Piyodalar o‘tish joylari va yo‘nalishli transport vositalari bekatlari: test savollari
1. Jihozlangan bekatlari bo‘lmagan tramvay to‘xtash joylarida unga chiqish uchun qachon qatnov qismiga chiqishga ruxsat etiladi?
Agar qatnov qismida transport vositalari yo‘q bo‘lsa, tramvay yaqinlashib kelganda
Har qanday holda
Tramvay yaqinlashib kelganda
Tramvay to‘la to‘xtagandan so‘ng
To'g'ri javob: Tramvay to‘la to‘xtagandan so‘ng
YHQ 4-bobi 22-bandiga asosan, qatnov qismidan baland joylashgan maydonchalar bilan jihozlanmagan bekatlarda yo'nalishli transport vositalari to'liq to'xtagandan so'ng unga chiqish uchun qatnov qismiga chiqishga ruxsat etiladi.
2. Yo‘nalishli transport vositalariga qaysilar kiradi?
Avtobus va yo‘nalishli taksilar
Tramvay va trolleybuslar
Belgilangan yo‘nalishi va bekatlari bo‘lgan, yo‘lovchi tashish uchun mo‘ljallangan umumiy foydalanishdagi transport vositalari (trolleybus, tramvay, avtobus, yo‘nalishli taksi)
To'g'ri javob: Belgilangan yo‘nalishi va bekatlari bo‘lgan, yo‘lovchi tashish uchun mo‘ljallangan umumiy foydalanishdagi transport vositalari (trolleybus, tramvay, avtobus, yo‘nalishli taksi)
YHQ 1-bobi 6-bandi 18-tushunchasiga asosan, yo'nalishli transport vositasi — belgilangan yo'nalishi va bekatlari bo'lgan, yo'lovchi tashish uchun mo'ljallangan umumiy foydalanishdagi transport vositalari (trolleybus, tramvay, avtobus, yo'nalishli taksi).
3. Ushbu holatda qaysi transport vositasi yo‘l berishi kerak?
Avtobus
Yengil avtomobil
To'g'ri javob: Avtobus
Yo‘l harakati qoidalarining 133 bandiga asosan, haydovchilar aholi punktlarida bekatdan harakatlanishni boshlayotgan avtobus va trolleybuslarga yo‘l berishlari kerak. O‘z navbatida avtobus va trolleybus haydovchilari o‘zlariga yo‘l berilganligiga ishonch hosil qilganliklaridan keyingina harakatlanishni boshlashlari mumkin.
Yo‘nalishli transport vositalariga bekatlardan tashqari joylarda yo‘lovchi olish va tushirish taqiqlanadi (yo‘nalishli taksilar bundan mustasno).
4. Qaysi transport vositalari yo‘nalishli transport vositalari hisoblanadi?
Belgilangan yo‘nalishi va bekatlari bo‘lgan, yo‘lovchi tashish uchun mo‘ljallangan umum foydalanishdagi transport vositalari (trolleybus, tramvay, avtobus, yo‘nalishli taksi)
Yo‘lovchilarni tashuvchi istalgan transport vositalari
Avtobuslar
To'g'ri javob: Belgilangan yo‘nalishi va bekatlari bo‘lgan, yo‘lovchi tashish uchun mo‘ljallangan umum foydalanishdagi transport vositalari (trolleybus, tramvay, avtobus, yo‘nalishli taksi)
YHQ umumiy qoidalar: Yo‘nalishli transport vositasi - belgilangan yo‘nalishi va bekatlari bo‘lgan, yo‘lovchi tashish uchun mo‘ljallangan umum foydalanishdagi transport vositalari (trolleybus, tramvay, avtobus, yo‘nalishli taksi).
5. Qaysi belgi piyodalar o‘tish joyini bildiradi?
“A”
“B”
“C”
To'g'ri javob: “B”
YHQ 1 ilova: 5.16.1, 5.16.2. “Piyodalar o'tish joyi”. O‘tish joyi oldida 1.14.1-1.14.2 yotiq chizig‘i bo‘lmaganda 5.16.2 belgisi yo‘ldan o‘ng tomonga o‘tish joyining old chegarasiga, 5.16.1 belgisi esa chap tomonga o‘tish joyining orqa chegarasiga o‘rnatiladi.
6. Piyodalarga qatnov qismini kesib o‘tishga ruxsat etiladimi?
Ruxsat etiladi
Taqiqlanadi
Barcha holatda ruxsat etiladi
To'g'ri javob: Taqiqlanadi
YHQning 4-bob. 19-band 1-xatboshiga asosan: 19. Tartibga solinmaydigan piyodalar o‘tish joylarida, piyodalar yaqinlashayotgan transport vositalarigacha bo‘lgan masofani va ularning tezligini chamalab ko‘rib, o‘tish o‘zlari uchun xavfsiz ekanligiga ishonch hosil qilganlaridan so‘ng qatnov qismi (tramvay bekati)ga chiqishlari ruxsat etiladi.