1. Qaysi belgi yo‘l qismida avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari o‘rnatilganligi haqida axborot beradi?
1
2
3
4
To'g'ri javob: 3
YHQ 1 – ilovasi 5 – bo‘limining 5.41 belgisi talabiga asosan: 5.41. “Foto – va video qayd etish” belgisi, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari o‘rnatilgani haqida axborot beradi.
2. Qaysi yo‘nalishda harakatlanish taqiqlanadi?
Chapga va o‘ngga.
To‘g‘riga va orqa burilish yo‘nalishida.
Faqat to‘g‘riga.
Hamma yo‘nalishlarda.
To'g'ri javob: Chapga va o‘ngga.
YHQ 1-ilovasi 7-bo‘limidagi 7.3.3 “Ta'sir yo‘nalishlari” qo‘shimcha axborot belgisi, chorraha oldida o‘rnatilgan 3.2. “Harakatlanish taqiqlangan” belgisining ta'sir yo‘nalishlarini ko‘rsatadi.
3. Qaysi belgi gabarit uzunligi belgida ko‘rsatilganidan uzunroq bo‘lgan transport vositalarining harakatlanishini taqiqlaydi?
1
2
3
4
5
To'g'ri javob: 2
YHQ 1-ilovasining 3-bo'limi 3.15 "Cheklangan uzunlik" belgisiga muvofiq, belgi gabarit uzunligi (yuk bilan yoki yuksiz) belgida ko'rsatilganidan ortiq bo'lgan transport vositalari (transport vositalari tarkiblari)ning harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.
4. Suratdagi tasvirlangan holatda haydovchi nima qilishi lozim?
Bekatda (yo‘l o‘rtasida) turgan bir xil yo‘nalishdagi tramvayga borayotgan yoki undan kelayotgan piyodalarga yo‘l berish
To‘xtash va tramvay eshiklari yopilgandan keyin harakatlanishni boshlash
Tezlikni zarur bo‘lganda darhol to‘xtash imkonini beradigan darajagacha pasaytirib harakatni davom ettirish
To'g'ri javob: Bekatda (yo‘l o‘rtasida) turgan bir xil yo‘nalishdagi tramvayga borayotgan yoki undan kelayotgan piyodalarga yo‘l berish
YHQ 17-bobi 114-bandiga asosan, agar yo'lovchilarni tushirish yoki chiqarish qatnov qismida yoki unda joylashgan maydonchada amalga oshirilayotgan bo'lsa, haydovchi bekatda to'xtagan yo'nalishli transport vositasi eshiklari tomon borayotgan yoki undan kelayotgan piyoda(lar)ga yo'l berishi kerak.
5. Chorrahadan ikkinchi bo'lib o'tadi:
Oq avtomobil sariq bilan bir vaqtda.
Qizil avtomobil.
Yashil avtomobil.
To'g'ri javob: Qizil avtomobil.
YHQ 16-bobi 104-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yo'ldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo'ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yo'nalishidan qat'i nazar, yo'l berishi kerak. YHQ 16-bobi 107-bandiga asosan, chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yo'ldan qarama-qarshi yo'nalishdan to'g'riga yoki o'ngga harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.
6. Sutkaning qorong‘i vaqtida yo‘lning yoritilgan qismida harakatlanayotgan mexanik transport vositasida qaysi fara chiroqlar yoqilgan bo‘lishi kerak?
Faralarning yaqinni yorituvchi chiroqlari
Faralarning uzoqni yorituvchi chiroqlari yoki gabarit chiroqlar
Faralarning yaqinni yorituvchi chiroqlari (tumanga qarshi faralar) yoki gabarit chiroqlar
To'g'ri javob: Faralarning yaqinni yorituvchi chiroqlari
YHQ 23-bobi 135-bandiga asosan, quyidagi hollarda uzoqni yorituvchi chiroqlar o‘rniga yaqinni yorituvchi chiroqlar yoqilishi kerak: yo‘l yoritilgan bo‘lsa.
7. Chorraha qismida kesib o‘tgan yo‘lga nisbatan asosiy bo‘lgan yo‘lda transport vositalarini quvib o‘tishga ruxsat etiladimi?
Ruxsat etiladi
Taqiqlanadi
To'g'ri javob: Ruxsat etiladi
YHQ 12-bobi 86-bandi 2-xatboshiga asosan, quvib o'tish quyidagi hollarda taqiqlanadi - tartibga solinmaydigan chorrahalarda asosiy hisoblanmaydigan yo'llarda harakatlanishda.
8. Qaysi javobda shatakka olingan transport vositasidagi yoritish asboblarini yoqishning to‘g‘ri holati ko‘rsatilgan?
Kunning qorong‘i vaqtida yoki tuman bo‘lgan sharoitda faralarning yaqinni yoritish chiroqlari
Avariya yorug‘lik ishorolari, u nosoz bo‘lganda yoki bo‘lmagan hollarda uning orqa tomoniga avariya sababli to‘xtash belgisi o‘rnatilishi kerak
Aholi punktlarida gabarit chiroqlari
Aholi punktlaridan tashqaridagi yo‘llarda istalgan yoritish chiroqlarini
To'g'ri javob: Avariya yorug‘lik ishorolari, u nosoz bo‘lganda yoki bo‘lmagan hollarda uning orqa tomoniga avariya sababli to‘xtash belgisi o‘rnatilishi kerak
YHQ 8 – bobi 50 – bandining ikkinchi xatboshisiga asosan, avariya ishorasi quyidagi hollarda yoqilishi kerak: shattakka olishida (shatakka olingan transport vositasida). YHQ 8 – bobi 52 – bandiga asosan: Shatakka olingan transport vositasida avariya yorug‘lik ishoralari bo‘lmasa yoki ular ishlamasa uning orqa tomoniga avariya sababli to‘xtash belgisi o‘rnatilishi kerak.
9. Quyidagi 3.27 "To'xtash taqiqlangan" belgisining amal qilish chegarasi qayerda tugaydi?
Birinchi chorrahada.
Aholi yashaydigan joyning oxirida.
Yo'lning yotiq sariq chizig'i oxirida.
To'g'ri javob: Yo'lning yotiq sariq chizig'i oxirida.
YHQ 1-ilovasining 3-bo'limi 11-xatboshiga asosan, 3.27 "To'xtash taqiqlangan" belgisi 1.4 yotiq chizig'i bilan birgalikda qo'llanishi mumkin, bunda belgining ta'sir hududi shu yo'l chizig'i uzunligi bilan aniqlanadi.
10. M1 toifadagi transport vositalari shinalari protektori naqshining qoldiq balandligi necha mm.dan kam bo‘lmasligi kerak?
0,8 mm
1,0 mm
1,6 mm
2,0 mm
2,5 mm
To'g'ri javob: 1,6 mm
YHQ 3-ilovasining 5.1-bandiga muvofiq, agar shina protektori naqshlarining qoldiq balandligi N2, N3, O3, o4 toifadagi avtotransport vositalari uchun — 1,0 mm dan kam bo'lsa; M1, N1, O1, O2 toifadagi avtotransport vositalari uchun — 1,6 mm dan, kam bo'lsa; M2, M3 toifadagi avtotransport vositalari uchun — 2,0 mm dan kam bo'lsa; motosikl va mopedlar (skuterlar, Kvadrosikllar) uchun — 0,8 mm dan kam bo'lsa transport vositasidan foydalanish taqiqlanadi.
11. Agar tuproq yo‘lda bevosita chorraha oldida to‘shamali (qoplamali) yo‘l qismi bo‘lsa, bu uni ahamiyati jihatidan kesib o‘tilayotgan yo‘l qismi bilan teng huquqli qiladimi?
Yo‘q
Ha
To'g'ri javob: Yo‘q
YHQ 1-bobi 6-bandi 12-tushunchasiga asosan, asosiy yo'l — tuproqli yoki shag'alli yo'lga nisbatan qattiq qoplamali (asfalt, sement-betonli va shunga o'xshashlar yotqizilgan), kesishayotgan yoki tutashgan yo'lga nisbatan 2.1, 2.3.1 - 2.3.3 yoki 5.1 yo'l belgilari bilan belgilangan yoxud yondosh tutashgan yo'lga nisbatan har qanday yo'l. Ikkinchi darajali yo'lning bevosita chorrahaga tutash qismining qoplamali bo'lishi uni asosiy yo'l bilan teng huquqli qilmaydi.
12. Shu joyda to‘xtab turishga ruxsat etiladimi?
Ruxsat etiladi
Taqiqlanadi
To'g'ri javob: Taqiqlanadi
YHQ 1 – ilovasi 3 – bo‘limining qirq uchinchi xatboshisiga asosan: 3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26 – 3.30 belgilarining ta‘siri belgi o‘rnatilgan joydan keyingi eng yaqin chorrahagacha, ular bo‘lmaganda – aholi punktining oxirigacha ta‘siri qiladi. Yondosh hududlardan yo‘lga chiqish joylarida yoki yo‘lning dala, o‘rmon yo‘llari va boshqa doimiy harakatlanish, o‘ti ketish uchun mo‘ljallanmagan yo‘llar bilan kesishgan (tutashgan) joylarida, ularning oldida tegishli belgilar o‘rnatilmagan bo‘lsa, bu belgilarning ta‘siri yo‘qolmaydi.
13. Aholi punktlaridan tashqarida qaysi belgi takrorlanadi?
1
2
3
4
5
To'g'ri javob: 3
YHQ 1-ilovasining 1-bo'limidagi 1.10 belgi "Sohilga chiqish" belgisi aholi punklaridan tashqari takrorlanadi. Ikkinchi belgi yo'lning xavfli qismi boshlanishiga kamida 50 metr qolganda o'rnatiladi.
14. Yo‘lning o‘rtasida joylashgan bekatda to‘xtagan yo‘lakay yo‘nalishli tramvay yonidan o‘tayotganda haydovchi nima qilishi kerak?
To‘xtashi kerak va tramvay eshiklarini yopganidan so‘ng qo‘zg‘alishi kerak
To‘xtab turgan tramvayga ketayotgan yoki undan tushayotgan yo‘lovchilarga yo‘l berishi kerak
To'g'ri javob: To‘xtab turgan tramvayga ketayotgan yoki undan tushayotgan yo‘lovchilarga yo‘l berishi kerak
YHQ 17 – bobi 114 – bandiga asosan: Agar yo‘lovchilarni tushirish yoki chiqarish qatnov qismida yoki unda joylashgan maydonchada amalga oshirilayotgan bo‘lsa, haydovchi bekatda to‘xtagan yo‘nalishli transport vositasi eshiklari tomon borayotgan yoki undan kelayotgan piyoda (lar) ga yo‘l berishi kerak.
15. Chorrahadan oxirgi bo‘lib qaysi avtomobil o‘tadi?
Yashil avtomobil
Sariq avtomobil
Ko‘k avtomobil
Qizil avtomobil
To'g'ri javob: Yashil avtomobil
YHQ 16-bobi 104-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yo'ldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo'ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yo'nalishidan qat'i nazar, yo'l berishi kerak. YHQ 16-bobi 107-bandiga asosan, chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yo'ldan qarama-qarshi yo'nalishdan to'g'riga yoki o'ngga harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.
16. Sutkaning qorong‘i vaqtida yo‘lning yoritilmagan qismlarida harakatlanayotganda mexanik transport vositasining qaysi fara chiroqlari yoqilgan bo‘lishi kerak?
Yaqinni yoki uzoqni yorituvchi fara chiroqlari
Faqat yaqinni yorituvchi fara chiroqlari
Faqat uzoqni yorituvchi fara chiroqlari
To'g'ri javob: Yaqinni yoki uzoqni yorituvchi fara chiroqlari
YHQ 23 – bobi 134 – bandining birinchi va ikkinchi xatboshilariga asosan: Qorong‘i vaqtda va yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda, shuningdek yo‘lning yoritilganligidan qat‘i nazar, tunnellarda harakatlanayotgan transport vositalarida quyidagi yoritish asboblari yoqilgan bo‘lishi kerak: barcha mexanik transport vositalari – uzoqni yoki yaqinni yorituvchi chiroqlar.
17. Qayrilib olish taqiqlanadi:
Piyodalar o‘tish joylarida
Tunnellarda
Ko‘priklarda, osma yo‘llarda, estakadalarda va ularning ostida
Temir yo‘l kesishmalarida
Hamma sanab o‘tilgan hollarda
To'g'ri javob: Hamma sanab o‘tilgan hollarda
YHQ 9-bobi 62-bandiga asosan, quyidagi joylarda qayrilib olish taqiqlanadi: piyodalarning o‘tish joylarida; tunnellarda; ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar, estakadalar va ularning ostida (tegishli yo‘l belgilari bilan bunday manyovrni bajarish ruxsat berilgan yo‘l qismlari bundan mustasno); temir yo‘l kesishmalarida; yo‘lning ko‘rinishi biror-bir yo‘nalishda 100 metrdan kam bo‘lgan joylarda.
18. Yashil avtomobil haydovchisi:
Bir xil yo‘nalishda to‘griga harakatlanayotgan ko‘k avtomobilga yo‘l berishi kerak
Ko‘k avtomobilga nisbatan ustunlikka ega, chunki quvib o‘tish uchun mo‘ljallangan tasmadan ketmoqda
Ustunlikka ega, chunki burilish ishorasini yoqdi
To'g'ri javob: Bir xil yo‘nalishda to‘griga harakatlanayotgan ko‘k avtomobilga yo‘l berishi kerak
YHQ 9-bobi 55-bandi 1-xatboshiga asosan, haydovchi qayta tizilishda harakatlanish yo'nalishini o'zgartirmasdan harakatlanayotgan yo'lakay transport vositalariga yo'l berishi kerak.
19. Qattiq yoki egiluvchan ulagichda shatakka olinganda, yuk avtomobilining yukxonasida odamlarni tashishga ruxsat etiladimi?
Shatakka olgan va shatakka olingan avtomobillarning yukxonasida ruxsat etiladi
Faqat shatakka olingan avtomobil yukxonasida ruxsat etiladi
Faqat shatakka olgan avtomobil yukxonasida ruxsat etiladi
To'g'ri javob: Faqat shatakka olgan avtomobil yukxonasida ruxsat etiladi
Yo‘l harakati qoidalarining 143 bandiga asosan, qattiq yoki egiluvchan ulagich bilan shatakka olingan avtobusda, trolleybusda va yuk avtomobili yukxonasida odam tashish qisman ortish yo‘li bilan shatakka olishda esa shatakka olingan transport vositasining kabinasida va yukxonasida, shuningdek shatakka olgan transport vositasining yukxonasida odamlar bo‘lishi taqiqlanadi.
20. Transport vositalaridan qanday shartlarda foydalanishga ruxsat etiladi?
Shinalarning ayrim joylarida kord ko‘rinib qoladigan nuqsonlari bor
M1 toifadagi avtotransport vositalarining oldingi o‘qiga ikkinchi klassdagi ta’mirlangan shinalar o‘rnatilgan
N2, N3 toifadagi transport vositalari shinalari protektori naqshning qoldiq balandligi 1,6 mm.ni tashkil qiladi
To'g'ri javob: N2, N3 toifadagi transport vositalari shinalari protektori naqshning qoldiq balandligi 1,6 mm.ni tashkil qiladi
YHQ 3-ilovasi “Transport vositalaridan foydalanishni taqiqlovchi shartlar”, 5-bo‘limining 5.1-bandiga asosan: Shina protektori naqshlarining qoldiq balandligi N2, N3, O3, O4 toifadagi avtotransport vositalari uchun — 1,0 mm dan kam bo‘lsa transport vositalaridan foydalanishni taqiqlanadi.
Shunga ko‘ra N2, N3 toifadagi transport vositalari shinalari protektori naqshning qoldiq balandligi 1,6 mm ni tashkil qilsa, bunday transport vositasidan foydalanish mumkin.