1. Aholi punktlaridan tashqarida yengil avtomobillarning qanday eng katta tezlik bilan harakatlanishiga ruxsat etiladi?
110 km/s.
100 km/s.
90 km/s.
80 km/s.
70 km/s.
To'g'ri javob: 100 km/s.
YHQ 11-bobi 79-bandi 1-xatboshiga asosan, aholi punktlaridan tashqarida yengil avtomobillarga va ruxsat etilgan to'la vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 100 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.
2. Tirkamali yengil avtomobillarga yo'lning shu yo'l belgisi o'rnatilgan qismida qanday eng katta tezlik bilan harakatlanishga ruxsat etiladi?
60 km/s.
70 km/s.
80 km/s.
100 km/s.
110 km/s.
To'g'ri javob: 80 km/s.
YHQ 11-bobining 79-bandi 3-xatboshiga muvofiq, boshqa avtobuslar (shaharlararo va mikroavtobuslardan tashqari), tirkamali yengil avtomobillar, motosikllar, ruxsat etilgan to'la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo'lgan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 80 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.
3. Agar g‘ildiraklardagi tortish kuchi yo‘l bilan tishlashish kuchidan ortiq bo‘lsa:
Yurgizgich o‘chib qoladi
Ulagich detallarining yemirilishi ortadi
Yetakchi g‘ildiraklar o‘rnidan jilmay aylanadi
To'g'ri javob: Yetakchi g‘ildiraklar o‘rnidan jilmay aylanadi
Joydan qo‘zg‘alayotgan vaqtda katta inersiya kuchi vujudga keladi va uni bartaraf qilish uchun yetaklovchi g‘ildiraklarga katta tortish kuchini qo‘shish lozim. Gorizontal yo‘lda katta bo‘lmagan tezlikda bir tekis harakat paytida qarshilik kuchi katta emas va uni bartaraf qilish uchun kamroq tortish kuchi yetarli. Ko‘proq tortilganda boshqaruvchi g‘ildiraklar o‘rnidan jilmay aylanadi.
4. Shunday yo'l belgisi bo'lgan yo'l qismlarida ruxsat etilgan to'la vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillariga qanday eng katta tezlik bilan harakat qilishga ruxsat etiladi?
110 km/s.
70 km/s.
100 km/s.
90 km/s.
60 km/s.
To'g'ri javob: 100 km/s.
YHQ 11-bobi 79-bandi 1-xatboshiga asosan, aholi punktlaridan tashqarida yengil avtomobillarga va ruxsat etilgan to'la vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 100 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.
5. O‘zib ketish deb nimaga aytiladi?
Transport vositasining bir yo‘nalishda transport vositasi tezligidan ortiq tezlikda harakatlanishi
Qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan tasmaga chiqib, so‘ngra ilgari egallagan qatoriga qaytib o‘tish bilan bog‘liq bo‘lgan harakat
Kam tezlik bilan qo‘shni qatorda harakatlanayotgan bir yoki bir nechta transport vositasidan o‘zib ketish
To'g'ri javob: Transport vositasining bir yo‘nalishda transport vositasi tezligidan ortiq tezlikda harakatlanishi
YHQ 1 – bobi 6 – bandiga asosan: O‘zib ketish — transport vositasining bir yo‘nalishda transport vositasi tezligidan ortiq tezlikda harakatlanishi
6. Haydovchi ko‘zi qamashganda bajarishi shart:
Qatnov qismining iloji boricha o‘ng tomoniga o‘tib to‘xtashi
Avariya yorug‘lik ishoralarini yoqishi va harakat tasmasini o‘zgartirmasdan tezlikni kamaytirishi va to‘xtashi
Agar oldinda transport vositalari paydo bo‘lsa, tasmani o‘zgartirmay tezlikni kamaytirishi yoki to‘xtashi
Uzoqni yorituvchi fara chiroqlarini yoqishi va to‘xtashi
To'g'ri javob: Avariya yorug‘lik ishoralarini yoqishi va harakat tasmasini o‘zgartirmasdan tezlikni kamaytirishi va to‘xtashi
YHQ 23-bobi 135-bandiga muvofiq, ko'zi qamashgan haydovchi avariya ishoralarini yoqishi, harakatlanish bo'lagini o'zgartirmasdan tezlikni kamaytirishi va to'xtashi kerak.
7. Turar joy dahalarida va yondosh hududlarda qanday eng yuqori tezlikda harakatlanishga ruxsat beriladi?
30 km/soat
20 km/soat
50 km/soat
60 km/soat
To'g'ri javob: 20 km/soat
premium_required
8. Mototsikllarda aholi punktidan tashqarida qanday tezlikda harakatlanishga ruxsat etiladi?
Soatiga 70 kilometrdan oshirmasdan.
Soatiga 80 kilometrdan oshirmasdan.
Soatiga 90 kilometrdan oshirmasdan.
To'g'ri javob: Soatiga 80 kilometrdan oshirmasdan.
YHQ 11-bobining 79-bandi 3-xatboshiga muvofiq, boshqa avtobuslar (shaharlararo va mikroavtobuslardan tashqari), tirkamali engil avtomobillar, mototsikllar, ruxsat etilgan to'la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo'lgan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 80 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.
9. Ushbu belgilardan qaysilari vaqtinchalik yo‘l belgilari hisoblanadi?
1 va 4
2 va 3
3 va 4
To'g'ri javob: 2 va 3
YHQ 1-ilovasi 3-bo‘limining yigirma sakkizinchi xatboshisiga asosan: 3.24. «Yuqori tezlik cheklangan». Belgida ko‘rsatilganidan ortiq tezlikda (km/s) harakatlanish taqiqlanishini bildiradi. YHQ 11-bobi 79-bandiga uchinchi xatboshisiga asosan, aholi punktlaridan tashqarida: boshqa avtobuslar, tirkamali yengil avtomobillar, mototsikllar, elektromototsikllar ruxsat etilgan to‘la vazni 3,5 tonnadan ortig bo‘lgan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 80 kilometrdan oshirmasdan; YHQ 11-bobi 80-bandiga uchinchi xatboshisiga asosan, har qanday yo‘llarda: mexanik transport vositalarini shatakka olgan transport vositalariga tezlikni soatiga 50 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishi taqiqlanadi.
10. Ushbu belgi o‘rnatilgan joyda shatakka olishni amalga oshirishning eng yuqori tezligi qanday?
30 km/s
50 km/s
70 km/s
80 km/s
To'g'ri javob: 50 km/s
YHQ 11-bobi 80-bandi 3-xatboshiga asosan, har qanday yo'llarda mexanik transport vositalarini shatakka olgan transport vositalariga tezlikni soatiga 50 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.
11. Tegishli yo‘l belgilari o‘rnatilgan maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yetmasdan va o‘tib ketib 300 metrdan kam masofada qanday eng yuqori tezlikda harakatlanishga ruxsat etiladi?
20 km/soat
30 km/soat
50 km/soat
60 km/soat
To'g'ri javob: 30 km/soat
premium_required
12. Haydovchi harakat tezligini tanlashda nimani hisobga olishi kerak?
Harakatning serqatnovligini, transport vositasi va yukning xususiyati va holatini
Yo‘l va ob-havo sharoitini
Barcha sanab o‘tilgan omillarni
To'g'ri javob: Barcha sanab o‘tilgan omillarni
YHQ 11-bobi 77-bandi 1-xatboshisiga asosan, haydovchi harakatlanishning serqatnovligini, transport vositasining va yukning xususiyati hamda holatini, yo'l va ob-havo sharoitini, shuningdek, harakatlanish yo'nalishidagi ko'rinishni hisobga olib transport vositasini belgilangan tezlikdan oshirmagan holda xavfsizlikni ta'minlovchi tezlik bilan boshqarishi kerak.
13. Qaysi transport vositasining haydovchisiga belgida ko'rsatilgan tezlik bilan harakatlanishga ruxsat berilgan?
Har ikki haydovchiga.
Faqat mikroavtobus haydovchisiga.
Har ikkisiga taqiqlangan.
To'g'ri javob: Faqat mikroavtobus haydovchisiga.
YHQ 11-bobi 79-bandi 2-xatboshiga asosan, aholi punktlaridan tashqarida shaharlararo qatnaydigan avtobuslarga va mikroavtobuslarga tezlikni soatiga 90 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi. YHQ 11-bobi 80-bandi 1-xatboshiga asosan, har qanday yo'llarda yukxonasida odam tashiyotgan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 60 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.
14. Agar barcha transport vositalari 80 km/soat tezlik bilan harakat qilsa, haydovchilardan qaysi biri qoidalar talablarini buzadi?
Mototsikl va yuk avtomobilining haydovchilari
Mototsikl va yengil avtomobilning haydovchilari
Hamma haydovchilar buzadi
Mototsikl haydovchisi
Hech kim buzmaydi
To'g'ri javob: Hech kim buzmaydi
YHQ 1-ilovasi 3-bo‘limi 3.24 belgi talabiga asosan, “Yuqori tezlik cheklangan” belgisi transport vositalarining yuqori tezligini cheklaydi.
15. Bunday yo'l belgisi o'rnatilgan yo'l qismlarida mototsikllarga qanday yuqori tezlik bilan harakatlanishga ruxsat etiladi?
60 km/s.
70 km/s.
80 km/s.
90 km/s.
100 km/s.
To'g'ri javob: 80 km/s.
YHQ 11-bobining 79-bandi 3-xatboshiga muvofiq, boshqa avtobuslar (shaharlararo va mikroavtobuslardan tashqari), tirkamali yengil avtomobillar, mototsikllar, ruxsat etilgan to'la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo'lgan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 80 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.
16. Serqatnov harakatda transport vositasini keskin tormozlash:
Orqadan kelayotganlarning urilib ketishini keltirib chiqarishi mumkin
Avtomobilning faqat texnik holatida ko‘rinadi
Serqatnov harakatda boshqarishning odatdagi usuli hisoblanadi
To'g'ri javob: Orqadan kelayotganlarning urilib ketishini keltirib chiqarishi mumkin
YHQ 11-bobi 81-bandining to‘rtinchi xatboshisiga asosan, haydovchilarga quyidagilar taqiqlanadi: yo‘l-transport hodisasining oldini olish zaruriyati bo‘lmaganda keskin tormoz berish.
17. Shunday yo‘l belgisi bilan belgilangan yo‘l qismlarida shaharlararo bo‘lmagan avtobuslarning qanday yuqori tezlik bilan harakatlanishiga ruxsat etiladi?
50 km/s.
60 km/s.
70 km/s.
80 km/s.
90 km/s.
To'g'ri javob: 80 km/s.
YHQ 11-bobining 79-bandi 3-xatboshiga muvofiq, boshqa avtobuslar (shaharlararo va mikroavtobuslardan tashqari), tirkamali yengil avtomobillar, motosikllar, ruxsat etilgan to‘la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 80 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.
18. Aholi punktidan tashqarida yuk avtomobili yukxonasida odamlarni tashishda qanday eng yuqori tezlikda harakatlanishga ruxsat etiladi?
40 km/s
50 km/s
60 km/s
70 km/s
80 km/s
To'g'ri javob: 60 km/s
YHQ 11-bobi 80-bandining birinchi xatboshisiga asosan, har qanday yo‘llarda: yukxonasida odam tashiyotgan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 60 kilometrdan oshirmasdan.
19. Yo‘lning chapga burilishiga yaqinlashganingizda, u o‘ylaganingizdan ko‘ra ancha keskinroq burilish bo‘lib chiqsa, siz:
Tezlikni o‘zgartirmay yo‘l qatnov qismining chap yoqasidan harakatni davom ettirishingiz kerak
Harakat tezligini kamaytirishingiz kerak
Burilishdan tezroq o‘tish uchun tezlikni oshirishingiz kerak
To'g'ri javob: Harakat tezligini kamaytirishingiz kerak
Burilishda o‘tayotgan vaqtda haydovchi shuni inobatga olishi lozimki, avtomobilning harakat tezligi kattalashganida markazdan qochirma kuch tezlik kvadratiga mos ravishda ortadi va transport vositasini ag‘darilishiga olib kelishi mumkin.
20. Sekinlashish bo‘lagi bo‘lgan yo‘lda qaysi transport vositasining haydovchisi burilish qoidasini buzdi?
Har ikki transport vositasi
Sariq avtomobil
Har ikki transport vositasi to‘g‘ri burilyapti
To'g'ri javob: Sariq avtomobil
YHQ 9-bobi 61-bandiga muvofiq, sekinlashish bo'lagi bo'lgan yo'llarda burilmoqchi bo'layotgan haydovchi o'z vaqtida shu bo'lakka o'tishi va tezlikni faqat unda kamaytirishi kerak.
21. Haydovchining o‘zi aniqlay oladigan harakatlanish uchun to‘sqinlik yoki xavf tug‘ilganda qanday choralar ko‘rishi kerak?
Tezlikni transport vositasi to‘xtaguniga qadar kamaytirishi yoki to‘sqinlikni aylanib o‘tishiga boshqa harakat qatnashchilari uchun xavfsiz choralarini ko‘rishi
Sodir bo‘lgan hodisa haqida IIOga xabar berishi
Davlat YHX xizmatiga eng yaqin mahkamasiga yoki ichki ishlar idorasiga kelishi va paydo bo‘lgan to‘sqinliklar yoki xavf-xatar to‘g‘risida xabar berishi
Sanab o‘tilgan barcha harakatlarni amalga oshirishi
To'g'ri javob: Tezlikni transport vositasi to‘xtaguniga qadar kamaytirishi yoki to‘sqinlikni aylanib o‘tishiga boshqa harakat qatnashchilari uchun xavfsiz choralarini ko‘rishi
YHQ 11-bobi 77-bandi 3-xatboshisiga asosan, haydovchi transport vositasini boshqarish paytida aniqlay olishi mumkin bo'lgan xavf yuzaga kelsa, u transport vositasining tezligini to'liq to'xtashni ta'minlaydigan darajada kamaytirishi yoki to'siqni boshqa harakat qatnashchilari uchun xavf tug'dirmagan holda aylanib o'tish choralarini ko'rishi kerak.
22. Bunday yo'l belgisi bilan belgilangan yo'l qismlarida ruxsat etilgan to'la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo'lgan yuk avtomobillarining qanday yuqori tezlik bilan harakatlanishiga ruxsat etiladi?
60 km/s.
90 km/s.
80 km/s.
70 km/s.
100 km/s.
To'g'ri javob: 80 km/s.
YHQ 11-bobining 79-bandi 3-xatboshiga muvofiq, boshqa avtobuslar (shaharlararo va mikroavtobuslardan tashqari), tirkamali yengil avtomobillar, motosikllar, ruxsat etilgan to'la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo'lgan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 80 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.
23. Haydovchi, agar uning transport vositasi 40 km/soatga teng yoki undan ortiq tezlik bilan balandlikka chiqa olmasa, nima chora ko‘rishi kerak?
Asosiy tasma bo‘yicha, agar unda boshqa transport vositalari yo‘q bo‘lsa, harakatlanishni davom ettirishi
Qo‘shimcha tasmaga qayta tizilishi
Agar balandlikning davomliligi 30 metrdan oshmasa, asosiy tasma bo‘yicha harakatlanishni davom ettirishi
To'g'ri javob: Qo‘shimcha tasmaga qayta tizilishi
YHQ 1-ilovasi 5-bobi: 5.8.3. bandi: «Tasmaning boshlanishi». Yo‘lning sekinlashish bo‘lagi yoki balandlikka ko‘tarilishdagi qo‘shimcha tasmaning boshlanish qismi. Agar belgiga 4.7 “Eng kam tezlik” belgisining tasviri tushgan bo‘lsa, ko‘rsatilgan yoki undan kattaroq tezlikda harakatlana olmaydigan transport vositasining haydovchisi asosiy tasmadan qo‘shimcha tasmaga qayta tizilishi kerak.
24. Shaharlararo qatnaydigan avtobusning haydovchisiga aholi punktlaridan tashqarida tezlikni 80 km/soatdan oshirishga ruxsat etiladimi?
Faqat shu yo‘nalishda harakatlanish uchun ikki yoki undan ortiq tasma bo‘lgan yo‘llarda harakatlanganda ruxsat etiladi
Ruxsat etiladi
Taqiqlanadi
To'g'ri javob: Ruxsat etiladi
YHQ 11-bobi 79-bandining ikkinchi xatboshisiga asosan, aholi punktlaridan tashqarida: shaharlararo qatnaydigan avtobuslarga vα mikroavtobuslarga tezlikni soatiga 90 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.
25. Bunday yo'l belgisi bilan belgilangan yo'l qismlarida shaharlararo qatnaydigan avtobuslarning qanday eng yuqori tezlikda harakatlanishiga ruxsat etiladi?
50 km/s.
60 km/s.
70 km/s.
80 km/s.
90 km/s.
To'g'ri javob: 90 km/s.
YHQ 11-bobi 79-bandi 2-xatboshiga asosan, aholi punktlaridan tashqarida shaharlararo qatnaydigan avtobuslarga va mikroavtobuslarga tezlikni soatiga 90 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.
26. Og‘ir vaznli va katta o‘lchamli yuklarni tashiyotgan transport vositalarining aholi punktlaridan tashqarida qanday tezlik bilan harakatlanishiga ruxsat etiladi?
40 km/soatdan oshirmasdan
60 km/soatdan oshirmasdan
Tashish shartlari bilan kelishilganda Davlat YHX xizmati ruxsat etganidan oshirmasdan
To'g'ri javob: Tashish shartlari bilan kelishilganda Davlat YHX xizmati ruxsat etganidan oshirmasdan
YHQ 11-bobi 80-bandi 4-xatboshiga asosan, har qanday yo'llarda xavfli, og'ir vaznli va katta o'lchamli yuklarni tashiyotgan, tashkiliy jamlanmada harakatlanayotgan transport vositalariga DYHXX bilan kelishilgan tezlikdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.
27. Aholi punktlaridan tashqarida yo‘lning qatnov qismida haydovchilar transport vositalarini qayerda harakatlantirishlari kerak?
Iloji boricha qatnov qismining o‘ng chetiga yaqinroq joyda
Xohlagan tasma bo‘ylab
Faqat o‘ng tasma bo‘ylab, chap tasmaga o‘tish faqat chapga burish va burilib olish uchun ruxsat etiladi
To'g'ri javob: Iloji boricha qatnov qismining o‘ng chetiga yaqinroq joyda
YHQ 10-bobi 67-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Aholi punktlaridan tashqaridagi yo‘llarda hamma aholi punktlarida ayrim turdagi transport vositalari uchun ushbu Qoidalarda belgilangandan yuqori tezlikda harakatlanish ruxsat etilgan yo‘l qisimlarida haydovchilar transport vositalarini mumkin qadar qatnov qismining o‘ng chetiga yaqinroq olib harakatlanishlari kerak. O‘ng tasmalar bo‘sh bo‘lganda chap tasmalarni egallash taqiqlanadi.
28. Transport vositasi texnik tavsifnomasida ko'rsatilgan yuqori tezlikdan oshirish mumkinmi?
Yo'llardan foydalanish uchun mas'ul bo'lgan idoralar tomonidan oshirilishi mumkin.
Aholi punktidan tashqaridagi yo'llarda oshirilishi mumkin. Bunday yo'l qismlarida "yuqori tezlik cheklangan" belgisi o'rnatiladi.
Oshirilishi mumkin emas.
To'g'ri javob: Oshirilishi mumkin emas.
YHQ 11-bobi 81-bandi 1-xatboshiga muvofiq, haydovchilarga tezlikni mazkur transport vositasining texnik tavsifnomasida ko'rsatilgan eng yuqori tezlikdan oshirish taqiqlanadi.
29. Egiluvchan ulagichda shatakka olinganda qanday yuqori tezlik bilan harakatlanishga ruxsat etilgan?
70 km/s
60 km/s
50 km/s
40 km/s
30 km/s
To'g'ri javob: 50 km/s
YHQ 11-bobi 80-bandining uchinchi xatboshisiga asosan, har qanday yo‘llarda: mexanik transport vositalarini shatakka olgan transport vositalariga tezlikni soatiga 50 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etilgan.
30. 108 km/s tezlikda harakatlanayotgan transport vositasi 1 soniyada qancha masofani bosib o‘tadi?
15 m
25 m
30 m
To'g'ri javob: 30 m
Harakat xavfsizligi asoslari talablariga asosan, 108 km/s tezlikda harakatlanayotgan transport vositasi 1 sekundda 30 m masofani bosib o‘tadi.
31. 72 km/soat tezlikda harakatlanayotgan transport vositasi 1 sekundda qancha masofani bosib o‘tadi?
15 m
20 m
25 m
To'g'ri javob: 20 m
Harakat xavfsizligi asoslari talablariga asosan, 72 km/s tezlikda harakatlanayotgan transport vositasi 1 sekundda 20 m masofani bosib o‘tadi.
32. Ushbu yo‘lda Sizga yo‘l belgisidan keyin qaysi tasmalarda harakatlanishga ruxsat beriladi?
Faqat chap tasmadan
Istalgan tasmadan
O‘ng tasmadan
To'g'ri javob: O‘ng tasmadan
Yo‘l harakati qoidalarining 67-bandiga asosan, aholi punktlaridan tashqaridagi yo‘llarda hamda aholi punktlarida ayrim turdagi transport vositalari uchun ushbu Qoidalarda belgilangandan yuqori tezlikda harakatlanish ruxsat etilgan yo‘l qismlarida haydovchilar transport vositalarini mumkin qadar qatnov qismining o‘ng chetiga yaqinroq olib harakatlanishlari kerak. O‘ng tasmalar bo‘sh bo‘lganda chap tasmalarni egallash taqiqlanadi.
33. Yo‘lning keskin burilishida yuzaga keladigan sirpanishning oldini olish uchun haydovchi nima qilishi kerak?
Burilishdan oldin tezlikni kamaytirib, avtomobilni erkin harakatlanishi uchun ilashma tepkisini bosishi
Burilishdan oldin tezlikni kamaytirish, kerak bo‘lsa uzatmalar pog‘onasini pasaytirish, burilishdan o‘tayotganda tezlikni oshirmaslik va avtomobilni keskin tormozlamaslik
Sanab o‘tilgan har ikki usulni qo‘llashga ruxsat etiladi
To'g'ri javob: Burilishdan oldin tezlikni kamaytirish, kerak bo‘lsa uzatmalar pog‘onasini pasaytirish, burilishdan o‘tayotganda tezlikni oshirmaslik va avtomobilni keskin tormozlamaslik
Xavfli burilishda yuqori tezlik oqibatida vujudga keladigan markazdan qochirma kuchning ta'siri oqibatida harakatlanayotgan avtomobil yon tomonga surilib ketishi mumkin. Shuning uchun, haydovchi oldindan, burilishning radiusiga mutanosib ravishda tezlikni pasaytirishi, zarur holatlarda past uzatmaga o'tishi, burilishda esa tezlikni keskin oshirmasdan va tormozlamasdan harakatni davom ettirishi kerak. Burilishlarda avtomobilni g'ildiratish avtomobil boshqaruvini yo'qotish bilan barobardir.
34. Kunning qorong‘i vaqtida va bulutli ob-havoda ro‘paradan kelayotgan avtomobil tezligi qanday tuyuladi?
Aslidagidan kam tezlikda tuyuladi
Aslidagidan katta tezlikda tuyuladi
Tezlikni qabul qilish o‘zgarmaydi
To'g'ri javob: Aslidagidan kam tezlikda tuyuladi
Harakat xavfsizligi asoslari talablariga asosan, kunning qorong‘i vaqtida va bulutli ob-havoda ro‘paradan kelayotgan avtomobil tezligi aslidagidan kam tezlikda tuyuladi tuyuladi.
35. 90 km/soat tezlikda harakatlanayotgan transport vositasi 1 soniyada qancha masofani bosib o‘tadi?
25 m
15 m
35 m
To'g'ri javob: 25 m
Haydovchining reaksiya vaqti ko'plab omillarga bog'liq, odatda 0,4 dan 1,6 soniya orasida. Shundan kelib chiqqan holda, haydovchining reaksiya vaqti o'rtacha 1 soniya deb taxmin qilinadi. Shuning uchun harakat xavfsizligining shartlarini ta'minlash maqsadida tezlikni tanlayotgan haydovchi soatiga 90 kilometr tezlikda harakatlanayotgan transport vositasi bir soniyada taxminan 25 metr masofani bosib o'tishini hisobga olishi kerak (teng holatda 90 000 metr/soat yoki 90 000 metr : 3 600 soniya = taxminan bir soniyada 25 metr).
Tezlik oshganda yonlama oraliq masofani oshirish kerak
To'g'ri javob: Tezlik oshganda yonlama oraliq masofani oshirish kerak
Harakatlanish tezligi ortishi bilan avtomobilning tanlangan harakat trayektoriyasidan yon tomonga chetlashi ham ortib boradi. Bu g'ildiraklarning yon elastikligi, qoplamaning notekisligi, shamolning qarshiligi va rul boshqarmasidagi lyuft hisobiga vujudga keladi. Shuning uchun, haydovchilar tezlikni oshirgan sayin yon oraliq masofani ham oshirishlari kerak.
37. Uzoq davom etadigan keng ravon yo‘lda avtomobilni yuqori tezlikda boshqarganda haydovchiga tezlik qanday qabul qilinadi?
Aslidagidan sekin harakatlanayotganga o‘xshaydi
Tezlikni qabul qilish o‘zgarmaydi
Aslidagidan tez harakatlanayotganga o‘xshaydi
To'g'ri javob: Aslidagidan sekin harakatlanayotganga o‘xshaydi
Haydovchi harakat tezligini uning ko'rish maydoniga tushgan narsalarning harakat tezligi bilan aniqlaydi. Uzoq vaqt mobaynida monoton harakatlanganda tezlik haqiqiysidan pastroq seziladi. Bunday holatlarda tezlikni nazorat qilish uchun odatdagidan ko'proq tezlikni o'lchash moslamasi (spidometr)dan foydalaning.
38. Quvib o‘tishga taalluqli belgilarni ko‘rsating?
А va В
В va C
А va С
To'g'ri javob: А va С
YHQ 1-ilovasining 3-bo‘limidagi 3.20 belgiga asosan, «Quvib o‘tish taqiqlangan». Soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan yakka transport vositasidan boshqa transport vositalarini quvib o‘tish taqiqlanishini bildiradi.
YHQ 1-ilovasining 3-bo‘limidagi 3.22 belgiga asosan, «Yuk avtomobillarida quvib o‘tish taqiqlangan». To‘liq vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillarida barcha transport vositalarini quvib o‘tish taqiqlanishini bildiradi (soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan transport vositasi, traktor, ot-arava, velosiped bundan mustasno).
39. Sekinlashish bo‘lagi bo‘lgan yo‘llarda burilmoqchi bo‘lgan haydovchi qachon tezlikni kamaytirishi lozim?
Sekinlashish bo‘lagiga o‘tguncha
Sekinlashish bo‘lagiga o‘tgach
To'g'ri javob: Sekinlashish bo‘lagiga o‘tgach
Yo‘l harakati qoidalarining 61 bandiga asosan, sekinlashish bo‘lagi bor bo‘lgan yo‘lda burilmoqchi bo‘lgan haydovchi o‘z vaqtida ushbu tasmaga qayta tizilishi va tezlikni faqat unda kamaytirishi kerak.
40. Tezlik ortishi bilan haydovchining ko‘rish maydoni qanday o‘zgaradi?
Kengayadi
O‘zgarmaydi
Torayadi
To'g'ri javob: Torayadi
Harakat xavfsizligi asoslari talablariga asosan, tezlik ortishi bilan haydovchining ko‘rish maydoni torayadi.
41. Aholi punktlaridan tashqarida tirkamali yuk avtomobillari qanday yuqori tezlik bilan harakatlanishi mumkin?
80 km/s
70 km/s
90 km/s
60 km/s
To'g'ri javob: 70 km/s
Yo‘l harakati qoidalarining 79 bandiga asosan, aholi punktlaridan tashqarida: tirkamali yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 70 kilometrdan oshirmasdan harakatlanish ruxsat etiladi.
42. Turar joy dahalarida qanday eng katta tezlikda harakatlanishga ruxsat etiladi?
30 km/s
20 km/s
40 km/s
5 km/s
To'g'ri javob: 20 km/s
YHQ 11 – bob 78 – bandiga asosan: Aholi punktlarida transport vositalarining tezligini soatiga 70 kilometrdan, tegishli yo‘l belgilari o‘rnatilgan maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yetmasdan va o‘tib ketib 300 metrdan kam masofada soatiga 30 kilometrdan, turar joy dahalari va yondosh hududlarda (uy-joy binolari orasidagi yer uchastkasida) esa soatiga 20 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.
43. Kunning qorong‘i vaqtida harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi tezlikni tanlashda qanday eng asosiy hal qiluvchi omilni e'tiborga olishi kerak?
Yo‘l harakati qoidalarida o‘rnatilgan tezlik chegaralarini.
Transport vositasining texnik tavsifnomasida ko‘rsatilgan tezlik chegarasini.
Ko‘rinish sharoitini.
To'g'ri javob: Ko‘rinish sharoitini.
Kechasi harakatlanganda tezlikni tanlash juda muhim holat hisoblanadi. Bunday holda, asosiy shartni hisobga olish kerak – haydovchiga yetarli darajada yo'lning ko'rinish masofasi to'xtash yo'li masofasidan ortiq bo'lishi shart.
44. Agar avtomobilning o‘ng g‘ildiraklari nam qoplamali yo‘l yoqasiga chiqib qolsa, tavsiya etiladi:
Avtomobilni tormozlash va to‘liq to‘xtatish
Avtomobilni tormozlamasdan yo‘lning qatnov qismiga ohista ravon burish
Avtomobilni tormozlab, yo‘lning qatnov qismiga ohista ravon burish
To'g'ri javob: Avtomobilni tormozlamasdan yo‘lning qatnov qismiga ohista ravon burish
Harakatlanishda avtomobil o'ng g'ildiraklarining yumshoq va nam yo'l yoqasida chiqishi o'ng va chap g'ildiraklar ilashish koeffisientlarining turlicha bo'lishiga va bu o'z navbatida avtomobilning sirpanib ketishiga olib keladi. Bunday vaziyatda tezlikni pasaytirmay, ya'ni tormoz tepkisini bosmay rul chambaragini asta burib qatnov qismiga yo'naltirish kerak. Ushbu holatda tormozlash ham avtomobilning sirpanishiga olib keladi.
45. Qanday hollarda sizga 50 km/s dan yuqori tezlikda harakatlanish taqiqlangan?
Faqat qatnov qismi nam bo‘lsa
Har qanday holatda ham
To'g'ri javob: Faqat qatnov qismi nam bo‘lsa
YHQ 1-ilovasining 7-bo‘limidagi 7.16 belgiga asosan, «Nam qoplama». Belgi qatnov qismining qoplamasi nam bo‘lgan vaqtda ta’sir etishini ko‘rsatadi.
46. Agar avtomobilning o‘ng g‘ildiraklari nam qoplamali yo‘l yoqasiga chiqib qolsa, tavsiya etiladi:
Avtomobilni tormozlash va to‘liq to‘xtatish
Avtomobilni tormozlamasdan yo‘lning qatnov qismiga ohista ravon burish
Avtomobilni tormozlab, yo‘lning qatnov qismiga ohista ravon burish
To'g'ri javob: Avtomobilni tormozlamasdan yo‘lning qatnov qismiga ohista ravon burish
Harakatlanishda avtomobil o'ng g'ildiraklarining yumshoq va nam yo'l yoqasida chiqishi o'ng va chap g'ildiraklar ilashish koeffisientlarining turlicha bo'lishiga va bu o'z navbatida avtomobilning sirpanib ketishiga olib keladi. Bunday vaziyatda tezlikni pasaytirmay, ya'ni tormoz tepkisini bosmay rul chambaragini asta burib qatnov qismiga yo'naltirish kerak. Ushbu holatda tormozlash ham avtomobilning sirpanishiga olib keladi.
47. Turar joy dahalarida qanday eng katta tezlikda harakatlanishga ruxsat etiladi?
30 km/s
20 km/s
40 km/s
5 km/s
To'g'ri javob: 20 km/s
YHQ 11 – bob 78 – bandiga asosan: Aholi punktlarida transport vositalarining tezligini soatiga 70 kilometrdan, tegishli yo‘l belgilari o‘rnatilgan maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yetmasdan va o‘tib ketib 300 metrdan kam masofada soatiga 30 kilometrdan, turar joy dahalari va yondosh hududlarda (uy-joy binolari orasidagi yer uchastkasida) esa soatiga 20 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.
48. 108 km/s tezlikda harakatlanayotgan transport vositasi 1 soniyada qancha masofani bosib o‘tadi?
15 m
25 m
30 m
To'g'ri javob: 30 m
Harakat xavfsizligi asoslari talablariga asosan, 108 km/s tezlikda harakatlanayotgan transport vositasi 1 sekundda 30 m masofani bosib o‘tadi.
49. Ko‘rsatilgan belgilardan qaysilarining talabi bevosita o‘rnatilgan joyidan kuchga kiradi?
Faqat B
А va B
Hammasi
To'g'ri javob: А va B
YHQ 1-ilovasining 3-bo‘limidagi 3.24 belgiga asosan, «Yuqori tezlik cheklangan». Belgida ko‘rsatilganidan ortiq tezlikda (km/s) harakatlanish taqiqlanishini bildiradi.
YHQ 1-ilovasining 7-bo‘limidagi 7.2.1 belgiga asosan, «Ta’sir oralig‘i». Ogohlantiruvchi belgilar bilan belgilangan xavfli joyning uzunligini yoki taqiqlovchi va axborot-ko‘rsatkich belgilarining ta’sir oralig‘ini ko‘rsatadi.
50. Maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari atrofidagi yo‘llarda 300 metrgacha bo‘lgan masofada qanday eng yuqori tezlikda harakatlanishga ruxsat etiladi?
20 km/s
30 km/s
50 km/s
60 km/s
To'g'ri javob: 30 km/s
Aholi punktlarida transport vositalarining tezligini soatiga 70 kilometrdan, maktab va maktabgacha ta‘lim tashkilotlari atrofidagi yo‘llarda 300 metrgacha bo‘lgan masofada 30 kilometrdan, turar joy dahalari va yondosh hududlarda (uy-joy binolari orasidagi yer uchastkasida) esa soatiga 20 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi
51. O‘zib ketish deb nimaga aytiladi?
Transport vositasining bir yo‘nalishda transport vositasi tezligidan ortiq tezlikda harakatlanishi
Qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan tasmaga chiqib, so‘ngra ilgari egallagan qatoriga qaytib o‘tish bilan bog‘liq bo‘lgan harakat
Kam tezlik bilan qo‘shni qatorda harakatlanayotgan bir yoki bir nechta transport vositasidan o‘zib ketish
To'g'ri javob: Transport vositasining bir yo‘nalishda transport vositasi tezligidan ortiq tezlikda harakatlanishi
YHQ 1 – bobi 6 – bandiga asosan: O‘zib ketish — transport vositasining bir yo‘nalishda transport vositasi tezligidan ortiq tezlikda harakatlanishi
52. Ushbu belgilardan qaysilari vaqtinchalik yo‘l belgilari hisoblanadi?
1 va 4
2 va 3
3 va 4
To'g'ri javob: 2 va 3
YHQ 1-ilovasi 3-bo‘limining yigirma sakkizinchi xatboshisiga asosan: 3.24. «Yuqori tezlik cheklangan». Belgida ko‘rsatilganidan ortiq tezlikda (km/s) harakatlanish taqiqlanishini bildiradi. YHQ 11-bobi 79-bandiga uchinchi xatboshisiga asosan, aholi punktlaridan tashqarida: boshqa avtobuslar, tirkamali yengil avtomobillar, mototsikllar, elektromototsikllar ruxsat etilgan to‘la vazni 3,5 tonnadan ortig bo‘lgan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 80 kilometrdan oshirmasdan; YHQ 11-bobi 80-bandiga uchinchi xatboshisiga asosan, har qanday yo‘llarda: mexanik transport vositalarini shatakka olgan transport vositalariga tezlikni soatiga 50 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishi taqiqlanadi.
53. Qaysi transport vositasi haydovchisi qoida buzib harakatlanmoqda?
Ruxsat etilgan to‘la vazni 3 tonna bo‘lgan yuk avtomobili va moped haydovchisi
Faqat moped haydovchisi
Hech kim qoida buzmayabdi
To'g'ri javob: Ruxsat etilgan to‘la vazni 3 tonna bo‘lgan yuk avtomobili va moped haydovchisi
YHQ 19-bobi 121-bandi: Avtomagistrallarda quyidagilar taqiqlanadi: piyodalar, uy hayvonlari, ot-aravalar, velosipedlar, individual harakatlanish vositalari, skuterlar, mopedlar, traktorlar va o‘ziyurar uskunalar; texnik tavsifnomasiga yoki holatiga ko‘ra tezligi soatiga 40 km/soatdan kam bo‘lgan transport vositalarining harakatlanishi; yuk avtomobillarining yo‘lning chetki chap qatorida harakatlanishi.
54. Quyidagi 3.24. “Yuqori tezlik cheklangan” yo‘l belgisining ta’siri qaysi belgilar bekor qiladi?
Faqat birinchi
Faqat ikkinchi
Faqat uchinchi
Faqat to‘rtinchi
Barcha javoblar to‘g‘ri
To'g'ri javob: Barcha javoblar to‘g‘ri
"YHQga 1-ILOVA 3.24 va 3.31 band va 3.Taqiqlovchi belgilarning 46, 48, 51 va 52-xatboshiga asosan: 3.24. «Yuqori tezlik cheklangan». Belgida ko‘rsatilganidan ortiq tezlikda (km/s) harakatlanish taqiqlanishini bildiradi.
3.31. «Barcha cheklovlarning oxiri». 3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26 — 3.30 belgilaridan bir nechtasiga bir vaqtda amal qiladigan hududlarning oxiri.
3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26 — 3.30 belgilarining ta’siri belgi o‘rnatilgan joydan keyingi eng yaqin chorrahagacha, ular bo‘lmaganda — aholi punktining oxirigacha ta’siri qiladi.
Aholi punktlariga yetmasdan o‘rnatilgan 3.24 belgisining ta’siri 5.22 belgisigacha kuchini saqlaydi.
Belgilarning ta’sir doirasi aniqlashtirilishi mumkin: 3.20, 3.22, 3.24 belgilari 3.21, 3.23, 3.25 belgilari va 7.2.1 qo‘shimcha axborot belgisi orqali;
3.24 belgisining ta’sir oralig‘i undan keyin boshqa eng yuqori harakatlanish tezligi ko‘rsatilgan 3.24 belgisini o‘rnatish bilan."
55. Quyidagi joyda sariq avtomobilga quvib o‘tishga ruxsat beradimi?
Ruxsat beriladi
Taqiqlanadi
To'g'ri javob: Ruxsat beriladi
YHQga 1-ILOVA 3.20 bandiga asosan: 3.20. «Quvib o‘tish taqiqlangan». Soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan yakka transport vositasidan boshqa transport vositalarini quvib o‘tish taqiqlanishini bildiradi.
56. Qaysi belgida haydovchiga quvib o‘tish taqiqlangan?
1 va 3
1 va 2
2 va 3
Hamma rasmda
To'g'ri javob: 2 va 3
"YHQga 1-ILOVA 3.20 va 3.21 bandi hamda 7.1.1 va 7.2.1 bandiga asosan: 3.20. «Quvib o‘tish taqiqlangan». Soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan yakka transport vositasidan boshqa transport vositalarini quvib o‘tish taqiqlanishini bildiradi.
3.21. «Quvib o‘tish taqiqlangan hududning oxiri».
7.1.1. «Obyektgacha bo‘lgan masofa». Belgidan yo‘lning xavfli joyi, yo‘l harakatiga tegishli cheklovlar kiritiladigan joyi yoki harakat yo‘nalishi bo‘yicha oldindagi muayyan joygacha bo‘lgan masofani ko‘rsatadi.
7.2.1. «Ta’sir oralig‘i». Ogohlantiruvchi belgilar bilan belgilangan xavfli joyning uzunligini yoki taqiqlovchi va axborot-ko‘rsatkich belgilarining ta’sir oralig‘ini ko‘rsatadi."
57. Harakat tezligi 40 km/soatdan oshmaydigan transport vositasiga qatnov qismining o‘ng qatoridan chiqishga qachon ruxsat etiladi?
Aylanib o‘tishda
Chapga burilish yoki qayrib olish uchun qayta tizilishda
Barcha sanab o‘tilgan hollarda
To'g'ri javob: Barcha sanab o‘tilgan hollarda
YHQning 10-bob. 68-bandiga asosan: 68. Tezligini soatiga 40 kilometrdan oshirishi mumkin bo‘lmagan yoki texnik sabablarga ko‘ra tezligini bundan oshira olmaydigan transport vositalari aylanib o‘tish, quvib o‘tish, chapga burilish yoki qayrilib olish uchun qayta tizilishdan yoki ruxsat etilgan hollarda yo‘lning chap tomonida to‘xtashdan boshqa hollarda faqat chetki o‘ng qatorida harakatlanishlari kerak.
58. Ko‘rsatilgan yo‘l belgilarining qaysi birida eng kam tezlikda harakatlanish kerak?
Chapdagi belgida
O‘ngdagi belgida
Har ikkisida
To'g'ri javob: O‘ngdagi belgida
YHQga 1-ILOVA 4.7 bandiga asosan: 4.7. «Eng kam tezlik». Faqat belgida ko‘rsatilgan yoki undan yuqori tezlikda (km/soat) harakatlanishga ruxsat etilishini bildiradi.