To‘xtash va to‘xtab turish: test savollari

1. Qaysi joylarda transport vositalariga qatnov qismining chetiga burchak ostida qo'yishga ruxsat etiladi?

  1. Har bir yo'nalishda ikkitadan bo'lagi bo'lgan yo'llarda.
  2. Har bir yo'nalishda uchta va undan ko'p bo'lagi bo'lgan yo'llarda.
  3. Faqat bir tomonlama harakatli yo'llarda.
  4. Qatnov qismining ayrim kengaytirilib qatnov qismidan ajratilgan joylarida yo'l harakatining boshqa qatnashchilariga xalaqit bermaslik sharti bilan.

To'g'ri javob: Qatnov qismining ayrim kengaytirilib qatnov qismidan ajratilgan joylarida yo'l harakatining boshqa qatnashchilariga xalaqit bermaslik sharti bilan.

YHQ 13-bobi 89-bandiga asosan, qatnov qismining ayrim kengaytirilib qatnov qismidan ajratilgan joylarida yo'l harakatining boshqa qatnashchilariga xalaqit bermaslik sharti bilan boshqacha tartibda qo'yishga ham ruxsat etiladi.

2. Uzunasiga ketgan sidirg‘a chizig‘i bilan to‘xtagan transport vositalari o‘rtasidagi masofa quyidagidan kam bo‘lgan joylarda transport vositalarining to‘xtashi va to‘xtab turishi taqiqlanadi:

Uzunasiga ketgan sidirg‘a chizig‘i bilan to‘xtagan transport vositalari o‘rtasidagi masofa quyidagidan kam bo‘lgan joyl…
  1. 2,0 m
  2. 3,0 m
  3. 4,0 m
  4. 5,0 m
  5. 6,0 m

To'g'ri javob: 3,0 m

YHQ 13-bobi 91-bandi 7-xatboshiga asosan, quyidagi joylarda to'xtash taqiqlanadi: – to'xtagan transport vositasi bilan bo'ylama sidirg'a chiziq (qatnov qismining chetini belgilovchi chiziqdan tashqari), ajratuvchi mintaqa yoki qatnov qismining qarama-qarshi cheti orasidagi masofa 3 metrdan kam bo'lgan joylarda.

3. Qaysi hollarda bir yo‘nalishda harakatlanish uchun uchtadan kam tasmasi bo‘lgan yo‘lda to‘xtash va to‘xtab turish taqiqlanadi?

  1. Ko‘priklarda, estakadalarda va osma yo‘llar ustida
  2. Ko‘priklar, estakadalar va osma yo‘llar ostida
  3. Sanab o‘tilgan barcha hollarda

To'g'ri javob: Sanab o‘tilgan barcha hollarda

YHQ 13-bobi 91-bandiga asosan, bir yo'nalishda harakatlanish uchun uchtadan kam tasmaga ega bo'lgan ko'prik, yo'l o'tkazgich va estakadalarning ustida, ko'prik, yo'l o'tkazgich va estkadalarning ostida (tegishli yo'l belgilari bilan to'xtab turish ruxsat berilgan yo'l qismlari bundan mustasno) to'xtash va to'xtab turish taqiqlanadi.

4. Yo‘l yoqasida qaysi transport vositalarining haydovchilari qoidani buzib to‘xtadilar?

Yo‘l yoqasida qaysi transport vositalarining haydovchilari qoidani buzib to‘xtadilar?
  1. Faqat “A”
  2. Faqat “B”
  3. Faqat “C”
  4. “B” va “C”
  5. “A” va “B”

To'g'ri javob: “A” va “B”

YHQ 13-bobi 88-bandining birinchi va uchinchi xatboshlariga asosan: Transport vositalariga yo‘lning o‘ng tomoni yoqasida, u bo‘lmaganda esa qatnov qismining chetida va ushbu Qoidalarning 89-bandida ko‘rsatilgan hollarda trotuarda to‘xtash va to‘xtab turishga ruxsat etiladi. Ruxsat etilgan to‘la vazni 3,5 tonnadan ko‘p bo‘lgan yuk avtomobillari bir tomonlama harakatli yo‘llarning chap tomonida faqat yuk ortish va tushirish uchun to‘xtashlari mumkin. YHQ 13-bobi 89-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Transport vositalarini yo‘lning qatnov qismida bir qator qilib, qatnov qismi chetiga parallel ravishda kajavasi bo‘lmagan ikki g‘ildirakli transport vositalarini ikki qator qilib qo‘yishga ruxsat etiladi.

5. Haydovchi o‘z joyidan ketishi yoki transport vositasini qoldirish mumkin, agar:

  1. U yurgizgichni o‘chirgan va avtomobilning to‘xtab turish tormoz tizimini ulagan bo‘lsa
  2. U yurgizgichni o‘chirgan va orqaga siljib ketishga qarshi xavfsizlik buferini o‘rnatgan bo‘lsa
  3. U transport vositasining o‘z–o‘zidan harakatlanishi yoki undan haydovchi yo‘q vaqtda foydalanishga yo‘l qo‘ymaydigan zaruriy choralarni ko‘rgan bo‘lsa

To'g'ri javob: U transport vositasining o‘z–o‘zidan harakatlanishi yoki undan haydovchi yo‘q vaqtda foydalanishga yo‘l qo‘ymaydigan zaruriy choralarni ko‘rgan bo‘lsa

YHQ 13 – bobi 95 – bandiga asosan: Transport vositasining o‘z – o‘zidan harakatlanib ketishini yoki o‘zi yo‘qligida undan foydalanishni istisno qiladigan zarur ehtiyot choralarini ko‘rgandan keyingina haydovchi o‘z joyini tashlab ketishi yoki transport vositasini qoldirishi mumkin.

6. Bu joyda avtomobil to‘xtashiga ruxsat etiladimi?

Bu joyda avtomobil to‘xtashiga ruxsat etiladimi?
  1. Ruxsat etiladi
  2. Taqiqlanadi

To'g'ri javob: Taqiqlanadi

YHQ 13-bobi 88-bandi 2-xatboshiga asosan, aholi punktlarida o‘rtada tramvay yo‘li bo‘lmagan, har yo‘nalishda bittadan tasmasi bo‘lgan, shuningdek bir tomonlama harakat tashkil etilgan yo‘llarda yo‘lning chap tomonida to‘xtash va to‘xtab turishga ruxsat etiladi. O‘rtada tramvay yo‘li bo‘lgan yo‘llarda chap tomonda to‘xtash taqiqlangan.

7. Bekat maydonchalaridan harakatlanish yo‘nalishi bo‘ylab qanchadan kam masofada (yetmasdan va o‘tib ketib) to‘xtash va to‘xtab turish taqiqlanadi?

  1. 30 m
  2. 10 m
  3. 15 m
  4. 20 m
  5. 25 m

To'g'ri javob: 15 m

YHQ 13-bobi 91-bandi 13-xatboshiga asosan, to'xtash va to'xtab turish taqiqlanadi - bekat maydonchalarida, yo'nalishli transport vositalari to'xtash joylarida, jumladan, 1.17 chizig'i bilan belgilangan, ular bo'lmaganda esa yo'nalishli transport vositalari to'xtash joyi belgilari va bekatdan harakatlanish yo'nalishi bo'ylab (yetmasdan va o'tib ketib) 15 metrdan kam masofada (yo'nalishli transport vositalari harakatiga xalaqit bermasa yo'lovchilarni chiqarish yoki tushirish uchun to'xtash bundan mustasno).

8. Yo‘l yoqasi mavjud bo‘lganda haydovchi transport vositasini qayerda to‘xtatishi kerak?

  1. Yo‘l yoqasi ustida
  2. Yo‘l chekkasida, yo‘l yoqasidan 0,5 metr masofada
  3. Qatnov qismining o‘ng tasmasida

To'g'ri javob: Yo‘l yoqasi ustida

YHQ 13-bobi 88-bandiga asosan, transport vositalariga yo‘lning o‘ng tomonida yo‘l yoqasida, u bo‘lmaganda esa qatnov qismining chetida to‘xtash va to‘xtab turishga ruxsat etiladi.

9. Transport vositalarining qayrilib olish joylarida va unga yetmasdan yoki o‘tib qanchadan kam masofada to‘xtashi taqiqlanadi?

  1. 40 metr
  2. 35 metr
  3. 30 metr
  4. 50 metr

To'g'ri javob: 30 metr

YHQ 13 – bobi 91 – bandi: To‘xtash taqiqlanadi: Transport vositalarining qayrilib olish joylarida va unga 30 metr yetmasdan yoki o‘tib.

10. Qaysi transport vositalarining haydovchilari to‘xtab turish qoidasini buzdilar?

Qaysi transport vositalarining haydovchilari to‘xtab turish qoidasini buzdilar?
  1. Yengil avtomobil haydovchisi
  2. Ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan ortiq yuk avtomobilining haydovchisi
  3. Har ikki haydovchi

To'g'ri javob: Har ikki haydovchi

YHQ 1-ilovasi 3-bo‘limining o‘ttiz ikkinchi xatboshisiga asosan: 3.28. “To‘xtab turish taqiqlangan”. Transport vositalarining to‘xtab turishi taqiqlanishini bildiradi. YHQ 13-bobi 88-bandining uchinchi xatboshisiga asosan: Ruxsat etilgan to‘la vazni 3,5 tonnadan ko‘p bo‘lgan yuk avtomobillari bir tomonlama harakatli yo‘llarning chap tomonida faqat yuk ortish va tushirish uchun to‘xtashlari mumkin.

11. Avtobus haydovchisiga yo‘lovchilarini tushirish uchun to‘xtashga ruxsat etiladimi?

Avtobus haydovchisiga yo‘lovchilarini tushirish uchun to‘xtashga ruxsat etiladimi?
  1. Taqiqlanadi
  2. Ruxsat etiladi

To'g'ri javob: Taqiqlanadi

YHQ 13-bobi 91-bandining to‘rtinchi xatboshisiga asosan, quyidagi joy va holatlarda to‘xtash taqiqlanadi: to‘xtagan transport vositasi bilan sidirg‘a chiziq (qatnov qismining chetini belgilovchi chiziqdan tashqari), ajratuvchi bo‘lak yoki qatnov qismining qarama-qarshi cheti orasidagi masofa 3 metrdan kam bo‘lgan joylarda.

12. Piyodalar o‘tish joyiga qancha masofa yetmasdan to‘xtash va to‘xtab turishga ruxsat beriladi?

  1. 3 metr
  2. 5 metr
  3. 10 metr

To'g'ri javob: 10 metr

YHQ 13 – bobi 91-bandi: To‘xtash taqiqlanadi: Piyodalar o‘tish joylarida va ulardan oldin 10 metrdan kam masofa qolganda.

13. Kesishayotgan qatnov qismi chetiga qanchadan kam masofa qolganda to‘xtash taqiqlanadi?

  1. 40 metr
  2. 45 metr
  3. 30 metr

To'g'ri javob: 30 metr

YHQ 13-bobi 91-bandi: To‘xtash taqiqlanadi: Qatnov qismi kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi chetiga 30 metrdan kam masofada (uch tomonlama kesishadigan chorraxalarda yondan tutashgan yo‘lning sidirg‘a chiziq, yoki ajratuvchi mintaqa bilan ajratilgan qarama-qarshi tomoni bundan mustasno).

14. Quyidagi qaysi suratda haydovchi avtomobilni qoidaga xilof ravishda to‘xtab turishga qo‘ygan?

Quyidagi qaysi suratda haydovchi avtomobilni qoidaga xilof ravishda to‘xtab turishga qo‘ygan?
  1. Faqat chapdagi
  2. Chap va o‘rtadagi
  3. Barchasida

To'g'ri javob: Chap va o‘rtadagi

YHQ 13-bobi 88-bandiga asosan, transport vositalariga yo'lning o'ng tomonida yo'l yoqasida, u bo'lmaganda esa qatnov qismining chetida to'xtash va to'xtab turishga ruxsat etiladi.

15. Qaysi avtomobil to‘xtab turishga to‘g‘ri qo‘yilgan?

Qaysi avtomobil to‘xtab turishga to‘g‘ri qo‘yilgan?
  1. Yengil avtomobil
  2. Har ikkisi noto‘g‘ri qo‘yilgan
  3. Har ikkisi to‘g‘ri qo‘yilgan
  4. Yuk avtomobili

To'g'ri javob: Har ikkisi noto‘g‘ri qo‘yilgan

YHQ 13-bobi 88-bandi 3-xatboshi va 91-band, 8-xatboshiga asosan, ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan ko‘p bo‘lgan yuk transport vositalari bir tomonlama harakatli yo‘llarning chap tomonida faqat yuk ortish va tushirish uchun to‘xtashlari mumkin. Piyodalar o‘tish joylarida va ulardan oldin 10 metrdan kam masofa qolganda to‘xtash va to‘xtab turish taqiqlanadi.

16. Transport vositalarining temir yo‘l kesishmasiga qanchadan kam masofa qolganda to‘xtab turishlari ta’qiqlanadi?

  1. 300 m
  2. 150 m
  3. 100 m
  4. 50 m
  5. 250 m

To'g'ri javob: 50 m

YHQ 13-bobi 92-bandining uchinchi xatboshisiga asosan: to‘xtab turish taqiqlanadi: temir yo‘l kesishmalariga 50 metrdan kam masofada

17. Yo'lovchilarni tushirish uchun qaysi transport vositalari to'g'ri to'xtadi?

Yo'lovchilarni tushirish uchun qaysi transport vositalari to'g'ri to'xtadi?
  1. Yengil avtomobil.
  2. Mototsikl.
  3. Avtobus.
  4. Barcha transport vositalari.

To'g'ri javob: Yengil avtomobil.

YHQ 13-bobi 91-bandi 8-xatboshiga muvofiq, piyodalar o'tish joylarida va ulardan oldin 10 metrdan kam masofa qolganda to'xtash taqiqlanadi.

18. Qaysi avtomobil haydovchisiga to'xtashga ruxsat etilgan?

Qaysi avtomobil haydovchisiga to'xtashga ruxsat etilgan?
  1. Yengil avtomobilning haydovchisiga.
  2. Yuk avtomobilning haydovchisiga.
  3. Har ikki haydovchiga.
  4. Yuk avtomobilning haydovchisiga, agar bir yo'nalishda harakatlanish uchun uchta va undan ko'p tasma bo'lsa.

To'g'ri javob: Yuk avtomobilning haydovchisiga, agar bir yo'nalishda harakatlanish uchun uchta va undan ko'p tasma bo'lsa.

YHQ 13-bobi 91-bandi 4-xatboshiga muvofiq, quyidagi joylarda to'xtash taqiqlanadi – bir yo'nalishda harakatlanish uchun uchtadan kam tasmaga ega bo'lgan ko'prik, yo'l o'tkazgich va estakadalarning ustida, ko'prik, yo'l o'tkazgich va estkadalarning ostida (tegishli yo'l belgilari bilan to'xtab turish ruxsat berilgan yo'l qismlari bundan mustasno).

19. Aholi punktidan tashqarida transport vositalarining uzoq to‘xtab turishi (dam olish, tunash va hokazo)ga qayerda ruxsat etiladi?

  1. Yo‘l chetida
  2. To‘xtab turish maydonchalarida yoki yo‘ldan tashqarida
  3. Yo‘l qatnov qismining o‘ng tomonida, biroq u boshqa transport vositalarining harakatlanishiga to‘sqinlik qilmasligi kerak
  4. Yo‘lning chap tomonida, biroq harakat xavfsizligi choralariga rioya qilgan holda

To'g'ri javob: To‘xtab turish maydonchalarida yoki yo‘ldan tashqarida

YHQ 13-bobi 90-bandiga asosan: Aholi punktlaridan tashqarida tunab qolish, dam olish yoki boshqa maqsadlarda uzoq vaqt to‘xtab turishga faqat buning uchun ko‘zda tutilgan maydonchalarda yoki yo‘ldan tashqarida ruxsat etiladi.

20. Uzunasiga ketgan sidirg‘a chizig‘i bilan to‘xtagan transport vositalari o‘rtasidagi masofa quyidagidan kam bo‘lgan joylarda transport vositalarining to‘xtashi va to‘xtab turishi taqiqlanadi:

Uzunasiga ketgan sidirg‘a chizig‘i bilan to‘xtagan transport vositalari o‘rtasidagi masofa quyidagidan kam bo‘lgan joyl…
  1. 2,0 m
  2. 3,0 m
  3. 4,0 m
  4. 5,0 m
  5. 6,0 m

To'g'ri javob: 3,0 m

YHQ 13-bobi 91-bandi 7-xatboshiga asosan, quyidagi joylarda to'xtash taqiqlanadi: – to'xtagan transport vositasi bilan bo'ylama sidirg'a chiziq (qatnov qismining chetini belgilovchi chiziqdan tashqari), ajratuvchi mintaqa yoki qatnov qismining qarama-qarshi cheti orasidagi masofa 3 metrdan kam bo'lgan joylarda.

21. Agar haydovchi transport vositasining eshigini ochishga va undan chiqishga qaror qilsa, unga nima taqiqlanadi?

  1. Harakatlanish serqatnov bo‘lgan yo‘llarda turgan transport vositasining eshigini ochish taqiqlanadi
  2. Harakatlanish serqatnov bo‘lgan yo‘llarda haydovchi eshigini ochish taqiqlanadi. O‘z joyidan yo‘lovchi eshigi orqali chiqadi
  3. Turgan transport vositasining eshigini ochish, agar bu harakatlanishning boshqa ishtirokchilariga xalaqit bersa va xavf tug'dirsa taqiqlanadi

To'g'ri javob: Turgan transport vositasining eshigini ochish, agar bu harakatlanishning boshqa ishtirokchilariga xalaqit bersa va xavf tug'dirsa taqiqlanadi

YHQ 13-bobi 94-bandiga muvofiq, agar yo'l harakatining boshqa qatnashchilariga xalaqit beradigan bo'lsa yoki xavf tug'dirsa, transport vositasining eshiklarini ochish taqiqlanadi (haydovchilar va yo'lovchilar uchun ham).

22. To‘xtash va to‘xtab turish quyidagi hollarda taqiqlangan:

  1. Yo‘lning xavfli burilishlarida va qatnov qismida ko‘rinish masofasi 100 metrdan kam bo‘lgan yo‘l do‘ngliklari yaqinida
  2. Bir yo‘nalishda harakatlanish uchun uchtadan kam tasmaga ega bo‘lgan ko‘prik, yo‘l o‘tkazgich va estakadalarning ustida
  3. Sanab o‘tilgan barcha hollarda

To'g'ri javob: Sanab o‘tilgan barcha hollarda

YHQ 13-bobi 91-bandining uchinchi va yettinchi xatboshlariga asosan, quyidagi joy va holatlarda to‘xtash taqiqlanadi: bir yo‘nalishda harakatlanish uchun uchtadan kam bo‘lagi bo‘lgan ko‘prik, yo‘l o‘tkazgich va estakada hamda ularning ostida (tegishli yo‘l belgilari bilan to‘xtab turish ruxsat berilgan yo‘l qismlari bundan mustasno); qatnov qismida ko‘rinish masofasi 100 metrdan kam bo‘lgan yo‘l do‘ngliklari yaqinida va xavfli burilishlarda;

23. Kesishayotgan qatnov qismi chetiga qanchadan kam masofa qolganda to‘xtash taqiqlanadi?

  1. 40 metr
  2. 45 metr
  3. 30 metr

To'g'ri javob: 30 metr

YHQ 13-bobi 91-bandi: To‘xtash taqiqlanadi: Qatnov qismi kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi chetiga 30 metrdan kam masofada (uch tomonlama kesishadigan chorraxalarda yondan tutashgan yo‘lning sidirg‘a chiziq, yoki ajratuvchi mintaqa bilan ajratilgan qarama-qarshi tomoni bundan mustasno).

24. Transport vositalarining qayrilib olish joylarida va unga yetmasdan yoki o‘tib qanchadan kam masofada to‘xtashi taqiqlanadi?

  1. 40 metr
  2. 35 metr
  3. 30 metr
  4. 50 metr

To'g'ri javob: 30 metr

YHQ 13 – bobi 91 – bandi: To‘xtash taqiqlanadi: Transport vositalarining qayrilib olish joylarida va unga 30 metr yetmasdan yoki o‘tib.

25. Piyodalar o‘tish joyiga qancha masofa yetmasdan to‘xtash va to‘xtab turishga ruxsat beriladi?

  1. 3 metr
  2. 5 metr
  3. 10 metr

To'g'ri javob: 10 metr

YHQ 13 – bobi 91-bandi: To‘xtash taqiqlanadi: Piyodalar o‘tish joylarida va ulardan oldin 10 metrdan kam masofa qolganda.

26. Bekat maydonchalaridan harakatlanish yo‘nalishi bo‘ylab qanchadan kam masofada (yetmasdan va o‘tib ketib) to‘xtash va to‘xtab turish taqiqlanadi?

  1. 30 m
  2. 10 m
  3. 15 m
  4. 20 m
  5. 25 m

To'g'ri javob: 15 m

YHQ 13-bobi 91-bandi 13-xatboshiga asosan, to'xtash va to'xtab turish taqiqlanadi - bekat maydonchalarida, yo'nalishli transport vositalari to'xtash joylarida, jumladan, 1.17 chizig'i bilan belgilangan, ular bo'lmaganda esa yo'nalishli transport vositalari to'xtash joyi belgilari va bekatdan harakatlanish yo'nalishi bo'ylab (yetmasdan va o'tib ketib) 15 metrdan kam masofada (yo'nalishli transport vositalari harakatiga xalaqit bermasa yo'lovchilarni chiqarish yoki tushirish uchun to'xtash bundan mustasno).

27. Ko‘rsatilgan joyda to‘xtashga ruxsat etiladimi?

Ko‘rsatilgan joyda to‘xtashga ruxsat etiladimi?
  1. Ruxsat etiladi
  2. Taqiqlanadi

To'g'ri javob: Taqiqlanadi

YHQ 13-bobi 88-bandi 2-xatboshiga asosan, aholi punktlarida o'rtada tramvay yo'li bo'lmagan, har yo'nalishda bittadan tasmasi bo'lgan, shuningdek bir tomonlama harakat tashkil etilgan yo'llarda yo'lning chap tomonida to'xtash va to'xtab turishga ruxsat etiladi.

28. Qaysi transport vositalariga yo‘lovchilarni tushirishga ruxsat etiladi?

Qaysi transport vositalariga yo‘lovchilarni tushirishga ruxsat etiladi?
  1. “A”
  2. “B”
  3. “C”
  4. Hech qaysi biriga

To'g'ri javob: “A”

YHQ 13-bobi 88-bandi: Aholi punktlarida o‘rtada tramvay yo‘li bo‘lmagan, har yo‘nalishda bittadan tasmasi bo‘lgan, Shuningdek, bir tomonlama harakat tashkil etilgan yo‘llarda yo‘lning chap tomonida to‘xtash va to‘xtab turishga ruxsat etiladi. YHQ 17.1-bobi 115.1-bandi: Yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘ldan yo‘nalishli jamoat transporti vositalari harakatlanishi mumkin. Boshqa transport vositalari ushbu yo‘lakda harakatlanishi taqiqlanadi, bundan tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalari mustasno.

29. Velosiped yo‘lkasi bilan kesishuvga qanchadan kam masofa qolganda to‘xtash taqiqlanadi?

  1. 10 metr
  2. 15 metr
  3. 30 metr

To'g'ri javob: 10 metr

YHQ 13-bobi 91-bandi: Velosiped yo‘lkasi bilan kesishuvda va ulardan oldin 10 metrdan kam masofa qolganda to‘xtash taqiqlanadi.

30. Qaysi rasmda haydovchilar to‘xtash qoidasini buzdilar?

Qaysi rasmda haydovchilar to‘xtash qoidasini buzdilar?
  1. 1
  2. 2
  3. 3
  4. 1, 2
  5. 1, 3

To'g'ri javob: 1, 3

YHQ 13-bobi 91-bandiga asosan: To‘xtagan transport vositasi bilan sidirg‘a chiziq (qatnov qismining chetini belgilovchi chiziqdan tashqari) Ajratuvchi mintaqa yoki qatnov qismining qarama-qarshi cheti orasidagi masofa 3 metrdan kam bo‘lgan joylarda.

31. Quyidagi joyda to‘xtashga ruxsat beradimi?

Quyidagi joyda to‘xtashga ruxsat beradimi?
  1. Ruxsat beriladi
  2. Taqiqlanadi
  3. To‘xtagan transport vositasi bilan sidirg‘a chiziq orasidagi masofa 3 metrdan ko‘p bo‘lsa ruxsat beriladi

To'g'ri javob: Taqiqlanadi

YHQning 13-bob. 88-band 1-xatboshiga asosan: 88. Transport vositalariga yo‘lning o‘ng tomonida yo‘l yoqasida, u bo‘lmaganda esa qatnov qismining chetida va Qoidalarning 89-bandida ko‘rsatilgan hollarda trotuarda to‘xtash va to‘xtab turishga ruxsat etiladi.

32. To‘xtagan transport vositasi bilan yotiq sidirg‘a chiziq orasidagi masofa qancha bo‘lganida to‘xtash taqiqlanadi?

To‘xtagan transport vositasi bilan yotiq sidirg‘a chiziq orasidagi masofa qancha bo‘lganida to‘xtash taqiqlanadi?
  1. 6 m
  2. 5,5 m
  3. 4 m
  4. 3,5 m
  5. 2,5 m

To'g'ri javob: 2,5 m

"YHQning 13-bob. 91-band 8-xatboshiga asosan: 91. Quyidagilarda to‘xtash taqiqlanadi: to‘xtagan transport vositasi bilan bo‘ylama sidirg‘a chiziq (qatnov qismining chetini belgilovchi chiziqdan tashqari), ajratuvchi mintaqa yoki qatnov qismining qarama-qarshi cheti orasidagi masofa 3 metrdan kam bo‘lgan joylarda."

33. Aholi punktlaridan tashqarida qaysi avtomobil to‘xtab turish qoidasini buzmadi?

Aholi punktlaridan tashqarida qaysi avtomobil to‘xtab turish qoidasini buzmadi?
  1. Qizil avtomobil
  2. Yashil avtomobil
  3. Qizil va yashil avtomobil
  4. Barcha avtomobillar to‘xtab turish qoidasini buzdi
  5. Ko‘k avtomobil

To'g'ri javob: Qizil avtomobil

YHQning 13-bob. 88-band 1-xatboshiga asosan: 88. Transport vositalariga yo‘lning o‘ng tomonida yo‘l yoqasida, u bo‘lmaganda esa qatnov qismining chetida va Qoidalarning 89-bandida ko‘rsatilgan hollarda trotuarda to‘xtash va to‘xtab turishga ruxsat etiladi.

34. Avtomobilga shu vaziyatda to‘xtashga ruxsat etiladimi?

Avtomobilga shu vaziyatda to‘xtashga ruxsat etiladimi?
  1. Taqiqlanadi
  2. Ruxsat etiladi

To'g'ri javob: Ruxsat etiladi

YHQning 13-bob. 88-band 1-xatboshiga asosan: 88. Transport vositalariga yo‘lning o‘ng tomonida yo‘l yoqasida, u bo‘lmaganda esa qatnov qismining chetida va Qoidalarning 89-bandida ko‘rsatilgan hollarda trotuarda to‘xtash va to‘xtab turishga ruxsat etiladi.

35. Ushbu ko‘rsatilgan joyda to‘xtashga ruxsat etiladimi?

Ushbu ko‘rsatilgan joyda to‘xtashga ruxsat etiladimi?
  1. Taqiqlanadi
  2. Ruxsat etiladi

To'g'ri javob: Ruxsat etiladi

YHQning 13-bob. 91-band 8-xatboshiga asosan: 91. Quyidagilarda to‘xtash taqiqlanadi: to‘xtagan transport vositasi bilan bo‘ylama sidirg‘a chiziq (qatnov qismining chetini belgilovchi chiziqdan tashqari), ajratuvchi mintaqa yoki qatnov qismining qarama-qarshi cheti orasidagi masofa 3 metrdan kam bo‘lgan joylarda.