Avtomagistrallarda harakatlanish: test savollari

1. Avtomagistralda boshqarishni o‘rganish:

  1. 70 km/soatdan oshmagan tezlik bilan ruxsat berilgan
  2. Boshqarishni o‘rgatuvchi yo‘riqchi bilan o‘rganuvchida yetarli boshqarish malakasi bo‘lganda 60 km/soatdan ortiq bo‘lmagan tezlikda ruxsat etilgan
  3. Taqiqlangan
  4. Agar o‘rganilayotgan mexanik transport vositasida taniqlik belgilari qayd etilgan bo‘lsa, ruxsat etilgan

To'g'ri javob: Taqiqlangan

YHQ 19-bo'limi 121-bandi 6-xatboshiga asosan, avtomagistrallarda transport vositasini boshqarishni o'rganish taqiqlanadi.

2. Avtomagistralda ajratuvchi mintaqaning uzilishlariga kirishga ruxsat etiladimi?

  1. Ruxsat etiladi
  2. Faqat orqaga burilish uchun ruxsat etiladi, to‘la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillar bundan mustasno
  3. Taqiqlanadi
  4. Belgilangan yo‘nalishdagi transport vositalariga ruxsat etiladi

To'g'ri javob: Taqiqlanadi

premium_required

3. Bu belgida ko‘k fon bilan ajratilgan aholi punkti nimani bildiradi?

Bu belgida ko‘k fon bilan ajratilgan aholi punkti nimani bildiradi?
  1. Bu manzil shu aholi punktidan tashqarida joylashganini va u manzilga avtomagistral bo‘lmagan, boshqa yo‘l orqali borilishni
  2. Ko‘rsatilgan aholi punktiga harakatlanish avtomagistral bo‘ylab amalga oshiriladi
  3. Ko‘rsatilgan manzil mazkur aholi punktida joylashgan

To'g'ri javob: Bu manzil shu aholi punktidan tashqarida joylashganini va u manzilga avtomagistral bo‘lmagan, boshqa yo‘l orqali borilishni

YHQ 1-ilovasi 5-bo‘limining o‘ttiz sakkizinchi va oltmish sakkizinchi xatboshlariga asosan: 5.21.1. «Yo‘nalish ko‘rsatkichi». Aholi punktida o‘rnatilgan 5.20.1 yo‘l belgisidagi yashil, ko‘k rang ko‘rsatilgan aholi punktiga yoki obyektga ushbu aholi punktidan chiqgandan so‘ng avtomagistral yoxud boshqa yo‘l orqali harakatlanish mumkinligini anglatadi, oq rang esa ko‘rsatilgan obyekt shu aholi punktida joylashganligini bildiradi.

4. Avtomagistrallarda transport vositalarining atayin to‘xtashi qaysi joylarda ruxsat etilgan?

  1. Yo‘lning qatnov qismining chetki o‘ng tasmasida
  2. Yo‘lning 100 metrdan ko‘proq qismi ko‘rinadigan va harakat tasmasi soni to‘rttadan ortiq bo‘lgan joylarda
  3. To‘xtab turish uchun “To‘xtab turish joyi” yoki “Dam olish joyi” belgilari bilan belgilangan maxsus maydonchalarda

To'g'ri javob: To‘xtab turish uchun “To‘xtab turish joyi” yoki “Dam olish joyi” belgilari bilan belgilangan maxsus maydonchalarda

Yo‘l harakati qoidalarining 121 bandiga asosan, avtomagistrallarda quyidagilar taqiqlanadi: 5.15 yoki 6.11 yo‘l belgilari bilan belgilangan maxsus to‘xtab turish maydonchalaridan boshqa joylarda to‘xtash.

5. Avtomagistralda to‘xtashga ruxsat berilgan:

Avtomagistralda to‘xtashga ruxsat berilgan:
  1. Faqat qatnov qismini chetini bildiruvchi chiziqdan chetda
  2. Qatnov qismidan chetda barcha joyda
  3. 5.15 yoki 6.11 yo‘l belgilari bilan belgilangan maxsus to‘xtab turish maydonchalarida

To'g'ri javob: 5.15 yoki 6.11 yo‘l belgilari bilan belgilangan maxsus to‘xtab turish maydonchalarida

Yo‘l harakati qoidalarining 121 bandiga asosan, avtomagistrallarda quyidagilar taqiqlanadi: 5.15 yoki 6.11 yo‘l belgilari bilan belgilangan maxsus to‘xtab turish maydonchalaridan boshqa joylarda to‘xtash.

6. Qoidalarda nechta asosiy tushuncha va atamalardan foydalaniladi?

  1. 65 ta
  2. 56 ta
  3. 77 ta

To'g'ri javob: 77 ta

YHQ umumiy qoidalar 6-bandi: avariya holatini yuzaga keltirish, avtomagistral, avtopoyezd va boshqalar (umumiy 77 ta).