Yo‘lning qatnov qismida transport vositalarining joylashuvi: test savollari

1. Avtomobillarga qaysi yo‘nalishda harakatlanishga ruxsat etiladi?

Avtomobillarga qaysi yo‘nalishda harakatlanishga ruxsat etiladi?
  1. Qizil avtomobilga – to‘g‘riga, ko‘k avtomobilga – to‘g‘riga va chapga
  2. Qizil va ko‘k avtomobillarga – to‘g‘riga
  3. Qizil avtomobilga – to‘g‘riga, ko‘kka – chapga

To'g'ri javob: Qizil avtomobilga – to‘g‘riga, ko‘kka – chapga

YHQ 10-bobi 67-bandiga muvofiq, bir yo'nalishdagi uch va undan ortiq tasmali har qanday yo'lda yuk avtomobillariga faqat chapga burilish yoki qayrilib olish uchun chetki chap tasmani egallashga ruxsat etiladi. Boshqa hollarda yuk avtomobillariga yo'lning chetki chap tasmasida harakatlanish taqiqlanadi.

2. Transport vositasi qachon faqat o‘ng chetki tasmadan harakatlanishi kerak?

  1. Og‘ir vazinli va yirik o‘lchamli yuklarni tashishda
  2. Agar haydovchi o‘zini betob his qilsa
  3. Agar harakatlanish vaqtida mahkamlangan yuk bo‘shashib ketsa
  4. Transport vositasi texnik sabablarga ko‘ra 40 km/s dan ortiq tezlikda harakatlana olmasa

To'g'ri javob: Transport vositasi texnik sabablarga ko‘ra 40 km/s dan ortiq tezlikda harakatlana olmasa

YHQ 10-bobi 68-bandiga asosan: Tezligini soatiga 40 kilometrdan oshirishi mumkin bo‘lmagan yoki texnik sabablarga ko‘ra tezligini bundan oshira olmaydigan transport vositalari aylanib o‘tish, quvib o‘tish, chapga burilish yoki qayrilib olish uchun qayta tizilishdan yoki ruxsat etilgan hollarda yo‘lning chap tomonida to‘xtashdan boshqa hollarda faqat chetki o‘ng qatorida harakatlanishlari kerak.

3. Hamma tasmalar band bo‘lgan serqatnov harakatlanish vaqtida qayrilib olishga ruxsat etiladimi?

  1. Istalgan paytda ruxsat etiladi
  2. Faqat harakatlanish uchun tasmalari uchtadan kam bo‘lmagan yo‘llarda ruxsat etiladi
  3. Taqiqlanadi
  4. Faqat chorrahalarda ruxsat etiladi

To'g'ri javob: Istalgan paytda ruxsat etiladi

YHQ 10 – bobi 67 – bandining ikkinchi xatboshiga asosan: Aholi punktlarida ushbu bandning birinchi xatboshi va ushbu Qoidalarning 69, 123 va 161-bandlaridagi talablarni hisobga olgan holda, haydovchilar o‘zlariga qulay bo‘lgan harakatlanish bo‘lagidan foydalanishlari mumkin. Harakatlanish serqatnovligi sababli boshqa tasmalar band bo‘lganda harakatlanish qatorini faqat o‘ngga yoki chapga burilish, qayrilib olish, to‘xtash yoki to‘siqni aylanib o‘tish uchun o‘zgartirishga ruxsat etiladi.

4. Oraliq masofa, deb nimaga aytiladi?

Oraliq masofa, deb nimaga aytiladi?
  1. “A” masofa
  2. “B” masofa
  3. “A” va “B” masofa

To'g'ri javob: “A” masofa

YHQ 10 – bobi 73 – bandiga asosan: Haydovchi o‘zidan oldinda harakatlanayotgan transport vositasi keskin tormoz berganida to‘qnashib ketmaslik kafolatini beradigan darajadagi oraliq masofani, shuningdek yo‘l harakati xavfsizligini ta‘minlaydigan yonlama oraliq masofani saqlashi kerak.

5. Bunday vaziyatda qizil avtomobilning haydovchisiga quvib o‘tish ruxsat etiladimi?

Bunday vaziyatda qizil avtomobilning haydovchisiga quvib o‘tish ruxsat etiladimi?
  1. Ruxsat etiladi
  2. Taqiqlanadi
  3. Faqat ro‘paradan kelayotgan transport vositalari yo‘qligida ruxsat etiladi

To'g'ri javob: Taqiqlanadi

YHQ 10-bobi 66-bandiga asosan: Harakat ikki tomonlama bo‘lgan va chiziqlar bilan belgilangan (1.9 yo‘l chizig‘i bilan belgilanganidan tashqari) uchta tasmali yo‘llarda, ikki yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan o‘rta qatorga faqat quvib o‘tish, aylanib o‘tish, chapga burilish va qayrilib olish uchungina chiqishga ruxsat etiladi. Qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan chetki chap qatorni egallash taqiqlanadi.

6. Siz uchta tasmasi bo‘lgan ikki tomonlama harakatli yo‘l bo‘ylab ketayapsiz, o‘rtadagi tasmaga o‘tishga qanday hollarda ruxsat etiladi?

  1. Faqat quvib o‘tish uchun
  2. Faqat aylanib o‘tish uchun
  3. Faqat chapga burilish yoki qayrilib olish uchun
  4. Barcha sanab o‘tilgan hollarda

To'g'ri javob: Barcha sanab o‘tilgan hollarda

YHQ 10-bobi 66-bandiga asosan: Harakat ikki tomonlama bo‘lgan va chiziqlar bilan belgilangan (1.9 yo‘l chizig‘i bilan belgilanganidan tashqari) uchta tasmali yo‘llarda, ikki yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan o‘rta qatorga faqat quvib o‘tish, aylanib o‘tish, chapga burilish va qayrilib olish uchungina chiqishga ruxsat etiladi. Qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan chetki chap qatorni egallash taqiqlanadi.

7. Uch tasmali bo‘lgan ikki tomonlama harakat tashkil qilingan yo‘llarda qarama – qarshi harakat uchun mo‘ljallangan chetki chap tasmaga o‘tishga ruxsat etiladimi?

  1. Quvib o‘tish uchun ruxsat etiladi
  2. Barcha hollarda ruxsat etiladi
  3. Taqiqlanadi

To'g'ri javob: Taqiqlanadi

YHQ 10-bobi 66-bandiga asosan: Harakat ikki tomonlama bo‘lgan va chiziqlar bilan belgilangan (1.9 yo‘l chizig‘i bilan belgilanganidan tashqari) uchta tasmali yo‘llarda, ikki yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan o‘rta qatorga faqat quvib o‘tish, aylanib o‘tish, chapga burilish va qayrilib olish uchungina chiqishga ruxsat etiladi. Qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan chetki chap qatorni egallash taqiqlanadi.

8. Bir yo‘nalishda uch va undan ortiq tasmali har qanday yo‘lda yuk avtomobillariga chetki chap qatorni egallashga ruxsat etiladi:

  1. Quvib o‘tish, chapga burilish va qayrilib olishda
  2. Quvib o‘tish va aylanib o‘tishda
  3. Chapga burilish va qayrilib olishda
  4. Barcha hollarda

To'g'ri javob: Chapga burilish va qayrilib olishda

YHQ 10-bobi 67-bandining uchinchi xatboshisiga asosan: Bir yo‘nalishdagi uch va undan ortik, tasmali har qanday yo‘lda chetki chap qatorni harakat serqatnovligi sababli boshqa bo‘laklar band bo‘lgan hollarda, shuningdek, quvib o‘tish, chapga burilish yoki qayrilib olishga, yuk avtomobillariga faqat chapga burilish yoki qayrilib olish uchun chetki chap qatorni egallashga ruxsat etiladi.

9. Aholi punktlarida yengil avtomobillarga, agar bir yo‘nalishda uch va undan ortiq harakatlanish tasmasi bo‘lganda qaysi tasmadan harakatlanishga ruxsat etiladi?

  1. Har qanday tasma bo‘yicha
  2. Iloji boricha qatnov qismining o‘ng chekkasiga yaqin tasma bo‘yicha
  3. Chetki chap tasmadan tashqari har qanday tasma bo‘yicha. Biroq chap qatorni harakat serqatnovligi sababli boshqa bo‘laklar band bo‘lganda, shuningdek, chapga burilish yoki qayrilib olishda egallashga ruxsat etiladi

To'g'ri javob: Chetki chap tasmadan tashqari har qanday tasma bo‘yicha. Biroq chap qatorni harakat serqatnovligi sababli boshqa bo‘laklar band bo‘lganda, shuningdek, chapga burilish yoki qayrilib olishda egallashga ruxsat etiladi

YHQ 10-bobi 67-bandining uchinchi xatboshisiga asosan: Bir yo‘nalishdagi uch va undan ortiq tasmali har ganday yolda chetki chap qatorni harakat serqatnovligi sababli boshqa tasmalar band bo‘lgan hollarda, shuningdek, quvib o‘tish, chapga burilish yoki qayrilib olishga, yuk avtomobillariga faqat chapga burilish yoki gayrilib olish uchun chetki chap gatorni egallashga ruxsat etiladi.

10. Haydovchi aholi punktlaridan tashqarida harakat qoidalarini buzmoqdami?

Haydovchi aholi punktlaridan tashqarida harakat qoidalarini buzmoqdami?
  1. Ha.
  2. Yo'q.

To'g'ri javob: Ha.

YHQ 10-bobi 67-bandiga asosan, aholi punktlaridan tashqaridagi yo'llarda haydovchilar transport vositalarini mumkin qadar qatnov qismining o'ng chetiga yaqinroq olib harakatlanishlari kerak. O'ng tasmalar bo'sh bo'lganda chap tasmalarni egallash taqiqlanadi.

11. Qizil avtomobil haydovchisiga tramvay yo‘li bo‘yicha harakatlanishga ruxsat etiladimi?

Qizil avtomobil haydovchisiga tramvay yo‘li bo‘yicha harakatlanishga ruxsat etiladimi?
  1. Ruxsat etiladi
  2. Taqiqlanadi

To'g'ri javob: Ruxsat etiladi

YHQ 10-bobi 69-bandiga muvofiq, bir yo‘nalishdagi qatnov qismining chap tomonida u bilan bir sathda joylashgan tramvay yo‘lidan, shu yo‘nalishdagi boshqa tasmalar band bo‘lganda harakatlanishga, shuningdek, aylanib o‘tishga, chapga burilish va qayrilib olishga ushbu Qoidalarning 56-bandini hisobga olgan holda ruxsat etiladi. Biroq bu tramvayga xalaqit bermasligi kerak.

12. Qaysi hollarda yo‘lning harakatlanish tasmasini ajratuvchi uzuq-uzuq chiziqni bosib o‘tishingiz mumkin?

Qaysi hollarda yo‘lning harakatlanish tasmasini ajratuvchi uzuq-uzuq chiziqni bosib o‘tishingiz mumkin?
  1. Faqat qayta tizilishda
  2. Yo‘lda boshqa transport vositalari bo‘lmasa
  3. Faqat sutkaning qorong‘i vaqtida harakatlanganda
  4. Sanab o‘tilgan barcha holatlarda

To'g'ri javob: Faqat qayta tizilishda

YHQ 10-bobi 70-bandiga muvofiq, agar qatnov qismi yo'l chiziqlari bilan tasmalarga ajratilgan bo'lsa, transport vositalarining harakatlanishi qat'iy ravishda belgilangan tasmalarda amalga oshirilishi kerak. Faqat qayta tizilishda uzuq-uzuq chiziqlarni bosib o'tishga ruxsat etiladi.

13. Ushbu holatda qaysi transport vositasi yo‘l berishi kerak?

Ushbu holatda qaysi transport vositasi yo‘l berishi kerak?
  1. Yengil avtomobil
  2. Yuk avtomobili

To'g'ri javob: Yuk avtomobili

YHQ 10-bobi 75-bandi: Agar biror to‘siq sababli qarama-qarshi yo‘nalishlarda harakatlanish qiyin bo‘lsa, to‘siq o‘z tomonida bo‘lgan haydovchi yo‘l berishi kerak

14. Bir yo‘nalishda uch va undan ortiq tasmali har qanday yo‘lda yuk avtomobillariga chetki chap qatorni egallashga ruxsat etiladi:

  1. Quvib o‘tish, chapga burilish va qayrilib olishda
  2. Quvib o‘tish va aylanib o‘tishda
  3. Chapga burilish va qayrilib olishda
  4. Barcha hollarda

To'g'ri javob: Chapga burilish va qayrilib olishda

YHQ 10-bobi 67-bandining uchinchi xatboshisiga asosan: Bir yo‘nalishdagi uch va undan ortik, tasmali har qanday yo‘lda chetki chap qatorni harakat serqatnovligi sababli boshqa bo‘laklar band bo‘lgan hollarda, shuningdek, quvib o‘tish, chapga burilish yoki qayrilib olishga, yuk avtomobillariga faqat chapga burilish yoki qayrilib olish uchun chetki chap qatorni egallashga ruxsat etiladi.

15. Agar yo‘l belgilari va chiziqlari boshqa yo‘nalishni ko‘rsatmagan bo‘lsa, haydovchilar ajratuvchi bo‘lagi bo‘lmagan ikki tomonlama harakat tashkil etilgan yo‘llardagi xavfsizlik orolchalari, ustunchalar va yo‘l inshooti qismlari (ko‘prik, yo‘l o‘tkazgich ustunlari va shunga o‘xshashlar)ni qaysi tomondan aylanib o‘tishlari kerak?

  1. Faqat o‘ng tomondan aylanib o‘tishlari kerak
  2. Faqat chap tomondan aylanib o‘tishlari kerak
  3. Har ikkala tomondan aylanib o‘tishlari kerak

To'g'ri javob: Faqat o‘ng tomondan aylanib o‘tishlari kerak

YHQning 10-bob. 76-bandga asosan: 76. Agar yo‘l belgilari va chiziqlari boshqa yo‘nalishni ko‘rsatmagan bo‘lsa, haydovchilar ajratuvchi bo‘lagi bo‘lmagan ikki tomonlama harakat tashkil etilgan yo‘llardagi xavfsizlik orolchalari, ustunchalar va yo‘l inshooti qismlari (ko‘prik, yo‘l o‘tkazgich ustunlari va shunga o‘xshashlar)ni o‘ng tomondan aylanib o‘tishlari kerak.

16. Avtomobillar harakatlanayotgan qatnov qismida necha harakatlanish tasmasi bor?

Avtomobillar harakatlanayotgan qatnov qismida necha harakatlanish tasmasi bor?
  1. Bitta tasma
  2. Ikkita tasma
  3. Uchta tasma

To'g'ri javob: Ikkita tasma

YHQning 10-bob. 64-band 1-xatboshiga asosan: 64. Relssiz transport vositalari harakatlanadigan tasmalar soni chiziqlar va (yoki) 5.8.1, 5.8.2, 5.8.7, 5.8.8 yo‘l belgilari bilan belgilanadi. Bunday chiziqlar yoki yo‘l belgilari bo‘lmasa, haydovchilar harakatlanish tasmalari sonini, qatnov qismining kengligini, transport vositalari orasidagi zarur yonlama oraliq masofani va ularning gabarit o‘lchamlarini hisobga olgan holda o‘zlari aniqlaydilar. Bunda harakatlanish ikki tomonlama bo‘lgan yo‘l qatnov qismining chap tomondagi yarmi, qatnov qismining joylardagi kengayishlari (sekinlashish va tezlashish tasmalari, balandlikka ko‘tarilishdagi qo‘shimcha tasmalar, yo‘nalishli transport vositalarining to‘xtash joylaridagi kengayishlar)ni hisobga olmagan holda, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan deb hisoblanadi.

17. Ushbu avtomobil qaysi yo‘nalishlarda harakatlanishga ruxsat beriladi?

Ushbu avtomobil qaysi yo‘nalishlarda harakatlanishga ruxsat beriladi?
  1. Barcha yo‘nalishlarda
  2. Birinchi, ikkinchi va uchinchi yo‘nalishlarda
  3. Birinchi, uchinchi va to‘rtinchi yo‘nalishlarda
  4. Faqat birinchi

To'g'ri javob: Birinchi, uchinchi va to‘rtinchi yo‘nalishlarda

YHQning 10-bob. 68-bandiga asosan: 68. Tezligini soatiga 40 kilometrdan oshirishi mumkin bo‘lmagan yoki texnik sabablarga ko‘ra tezligini bundan oshira olmaydigan transport vositalari aylanib o‘tish, quvib o‘tish, chapga burilish yoki qayrilib olish uchun qayta tizilishdan yoki ruxsat etilgan hollarda yo‘lning chap tomonida to‘xtashdan boshqa hollarda faqat chetki o‘ng qatorida harakatlanishlari kerak.

18. Aholi yashash joylaridan tashqaridagi ikki tomonlama harakat tashkil etilgan ikki tasmali yo‘llarda tezligini soatiga 50 kilometrdan oshirishi mumkin bo‘lmagan, shuningdek, uzunligi 7 metrdan ortiq bo‘lgan transport vositalarining (transport vositalarining tarkibi) haydovchilari o‘zi va oldida harakatlanayotgan transport vositasi orasida qancha masofani saqlashlari kerak?

  1. 3 metr
  2. 5 metr
  3. Haydovchi o‘zidan oldinda harakatlanayotgan transport vositasi keskin tormoz berganda, to‘qnashib ketmaslik kafolatini beradigan darajadagi oraliq masofani
  4. Ularni quvib o‘tayotgan transport vositalari oldin egallagan qatoriga bemalol qayta tizilishi uchun imkon beradigan masofani saqlashlari kerak

To'g'ri javob: Ularni quvib o‘tayotgan transport vositalari oldin egallagan qatoriga bemalol qayta tizilishi uchun imkon beradigan masofani saqlashlari kerak

YHQning 10-bob. 74-bandi 1-xatboshiga asosan: 74. Aholi yashash joylaridan tashqaridagi ikki tomonlama harakat tashkil etilgan ikki tasmali yo‘llarda tezligini soatiga 50 kilometrdan oshirishi mumkin bo‘lmagan, shuningdek, uzunligi 7 metrdan ortiq bo‘lgan transport vositalarining (transport vositalarining tarkibi) haydovchilari o‘zi va oldida harakatlanayotgan transport vositasi orasida, ularni quvib o‘tayotgan transport vositalari oldin egallagan qatoriga bemalol qayta tizilishi uchun imkon beradigan masofani saqlashlari kerak.

19. Yuk avtomobiliga qaysi yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlanishga ruxsat etiladi?

Yuk avtomobiliga qaysi yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlanishga ruxsat etiladi?
  1. Faqat chapga
  2. Chapga va qayrilib olishga
  3. To‘g‘riga va chapga

To'g'ri javob: Faqat chapga

"YHQning 10-bob. 67-band 3, 4 va 5-xatboshilariga asosan: Aholi punktlarida ushbu bandning birinchi xatboshi va ushbu Qoidalarning 69, 123 va 161-bandlaridagi talablarni hisobga olgan holda, haydovchilar o‘zlariga qulay bo‘lgan harakatlanish bo‘lagidan foydalanishlari mumkin. Harakatlanish serqatnovligi sababli boshqa tasmalar band bo‘lganda harakatlanish qatorini faqat o‘ngga yoki chapga burilish, qayrilib olish, to‘xtash yoki to‘siqni aylanib o‘tish uchun o‘zgartirishga ruxsat etiladi. Biroq, bir yo‘nalishdagi uch va undan ortiq tasmali har qanday yo‘lda chetki chap qatorni harakat serqatnovligi sababli boshqa bo‘laklar band bo‘lgan hollarda, shuningdek, quvib o‘tish, chapga burilish yoki qayrilib olishga, yuk avtomobillariga faqat chapga burilish yoki qayrilib olish uchun chetki chap qatorni egallashga ruxsat etiladi. Boshqa hollarda yuk avtomobillariga yo‘lning chetki chap qatorida harakatlanish taqiqlanadi."

20. Qaysi rasmda to‘rt tasmali yo‘l ko‘rsatilgan?

Qaysi rasmda to‘rt tasmali yo‘l ko‘rsatilgan?
  1. Birinchi
  2. Birinchi va ikkinchi
  3. Ikkinchi va uchinchi
  4. Barchasida

To'g'ri javob: Barchasida

"YHQning 1-bob. 6-band 84-xatboshi va 10-bob. 64-band 1-xatboshiga asosan: harakatlanish tasmasi — avtomobillarning bir qator bo‘lib harakatlanishi uchun yetarlicha keng bo‘lgan, yo‘l chiziqlari bilan belgilangan yoki belgilanmagan yo‘l qatnov qismining har qanday bo‘ylama tasmasi; 64. Relssiz transport vositalari harakatlanadigan tasmalar soni chiziqlar va (yoki) 5.8.1, 5.8.2, 5.8.7, 5.8.8 yo‘l belgilari bilan belgilanadi. Bunday chiziqlar yoki yo‘l belgilari bo‘lmasa, haydovchilar harakatlanish tasmalari sonini, qatnov qismining kengligini, transport vositalari orasidagi zarur yonlama oraliq masofani va ularning gabarit o‘lchamlarini hisobga olgan holda o‘zlari aniqlaydilar. Bunda harakatlanish ikki tomonlama bo‘lgan yo‘l qatnov qismining chap tomondagi yarmi, qatnov qismining joylardagi kengayishlari (sekinlashish va tezlashish tasmalari, balandlikka ko‘tarilishdagi qo‘shimcha tasmalar, yo‘nalishli transport vositalarining to‘xtash joylaridagi kengayishlar)ni hisobga olmagan holda, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan deb hisoblanadi."

21. Avtomobillar harakatlanayotgan qatnov qismida nechta harakatlanish tasmasi bor?

Avtomobillar harakatlanayotgan qatnov qismida nechta harakatlanish tasmasi bor?
  1. 2 ta
  2. 1 ta
  3. 3 ta

To'g'ri javob: 3 ta

YHQning 10-bob. 64-band 1-xatboshiga asosan: 64. Relssiz transport vositalari harakatlanadigan tasmalar soni chiziqlar va (yoki) 5.8.1, 5.8.2, 5.8.7, 5.8.8 yo‘l belgilari bilan belgilanadi. Bunday chiziqlar yoki yo‘l belgilari bo‘lmasa, haydovchilar harakatlanish tasmalari sonini, qatnov qismining kengligini, transport vositalari orasidagi zarur yonlama oraliq masofani va ularning gabarit o‘lchamlarini hisobga olgan holda o‘zlari aniqlaydilar. Bunda harakatlanish ikki tomonlama bo‘lgan yo‘l qatnov qismining chap tomondagi yarmi, qatnov qismining joylardagi kengayishlari (sekinlashish va tezlashish tasmalari, balandlikka ko‘tarilishdagi qo‘shimcha tasmalar, yo‘nalishli transport vositalarining to‘xtash joylaridagi kengayishlar)ni hisobga olmagan holda, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan deb hisoblanadi.

22. Ikki tomonlama yo‘lda harakatsiz holda bo‘lgan jism bor (bo‘chka, meshok, ...). Siz bu narsalarni qaysi tomonidan aylanib o‘tasiz?

Ikki tomonlama yo‘lda harakatsiz holda bo‘lgan jism bor (bo‘chka, meshok, ...). Siz bu narsalarni qaysi tomonidan aylan…
  1. O‘ng va chap tomonidan
  2. O‘ng tomonidan
  3. Chap tomonidan

To'g'ri javob: O‘ng tomonidan

YHQning 10-bob. 76-bandiga asosan: 76. Agar yo‘l belgilari va chiziqlari boshqa yo‘nalishni ko‘rsatmagan bo‘lsa, haydovchilar ajratuvchi bo‘lagi bo‘lmagan ikki tomonlama harakat tashkil etilgan yo‘llardagi xavfsizlik orolchalari, ustunchalar va yo‘l inshooti qismlari (ko‘prik, yo‘l o‘tkazgich ustunlari va shunga o‘xshashlar)ni o‘ng tomondan aylanib o‘tishlari kerak.

23. Qaysi transport vositasi yo‘l berishi kerak?

Qaysi transport vositasi yo‘l berishi kerak?
  1. Oq avtomobil
  2. Ko‘k avtomobil

To'g'ri javob: Oq avtomobil

YHQning 10-bob. 75-bandiga asosan: 75. Agar biror to‘siq sababli qarama-qarshi yo‘nalishlarda harakatlanish qiyin bo‘lsa, to‘siq o‘z tomonida bo‘lgan haydovchi yo‘l berishi kerak.

24. Ushbu ko‘rsatilgan holatda qaysi transport vositasi yo‘l berishi kerak?

Ushbu ko‘rsatilgan holatda qaysi transport vositasi yo‘l berishi kerak?
  1. Yashil avtomobil
  2. Qizil avtomobil

To'g'ri javob: Yashil avtomobil

YHQning 10-bob. 75-bandiga asosan: 75. Agar biror to‘siq sababli qarama-qarshi yo‘nalishlarda harakatlanish qiyin bo‘lsa, to‘siq o‘z tomonida bo‘lgan haydovchi yo‘l berishi kerak.