 1-ILOVA 7.2.1 va 7.5.4 bandlariga asosan: 7.2.1. «Ta’sir oralig‘i». Ogohlantiruvchi belgilar bilan belgilangan xavfli joyning uzunligini yoki taqiqlovchi va axborot-ko‘rsatkich belgilarining ta’sir oralig‘ini ko‘rsatadi.
7.5.4. «Amal qilish vaqti». Belgiga kunning qaysi vaqtida amal qilishni ko‘rsatadi."
224. Bu xavflilik belgisi qanday nomlanadi?
Oksidlovchi moddalar
Organik peroksidlar
Tez alangalanadigan gazlar va suyuqliklar
To'g'ri javob: Organik peroksidlar
YHQga 4-ILOVA 5.2 bandiga asosan: 5.2 Organik peroksidlar.
225. To‘xtab turish deb nimaga aytiladi?
Transport vositasi harakatini 10 daqiqagacha bo‘lgan muddatga to‘xtatish (harakatsiz holatga keltirish)
Transport vositasiga yo‘lovchilarni chiqarish yoki tushirish, yuk ortish yoki tushirish bilan bog‘liq bo‘lmagan hollarda harakatini 10 daqiqadan ko‘proq vaqtga atayin to‘xtatish
To'g'ri javob: Transport vositasiga yo‘lovchilarni chiqarish yoki tushirish, yuk ortish yoki tushirish bilan bog‘liq bo‘lmagan hollarda harakatini 10 daqiqadan ko‘proq vaqtga atayin to‘xtatish
YHQning 1-bob. 6-band 64-xatboshiga asosan: to‘xtab turish — transport vositasiga yo‘lovchilarni chiqarish yoki tushirish, yuk ortish yoki tushirish bilan bog‘liq bo‘lmagan hollarda harakatni 10 daqiqadan ko‘proq vaqtga atayin to‘xtatish.
226. To‘xtash deb nimaga aytiladi?
Transport vositasi harakatini 10 daqiqagacha bo‘lgan muddatga to‘xtatish (harakatsiz holatga keltirish)
Transport vositasiga yo‘lovchilarni chiqarish yoki tushirish, yuk ortish yoki tushirish bilan bog‘liq bo‘lmagan hollarda harakatini 10 daqiqadan ko‘proq vaqtga atayin to‘xtatish
To'g'ri javob: Transport vositasi harakatini 10 daqiqagacha bo‘lgan muddatga to‘xtatish (harakatsiz holatga keltirish)
YHQning 1-bob. 6-band 65-xatboshiga asosan: to‘xtash — transport vositasi harakatini 10 daqiqagacha bo‘lgan muddatga to‘xtatish (harakatsiz holatga keltirish).
227. Qaysi javobda "avariya holatini yuzaga keltirish" atamasi ta’rifi to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
Yo‘l-transport hodisalarining kelib chiqish sabablarining oldini olishga, ularning og‘ir oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan faoliyat
Yo‘l harakatining boshqa qatnashchilarini harakat yo‘nalishi yoki tezligini keskin o‘zgartirishga, shuningdek, o‘z xavfsizligini yoxud boshqa fuqarolar xavfsizligini ta’minlash uchun o‘zga choralarni ko‘rishga majbur qilish
To'g'ri javob: Yo‘l harakatining boshqa qatnashchilarini harakat yo‘nalishi yoki tezligini keskin o‘zgartirishga, shuningdek, o‘z xavfsizligini yoxud boshqa fuqarolar xavfsizligini ta’minlash uchun o‘zga choralarni ko‘rishga majbur qilish
1-bob. 6-band 2-xatboshiga asosan: avariya holatini yuzaga keltirish — yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilarini harakat yo‘nalishi yoki tezligini keskin o‘zgartirishga, shuningdek, o‘z xavfsizligini yoxud boshqa fuqarolar xavfsizligini ta’minlash uchun o‘zga choralarni ko‘rishga majbur qilish.
228. Vazirlar Mahkamasining 172-sonli qaroriga muvofiq, Yo‘l harakati qoidalari nechta banddan iborat?
184
186
216
220
To'g'ri javob: 186
YHQning 1-bob. 1-bandiga asosan: Yo‘l harakati qoidalari 186 ta banddan iborat.
229. Yondosh hududlardan yo‘lga chiqish joylarida yoki yo‘lning dala, o‘rmon yo‘llari va boshqa doimiy harakatlanish, o‘tib ketish uchun mo‘ljallanmagan yo‘llar bilan kesishgan (tutashgan) joylarida, ularning oldida tegishli belgilar o‘rnatilmagan bo‘lsa, bu belgilarning ta’siri yo‘qoladimi?
Yo‘qoladi
Yo‘qolmaydi
To'g'ri javob: Yo‘qolmaydi
"YHQga 1-ILOVA 3.Taqiqlovchi belgilarning 46 va 47-xatboshiga asosan: 3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26 — 3.30 belgilarining ta’siri belgi o‘rnatilgan joydan keyingi eng yaqin chorrahagacha, ular bo‘lmaganda — aholi punktining oxirigacha ta’siri qiladi.
Yondosh hududlardan yo‘lga chiqish joylarida yoki yo‘lning dala, o‘rmon yo‘llari va boshqa doimiy harakatlanish, o‘tib ketish uchun mo‘ljallanmagan yo‘llar bilan kesishgan (tutashgan) joylarida, ularning oldida tegishli belgilar o‘rnatilmagan bo‘lsa, bu belgilarning ta’siri yo‘qolmaydi."
230. Ushbu belgi o‘rnatiladi:
“Bolalar uyi” yoki oromgohlari oldidan o‘tgan yo‘l qismlarida o‘rnatiladi
Maktab yoki maktabgacha ta’lim muassasalari oldida
Ko‘zi ojiz piyodalar harakatlanish ehtimoli ko‘p bo‘lgan yo‘l qismlarida o‘rnatiladi
To'g'ri javob: Maktab yoki maktabgacha ta’lim muassasalari oldida
YHQga 1-ILOVA 5.46 bandiga asosan: 5.46 «Maktab». Maktab yoki maktabgacha ta’lim tashkilotlari oldida o‘rnatiladi.
231. Qaysi javobda yo‘l belgilari guruhlarining ketma-ketligi to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
Taqiqlovchi, Imtiyoz, Buyuruvchi, Axborot-ko‘rsatkich, Ogohlantiruvchi, Servis, Qo‘shimcha axborot
Ogohlantiruvchi, Imtiyoz, Taqiqlovchi, Buyuruvchi, Axborot-ko‘rsatkich, Servis, Qo‘shimcha axborot
Ogohlantiruvchi, Imtiyoz, Buyuruvchi, Taqiqlovchi, Axborot-ko‘rsatkich, Servis, Qo‘shimcha axborot
Yuqoridagi barcha javoblar to‘g‘ri
To'g'ri javob: Ogohlantiruvchi, Imtiyoz, Taqiqlovchi, Buyuruvchi, Axborot-ko‘rsatkich, Servis, Qo‘shimcha axborot
YHQning 1-ILOVAsiga asosan: Yo‘l belgilari 7 guruhga bo‘linadi. Ular quyidagilar: 1. Ogohlantiruvchi belgilar; 2. Imtiyoz belgilari; 3. Taqiqlovchi belgilar; 4. Buyuruvchi belgilar; 5. Axborot-ko‘rsatgich belgilari; 6. Servis belgilari; 7. Qo‘shimcha axborot belgilari.
232. Qaysi yo‘nalish bo‘yicha harakatlanishga ruxsat berilgan?
Faqat "A"
Faqat "B"
Har ikki yo‘nalishda mumkin
Har ikki yo‘nalishda taqiqlanadi
To'g'ri javob: Faqat "B"
YHQga 1-ILOVA 4.1.1 bandi va 4.Buyuruvchi belgilarning 10-xatboshiga asosan: 4.1.1. «Harakatlanish to‘g‘riga». 4.1.1 — 4.1.6 yo‘l belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasidan oldin o‘rnatilsa, belgining ta’siri shu kesishmaga joriy qilinadi.
233. Ushbu yo‘l belgisi qanday nomlanadi?
Shanba, yakshanba va bayram kunlari
Hafta kunlari
Ish kunlari
To'g'ri javob: Shanba, yakshanba va bayram kunlari
YHQga 1-ILOVA 7.5.1 bandiga asosan: 7.5.1. «Shanba, yakshanba va bayram kunlari».
234. Qizil avtomobil qaysi yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlanishga ruxsat etiladi?
Faqat to‘g‘riga
To‘g‘riga va chapga
To‘g‘riga va qayrilishga
Barcha yo‘nalishlarga
To'g'ri javob: Faqat to‘g‘riga
YHQga 1-ILOVA 4.1.1 bandi va 4.Buyuruvchi belgilarning 10-xatboshiga asosan: 4.1.1. "Harakatlanish to‘g‘riga". 4.1.1 — 4.1.6 yo‘l belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasidan oldin o‘rnatilsa, belgining ta’siri shu kesishmaga joriy qilinadi.
235. Yoʻl-patrul xizmati xodimlari “Yoʻl-patrul xizmati xodimlarining yoʻl harakati qatnashchilari bilan oʻzaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga ko‘ra qanday huquqlarga ega?
Yo‘l transport hodisasining oldini olish va harakat xavfsizligini ta’minlash
Maxsus tadbirlar o‘tkazish
Ta’qib qilish
Kuzatish
Ko‘rsatilgan barcha javoblar
To'g'ri javob: Ko‘rsatilgan barcha javoblar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan, “Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risida”gi NIZOMga asosan: YPX xodimi o‘z xizmat vazifalarini bajarishda quyidagi huquq va majburiyatlarga ega: maxsus tadbirlar o‘tkazish, transport vositasini ta’qib qilish yoki kuzatish, yo‘l-transport hodisasining oldini olish va harakat xavfsizligini ta’minlash.
236. Ushbu qora transport vositasining haydovchisining yo‘nalishni o‘zgartirishi qanday nomlanadi?
Manyovr qilish
Tasmani o‘zgartirish
Xavfli harakatlanish
Avariya holatini yuzaga keltirish
Barcha javoblar to‘g‘ri
To'g'ri javob: Avariya holatini yuzaga keltirish
YHQning 1-bob. 6-band 2-xatboshiga asosan: avariya holatini yuzaga keltirish — yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilarini harakat yo‘nalishi yoki tezligini keskin o‘zgartirishga, shuningdek, o‘z xavfsizligini yoxud boshqa fuqarolar xavfsizligini ta’minlash uchun o‘zga choralarni ko‘rishga majbur qilish.
237. Transport vositasi haydovchisi tomonidan chiqarilgan havodagi etanol bugʻlari kontsentratsiyasi qancha miqdorni koʻrsatgan hollarda DYHXX xodimi haydovchiga nisbatan alkogolli ichimlik isteʼmol qilganligi fakti yuzasidan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtiradi?
Puflangan havoning bir litrida 0,105 milligramm va undan yuqori boʻlgan hallorda
Puflangan havoning bir litrida 0,135 milligramm va undan yuqori boʻlgan hallorda
Puflangan havoning bir litrida 0,255 milligramm va undan yuqori boʻlgan hallorda
To'g'ri javob: Puflangan havoning bir litrida 0,135 milligramm va undan yuqori boʻlgan hallorda
O‘z. R. SSV, O‘z. R. IIV, O‘z. R. Oliy sudi, O‘z. R. Bosh prokuraturasining 2018 yil 20 noyabrdagi 52, 74, 11-192-18, 68-qq-son qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan, “Transport vositalari haydovchilarining mast holatda ekanligini aniqlash tartibi to‘g‘risida”gi NIZOMning 10 - bandiga asosan: 10. Transport vositasi haydovchisi tomonidan chiqarilgan havodagi etanol bug‘lari kontsentratsiyasi ko‘rsatkichi 0,135 milligramm va undan yuqori bo‘lgan hollarda DYHXX xodimi haydovchiga nisbatan alkogolli ichimlik iste’mol qilganligi fakti yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 131-moddasiga muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtiradi.
238. Ushbu xavflilik belgisi qaysi turdagi moddalarni bildiradi?
239. Ushbu belgi o‘rnatilgan hududda qaysi toifalarga ega avtotransport vositalari harakatlanishi mumkin?
Toza
O‘rta
Zararli
To'g'ri javob: Toza
YHQga 1-ILOVA 3.35 bandiga asosan: 3.35. Ekologik zona hududida «o‘rta» va «zararli» ekologik toifalarga ega avtotransport vositalari harakatlanishi taqiqlangan.
3.35 belgisi ekologik zona hududiga kirishdan 150 — 300 metr oldin o‘rnatiladi.
240. Ushbu yo‘l nechta harakatlanish tasmasiga ega?
Bitta harakatlanish tasmasiga
Uchta harakatlanish tasmasiga
Ikkita harakatlanish tasmasiga
To'g'ri javob: Ikkita harakatlanish tasmasiga
YHQning 1-bob. 6-band 84-xatboshiga asosan: harakatlanish tasmasi — avtomobillarning bir qator bo‘lib harakatlanishi uchun yetarlicha keng bo‘lgan, yo‘l chiziqlari bilan belgilangan yoki belgilanmagan yo‘l qatnov qismining har qanday bo‘ylama tasmasi.
241. Ushbu ko‘rsatilgan yo‘l nechta qatnov qismiga ega?
Bitta
Ikkita
To‘rtta
To'g'ri javob: Ikkita
Йўл ҳаракати қоидаларининг 6 бандига асосан, ажратувчи минтақа — йўлнинг ёнма-ён жойлашган қатнов қисмларини ажратувчи, транспорт воситалари ҳаракатланиши ёки тўхташи учун мўлжалланмаган, йўл сатҳидан кўтарилган ёки майсазор, ариқ, махсус тўсиқлар билан ажратилган баланд қисми.