Taqiqlovchi belgilar: test savollari

1. Qaysi belgi transport vositalarining belgida ko'rsatilgandan kam oraliq masofada harakatlanishini taqiqlaydi?

Qaysi belgi transport vositalarining belgida ko'rsatilgandan kam oraliq masofada harakatlanishini taqiqlaydi?
  1. A.
  2. B.
  3. C.
  4. D.

To'g'ri javob: C.

YHQ 1-ilovasining 3-bo'limi 3.16 belgisiga asosan, "Eng kam oraliq" belgisida ko'rsatilganidan kam oraliq masofada harakatlanish taqiqlanadi.

2. Ushbu yo‘l belgisi nimani bildiradi?

Ushbu yo‘l belgisi nimani bildiradi?
  1. Belgida ko'rsatilgandan ortiq yuk ko'taruvchi yuk avtomobillari va transport vositalari tarkibi (tirkamali yuk avtomobillari)ning harakat qilishi taqiqlanadi
  2. Umumiy haqiqiy vazni (yo'lovchilar va yuk vaznini qo'shgan holda) belgida ko'rsatilganidan ortiq bo'lgan transport vositalarining, shuningdek, transport vositalari tarkiblarining harakatlanishi taqiqlanadi

To'g'ri javob: Umumiy haqiqiy vazni (yo'lovchilar va yuk vaznini qo'shgan holda) belgida ko'rsatilganidan ortiq bo'lgan transport vositalarining, shuningdek, transport vositalari tarkiblarining harakatlanishi taqiqlanadi

YHQ 1-ilovasining 3-bo'limi 3.11 "Vazn cheklangan" belgisiga muvofiq, haqiqiy umumiy vazni belgida ko'rsatilganidan ortiq bo'lgan transport vositalarining, shuningdek, transport vositalari tarkiblarining harakatlanishi taqiqlanadi.

3. Qaysi javobda ruxsat etilgan harakatlanish yo‘nalishlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

Qaysi javobda ruxsat etilgan harakatlanish yo‘nalishlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
  1. A
  2. B
  3. C
  4. A va B
  5. A va С

To'g'ri javob: A va B

YHQ 1-ilovasining 3-bo'limi 4-xatboshiga asosan, 3.18.1 "O'ngga burilish taqiqlangan" belgisi qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga o'rnatilsa, shu kesishmaga tatbiq etiladi.

4. Qaysi yo‘nalishda harakatlanishga ruxsat etiladi?

Qaysi yo‘nalishda harakatlanishga ruxsat etiladi?
  1. Faqat to‘g‘riga
  2. Faqat o‘ngga
  3. To‘g‘riga va o‘ngga
  4. Faqat chapga

To'g'ri javob: Faqat chapga

YHQ 1-ilovasi 3-bo'limi 3.1 belgisi, "kirish taqiqlangan". Barcha transport vositalarining kirishi taqiqlanishini bildiradi.

5. Bu joyda quvib o'tishga ruxsat etiladimi?

Bu joyda quvib o'tishga ruxsat etiladimi?
  1. Ruxsat etiladi.
  2. Taqiqlanadi.
  3. Agar quvib o'tilayotgan transportning tezligi 40 km/soatdan kam bo'lsa ruxsat etiladi.

To'g'ri javob: Ruxsat etiladi.

YHQ 1-ilova 3-bo'lim 3.22. "Yuk avtomobillarida quvib o'tish taqiqlangan" yo'l belgisi, to'liq vazni 3,5 tonnadan ortiq bo'lgan yuk avtomobillarida barcha transport vositalarini quvib o'tish taqiqlanishini bildiradi (soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan transport vositasi, traktor, ot-arava, velosiped bundan mustasno), belgisi ostidagi 7.1.1. "Obyektgacha bo'lgan masofa" qo'shimcha axborot belgisi 3.22 belgisi ta'sir hududi boshlanadigan joygacha bo'lgan masofani ko'rsatadi.

6. Qaysi yo‘nalishda harakatlanish taqiqlanadi?

Qaysi yo‘nalishda harakatlanish taqiqlanadi?
  1. O‘ngga birinchi yo‘lga
  2. O‘ngga ikkinchi yo‘lga
  3. O‘ngga birinchi va ikkinchi yo‘llarga

To'g'ri javob: O‘ngga ikkinchi yo‘lga

YHQ 1- ilovasining 3-bo'limi 4-xatboshiga asosan, 3.18.1 belgisi qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga o'rnatilsa, shu kesishmaga tatbiq etiladi.

7. Yotiq chiziqning uzluksiz sariq chizig‘i nimani bildiradi?

Yotiq chiziqning uzluksiz sariq chizig‘i nimani bildiradi?
  1. Transport vositalarining to‘xtashi taqiqlangan joyni
  2. Belgilangan yo‘nalishli transport vositalari uchun va taksi to‘xtashiga ruxsat berilgan joyni
  3. Transport vositalarining to‘xtab turishi taqiqlangan joyni

To'g'ri javob: Transport vositalarining to‘xtashi taqiqlangan joyni

YHQ 2-ilovasining 1-bo'limiga asosan, 1.4 yotiq chizig'i – to'xtash taqiqlangan joyni bildiradi. Yakka holda yoki 3.27 "To'xtash taqiqlangan" yo'l belgisi bilan qo'llaniladi hamda yo'lning qatnov qismi chetiga yoki yo'l chetidagi to'siq ustidan chiziladi.

8. Qaysi belgi gabarit uzunligi belgida ko‘rsatilganidan uzunroq bo‘lgan transport vositalarining harakatlanishini taqiqlaydi?

Qaysi belgi gabarit uzunligi belgida ko‘rsatilganidan uzunroq bo‘lgan transport vositalarining harakatlanishini taqiqla…
  1. 1
  2. 2
  3. 3
  4. 4
  5. 5

To'g'ri javob: 2

YHQ 1-ilovasining 3-bo'limi 3.15 "Cheklangan uzunlik" belgisiga muvofiq, belgi gabarit uzunligi (yuk bilan yoki yuksiz) belgida ko'rsatilganidan ortiq bo'lgan transport vositalari (transport vositalari tarkiblari)ning harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.

9. Quyidagi 3.27 "To'xtash taqiqlangan" belgisining amal qilish chegarasi qayerda tugaydi?

Quyidagi 3.27 "To'xtash taqiqlangan" belgisining amal qilish chegarasi qayerda tugaydi?
  1. Birinchi chorrahada.
  2. Aholi yashaydigan joyning oxirida.
  3. Yo'lning yotiq sariq chizig'i oxirida.

To'g'ri javob: Yo'lning yotiq sariq chizig'i oxirida.

YHQ 1-ilovasining 3-bo'limi 11-xatboshiga asosan, 3.27 "To'xtash taqiqlangan" belgisi 1.4 yotiq chizig'i bilan birgalikda qo'llanishi mumkin, bunda belgining ta'sir hududi shu yo'l chizig'i uzunligi bilan aniqlanadi.

10. Harakatlanish mumkin bo‘lgan yo‘nalish qaysi rasmda ko‘rsatilgan?

Harakatlanish mumkin bo‘lgan yo‘nalish qaysi rasmda ko‘rsatilgan?
  1. O‘rtadagi va o‘ngdagi rasmda
  2. Pastdagi rasmda
  3. O‘ngdagi rasmda
  4. Chapdagi rasmda

To'g'ri javob: O‘ngdagi rasmda

YHQ 1-ilovasining 3-bo'limi 3.19 "Qayrilish taqiqlangan" belgisida faqat qayrilish taqiqlanadi.

11. Ruxsat etilgan harakatlanish yo'nalishini ko'rsating:

Ruxsat etilgan harakatlanish yo'nalishini ko'rsating:
  1. Faqat A.
  2. Faqat B.
  3. Faqat C.
  4. A va B.
  5. B va C.

To'g'ri javob: A va B.

YHQ 1-ilovasi 4-bo'lim 5-xatboshiga asosan, 4.1.1. "Harakatlanish to'g'riga". Faqat to'g'ri yo'nalishda harakatlanishga ruxsat etiladi. Yo'lning qismi boshlanishida o'rnatilgan 4.1.1 belgisining ta'siri yaqin chorrahagacha joriy qilinadi. Belgi o'ng tomonda joylashgan hovlilarga va yo'lga yondosh boshqa hududlarga burilishni taqiqlamaydi. YHQ 1-ilovasining 3-bo'limidagi 3.27. "To'xtash taqiqlangan" belgisi to'g'ri yo'lda to'xtash va to'xtab turish taqiqlanadi. 3.31 belgisi 3.27 belgining amal qilish hududini oxirini ko'rsatadi.

12. Avtomobil harakatining barcha ruxsat etilgan yo‘nalishlari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

Avtomobil harakatining barcha ruxsat etilgan yo‘nalishlari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
  1. Faqat chapga
  2. Faqat to‘g‘riga
  3. Faqat o‘ngga
  4. Сhap va o‘ngga
  5. Barcha yo‘nalishlarda

To'g'ri javob: Barcha yo‘nalishlarda

YHQ 1-ilovasining 3-bo'limi 3.5 "Motosikllar harakatlanishi taqiqlangan" belgisiga muvofiq, faqat motosikllarning harakatlanishi taqiqlanadi.

13. Agar yo'lda bu belgi o'rnatilgan bo'lsa, avtomobilni shatakka olishga ruxsat etiladimi?

Agar yo'lda bu belgi o'rnatilgan bo'lsa, avtomobilni shatakka olishga ruxsat etiladimi?
  1. Faqat yengil avtomobillarga ruxsat etiladi.
  2. Qattiq ulagichda ruxsat etiladi.
  3. Taqiqlanadi.
  4. Har qanday ulagichda ruxsat etiladi.

To'g'ri javob: Taqiqlanadi.

YHQ 1-ilovasining 3-bo'limidagi 3.7 belgi talabiga asosan, "Tirkama bilan harakatlanish taqiqlangan". Yuk tashuvchi transport vositalari, traktorlarning barcha turdagi Tirkamalar bilan harakatlanishi, shuningdek, mexanik transport vositalarini har qanday usulda shatakka olish taqiqlanadi.

14. Ushbu belgi qaysi transport vositalarini quvib o'tishni taqiqlaydi?

Ushbu belgi qaysi transport vositalarini quvib o'tishni taqiqlaydi?
  1. Yengil avtomobillar, mototsikllar va to'la vazni 3,5 tonnadan kam bo'lgan yuk avtomobillarni.
  2. Hammasini, soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan yakka transport vositasidan tashqari.
  3. Hammasini.
  4. To'la vazni 3,5 tonnadan ko'p bo'lgan yuk avtomobillarni.

To'g'ri javob: Hammasini, soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan yakka transport vositasidan tashqari.

YHQ 1-ilovasining 3-bo'limidagi 3.20 belgi talabiga asosan, "Quvib o'tish taqiqlanadi" belgisi bo'lganda, soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan yakka transport vositasidan boshqa transport vositalarini quvib o'tish taqiqlanishini bildiradi.

15. Bu joyda yengil avtomobilning to'xtab turishiga ruxsat berilganmi?

Bu joyda yengil avtomobilning to'xtab turishiga ruxsat berilganmi?
  1. Ruxsat berilgan.
  2. Taqiqlangan.

To'g'ri javob: Taqiqlangan.

YHQ 1-ilovasining 3-bo'limidagi 3.28. "To'xtab turish taqiqlangan" belgi talabiga asosan, transport vositalarining to'xtab turishi taqiqlanadi. Uning ta'siri belgi o'rnatilgan joydan keyingi eng yaqin chorrahagacha, qayrilib olish joyigacha, ular bo'lmaganda – aholi punktining oxirigacha ta'siri qiladi.

16. Qaysi transport vositalariga ushbu belgining amal qilishi tatbiq etilmaydi?

Qaysi transport vositalariga ushbu belgining amal qilishi tatbiq etilmaydi?
  1. Boshqarishni o‘rgatish uchun mo‘ljallangan mexanik transport vositalariga
  2. Taksometri ishlab turgan taksilarga
  3. "Nogiron" taniqlik belgisi o‘rnatilgan nogiron boshqarayotgan avtomobilga
  4. Bolalar guruhini tashkiliy tashiyotgan transport vositalariga
  5. Ikkinchi va uchinchi javoblarda ko‘rsatilgan transport vositalariga

To'g'ri javob: Ikkinchi va uchinchi javoblarda ko‘rsatilgan transport vositalariga

YHQ 1-ilovasining 3-bo'limi 3.28 belgi talabiga asosan, "To'xtab turish taqiqlangan" barcha transport vositalarining to'xtab turishi taqiqlanadi (xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan ko'k yoki qizil yoxud ko'k va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli bo'yoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari bundan mustasno). 3.28 belgisining taksometri ishlab turgan taksilarga, "Nogiron" tanish belgisi bilan belgilangan avtomobillar va kajavali motosikllarni boshqarayotgan nogiron haydovchilarga taalluqli emas.

17. Ko‘rsatilgan yo‘l belgilaridan qaysi biri taqiqlovchi belgilar ilgari kiritgan barcha cheklovlarni bekor qiladi?

Ko‘rsatilgan yo‘l belgilaridan qaysi biri taqiqlovchi belgilar ilgari kiritgan barcha cheklovlarni bekor qiladi?
  1. "C" va "D"
  2. "A" va "B"
  3. Faqat "C"
  4. Barchasi
  5. Faqat "A"

To'g'ri javob: Faqat "C"

YHQ 1-ilovasining 3-bo'limi 3.31 “Barcha cheklovlarning oxiri” belgisiga muvofiq, 3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26 — 3.30 taqiqlovchi belgilaridan bir nechtasiga bir vaqtda amal qiladigan oraliqlarning oxirini bildiradi.

18. Bu belgida qaysi yuk avtomobili harakatni davom ettirishi mumkin?

Bu belgida qaysi yuk avtomobili harakatni davom ettirishi mumkin?
  1. 8 tonnagacha yuk ortgan avtomobil
  2. 8 tonna yuk ko‘tarish quvvatiga ega bo‘lgan bo‘sh avtomobil
  3. Ruxsat etilgan to‘la vazni 8 tonnadan ortiq bo‘lmagan yuk avtomobili

To'g'ri javob: Ruxsat etilgan to‘la vazni 8 tonnadan ortiq bo‘lmagan yuk avtomobili

YHQ 1-ilovasining 3-bo'limi 3.4 "Yuk avtomobillarining harakatlanishi taqiqlangan" belgisiga muvofiq, to'la vazni 3,5 tonnadan (agar vazni belgida ko'rsatilmagan bo'lsa) yoki to'la vazni belgida ko'rsatilgandan ortiq bo'lgan yuk avtomobillari va transport vositalari tarkiblarining, shuningdek traktorlar, o'ziyurar moslamalarning harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.

19. Qaysi belgi to‘xtamasdan o‘tishni taqiqlaydi?

Qaysi belgi to‘xtamasdan o‘tishni taqiqlaydi?
  1. 1
  2. 2
  3. 3
  4. 4
  5. 5

To'g'ri javob: 4

YHQ 1-ilovasining 3-bo'lim 3.17.1 “Bojxona” belgisi davlat tili va ingliz tilida yozilib bojxona (nazorat punkti) oldida to‘xtamasdan o'tib ketish taqiqlanadi.

20. Bu joyda to'xtashga ruxsat etilganmi?

Bu joyda to'xtashga ruxsat etilganmi?
  1. Ruxsat etilgan.
  2. Taqiqlangan.

To'g'ri javob: Taqiqlangan.

YHQ 2-ilovasining 1-bo'limiga asosan, 1.4 yotiq chizig'i – to'xtash taqiqlangan joyni bildiradi. Yakka holda yoki 3.27 "To'xtash taqiqlangan" yo'l belgisi bilan qo'llaniladi hamda yo'lning qatnov qismi chetiga yoki yo'l chetidagi to'siq ustidan chiziladi.

21. Yo'naltirgichlar bilan belgilangan yo'nalishlarning qaysi biridan harakatlanishga ruxsat etiladi?

Yo'naltirgichlar bilan belgilangan yo'nalishlarning qaysi biridan harakatlanishga ruxsat etiladi?
  1. A va B.
  2. B va C.
  3. A va C.

To'g'ri javob: A va C.

YHQ 1-ilovasining 3-bo'limidagi 3.18.2 "Chapga burilish taqiqlangan" belgisi qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga o'rnatilsa, shu kesishmaga tatbiq etiladi. Belgi faqat chapga burilishni taqiqlaydi.

22. Bu belgida qaysi avtomobilga harakatlanishga ruxsat etilgan?

Bu belgida qaysi avtomobilga harakatlanishga ruxsat etilgan?
  1. Haqiqiy vazni 12 t bo'lgan ikki o'qli yuk avtomobiliga.
  2. Haqiqiy vazni 12 t bo'lgan uch o'qli yuk avtomobiliga.

To'g'ri javob: Haqiqiy vazni 12 t bo'lgan uch o'qli yuk avtomobiliga.

YHQ 1-ilovasining 3-bo'limi 3.12 "O'qqa tushadigan og'irlik cheklangan" belgisiga muvofiq, birorta o'qiga tushadigan haqiqiy og'irligi belgida ko'rsatilganidan ortiq bo'lgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.

23. Agar avtomobilning balandligi (yuki bilan yoki yuksiz) belgida ko‘rsatilganidan ortiq bo‘lsa, haydovchi:

Agar avtomobilning balandligi (yuki bilan yoki yuksiz) belgida ko‘rsatilganidan ortiq bo‘lsa, haydovchi:
  1. Avtoxo‘jalik rahbaridan yurishga ruxsat olishi kerak
  2. DYHXX xodimidan yurishga ruxsatnoma olishi kerak
  3. Boshqa yo‘nalish bo‘yicha yo‘l qismini aylanib o‘tishi kerak

To'g'ri javob: Boshqa yo‘nalish bo‘yicha yo‘l qismini aylanib o‘tishi kerak

YHQ 1-ilovasining 3-bo'limi 3.13 "Cheklangan balandlik" belgisiga muvofiq, gabarit balandligi (yuk bilan yoki yuksiz) belgida ko'rsatilgandan ortiq bo'lgan transport vositalarning harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.

24. Bu yo'l belgisi nimani bildiradi?

Bu yo'l belgisi nimani bildiradi?
  1. 40 km/soatdan kam tezlikda harakatlanayotgan yakka, yon kajavasi bo'lmagan ikki g'ildirakli mototsikllar va velosipedlardan tashqari barcha mexanik transport vositalarini quvib o'tish taqiqlanadi.
  2. To'liq vazni 3,5 tonnadan ortiq bo'lgan yuk avtomobillarida barcha transport vositalarini quvib o'tish taqiqlanishini bildiradi (soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan transport vositasi, traktor, ot-arava, velosiped bundan mustasno).

To'g'ri javob: To'liq vazni 3,5 tonnadan ortiq bo'lgan yuk avtomobillarida barcha transport vositalarini quvib o'tish taqiqlanishini bildiradi (soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan transport vositasi, traktor, ot-arava, velosiped bundan mustasno).

YHQ 1-ilovasining 3-bo'limidagi 3.22 belgi talabiga muvofiq, "Yuk avtomobillarida quvib o'tish taqiqlangan" belgisi to'liq vazni 3,5 tonnadan ortiq bo'lgan yuk avtomobillarida barcha transport vositalarini quvib o'tish taqiqlanishini bildiradi (soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan transport vositasi, traktor, ot-arava, velosiped bundan mustasno).

25. Bunday avtopoyezdning ko'prikdan o'tishiga ruxsat etiladimi?

Bunday avtopoyezdning ko'prikdan o'tishiga ruxsat etiladimi?
  1. Ruxsat etiladi.
  2. Taqiqlanadi.

To'g'ri javob: Taqiqlanadi.

YHQ 1-ilovasining 3-bo'limi 3.11 belgisi "Vazn cheklangan", haqiqiy umumiy vazni belgida ko'rsatilganidan ortiq bo'lgan transport vositalarining, shuningdek transport vositalari tarkiblarining harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.

26. Ko‘rsatilgan yo‘l belgisi qaysi transport vositalariga harakatlanishni taqiqlaydi:

Ko‘rsatilgan yo‘l belgisi qaysi transport vositalariga harakatlanishni taqiqlaydi:
  1. Faqat yuk avtomobillariga
  2. Barcha avtomobillarga
  3. Barcha mexanik transport vositalariga

To'g'ri javob: Barcha mexanik transport vositalariga

YHQ 1-ilovasining 3-bo'limi 3.3 "Mexanik transport vositalarining harakatlanishi taqiqlangan" belgisiga muvofiq, dvigatel bilan harakatga keltiriladigan transport vositalarining (mopeddan tashqari), hamda barcha traktorlarning va o'ziyurar moslamalarning harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.

27. Ko‘rsatilgan qaysi belgilar sizga yashash manzilingizga avtomobilda o‘tishga ruxsat beradi?

Ko‘rsatilgan qaysi belgilar sizga yashash manzilingizga avtomobilda o‘tishga ruxsat beradi?
  1. Faqat B
  2. A va C
  3. Faqat A
  4. Barchasi

To'g'ri javob: A va C

YHQ 1-ilovasining 3-bo'limi 3.2 "Harakatlanish taqiqlangan" belgisiga muvofiq, barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi va YHQ 1-ilovasining 3-bo'limi 3.3 "Mexanik transport vositalarining harakatlanishi taqiqlangan" belgisiga muvofiq, dvigatel bilan harakatga keltiriladigan transport vositalarining (mopeddan tashqari), hamda barcha traktorlarning va o'ziyurar moslamalarning harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi. Belgiga amal qilish belgilangan zonada joylashgan korxonalarga xizmat ko'rsatuvchi transport vositalariga, shuningdek, belgilangan zonada yashaydigan yoki ishlaydigan fuqarolarga xizmat qiluvchi yoki ularga tegishli bo'lgan transport vositalariga ta'sir qilmaydi.

28. Shatakka olib harakatlanishingiz mumkin:

Shatakka olib harakatlanishingiz mumkin:
  1. Faqat A yo‘nalishda
  2. Faqat B yo‘nalishda
  3. Istalgan yo‘nalishda

To'g'ri javob: Faqat A yo‘nalishda

YHQ 1-ilovasining 3-bo'limi 3.7 "Tirkama bilan harakatlanish taqiqlanadi" belgisiga muvofiq, yuk tashuvchi transport vositalari, traktorlarning barcha turdagi tirkamalar bilan harakatlanishi, shuningdek mexanik transport vositalarini har qanday usulda shatakka olish taqiqlanishini bildiradi.

29. Qaysi yo‘l belgisi barcha transport vositalarining harakatini istisnosiz taqiqlaydi?

Qaysi yo‘l belgisi barcha transport vositalarining harakatini istisnosiz taqiqlaydi?
  1. A
  2. B
  3. C

To'g'ri javob: B

YHQ 1-ilovasining 3-bo'limi 3.17.2 "Xavf-xatar" belgisiga muvofiq, yo'l-transport hodisasi yoki boshqa xavfli vaziyatlar tufayli, istisnosiz, barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.

30. Ushbu yo‘l belgisi ta'sir oralig‘ida sizga odam tushirish (chiqarish)ga yoki yuk ortish (tushirish)ga ruxsat etiladimi?

Ushbu yo‘l belgisi ta'sir oralig‘ida sizga odam tushirish (chiqarish)ga yoki yuk ortish (tushirish)ga ruxsat etiladimi?
  1. Ha
  2. Yo‘q

To'g'ri javob: Ha

YHQ 1-ilovasining 3-bo'limi 3.28 "To'xtab turish taqiqlangan" belgisiga muvofiq, transport vositalarining to'xtab turishi taqiqlanishini bildiradi. To'xtash taqiqlanmagan. To'xtab turish — transport vositasiga yo'lovchilarni chiqarish yoki tushirish, yuk ortish yoki tushirish bilan bog'liq bo'lmagan hollarda harakatini 10 daqiqadan ko'proq vaqtga atayin to'xtatish.

31. Ko‘rsatilgan yo‘l belgilaridan qaysi biri taqiqlovchi belgilar ilgari kiritgan barcha cheklovlarni bekor qiladi?

Ko‘rsatilgan yo‘l belgilaridan qaysi biri taqiqlovchi belgilar ilgari kiritgan barcha cheklovlarni bekor qiladi?
  1. "C" va "D"
  2. "A" va "B"
  3. Faqat "C"
  4. Barchasi
  5. Faqat "A"

To'g'ri javob: Faqat "C"

YHQ 1-ilovasining 3-bo'limi 3.31 “Barcha cheklovlarning oxiri” belgisiga muvofiq, 3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26 — 3.30 taqiqlovchi belgilaridan bir nechtasiga bir vaqtda amal qiladigan oraliqlarning oxirini bildiradi.

32. Yengil avtomobilni tirkama bilan boshqarayotib, sizga ushbu yo'l belgisi o'rnatilgan vaziyatda to'g'riga harakatlanishga ruxsat etilganmi?

Yengil avtomobilni tirkama bilan boshqarayotib, sizga ushbu yo'l belgisi o'rnatilgan vaziyatda to'g'riga harakatlanishg…
  1. Ruxsat etilgan.
  2. Agar ushbu yo'l belgisi o'rnatilgan hududda yashasangiz, ruxsat etilgan.
  3. Taqiqlangan.

To'g'ri javob: Ruxsat etilgan.

HQ 1-ilovasining 3-bo'limi 3.7 "Tirkama bilan harakatlanish taqiqlanadi" belgisiga muvofiq, yuk tashuvchi transport vositalari, traktorlarning barcha turdagi Tirkamalar bilan harakatlanishi, shuningdek mexanik transport vositalarini har qanday usulda shatakka olish taqiqlanishini bildiradi. Tirkamali engil avtomobillarga ushbu belgining ta'siri yo'q.