Maxsus transport vositalarining imtiyozlari: test savollari
1. Qaysi javobda yo‘lovchilar uchun chiqish va tushish maydonchasi bo‘lmagan sharoitdagi yo‘lovchilar chiqish va tushish joylari to‘liq ko‘rsatilgan?
Qatnov qismi yoki trotuar tomonidan
Trotuar tomonidan
Yo‘l yoqasi yoki qatnov qismi tomonidan
Trotuar yoki yo‘l yoqasi tomondan
To'g'ri javob: Trotuar yoki yo‘l yoqasi tomondan
YHQ 5-bobi 23-bandi 1-xatboshiga asosan, yo'lovchilar transport vositasiga faqat u to'liq to'xtagandan so'ng trotuar yoki yo'l yoqasi tomondan chiqishga va tushishga majburdirlar.
2. Qoidalar bo‘yicha necha yoshdan boshlab yengil avtomobilni boshqarishga ruxsat etiladi?
14 yoshdan
16 yoshdan
18 yoshdan
To'g'ri javob: 18 yoshdan
YHQ 25-bobi 149-bandiga asosan: Transport vositasini boshqarish huquqiga ega bo‘lishi uchun o‘rganuvchi o‘quv muddati yakunida: “B” va “C” toifalari uchun — 18 yoshga to‘lgan bo‘lishi kerak.
3. Yo‘lovchilarga haydovchi transport vositasini boshqarayotganda, uni chalg‘itishga ruxsat etiladimi?
Belgilangan yo‘nalishdagi transport vositalarida faqat bir martalik chiptalar sotib olish uchun ruxsat etiladi
Ruxsat etiladi
Taqiqlanadi
To'g'ri javob: Taqiqlanadi
YHQ 5-bobi 24-bandi 1-xatboshiga asosan, yo'lovchilarga transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda haydovchini boshqarishdan chalg'itish (o'nga halaqit berish) taqiqlanadi.
4. Yo'lovchilarning transport vositalariga qatnov qismi tomonidan chiqishi va ulardan tushishiga qaysi hollarda ruxsat etiladi?
Transport vositasi majburiy to'xtaganda.
Haydovchining xohishiga ko'ra shu shart bilanki, bu xavf-xatardan xoli bo'lsa va boshqa harakat qatnashchilariga xalaqit bermasa.
Trotuar yoki yo'l yoqasi tomondan chiqishi yoki tushishining iloji bo'lmagan hollarda, agar bu harakat xavf tug'dirmasa yoki boshqa yo'l harakati qatnashchilariga xalaqit bermasa.
To'g'ri javob: Trotuar yoki yo'l yoqasi tomondan chiqishi yoki tushishining iloji bo'lmagan hollarda, agar bu harakat xavf tug'dirmasa yoki boshqa yo'l harakati qatnashchilariga xalaqit bermasa.
YHQ 5-bobining 23-bandi 2-xatboshisiga asosan, yo'lovchilarning transport vositalaridan trotuar yoki yo'l yoqasi tomondan tushishi yoki ularga chiqishining iloji bo'lmagan hollarda, agar bu harakat xavf tug'dirmasa yoki boshqa yo'l harakati qatnashchilariga xalaqit bermasa, yo'lning qatnov qismi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
5. Kim o‘quv yurtlarida boshqarishni o‘rgatish huquqiga ega?
Haydashni o‘rgatish huquqini beruvchi hujjatlari bo‘lgan haydashni o‘rgatuvchi yo‘riqchi
Tajribali haydovchi
3 yillik ishlagan davri bo‘lgan haydovchi
5 yil haydovchilik ishlagan davriga ega bo‘lgan 1 va 2-toifa haydovchilar
To'g'ri javob: Haydashni o‘rgatish huquqini beruvchi hujjatlari bo‘lgan haydashni o‘rgatuvchi yo‘riqchi
YHQ 25-bobi 148-bandiga asosan: Avtomototransport vositasini yoki shahar elektr transportini boshqarish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar instruktori boshqarishni o‘rgatish huquqini beruvchi hujjatga, shuningdek tegishli toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomaga ega bo‘lishi kerak.
6. Transport vositalarini boshqarishni dastlabki o‘rgatish (boshlang‘ich mashg‘ulot) qayerda amalga oshiriladi?
Avtomagistralda
Aholi punktlarida
Yopiq maydonchalarda yoki avtodromlarda
Turar joy dahalarida
To'g'ri javob: Yopiq maydonchalarda yoki avtodromlarda
YHQning 25-bob. 146-bandga asosan: 146. Transport vositalarini boshqarishni dastlabki o‘rgatishga yopiq maydonchalarda yoki avtodromlarda o‘tkazilishi kerak.
7. O‘quv muddati yakunida “A” toifadagi mototransport vositasini boshqarish huquqiga ega bo‘lish uchun necha yoshga to‘lgan shaxslarga imtihonlar topshirishga ruxsat etiladi?
17 yoshga
16 yoshga
14 yoshga
18 yoshga
15 yoshga
To'g'ri javob: 16 yoshga
"YHQning 25-bob. 149-band 2-xatboshiga asosan: 149. Transport vositasini boshqarish huquqiga ega bo‘lishi uchun o‘rganuvchi o‘quv muddati yakunida:
«A» toifasi uchun — 16 yoshga to‘lgan bo‘lishi kerak."
8. Yo‘lovchilarga taqiqlanadi:
Transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda haydovchini boshqarishdan chalg‘itish va unga xalaqit berish
Harakatlanayotgan bortli yuk avtomobillarida tik turish, bortlarda yoki undan yuqoridagi yuk ustida o‘tirish
Transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda uning eshiklarini ochish
Barcha ko‘rsatilgan javoblar to‘g‘ri
To'g'ri javob: Barcha ko‘rsatilgan javoblar to‘g‘ri
YHQning 5-bob. 24-bandga asosan: 24. Yo‘lovchilarga:
- transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda haydovchini boshqarishdan chalg‘itish (unga xalaqit berish);
- harakatlanayotgan bortli yuk avtomobillarida tik turish, bortlarda yoki undan yuqoridagi yuk ustida o‘tirish;
- transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda uning eshiklarini ochish;
- transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda salondan tana qismlarini (qo‘ldan tashqari) chiqarish taqiqlanadi.
Bu talablarning bajarilishini haydovchi nazorat qilishi kerak.