Quvib o‘tish: test savollari

1. Bu yerda quvib o'tishga ruxsat etiladimi?

Bu yerda quvib o'tishga ruxsat etiladimi?
  1. Ruxsat etiladi.
  2. Taqiqlanadi.

To'g'ri javob: Taqiqlanadi.

YHQ 12-bobi 86-bandi 6-xatboshiga asosan, tepalikning oxirida va yo'lning ko'rinishi cheklangan joylarida quvib o'tish taqiqlanadi.

2. Ko‘rsatilgan holatda o‘zib ketishga ruxsat etiladimi?

Ko‘rsatilgan holatda o‘zib ketishga ruxsat etiladimi?
  1. Ruxsat etiladi
  2. Taqiqlanadi
  3. Agar quvib o‘tilayotgan transport vositasining tezligi 40 km/soatdan kam bo‘lsa ruxsat etiladi

To'g'ri javob: Ruxsat etiladi

YHQ 12-bobi 86-bandi 5-xatboshiga asosan, quvib o'tish quyidagi hollarda taqiqlanadi - temir yo'l kesishmalarida va ulargacha 100 metrdan kam qolganda.

3. Suratlarning qaysi birida quvib o'tish ko'rsatilgan?

Suratlarning qaysi birida quvib o'tish ko'rsatilgan?
  1. A.
  2. B.
  3. A va B.

To'g'ri javob: A.

YHQ 1-bobi 6-bandi 24-tushunchasiga asosan, quvib o'tish — bir yoki bir nechta transport vositalarini qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan tasmaga chiqib, so'ngra ilgari egallagan qatoriga qaytib o'tish bilan bog'liq bo'lgan o'zib ketish.

4. Ko‘k avtomobil haydovchisi chapga burilish ishorasini berib, burilishga kirishgandan keyin, qizil avtomobil haydovchisi o‘ng tomondan o‘zib ketishi mumkinmi?

Ko‘k avtomobil haydovchisi chapga burilish ishorasini berib, burilishga kirishgandan keyin, qizil avtomobil haydovchisi…
  1. Ha
  2. Yo‘q

To'g'ri javob: Ha

YHQ 12-bobi 83-bandiga asosan, bir yo'nalishda harakatlanayotgan relssiz transport vositalarini har ikki tomonidan o'zib ketishga ruxsat beriladi. Biroq chapga burilish ishorasini berib, burilishga kirishgan transport vositasini o'zib ketish o'ng tomondan amalga oshiriladi.

5. Ko'rsatilgan vaziyatda yengil avtomobil haydovchisiga quvib o'tish ruxsat etilganmi?

Ko'rsatilgan vaziyatda yengil avtomobil haydovchisiga quvib o'tish ruxsat etilganmi?
  1. Ruxsat etilgan.
  2. Ruxsat etilgan, agar mototsiklning tezligi 40 km/soatdan kam bo'lsa.
  3. Taqiqlangan.

To'g'ri javob: Taqiqlangan.

YHQ 10-bobining 66-bandiga muvofiq, harakat ikki tomonlama bo'lgan va chiziqlar bilan belgilangan (1.9 yo'l chizig'i bilan belgilanganidan tashqari) uchta tasmali yo'llarda, ikki yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan o'rta qatorga faqat quvib o'tish, aylanib o'tish, chapga burilish va qayrilib olish uchungina chiqishga ruxsat etiladi. Qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan chetki chap qatorni egallash taqiqlanadi.

6. Aholi punktidan tashqarida tirkamali yengil avtomobil haydovchisiga eng katta tezlikni soatiga necha kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi?

  1. 50 km/s
  2. 70 km/s
  3. 80 km/s
  4. 90 km/s
  5. 100 km/s

To'g'ri javob: 80 km/s

YHQ 12 – bobi 86-bandining oltinchi xatboshisiga asosan, quvib o‘tish quyidagi hollarda taqiqlanadi: tepalikning oxirida va yo‘lning ko‘rinishi cheklangan joylarida qarama – qarshi harakatlanish yo‘nalishiga chiqib.

7. Yengil avtomobil haydovchilarining qaysi biri aholi punktlarida harakatlanish qoidalarini buzmoqda?

Yengil avtomobil haydovchilarining qaysi biri aholi punktlarida harakatlanish qoidalarini buzmoqda?
  1. Faqat "B" avtomobil haydovchisi.
  2. Ikkalasi ham buzmoqda.
  3. Ikkalasi ham buzmayapti.

To'g'ri javob: Ikkalasi ham buzmayapti.

YHQ 10-bobi 67-bandiga muvofiq, aholi punktlarida haydovchilar o'zlariga qulay bo'lgan harakatlanish bo'lagidan foydalanishlari mumkin. Harakatlanish serqatnovligi sababli boshqa tasmalar band bo'lganda harakatlanish qatorini faqat o'ngga yoki chapga burilish, qayrilib olish, to'xtash yoki to'siqni aylanib o'tish uchun o'zgartirishga ruxsat etiladi. Biroq, bir yo'nalishdagi uch va undan ortiq tasmali har qanday yo'lda chetki chap qatorni harakat serqatnovligi sababli boshqa bo'laklar band bo'lgan hollarda, shuningdek, quvib o'tish, chapga burilish yoki qayrilib olishga, yuk avtomobillariga faqat chapga burilish yoki qayrilib olish uchun chetki chap qatorni egallashga ruxsat etiladi.

8. Bu joyda quvib o‘tishga ruxsat etiladimi?

Bu joyda quvib o‘tishga ruxsat etiladimi?
  1. Ruxsat etiladi.
  2. Taqiqlanadi.
  3. Aholi punktidan tashqaridagi yo‘llarda ruxsat etiladi.
  4. Faqat aholi punktlaridan tashqaridagi yo‘llarda taqiqlanadi.

To'g'ri javob: Taqiqlanadi.

YHQ 12-bobi 86-bandi 6-xatboshiga asosan, tepalikning oxirida va yo‘lning ko‘rinishi cheklangan joylarida quvib o‘tish taqiqlanadi.

9. Avtomobil haydovchisi uni boshqa transport vositalari quvib o‘tayotganda qanday harakat qilishi kerak?

  1. Harakat tasmasini o‘zgartirmay, o‘ngga burilish ishorasini berishi
  2. Harakat tezligini oshirish yoki boshqa hatti-harakatlar bilan quvib o‘tishga to‘sqinlik qilmasligi
  3. Harakat tezligini kamaytirishi, tovush ishorasini berishi

To'g'ri javob: Harakat tezligini oshirish yoki boshqa hatti-harakatlar bilan quvib o‘tishga to‘sqinlik qilmasligi

YHQ 12-bobi 84-bandiga muvofiq, quvib o'tilayotgan transport vositasining haydovchisiga harakatlanish tezligini oshirish yoki boshqa xatti-harakatlar bilan quvib o'tishga to'sqinlik qilish taqiqlanadi.

10. Siz quvib o'tish uchun chiqdingiz va bexosdan ro'paradan kelayotgan avtomobilni ko'rib qoldingiz. Agar siz quvib o'tishni tugallay olishingizga ishonchingiz bo'lmasa, siz:

  1. Tovush xabarini berib va faralarni yoqib quvib o'tishni tugallaguncha davom ettirishingiz kerak.
  2. Tezlikni asta ko'paytirishingiz va quvib o'tishni tezroq tugallashingiz kerak.
  3. Tezlikni kamaytirishingiz va avval egallagan bo'lagingizga qaytishingiz kerak.

To'g'ri javob: Tezlikni kamaytirishingiz va avval egallagan bo'lagingizga qaytishingiz kerak.

YHQ 12-bobi 82-bandi, quvib o'tishni boshlashdan oldin haydovchi o'zi o'tmoqchi bo'lgan harakatlanish bo'lagi quvib o'tish uchun yetarlicha masofada bo'sh ekanligiga, quvib o'tish jarayonida harakatlanishga xavf tug'dirmasligiga va boshqa harakat qatnashchilariga xalaqit bermasligiga, quvib o'tishni tugallayotganda quvib o'tilayotgan transport vositasiga xalaqit bermasdan ilgari egallagan qatorga qaytib o'ta olishiga ishonch hosil qilishi shart.

11. Ko‘k avtomobilga qaysi yo‘nalishda harakatlanishga ruxsat etiladi?

Ko‘k avtomobilga qaysi yo‘nalishda harakatlanishga ruxsat etiladi?
  1. Faqat orqa yo‘nalishda
  2. To‘g‘riga, chap va orqa yo‘nalishda
  3. Chap va orqa yo‘nalishda
  4. Barcha yo‘nalishlarda

To'g'ri javob: Chap va orqa yo‘nalishda

YHQ 10-bobining 66-bandiga muvofiq, harakat ikki tomonlama bo'lgan va chiziqlar bilan belgilangan (1.9 yo'l chizig'i bilan belgilanganidan tashqari) uchta tasmali yo'llarda, ikki yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan o'rta qatorga faqat quvib o'tish, aylanib o'tish, chapga burilish va qayrilib olish uchungina chiqishga ruxsat etiladi. Qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan chetki chap qatorni egallash taqiqlanadi.

12. Ko'k avtomobil haydovchisiga quvib o'tish ruxsat etiladimi?

Ko'k avtomobil haydovchisiga quvib o'tish ruxsat etiladimi?
  1. Ruxsat etiladi.
  2. Taqiqlanadi.
  3. Ruxsat etiladi, agar qizil avtomobil 40 km/soatdan kam tezlik bilan harakatlanayotgan bo'lsa.

To'g'ri javob: Taqiqlanadi.

YHQ 10-bobining 66-bandiga muvofiq, harakat ikki tomonlama bo'lgan va chiziqlar bilan belgilangan (1.9 yo'l chizig'i bilan belgilanganidan tashqari) uchta tasmali yo'llarda, ikki yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan o'rta qatorga faqat quvib o'tish, aylanib o'tish, chapga burilish va qayrilib olish uchungina chiqishga ruxsat etiladi. Qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan chetki chap qatorni egallash taqiqlanadi.

13. Harakat tezligi 40 km/sdan oshmaydigan transport vositasiga qatnov qismining chap tasmasiga chiqishga qachon ruxsat etiladi?

Harakat tezligi 40 km/sdan oshmaydigan transport vositasiga qatnov qismining chap tasmasiga chiqishga qachon ruxsat eti…
  1. Burilish yoki qayrilish oldidan qayta tizilishda
  2. Quvib o‘tishda, o‘zib ketishda yoki aylanib o‘tishda
  3. Sanab o‘tilgan barcha hollarda
  4. Sanab o‘tilgan barcha hollarda, shuningdek, agar bir yo‘nalishda harakatlanish uchun uchta va undan ortiq tasma bo‘lganda

To'g'ri javob: Sanab o‘tilgan barcha hollarda

YHQ 10-bobi 67-bandiga muvofiq, tezligini soatiga 40 kilometrdan oshirishi mumkin bo'lmagan yoki texnik sabablarga ko'ra tezligini bundan oshira olmaydigan transport vositalari aylanib o'tish, quvib o'tish, chapga burilish yoki qayrilib olish uchun qayta tizilishdan yoki ruxsat etilgan hollarda yo'lning chap tomonida to'xtashdan boshqa hollarda faqat chetki o'ng tasmada harakatlanishlari kerak.

14. Aholi punktlarida ma'lum harakat tezligiga rioya etayotgan yirik o'lchamli transport vositasining haydovchisi qanday yo'l tutishi kerak?

Aholi punktlarida ma'lum harakat tezligiga rioya etayotgan yirik o'lchamli transport vositasining haydovchisi qanday yo…
  1. To'xtashi va orqasida to'planib qolgan transport vositalarini o'tkazib yuborishi kerak.
  2. Harakatni davom ettirishi kerak.

To'g'ri javob: Harakatni davom ettirishi kerak.

YHQ 12-bobi 87 bandiga asosan, aholi punktlaridan tashqaridagi yo'llarda sekin harakatlanadigan, katta hajmli yoki katta hajmli yuk tashiyotgan transport vositasini quvib o'tish qiyin bo'lgan hollarda uning haydovchisi ushbu transport vositasini iloji boricha yo'lning o'ng tomoniga olishi, zarur bo'lganda esa orqasida to'planib qolgan transport vositalarini o'tkazib yuborish uchun to'xtashi kerak. Aholi punktlarida esa yuqorida keltirilgan talablar yo'q, u harakatni davom ettirishi mumkin.

15. Mazkur vaziyatda quvib o‘tishga ruxsat etilganmi?

Mazkur vaziyatda quvib o‘tishga ruxsat etilganmi?
  1. 40 km/soatdan kam tezlik bilan harakatlanayotgan faqat yakka transport vositalariga ruxsat etilgan
  2. Taqiqlangan
  3. Barcha hollarda ruxsat etilgan

To'g'ri javob: Taqiqlangan

YHQ 12-bobi 86-band 4-xatboshisiga asosan, temir yo'l kesishmalarida va ulargacha 100 metrdan kam masofa qolganda quvib o'tish taqiqlanadi. Aholi punktlaridan tashqarida takrorlanadigan ikkinchi 1.2 belgi yo'lning xavfli qismi boshlanishiga kamida 50 metr (ko'pi bilan 100 metr) qolganda o'rnatiladi.

16. Siz chapga burilishga yoki qayrilishga qaror qildingiz. Orqani ko‘rsatadigan ko‘zguga qarab bildingizki, ortingizdagi haydovchi Sizni quvib o‘tmoqchi. Sizning bundan keyingi harakatingiz?

  1. Burilishning chap ko‘rsatkichini yoqish va qatnov qismida qulay joylashib olishdan foydalanib, manyovr qilishga kirishish
  2. Sizning ortingizdan kelayotgan haydovchi Sizni quvib o‘tib ketgandan so‘nggina burilishning chap ko‘rsatkichini yoqish
  3. Burilishning chap ko‘rsatkichini yoqish, o‘zini quvib o‘tishga imkon berishi va so‘ng manyovr qilishga kirishish

To'g'ri javob: Sizning ortingizdan kelayotgan haydovchi Sizni quvib o‘tib ketgandan so‘nggina burilishning chap ko‘rsatkichini yoqish

YHQ 12-bobi 84-bandiga asosan: Quvib o‘tilayotgan transport vositasining haydovchisiga harakat tezligini oshirish yoki boshqa xatti-harakatlar bilan quvib o‘tishga to‘sqinlik qilish taqiqlanadi.

17. «Quvib o‘tish» atamasi nimani bildiradi?

  1. Egallagan harakatlanish bo‘lagidan chiqib, oldinda harakatlanayotgan transport vositasidan o‘zib ketish
  2. Bir va bir necha transport vositalaridan o‘zib ketish
  3. Bir yoki bir nechta transport vositalarini qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan tasmaga chiqib, so‘ngra ilgari egallagan qatoriga qaytib o‘tish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zib ketish

To'g'ri javob: Bir yoki bir nechta transport vositalarini qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan tasmaga chiqib, so‘ngra ilgari egallagan qatoriga qaytib o‘tish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zib ketish

YHQ 1-bobi 6-bandi 24-tushunchasiga asosan, quvib o'tish — bir yoki bir nechta transport vositalarini qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan tasmaga chiqib, so'ngra ilgari egallagan qatoriga qaytib o'tish bilan bog'liq bo'lgan o'zib ketish.

18. Haydovchi quvib o‘tishni boshlashdan oldin nimaga ishonch hosil qilishi kerak?

  1. Quvib o‘tayotgan transport vositasi haydovchisidan ancha tezroq harakatlanishiga
  2. Shu tasma bo‘yicha oldinda harakatlanayotgan transport vositasi haydovchisi chapga burilish (qayta tizilish) haqida ishora bermaganiga
  3. U chiqishga mo‘ljallangan yo‘l qismi 1000 metr masofada bo‘sh ekaniga

To'g'ri javob: Shu tasma bo‘yicha oldinda harakatlanayotgan transport vositasi haydovchisi chapga burilish (qayta tizilish) haqida ishora bermaganiga

YHQ 12-bobi 82-bandi 3-xatboshiga asosan, quvib o'tishni boshlashdan oldin haydovchi shu tasmada orqada harakatlanayotgan transport vositasi quvib o'tishni boshlamaganligiga ishonch hosil qilishi shart.

19. Qaysi transport vositasining haydovchisi quvib o‘tishni to‘g‘ri bajaryapti?

Qaysi transport vositasining haydovchisi quvib o‘tishni to‘g‘ri bajaryapti?
  1. Yuk avtomobilining haydovchisi
  2. Yengil avtomobilning haydovchisi
  3. Har ikkisi to‘g‘ri
  4. Har ikkisi noto‘g‘ri

To'g'ri javob: Yuk avtomobilining haydovchisi

YHQ 10-bobining 66-bandiga muvofiq, harakat ikki tomonlama bo'lgan va chiziqlar bilan belgilangan (1.9 yo'l chizig'i bilan belgilanganidan tashqari) uchta tasmali yo'llarda, ikki yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan o'rta qatorga faqat quvib o'tish, aylanib o'tish, chapga burilish va qayrilib olish uchungina chiqishga ruxsat etiladi. Qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan chetki chap qatorni egallash taqiqlanadi.

20. Quvib o‘tish qaysi hollarda taqiqlanadi?

  1. Temir yo‘l kesishmalarida va ulargacha 100 metrdan kam masofa qolganda
  2. Temir yo‘l kesishmalarida va ulargacha 100 metrdan ko‘p masofa qolganda
  3. Temir yo‘l kesishmalarida va aholi punktlaridan tashqarida ulardan 100 metrdan ko‘p masofa qolganda

To'g'ri javob: Temir yo‘l kesishmalarida va ulargacha 100 metrdan kam masofa qolganda

YHQ 12-bobi 86-band 4-xatboshisiga asosan, temir yo'l kesishmalarida va ulargacha 100 metrdan kam masofa qolganda quvib o'tish taqiqlanadi.

21. Bu joyda avtobusni quvib o‘tishga ruxsat etiladimi?

Bu joyda avtobusni quvib o‘tishga ruxsat etiladimi?
  1. Ruxsat etiladi
  2. Taqiqlanadi

To'g'ri javob: Ruxsat etiladi

YHQ 12-bobi 86-band 4-xatboshisiga asosan, temir yo‘l kesishmalarida va ulargacha 100 metrdan kam masofa qolganda quvib o‘tish taqiqlanadi. Aholi punktlaridan tashqarida takrorlanadigan birinchi 1.1 belgi yo‘lning xavfli qismi boshlanishidan 150 — 300 metr oldin o‘rnatiladi.

22. Qaysi transport vositasining haydovchisi quvib o'tishni to'g'ri bajarmoqda?

Qaysi transport vositasining haydovchisi quvib o'tishni to'g'ri bajarmoqda?
  1. Yashil avtomobil haydovchsi.
  2. Ko'k avtomobil haydovchisi.
  3. Ikkala haydovchi to'g'ri bajarmoqda.
  4. Ikkala haydovchilarga quvib o'tish taqiqlangan.

To'g'ri javob: Yashil avtomobil haydovchsi.

YHQ 10-bobining 66-bandiga muvofiq, harakat ikki tomonlama bo'lgan va chiziqlar bilan belgilangan (1.9 yo'l chizig'i bilan belgilanganidan tashqari) uchta tasmali yo'llarda, ikki yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan o'rta qatorga faqat quvib o'tish, aylanib o'tish, chapga burilish va qayrilib olish uchungina chiqishga ruxsat etiladi. Qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan chetki chap qatorni egallash taqiqlanadi.

23. «Quvib o‘tish» atamasi nimani bildiradi?

  1. Egallagan harakatlanish bo‘lagidan chiqib, oldinda harakatlanayotgan transport vositasidan o‘zib ketish
  2. Bir va bir necha transport vositalaridan o‘zib ketish
  3. Bir yoki bir nechta transport vositalarini qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan tasmaga chiqib, so‘ngra ilgari egallagan qatoriga qaytib o‘tish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zib ketish

To'g'ri javob: Bir yoki bir nechta transport vositalarini qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan tasmaga chiqib, so‘ngra ilgari egallagan qatoriga qaytib o‘tish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zib ketish

YHQ 1-bobi 6-bandi 24-tushunchasiga asosan, quvib o'tish — bir yoki bir nechta transport vositalarini qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan tasmaga chiqib, so'ngra ilgari egallagan qatoriga qaytib o'tish bilan bog'liq bo'lgan o'zib ketish.

24. Mototsikl haydovchisi qoidani buzayaptimi?

Mototsikl haydovchisi qoidani buzayaptimi?
  1. Ha
  2. Yo‘q

To'g'ri javob: Yo‘q

YHQ 12-bobi 86-bandi: Quvib o‘tish quyidagi hollarda taqiqlanadi: tepalikning oxirida va yo‘lning ko‘rinishi cheklangan joylarda; Qoidani buzmadi, sababi Mototsilkchi tepalikning oxirida emas.

25. Bir yo‘nalishda harakatlanayotgan (burilishga kirishmagan) relssiz transport vositasidan o‘zib ketishga ruxsat beriladi:

  1. Faqat chap tomondan
  2. Faqat o‘ng tomondan
  3. Har ikki tomondan

To'g'ri javob: Har ikki tomondan

YHQning 12-bob. 83-bandga asosan: 83. Bir yo‘nalishda harakatlanayotgan relssiz transport vositalarini har ikki tomonidan o‘zib ketishga ruxsat beriladi. Biroq chapga burilish ishorasini berib, burilishga kirishgan transport vositasini o‘zib ketish o‘ng tomondan amalga oshiriladi.