58-bilet savollari va javoblari

1. Qizil avtomobil kimga yo‘l berishi kerak?

Qizil avtomobil kimga yo‘l berishi kerak?
  1. Yuk mashinasiga
  2. Traktorga
  3. Hech kimga

To'g'ri javob: Hech kimga

"YHQning 16-bob. 104-band 1-xatboshi hamda YHQga 1-ILOVA 2.3.1 bandiga asosan: 104. Teng ahamiyatga ega bo‘lmagan yo‘llar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yo‘ldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo‘ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yo‘nalishidan qat’iy nazar, yo‘l berishi kerak. 2.3.1. «Ikkinchi darajali yo‘l bilan kesishuv»."

2. Avtomobil haydovchisi qaysi yo‘nalish bo‘yicha qoidani buzib burilmoqda?

Avtomobil haydovchisi qaysi yo‘nalish bo‘yicha qoidani buzib burilmoqda?
  1. A
  2. B
  3. Har ikki yo‘nalish bo‘yicha qoidani buzmoqda
  4. Har ikki yo‘nalish bo‘yicha qoidani buzmayapti

To'g'ri javob: Har ikki yo‘nalish bo‘yicha qoidani buzmoqda

"YHQning 9-bob. 56-band 1-xatboshi hamda YHQga 2-ILOVA 1.1 bandi va 44-xatboshiga asosan: 56. Aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi o‘ngga, chapga burilishi yoki qayrilib olishdan oldinroq shu yo‘nalishda harakatlanishi uchun mo‘ljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart. 1.1 — qarama-qarshi yo‘nalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi, yo‘lning xavfli joylaridagi harakatlanish bo‘lagi chegarasini va velosipedchilar uchun bo‘lagining chegarasini bildiradi; yo‘lning kirish taqiqlangan qismi chegarasini belgilaydi; transport vositalarining to‘xtab turish joyi chegarasini hamda avtomagistral qatoriga kiritilmagan yo‘lning qatnov qismi chegarasini bildiradi; 1.1 va 1.3 chiziqlarini bosib o‘tish taqiqlanadi, qatnov qismining chetini bildirish uchun qo‘llanilgan 1.1 chizig‘i bundan mustasno."

3. Chapga burilish sizga qaysi trayektoriya bo‘yicha amalga oshirishga ruxsat etiladi?

Chapga burilish sizga qaysi trayektoriya bo‘yicha amalga oshirishga ruxsat etiladi?
  1. Faqat A trayektoriya bo‘yicha
  2. Ko‘rsatilgan trayektoriyalardan istalgan biri bo‘yicha
  3. Faqat B trayektoriya bo‘yicha

To'g'ri javob: Faqat B trayektoriya bo‘yicha

YHQning 9-bob. 56-band 1-xatboshiga asosan: 56. Aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi o‘ngga, chapga burilishi yoki qayrilib olishdan oldinroq shu yo‘nalishda harakatlanishi uchun mo‘ljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart.

4. Aholi punktlaridan tashqarida qaysi avtomobil to‘xtab turish qoidasini buzmadi?

Aholi punktlaridan tashqarida qaysi avtomobil to‘xtab turish qoidasini buzmadi?
  1. Qizil avtomobil
  2. Yashil avtomobil
  3. Qizil va yashil avtomobil
  4. Barcha avtomobillar to‘xtab turish qoidasini buzdi
  5. Ko‘k avtomobil

To'g'ri javob: Qizil avtomobil

YHQning 13-bob. 88-band 1-xatboshiga asosan: 88. Transport vositalariga yo‘lning o‘ng tomonida yo‘l yoqasida, u bo‘lmaganda esa qatnov qismining chetida va Qoidalarning 89-bandida ko‘rsatilgan hollarda trotuarda to‘xtash va to‘xtab turishga ruxsat etiladi.

5. Avtobus haydovchisiga bu joyda odam tushirishga ruxsat etiladimi?

Avtobus haydovchisiga bu joyda odam tushirishga ruxsat etiladimi?
  1. Ruxsat etiladi
  2. Taqiqlanadi
  3. Agar avtobus belgilangan yo‘nalishli bo‘lsa ruxsat etiladi

To'g'ri javob: Taqiqlanadi

YHQning 22-bob. 133-band 2-xatboshiga asosan: Yo‘nalishli transport vositalariga bekatlardan tashqari joylarda yo‘lovchi olish va tushirish taqiqlanadi (yo‘nalishli taksilar bundan mustasno).

6. Qaysi yo‘nalishlarda harakat qilish mumkin?

Qaysi yo‘nalishlarda harakat qilish mumkin?
  1. Barcha yo‘nalishlarda harakatlanishga ruxsat etiladi
  2. To‘g‘riga
  3. Chapga va orqaga qaytish (qayrilib olish)
  4. Chapga
  5. To‘g‘riga va chapga
  6. Barcha yo‘nalishlarda harakatlanish taqiqlanadi

To'g'ri javob: Chapga

"YHQning 7-bob. 32-band 1 va 2-xatboshiga asosan: 32. Yo‘naltirgich ko‘rinishidagi qizil, sariq va yashil rangli svetofor ishoralari ham doirasimon shaklidagi svetofor ishoralari bilan bir xil ma’noga ega bo‘ladi. Ular faqat ko‘rsatilgan yo‘nalishga ta’sir etadi. Agar tegishli yo‘l belgisi bilan qayrilib olish taqiqlanmagan bo‘lsa, chapga burilishga ruxsat beruvchi yo‘naltirgich qayrilib olishga ham ruxsat beradi. Qo‘shimcha tarmoqdagi yashil yo‘naltirgich ham xuddi shu ma’noni bildiradi."

7. Yengil avtomobil qaysi yo‘nalish bo‘yicha to‘g‘ri burilmoqda?

Yengil avtomobil qaysi yo‘nalish bo‘yicha to‘g‘ri burilmoqda?
  1. 1
  2. 1 va 2
  3. 2

To'g'ri javob: 1

YHQning 22-bob. 132-band 2-xatboshiga asosan: Agar 5.9 yo‘l belgisi bilan belgilangan tasma qatnov qismining boshqa tasmalardan uzuq-uzuq chiziq bilan ajratilgan bo‘lsa, burilmoqchi bo‘layotgan transport vositalari bu tasmaga qayta tizilishlari kerak.

8. Yo‘nalishli transport vositalariga bekatlardan tashqari joylarda yo‘lovchi olish va tushirishga (yo‘nalishli taksilar bundan mustasno) ruxsat etiladimi?

  1. Ruxsat etiladi
  2. Taqiqlanadi

To'g'ri javob: Taqiqlanadi

YHQning 22-bob. 133-band 2-xatboshiga asosan: Yo‘nalishli transport vositalariga bekatlardan tashqari joylarda yo‘lovchi olish va tushirish taqiqlanadi (yo‘nalishli taksilar bundan mustasno).

9. Velosipeddan foydalanishda yo‘lovchi tashish qaysi hollarda ruxsat etiladi?

  1. Faqat 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni maxsus o‘rindiqda tashish mumkin
  2. Faqat kattalar uchun ruxsat etiladi
  3. Har qanday yo‘lovchini tashish mumkin
  4. Hech qachon ruxsat etilmaydi

To'g'ri javob: Faqat 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni maxsus o‘rindiqda tashish mumkin

"YHQning 28-bob. 168-band 3-xatboshiga asosan:168. Velosipedchilar va individual harakatlanish vositalarini boshqarayotgan shaxslarga quyidagilar taqiqlanadi: odam tashish (ishonchli oyoq qo‘ygich bilan jihozlangan velosipeddagi qo‘shimcha o‘rindiqda 7 yoshgacha bo‘lgan bolani tashish bundan mustasno)."

10. Ushbu avtomobilga ko‘rsatilgan yo‘nalishlardan qaysi biriga harakatlanishga ruxsat etiladi?

Ushbu avtomobilga ko‘rsatilgan yo‘nalishlardan qaysi biriga harakatlanishga ruxsat etiladi?
  1. Faqat qayrilib olishga
  2. Faqat chapga
  3. Ikkala yo‘nalishga ham harakatlanish taqiqlanadi
  4. Ikkala yo‘nalishga ham harakatlanishga ruxsat etiladi

To'g'ri javob: Ikkala yo‘nalishga ham harakatlanishga ruxsat etiladi

YHQga 1-ILOVA 3.18.2 bandi va 3.Taqiqlovchi belgilarning 47-xatboshiga asosan: 3.18.2. «Chapga burilish taqiqlanadi». 3.18.1 va 3.18.2 belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga o‘rnatilsa, shu kesishmaga tatbiq etiladi.

11. Qaysi transport vositalari o‘ngga harakatlanishga ruxsat etiladi?

Qaysi transport vositalari o‘ngga harakatlanishga ruxsat etiladi?
  1. Har ikkisiga
  2. Tramvayga
  3. Engil avtomobilga

To'g'ri javob: Engil avtomobilga

"YHQning 7-bob. 31-band 2-xatboshi hamda 36-band 2-xatboshiga asosan: 31. Svetoforning doirasimon ishoralari quyidagi ma’noni bildiradi: yashil ishora harakatlanishga ruxsat beradi. 36. Tramvaylarning hamda maxsus ajratilgan tasma bo‘ylab harakatlanayotgan boshqa yo‘nalishli transport vositalarining harakatlanishini tartibga solish uchun «T» harfi ko‘rinishida joylashgan to‘rtta doirasimon oq rang ishorali svetoforlar qo‘llanilishi mumkin. Yuqoridagi bir yoki bir nechta va pastki ishora bir vaqtning o‘zida yonganda, harakatlanishga ruxsat etiladi. Ulardan chapdagisi chapga, o‘ngdagisi o‘ngga, o‘rtadagisi to‘g‘riga yurishga ruxsat beradi. Pastdagi ishora o‘chirilib, yuqoridagi uchta ishora bir vaqtda yonsa, harakatlanish taqiqlanadi."

12. Qaysi rasmda sariq avtomobil haydovchisi qizil avtomobilga yo‘l berishi kerak?

Qaysi rasmda sariq avtomobil haydovchisi qizil avtomobilga yo‘l berishi kerak?
  1. Birinchi rasmda
  2. Ikkinchi rasmda
  3. Ikkala rasmda

To'g'ri javob: Ikkala rasmda

"YHQning 16-bob. 104-band 1-xatboshi va 106-bandiga asosan: 104. Teng ahamiyatga ega bo‘lmagan yo‘llar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yo‘ldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo‘ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yo‘nalishidan qat’iy nazar, yo‘l berishi kerak. 106. Asosiy yo‘lning yo‘nalishi chorrahada o‘zgarganda, asosiy yo‘lda harakatlanayotgan haydovchilar o‘zaro teng ahamiyatli yo‘llar chorrahasidan o‘tish qoidasiga amal qilishlari kerak. Ikkinchi darajali yo‘llarda harakatlanayotgan haydovchilar ham o‘zaro shu qoidaga amal qilishlari kerak."

13. Qaysi avtomobil haydovchisi yo‘l berishi kerak?

Qaysi avtomobil haydovchisi yo‘l berishi kerak?
  1. Qizil avtomobil
  2. Ko‘k avtomobil

To'g'ri javob: Qizil avtomobil

"YHQning 16-bob. 104-band 1-xatboshi va 1-bob. 6-band 7-xatboshiga asosan: 104. Teng ahamiyatga ega bo‘lmagan yo‘llar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yo‘ldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo‘ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yo‘nalishidan qat’iy nazar, yo‘l berishi kerak. Asosiy yo‘l — tuproqli yoki shag‘alli yo‘lga nisbatan qattiq qoplamali (asfalt, sement-betonli va shunga o‘xshashlar yotqizilgan), kesishayotgan yoki tutashgan yo‘lga nisbatan 2.1, 2.3.1 — 2.3.3 yoki 5.1 yo‘l belgilari bilan belgilangan yoxud yondosh hududdan chiqadigan yo‘lga nisbatan har qanday yo‘l. Ikkinchi darajali yo‘lning bevosita chorrahaga tutash qismining qoplamali bo‘lishi uni asosiy yo‘l bilan teng huquqli qilmaydi."

14. Avtomobillarga qaysi yo‘nalishlarda harakatlanishga ruxsat beriladi?

Avtomobillarga qaysi yo‘nalishlarda harakatlanishga ruxsat beriladi?
  1. Qizilga chapga, ko‘kka taqiqlaydi
  2. Ko‘kka to‘g‘riga, qizilga chapga
  3. Har ikkisiga ham ko‘rsatilgan yo‘nalishlarda ruxsat beriladi
  4. Qizilga ruxsat beriladi, ko‘kka o‘nga taqiqlangan

To'g'ri javob: Har ikkisiga ham ko‘rsatilgan yo‘nalishlarda ruxsat beriladi

"YHQning 7-bob. 38-bandiga asosan: 38. Tartibga soluvchining ishoralari quyidagi ma’noni bildiradi: O‘ng qo‘li oldinga uzatilganda: chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yo‘nalishlarda."

15. Avtomobilga qaysi yo‘nalishlarda harakatlanishga ruxsat etiladi?

Avtomobilga qaysi yo‘nalishlarda harakatlanishga ruxsat etiladi?
  1. 1-yo‘nalishda
  2. 2-yo‘nalishda
  3. Har ikkisiga ham ruxsat beriladi

To'g'ri javob: 1-yo‘nalishda

"YHQga 1-ILOVA 5.8.2 bandi va 5. Axborot-ko‘rsatgich belgilarining 11-xatboshi hamda YHQga 1-ILOVA 3.18.2 bandi va 3.Taqiqlovchi belgilarning 47-xatboshiga asosan: 5.8.2. «Tasma bo‘yicha harakatlanish yo‘nalishi». Tasma bo‘yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo‘nalishi. Boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlanish taqiqlanadi. Yo‘lning chetki chap bo‘lagidan chapga burilishga ruxsat beruvchi 5.8.1 va 5.8.2 belgilari shu tasmadan qayrilishga ham ruxsat beradi. 3.18.2. «Chapga burilish taqiqlanadi». 3.18.1 va 3.18.2 belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga o‘rnatilsa, shu kesishmaga tatbiq etiladi."

16. Ushbu avtomobil qaysi yo‘nalishlarda harakatlanishga ruxsat beriladi?

Ushbu avtomobil qaysi yo‘nalishlarda harakatlanishga ruxsat beriladi?
  1. Barcha yo‘nalishlarda
  2. Birinchi, ikkinchi va uchinchi yo‘nalishlarda
  3. Birinchi, uchinchi va to‘rtinchi yo‘nalishlarda
  4. Faqat birinchi

To'g'ri javob: Birinchi, uchinchi va to‘rtinchi yo‘nalishlarda

YHQning 10-bob. 68-bandiga asosan: 68. Tezligini soatiga 40 kilometrdan oshirishi mumkin bo‘lmagan yoki texnik sabablarga ko‘ra tezligini bundan oshira olmaydigan transport vositalari aylanib o‘tish, quvib o‘tish, chapga burilish yoki qayrilib olish uchun qayta tizilishdan yoki ruxsat etilgan hollarda yo‘lning chap tomonida to‘xtashdan boshqa hollarda faqat chetki o‘ng qatorida harakatlanishlari kerak.

17. Individual harakatlanish vositalarini necha yoshdan boshqarishga ruxsat beriladi?

  1. 12
  2. 14
  3. 16

To'g'ri javob: 14

YHQning 28-bob. 165-bandiga asosan: 165. Yo‘lda velosiped, individual harakatlanish vositalarini va aravani boshqarish, miniladigan yoki yuk ortiladigan hayvonlarni haydab o‘tish 14 yoshdan kichik bo‘lmagan, moped va skuterni boshqarish esa 16 yoshdan kichik bo‘lmagan shaxslarga ruxsat etiladi.

18. Harakat tezligi 40 km/soatdan oshmaydigan transport vositasiga qatnov qismining o‘ng qatoridan chiqishga qachon ruxsat etiladi?

  1. Aylanib o‘tishda
  2. Chapga burilish yoki qayrib olish uchun qayta tizilishda
  3. Barcha sanab o‘tilgan hollarda

To'g'ri javob: Barcha sanab o‘tilgan hollarda

YHQning 10-bob. 68-bandiga asosan: 68. Tezligini soatiga 40 kilometrdan oshirishi mumkin bo‘lmagan yoki texnik sabablarga ko‘ra tezligini bundan oshira olmaydigan transport vositalari aylanib o‘tish, quvib o‘tish, chapga burilish yoki qayrilib olish uchun qayta tizilishdan yoki ruxsat etilgan hollarda yo‘lning chap tomonida to‘xtashdan boshqa hollarda faqat chetki o‘ng qatorida harakatlanishlari kerak.

19. Qaysi javobda "avariya holatini yuzaga keltirish" atamasi ta’rifi to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

  1. Yo‘l-transport hodisalarining kelib chiqish sabablarining oldini olishga, ularning og‘ir oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan faoliyat
  2. Yo‘l harakatining boshqa qatnashchilarini harakat yo‘nalishi yoki tezligini keskin o‘zgartirishga, shuningdek, o‘z xavfsizligini yoxud boshqa fuqarolar xavfsizligini ta’minlash uchun o‘zga choralarni ko‘rishga majbur qilish

To'g'ri javob: Yo‘l harakatining boshqa qatnashchilarini harakat yo‘nalishi yoki tezligini keskin o‘zgartirishga, shuningdek, o‘z xavfsizligini yoxud boshqa fuqarolar xavfsizligini ta’minlash uchun o‘zga choralarni ko‘rishga majbur qilish

1-bob. 6-band 2-xatboshiga asosan: avariya holatini yuzaga keltirish — yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilarini harakat yo‘nalishi yoki tezligini keskin o‘zgartirishga, shuningdek, o‘z xavfsizligini yoxud boshqa fuqarolar xavfsizligini ta’minlash uchun o‘zga choralarni ko‘rishga majbur qilish.

20. Bir yo‘nalishda harakatlanayotgan (burilishga kirishmagan) relssiz transport vositasidan o‘zib ketishga ruxsat beriladi:

  1. Faqat chap tomondan
  2. Faqat o‘ng tomondan
  3. Har ikki tomondan

To'g'ri javob: Har ikki tomondan

YHQning 12-bob. 83-bandga asosan: 83. Bir yo‘nalishda harakatlanayotgan relssiz transport vositalarini har ikki tomonidan o‘zib ketishga ruxsat beriladi. Biroq chapga burilish ishorasini berib, burilishga kirishgan transport vositasini o‘zib ketish o‘ng tomondan amalga oshiriladi.