Tik chiziqlar: test savollari

1. Bu yo‘l chizig‘i nimani bildiradi?

Bu yo‘l chizig‘i nimani bildiradi?
  1. Har xil sathda o‘tadigan yo‘llarni
  2. Harakatlanish tezligi 40 km/soatgacha cheklangan yo‘l qismini
  3. Yo‘l inshootlarining harakatdagi transport vositalariga xavf tug‘diradigan tik elementlarini

To'g'ri javob: Yo‘l inshootlarining harakatdagi transport vositalariga xavf tug‘diradigan tik elementlarini

YHQ 2-ilovasining 2-bo'limiga asosan, 2.1 tik chizig'i — harakatlanayotgan transport vositalariga xavf tug'diradigan yo'l inshootlarining tik elementlari (ko'priklar, yo'l o'tkazgich va estakadalar, ustunlar va h. k.)ni bildiradi.

2. Ushbu tik yo‘l chizig‘i nimani bildiradi?

Ushbu tik yo‘l chizig‘i nimani bildiradi?
  1. Yo‘lning xavfli joylaridagi harakatlanish bo‘lagi yuzasini bildiradi
  2. Yo‘lning boshqa joylaridagi to‘siqlarning yon yuzalarini bildiradi
  3. Xavfli yo‘l qismlarida bordyurlarni belgilaydi
  4. Yo‘naltiruvchi ustunchalar, beton yoki temir-beton ustunchalar, to‘siq ustunchalari va shunga o‘xshashlarni belgilaydi

To'g'ri javob: Yo‘lning boshqa joylaridagi to‘siqlarning yon yuzalarini bildiradi

YHQ 2-ilovasining 2-bo'limiga asosan, 2.6 tik chizig'i - boshqa joylardagi to'siqlarning yon yuzalarini bildiradi.

3. Mazkur tik chiziq nimani bildiradi?

Mazkur tik chiziq nimani bildiradi?
  1. Yo‘lning kichik radiusli burilishlaridagi yo‘l chetiga o‘rnatilgan to‘siqlarning yon yuzalarini bildiradi
  2. Boshqa joylardagi to‘siqlarning yon yuzalarini bildiradi

To'g'ri javob: Boshqa joylardagi to‘siqlarning yon yuzalarini bildiradi

YHQ 2-ilovasining 2-bo'limiga asosan, 2.6 tik chizig'i - boshqa joylardagi to'siqlarning yon yuzalarini bildiradi.

4. Ushbu tik chiziq sizni nima haqida ogohlantiradi?

Ushbu tik chiziq sizni nima haqida ogohlantiradi?
  1. Temir yo'l kesishmasiga yaqinlashayotganlik haqida.
  2. Xavfli chorrahaga yaqinlashayotganlik haqida.
  3. Yo'lning kichik radiusli burilish, tik nishablik va boshqa xavfli joylarda yo'l to'siqlarining yon yuzalarini bildiradi.

To'g'ri javob: Yo'lning kichik radiusli burilish, tik nishablik va boshqa xavfli joylarda yo'l to'siqlarining yon yuzalarini bildiradi.

YHQ 2-ilovasining 2-bo'limiga asosan, 2.5 tik chizig'i - yo'lning kichik radiusli burilish, tik nishablik va boshqa xavfli joylarda yo'l to'siqlarining yon yuzalarini bildiradi.