7-bilet savollari va javoblari

1. Chorrahani ikkinchi bo‘lib kesib o‘tadi:

Chorrahani ikkinchi bo‘lib kesib o‘tadi:
  1. Qizil avtomobil
  2. Yuk avtomobili
  3. Yashil avtomobil

To'g'ri javob: Yuk avtomobili

YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan: Teng ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o‘ngdan kelayotgan transport vositalariga yo‘l berishi shart.

2. Yo‘l yoqasida qaysi transport vositalarining haydovchilari qoidani buzib to‘xtadilar?

Yo‘l yoqasida qaysi transport vositalarining haydovchilari qoidani buzib to‘xtadilar?
  1. Faqat “A”
  2. Faqat “B”
  3. Faqat “C”
  4. “B” va “C”
  5. “A” va “B”

To'g'ri javob: “A” va “B”

YHQ 13-bobi 88-bandining birinchi va uchinchi xatboshlariga asosan: Transport vositalariga yo‘lning o‘ng tomoni yoqasida, u bo‘lmaganda esa qatnov qismining chetida va ushbu Qoidalarning 89-bandida ko‘rsatilgan hollarda trotuarda to‘xtash va to‘xtab turishga ruxsat etiladi. Ruxsat etilgan to‘la vazni 3,5 tonnadan ko‘p bo‘lgan yuk avtomobillari bir tomonlama harakatli yo‘llarning chap tomonida faqat yuk ortish va tushirish uchun to‘xtashlari mumkin. YHQ 13-bobi 89-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Transport vositalarini yo‘lning qatnov qismida bir qator qilib, qatnov qismi chetiga parallel ravishda kajavasi bo‘lmagan ikki g‘ildirakli transport vositalarini ikki qator qilib qo‘yishga ruxsat etiladi.

3. Qaysi belgi kesib o‘tgan yo‘llarda harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishni yuklaydi?

Qaysi belgi kesib o‘tgan yo‘llarda harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishni yuklaydi?
  1. 1
  2. 2
  3. 3
  4. 4
  5. 5

To'g'ri javob: 3

YHQ 1-ilovasining 2-bo'limi 2.4 belgisiga asosan, "Yo'l bering!". Haydovchi kesib o'tilayotgan yo'ldan, 7.13 qo'shimcha-axborot belgisi bo'lganda esa asosiy yo'ldan harakatlanayotgan transport vositasiga yo'l berishi kerak.

4. Temir yo'l kesishmasida umumiy xatar ishorasi sifatida quyidagi ishoralar turkumi xizmat qiladi:

  1. Ikkita uzun va ikkita qisqa tovush ishoralari.
  2. Bitta uzun va uchta qisqa tovush ishoralari.
  3. Uchta uzun va uchta qisqa tovush ishoralari.
  4. Uchta uzun va bitta qisqa tovush ishorasi.

To'g'ri javob: Bitta uzun va uchta qisqa tovush ishoralari.

YHQ 18-bobi 120-bandi 6-xatboshi izohiga asosan, bitta uzun va uchta qisqa tovushli ishoralar umumiy xatar ishorasi hisoblanadi.

5. Qaysi javobda chorrahadan o‘tish tartibi to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

Qaysi javobda chorrahadan o‘tish tartibi to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
  1. Avtobus, avtomobil, velosiped
  2. Avtomobil, avtobus, velosiped
  3. Velosiped, avtobus, avtomobil
  4. Velosiped, avtobus va avtomobil bir vaqtda

To'g'ri javob: Velosiped, avtobus, avtomobil

YHQ 16-bobi 104, 106-bandlariga asosan, teng ahamiyatga ega bo‘lmagan yo‘llar kesishgan chorrahada, keyingi harakat yo‘nalishidan qat'i nazar, asosiy yo‘ldan kelayotgan transport vositasiga ikkinchi darajali yo‘ldan kelayotgan transport vositasining haydovchisi yo‘l berishi kerak. YHQ 16-bobi 107 bandiga asosan, chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yo‘ldan qarama-qarshi yo‘nalishdan to‘g‘riga yoki o‘ngga harakatlanayotgan, shuningdek, ruxsat etilgan hollarda quvib o‘tayotgan transport vositalariga yo‘l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o‘zaro amal qilishlari kerak.

6. Haydovchi orqa g'ildiraklari yetakchi bo'lgan avtomobilning orqa o'qi sirpanib ketishi boshlanganida to'xtatish uchun nima qilishi kerak?

Haydovchi orqa g'ildiraklari yetakchi bo'lgan avtomobilning orqa o'qi sirpanib ketishi boshlanganida to'xtatish uchun n…
  1. Boshqaruv rulini sirpanishga qarama-qarshi tomonga burish.
  2. Boshqaruv rulini sirpanish boshlanayotgan tomonga burish.
  3. Tormoz tepkisini bosish.

To'g'ri javob: Boshqaruv rulini sirpanish boshlanayotgan tomonga burish.

Orqa o'qi yetakchi bo'lgan avtomobillarda sirpanchiq yo'lda sirpanish holati rul chambaragini birdan (keskin) burish natijasida kelib chiqadi. Bu holda rul chambaragini tez, biroq ravonlik bilan surilish tomon burib, sirpanish tugashini kutmasdan, rul chambaragiga oldinroq ta'sir etgan holda avtomobil yo'nalishini to'g'irlab olish lozim.

7. Ko‘rsatilgan holatda o‘zib ketishga ruxsat etiladimi?

Ko‘rsatilgan holatda o‘zib ketishga ruxsat etiladimi?
  1. Ruxsat etiladi
  2. Taqiqlanadi
  3. Agar quvib o‘tilayotgan transport vositasining tezligi 40 km/soatdan kam bo‘lsa ruxsat etiladi

To'g'ri javob: Ruxsat etiladi

YHQ 12-bobi 86-bandi 5-xatboshiga asosan, quvib o'tish quyidagi hollarda taqiqlanadi - temir yo'l kesishmalarida va ulargacha 100 metrdan kam qolganda.

8. Haydovchi aholi punktlaridan tashqaridagi yo‘lda quvib o‘tilayotgan haydovchining e’tiborini jalb etish uchun fara chiroqlarini o‘chirib yoqish va tovush ishorasi berishni qo‘llab to‘g‘ri qildimi?

Haydovchi aholi punktlaridan tashqaridagi yo‘lda quvib o‘tilayotgan haydovchining e’tiborini jalb etish uchun fara chir…
  1. Noto‘g‘ri
  2. To‘g‘ri

To'g'ri javob: To‘g‘ri

YHQ 8-bobi 48 - 49 - bandlariga muvofiq, aholi punktlaridan tashqarida boshqa haydovchilarni quvib o'tish haqida ogohlantirish uchun tovushli ishoralar qo'llanilishi mumkin. Quvib o'tish haqida tovushli ishora o'rniga yoki u bilan birga chiroqlarni yoqib-o'chirib, ogohlantirish ishorasini ham berish mumkin.

9. Shikastlangan kishining o'mrov suyagi singanda nima qilish kerak?

Shikastlangan kishining o'mrov suyagi singanda nima qilish kerak?
  1. Singan joyga sovuq kompress qo'yish, bint bilan tarangroq bog'lash.
  2. Qo'ltiq sohasiga taxtakach qo'yish va to'g'irlab qo'yilgan qo'lini gavdasiga qo'shib bint bilan bog'lash.
  3. Paxta yoki bint o'ramasini qo'ltiq sohasiga qo'yib tirsagidan bukilgan qo'lini gavdasiga qo'shib bint bilan bog'lash.

To'g'ri javob: Paxta yoki bint o'ramasini qo'ltiq sohasiga qo'yib tirsagidan bukilgan qo'lini gavdasiga qo'shib bint bilan bog'lash.

Qon tomirlari (o'mrov ostidagi arteriya (ko'ktomir) va nervlarning shikastlanishiga olib kelishi mumkin bo'lgan singan o'mrov suyagining siljishiga yo'l qo'ymaslik uchun to'g'ri burchak ostida tirsakda bukilgan qo'lni uchburchak ro'molga osib qo'yib, bint bilan gavdaga bog'lab o'rash lozim.

10. Yengil avtomobilda tumanga qarshi faralarning nechtasini o‘rnatishga ruxsat etiladi?

  1. Ikkita
  2. To‘rtta
  3. Haydovchini xohishiga ko‘ra

To'g'ri javob: Ikkita

YHQ 3-ilovasi 3-bo‘limining 3.1-bandiga asosan: Tashqi yoritqichlar soni, turi, joylashuvi va ishlash tartibi transport vositasining konstruksiyasi talabiga mos kelmasa foydalanish taqiqlanadi. Ishlab chiqarilishi to‘xtatilgan yengil avtomobillarga boshqa turdagi va rusumdagi transport vositalarining tashqi yoritqichlarini o‘rnatishga ruxsat etiladi. Eslatma: Mototsikl, mopedlar bitta, boshqa transport vositalari esa ikkita tumanga qarshi faralar bilan jihozlangan bo‘lishi mumkin.

11. Sonning yumshoq to'qimalari lat yeganda birinchi tibbiy yordam qanday ko'rsatiladi?

Sonning yumshoq to'qimalari lat yeganda birinchi tibbiy yordam qanday ko'rsatiladi?
  1. Lat yegan joyni qattiq bog'lash, 15-20 daqiqaga muz solingan xalta qo'yish, oyoqni yuqori ko'tarish, tinch qo'yish.
  2. Lat yegan oyoqni tarang qilib (pastdan yuqoriga) bog'lash, singandagi kabi shina qo'yish, bir stakan choyga yarim choy qoshig'ida ichimlik soda solib ichirish, kasalxonaga jo'natish.
  3. Oyoqqa yumshoq predmet qo'yish .

To'g'ri javob: Lat yegan joyni qattiq bog'lash, 15-20 daqiqaga muz solingan xalta qo'yish, oyoqni yuqori ko'tarish, tinch qo'yish.

Shikastlangan qo'l yoki oyoqni baland holatda saqlamoq va ichki qon quyilishini oldini olish uchun mumkin qadar tarang bog'ich bog'lash lozim. Shikastlangan joyga 15-20 daqiqa muz qo'yiladi (sovutish uchun sovuq kompress, muzli xalta, sovuq suv va boshqalar ishlatilishi mumkin). Og'riqni qoldirish uchun shikastlangan organga harakatsizlik sharoiti yaratiladi.

12. Agar yo‘l boshlanishida ushbu belgi turgan bo‘lsa, qatnov qismining qarama – qarshi yo‘nalishiga chiqish mumkinmi?

Agar yo‘l boshlanishida ushbu belgi turgan bo‘lsa, qatnov qismining qarama – qarshi yo‘nalishiga chiqish mumkinmi?
  1. O‘zib ketish uchun mumkin
  2. Quvib o‘tish uchun mumkin, agar ro‘paradan xarakatlanish bo‘lmasa va tasma qatnov qismining qolgan tasmasidan uzq-uzuq chiziq bilan ajratilgan bo‘lsa
  3. Taqiqlanadi

To'g'ri javob: Taqiqlanadi

YHQ 22 – bobi 132 – bandining birinchi xatboshiga asosan: Yo‘nalishi transport vositalarining harakatlanishi uchun 5.9, 5.10.1 – 5.10.3 yo‘l belgilari bilan ajratilgan tasmada boshqa transport vositalaring harakatlanishi va to‘xtashi taqiqlanadi. Shuningdek, bunday joylarda yo‘nalishli transport vositalarining harakatiga xalaqit bermaslik sharti bilan yo‘lga chiqish, qatnov qismining chetki o‘ng tomonida yo‘lovchilarni chaqirish va tushurish uchun bu bo‘lakka o‘tishga ruxsat etiladi.

13. Qarama-qarshi yo‘nalishdagi transportlar oqimi ikkita sidirg‘a chiziqlar bilan ajratilgan yo‘l nechta harakatlanish tasmasiga ega?

Qarama-qarshi yo‘nalishdagi transportlar oqimi ikkita sidirg‘a chiziqlar bilan ajratilgan yo‘l nechta harakatlanish tas…
  1. Ikkita
  2. Ikkita yoki uchta
  3. Uchta
  4. To‘rtta va undan ko‘p tasmaga

To'g'ri javob: To‘rtta va undan ko‘p tasmaga

YHQ 2-ilovasining 1-bo'limi 1.3-bandiga asosan, ushbu chiziq to'rt va undan ortiq harakatlanish bo'lagi bo'lgan yo'llarda qarama-qarshi yo'nalishdagi transport vositalari oqimini ajratadi, 1.3 chizig'ini bosib o'tish taqiqlanadi.

14. Qaysi transport vositalariga harakatlanish uchun ruxsat berilgan?

Qaysi transport vositalariga harakatlanish uchun ruxsat berilgan?
  1. Yengil avtomobilga va mototsiklga
  2. Mototsiklga, yengil va yuk avtomobillariga
  3. Yengil va yuk avtomobillariga

To'g'ri javob: Yengil avtomobilga va mototsiklga

YHQ 7-bobi 38-bandiga asosan, tartibga soluvchining o'ng qo'li oldinga uzatilganda: chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yo'nalishlarda; oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat o'ngga harakatlanishga ruxsat beriladi; orqa tomonidan va o'ng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi; piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonida qatnov qismini kesib o'tishga ruxsat etiladi.

15. Avtomobillar chorrahadan quyidagi tartibda o‘tadilar:

Avtomobillar chorrahadan quyidagi tartibda o‘tadilar:
  1. Ko‘k, yashil, qizil
  2. Ko‘k, yashil bilan bir vaqtda qizil
  3. Yashil, qizil bilan ko‘k bir vaqtda

To'g'ri javob: Yashil, qizil bilan ko‘k bir vaqtda

YHQ 16-bobi 106-,105 - va 104 - bandlariga asosan, asosiy yo'lning yo'nalishi chorrahada o'zgarganda, asosiy yo'lda harakatlanayotgan haydovchilar o'zaro teng ahamiyatli yo'llar chorrahasidan o'tish qoidasiga amal qilishlari kerak. Teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yo'ldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo'ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yo'nalishidan qat'i nazar, yo'l berishi kerak.

16. Sirpanchiq yo‘lda tormozlardan qanday foydalanish kerak?

Sirpanchiq yo‘lda tormozlardan qanday foydalanish kerak?
  1. Ulagichni ajratmay turib sekin tormoz berishi va boshqaruv rulining keskin burilishga yo‘l qo‘ymasligi
  2. Ulagichni ajratishi va sekin tormoz berishi
  3. Tormoz tepkisini uzuq-uzuq bosish bilan keskin tormoz berishi

To'g'ri javob: Ulagichni ajratmay turib sekin tormoz berishi va boshqaruv rulining keskin burilishga yo‘l qo‘ymasligi

Sirpanchiq yo'lda to'xtatish tepkisini uzuq-uzuq bosib, uzatma va ilashish mexanizmini ajratmay, dvigatel orqali tormozlanishni qo'llab va g'ildiraklarning blokirovkasi (aylanmasdan sirpanishi)ga yo'l qo'ymagan holda to'xtash lozim.

17. Transport vositasining bitta o‘qiga har xil naqshli shinalarni o‘rnatishga ruxsat etiladimi?

Transport vositasining bitta o‘qiga har xil naqshli shinalarni o‘rnatishga ruxsat etiladimi?
  1. Faqat oldingi o‘qiga ruxsat etiladi
  2. Oldingi yetakchi ko‘prikli avtomobilning faqat orqa o‘qiga ruxsat etiladi
  3. Taqiqlanadi

To'g'ri javob: Taqiqlanadi

YHQ 3-ilovasining 5.5-bandiga muvofiq, agar transport vositasining bitta o'qiga har xil o'lchamli va konstruktsiyali (dioganal va radial, kamerali va kamerasiz), har xil naqshli, sovuqqa chidamli va chidamsiz, yangi va qayta tiklangan, yangi va protektor naqshi chuqurlashtirilgan shinalar o'rnatilgan bo'lsa transport vositasidan foydalanish taqiqlanadi.

18. Quvib o‘tishda faralarning uzoqni yorituvchi chiroqlaridan ogohlantiruvchi ishora sifatida foydalanish mumkinmi?

Quvib o‘tishda faralarning uzoqni yorituvchi chiroqlaridan ogohlantiruvchi ishora sifatida foydalanish mumkinmi?
  1. Hamma holda mumkin
  2. Mumkin, agar bu boshqa haydovchilarning ko‘zini qamashtirmasa, shu jumladan, orqani ko‘rish ko‘zgusi orqali ham
  3. Mumkin emas
  4. Aholi punktidan tashqaridagi yo‘llarda mumkin

To'g'ri javob: Mumkin, agar bu boshqa haydovchilarning ko‘zini qamashtirmasa, shu jumladan, orqani ko‘rish ko‘zgusi orqali ham

YHQ 8-bobi 48 - 49 - bandlariga muvofiq, aholi punktlaridan tashqarida boshqa haydovchilarni quvib o'tish haqida ogohlantirish uchun tovushli ishoralar qo'llanilishi mumkin. Quvib o'tish haqida tovushli ishora o'rniga yoki u bilan birga chiroqlarni yoqib-o'chirib, ogohlantirish ishorasini ham berish mumkin.

19. Shatakka olish taqiqlanadi:

  1. Yaxmalakda, qattiq ulagich bilan
  2. Ikki g‘ildirakli mototsikllarni
  3. Ulagich bilan birga transport vositalarining umumiy uzunligi 20 metr bo‘lganda

To'g'ri javob: Ikki g‘ildirakli mototsikllarni

YHQ 24-bobi 145-bandining beshinchi xatboshisiga asosan, shatakka olish quyidagi holatlarda taqiqlanadi: kajavasiz mototsikllar bilan, shuningdek bunday mototsikllarni.

20. Quyidagi qaysi belgilar ogohlantiruvchi belgilar jumlasiga kiradi?

Quyidagi qaysi belgilar ogohlantiruvchi belgilar jumlasiga kiradi?
  1. Ikkinchidan boshqa barchasi
  2. Uchinchidan boshqa barchasi
  3. Hammasi
  4. Birinchidan boshqa barchasi
  5. Uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi belgilar

To'g'ri javob: Hammasi

YHQ 1-ilovasining 1-bo‘limidagi 1.11.1 belgiga asosan, «Xavfli burilish». 1.11.1 — o‘ngga, yo‘lning kichik radiusli yoki ko‘rinishi cheklangan burilish joyini bildiradi.