Tik balandlik va nishabliklarda harakatlanish: test savollari
1. Kim yo‘l berishi kerak?
Yuk avtomobil haydovchisi
Yengil avtomobil haydovchisi
To'g'ri javob: Yuk avtomobil haydovchisi
YHQ 21 – bobi 128 – bandga asosan: Yo‘lning 1.13 va 1.14 yo‘l belgilari bilan belgilangan qiyaliklarida, qarama – qarshi yo‘nalishlarda harakatlanishni qiyinlashtiradigan birom – bir to‘siq bo‘lsa, nishablikka harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi yo‘l berishi kerak.
2. Qaysi transport vositasining haydovchisi yo‘l berishi kerak?
Avtobus haydovchisi
Yuk tashuvchi avtomobil haydovchisi
To'g'ri javob: Yuk tashuvchi avtomobil haydovchisi
YHQ 21-bobi 128-bandiga asosan, agar yo'lning 1.13 va 1.14 yo'l belgilari bilan belgilangan qiyaliklarda, qarama-qarshi yo'nalishlarda harakatlanishni qiyinlashtiradigan to'siq bo'lsa, nishablikka harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi yo'l berishi kerak.
3. Agar tegishli belgilar bilan belgilangan qiyaliklarda, yuzma-yuz kelayotgan transport vositalarining o‘tib ketishi qiyin bo‘lsa, yo‘l berish zarur:
Pastlik tomon harakatlanayotgan transport vositasiga
Belgilangan yo‘nalishdagi transport vositasiga
Balandlikka harakatlanayotgan transport vositasiga
To'g'ri javob: Balandlikka harakatlanayotgan transport vositasiga
YHQ 21-bobi 128-bandiga asosan, agar yo'lning 1.13 va 1.14 yo'l belgilari bilan belgilangan qiyaliklarda, qarama-qarshi yo'nalishlarda harakatlanishni qiyinlashtiradigan to'siq bo'lsa, nishablikka harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi yo'l berishi kerak.
4. Tik uzun qiyaliklarda ajratilgan uzatma bilan avtomobilni uzoq tormozlashning qanday xavfi bor?
Shinalarning shikastlanishi ortadi
Ulagich qismlarining shikastlanishi ortadi
Tormoz qiziydi va ishdan chiqadi
To'g'ri javob: Tormoz qiziydi va ishdan chiqadi
Tik nishablikda uzatma va ilashish mexanizmini ajratgan holatda uzoq tormoz berish xavfi tormoz mexanizmlarining qizib ketishi, tormozlanish samarasining kamayishi va uning ishdan chiqishidadir.
5. Tog‘ yo‘llarining tik qiyaliklaridan tushishda g‘ildiratishdan foydalanishga ruxsat etiladimi?
Agar avtomobil gidrovakuum kuchaytirgichli tormozlar bilan jihozlangan bo‘lsa tavsiya etiladi
Agar yo‘l yaxshi holatda bo‘lsa va uzoq ko‘rinib tursa tavsiya etiladi
Taqiqlanadi
To'g'ri javob: Taqiqlanadi
YHQ 21-bobi 130-bandiga muvofiq, yo'lning 1.13 yo'l belgisi bilan belgilangan qismida uzatma va ilashish mexanizmi (stsepleniye) ajratilgan holatda harakatlanish taqiqlanadi.
6. Transport vositasi qiyalikda joyidan qo‘zg‘alishda to‘xtab turish tormoz dastagini qay vaqtda tushirishni boshlash kerak?
Harakatni boshlagandan so‘ng
Harakatni boshlashdan avval
Harakatni boshlash bilan bir vaqtda
To'g'ri javob: Harakatni boshlash bilan bir vaqtda
Tik balandlikka harakatlanishni boshlayotganda avtomobilni orqaga siljishini (to'xtab turish tormozi harakatni boshlashdan oldin qo'yib yuborilganda) va dvigatelni o'chib qolishini (to'xtab turish tormozi harakatni boshlagandan keyin qo'yib yuborilgani) oldini olish uchun to'xtab turish tormozi harakatni boshlash bilan bir vaqtda qo'yib yuboriladi.
7. Tik nishabliklarda dvigatel bilan tormozlashda qiyalikka nisbatan qanday uzatma tanlanadi?
Nishablik qancha qiya bo‘lsa uzatma pog‘onasi shuncha past tanlanadi
Nishablik qancha qiya bo‘lsa uzatma pog‘onasi shuncha yuqori tanlanadi
Pog‘ona tanlashning nishablikka aloqasi yo‘q
To'g'ri javob: Nishablik qancha qiya bo‘lsa uzatma pog‘onasi shuncha past tanlanadi
Tik nishablikda harakatlanayotganida haydovchi qancha past uzatmani tanlasa, dvigatel yordamida tormozlash shunchalik samara beradi. Shuning uchun nishablik qanchalik tik bo'lsa, uzatmani ham shunchalik past tanlash kerak.
8. Tik nishabliklarda dvigatel bilan tormozlashda qiyalikka nisbatan qanday uzatma tanlanadi?
Nishablik qancha qiya bo‘lsa uzatma pog‘onasi shuncha past tanlanadi
Nishablik qancha qiya bo‘lsa uzatma pog‘onasi shuncha yuqori tanlanadi
Pog‘ona tanlashning nishablikka aloqasi yo‘q
To'g'ri javob: Nishablik qancha qiya bo‘lsa uzatma pog‘onasi shuncha past tanlanadi
Tik nishablikda harakatlanayotganida haydovchi qancha past uzatmani tanlasa, dvigatel yordamida tormozlash shunchalik samara beradi. Shuning uchun nishablik qanchalik tik bo'lsa, uzatmani ham shunchalik past tanlash kerak.
9. Qaysi yo‘l belgilari yo‘lning tor qismida haydovchiga ustunlik beradi?
“A” va “C”
“B” va “D”
“B” va “C”
Faqat “C”
To'g'ri javob: “B” va “D”
YHQ 21-bobi 128-bandi: Agar yo‘lning 1.13 va 1.14 yo‘l belgilari bilan belgilangan qiyaliklarda, qarama-qarshi yo‘nalishlarda harakatlanishni qiyinlashtiradigan to‘siq bo‘lsa, nishablikka harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi yo‘l berishi kerak. YHQ 1 ilova: 2.7. “Ro‘paradagi harakatlanishga nisbatan imtiyoz” belgisi. Yo‘lning tor qismida harakatlanishda haydovchi ro‘paradan kelayotgan transport vositasiga nisbatan imtiyozga egaligini bildiradi.