Tashqi yoritish asboblaridan foydalanish: test savollari

1. Sutkaning qorong‘i vaqtida sun’iy yoritilmagan yo‘llarda yoki yetarli ko‘rinmaslik sharoitida yonmaydigan orqa gabarit chiroqlari bilan to‘xtab turish yoki ta’mirlash joyiga borishga ruxsat etiladimi?

  1. Alohida ehtiyotkorlik bilan borishga ruxsat etiladi
  2. Taqiqlanadi

To'g'ri javob: Taqiqlanadi

YHQ 2 – bobi 12 – bandining uchunchi xatboshisiga asosan: tormoz tizimi, rul boshqaruvi ishlamayotgan, ulagich moslamasi ( avtopoyezd tarkibida ) nosoz bo‘lgan, sutkaning qorong‘i vaqtida yoki ko‘rinish cheklangan vaziyatlarda yonmaydigan fara chiroqlari va orqa gabarit fara chiroqlari, yomg‘ir yoki qor yog‘ayotgan vaqtda oyna tozalagich ishlamaydigan transport vositasini boshqarish taqiqlanadi.

2. Yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda yo‘lning yoritilmagan qismida to‘xtagan yoki to‘xtab turgan mexanik transport vositasining haydovchisi bajarishi kerak:

  1. Tumanga qarshi fara chiroqlarni va yaqinni yorituvchi fara chiroqlarni yoqishi
  2. Faralarning uzoqni yorituvchi fara chiroqlarini yoqishi
  3. Gabarit fara chiroqlarini yoqishi

To'g'ri javob: Gabarit fara chiroqlarini yoqishi

YHQ 23-bobi 136-bandiga asosan: Qorong‘i vaqtda yo‘lning yoritilmagan qismida, shuningdek yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda to‘xtagan yoki to‘xtab turgan transport vositasida gabarit chiroqlari yoqilgan bo‘lishi kerak. Etarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda gabarit chiroqlariga qo‘shimcha ravishda yaqinni yorituvchi fara chiroqlari, tumanga qarshi fara chiroqlari va tumanga qarshi orqa fara chiroqlari yoqilishi mumkin.

3. Sutkaning qorong‘i vaqtida yo‘lning yoritilgan qismida harakatlanayotgan mexanik transport vositasida qaysi fara chiroqlar yoqilgan bo‘lishi kerak?

  1. Faralarning yaqinni yorituvchi chiroqlari
  2. Faralarning uzoqni yorituvchi chiroqlari yoki gabarit chiroqlar
  3. Faralarning yaqinni yorituvchi chiroqlari (tumanga qarshi faralar) yoki gabarit chiroqlar

To'g'ri javob: Faralarning yaqinni yorituvchi chiroqlari

YHQ 23-bobi 135-bandiga asosan, quyidagi hollarda uzoqni yorituvchi chiroqlar o‘rniga yaqinni yorituvchi chiroqlar yoqilishi kerak: yo‘l yoritilgan bo‘lsa.

4. Sutkaning qorong‘i vaqtida yo‘lning yoritilmagan qismlarida harakatlanayotganda mexanik transport vositasining qaysi fara chiroqlari yoqilgan bo‘lishi kerak?

  1. Yaqinni yoki uzoqni yorituvchi fara chiroqlari
  2. Faqat yaqinni yorituvchi fara chiroqlari
  3. Faqat uzoqni yorituvchi fara chiroqlari

To'g'ri javob: Yaqinni yoki uzoqni yorituvchi fara chiroqlari

YHQ 23 – bobi 134 – bandining birinchi va ikkinchi xatboshilariga asosan: Qorong‘i vaqtda va yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda, shuningdek yo‘lning yoritilganligidan qat‘i nazar, tunnellarda harakatlanayotgan transport vositalarida quyidagi yoritish asboblari yoqilgan bo‘lishi kerak: barcha mexanik transport vositalari – uzoqni yoki yaqinni yorituvchi chiroqlar.

5. Yo‘lning yoritilmagan qismlarida sutkaning qorong‘i vaqtida to‘xtaganda gabarit chiroqlari nosoz bo‘lsa:

  1. Yaqinni yorituvchi faralarni yoqish
  2. O‘ngroqqa olish va yaqinni yorituvchi farani yoqish zarur
  3. Transport vositasini yo‘lning chetiga olib chiqish, agar buning iloji bo‘lmasa mazkur qoidalar talablariga binoan uni belgilash lozim

To'g'ri javob: Transport vositasini yo‘lning chetiga olib chiqish, agar buning iloji bo‘lmasa mazkur qoidalar talablariga binoan uni belgilash lozim

YHQ 23 – bobi 136 – bandi: Sutkaning qorong‘i vaqtida yo‘lning yoritilmagan qismida, shuningdek, yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda to‘xtagan yoki to‘xtab turgan transport vositasida gabarit fara chiroqlari yoqilgan bo‘lishi kerak.

6. Orqa tomondagi tumanga qarshi chiroqlar quyidagi hollarda qo‘llanishi mumkin:

  1. Sutkaning qorong‘u vaqtida safda harakatlanishda
  2. Tunellarda harakatlanishda
  3. Faqat yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitlarda
  4. Sutkaning qorong‘u vaqtida yuk tushirishda
  5. Sanab o‘tilgan barcha hollarda

To'g'ri javob: Faqat yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitlarda

YHQ 23-bobi 140-bandiga muvofiq, tumanga qarshi orqa fara chiroqlarini faqat yetarlicha ko'rinmaydigan sharoitda qo'llash mumkin.

7. Transport vositalarida sun’iy yoritilgan tunnelda harakatlanayotganda qanday yoritish asboblari yoqilishi kerak?

  1. Faqat uzoqni yorituvchi fara chiroqlar
  2. Uzoqni yoki yaqinni yorituvchi fara chiroqlari
  3. Avariya yorug‘lik ishoralari
  4. Yoritish chiroqlari yoqilmaydi

To'g'ri javob: Uzoqni yoki yaqinni yorituvchi fara chiroqlari

YHQ 23 – bobi 134 – bandining birinchi va ikkinchi xatboshlariga asosan: Qorong‘i vaqtda va yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda, shuningdek yo‘lning yoritilganligidan qat‘i nazar, tunnellarda harakatlanayotgan transport vositalarida quyidagi yoritish asboblari yoqilgan bo‘lishi kerak: barcha mexanik transport vositalari – uzoqni yoki yaqinni yorituvchi chiroqlar.

8. Tumanga qarshi fara chiroqlardan foydalanish mumkin?

  1. Yetarli ko‘rinmaydigan sharoitlarda
  2. Mexanik transport vositasini shatakka olganda
  3. Sanab o‘tilgan barcha hollarda

To'g'ri javob: Sanab o‘tilgan barcha hollarda

YHQ 23 – bobi 137 – bandiga asosan, quyidagi hollarda tumanga qarshi chiroqlarni qo‘llash mumkin: yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda alohida, shuningdek, uzoqni yorituvchi yoki yaqinni yorituvchi fara chiroqlari bilan; shuningdek, ushbu Qoidalarning 138-bandida ko‘zda tutilgan holatlarda yaqinni yorituvchi fara chiroqlari o‘rniga mexanik transport vositalarini shatakka olishda (shatakka olib ketayotgan transport vositasida).

9. Haydovchi boshqa haydovchilarning ko‘zini qamashtirishi mumkin bo‘lgan uzoqni yorituvchi fara chiroqlarini yaqinni yorituvchi fara chiroqlariga qachon almashtirishi kerak?

  1. Ro‘paradagi transport vositasiga 100 m. qolganda
  2. Ro‘paradagi transport vositasiga 150 m. qolganda, shuningdek, ko‘proq masofada ham, agar ro‘paradagi transport vositasining haydovchisi fara chiroqlarini o‘chirib yoqib shuni zarur deb ko‘rsatsa
  3. Ro‘paradagi transport vositasiga 250 m. qolganda
  4. Ro‘paradagi transport vositasiga 300 m. qolganda

To'g'ri javob: Ro‘paradagi transport vositasiga 150 m. qolganda, shuningdek, ko‘proq masofada ham, agar ro‘paradagi transport vositasining haydovchisi fara chiroqlarini o‘chirib yoqib shuni zarur deb ko‘rsatsa

YHQ 23-bobi 135-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshlariga asosan, quyidagi hollarda uzoqni yorituvchi chiroqlar o'rniga yaqinni yorituvchi chiroqlar yoqilishi kerak: qarama-qarshi yo'nalishdagi transport vositasiga kamida 150 metr masofa qolganda, shuningdek haydovchi transport vositasining chiroqlarini vaqt-vaqti bilan o'chirib bunga zaruriyat borligini bildirgan hollarda undan ham ko'proq masofada; qarama-qarshi va bir yo'nalishdagi transport vositalari haydovchilarining ko'zini qamashtirishi mumkin bo'lgan boshqa barcha holatlarda.

10. Projektor-fara chiroqdan foydalanishga ruxsat etiladi:

  1. Aholi punktlaridan tashqarida, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan transport vositalari bo‘lmaganda
  2. Faqat yetarli ko‘rinmaydigan sharoitda
  3. Agar bunga zaruriyat tug‘ilsa, barcha joylarda
  4. Kunning qorong‘i vaqtida yo‘lning barcha qismlarida

To'g'ri javob: Aholi punktlaridan tashqarida, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan transport vositalari bo‘lmaganda

YHQ 23-bobi 139 - bandiga muvofiq, projektor-fara chiroqlari va izlovchi-fara chiroqlaridan aholi punktlaridan tashqarida, qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanayotgan transport vositalari bo'lmaganda foydalanish mumkin.

11. Rul boshqaruvi ishlamayotgan transport vositasini to‘xtab turish yoki ta’mirlash joyiga olib borishga ruxsat etiladimi?

  1. Qattiq ulagichda shatakka olinganda ruxsat etiladi
  2. Egiluvchan ulagich bilan shatakka olinganda, harakat xavfsizligini ta’minlovchi tezlikda ruxsat etiladi
  3. Qisman ortish usuli bilan shatakka olinganda ruxsat etiladi

To'g'ri javob: Qisman ortish usuli bilan shatakka olinganda ruxsat etiladi

YHQ 2-bobi 12-bandining uchinchi xatboshisiga asosan, haydovchiga quyidagilar taqiqlanadi: tormoz tizimi, rul boshqaruvi ishlamayotgan, ulagich moslamasi (avtopoyezd tarkibida) nosoz bo‘lgan, qorong‘i vaqtda yoki yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda - old chiroqlar va orqa gabarit chiroqlari bo‘lmagan yoki yonmayotgan, yomg‘ir, qor yog‘ayotgan vaqtda haydovchi tomonidagi oyna tozalagich ishlamayotgan transport vositalarini boshqarish.

12. Qanday nosozlik bo‘lganda, transport vositalarining harakatlanishini davom ettirishi taqiqlanadi?

  1. Transport vositalarining tuzilishida ko‘zda tutilgan oyna yuvgichlari ishlamasa
  2. Tashqi yoritish asboblari va nur qaytargichlar belgilangan tartibda ishlamasa yoki ifloslangan
  3. Yomg‘ir yoki qor yog‘ayotgan vaqtda haydovchi tomonidagi oyna tozalagich ishlamasa
  4. Sanab o‘tilgan barcha hollarda

To'g'ri javob: Yomg‘ir yoki qor yog‘ayotgan vaqtda haydovchi tomonidagi oyna tozalagich ishlamasa

YHQ 2-bob 12-bandi 3-xatboshiga asosan, haydovchiga transport vositasini tormoz tizimi, rul boshqaruvi ishlamayotgan, ulagich moslamasi (avtopoyezd tarkibida) nosoz bo‘lgan, sutkaning qorong‘i vaqtida yoki ko‘rinish cheklangan vaziyatlarda yonmaydigan fara chiroqlari va orqa gabarit fara chiroqlari, yomg‘ir yoki qor yog‘ayotgan vaqtda oyna tozalagich ishlamaydigan transport vositasini boshqarish taqiqlanadi.

13. Avtobuslarda bolalar guruhini tashkiliy ravishda tashishda qanday hollarda kunning yorug‘ vaqtida yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqib qo‘yilishi kerak?

  1. Faqat ko‘rinish yetarli bo‘lmagan sharoitlarda
  2. Faqat harakat serqatnov bo‘lganda
  3. Haydovchining xohishiga ko‘ra
  4. Tashish amalga oshirilayotgan barcha hollarda

To'g'ri javob: Tashish amalga oshirilayotgan barcha hollarda

YHQ 23-bobi 138-bandi 3-xatboshiga muvofiq, kunning yorug‘ vaqtida quidagi hollarda yaqinni yorituvchi faralar yoqilishi kerak: avtobusda bolalar guruhini tashkiliy tashishda.

14. Sun’iy yoritilgan tunellarda harakatlanayotganda qoidalar mexanik transport vositasining haydovchisiga qanday majburiyat yuklaydi:

  1. Majburiy to‘xtash yoritgichini yoqishni
  2. 40 km/soatdan oshmaydigan tezlik bilan harakatlanishni
  3. Tovushli xabar berishni
  4. Uzoqni yoki yaqinni yorituvchi chiroqlarni yoqishni

To'g'ri javob: Uzoqni yoki yaqinni yorituvchi chiroqlarni yoqishni

YHQ 23-bobi 134-bandining birinchi xatboshisiga asosan, qorong‘i vaqtda va yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda, shuningdek yo‘lining yoritilganligidan qat’i nazar, tunnellarda harakatlanayotgan transport vositalarida quyidagi yoritish asboblari yoqilgan bo‘lishi kerak: barcha mexanik transport vositalari - uzoqni yoki yaqinni yorituvchi chiroqlar.

15. Qanday hollarda Qoidalar bilan tumanga qarshi orqa chiroqlarni qo‘llashga ruxsat etilgan?

  1. Transport vositasi bilan shatakka olganda
  2. Saf tarkibida harakatlanganda
  3. Kunning qorong‘i vaqtida
  4. Yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda
  5. Sanab o‘tilgan barcha hollarda

To'g'ri javob: Yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda

premium_required

16. Tumanga qarshi faralar va orqa tumanga qarshi chiroqlar birga yoqilishi mumkin:

Tumanga qarshi faralar va orqa tumanga qarshi chiroqlar birga yoqilishi mumkin:
  1. Cheklangan ko‘rinish sharoitida
  2. Yetarlicha ko‘rinmaslik sharoitida

To'g'ri javob: Yetarlicha ko‘rinmaslik sharoitida

Yo‘l harakati qoidalarining 140 bandiga asosan, tumanga qarshi orqa fara chiroqlarini faqat yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda qo‘llash mumkin. Tumanga qarshi orqa fara chiroqlarini to‘xtash fara chiroqlari (stop-signal)ga ulash taqiqlanadi.

17. Kunning yorug‘ vaqtida aholi punktlarida quvib o‘tilayotgan transport vositasi haydovchisining e’tiborini jalb qilish uchun mumkin:

Kunning yorug‘ vaqtida aholi punktlarida quvib o‘tilayotgan transport vositasi haydovchisining e’tiborini jalb qilish u…
  1. Tovush signalidan foydalanish
  2. Faqat yaqinni yorituvchi chiroqni uzoqni yorituvchi chiroqqa qisqa muddat orasida o‘tkazish bilan ishora berish
  3. Faqat birgalikda yorug‘lik ishoralari bilan birga tovush signallarini qo‘llash
  4. Sanab o‘tilganlarning barchasidan foydalanish

To'g'ri javob: Faqat yaqinni yorituvchi chiroqni uzoqni yorituvchi chiroqqa qisqa muddat orasida o‘tkazish bilan ishora berish

Yo‘l harakati qoidalarining 49 bandiga asosan, quvib o‘tish haqida tovushli ishora o‘rniga yoki u bilan birga fara chiroqlarini yoqib-o‘chirib, ogohlantirish ishorasini ham berish mumkin. Yo‘l harakati qoidalarining 48 bandiga asosan, tovushli ishoralar faqat quyidagi hollarda qo‘llanilishi mumkin: aholi punktlaridan tashqarida boshqa haydovchilarni quvib o‘tish haqida ogohlantirish uchun; zarur bo‘lgan hollarda yo‘l-transport hodisasining oldini olish uchun. Yuqorida ko‘rsatilgan hollardan tashqari tovushli ishoralardan foydalanish taqiqlanadi.

18. Kunning yorug‘ vaqtida quyidagi hollarda yaqinni yorituvchi chiroqlar yoqilishi kerak:

  1. Mototsikl va mopedlarda
  2. Xavfli, katta o‘lchamli va og‘ir vaznli yuklarni tashishda
  3. Yo‘lovchilarni tashiyotgan avtobus va yo‘nalishli transport vositalarida
  4. Barcha sanab o‘tilgan hollarda

To'g'ri javob: Barcha sanab o‘tilgan hollarda

Yo‘l harakati qoidalarining 138 bandiga asosan, sutkaning yorug‘ vaqtida quyidagi hollarda yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilishi kerak: transport vositalari tashkiliy jamlanma safida harakatlanayotganda; yo‘lovchilarni tashiyotgan avtobuslar va yo‘nalishli transport vositalarida; bolalar guruhini tashkiliy tashishda; xavfli, katta o‘lchamli va og‘ir vaznli yuklarni tashishda; mexanik transport vositalarini shatakka olishda (shatakka olib ketayotgan transport vositasida); kuchli yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) sharoitida; mototsikl va mopedlarda.

19. Kunning qorong‘i vaqtida aholi punktlarida yo‘lning yoritilgan qismida Siz qanday tashqi yoritish chiroqlaridan foydalanishingiz kerak?

Kunning qorong‘i vaqtida aholi punktlarida yo‘lning yoritilgan qismida Siz qanday tashqi yoritish chiroqlaridan foydala…
  1. Gabarit chiroqlardan
  2. Yaqinni yorituvchi chiroqlardan
  3. Yaqinni yoki uzoqni yorituvchi chiroqlardan

To'g'ri javob: Yaqinni yorituvchi chiroqlardan

Yo‘l harakati qoidalarining 135 bandiga asosan, quyidagi hollarda uzoqni yorituvchi fara chiroqlari o‘rniga yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilishi kerak: yo‘l yoritilgan bo‘lsa.

20. Qaysi hollarda Sizga harakatni davom ettirish taqiqlanadi, hatto ta’mirlash ustaxonasiga ham, agarda faralar va orqa gabarit chiroqlar nosoz bo‘lsa?

Qaysi hollarda Sizga harakatni davom ettirish taqiqlanadi, hatto ta’mirlash ustaxonasiga ham, agarda faralar va orqa ga…
  1. Faqat yetarlicha ko‘rinmaslik sharoitida
  2. Kunning qorong‘u vaqtida
  3. Har ikki sanab o‘tilgan holda

To'g'ri javob: Har ikki sanab o‘tilgan holda

Yo‘l harakati qoidalarining 12 bandiga asosan, haydovchiga quyidagilar taqiqlanadi: tormoz tizimi, rul boshqaruvi ishlamayotgan, ulagich moslamasi (avtopoyezd tarkibida) nosoz bo‘lgan, sutkaning qorong‘i vaqtida yoki ko‘rinish cheklangan vaziyatlarda yonmaydigan fara chiroqlari va orqa gabarit fara chiroqlari, yomg‘ir yoki qor yog‘ayotgan vaqtda oyna tozalagich ishlamaydigan transport vositasini boshqarish.

21. Kunning yorug‘ vaqtida aholi punktlaridan tashqarida quvib o‘tilayotgan transport vositasi haydovchisining e'tiborini qanday jalb qilasiz?

Kunning yorug‘ vaqtida aholi punktlaridan tashqarida quvib o‘tilayotgan transport vositasi haydovchisining e'tiborini q…
  1. Faqat chiroqlarni yoqib-o‘chirish bilan
  2. Sanab o‘tilgan barcha usul bilan va ularni birgalikda qo‘llash bilan
  3. Faqat tovush ishoralarini qo‘llab

To'g'ri javob: Sanab o‘tilgan barcha usul bilan va ularni birgalikda qo‘llash bilan

Yo‘l harakati qoidalarining 49 bandiga asosan, quvib o‘tish haqida tovushli ishora o‘rniga yoki u bilan birga fara chiroqlarini yoqib-o‘chirib, ogohlantirish ishorasini ham berish mumkin. Yo‘l harakati qoidalarining 48 bandiga asosan, tovushli ishoralar faqat quyidagi hollarda qo‘llanilishi mumkin: aholi punktlaridan tashqarida boshqa haydovchilarni quvib o‘tish haqida ogohlantirish uchun; zarur bo‘lgan hollarda yo‘l-transport hodisasining oldini olish uchun. Yuqorida ko‘rsatilgan hollardan tashqari tovushli ishoralardan foydalanish taqiqlanadi.

22. Tuman sharoitida, agar ko‘rinish masofasi 300 metrdan kam bo‘lsa kunduzgi chiroqlarni yoqish yetarlimi?

Tuman sharoitida, agar ko‘rinish masofasi 300 metrdan kam bo‘lsa kunduzgi chiroqlarni yoqish yetarlimi?
  1. Yetarli
  2. Yetarli emas

To'g'ri javob: Yetarli emas

o‘l harakati qoidalarining 6 bandiga asosan, yetarlicha ko‘rinmaslik — yomg‘ir, qor yog‘ishi, tuman tushishi va shunga o‘xshash sharoitlarda, shuningdek, kunning g‘ira-shira vaqtida yo‘lning ko‘rinish masofasi 300 metrdan kam bo‘lishi. Yo‘l harakati qoidalarining 137 bandiga asosan, quyidagi hollarda tumanga qarshi fara chiroqlaridan foydalanish mumkin: yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda alohida, shuningdek, uzoqni yorituvchi yoki yaqinni yorituvchi fara chiroqlari bilan.

23. Kunning yorug‘ vaqtida aholi punktlaridan tashqarida quvib o‘tilayotgan transport vositasi haydovchisining e'tiborini qanday jalb qilasiz?

Kunning yorug‘ vaqtida aholi punktlaridan tashqarida quvib o‘tilayotgan transport vositasi haydovchisining e'tiborini q…
  1. Faqat chiroqlarni yoqib-o‘chirish bilan
  2. Sanab o‘tilgan barcha usul bilan va ularni birgalikda qo‘llash bilan
  3. Faqat tovush ishoralarini qo‘llab

To'g'ri javob: Sanab o‘tilgan barcha usul bilan va ularni birgalikda qo‘llash bilan

Yo‘l harakati qoidalarining 49 bandiga asosan, quvib o‘tish haqida tovushli ishora o‘rniga yoki u bilan birga fara chiroqlarini yoqib-o‘chirib, ogohlantirish ishorasini ham berish mumkin. Yo‘l harakati qoidalarining 48 bandiga asosan, tovushli ishoralar faqat quyidagi hollarda qo‘llanilishi mumkin: aholi punktlaridan tashqarida boshqa haydovchilarni quvib o‘tish haqida ogohlantirish uchun; zarur bo‘lgan hollarda yo‘l-transport hodisasining oldini olish uchun. Yuqorida ko‘rsatilgan hollardan tashqari tovushli ishoralardan foydalanish taqiqlanadi.

24. Tumanga qarshi chiroqlarni qorong‘i vaqtda yo‘lning yoritilmagan qismlarida uzoqni yorituvchi chiroqlar bilan birga qo‘llash mumkinmi?

Tumanga qarshi chiroqlarni qorong‘i vaqtda yo‘lning yoritilmagan qismlarida uzoqni yorituvchi chiroqlar bilan birga qo‘…
  1. Ha
  2. Yo‘q

To'g'ri javob: Ha

Yo‘l harakati qoidalarining 137 bandiga asosan, quyidagi hollarda tumanga qarshi fara chiroqlaridan foydalanish mumkin: sutkaning qorong‘i vaqtida yo‘lning yoritilmagan qismlarida uzoqni yoki yaqinni yorituvchi fara chiroqlari bilan birga.

25. Tumanga qarshi old chiroqlarni qorong‘i vaqtda, yo‘lning yoritilmagan qismlarida uzoqni yoki yaqinni yorituvchi chiroqlar bilan birga qo‘llash mumkinmi?

Tumanga qarshi old chiroqlarni qorong‘i vaqtda, yo‘lning yoritilmagan qismlarida uzoqni yoki yaqinni yorituvchi chiroql…
  1. Mumkin
  2. Mumkin emas

To'g'ri javob: Mumkin

Yo‘l harakati qoidalarining 137 bandiga asosan, quyidagi hollarda tumanga qarshi fara chiroqlaridan foydalanish mumkin: sutkaning qorong‘i vaqtida yo‘lning yoritilmagan qismlarida uzoqni yoki yaqinni yorituvchi fara chiroqlari bilan birga.

26. Old chiroqlar va orqa gabarit chiroqlari ishlamayotgan transport vositasi harakatini davom ettirishi taqiqlanadi:

Old chiroqlar va orqa gabarit chiroqlari ishlamayotgan transport vositasi harakatini davom ettirishi taqiqlanadi:
  1. Faqat yetarli ko‘rinmaslikda
  2. Faqat kunning qorong‘i vaqtida
  3. Barcha javoblarda ko‘rsatilgan holatlarda

To'g'ri javob: Barcha javoblarda ko‘rsatilgan holatlarda

Yo‘l harakati qoidalarining 12 bandiga asosan, haydovchiga quyidagilar taqiqlanadi: tormoz tizimi, rul boshqaruvi ishlamayotgan, ulagich moslamasi (avtopoyezd tarkibida) nosoz bo‘lgan, sutkaning qorong‘i vaqtida yoki ko‘rinish cheklangan vaziyatlarda yonmaydigan fara chiroqlari va orqa gabarit fara chiroqlari, yomg‘ir yoki qor yog‘ayotgan vaqtda oyna tozalagich ishlamaydigan transport vositasini boshqarish.

27. Qaysi rasmda piyodalarning tashkiliy jamlannmasi yo‘lning qatnov qismida qoidani buzmay harakatlanmoqda?

Qaysi rasmda piyodalarning tashkiliy jamlannmasi yo‘lning qatnov qismida qoidani buzmay harakatlanmoqda?
  1. 1
  2. 2
  3. 1, 2

To'g'ri javob: 1

YHQ 4-bobi 16-bandiga asosan: Piyodalarning tashkiliy jamlanmasiga yo‘lning qatnov qismida bir qatorda to‘rt kishidan ortiq bo‘lmasdan, faqat transport vositalarining harakat yo‘nalishi bo‘ylab o‘ng tomondan harakatlanishga ruxsat etiladi. Jamlanmaning oldi va orqasida chap tomondan qizil bayroqcha, sutkaning qorong‘i vaqtida yoki yetarlicha ko‘rinmaslik sharoitida esa oldinda oq, orqada qizil rangli chiroq ko‘targan kuzatuvchilar bo‘lishi shart. Bolalar guruhini trotuarlar va piyodalar yo‘lkalaridangina, ular bo‘lmaganda esa yo‘l yoqasidan faqat sutkaning yorug‘ vaqtida va katta yoshdagilar kuzatuvida olib yurishga ruxsat etiladi.