Turar joy dahalarida harakatlanish: test savollari

1. Mazkur belgi bilan belgilangan hududda qanday cheklovlar o‘rnatilgan?

Mazkur belgi bilan belgilangan hududda qanday cheklovlar o‘rnatilgan?
  1. Harakat tezligini 5 km/s dan oshirmaslik kerak
  2. Transport vositalarini boshqarishni o‘rgatish
  3. Yengil avtomobillarni tunda to‘xtab turishini taqiqlaydi
  4. Sanab o‘tilgan barcha cheklovlar

To'g'ri javob: Transport vositalarini boshqarishni o‘rgatish

YHQ 20-bobi 124-bandiga asosan, turar-joy dahalarida mexanik transport vositasini boshqarishni o'rgatish, dvigateli ishlab turgan holda to'xtab turish, ruxsat etilgan to'liq vazni 3,5 tonnadan ortiq bo'lgan yuk avtomobillarining maxsus ajratilgan, yo'l belgilari va (yoki) yo'l chiziqlari bilan belgilangan joylardan tashqarida to'xtab turishi taqiqlanadi.

2. Yengil avtomobil haydovchisi yo'l berishi kerakmi?

Yengil avtomobil haydovchisi yo'l berishi kerakmi?
  1. Ha.
  2. Yo'q.

To'g'ri javob: Ha.

YHQ 20-bobi 126-bandiga asosan, turar-joy dahalaridan chiqishda haydovchilar boshqa harakat qatnashchilariga yo'l berishlari kerak.

3. Rul boshqaruvida o‘rganuvchi bo‘lsa, ushbu transport vositasiga qaysi yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlanishga ruxsat beriladi?

Rul boshqaruvida o‘rganuvchi bo‘lsa, ushbu transport vositasiga qaysi yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlanishga ruxsat beri…
  1. Hamma yo‘nalishlarga
  2. Faqat o‘ngga
  3. O‘ngga, chapga va qayrilishga

To'g'ri javob: O‘ngga, chapga va qayrilishga

YHQ 20-bobi 124- bandi 1-xatboshiga asosan, turar joy dahalarida mexanik transport vositasini boshqarishni o'rganish taqiqlanadi.

4. Quyidagi holatda haydovchi piyodaga yo‘l berishi kerakmi?

Quyidagi holatda haydovchi piyodaga yo‘l berishi kerakmi?
  1. Ha
  2. Yo‘q

To'g'ri javob: Ha

YHQ 20-bobining 123-bandiga muvofiq, turar joy dahalari (kirish va chiqish 5.38 va 5.39 yo'l belgilari bilan belgilangan hududlar)da piyodalarga trotuarlar hamda qatnov qismida harakatlanishga ruxsat etiladi. Bunda piyodalar imtiyozga ega bo'ladilar, biroq ular transport vositalarining harakatlanishiga asossiz xalaqit bermasliklari kerak.

5. Piyodalar turar joy dahasida qayerda harakatlanishlari mumkin?

Piyodalar turar joy dahasida qayerda harakatlanishlari mumkin?
  1. Faqat trotuarda
  2. Faqat qatnov qismidan
  3. Trotuarda, hamda qatnov qismida

To'g'ri javob: Trotuarda, hamda qatnov qismida

Yo‘l harakati qoidalarining 123 bandiga asosan, turar joy dahalari (kirish va chiqish 5.38 va 5.39 yo‘l belgilari bilan belgilangan hududlar)da piyodalarga trotuarlar hamda qatnov qismida harakatlanishga ruxsat etiladi. Bunda piyodalar imtiyozga ega bo‘ladilar, biroq ular transport vositalarining harakatlanishiga asossiz xalaqit bermasliklari kerak.

6. Turar joy dahasidan yo‘lga chiqishda yo‘l berish zarur:

Turar joy dahasidan yo‘lga chiqishda yo‘l berish zarur:
  1. O‘ng tomondan yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga
  2. Chap tomondan yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga
  3. Ko‘k rangli yalt-yalt yetuvchi chiroqcha-mayoqcha yoqilgan transport vositalariga
  4. Barcha transport vositalariga

To'g'ri javob: Barcha transport vositalariga

Yo‘l harakati qoidalarining 126 bandiga asosan, turar joy dahalaridan chiqishda haydovchilar boshqa harakat qatnashchilariga yo‘l berishlari kerak.

7. Turar joy dahalarida piyodalar yo‘lning qaysi qismida harakatlanishlari kerak?

  1. Faqat trotuar bo‘yicha
  2. Qatnov qismi chetida bir qator bo‘lib
  3. Trotuardan yoki qatnov qismidan

To'g'ri javob: Trotuardan yoki qatnov qismidan

YHQ 20-bobi 123-bandi: Turar joy dahalari (kirish va chiqish 5.38 va 5.39 yo‘l belgilari bilan belgilangan hududlar) da piyodalarga trotuarlar hamda qatnov qismida harakatlanishga ruxsat etiladi. Bunda piyodalar imtiyozga ega bo‘ladilar, biroq ular transport vositalarining harakatlanishiga asossiz xalaqit bermasliklari kerak.