60-bilet savollari va javoblari

1. Qaysi javobda yo‘l belgilari guruhlarining ketma-ketligi to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

  1. Taqiqlovchi, Imtiyoz, Buyuruvchi, Axborot-ko‘rsatkich, Ogohlantiruvchi, Servis, Qo‘shimcha axborot
  2. Ogohlantiruvchi, Imtiyoz, Taqiqlovchi, Buyuruvchi, Axborot-ko‘rsatkich, Servis, Qo‘shimcha axborot
  3. Ogohlantiruvchi, Imtiyoz, Buyuruvchi, Taqiqlovchi, Axborot-ko‘rsatkich, Servis, Qo‘shimcha axborot
  4. Yuqoridagi barcha javoblar to‘g‘ri

To'g'ri javob: Ogohlantiruvchi, Imtiyoz, Taqiqlovchi, Buyuruvchi, Axborot-ko‘rsatkich, Servis, Qo‘shimcha axborot

YHQning 1-ILOVAsiga asosan: Yo‘l belgilari 7 guruhga bo‘linadi. Ular quyidagilar: 1. Ogohlantiruvchi belgilar; 2. Imtiyoz belgilari; 3. Taqiqlovchi belgilar; 4. Buyuruvchi belgilar; 5. Axborot-ko‘rsatgich belgilari; 6. Servis belgilari; 7. Qo‘shimcha axborot belgilari.

2. Harakatlanish tartibini ko‘rsating:

Harakatlanish tartibini ko‘rsating:
  1. 1-tramvay sariq avtomobil bilan bir vaqtda, 2-tramvay qora avtomobil bilan bir vaqtda
  2. 1-tramvay sariq avtomobil bilan bir vaqtda, qora avtomobil, 2-tramvay
  3. 1-tramvay, 2-tramvay, sariq avtomobil, qora avtomobil

To'g'ri javob: 1-tramvay sariq avtomobil bilan bir vaqtda, 2-tramvay qora avtomobil bilan bir vaqtda

"YHQning 16-bob. 105-bandiga asosan: 105. Teng ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o‘ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo‘l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o‘zaro amal qilishlari kerak. Bunday chorrahalarda keyingi harakat yo‘nalishidan qat’iy nazar, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin o‘tish huquqiga ega bo‘ladi."

3. Belgilangan yo‘nalishlarda harakatlanishga ruxsat etiladimi?

Belgilangan yo‘nalishlarda harakatlanishga ruxsat etiladimi?
  1. Faqat o‘ngga ruxsat etiladi
  2. Faqat chapga ruxsat etiladi
  3. Har ikkisiga ruxsat etiladi

To'g'ri javob: Har ikkisiga ruxsat etiladi

"YHQning 9-bob. 57-bandiga asosan: 57. Burilishni shunday amalga oshirish kerakki, bunda qatnov qismlarining kesishmasidan chiqayotgan transport vositasi qarama-qarshi yo‘nalishdagi harakatlanish tomoniga o‘tib ketmasligi kerak. O‘ngga burilishda transport vositasi iloji boricha qatnov qismining o‘ng chetiga yaqinroqda harakatlanishi kerak."

4. Aholi punktlarida quvib o‘tishda qanday ogohlantirish ishoralaridan foydalanish mumkin?

  1. Faralarning uzoqni yorituvchi chiroqlaridan
  2. Tovushli ishoralardan
  3. 1 va 2

To'g'ri javob: Faralarning uzoqni yorituvchi chiroqlaridan

"YHQning 8-bob. 48-band 2 va 3-xatboshi va 49-bandiga asosan: 48. Tovushli ishoralar faqat quyidagi hollarda qo‘llanilishi mumkin: aholi punktlaridan tashqarida boshqa haydovchilarni quvib o‘tish haqida ogohlantirish uchun; Yuqorida ko‘rsatilgan hollardan tashqari tovushli ishoralardan foydalanish taqiqlanadi. 49. Quvib o‘tish haqida tovushli ishora o‘rniga yoki u bilan birga fara chiroqlarini yoqib-o‘chirib, ogohlantirish ishorasini ham berish mumkin."

5. Aholi punktlaridan tashqarida quvib o‘tishda qanday ogohlantirish ishoralaridan foydalanish mumkin?

  1. Faralarning uzoqni yorituvchi chiroqlaridan
  2. Tovushli ishoralardan
  3. 1 va 2

To'g'ri javob: 1 va 2

"YHQning 8-bob. 48-band 2 va 3-xatboshi va 49-bandiga asosan: 48. Tovushli ishoralar faqat quyidagi hollarda qo‘llanilishi mumkin: aholi punktlaridan tashqarida boshqa haydovchilarni quvib o‘tish haqida ogohlantirish uchun; Yuqorida ko‘rsatilgan hollardan tashqari tovushli ishoralardan foydalanish taqiqlanadi. 49. Quvib o‘tish haqida tovushli ishora o‘rniga yoki u bilan birga fara chiroqlarini yoqib-o‘chirib, ogohlantirish ishorasini ham berish mumkin."

6. Qaysi yo‘nalish bo‘yicha harakatlanishga ruxsat berilgan?

Qaysi yo‘nalish bo‘yicha harakatlanishga ruxsat berilgan?
  1. Faqat "A"
  2. Faqat "B"
  3. Har ikki yo‘nalishda mumkin
  4. Har ikki yo‘nalishda taqiqlanadi

To'g'ri javob: Faqat "B"

YHQga 1-ILOVA 4.1.1 bandi va 4.Buyuruvchi belgilarning 10-xatboshiga asosan: 4.1.1. «Harakatlanish to‘g‘riga». 4.1.1 — 4.1.6 yo‘l belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasidan oldin o‘rnatilsa, belgining ta’siri shu kesishmaga joriy qilinadi.

7. Ushbu vaziyatda oxirgi bo‘lib kim o‘tadi?

Ushbu vaziyatda oxirgi bo‘lib kim o‘tadi?
  1. Qizil avtomobil
  2. Ko‘k avtomobil
  3. O‘zaro kelishib o‘tadilar
  4. Sariq avtomobil

To'g'ri javob: Qizil avtomobil

"YHQning 16-bob. 104-band 1-xatboshi va YHQga 1-ILOVA 2.7 bandiga asosan: 104. Teng ahamiyatga ega bo‘lmagan yo‘llar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yo‘ldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo‘ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yo‘nalishidan qat’iy nazar, yo‘l berishi kerak. 2.7. «Ro‘paradagi harakatlanishga nisbatan imtiyoz». Yo‘lning tor qismida harakatlanishda haydovchi ro‘paradan kelayotgan transport vositasiga nisbatan imtiyozga egaligini bildiradi."

8. Ko‘k avtomobil haydovchisi qaysi yo‘nalishlarda harakatlanishga ruxsat etilmaydi?

Ko‘k avtomobil haydovchisi qaysi yo‘nalishlarda harakatlanishga ruxsat etilmaydi?
  1. Faqat 1
  2. Faqat 2
  3. Faqat 1, 3, 4 yo‘nalishlarda
  4. Barcha yo‘nalishlarda

To'g'ri javob: Faqat 1, 3, 4 yo‘nalishlarda

YHQga 1-ILOVA 3.18.1 bandi va 3.Taqiqlovchi belgilarning 47-xatboshiga asosan: 3.18.1. “Oʻngga burilish taqiqlangan”. 3.18.1 va 3.18.2 belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga o‘rnatilsa, shu kesishmaga tatbiq etiladi.

9. Ushbu yo‘l belgisi qanday nomlanadi?

Ushbu yo‘l belgisi qanday nomlanadi?
  1. Shanba, yakshanba va bayram kunlari
  2. Hafta kunlari
  3. Ish kunlari

To'g'ri javob: Shanba, yakshanba va bayram kunlari

YHQga 1-ILOVA 7.5.1 bandiga asosan: 7.5.1. «Shanba, yakshanba va bayram kunlari».

10. Sariq avtomobil haydovchisiga avtoturargohga kirishga ruxsat etiladimi?

Sariq avtomobil haydovchisiga avtoturargohga kirishga ruxsat etiladimi?
  1. Ruxsat etiladi
  2. Taqiqlanadi

To'g'ri javob: Taqiqlanadi

YHQga 1-ILOVA 5.11.1 bandiga asosan: 5.11.1. «Qayrilib olish joyi». Chapga burilish taqiqlanadi.

11. Qizil avtomobil qaysi yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlanishga ruxsat etiladi?

Qizil avtomobil qaysi yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlanishga ruxsat etiladi?
  1. Faqat to‘g‘riga
  2. To‘g‘riga va chapga
  3. To‘g‘riga va qayrilishga
  4. Barcha yo‘nalishlarga

To'g'ri javob: Faqat to‘g‘riga

YHQga 1-ILOVA 4.1.1 bandi va 4.Buyuruvchi belgilarning 10-xatboshiga asosan: 4.1.1. "Harakatlanish to‘g‘riga". 4.1.1 — 4.1.6 yo‘l belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasidan oldin o‘rnatilsa, belgining ta’siri shu kesishmaga joriy qilinadi.

12. Avtomobillar harakatlanayotgan qatnov qismida nechta harakatlanish tasmasi bor?

Avtomobillar harakatlanayotgan qatnov qismida nechta harakatlanish tasmasi bor?
  1. 2 ta
  2. 1 ta
  3. 3 ta

To'g'ri javob: 3 ta

YHQning 10-bob. 64-band 1-xatboshiga asosan: 64. Relssiz transport vositalari harakatlanadigan tasmalar soni chiziqlar va (yoki) 5.8.1, 5.8.2, 5.8.7, 5.8.8 yo‘l belgilari bilan belgilanadi. Bunday chiziqlar yoki yo‘l belgilari bo‘lmasa, haydovchilar harakatlanish tasmalari sonini, qatnov qismining kengligini, transport vositalari orasidagi zarur yonlama oraliq masofani va ularning gabarit o‘lchamlarini hisobga olgan holda o‘zlari aniqlaydilar. Bunda harakatlanish ikki tomonlama bo‘lgan yo‘l qatnov qismining chap tomondagi yarmi, qatnov qismining joylardagi kengayishlari (sekinlashish va tezlashish tasmalari, balandlikka ko‘tarilishdagi qo‘shimcha tasmalar, yo‘nalishli transport vositalarining to‘xtash joylaridagi kengayishlar)ni hisobga olmagan holda, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan deb hisoblanadi.

13. Qaysi haydovchi birinchi bo‘lib harakatni davom ettiradi?

Qaysi haydovchi birinchi bo‘lib harakatni davom ettiradi?
  1. Ko‘k avtomobil haydovchisi
  2. Qizil avtomobil haydovchisi

To'g'ri javob: Qizil avtomobil haydovchisi

YHQning 15-bob. 99-band hamda 7-bob. 43-band 2-xatboshiga asosan: 99. Svetoforning ruxsat etuvchi ishorasida chapga burilayotgan yoki qayrilib olayotgan relssiz transport vositasining haydovchisi qarama-qarshi tomondan to‘g‘riga harakatlanayotgan va o‘ngga burilayotgan transport vositalariga yo‘l berishi shart. Tramvay haydovchilari ham ushbu Qoidaga amal qilishlari kerak. Svetofor ishoralari imtiyoz belgilari talablariga zid bo‘lgan hollarda haydovchilar svetofor ishoralariga amal qilishlari kerak.

14. Qaysi yo‘nalishlarda sizga harakatni davom ettirishga ruxsat etiladi?

Qaysi yo‘nalishlarda sizga harakatni davom ettirishga ruxsat etiladi?
  1. Faqat chapga
  2. To‘g‘riga va chapga
  3. Chapga va orqaga qayrilib olishga

To'g'ri javob: Faqat chapga

YHQga 1-ILOVA 5.8.1 bandi va 5. Axborot-ko‘rsatgich belgilarining 11-xatboshiga asosan: 5.8.1. «Tasmalar bo‘yicha harakat yo‘nalishi». Tasmalar soni va har biri bo‘yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo‘nalishlari. Boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlanish taqiqlanadi. Yo‘lning chetki chap bo‘lagidan chapga burilishga ruxsat beruvchi 5.8.1 va 5.8.2 belgilari shu tasmadan qayrilishga ham ruxsat beradi.

15. Qaysi haydovchi burilishni to‘g‘ri bajardi?

Qaysi haydovchi burilishni to‘g‘ri bajardi?
  1. Har ikkisi noto‘g‘ri
  2. Ko‘k
  3. Har ikkisi to‘g‘ri
  4. Yashil

To'g'ri javob: Har ikkisi to‘g‘ri

YHQning 9-bob. 56-band 1-xatboshi hamda 11-bob. 77-band 3-xatboshiga asosan: 56. Aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi o‘ngga, chapga burilishi yoki qayrilib olishdan oldinroq shu yo‘nalishda harakatlanishi uchun mo‘ljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart. Haydovchi transport vositasini boshqarish paytida aniqlay olishi mumkin bo‘lgan xavf yuzaga kelsa, u transport vositasining tezligini to‘liq to‘xtashni ta’minlaydigan darajada kamaytirishi yoki to‘siqni boshqa harakat ishtirokchilari uchun xavf tug‘dirmagan holda aylanib o‘tish choralarini ko‘rishi kerak.

16. Qizil avtomobil haydovchisi qaysi yo‘nalish bo‘yicha to‘g‘ri burilmoqda?

Qizil avtomobil haydovchisi qaysi yo‘nalish bo‘yicha to‘g‘ri burilmoqda?
  1. Har ikkala yo‘nalish bo‘yicha
  2. Birinchi yo‘nalish bo‘yicha
  3. Ikkinchi yo‘nalish bo‘yicha
  4. Har ikkala yo‘nalish bo‘yicha noto‘g‘ri

To'g'ri javob: Ikkinchi yo‘nalish bo‘yicha

YHQning 22-bob. 132-bandi 2 va 3 - xatboshiga asosan: Agar 5.9 yo‘l belgisi bilan belgilangan tasma qatnov qismining boshqa tasmalardan uzuq-uzuq chiziq bilan ajratilgan bo‘lsa, burilmoqchi bo‘layotgan transport vositalari bu tasmaga qayta tizilishlari kerak. Shuningdek, bunday joylarda yo‘nalishli transport vositalarining harakatiga xalaqit bermaslik sharti bilan yo‘lga chiqish, qatnov qismining chetki o‘ng tomonida yo‘lovchilarni chiqarish va tushirish uchun bu bo‘lakka o‘tishga ruxsat etiladi.

17. Qaysi yo‘l chizig‘i haydovchining hushyorligini oshiradi?

Qaysi yo‘l chizig‘i haydovchining hushyorligini oshiradi?
  1. A
  2. B
  3. C
  4. D

To'g'ri javob: A

YHQga 2-ILOVA 1.31 bandiga asosan: 1.31 — Aholi punktlaridan tashqarida yo‘llarning transport vositalari tez harakatlanadigan xavfli burilishlarida hamda aholi punktlarining piyodalar o‘tish joylariga yaqinlashuvda haydovchilar hushyorligini oshirish maqsadida termoplast yordamida chiziladigan «Shovqin chiziqlari»dan foydalanilishi mumkin.

18. Qizil va yashil avtomobillar haydovchilariga o‘ngga burilishni amalga oshirishga ruxsat etilganmi?

Qizil va yashil avtomobillar haydovchilariga o‘ngga burilishni amalga oshirishga ruxsat etilganmi?
  1. Ruxsat etiladi
  2. Taqiqlanadi

To'g'ri javob: Taqiqlanadi

YHQga 1-ILOVA 4.1.1 bandi va 4.Buyuruvchi belgilarning 10-xatboshiga asosan: 4.1.1. «Harakatlanish to‘g‘riga». 4.1.1 — 4.1.6 yo‘l belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasidan oldin o‘rnatilsa, belgining ta'siri shu kesishmaga joriy qilinadi.

19. Avtomobilga shu vaziyatda to‘xtashga ruxsat etiladimi?

Avtomobilga shu vaziyatda to‘xtashga ruxsat etiladimi?
  1. Taqiqlanadi
  2. Ruxsat etiladi

To'g'ri javob: Ruxsat etiladi

YHQning 13-bob. 88-band 1-xatboshiga asosan: 88. Transport vositalariga yo‘lning o‘ng tomonida yo‘l yoqasida, u bo‘lmaganda esa qatnov qismining chetida va Qoidalarning 89-bandida ko‘rsatilgan hollarda trotuarda to‘xtash va to‘xtab turishga ruxsat etiladi.

20. Qaysi rasmdagi haydovchilarga qayrilib olish taqiqlangan?

Qaysi rasmdagi haydovchilarga qayrilib olish taqiqlangan?
  1. Barcha rasmlarda
  2. Faqat 3-rasmda
  3. Faqat 2-rasmda
  4. Faqat 1- va 2-rasmlarda
  5. Faqat 1-rasmda

To'g'ri javob: Faqat 1- va 2-rasmlarda

YHQga 1-ILOVA 3.19 bandi, 5.8.1 bandi va 5. Axborot-ko‘rsatgich belgilarining 11-xatboshi hamda 3.18.2 bandi va 3.Taqiqlovchi belgilarning 47-xatboshiga asosan: 3.19. «Qayrilish taqiqlangan». 5.8.1. «Tasmalar bo‘yicha harakat yo‘nalishi». Tasmalar soni va har biri bo‘yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo‘nalishlari. Boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlanish taqiqlanadi. Yo‘lning chetki chap bo‘lagidan chapga burilishga ruxsat beruvchi 5.8.1 va 5.8.2 belgilari shu tasmadan qayrilishga ham ruxsat beradi. 3.18.2. «Chapga burilish taqiqlanadi». 3.18.1 va 3.18.2 belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga o‘rnatilsa, shu kesishmaga tatbiq etiladi.