Ogohlantiruvchi va avariya ishoralari: test savollari

1. Qaysi transport vositalarini qatnov qismining chetida ikki qator qilib qo'yishga ruxsat etiladi?

  1. Kajavasi bo'lmagan ikki g'ildirakli transport vositalarini.
  2. Kajavali mototsikllarni.
  3. "Nogiron" taniqlik belgisi bo'lgan yengil avtomobillarni.
  4. Ruxsat etilgan to'la vazni 3,5 tonnadan kam bo'lgan, bevosita trotuarlar bo'ylab joylashgan savdo va boshqa korxonalarga xizmat qiluvchi yuk avtomobillarini.

To'g'ri javob: Kajavasi bo'lmagan ikki g'ildirakli transport vositalarini.

YHQ 8-bobi 89-bandi asosan, transport vositalarini yo'lning qatnov qismida bir qator qilib, qatnov qismi chetiga yo'l harakatining boshqa qatnashchilariga xalaqit bermaslik sharti bilan faqat parallel ravishda, kajavasi bo'lmagan ikki g'ildirakli transport vositalarini ikki qator qilib qo'yishga ruxsat etiladi.

2. Qaysi hollarda velosipedchilarga qatnov qismining o'ng chekkasidan chiqishga yo'l qo'yiladi?

  1. Yuk ortib ketayotganda.
  2. Ruxsat etilgan hollarda chapga burilish yoki qayrilib olish uchun.
  3. Ikkala sanab o'tilgan hollarda.

To'g'ri javob: Ruxsat etilgan hollarda chapga burilish yoki qayrilib olish uchun.

YHQ 28-bobi 168-bandiga asosan, velosipedchilarga va moped haydovchilariga tramvay harakatlanadigan yo'llarda va shu yo'nalishda harakatlanish uchun tasmasi bittadan ko'p bo'lgan yo'llarda chapga burilish yoki qayrilib olish taqiqlanadi.

3. Velosipedchilarga trotuarda harakatlanishga ruxsat etiladimi?

  1. Ruxsat etiladi.
  2. Piyodalar bo'lmaganda ruxsat etiladi.
  3. Taqiqlanadi.

To'g'ri javob: Taqiqlanadi.

YHQ 28-bobi 166-bandiga asosan, velosipedlar, mopedlar, aravalar, miniladigan yoki yuk ortiladigan hayvonlarning yo'lning chetki o'ng bo'lagida imkoni boricha o'ng tomonidan bir qator bo'lib harakatlanishiga yo'l qo'yiladi. Agar piyodalarga xalaqit bermasa, yo'l yoqasidan harakatlanishga ham ruxsat etiladi.

4. Sutkaning yorug‘ vaqtida yaqinni yorituvchi fara chirog‘ini yoqish ogohlantirish ishorasi bo‘ladimi?

Sutkaning yorug‘ vaqtida yaqinni yorituvchi fara chirog‘ini yoqish ogohlantirish ishorasi bo‘ladimi?
  1. Bo‘ladi
  2. Bo‘lmaydi

To'g'ri javob: Bo‘ladi

YHQ 8-bobi 44-bandiga muvofiq, kunduz kuni yaqinni yorituvchi fara chirog'ining yoqilishi ogohlantiruvchi ishoralar hisoblanadi.

5. Qaysi ishoralar ogohlantiruvchi hisoblanadi?

  1. Burilishni ko‘rsatadigan miltillovchi chiroq yoki qo‘l bilan beriladigan ishoralar
  2. Tovushli ishoralar
  3. Fara chiroqlarini yoqib-o‘chirilishi
  4. Sanab o‘tilgan barcha ishoralar

To'g'ri javob: Sanab o‘tilgan barcha ishoralar

YHQ 8-bobi 44-bandiga muvofiq, quyidagilar ogohlantiruvchi ishoralar hisoblanadi: burilishni ko'rsatadigan miltillovchi chiroq yoki qo'l bilan beriladigan ishoralar; tovushli ishoralar; fara chiroqlarining yoqib-o'chirilishi; kunduz kuni yaqinni yorituvchi fara chiroqlarini yoqilishi.

6. Ogohlantirish ishorasini berish haydovchiga birinchi harakatlanish huquqini beradimi?

  1. Bermaydi
  2. Manyovrni tugatish vaqtida beradi
  3. Manyovrni boshlash vaqtida beradi
  4. Hamma hollarda beradi

To'g'ri javob: Bermaydi

YHQ 8-bobi 46-bandiga muvofiq, burilish ko'rsatgichlari bilan berilayotgan ogohlantiruvchi ishora berish haydovchiga oldin o'tish huquqini bermaydi va uni zaruriy ehtiyot choralarini ko'rish mas'uliyatidan ozod etmaydi.

7. Temir yo‘l kesishmasi oldida turgan transport vositalarini qarama-qarshi harakatlanish tasmasiga chiqib aylanib o‘tishga ruxsat etiladimi?

  1. Ruxsat etiladi, agar ro‘paradan kelayotgan transport vositalari yo‘q bo‘lsa
  2. Faqat yon kajavasiz mototsikllarga ruxsat etiladi
  3. Agar aylanib o‘tayotgan transport vositasining tezligi 8 km/soatdan kam bo‘lsa taqiqlanadi
  4. Qarama-qarshi harakatlanish tasmasiga chiqib aylanib o‘tish taqiqlanadi

To'g'ri javob: Qarama-qarshi harakatlanish tasmasiga chiqib aylanib o‘tish taqiqlanadi

YHQ 18-bobi 118-bandi 6-xatboshiga asosan, kesishma oldida turgan transport vositalarini qarama-qarshi harakatlanish bo'lagiga chiqib aylanib o'tish taqiqlanadi.

8. Temir yo'l kesishmasida umumiy xatar ishorasi sifatida quyidagi ishoralar turkumi xizmat qiladi:

  1. Ikkita uzun va ikkita qisqa tovush ishoralari.
  2. Bitta uzun va uchta qisqa tovush ishoralari.
  3. Uchta uzun va uchta qisqa tovush ishoralari.
  4. Uchta uzun va bitta qisqa tovush ishorasi.

To'g'ri javob: Bitta uzun va uchta qisqa tovush ishoralari.

YHQ 18-bobi 120-bandi 6-xatboshi izohiga asosan, bitta uzun va uchta qisqa tovushli ishoralar umumiy xatar ishorasi hisoblanadi.

9. Haydovchi aholi punktlaridan tashqaridagi yo‘lda quvib o‘tilayotgan haydovchining e’tiborini jalb etish uchun fara chiroqlarini o‘chirib yoqish va tovush ishorasi berishni qo‘llab to‘g‘ri qildimi?

Haydovchi aholi punktlaridan tashqaridagi yo‘lda quvib o‘tilayotgan haydovchining e’tiborini jalb etish uchun fara chir…
  1. Noto‘g‘ri
  2. To‘g‘ri

To'g'ri javob: To‘g‘ri

YHQ 8-bobi 48 - 49 - bandlariga muvofiq, aholi punktlaridan tashqarida boshqa haydovchilarni quvib o'tish haqida ogohlantirish uchun tovushli ishoralar qo'llanilishi mumkin. Quvib o'tish haqida tovushli ishora o'rniga yoki u bilan birga chiroqlarni yoqib-o'chirib, ogohlantirish ishorasini ham berish mumkin.

10. Quvib o‘tishda faralarning uzoqni yorituvchi chiroqlaridan ogohlantiruvchi ishora sifatida foydalanish mumkinmi?

Quvib o‘tishda faralarning uzoqni yorituvchi chiroqlaridan ogohlantiruvchi ishora sifatida foydalanish mumkinmi?
  1. Hamma holda mumkin
  2. Mumkin, agar bu boshqa haydovchilarning ko‘zini qamashtirmasa, shu jumladan, orqani ko‘rish ko‘zgusi orqali ham
  3. Mumkin emas
  4. Aholi punktidan tashqaridagi yo‘llarda mumkin

To'g'ri javob: Mumkin, agar bu boshqa haydovchilarning ko‘zini qamashtirmasa, shu jumladan, orqani ko‘rish ko‘zgusi orqali ham

YHQ 8-bobi 48 - 49 - bandlariga muvofiq, aholi punktlaridan tashqarida boshqa haydovchilarni quvib o'tish haqida ogohlantirish uchun tovushli ishoralar qo'llanilishi mumkin. Quvib o'tish haqida tovushli ishora o'rniga yoki u bilan birga chiroqlarni yoqib-o'chirib, ogohlantirish ishorasini ham berish mumkin.

11. Haydovchi manyovrni bajarishda burilish ko‘rsatkichi yorug‘lik ishoralarini har doim berishi kerakmi?

  1. Kerak emas
  2. Boshqa yo‘l harakat qatnashchilarini chalg‘itmagan holda har doim berishi kerak
  3. Faqat harakat serqatnov bo‘lganda

To'g'ri javob: Boshqa yo‘l harakat qatnashchilarini chalg‘itmagan holda har doim berishi kerak

YHQ 8- bobi 46 – bandining ikkinchisi xatboshisiga asosan: Burilish ko‘rsatkichi yoki qo‘l bilan berilayotgan ishora manyovrni bajarishdan oldinroq berilishi va uni tugallagach, darhol to‘xtatilishi kerak (qo‘l bilan berilayotgan ishorani manyovrni bevosita bajarishdan oldin tugallash mumkin). Beriladigan ishoralar yo‘l harakatining boshqa qatnashchilarini chalg‘itmasligi kerak. Ogohlantiruvchi ishora berish haydovchiga oldin o‘tish huquqini bermaydi va uni zaruriy ehtiyot choralarini ko‘rish mas’uliyatidan ozod etmaydi.

12. Temir yo‘l izlarini qayerda kesib o‘tishga ruxsat etiladi?

  1. Ko‘rinish ikkala yo‘nalishda 1000 metrdan kam bo‘lmagan joylarda
  2. Haydovchining nuqtayi nazaricha eng qulay joylarda
  3. Kesib o‘tish uchun belgilab qo‘yilgan joylarda
  4. Temir yo‘l bekatiga 1000 metrdan kam bo‘lmagan masofada

To'g'ri javob: Kesib o‘tish uchun belgilab qo‘yilgan joylarda

YHQ 18 – bobi 116 – bandiga asosan: Transport vositalarining haydovchilari temir yo‘llarni faqat temir yo‘l kesishmalari orqali poeyzd (lokomotiv, drezina) larga yo‘l berib kesib o‘tishlari mumkin. Shunga ko‘ra, temiryo‘l yo‘llarini istalgan joyda kesib o‘tish mumkin emas, faqat belgilangan joylarda, ya’ni temiryo‘l kesishmalaridan o‘tish mumkin.

13. Qaysi javobda shatakka olingan transport vositasidagi yoritish asboblarini yoqishning to‘g‘ri holati ko‘rsatilgan?

  1. Kunning qorong‘i vaqtida yoki tuman bo‘lgan sharoitda faralarning yaqinni yoritish chiroqlari
  2. Avariya yorug‘lik ishorolari, u nosoz bo‘lganda yoki bo‘lmagan hollarda uning orqa tomoniga avariya sababli to‘xtash belgisi o‘rnatilishi kerak
  3. Aholi punktlarida gabarit chiroqlari
  4. Aholi punktlaridan tashqaridagi yo‘llarda istalgan yoritish chiroqlarini

To'g'ri javob: Avariya yorug‘lik ishorolari, u nosoz bo‘lganda yoki bo‘lmagan hollarda uning orqa tomoniga avariya sababli to‘xtash belgisi o‘rnatilishi kerak

YHQ 8 – bobi 50 – bandining ikkinchi xatboshisiga asosan, avariya ishorasi quyidagi hollarda yoqilishi kerak: shattakka olishida (shatakka olingan transport vositasida). YHQ 8 – bobi 52 – bandiga asosan: Shatakka olingan transport vositasida avariya yorug‘lik ishoralari bo‘lmasa yoki ular ishlamasa uning orqa tomoniga avariya sababli to‘xtash belgisi o‘rnatilishi kerak.

14. Shatakka olingan mexanik transport vositasida qaysi tashqi yoritish chiroqlari yoqilgan bo‘lishi kerak?

  1. Sutkaning yorug‘ vaqtida gabarit chiroqlari
  2. Sutkaning yorug‘ vaqtida yaqinni yorituvchi fara chiroqlari
  3. Avariya yorug‘lik ishoralari

To'g'ri javob: Avariya yorug‘lik ishoralari

YHQ 8 – bobi 50 – bandining birinchi xatboshisiga asosan: Burulishni ko‘rsatuvchi barcha yorug‘lik ishoralarining bir vaqtda miltillashi avariya (xavf – xatar) ishoralari hisoblanadi. YHQ 8 – bobi 50 – bandining to‘rtinchi xatboshisiga asosan, avariya ishorasi quyidagi hollarda yoqilishi kerak: shatakka olishda (shatakka olingan transport vositasida).

15. Quyidagilar poyezdni to‘xtatish ishorasi bo‘lib xizmat qiladi:

  1. Qo‘lni (kunduzi – bir parcha yorqin mato yoki aniq ko‘rinadigan bir narsa bilan, tunda – mash’ala yoki chiroq bilan) gir aylantirish
  2. Qo‘ldagi tayoqchani yoki qizil bayroqni boshidan yuqori ko‘tarib turish
  3. Qo‘llarini oldinga uzatib tirish
  4. Oldinga uzatilgan qo‘llarni yuqoriga va pastga tebratish

To'g'ri javob: Qo‘lni (kunduzi – bir parcha yorqin mato yoki aniq ko‘rinadigan bir narsa bilan, tunda – mash’ala yoki chiroq bilan) gir aylantirish

YHQ 18-bobi 120-bandi 5-xatboshi izohiga asosan, poyezd mashinistiga to'xtash ishorasi qo'lni (kunduzi yorqin mato parchasi yoki aniq ko'rinadigan biror narsa bilan, tunda esa mash'ala yoki chiroq bilan) gir aylantirish orqali beriladi.

16. Shlagbaumni o‘zboshimchalik bilan ochish yoki aylanib o‘tishga ruxsat beriladimi?

  1. Taqiqlanadi
  2. Ruxsat beriladi, faqat svetofor o‘chgan bo‘lsa
  3. Agar yaqinlashib kelayotgan poyezd yo‘q bo‘lsa, haydovchining ixtiyoriga qarab ruxsat etiladi
  4. Temir yo‘l kesishmasi navbatchisi bo‘lmagan holdagina ruxsat etiladi

To'g'ri javob: Taqiqlanadi

YHQ 18-bobi 118-bandi 7-xatboshiga asosan, shlagbaumni o'zboshimchalik bilan ochish taqiqlanadi.

17. Majburiy to‘xtagan haydovchi qanday choralar ko‘rishi kerak?

Majburiy to‘xtagan haydovchi qanday choralar ko‘rishi kerak?
  1. Yaqinni yorituvchi faralar yoki tumanga qarshi faralarni yoqishi kerak
  2. Avtomobil kapotini ko‘tarib qo‘yishi kerak
  3. Avariya yorug‘lik ishoralarini yoqishi, agar u nosoz bo‘lsa, avariya sababli to‘xtash belgisini aholi punktlarida transport vositasidan 15 metrdan, ulardan tashqarida esa, 30 metrdan kam bo‘lmagan masofada o‘rnatishi kerak

To'g'ri javob: Avariya yorug‘lik ishoralarini yoqishi, agar u nosoz bo‘lsa, avariya sababli to‘xtash belgisini aholi punktlarida transport vositasidan 15 metrdan, ulardan tashqarida esa, 30 metrdan kam bo‘lmagan masofada o‘rnatishi kerak

YHQ 8-bobi 50 - va 51 - bandlariga muvofiq, to'xtash taqiqlangan joylarda majburiy to'xtalganda avariya yorug'lik ishorasi yoqilishi kerak, agar u ishlamasa avariya to'xtash belgisini (miltillovchi qizil chiroq) darhol o'rnatish kerak.

18. Haydovchi yaqinlashib kelayotgan poyezdni o‘tkazib yuborishi uchun “To‘xtash” yotiq chizig‘i yoki “To‘xtamasdan harakatlanish taqiqlangan” belgisidan qanday masofada to‘xtashi kerak?

  1. 1,5 m
  2. 2,5 m
  3. 5 m
  4. 10 m
  5. Bevosita “To‘xtash” yotiq chizig‘i yoki belgi oldida

To'g'ri javob: Bevosita “To‘xtash” yotiq chizig‘i yoki belgi oldida

YHQ 18 – bobi 119 – bandiga asosan: Kesishma orqali harakatlanish taqiqlangan hollarda haydovchi to‘xtash chizig‘i, 2.5 yo‘l belgisi yoki svetоfor oldida, ular bo‘lmaganda shlagbaumga kamida 5 metr, shlagbaum bo‘lmaganda esa birinchi temir yo‘l iziga kamida 10 metr qolganda to‘xtashi kerak.

19. Avtomagistrallarda to'xtashga ruxsat etiladimi?

  1. Taqiqlanadi.
  2. Avtomagistral yaxshi ko'rinadigan joylarda ruxsat etiladi.
  3. Agar bir yo'nalishda harakatlanish uchun uchta bo'lak bo'lsa, ruxsat etiladi.
  4. To'xtash "To'xtash joyi" yoki "Dam olish joyi" belgisi qo'yilgan maxsus maydonchalarda ruxsat etiladi.

To'g'ri javob: To'xtash "To'xtash joyi" yoki "Dam olish joyi" belgisi qo'yilgan maxsus maydonchalarda ruxsat etiladi.

YHQ 18-bobi 121-bandi 3-xatboshiga asosan, avtomagistrallarda 5.15 "To'xtash joyi" yoki 6.11 "Dam olish joyi" belgilar bilan belgilangan maxsus to'xtab turish maydonchalaridan boshqa joylarda to'xtash taqiqlanadi.

20. Agar Siz oldinda harakatlanayotgan avtomobilni quvib o‘tishga chiqsangiz, ko‘rsatilgan hollarning qaysi birida tovush ishorasi berish maqsadga muvofiq?

Agar Siz oldinda harakatlanayotgan avtomobilni quvib o‘tishga chiqsangiz, ko‘rsatilgan hollarning qaysi birida tovush i…
  1. Quvib o‘tilayotgan avtomobil haydovchisi o‘ngga burilish ko‘rsatkichini yoqqanda
  2. Quvib o‘tilayotgan avtomobil haydovchisi chapga burilish ko‘rsatkichini yoqqanda
  3. Quvib o‘tilayotgan avtomobil haydovchisi tormoz berishni boshlaganda
  4. Quvib o‘tish qorong‘i vaqtda bajarilganda

To'g'ri javob: Quvib o‘tilayotgan avtomobil haydovchisi chapga burilish ko‘rsatkichini yoqqanda

YHQ 8-bobi 48-bandiga muvofiq, tovushli ishoralar faqat quyidagi hollarda qo'llanilishi mumkin: aholi punktlaridan tashqarida boshqa haydovchilarni quvib o'tish haqida ogohlantirish uchun; zarur bo'lgan hollarda yo'l-transport hodisasining oldini olish uchun.

21. Shlagbaumni o‘zboshimchalik bilan ochish yoki aylanib o‘tishga ruxsat beriladimi?

  1. Taqiqlanadi
  2. Ruxsat beriladi, faqat svetofor o‘chgan bo‘lsa
  3. Agar yaqinlashib kelayotgan poyezd yo‘q bo‘lsa, haydovchining ixtiyoriga qarab ruxsat etiladi
  4. Temir yo‘l kesishmasi navbatchisi bo‘lmagan holdagina ruxsat etiladi

To'g'ri javob: Taqiqlanadi

YHQ 18-bobi 118-bandi 7-xatboshiga asosan, shlagbaumni o'zboshimchalik bilan ochish taqiqlanadi.

22. Navbatchining haydovchiga qaratilgan qaysi holati temir yo‘l kesishmasi orqali harakatlanishni taqiqlovchi ishora hisoblanadi?

  1. Haydovchiga chap yoki o‘ng yelkasini o‘girib, tayoqchani (qizil bayroqni) boshidan yuqori ko‘tarib turishi
  2. Oldi yoki orqasi bilan turib jezlni, qizil chiroq yoki bayroqchani yuqoriga ko‘tarib tursa yoki qo‘llarini yonga uzatib turishi
  3. Istalgan yelkasi yoki ko‘kragini o‘girib, tayoqchani (qizil bayroqni) boshidan yuqori ko‘tarib turishi

To'g'ri javob: Oldi yoki orqasi bilan turib jezlni, qizil chiroq yoki bayroqchani yuqoriga ko‘tarib tursa yoki qo‘llarini yonga uzatib turishi

YHQ 18-bobi 118-bandi 3-xatboshiga asosan, kesishma navbatchisining taqiqlovchi ishorasida (navbatchi haydovchiga oldi yoki orqasi bilan turib jezlni, qizil chiroq yoki bayroqchani yuqoriga ko'tarib tursa yoki qo'llarini yonga uzatsa) temir yo'l kesishmasiga kirish taqiqlanadi.

23. Qo'l bilan beriladigan ogohlantiruvchi ishora Qoidalarga muvofiq qachon tugallanishi mumkin?

  1. Manyovrni bevosita bajarishdan oldin.
  2. Manyovr tugagandan so'ng zudlik bilan.
  3. Manyovr bajarayotgan vaqtda.

To'g'ri javob: Manyovrni bevosita bajarishdan oldin.

YHQ 8-bobi 46- bandiga muvofiq, qo'l bilan berilayotgan ishorani manyovrni bavosita bajarishdan oldin tugallash mumkin. Ishoralar boshqa yo'l harakati qatnashchilarini chalg'itmasligi kerak.

24. Manyovrdan oldin haydovchi har doim ogohlantiruvchi ishora berishi kerakmi?

  1. Faqat uning orqasida boshqa transport vositasi harakatlanayotgan bo‘lsa
  2. Faqat uning transport vositasi burilishni ko‘rsatuvchi chiroqlar bilan jihozlangan bo‘lsa
  3. Faqat serqatnov harakatli yo‘lda
  4. Yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilarini chalg‘itmagan holda har doim berishi kerak

To'g'ri javob: Yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilarini chalg‘itmagan holda har doim berishi kerak

YHQ 8-bobi 45 - va 46-bandlariga muvofiq, haydovchi manyovrni bajarishdan oldin tegishli yo'nalishni ko'rsatuvchi yorug'lik ishoralarini yoqishi shart. Ishoralar boshqa yo'l harakati qatnashchilarini chalg'itmasligi kerak.

25. Haydovchi to‘xtash oldidan ogohlantiruvchi ishora berishga qachon majbur?

  1. Faqat shu holdaki, agar uning orqasidan boshqa transport vositasi harakat qilsa
  2. Faqat aholi punktlarida
  3. Barcha hollarda

To'g'ri javob: Barcha hollarda

YHQ 8-bobi 45-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Haydovchi harakatlanishni boshlashdan, qayta tizilishdan, burilish (qayrilib olish) dan va to‘xtashdan oldin tegishli yo‘nalishni ko‘rsatuvchi yorug‘lik ishoralarini yoqishi, ular bo‘lmaganda yoki ishlamaganda qo‘l bilan ishoralar berishi shart.

26. Qayta tizilish oldidan ogohlantiruvchi ishora qachon berilishi kerak?

  1. Bevosita manyovrni bajarishni boshlash oldidan.
  2. Manyovrni bajarishni boshlagandan so'ng zudlik bilan.
  3. Manyovrni bajarishdan oldinroq.

To'g'ri javob: Manyovrni bajarishdan oldinroq.

YHQ 8-bobi 46-bandiga muvofiq, burilish ko'rsatkichi yoki qo'l bilan berilayotgan ishora manyovrni bajarishdan oldinroq berilishi kerak.

27. Sekin yurar transport vositalarining temir yo‘l kesishmasi orqali harakatlanishiga faqat temir yo‘l distansiyasi boshlig‘ining ruxsati bilan harakat tezligi quyidagidan kam bo‘lganda yo‘l qo‘yiladi:

  1. 3 km/s
  2. 5 km/s
  3. 8 km/s
  4. 10 km/s
  5. 30 km/s

To'g'ri javob: 8 km/s

YHQ 18-bobi 118-bandi 9-xatboshiga asosan, temir yo'l distantsiyasi boshlig'ining ruxsatisiz tezligi soatiga 8 kilometrdan kam bo'lgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.

28. Aholi punktlarida “Avariya sababli to‘xtash” belgisi transport vositasidan (yon kajavasiz mototsikldan tashqari) kamida qanday masofada qo‘yilishi kerak?

  1. 10 m
  2. 15 m
  3. 30 m
  4. 40 m

To'g'ri javob: 15 m

YHQ 8-bobi 51-bandiga asosan: Transport vositasi to‘satdan to‘xtab qolganda, zudlik bilan avariya yorug‘lik ishorasini yoqish, agar u ishlamasa, avariya sababli to‘xtash belgisini darhol o‘rnatish kerak. Avariya sababli to‘xtash belgisi quyidagi hollarda qo‘llaniladi: Yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganda; to‘xtash taqiqlangan joylarda va ko‘rinishi cheklangan joylarda majburiy to‘xtaganda; Ushbu belgi boshqa haydovchilarni xavfli vaziyat haqida o‘z vaqtida ogohlantirish imkoni beradigan masofada o‘rnatilishi kerak. Bu masofa aholi punktlarida transport vositasidan 15 metr, aholi punktlaridan tashqaridagi joylarda esa 30 metrdan kam bo‘lmasligi kerak.

29. Avariya yorug‘lik ishorasi yoqilishi kerak:

Avariya yorug‘lik ishorasi yoqilishi kerak:
  1. To‘xtash taqiqlangan joylarda majburiy to‘xtaganda
  2. Yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganda
  3. Yo‘lning yoritilmagan qismlarida to‘xtaganda va to‘xtab turganda yoki yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda gabarit yoki to‘xtab turish chiroqlari nosoz bo‘lganda
  4. Sanab o‘tilgan barcha hollarda

To'g'ri javob: Sanab o‘tilgan barcha hollarda

YHQ 8-bobi 50-bandiga muvofiq, avariya ishorasi quyidagi hollarda yoqilishi kerak: yo'l-transport hodisasi sodir bo'lganda; to'xtash taqiqlangan joylarda majburiy to'xtalganda; chiroqlar yorug'ligi haydovchining ko'zini qamashtirganda; shatakka olishda (shatakka olingan transport vositasida).

30. Mopedlarni shatakka olishga ruxsat etiladimi?

  1. Ruxsat etiladi
  2. Qattiq qoplamasiz yo‘l bo‘ylab faqat kunning yorug‘ vaqtida ruxsat etiladi
  3. Taqiqlanadi

To'g'ri javob: Taqiqlanadi

YHQ 28-bobi 168-bandining yettinchi xatboshisiga asosan, velosipedchilar va individual harakatlanish vositalarini boshqarayotgan shaxslarga quyidagilar taqiqlanadi: Velosipedlarni va individual harakatlanish vositalarini shatakka olish, shuningdek, ulardan shatakka olishda foydalanish taqiqlanadi (velosipedga mo‘ljallangan tirkamalarni shatakka olish bundan mustasno).

31. Qaysi rasmda haydovchi chapga burilish haqida ogohlantirish ishorasini bermoqda?

Qaysi rasmda haydovchi chapga burilish haqida ogohlantirish ishorasini bermoqda?
  1. 1
  2. 2
  3. 3

To'g'ri javob: 1

YHQ 8-bobi 45-bandining ikkinchi xatboshisiga asosan: Chapga burilish (qayrilib olish)ni bildiruvchi ishoraga chap qo‘lni yonga uzatish yoki o‘ng qo‘lni tirsakdan to‘g‘ri burchak ostida bukib, yuqoriga ko‘tarish mos keladi.

32. Ko‘rsatilgan belgilardan qaysi biri yo‘lning ko‘rinish masofasi cheklangan joylarida majburan to‘xtagan transport vositalarini belgilash uchun qo‘llaniladi?

Ko‘rsatilgan belgilardan qaysi biri yo‘lning ko‘rinish masofasi cheklangan joylarida majburan to‘xtagan transport vosit…
  1. A
  2. B
  3. С

To'g'ri javob: A

YHQ 8-bobi 51-bandi: Transport vositasi to‘satdan to‘xtab qolganda, zudlik bilan avariya yorug‘lik ishorasini yoqish, agar u ishlamasa, avariya sababli to‘xtash belgisini darhol o‘rnatish kerak. Avariya sababli to‘xtash belgisi quyidagi hollarda qo‘llaniladi: yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganda; to‘xtash taqiqlangan joylarda va ko‘rinishi cheklangan joylarda majburiy to‘xtaganda; Ushbu belgi boshqa haydovchilarni xavfli vaziyat haqida o‘z vaqtida ogohlantirish imkonini beradigan masofada o‘rnatilishi kerak. Bu masofa aholi punktlarida transport vositasidan 15 metr, aholi punktlaridan tashqaridagi joylarda esa 30 metrdan kam bo‘lmasligi kerak.

33. Quvib o‘tishni bajarayotganda chapga burilishni ko‘rsatuvchi chiroqni qachon o‘chirishingiz kerak?

Quvib o‘tishni bajarayotganda chapga burilishni ko‘rsatuvchi chiroqni qachon o‘chirishingiz kerak?
  1. O‘z ixtiyoringizga havola
  2. Manyovrni tugallagach, darhol
  3. Quvib o‘tilayotgan transport vositasidan o‘zib ketgandan so‘ng

To'g'ri javob: Manyovrni tugallagach, darhol

YHQ 8-bobi 46-bandiga muvofiq, burilish (chapga burilish) ko'rsatgichlari bilan berilayotgan ishora manyovrni tugallagach, darhol to'xtatilishi kerak. Ishoralar boshqa yo'l harakati qatnashchilarini chalg'itmasligi kerak.

34. Burilish ko‘rsatkichi bilan berilayotgan ogohlantiruvchi ishora qachon to‘xtatilishi kerak?

Burilish ko‘rsatkichi bilan berilayotgan ogohlantiruvchi ishora qachon to‘xtatilishi kerak?
  1. Manevr bajarishdan oldin
  2. Manevr bajargandan so‘ng darhol
  3. Manevr bajarayotganda

To'g'ri javob: Manevr bajargandan so‘ng darhol

Yo‘l harakati qoidalarining 46 bandiga asosan, burilish ko‘rsatkichi yoki qo‘l bilan berilayotgan ishora manyovrni bajarishdan oldinroq berilishi va uni tugallagach, darhol to‘xtatilishi kerak (qo‘l bilan berilayotgan ishorani manyovrni bevosita bajarishdan oldin tugallash mumkin).

35. Qaysi holatlarda aholi punktlarida tovushli ishoralardan foydalanish mumkin?

  1. Faqat zarur bo‘lgan hollarda yo‘l-transport hodisasining oldini olish uchun
  2. Faqat boshqa haydovchilarni quvib o‘tish haqida ogohlantirish uchun
  3. Barcha javoblarda ko‘rsatilgan holatlarda

To'g'ri javob: Faqat zarur bo‘lgan hollarda yo‘l-transport hodisasining oldini olish uchun

YHQ 8-bobi 48-bandi: Tovushli ishoralar faqat quyidagi hollarda qo‘llanilishi mumkin: aholi punktlaridan tashqarida boshqa haydovchilarni quvib o‘tish haqida ogohlantirish uchun; zarur bo‘lgan hollarda yo‘l-transport hodisasining oldini olish uchun. Yuqorida ko‘rsatilgan hollardan tashqari tovushli ishoralardan foydalanish taqiqlanadi.

36. Velosipedlarda yuk tashilganda gabaritidan bo‘yiga va eniga qanchadan ortiq chiqib tursa, yuk tashish taqiqlanadi?

  1. 0,3 m
  2. 0,4 m
  3. 0,5 m
  4. 1 m

To'g'ri javob: 0,5 m

YHQ 28-bobi 168-bandi: Velosipedchilar va individual harakatlanish vositalarini boshqarayotgan shaxslarga quyidagilar taqiqlanadi: Rulni ushlamasdan yoki bir qo‘lda ushlab harakatlanish (manyovrdan oldin ishoralar berish bundan mustasno); Odam tashish (ishonchli oyoq qo‘ygich bilan jihozlangan velosipeddagi qo‘shimcha o‘rindiqda 7 yoshgacha bo‘lgan bolani tashish bundan mustasno); Gabaritidan bo‘yiga va eniga 0,5 metrdan ortiq chiqib turgan yoki boshqarishga xalal beradigan yuklarni tashish.

37. Moped haydovchisi majbur:

  1. 16 yoshga to‘lgan bo‘lishi
  2. Motoshlem kiyishlari va uni qadab olishlari
  3. Kunduzgi vaqtda ham yaqinni yorituvchi chiroqlarni yoqib yurishi
  4. Barcha sanab o‘tilgan javoblar

To'g'ri javob: Barcha sanab o‘tilgan javoblar

YHQ 28-bobi 165-bandi: Yo‘lda velosiped, individual harakatlanish vositalarini va aravani boshqarish, miniladigan yoki yuk ortiladigan hayvonlarni haydab o‘tish 14 yoshdan kichik bo‘lmagan, moped va skuterni boshqarish esa 16 yoshdan kichik bo‘lmagan shaxslarga ruxsat etiladi.

38. Velosipeddan foydalanishda yo‘lovchi tashish qaysi hollarda ruxsat etiladi?

  1. Faqat 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni maxsus o‘rindiqda tashish mumkin
  2. Faqat kattalar uchun ruxsat etiladi
  3. Har qanday yo‘lovchini tashish mumkin
  4. Hech qachon ruxsat etilmaydi

To'g'ri javob: Faqat 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni maxsus o‘rindiqda tashish mumkin

"YHQning 28-bob. 168-band 3-xatboshiga asosan:168. Velosipedchilar va individual harakatlanish vositalarini boshqarayotgan shaxslarga quyidagilar taqiqlanadi: odam tashish (ishonchli oyoq qo‘ygich bilan jihozlangan velosipeddagi qo‘shimcha o‘rindiqda 7 yoshgacha bo‘lgan bolani tashish bundan mustasno)."

39. Individual harakatlanish vositalarini necha yoshdan boshqarishga ruxsat beriladi?

  1. 12
  2. 14
  3. 16

To'g'ri javob: 14

YHQning 28-bob. 165-bandiga asosan: 165. Yo‘lda velosiped, individual harakatlanish vositalarini va aravani boshqarish, miniladigan yoki yuk ortiladigan hayvonlarni haydab o‘tish 14 yoshdan kichik bo‘lmagan, moped va skuterni boshqarish esa 16 yoshdan kichik bo‘lmagan shaxslarga ruxsat etiladi.

40. Velosipedni boshqarishga necha yoshdan ruxsat etiladi?

  1. 12 yosh
  2. 14 yosh
  3. 16 yosh
  4. 18 yosh

To'g'ri javob: 14 yosh

YHQning 28-bob. 165-bandga asosan: 165. Yo‘lda velosiped, individual harakatlanish vositalarini va aravani boshqarish, miniladigan yoki yuk ortiladigan hayvonlarni haydab o‘tish 14 yoshdan kichik bo‘lmagan, moped va skuterni boshqarish esa 16 yoshdan kichik bo‘lmagan shaxslarga ruxsat etiladi.

41. Miniladigan uy hayvonlarini boshqarishga necha yoshdan ruxsat etiladi?

  1. 12 yosh
  2. 14 yosh
  3. 16 yosh
  4. 18 yosh

To'g'ri javob: 14 yosh

YHQning 28-bob. 165-bandga asosan: 165. Yo‘lda velosiped, individual harakatlanish vositalarini va aravani boshqarish, miniladigan yoki yuk ortiladigan hayvonlarni haydab o‘tish 14 yoshdan kichik bo‘lmagan, moped va skuterni boshqarish esa 16 yoshdan kichik bo‘lmagan shaxslarga ruxsat etiladi.

42. Velosipedchilarga velosiped yo‘lkasi bo‘lganda qatnov qismidan harakatlanishga ruxsat etiladimi?

  1. Ruxsat etiladi
  2. Boshqa harakat qatnashchilariga xalaqit bermasa ruxsat etiladi
  3. Taqiqlanadi

To'g'ri javob: Taqiqlanadi

YHQning 28-bob. 168-band 5-xatboshiga asosan: 168. Velosipedchilar va individual harakatlanish vositalarini boshqarayotgan shaxslarga quyidagilar taqiqlanadi: velosiped yo‘lkasi bo‘lgan holda yo‘lning qatnov qismida harakatlanish.

43. Aholi punktlarida quvib o‘tishda qanday ogohlantirish ishoralaridan foydalanish mumkin?

  1. Faralarning uzoqni yorituvchi chiroqlaridan
  2. Tovushli ishoralardan
  3. 1 va 2

To'g'ri javob: Faralarning uzoqni yorituvchi chiroqlaridan

"YHQning 8-bob. 48-band 2 va 3-xatboshi va 49-bandiga asosan: 48. Tovushli ishoralar faqat quyidagi hollarda qo‘llanilishi mumkin: aholi punktlaridan tashqarida boshqa haydovchilarni quvib o‘tish haqida ogohlantirish uchun; Yuqorida ko‘rsatilgan hollardan tashqari tovushli ishoralardan foydalanish taqiqlanadi. 49. Quvib o‘tish haqida tovushli ishora o‘rniga yoki u bilan birga fara chiroqlarini yoqib-o‘chirib, ogohlantirish ishorasini ham berish mumkin."

44. Aholi punktlaridan tashqarida quvib o‘tishda qanday ogohlantirish ishoralaridan foydalanish mumkin?

  1. Faralarning uzoqni yorituvchi chiroqlaridan
  2. Tovushli ishoralardan
  3. 1 va 2

To'g'ri javob: 1 va 2

"YHQning 8-bob. 48-band 2 va 3-xatboshi va 49-bandiga asosan: 48. Tovushli ishoralar faqat quyidagi hollarda qo‘llanilishi mumkin: aholi punktlaridan tashqarida boshqa haydovchilarni quvib o‘tish haqida ogohlantirish uchun; Yuqorida ko‘rsatilgan hollardan tashqari tovushli ishoralardan foydalanish taqiqlanadi. 49. Quvib o‘tish haqida tovushli ishora o‘rniga yoki u bilan birga fara chiroqlarini yoqib-o‘chirib, ogohlantirish ishorasini ham berish mumkin."