8-bilet savollari va javoblari

1. Chorraha oldida bu belgi o‘rnatilgan bo‘lsa, haydovchi qanday yo‘l tutishi kerak?

Chorraha oldida bu belgi o‘rnatilgan bo‘lsa, haydovchi qanday yo‘l tutishi kerak?
  1. Kesishadigan yo‘lda transport vositalari bo‘lmasa chorrahadan to‘xtamay o‘tishi
  2. Chorrahadan o‘tishda, ayniqsa, xushyor bo‘lishi
  3. Kesishadigan yo‘l bo‘ylab harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berish uchun to‘xtash chizig‘ida to‘xtab, u yo‘q bo‘lsa kesib o‘tiladigan qatnov qismi chetida to‘xtashi

To'g'ri javob: Kesishadigan yo‘l bo‘ylab harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berish uchun to‘xtash chizig‘ida to‘xtab, u yo‘q bo‘lsa kesib o‘tiladigan qatnov qismi chetida to‘xtashi

YHQ 1-ilovasining 2-bo'limi 2.5-bandiga asosan, "To'xtamasdan harakatlanish taqiqlangan" belgisi to'xtash chizig'i oldida, agar u bo'lmasa, kesib o'tiladigan qatnov qismining chetida to'xtamasdan harakatlanish taqiqlanadi. Haydovchi kesib o'tilayotgan yo'ldan, 7.13 qo'shimcha-axborot belgisi bo'lganda esa asosiy yo'ldan harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi kerak. Bu belgi temir yo'l kesishmasi yoki karantin maskanidan oldin o'rnatilishi mumkin. Bunday hollarda haydovchi to'xtash chizig'i oldida, u bo'lmasa, belgi oldida to'xtashi kerak.

2. Qaysi yo‘nalishda harakatlanish taqiqlanadi?

Qaysi yo‘nalishda harakatlanish taqiqlanadi?
  1. O‘ngga birinchi yo‘lga
  2. O‘ngga ikkinchi yo‘lga
  3. O‘ngga birinchi va ikkinchi yo‘llarga

To'g'ri javob: O‘ngga ikkinchi yo‘lga

YHQ 1- ilovasining 3-bo'limi 4-xatboshiga asosan, 3.18.1 belgisi qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga o'rnatilsa, shu kesishmaga tatbiq etiladi.

3. Yotiq chiziqning uzluksiz sariq chizig‘i nimani bildiradi?

Yotiq chiziqning uzluksiz sariq chizig‘i nimani bildiradi?
  1. Transport vositalarining to‘xtashi taqiqlangan joyni
  2. Belgilangan yo‘nalishli transport vositalari uchun va taksi to‘xtashiga ruxsat berilgan joyni
  3. Transport vositalarining to‘xtab turishi taqiqlangan joyni

To'g'ri javob: Transport vositalarining to‘xtashi taqiqlangan joyni

YHQ 2-ilovasining 1-bo'limiga asosan, 1.4 yotiq chizig'i – to'xtash taqiqlangan joyni bildiradi. Yakka holda yoki 3.27 "To'xtash taqiqlangan" yo'l belgisi bilan qo'llaniladi hamda yo'lning qatnov qismi chetiga yoki yo'l chetidagi to'siq ustidan chiziladi.

4. Qaysi yo'nalishda harakatlanishga ruxsat berilgan?

Qaysi yo'nalishda harakatlanishga ruxsat berilgan?
  1. To'g'riga.
  2. O'ngga birinchi yo'lga.
  3. O'ngga ikkinchi yo'lga.
  4. O'ngga birinchi va ikkinchi yo'llarga.

To'g'ri javob: O'ngga birinchi yo'lga.

YHQ 7-bobi 38-bandiga asosan, tartibga soluvchining o'ng qo'li oldinga uzatilganda: chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yo'nalishlarda; oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat o'ngga harakatlanishga ruxsat beriladi; orqa tomonidan va o'ng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi; piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonida qatnov qismini kesib o'tishga ruxsat etiladi.

5. Transport vositalari chorrahadan qanday tartibda o'tadilar?

Transport vositalari chorrahadan qanday tartibda o'tadilar?
  1. Qizil, yashil, ko'k sariq bilan bir vaqtda.
  2. Qizil, ko'k sariq bilan bir vaqtda, yashil.
  3. Sariq yashil bilan bir vaqtda, qizil, ko'k.

To'g'ri javob: Qizil, ko'k sariq bilan bir vaqtda, yashil.

YHQ 16-bobi 104-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yo'ldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo'ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yo'nalishidan qat'i nazar, yo'l berishi kerak. YHQ 16-bobi 107-bandiga asosan, chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yo'ldan qarama-qarshi yo'nalishdan to'g'riga yoki o'ngga harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.

6. Haydovchi manyovrni bajarishda burilish ko‘rsatkichi yorug‘lik ishoralarini har doim berishi kerakmi?

  1. Kerak emas
  2. Boshqa yo‘l harakat qatnashchilarini chalg‘itmagan holda har doim berishi kerak
  3. Faqat harakat serqatnov bo‘lganda

To'g'ri javob: Boshqa yo‘l harakat qatnashchilarini chalg‘itmagan holda har doim berishi kerak

YHQ 8- bobi 46 – bandining ikkinchisi xatboshisiga asosan: Burilish ko‘rsatkichi yoki qo‘l bilan berilayotgan ishora manyovrni bajarishdan oldinroq berilishi va uni tugallagach, darhol to‘xtatilishi kerak (qo‘l bilan berilayotgan ishorani manyovrni bevosita bajarishdan oldin tugallash mumkin). Beriladigan ishoralar yo‘l harakatining boshqa qatnashchilarini chalg‘itmasligi kerak. Ogohlantiruvchi ishora berish haydovchiga oldin o‘tish huquqini bermaydi va uni zaruriy ehtiyot choralarini ko‘rish mas’uliyatidan ozod etmaydi.

7. Suratlarning qaysi birida quvib o'tish ko'rsatilgan?

Suratlarning qaysi birida quvib o'tish ko'rsatilgan?
  1. A.
  2. B.
  3. A va B.

To'g'ri javob: A.

YHQ 1-bobi 6-bandi 24-tushunchasiga asosan, quvib o'tish — bir yoki bir nechta transport vositalarini qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan tasmaga chiqib, so'ngra ilgari egallagan qatoriga qaytib o'tish bilan bog'liq bo'lgan o'zib ketish.

8. Haydovchi o‘z joyidan ketishi yoki transport vositasini qoldirish mumkin, agar:

  1. U yurgizgichni o‘chirgan va avtomobilning to‘xtab turish tormoz tizimini ulagan bo‘lsa
  2. U yurgizgichni o‘chirgan va orqaga siljib ketishga qarshi xavfsizlik buferini o‘rnatgan bo‘lsa
  3. U transport vositasining o‘z–o‘zidan harakatlanishi yoki undan haydovchi yo‘q vaqtda foydalanishga yo‘l qo‘ymaydigan zaruriy choralarni ko‘rgan bo‘lsa

To'g'ri javob: U transport vositasining o‘z–o‘zidan harakatlanishi yoki undan haydovchi yo‘q vaqtda foydalanishga yo‘l qo‘ymaydigan zaruriy choralarni ko‘rgan bo‘lsa

YHQ 13 – bobi 95 – bandiga asosan: Transport vositasining o‘z – o‘zidan harakatlanib ketishini yoki o‘zi yo‘qligida undan foydalanishni istisno qiladigan zarur ehtiyot choralarini ko‘rgandan keyingina haydovchi o‘z joyini tashlab ketishi yoki transport vositasini qoldirishi mumkin.

9. Son suyagi uchdan birining pastki qismi singanda, jarohatlangan odamni transportda tashish uchun taxtakach qanday qo'yiladi?

Son suyagi uchdan birining pastki qismi singanda, jarohatlangan odamni transportda tashish uchun taxtakach qanday qo'yi…
  1. Taxtakachni sonning butun uzunligicha tos-sondan tizza bo'g'inigacha qo'yib, singan joy bint bilan qattiq bog'lab qo'yiladi.
  2. Ikkita taxtakach oyoqning ichki va tashqi tomonidan qo'yiladi: bittasini oyoq to'pig'idan qo'ltiqosti chuqurigacha, ikkinchisini to'piqdan chovgacha.
  3. Ikkita taxtakach oyoqning ikki tomonidan to'piqdan sonning yuqorigi uchdan bir qismigacha (singan joydan 15-20 sm yuqorigacha) qo'yiladi.

To'g'ri javob: Ikkita taxtakach oyoqning ichki va tashqi tomonidan qo'yiladi: bittasini oyoq to'pig'idan qo'ltiqosti chuqurigacha, ikkinchisini to'piqdan chovgacha.

Son suyagi singan holda ikkita taxtakach: biri – tashqari tarafda oyoq kaftidan to qo'ltiqosti chuqurigacha, boshqasi – ichki tarafda oyoq kaftidan to chovgacha qo'yiladi. Son suyagi singan holda immobilizasiya vositasi bo'lmasa, shikastlangan oyoq sog'oyoqqa mahkamlanib qo'yiladi. Mahkamlovchi bog'ich singan suyakni siljitmasligi va jabrlanuvchiga qo'shimcha og'riq yetkazmasligi lozim. Mahkamlovchi bog'ich oyoqning sog' qismiga bog'lanadi.

10. Mazkur yo‘l belgisi:

Mazkur yo‘l belgisi:
  1. Doimiy belgi hisoblanadi
  2. Vaqtinchalik belgi hisoblanadi
  3. Mavsumiy belgi hisoblanadi

To'g'ri javob: Vaqtinchalik belgi hisoblanadi

Yo‘l harakati qoidalari 1 – ilovasi, izoh qismiga asosan, 1,8 1.15, 1.16, 1.31, 1.17, 1.18.1 — 1.18.3, 1.21, 1.30, 2.6, 2.7, 3.1, 3.2, 3.11 — 3.16, 3.18.1 — 3.18.25 yo‘l belgilari vaqtincha yo‘l belgilari sifatida belgilanishi mumkin. Vaqtincha yo‘l belgilari sariq rangda bo‘ladi.

11. Qisman ortish usuli bilan avtomobilni shatakka olishda yo‘lovchilar qayerda bo‘lishlari mumkin?

  1. Har ikki avtomobilning kabinasida
  2. Shatakka oluvchi avtomobilning kabinasida
  3. Shatakka olingan avtomobilning kabinasida
  4. Shatakka oluvchi avtomobilning kuzovida

To'g'ri javob: Shatakka oluvchi avtomobilning kabinasida

YHQ 24 – bobi 143 – bandiga asosan: Qattiq yoki egiluvchan ulagich yordamida shatakka olingan avtobusda, trolleybusda va yuk avtomobili yukxonasida odam tashish, qisman ortish yo‘li bilan shatakka olishda esa shatakka olingan transport vositasining kabinasida va yukxonasida, shuningdek shatakka olgan transport vositasining yukxonasida odamlar bo‘lishi taqiqlanadi. Shunga ko‘ra, yo‘lovchilar qisman ortish yo‘li bilan shatakka olish yordamida shatakka olgan avtomobilning kabinasida bo‘lishlari mumkin.

12. Qaysi javobda ruxsat berilgan harakat yo'nalishi to'g'ri ko'rsatilgan?

Qaysi javobda ruxsat berilgan harakat yo'nalishi to'g'ri ko'rsatilgan?
  1. Faqat orqaga burilish.
  2. To'g'riga va orqaga burilish.
  3. Faqat to'g'riga.

To'g'ri javob: Faqat to'g'riga.

YHQ 1-ilovasining 7-bo'limi 3-xatboshiga asosan, vaqtinchalik (ko'chma tirgakdagi) va doimiy belgilar ma'no jihatidan bir-biriga zid kelgan hollarda, haydovchilar vaqtincha o'rnatilgan belgilarga amal qilishlari kerak.

13. “To‘xtash taqiqlangan” belgisi bilan birga bordyurning usti bo‘ylab uzluksiz sariq chiziq chizilgan joyda yo‘lovchilarni tushirishga ruxsat etiladimi?

“To‘xtash taqiqlangan” belgisi bilan birga bordyurning usti bo‘ylab uzluksiz sariq chiziq chizilgan joyda yo‘lovchilarn…
  1. Barcha transport vositalariga ruxsat etiladi
  2. Barcha transport vositalariga taqiqlanadi
  3. Belgilangan yo‘nalishdagi transport vositalari yo‘q bo‘lganda ruxsat etiladi
  4. Belgilangan yo‘nalishdagi transport vositalariga ruxsat etiladi

To'g'ri javob: Belgilangan yo‘nalishdagi transport vositalariga ruxsat etiladi

YHQ 2 – ilovasi 1 – bo‘limining oltinchi xatboshisiga asosan: 1.4 – to‘xtash taqiqlangan joyni bildiradi. Yakka holda yoki 3.27 “To‘xtash taqiqlangan” yo‘l belgisi bilan qo‘llaniladi hamda yo‘lning qatnov qismi chetiga yoki yo‘l chetidagi to‘siq ustidan chiziladi. YHQ 1 – ilovasi 3 – bo‘limining o‘ttiz sakkizinchi xatboshisiga asosan: 3.27 belgisiga amal qilish yo‘nalishli transport vositalariga ta‘sir qilmaydi. Shunga ko‘ra, yo‘lovchilarni tushirishni to‘xtash taqiqlangan joyni bildiruvchi 3.27 belgisi bilan birgalikda sariq sidirg‘a chiziq chizilgan joyda faqatgina belgilangan yo‘nalishdagi transport vositalari amalga oshirishi mumkin.

14. Temir yo‘l izlarini qayerda kesib o‘tishga ruxsat etiladi?

  1. Ko‘rinish ikkala yo‘nalishda 1000 metrdan kam bo‘lmagan joylarda
  2. Haydovchining nuqtayi nazaricha eng qulay joylarda
  3. Kesib o‘tish uchun belgilab qo‘yilgan joylarda
  4. Temir yo‘l bekatiga 1000 metrdan kam bo‘lmagan masofada

To'g'ri javob: Kesib o‘tish uchun belgilab qo‘yilgan joylarda

YHQ 18 – bobi 116 – bandiga asosan: Transport vositalarining haydovchilari temir yo‘llarni faqat temir yo‘l kesishmalari orqali poeyzd (lokomotiv, drezina) larga yo‘l berib kesib o‘tishlari mumkin. Shunga ko‘ra, temiryo‘l yo‘llarini istalgan joyda kesib o‘tish mumkin emas, faqat belgilangan joylarda, ya’ni temiryo‘l kesishmalaridan o‘tish mumkin.

15. Chorrahadan ikkinchi bo'lib o'tadi:

Chorrahadan ikkinchi bo'lib o'tadi:
  1. Yashil avtomobil sariq bilan bir vaqtda.
  2. Qizil avtomobil.
  3. Ko'k avtomobil sariq bilan bir vaqtda.

To'g'ri javob: Ko'k avtomobil sariq bilan bir vaqtda.

YHQ 16-bobi 104-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yo'ldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo'ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yo'nalishidan qat'i nazar, yo'l berishi kerak. YHQ 16-bobi 107-bandiga asosan, chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yo'ldan qarama-qarshi yo'nalishdan to'g'riga yoki o'ngga harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.

16. Qaysi holda avtomobilning ag'anab ketishiga qarshi turg'unligi ortadi?

Qaysi holda avtomobilning ag'anab ketishiga qarshi turg'unligi ortadi?
  1. Og'irlik markazi o'ngga siljiganda.
  2. Og'irlik markazi balandda joylashganda.
  3. Og'irlik markazi pastda joylshganda.

To'g'ri javob: Og'irlik markazi pastda joylshganda.

Burilishlarda yo'lovchisi va yuki bo'lmagan avtomobillar ko'proq muvozanat saqlab qoladi, chunki bunday avtomobilda og'irlik markazi eng pastda joylashgan bo'lib, eng kam ag'darilish jihatiga ega bo'ladi.

17. Hamma tasmalar band bo‘lgan serqatnov harakatlanish vaqtida qayrilib olishga ruxsat etiladimi?

  1. Istalgan paytda ruxsat etiladi
  2. Faqat harakatlanish uchun tasmalari uchtadan kam bo‘lmagan yo‘llarda ruxsat etiladi
  3. Taqiqlanadi
  4. Faqat chorrahalarda ruxsat etiladi

To'g'ri javob: Istalgan paytda ruxsat etiladi

YHQ 10 – bobi 67 – bandining ikkinchi xatboshiga asosan: Aholi punktlarida ushbu bandning birinchi xatboshi va ushbu Qoidalarning 69, 123 va 161-bandlaridagi talablarni hisobga olgan holda, haydovchilar o‘zlariga qulay bo‘lgan harakatlanish bo‘lagidan foydalanishlari mumkin. Harakatlanish serqatnovligi sababli boshqa tasmalar band bo‘lganda harakatlanish qatorini faqat o‘ngga yoki chapga burilish, qayrilib olish, to‘xtash yoki to‘siqni aylanib o‘tish uchun o‘zgartirishga ruxsat etiladi.

18. Oq-qizil rangli (1.14.4. zebra) yo‘l chizig‘i qanday joylarda piyodalar o‘tish joyini belgilash uchun chiziladi?

Oq-qizil rangli (1.14.4. zebra) yo‘l chizig‘i qanday joylarda piyodalar o‘tish joyini belgilash uchun chiziladi?
  1. Piyodalar gavjum bo‘lgan joylarda
  2. Savdo, madaniy – maishiy xizmat ko‘rsatish binolari oldida
  3. Maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari oldida
  4. Barcha javoblari to‘g‘ri

To'g'ri javob: Maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari oldida

YHQ 2 – ilovasi 1 – bo‘limiga asosan: 1.14.4 – oq-qizil rangli yo‘l chizig‘i maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari oldida piyodalarning o‘tish joyini belgilaydi;

19. Tos suyaklari singanda birinchi yordam qanday ko'rsatiladi?

Tos suyaklari singanda birinchi yordam qanday ko'rsatiladi?
  1. Zararlangan joyni qattiq bog'lash, shikastlanganni yarim o'tirgan holatga keltirish.
  2. Shikastlanganni qattiq yuzaga orqasi bilan yotqizish, zararlangan joylarga qaynoq isitgich qo'yish.
  3. Shikastlanganni qattiq tekis yuzaga yotqizish, bukilgan va ikki tomonga kerilgan tizzalarining bo'g'inlari ostiga g'o'la shaklida o'ram qo'yish.

To'g'ri javob: Shikastlanganni qattiq tekis yuzaga yotqizish, bukilgan va ikki tomonga kerilgan tizzalarining bo'g'inlari ostiga g'o'la shaklida o'ram qo'yish.

Tos suyagi singanda jabrlanuvchi tekislikka yotqiziladi, oyoqlarni tizzalarida bukib, tagiga valik qo'yiladi. Shu holatda jabrlanuvchi davolash muassasasiga olib boriladi.

20. Sanab o‘tilgan shartlarning qaysi birida transport vositasidan foydalanish taqiqlanadi?

  1. Oyna tozalagichlar belgilangan tartibda ishlamaydi
  2. Ishlatilgan gazlarni chiqarish tizimi nosoz
  3. Ishlab chiqargan korxona tomonidan ko‘zda tutilgan orqa himoya vositasi loyto‘sgich va sachratmagichlar bo‘lmasa
  4. Sanab o‘tilgan hamma sharoitlarda

To'g'ri javob: Sanab o‘tilgan hamma sharoitlarda

YHQ 3-ilovasi “Transport vositalaridan foydalanishni taqiqlovchi shartlar”, 4-bo‘limining 4.1-bandiga asosan: Oyna tozalagich belgilangan tartibda ishlamayotgan bo‘lsa, 6-bo‘limining 6.3-bandiga asosan: ishlab chiqarilgan gazlarni chiqarib tashlash tizimi buzuq bo‘lsa, 7-bo‘limining 7.7-bandiga asosan: transport vositasi konstruksiyasida ko‘zda tutilgan orqa himoya vositasi, loy to‘sgich va sachratmagichlar bo‘lmasa transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi. Shunga ko‘ra, sanab o‘tilgan barcha sharoitlarda transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.