Yo‘nalishli transport vositalarining imtiyozlari: test savollari

1. Agar yo‘l boshlanishida ushbu belgi turgan bo‘lsa, qatnov qismining qarama – qarshi yo‘nalishiga chiqish mumkinmi?

Agar yo‘l boshlanishida ushbu belgi turgan bo‘lsa, qatnov qismining qarama – qarshi yo‘nalishiga chiqish mumkinmi?
  1. O‘zib ketish uchun mumkin
  2. Quvib o‘tish uchun mumkin, agar ro‘paradan xarakatlanish bo‘lmasa va tasma qatnov qismining qolgan tasmasidan uzq-uzuq chiziq bilan ajratilgan bo‘lsa
  3. Taqiqlanadi

To'g'ri javob: Taqiqlanadi

YHQ 22 – bobi 132 – bandining birinchi xatboshiga asosan: Yo‘nalishi transport vositalarining harakatlanishi uchun 5.9, 5.10.1 – 5.10.3 yo‘l belgilari bilan ajratilgan tasmada boshqa transport vositalaring harakatlanishi va to‘xtashi taqiqlanadi. Shuningdek, bunday joylarda yo‘nalishli transport vositalarining harakatiga xalaqit bermaslik sharti bilan yo‘lga chiqish, qatnov qismining chetki o‘ng tomonida yo‘lovchilarni chaqirish va tushurish uchun bu bo‘lakka o‘tishga ruxsat etiladi.

2. Rasmda ko'rsatilgan holatda yo'lovchilarni tushirish uchun to'xtashga ruxsat etiladimi?

Rasmda ko'rsatilgan holatda yo'lovchilarni tushirish uchun to'xtashga ruxsat etiladimi?
  1. Ruxsat etiladi.
  2. Taqiqlanadi.

To'g'ri javob: Ruxsat etiladi.

YHQ 22-bobi 132-bandiga muvofiq, agar 5.9 yo'l belgisi bilan belgilangan tasma qatnov qismining boshqa tasmalardan uzuq-uzuq chiziq bilan ajratilgan bo'lsa, bunday joylarda yo'nalishli transport vositalarining harakatiga xalaqit bermaslik sharti bilan yo'lga chiqish, qatnov qismining chetki o'ng tomonida yo'lovchilarni chiqarish va tushirish uchun bu bo'lakka o'tishga ruxsat etiladi.

3. Transport vositalariga sidirg‘a oq chiziq bilan ajratilgan va “Yo‘nalishli transport vositalari uchun mo‘ljallangan tasma” yo‘l belgisi bilan belgilangan yo‘lning o‘ng tasmasida to‘xtab turishga ruxsat etiladimi?

  1. Agar to‘xtab turishni taqiqlovchi belgi bo‘lmasa, ruxsat etiladi
  2. Taqiqlanadi
  3. Faqat shu hududdagi korxonaga xizmat qiladigan yoki shu joyga yaqin uylarda yashaydigan fuqarolarga qarashli avtomobillarga ruxsat etiladi

To'g'ri javob: Taqiqlanadi

YHQ 22-bobi 132-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Yo‘nalishli transport vositalarining harakatlanishi uchun 5.9, 5.10.1 - 5.10.3 yo‘l belgilari bilan ajratilgan tasmada boshqa transport vositalarining harakatlanishi va to‘xtashi taqiqlanadi.

4. Aholi punktlarida avtobus yoki trolleybus haydovchisi harakatni bekatdan boshlaydi. U:

  1. Uni aylanib o‘tayotgan transport vositasiga yo‘l berishi kerak
  2. Imtiyozlardan foydalanib, belgilangan yo‘nalishda harakatni boshlashi kerak
  3. Unga yo‘l berilganligiga ishonch hosil qilgach harakatni boshlashi kerak

To'g'ri javob: Unga yo‘l berilganligiga ishonch hosil qilgach harakatni boshlashi kerak

YHQ 22-bobi 133-bandiga asosan: Haydovchilar aholi yashash joylarida bekatdan harakatlanishni boshlayotgan avtobus va trolleybuslarga yo‘l berishlari kerak. O‘z navbatida avtobus va trolleybus haydovchilari o‘zlariga yo‘l berilganligiga ishonch hosil qilganliklaridan keyingina harakatlanishni boshlashlari mumkin.

5. Agar yo‘l tasmasi sidirg‘a chiziq bilan ajratilib, ushbu belgi bilan belgilangan bo‘lsa, avtobus haydovchisining shu tasma bo‘ylab harakatlanishiga ruxsat etiladimi?

Agar yo‘l tasmasi sidirg‘a chiziq bilan ajratilib, ushbu belgi bilan belgilangan bo‘lsa, avtobus haydovchisining shu ta…
  1. Faqat yo‘nalishsiz avtobuslarga ruxsat etiladi
  2. Taqiqlanadi
  3. Agar avtobus belgilangan yo‘nalish bo‘yicha harakatlansa, ruxsat etiladi

To'g'ri javob: Agar avtobus belgilangan yo‘nalish bo‘yicha harakatlansa, ruxsat etiladi

YHQ 22-bobi 132-bandining birinchi va ikkinchi xatboshlariga asosan: Yo‘nalishli transport vositalarining harakatlanishi uchun 5.9, 5.10.1 - 5.10.3 yo‘l belgilari bilan ajratilgan tasmada boshqa transport vositalarining harakatlanishi va to‘xtashi taqiqlanadi. Agar 5.9 yo‘l belgisi bilan belgilangan tasma qatnov qismining boshqa tasmalardan uzuq-uzuq chiziq bilan ajratilgan bo‘lsa, burilmoqchi bo‘layotgan transport vositalari bu tasmaga qayta tizilishlari kerak.

6. Yo‘lovchilarni tushirish uchun bu belgi o‘rnatilgan tasmada to‘xtashga ruxsat etiladimi?

Yo‘lovchilarni tushirish uchun bu belgi o‘rnatilgan tasmada to‘xtashga ruxsat etiladimi?
  1. Agar tasma qatnov qismining o‘ng chetida joylashgan va u yotiq uzluksiz chiziq bilan qatnov qismidan ajratilmagan bo‘lsa ruxsat etiladi
  2. Taqiqlanadi
  3. Ruxsat etiladi

To'g'ri javob: Agar tasma qatnov qismining o‘ng chetida joylashgan va u yotiq uzluksiz chiziq bilan qatnov qismidan ajratilmagan bo‘lsa ruxsat etiladi

YHQ 22-bobi 132-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshlariga asosan: Agar 5.9 yo‘l belgisi bilan belgilangan tasma qatnov qismining boshqa tasmalardan uzuq-uzuq chiziq bilan ajratilgan bo‘lsa, burilmoqchi bo‘layotgan transport vositalari bu tasmaga qayta tizilishlari kerak. Shuningdek, bunday joylarda yo‘nalishli transport vositalarining harakatiga xalaqit bermaslik sharti bilan yo‘lga chiqish, qatnov qismining chetki o‘ng tomonida yo‘lovchilarni chiqarish va tushirish uchun bu bo‘lakka o‘tishga ruxsat etiladi.

7. Transport vositalarining haydovchilari avtobus yoki trolleybusga yo‘l berishlari kerak:

  1. Agar u harakatni to‘xtab turish joyidan boshlasa
  2. Agar u "tig‘iz" soatda marshrut bo‘yicha harakat qilsa
  3. Aholi punktlarida, agar u belgilangan to‘xtash joyidan (bekatlardan) harakatni boshlasa

To'g'ri javob: Aholi punktlarida, agar u belgilangan to‘xtash joyidan (bekatlardan) harakatni boshlasa

YHQ 22-bobi 133-bandiga asosan, haydovchilar aholi punktlarida bekatdan harakatlanishni boshlayotgan avtobus va trolleybuslarga yo'l berishlari kerak. O'z navbatida avtobus va trolleybus haydovchilari o'zlariga yo'l berilganligiga ishonch hosil qilganliklaridan keyingina harakatlanishni boshlashlari mumkin.

8. Qaysi transport vositasining haydovchisi to‘xtash qoidasini buzdi?

Qaysi transport vositasining haydovchisi to‘xtash qoidasini buzdi?
  1. Faqat mototsikl haydovchisi.
  2. Faqat avtomobil haydovchisi.
  3. Har ikkisi buzdi.
  4. Hech kim buzmadi.

To'g'ri javob: Faqat mototsikl haydovchisi.

YHQ 22-bobi 132-bandiga muvofiq, agar 5.9 yo‘l belgisi bilan belgilangan tasma qatnov qismining boshqa tasmalardan uzuq-uzuq chiziq bilan ajratilgan bo‘lsa, bunday joylarda yo‘nalishli transport vositalarining harakatiga xalaqit bermaslik sharti bilan yo‘lga chiqish, qatnov qismining chetki o‘ng tomonida yo‘lovchilarni chiqarish va tushirish uchun bu bo‘lakka o‘tishga ruxsat etiladi.

9. Yo‘nalishli transport vositasi bekatidan tashqarida yo‘l chetidan qo‘zg‘alayotgan yo‘nalishli transport vositasiga yo‘l berishingiz kerakmi?

Yo‘nalishli transport vositasi bekatidan tashqarida yo‘l chetidan qo‘zg‘alayotgan yo‘nalishli transport vositasiga yo‘l…
  1. Ha
  2. Yo‘q

To'g'ri javob: Yo‘q

YHQ 22-bobi 133-bandi: Haydovchilar aholi yashash joylarida bekatdan harakatlanishni boshlayotgan avtobus va trolleybuslarga yo‘l berishlari kerak. O‘z navbatida avtobus va trolleybus haydovchilari o‘zlariga yo‘l berilganligiga ishonch hosil qilganliklaridan keyingina harakatlanishni boshlashlari mumkin.

10. Avtobus haydovchisiga bu joyda odam tushirishga ruxsat etiladimi?

Avtobus haydovchisiga bu joyda odam tushirishga ruxsat etiladimi?
  1. Ruxsat etiladi
  2. Taqiqlanadi
  3. Agar avtobus belgilangan yo‘nalishli bo‘lsa ruxsat etiladi

To'g'ri javob: Taqiqlanadi

YHQning 22-bob. 133-band 2-xatboshiga asosan: Yo‘nalishli transport vositalariga bekatlardan tashqari joylarda yo‘lovchi olish va tushirish taqiqlanadi (yo‘nalishli taksilar bundan mustasno).

11. Yengil avtomobil qaysi yo‘nalish bo‘yicha to‘g‘ri burilmoqda?

Yengil avtomobil qaysi yo‘nalish bo‘yicha to‘g‘ri burilmoqda?
  1. 1
  2. 1 va 2
  3. 2

To'g'ri javob: 1

YHQning 22-bob. 132-band 2-xatboshiga asosan: Agar 5.9 yo‘l belgisi bilan belgilangan tasma qatnov qismining boshqa tasmalardan uzuq-uzuq chiziq bilan ajratilgan bo‘lsa, burilmoqchi bo‘layotgan transport vositalari bu tasmaga qayta tizilishlari kerak.

12. Yo‘nalishli transport vositalariga bekatlardan tashqari joylarda yo‘lovchi olish va tushirishga (yo‘nalishli taksilar bundan mustasno) ruxsat etiladimi?

  1. Ruxsat etiladi
  2. Taqiqlanadi

To'g'ri javob: Taqiqlanadi

YHQning 22-bob. 133-band 2-xatboshiga asosan: Yo‘nalishli transport vositalariga bekatlardan tashqari joylarda yo‘lovchi olish va tushirish taqiqlanadi (yo‘nalishli taksilar bundan mustasno).

13. Qizil avtomobil haydovchisi qaysi yo‘nalish bo‘yicha to‘g‘ri burilmoqda?

Qizil avtomobil haydovchisi qaysi yo‘nalish bo‘yicha to‘g‘ri burilmoqda?
  1. Har ikkala yo‘nalish bo‘yicha
  2. Birinchi yo‘nalish bo‘yicha
  3. Ikkinchi yo‘nalish bo‘yicha
  4. Har ikkala yo‘nalish bo‘yicha noto‘g‘ri

To'g'ri javob: Ikkinchi yo‘nalish bo‘yicha

YHQning 22-bob. 132-bandi 2 va 3 - xatboshiga asosan: Agar 5.9 yo‘l belgisi bilan belgilangan tasma qatnov qismining boshqa tasmalardan uzuq-uzuq chiziq bilan ajratilgan bo‘lsa, burilmoqchi bo‘layotgan transport vositalari bu tasmaga qayta tizilishlari kerak. Shuningdek, bunday joylarda yo‘nalishli transport vositalarining harakatiga xalaqit bermaslik sharti bilan yo‘lga chiqish, qatnov qismining chetki o‘ng tomonida yo‘lovchilarni chiqarish va tushirish uchun bu bo‘lakka o‘tishga ruxsat etiladi.