Svetofor ishoralari: test savollari

1. Odam tashish uchun mo‘ljallangan yuk avtomobili yukxonasi bortining balandligi:

  1. 0,7 metrdan kam bo‘lmasligi kerak
  2. 1,0 metrdan kam bo‘lmasligi kerak
  3. 1,3 metrdan kam bo‘lmasligi kerak
  4. 1,5 metrdan kam bo‘lmasligi kerak

To'g'ri javob: 1,3 metrdan kam bo‘lmasligi kerak

YHQ 26 – bobi 153 – bandiga asosan: Odam tashish uchun mo‘ljallangan yuk avtomobili yukxonasining borti 1,3 metrdan kam bo‘lmasligi shart. Bunda yukxonaning pastki qismidan 0,3 — 0,5 metr balandlikda mahkamlangan o‘rindiqlar jihozlangan bo‘lishi kerak.

2. Zarg‘aldoq yoki sariq rangli yalt - yalt etuvchi mayoqchasi yoqilgan transport vasitalariga harakatlanishda imtiyoz beradimi?

Zarg‘aldoq yoki sariq rangli yalt - yalt etuvchi mayoqchasi yoqilgan transport vasitalariga harakatlanishda imtiyoz ber…
  1. Beradi
  2. Bermaydi

To'g'ri javob: Bermaydi

YHQ 6-bobi 28-bandiga asosan, yoqilgan zarg'aldoq va (yoki) sariq rangli mayoqcha harakatlanishda imtiyoz bermaydi va yo'l harakatining boshqa qatnashchilarini faqat xavf haqida ogohlantiradi.

3. Siz qiyalikda svetoforning ruxsat beruvchi ishorasini kutib to‘xtadingiz. Bunda avtomobilni joyida tutib turishning eng yaxshi usuli:

  1. To‘xtab turish tormozi bilan
  2. Birinchi uzatma ulangan holda ulovchi joydan jilmay aylantirish hisobiga
  3. Yurgizgich o‘chirilib, past uzatma ulangan holda
  4. Ishchi tormoz bilan

To'g'ri javob: To‘xtab turish tormozi bilan

Ishchi (asosiy) tormoz avtomobil harakatlanishi vaqtida doimiy foydalanishga mo‘ljallangan va haydovchiga avtomobil harakatini har xil intensivlikda sekinlashtirish yoki uni to‘xtatish uchun xizmat qiladi. To‘xtab turish tormozi avtomobilni uzoq muddatli to‘xtash yoki to‘xtab turish vaqtida o‘z – o‘zidan harakatlanib ketishidan saqlab qolish uchun mo‘ljallangan. Balandlikda svetoforning ruxsat etuvchi ishorasini kutib to‘xtaganda, avtomobilni joyidan jilmay ushlab turishning eng yaxshi usuli, to‘xtab turish tormozi (“qo‘l tormozi”) hisoblanadi. Chunki, bu avtomobilning orqaga harakatlanib ketishining xavfini kamaytiradi.

4. Odam tashish uchun mo‘ljallangan yuk avtomobili yukxonasiga o‘rnatilgan o‘rindiqlar, yukxona pastki qismidan qancha balandlikda mahkamlangan bo‘lishi kerak?

  1. 0,3-0,5 metr
  2. 0,6-0,7 metr
  3. 0,8-0,9 metr

To'g'ri javob: 0,3-0,5 metr

YHQ 26 – bobi 153 – bandiga asosan: Odam tashish uchun mo‘ljallangan yuk avtomobili yukxonasining borti 1,3 metrdan kam bo‘lmasligi shart. Bunda yukxonaning pastki qismidan 0,3 — 0,5 metr balandlikda mahkamlangan o‘rindiqlar jihozlangan bo‘lishi kerak.

5. Qizil avtomobilning haydovchisi yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqchali va maxsus tovushli ishora yoqilgan transport vositasi yaqinlashib kelayotganda nima qilishi kerak?

Qizil avtomobilning haydovchisi yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqchali va maxsus tovushli ishora yoqilgan transport vosita…
  1. Harakat yo‘nalishini o‘zgartirmasdan to‘xtashi va majburiy to‘xtash chiroqlarini yoqishi kerak
  2. Tezlikni pasaytirishi va boshqa qatorga o‘tish bilan bog‘lik keskin manyovrlarga yo‘l qo‘ymasdan harakatni davom ettirishi
  3. Yo‘l berishi

To'g'ri javob: Yo‘l berishi

YHQ 6-bobi 26-bandiga asosan, haydovchilar tezkor va maxsus xizmatlarning ko'k yoki qizil yoxud ko'k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan holda yaqinlashayotgan transport vositalariga, shuningdek ularning kuzatuvidagi, yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilgan transport vositasi (transport vositalari)ga yo'l berishlari shart. Mazkur turdagi transport vositalarini quvib o'tish taqiqlanadi.

6. Svetoforning taqiqlovchi ishorasida va shlagbaum ochiq bo'lganda haydovchi nima qilishi kerak?

  1. Yaqinlashib kelayotgan poyezd yo'qligiga shaxsan ishonch hosil qilishi va kesishmadan o'tishi kerak.
  2. Shlagbaumning holatiga asoslangan holda kesishmadan o'tishi kerak.
  3. Shlagbaumgacha 10 metrdan yaqin bo'lmagan masofada to'xtash.
  4. To'xtash chizig'i, 2.5 "To'xtamasdan harakatlanish taqiqlangan" yo'l belgisi yoki svetofor oldida, ular bo'lmaganda shlagbaumga kamida 5 metr qolganda to'xtashi kerak.

To'g'ri javob: To'xtash chizig'i, 2.5 "To'xtamasdan harakatlanish taqiqlangan" yo'l belgisi yoki svetofor oldida, ular bo'lmaganda shlagbaumga kamida 5 metr qolganda to'xtashi kerak.

YHQ 18-bobi 119-bandiga asosan, kesishma orqali harakatlanish taqiqlangan hollarda haydovchi to'xtash chizig'i, 2.5 "To'xtamasdan harakatlanish taqiqlangan" yo'l belgisi yoki svetofor oldida, ular bo'lmaganda shlagbaumga kamida 5 metr qolganda to'xtashi kerak.

7. Ko'rsatilgan holatda yengil avtomobilga to'xtab turishga ruxsat etiladimi?

Ko'rsatilgan holatda yengil avtomobilga to'xtab turishga ruxsat etiladimi?
  1. Ruxsat etiladi.
  2. Taqiqlanadi.

To'g'ri javob: Taqiqlanadi.

YHQ 13-bobi 91-bandi 14-xatboshiga asosan, to'xtash taqiqlanadi: transport vositasi svetofor ishoralari, yo'l belgilarini boshqa haydovchilardan to'sib qo'yadigan, boshqa transport vositalarining harakatlanishiga (kirish va chiqishiga) imkon qoldirmaydigan yoki piyodalarning harakatiga xalaqit beradigan joylarda.

8. Quyidagi hollarning qaysi birida temir yo‘l kesishmasiga kirish taqiqlanadi?

  1. Svetoforning taqiqlovchi ishorasi yonganda shlagbaum ochiq turgan holatda
  2. Qishloq xo‘jaligi mashinasini mexanik transport vositasiga yuklab olib o‘tish holatida
  3. Tezligi 8 km/soat dan ko‘p bo‘lgan transport vositalari

To'g'ri javob: Svetoforning taqiqlovchi ishorasi yonganda shlagbaum ochiq turgan holatda

YHQ 18 – bobi 118 – bandining ikkinchi xatboshisiga asosan, temir yo‘l kesishmasiga quydagi hollarda kirish taqiqlanadi: shlagbaum holatidan qat’i nazar, svetoforning taqiqlovchi ishorasida.

9. Ko‘k yalt-yalt etuvchi mayoqcha va unga qo‘shimcha maxsus tovushli ishorasi yoqilgan transport vositasi sizga yaqinlashib kelmoqda. Siz shunday transport vositasiga qarshi harakatlanayotgan bo‘lsangiz, nima qilishingiz lozim?

  1. Yo‘l yoqasida yoki qatnov qismining chetida to‘xtash
  2. Mayoqcha ishorasi yoqilgan transport vositasiga halaqit bermasdan harakatni davom ettirish

To'g'ri javob: Mayoqcha ishorasi yoqilgan transport vositasiga halaqit bermasdan harakatni davom ettirish

YHQ 6 – bobi 26 – bandiga asosan: Haydovchilar ko‘k yoki ko‘k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqcha va maxsus tovushli ishoralarini yoqqan holda yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga, shuningdek ularning kuzatuvidagi, yaqinni yorituvchi chiroqlari yoqilgan transport vositalariga to‘siqsiz o‘tib ketishlari uchun yo‘l berishlari shart.

10. 12 yoshga yetmagan bolalarni transport vositasining old o‘rindig‘ida tashishga ruxsat etiladimi?

  1. Bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma o‘rnatilgan bo‘lsa ruxsat etiladi
  2. Faqat katta yoshdagi yo‘lovchi hamrohligida ruxsat etiladi
  3. Taqiqlanadi

To'g'ri javob: Bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma o‘rnatilgan bo‘lsa ruxsat etiladi

YHQ 26-bobi 159-bandi 5-xatboshiga asosan: Odamlarni tashish quyidagi hollarda taqiqlanadi: 12 yoshga to‘lmagan bolalarni mototsikl, elektromototsikl, moped va skuterning orqa o‘rindig‘ida, shuningdek, bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma o‘rnatilmagan transport vositasining old o‘rindig‘ida.

11. Yuk avtomobili haydovchisiga bu joyda to‘xtashga ruxsat etiladimi?

Yuk avtomobili haydovchisiga bu joyda to‘xtashga ruxsat etiladimi?
  1. Ruxsat etiladi
  2. Taqiqlanadi

To'g'ri javob: Taqiqlanadi

YHQ 13-bobi 91-bandi 14-xatboshiga asosan, quyidagi joylarda to'xtash taqiqlanadi: transport vositasi svetofor ishoralari, yo'l belgilarini boshqa haydovchilardan to'sib qo'yadigan, boshqa transport vositalarining harakatlanishiga (kirish va chiqishiga) imkon qoldirmaydigan yoki piyodalarning harakatiga xalaqit beradigan joylarda.

12. Qaysi transport vositasining haydovchisi yo‘l berishi kerak?

Qaysi transport vositasining haydovchisi yo‘l berishi kerak?
  1. Mayoqchalari va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan tez yordam avtomobilining haydovchisi
  2. Yengil avtomobilning haydovchisi

To'g'ri javob: Yengil avtomobilning haydovchisi

YHQ 6-bobi 26-bandiga muvofiq, haydovchilar tezkor va maxsus xizmatlarning ko'k yoki qizil yoxud ko'k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan holda yaqinlashayotgan transport vositalariga, shuningdek ularning kuzatuvidagi, yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilgan transport vositasi (transport vositalari)ga yo'l berishlari shart.

13. Yengil avtomobillarning oldingi o‘rindig‘ida bolalarni tashishga ruxsat etiladimi?

  1. Aholi punktlarida barcha hollarda ruxsat etiladi
  2. 12 yosh va undan katta bo‘lgan bolalarni tashishga ruxsat etiladi
  3. Katta yoshli yo‘lovchi bo‘lganda yoshidan qat’iy nazaq ruxsat etiladi

To'g'ri javob: 12 yosh va undan katta bo‘lgan bolalarni tashishga ruxsat etiladi

YHQ 26-bobi 159-bandining beshinchi xatboshisiga asosan, odamlarni tashish quyidagi hollarda taqiqlanadi: 12 yoshga to'lmagan bolalarni mototsikl, elektromototsikl, moped va skuterning orqa o‘rindig‘ida, shuningdek, bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma oʻrnatilmagan transport vositasining old o‘rindig‘ida;

14. Mototsiklning orqa o‘rindig‘ida bolalarni tashishga ruxsat etiladimi?

  1. 12 yoshga to‘lmagan bolalarga katta yoshdagi yo‘lovchi kuzatuvida ruxsat etiladi
  2. 12 yoshga to‘lgan va undan katta bolalarga ruxsat etiladi
  3. Har ikki holatda taqiqlanadi

To'g'ri javob: 12 yoshga to‘lgan va undan katta bolalarga ruxsat etiladi

YHQ 26-bobi 159-bandining to‘rtinchi va beshinchi xatboshilariga asosan, odamlarni tashish quyidagi hollarda taqiqlanadi: Mototsikllar, elektromototsikllar, mopedlar va skuterlarning konstruksiyasida ko‘zda tutilgan joylardan tashqarida; 12 yoshga to‘lmagan bolalarni mototsikl, elektromototsikl, moped va skuterning orqa o‘rindig‘ida, shuningdek, bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma o‘rnatilmagan transport vositasining old o‘rindig‘ida.

15. Rasmda ko‘rsatilgan holatda qizil avtomobilning haydovchisi qanday yo‘l tutishi kerak?

Rasmda ko‘rsatilgan holatda qizil avtomobilning haydovchisi qanday yo‘l tutishi kerak?
  1. Svetoforning ruxsat etuvchi ishorasini kutishi va to‘g‘riga harakatlanishi
  2. O‘ngga burilish ishorasini yoqishi va o‘ngga burilish
  3. Chapga burilish ishorasini yoqishi va o‘ng tasmani bo‘shatishi

To'g'ri javob: O‘ngga burilish ishorasini yoqishi va o‘ngga burilish

Yo‘naltirgich ko‘rinishidagi qizil, sariq va yashil rangli svetofor ishoralari ham doirasimon shaklidagi svetofor ishoralari bilan bir xil ma'noga ega bo‘ladi. Ular faqat ko‘rsatilgan yo‘nalishga ta'sir etadi. Agar tegishli yo‘l belgisi bilan qayrilib olish taqiqlanmagan bo‘lsa, chapga burilishga ruxsat beruvchi yo‘naltirgich qayrilib olishga ham ruxsat beradi. Qo‘shimcha tarmoqdagi yashil yo‘naltirgich ham xuddi shu ma'noni bildiradi. Svetoforning qo‘shimcha tarmoqdagi ishora o‘chirilgan bo‘lsa, shu tarmoq tartibga solayotgan yo‘nalishda harakatlanish taqiqlanganligini bildiradi.

16. Temir yo‘l kesishmasi oldida to‘xtagandan keyin harakatni boshlashdan oldin haydovchi:

  1. Bitta uzun va uchta qisqa tovushli ishora berib harakatni boshlashi kerak
  2. Yaqinlashib kelayotgan poyezdning yo‘qligiga ishonch hosil qilishi kerak
  3. Har ikki javob to ‘g‘ri

To'g'ri javob: Yaqinlashib kelayotgan poyezdning yo‘qligiga ishonch hosil qilishi kerak

YHQ 18-bobining 117-bandiga asosan, temir yo'l kesishmasiga yaqinlashib uni kesib o'tmoqchi bo'lgan haydovchi kesishma navbatchisining ko'rsatmalariga, svetoforlar ishoralariga, yo'l belgilariga, yo'l chiziqlariga, shlagbaum holatiga amal qilishi va yaqinlashayotgan poyezd (lokomotiv, drezina) yo'qligiga ishonch hosil qilish shart.

17. Ro‘paradan kelayotgan avtomobil haydovchisi qanday yo‘l tutishi kerak?

Ro‘paradan kelayotgan avtomobil haydovchisi qanday yo‘l tutishi kerak?
  1. Yo‘l yoqasida to‘xtashi
  2. Yalt-yalt etuvchi chiroq mayoqchasi yoqilgan avtomobilga xalaqit bermasdan harakatni davom ettirishi

To'g'ri javob: Yalt-yalt etuvchi chiroq mayoqchasi yoqilgan avtomobilga xalaqit bermasdan harakatni davom ettirishi

YHQ 6-bobi 26-bandiga muvofiq, haydovchilar tezkor va maxsus xizmatlarning ko'k yoki qizil yoxud ko'k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan holda yaqinlashayotgan transport vositalariga, shuningdek ularning kuzatuvidagi, yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilgan transport vositasi (transport vositalari)ga yo'l berish(to'sqinlik qilmaslik)lari shart.

18. Furgon yukxonasida odamlarni tashishga ruxsat etiladimi?

  1. Taqiqlanadi
  2. Ruxsat etiladi
  3. Agar ularning tuzilishi odamlarni tashishga moslashtirilgan bo‘lsa, ruxsat etiladi

To'g'ri javob: Agar ularning tuzilishi odamlarni tashishga moslashtirilgan bo‘lsa, ruxsat etiladi

YHQ 26-bobi 159-bandining ikkinchi xatboshisiga asosan, odamlarni tashish quyidagi hollarda taqiqlanadi: transport vositasining kabinasidan tashqarida (odam tashish uchun mo‘ljallangan bortli yuk yoki furgon-yuk xonali avtomobillar bundan mustasno).

19. Temir yo‘l kesishmasidan o‘tishda haydovchi nimaga amal qilishi kerak?

  1. Shlagbaumning holatiga va yorug‘lik ishorasiga
  2. Yo‘l belgilari va chiziqlariga
  3. Temir yo‘l kesishmasi navbatchisining ko‘rsatmalari va ishoralariga
  4. Barcha sanab o‘tilgan talablarga

To'g'ri javob: Barcha sanab o‘tilgan talablarga

YHQ 18-bobining 117-bandiga asosan, temir yo'l kesishmasiga yaqinlashib uni kesib o'tmoqchi bo'lgan haydovchi kesishma navbatchisining ko'rsatmalariga, svetoforlar ishoralariga, yo'l belgilariga, yo'l chiziqlariga, shlagbaum holatiga amal qilishi va yaqinlashayotgan poyezd (lokomotiv, drezina) yo'qligiga ishonch hosil qilish shart.

20. Yuk avtomobilining yukxonasida 8 nafardan ko‘p odamlarni tashish qaysi haydovchilarga ruxsat beriladi?

  1. “C” toifadagi transport vositasini boshqarish huquqi guvohnomasi bo‘lib, shu avtomobilda uch yillik ish davriga ega bo‘lgan haydovchilarga
  2. “D” va “C” toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan va shu toifadagi transport vositalaridan birini 3 yildan ortiq boshqargan haydovchilarga

To'g'ri javob: “D” va “C” toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan va shu toifadagi transport vositalaridan birini 3 yildan ortiq boshqargan haydovchilarga

YHQ 26-bobi 152-bandiga asosan: Yuk avtomobilining yukxonasida odam tashish “C” toifasidagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan, odamlar soni kabinadagi yo‘lovchilarni ham qo‘shib hisoblaganda 8 nafardan ortiq bo‘lganda esa, “C” va “D” toifalaridagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan va shu toifaga taalluqli transport vositalaridan birini 3 yildan ortiq boshqargan haydovchilar tomonidan amalga oshirilishi kerak. Harbiy haydovchilarga yuk avtomobillarida odam tashishga ruxsat berish O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

21. Kesishma orqali harakatlanish hollarida haydovchi “To‘xtash chizig‘i”, 2.5 “To‘xtamasdan harakatlanish taqiqlangan” yo‘l belgisi yoki svetofor bo‘lmaganda, o‘tib ketayotgan poyezdni o‘tkazib yuborishga qoida bo‘yicha shlagbaumgacha kamida qancha masofa qolganda to‘xtash kerak?

  1. 1 m
  2. 5 m
  3. 10 m
  4. 15 m
  5. 20 m

To'g'ri javob: 5 m

YHQ 18-bobi 119-bandiga asosan: Kesishma orqali harakatlanish taqiqlangan hollarda haydovchi to‘xtash chizig‘i, 2.5 yo‘l belgisi yoki svetofor oldida, ular bo‘lmaganda shlagbaumga kamida 5 metr, shlagbaum bo‘lmaganda esa birinchi temir yo‘l iziga kamida 10 metr qolganda to‘xtashi kerak.

22. Yuk avtomobili kuzovida yo‘lovchilar tashishda ularning soni qanday belgilanadi?

  1. Ma’muriyatning ko‘rsatmasi bilan
  2. Tashishning zarurligi bilan
  3. Jihozlangan o‘rindiqlarning soni bilan
  4. Haydovchining qarori bilan

To'g'ri javob: Jihozlangan o‘rindiqlarning soni bilan

YHQ 26-bobi 154-bandiga asosan: Yuk avtomobilining yukxonasida, shuningdek shaharlararo, sayyohlik, ekskursiya yoki tog‘li yo‘nalishlarda va bolalar guruhini tashkiliy tashishda tashilayotgan odamlar soni o‘ tirish uchun jihozlangan o‘rindig‘lar sonidan oshmasligi kerak.

23. Yuk avtomobili haydovchisi rasmda ko‘rsatilgan holatda maxsus tovushli ishorani eshitib va yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqchani ko‘rib nima qilishi kerak?

Yuk avtomobili haydovchisi rasmda ko‘rsatilgan holatda maxsus tovushli ishorani eshitib va yalt-yalt etuvchi chiroq-may…
  1. Qatnov qismidagi o'z harakatlanish tasmasi bo'ylab harakatni davom ettirishi kerak
  2. Haydovchi maxsus tovushli ishoralarini yoqqan holda yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga yo‘l berishlari, zarur bo‘lgan hollarda ularning to‘siqsiz o‘tib ketishlari uchun o‘zlarini yo‘lning o‘ng tomoniga olib to‘xtashlari shart

To'g'ri javob: Haydovchi maxsus tovushli ishoralarini yoqqan holda yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga yo‘l berishlari, zarur bo‘lgan hollarda ularning to‘siqsiz o‘tib ketishlari uchun o‘zlarini yo‘lning o‘ng tomoniga olib to‘xtashlari shart

YHQ 6-bobi 26-bandiga asosan, haydovchilar tezkor va maxsus xizmatlarning ko'k yoki qizil yoxud ko'k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan holda yaqinlashayotgan transport vositalariga, shuningdek ularning kuzatuvidagi, yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilgan transport vositasi (transport vositalari)ga yo'l berishlari shart. Mazkur turdagi transport vositalarini quvib o'tish taqiqlanadi.

24. Yengil avtomobilning oldingi o‘rindig‘ida bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma o‘rnatilmagan bo‘lsa, ularni tashish qaysi yoshdan ruxsat etiladi?

  1. 5 yosh
  2. 6 yosh
  3. 8 yosh
  4. 10 yosh
  5. 12 yosh

To'g'ri javob: 12 yosh

YHQ 26-bobi 159-bandining beshinchi xatboshisiga asosan, odamlarni tashish quyidagi hollarda taqiqlanadi: 12 yoshga to‘lmagan bolalarni mototsiklning orqa o‘rindig‘ida, shuningdek bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma o‘rnatilmagan transport vositasining old o‘rindig‘ida.

25. Sanab o‘tilgan qaysi joylarda transport vositalarining to‘xtashi va to‘xtab turishi taqiqlanadi?

  1. Darvozadan chiqish joylarida
  2. Tramvay yo‘llarida
  3. Tramvay yo‘llariga bevosita yaqinroqda, agar bu tramvaylarning harakatiga to‘sqinlik qilsa
  4. Barcha ko‘rsatilgan joylarda

To'g'ri javob: Barcha ko‘rsatilgan joylarda

YHQ 13-bobi 91-bandining birinchi va o‘ninchi xatboshlariga asosan, quyidagi joy va holatlarda to‘xtash taqiqlanadi: tramvay yo‘llarida, shuningdek bevosita ularga yaqinroqda tramvaylar harakatlanishiga xalaqit beradigan bo‘lsa. transport vositasi svetofor ishoralari, yo‘l belgilarini boshqa haydovchilardan to‘sib qo‘yadigan, boshqa transport vositalarining harakatlanishiga (kirish va chiqishiga) imkon qoldirmaydigan yoki piyodalarning harakatiga xalaqit beradigan joylarda.

26. To‘xtash va to‘xtab turish quyidagi joylarda taqiqlanadi:

  1. Temir yo‘l kesishmalarida
  2. Piyodalarning o‘tish joylarida va ularga 5 metrdan kam qolganda
  3. Transport vositalari piyodalarning harakatiga halaqit beradigan joylarda
  4. Hovlidan chiqadigan joylarda
  5. Sanab o‘tilgan barcha joylarda

To'g'ri javob: Sanab o‘tilgan barcha joylarda

YHQ 13-bobi 91-bandining ikkinchi, beshinchi va o‘ninchi xatboshlariga asosan, quyidagi joy va holatlarda to‘xtash taqiqlanadi: tunnellarda, temir yo‘l kesishmalarida; piyodalar o‘tish joylarida va ulardan oldin 10 metrdan kam masofa qolganda; transport vositasi svetofor ishoralari, yo‘l belgilarini boshqa haydovchilardan to‘sib qo‘yadigan, boshqa transport vositalarining harakatlanishiga (kirish va chiqishiga) imkon qoldirmaydigan yoki piyodalarning harakatiga xalaqit beradigan joylarda.

27. Svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo‘shimcha tarmoqning yo‘naltirgichli yashil ishorasi yo‘nalishida harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi kimga yo‘l berishi kerak?

Svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo‘shimcha tarmoqning yo‘naltirgichli yashil ishorasi yo…
  1. Boshqa yo‘nalishlarda harakatlanayotgan transport vositalariga
  2. O‘ngdan kelayotgan transport vositalariga
  3. Qarama-qarshi yo‘nalishda to‘g‘riga yoki o‘ngga harakatlanayotgan transport vositalariga

To'g'ri javob: Boshqa yo‘nalishlarda harakatlanayotgan transport vositalariga

Yo‘l harakati qoidalarining 100 bandiga asosan, Svetoforning taqiqlovchi qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo‘shimcha tarmoqning ko‘rsatkichli yashil ishorasi yo‘nalishida harakatlanayotgan haydovchi boshqa yo‘nalishlardan harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishi kerak.

28. Ushbu svetafor qaysi yo‘nalishida harakatlanishga ruxsat beradi?

Ushbu svetafor qaysi yo‘nalishida harakatlanishga ruxsat beradi?
  1. To‘g‘riga va chapga
  2. Faqat o‘ngga
  3. To‘g‘riga va o‘nga
  4. Faqat chapga

To'g'ri javob: To‘g‘riga va o‘nga

Yo‘l harakati qoidalarining 36 bandiga asosan, Tramvaylarning hamda maxsus ajratilgan tasma bo‘ylab harakatlanayotgan boshqa yo‘nalishli transport vositalarining harakatlanishini tartibga solish uchun «T» harfi ko‘rinishida joylashgan to‘rtta doirasimon oq rang ishorali svetoforlar qo‘llanilishi mumkin. Yuqoridagi bir yoki bir nechta va pastki ishora bir vaqtning o‘zida yonganda, harakatlanishga ruxsat etiladi. Ulardan chapdagisi chapga, o‘ngdagisi o‘ngga, o‘rtadagisi to‘g‘riga yurishga ruxsat beradi. Pastdagi ishora o‘chirilib, yuqoridagi uchta ishora bir vaqtda yonsa, harakatlanish taqiqlanadi.

29. Bu vaziyatda o‘ngga burilayotib, siz:

Bu vaziyatda o‘ngga burilayotib, siz:
  1. Faqat transport vositalarga yo‘l berasiz
  2. Barcha qatnov qismidagi piyodalarga yo‘l berasiz
  3. Harakat yo‘nalishi bo‘yicha va burilayotgan ko‘chani kesib o‘tayotgan piyodalarga hamda boshqa transport vositlariga yo‘l berasiz

To'g'ri javob: Harakat yo‘nalishi bo‘yicha va burilayotgan ko‘chani kesib o‘tayotgan piyodalarga hamda boshqa transport vositlariga yo‘l berasiz

YHQ 1-ilovasining 5-bo‘limidagi 5.42 belgiga asosan, «Qizil chiroqda o‘ngga harakatlanish». Transport svetofori qizil chirog‘ining o‘ng yoniga 5.42 yo‘l belgisi o‘rnatilgan bo‘lsa, transport vositalarining haydovchilari svetoforning taqiqlovchi ishorasi yonib turganda, barcha xavfsizlik choralarini ko‘rgan holda o‘ngga burilishlari mumkin. Bunda ular harakat yo‘nalishi bo‘yicha va burilayotgan ko‘chani kesib o‘tayotgan piyodalarga hamda boshqa transport vositalariga yo‘l berishlari shart.

30. Ko‘rsatilgan qaysi belgilar faqat shu o‘rnatilgan tasmani o‘ziga ta’sir qiladi?

Ko‘rsatilgan qaysi belgilar faqat shu o‘rnatilgan tasmani o‘ziga ta’sir qiladi?
  1. B va C
  2. Faqat B
  3. Faqat A

To'g'ri javob: Faqat A

YHQ 1-ilovasining 7-bo‘limidagi 7.14 belgiga asosan, «Harakatlanish tasmasi». Belgi yoki svetofor ta’siridagi harakatlanish tasmasini ko‘rsatadi.

31. Svetofor ishoralari imtiyoz belgilari talablariga zid kelgan hollarda:

Svetofor ishoralari imtiyoz belgilari talablariga zid kelgan hollarda:
  1. Haydovchilar svetofor ishoralariga amal qilishlari kerak
  2. Haydovchilar imtiyoz belgilari talablariga amal qilishlari kerak

To'g'ri javob: Haydovchilar svetofor ishoralariga amal qilishlari kerak

Yo‘l harakati qoidalarining 33 bandi 2 xatboshiga asosan, svetofor ishoralari imtiyoz belgilari talablariga zid bo‘lgan hollarda haydovchilar svetofor ishoralariga amal qilishlari kerak.

32. Odam tashish uchun mo‘ljallangan yuk avtomobili yukxonasiga o‘rnatilgan o‘rindiqlar, yukxona pastki qismidan qancha balandlikda mahkamlangan bo‘lishi kerak?

  1. 0,3-0,5 metr
  2. 0,6-0,7 metr
  3. 0,8-0,9 metr

To'g'ri javob: 0,3-0,5 metr

YHQ 26 – bobi 153 – bandiga asosan: Odam tashish uchun mo‘ljallangan yuk avtomobili yukxonasining borti 1,3 metrdan kam bo‘lmasligi shart. Bunda yukxonaning pastki qismidan 0,3 — 0,5 metr balandlikda mahkamlangan o‘rindiqlar jihozlangan bo‘lishi kerak.

33. Odam tashish uchun mo‘ljallangan yuk avtomobili yukxonasi bortining balandligi:

  1. 0,7 metrdan kam bo‘lmasligi kerak
  2. 1,0 metrdan kam bo‘lmasligi kerak
  3. 1,3 metrdan kam bo‘lmasligi kerak
  4. 1,5 metrdan kam bo‘lmasligi kerak

To'g'ri javob: 1,3 metrdan kam bo‘lmasligi kerak

YHQ 26 – bobi 153 – bandiga asosan: Odam tashish uchun mo‘ljallangan yuk avtomobili yukxonasining borti 1,3 metrdan kam bo‘lmasligi shart. Bunda yukxonaning pastki qismidan 0,3 — 0,5 metr balandlikda mahkamlangan o‘rindiqlar jihozlangan bo‘lishi kerak.

34. Qaysi yo‘nalish bo‘yicha burilish mumkin?

Qaysi yo‘nalish bo‘yicha burilish mumkin?
  1. Faqat “A”
  2. Faqat “B”
  3. Ikkala sanab o‘tilgan hollarda

To'g'ri javob: Faqat “A”

YHQ 1 ilova: 5.37. “Reversiv harakatlanish yo‘liga chiqish”. YHQ 2 ilova: 1.9 — reversiv harakat tashkil etilgan bo‘laklarning chegarasini belgilaydi; reversiv harakatlanish amalga oshirilgan yo‘llarda (reversiv svetofori o‘chirigan holatda) qarama-qarshi yo‘nalishdagi transport oqimini ajratadi.тYHQ 10-bobi 71-bandi: Reversiv harakatlanishli yo‘lga burilishda haydovchi transport vositasini shunday boshqarishi kerakki, bunda transport vositasi qatnov qismlari kesishmasidan chiqishda chetki o‘ng qatorni egallashi kerak. Shu yo‘nalishdagi boshqa tasmalardan ham harakatlanish ruxsat etilganiga ishonch hosil qilingandan keyingina haydovchiga qayta tizilishga ruxsat etiladi.

35. Haydovchi poyezdni o‘tkazib yuborishi uchun to‘g‘ri to‘xtaganmi?

Haydovchi poyezdni o‘tkazib yuborishi uchun to‘g‘ri to‘xtaganmi?
  1. Ha
  2. Yo‘q

To'g'ri javob: Yo‘q

YHQ 18-bobi 119-bandi: Kesishma orqali harakatlanish taqiqlangan hollarda haydovchi to‘xtash chizig‘i, 2.5 yo‘l belgisi yoki svetofor oldida to‘xtashi kerak. Agar ular bo‘lmasa, shlagbaumga kamida 5 metr, Shlagbaum bo‘lmaganda esa birinchi temir yo‘l iziga kamida 10 metr qolganda to‘xtashi kerak.

36. Tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalari yo‘l harakatining boshqa qatnashchilariga nisbatan imtiyozga ega bo‘lishi uchun:

  1. Ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar yoqilgan bo‘lishi shart
  2. Maxsus tovushli ishora yoqilgan bo‘lishi shart
  3. Har ikkalasi yoqilgan bo‘lishi shart

To'g'ri javob: Har ikkalasi yoqilgan bo‘lishi shart

YHQ 6-bobi 25-bandi: Yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilariga nisbatan imtiyozga ega bo‘lishi uchun tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalarida Tezkor va maxsus xizmatlarning ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishora yoqilgan bo‘lishi shart. Ular o‘zlariga yo‘l berilayotganligiga ishonch hosil qilganlaridan so‘nggina imtiyozdan foydalanishlari mumkin.

37. Ushbu vaziyatda haydovchilar birinchi temir yo‘l iziga eng kamida necha metr qolganda to‘xtashlari kerak?

Ushbu vaziyatda haydovchilar birinchi temir yo‘l iziga eng kamida necha metr qolganda to‘xtashlari kerak?
  1. 3 metr
  2. 5 metr
  3. 10 metr

To'g'ri javob: 10 metr

YHQ 18-bobi 119-bandi: Kesishma orqali harakatlanish taqiqlangan hollarda haydovchi to‘xtash chizig‘i, 2.5 yo‘l belgisi yoki svetofor oldida to‘xtashi kerak. Agar ular bo‘lmasa, shlagbaumga kamida 5 metr, Shlagbaum bo‘lmaganda esa birinchi temir yo‘l iziga kamida 10 metr qolganda to‘xtashi kerak.

38. Odamlarni quyidagi hollarda tashishga ruxsat etiladi:

  1. Tirkama-uychada
  2. Yuk tashiladigan tirkamalarda
  3. Taraktorlarda
  4. Bolalarni yuk avtomobilining yukxonasida
  5. Barcha hollarda tashish taqiqlanadi

To'g'ri javob: Barcha hollarda tashish taqiqlanadi

"YHQning 26-bob. 159-band 2 va 4-xatboshiga asosan: 159. Odamlarni tashish quyidagi hollarda taqiqlanadi: bolalarni yuk avtomobillarining yukxonasida; Traktorlar va boshqa o‘ziyurar uskunalar, yuk tashiladigan tirkamalar, tirkama-uycha, yuk mototsikllari, elektromototsikllar, mopedlar va skuterlar yukxonasida."

39. Qizil avtomobil haydovchisi yaqinlashib kelayotgan poyezdni o‘tkazib yuborish uchun to‘g‘ri to‘xtadimi?

Qizil avtomobil haydovchisi yaqinlashib kelayotgan poyezdni o‘tkazib yuborish uchun to‘g‘ri to‘xtadimi?
  1. To‘g‘ri to‘xtadi
  2. Noto‘g‘ri to‘xtadi

To'g'ri javob: Noto‘g‘ri to‘xtadi

YHQning 8-bob. 119-bandiga asosan: 119. Kesishma orqali harakatlanish taqiqlangan hollarda haydovchi to‘xtash chizig‘i, 2.5 yo‘l belgisi yoki svetofor oldida, ular bo‘lmaganda shlagbaumga kamida 5 metr, shlagbaum bo‘lmaganda esa birinchi temir yo‘l iziga kamida 10 metr qolganda to‘xtashi kerak.

40. Ushbu holatda siz qanday yo‘l tutishingiz kerak?

Ushbu holatda siz qanday yo‘l tutishingiz kerak?
  1. Ovozli ishora berib, tezlikni oshiring
  2. Zarur bo‘lganda darhol toʻxtash imkoniyatini beradigan darajada tezlikni kamaytiring
  3. Chapga burilib, to‘siqni aylanib o‘ting
  4. To‘xtovsiz harakatni davom ettiring

To'g'ri javob: Zarur bo‘lganda darhol toʻxtash imkoniyatini beradigan darajada tezlikni kamaytiring

YHQning 6-bob. 27-bandiga asosan: 27. Tezkor va maxsus xizmatlarning ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchasini yoqib to‘xtab turgan transport vositasiga yaqinlashayotgan haydovchilar zarur bo‘lgan hollarda harakatlanish tezligini darhol to‘xtash imkoniyatini beradigan darajada kamaytirishlari shart.