62-bilet savollari va javoblari

1. Ushbu holatda siz qanday yo‘l tutishingiz kerak?

Ushbu holatda siz qanday yo‘l tutishingiz kerak?
  1. Ovozli ishora berib, tezlikni oshiring
  2. Zarur bo‘lganda darhol toʻxtash imkoniyatini beradigan darajada tezlikni kamaytiring
  3. Chapga burilib, to‘siqni aylanib o‘ting
  4. To‘xtovsiz harakatni davom ettiring

To'g'ri javob: Zarur bo‘lganda darhol toʻxtash imkoniyatini beradigan darajada tezlikni kamaytiring

YHQning 6-bob. 27-bandiga asosan: 27. Tezkor va maxsus xizmatlarning ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchasini yoqib to‘xtab turgan transport vositasiga yaqinlashayotgan haydovchilar zarur bo‘lgan hollarda harakatlanish tezligini darhol to‘xtash imkoniyatini beradigan darajada kamaytirishlari shart.

2. Ushbu ko‘rsatilgan yo‘l nechta qatnov qismiga ega?

Ushbu ko‘rsatilgan yo‘l nechta qatnov qismiga ega?
  1. Bitta
  2. Ikkita
  3. To‘rtta

To'g'ri javob: Ikkita

Йўл ҳаракати қоидаларининг 6 бандига асосан, ажратувчи минтақа — йўлнинг ёнма-ён жойлашган қатнов қисмларини ажратувчи, транспорт воситалари ҳаракатланиши ёки тўхташи учун мўлжалланмаган, йўл сатҳидан кўтарилган ёки майсазор, ариқ, махсус тўсиқлар билан ажратилган баланд қисми.

3. Qaysi avtomobil haydovchisi yo‘l berishi kerak?

Qaysi avtomobil haydovchisi yo‘l berishi kerak?
  1. Qizil avtomobil haydovchisi
  2. Ko‘k avtomobil haydovchisi
  3. Ko‘k avtomobil haydovchisi

To'g'ri javob: Qizil avtomobil haydovchisi

YHQning 16-bob. 105-band 1-xatboshi va 106-bandiga asosan: 105. Teng ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o‘ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo‘l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o‘zaro amal qilishlari kerak. 106. Asosiy yo‘lning yo‘nalishi chorrahada o‘zgarganda, asosiy yo‘lda harakatlanayotgan haydovchilar o‘zaro teng ahamiyatli yo‘llar chorrahasidan o‘tish qoidasiga amal qilishlari kerak. Ikkinchi darajali yo‘llarda harakatlanayotgan haydovchilar ham o‘zaro shu qoidaga amal qilishlari kerak.