1. Ko‘k rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalari va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan maxsus transport vositasi chorrahani nechanchi bo‘lib kesib o‘tadi?
Oxirgi
Birinchi
Ikkinchi
To'g'ri javob: Birinchi
YHQ 6-bobi 26-bandiga asosan: Haydovchilar tezkor va maxsus xizmatlarning ko'k yoki qizil yoxud ko'k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan holda yaqinlashayotgan transport vositalariga
Shuningdek, ularning kuzatuvidagi, yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilgan transport vositasi (transport vositalari)ga yo‘l berishlari shart. Mazkur turdagi transport vositalarini quvib o‘tish taqiqlanadi.
2. Qaysi rasmda haydovchilar to‘xtash qoidasini buzdilar?
1
2
3
1, 2
1, 3
To'g'ri javob: 1, 3
YHQ 13-bobi 91-bandiga asosan: To‘xtagan transport vositasi bilan sidirg‘a chiziq (qatnov qismining chetini belgilovchi chiziqdan tashqari) Ajratuvchi mintaqa yoki qatnov qismining qarama-qarshi cheti orasidagi masofa 3 metrdan kam bo‘lgan joylarda.
3. Ushbu transport vositasiga chorraha orqali qaysi yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlanishga ruxsat etiladi?
Faqat to‘g‘riga va o‘ngga
Faqat chapga va qayrilib olishga
Faqat o‘ngga
Faqat to‘g‘riga
Barcha yo‘nalishlarga
To'g'ri javob: Barcha yo‘nalishlarga
YHQ 1 ilova: 4.1.1. “Harakatlanish to‘g‘riga”. Yo‘lning qismi boshlanishida o‘rnatilgan 4.1.1 belgisining ta’siri yaqin chorrahagacha joriy qilinadi. Belgi o‘ng tomonda joylashgan hovlilarga va yo‘lga yondosh boshqa hududlarga burilishni taqiqlamaydi.
4. Qaysi avtomobil haydovchisiga burilishga ruxsat etilgan?
Har ikkisiga ruxsat etilgan
Oq avtomobil haydovchisiga
Har ikkisiga taqiqlangan
Qizil avtomobil haydovchisiga
To'g'ri javob: Har ikkisiga taqiqlangan
YHQ 1 ilova: 4.1.1. “Harakatlanish to‘g‘riga”. Faqat belgilarda ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar yo‘nalishlarida harakatlanishga ruxsat etiladi. Chapga burilishga ruxsat beruvchi belgilar qayrilib olishga ham ruxsat beradi. (Muayyan kesishmada talab etilgan harakatlanish yo‘nalishiga tegishli ko‘rsatkichlarning shakli tushirilgan 4.1.1 — 4.1.6 belgilarini qo‘llash mumkin). 4.1.1 — 4.1.6 belgilarining ta’siri yo‘nalishli transport vositalariga joriy qilinmaydi. 4.1.1 — 4.1.6 yo‘l belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasidan oldin o‘rnatilsa, belgining ta’siri shu kesishmaga joriy qilinadi. Yo‘lning qismi boshlanishida o‘rnatilgan 4.1.1 belgisining ta’siri yaqin chorrahagacha joriy qilinadi. Belgi o‘ng tomonda joylashgan hovlilarga va yo‘lga yondosh boshqa hududlarga burilishni taqiqlamaydi.
5. Ushbu belgi qanday nomlanadi?
To‘xtab turish joyi
Pullik to‘xtab turish joyi
Yer usti avtomobil qo‘yish joyi
Yer osti avtomobil qo‘yish joyi
To'g'ri javob: Pullik to‘xtab turish joyi
YHQ 1 ilova: 5.15.1. “Pullik to‘xtab turish joyi”.
6. Qaysi rsmda quvib o‘tish ko‘rsatilgan?
Faqat birinchi va ikkinchi rasmlarda
Faqat birinchi va uchinchi rasmlarda
Faqat birinchi, ikkinchi va to‘rtinchi rasmlarda
Faqat birinchi rasmda
Barcha rasmlarda
To'g'ri javob: Faqat birinchi va ikkinchi rasmlarda
YHQ 1-ilova 1-bob. Umumiy qoidalar:
Quvib o‘tish – bir yoki bir nechta transport vositalarini qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan tasmaga chiqib, so‘ngra ilgari egallagan qatoriga qaytib o‘tish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zib ketish jarayoni.
7. Qaysi rasmda piyodalarning tashkiliy jamlannmasi yo‘lning qatnov qismida qoidani buzmay harakatlanmoqda?
1
2
1, 2
To'g'ri javob: 1
YHQ 4-bobi 16-bandiga asosan: Piyodalarning tashkiliy jamlanmasiga yo‘lning qatnov qismida bir qatorda to‘rt kishidan ortiq bo‘lmasdan, faqat transport vositalarining harakat yo‘nalishi bo‘ylab o‘ng tomondan harakatlanishga ruxsat etiladi. Jamlanmaning oldi va orqasida chap tomondan qizil bayroqcha, sutkaning qorong‘i vaqtida yoki yetarlicha ko‘rinmaslik sharoitida esa oldinda oq, orqada qizil rangli chiroq ko‘targan kuzatuvchilar bo‘lishi shart. Bolalar guruhini trotuarlar va piyodalar yo‘lkalaridangina, ular bo‘lmaganda esa yo‘l yoqasidan faqat sutkaning yorug‘ vaqtida va katta yoshdagilar kuzatuvida olib yurishga ruxsat etiladi.
8. Asosiy yo‘l:
Faqat yuqori chapdagi rasmda
Faqat yuqori o‘ngdagi rasmda
Yuqoridagi ikkala rasmda
Barcha rasmlarda
To'g'ri javob: Yuqoridagi ikkala rasmda
YHQ 1-ilova 1-bob. Umumiy qoidalar: asosiy yo‘l — tuproqli yoki shag‘alli yo‘lga nisbatan qattiq qoplamali (asfalt, sement-betonli va shunga o‘xshashlar yotqizilgan), kesishayotgan yoki tutashgan yo‘lga nisbatan 2.1, 2.3.1 — 2.3.3 yoki 5.1 yo‘l belgilari bilan belgilangan yoxud yondosh hududdan chiqadigan yo‘lga nisbatan har qanday yo‘l. Ikkinchi darajali yo‘lning bevosita chorrahaga tutash qismning qoplamali bo‘lishi uni asosiy yo‘l bilan teng huquqli qilmaydi.
9. Ushbu qo‘shimcha axborot belgisi qaysi yo‘l belgisi bilan qo‘llanailadi?
1
2
3
4
To'g'ri javob: 4
YHQ 1 ilova: 5.15.4 “Elektr quvvatlashli avtomobil qo‘yish joyi”.
10. Ushbu transport vositasi qaysi toifaga kiradi?
M1
M2
N1
O1
To'g'ri javob: M1
7.22. M1 toifasi – yo‘lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan va haydovchining o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlar soni 8 tadan oshmaydigan avtotransport vositalari.
11. Odamlarni quyidagi hollarda tashishga ruxsat etiladi:
Tirkama-uychada
Yuk tashiladigan tirkamalarda
Taraktorlarda
Bolalarni yuk avtomobilining yukxonasida
Barcha hollarda tashish taqiqlanadi
To'g'ri javob: Barcha hollarda tashish taqiqlanadi
"YHQning 26-bob. 159-band 2 va 4-xatboshiga asosan: 159. Odamlarni tashish quyidagi hollarda taqiqlanadi:
bolalarni yuk avtomobillarining yukxonasida;
Traktorlar va boshqa o‘ziyurar uskunalar, yuk tashiladigan tirkamalar, tirkama-uycha, yuk mototsikllari, elektromototsikllar, mopedlar va skuterlar yukxonasida."
12. Imtiyoz belgilari qaysi joylarda harakatlanish navbatini belgilaydi?
Faqat chorrahalarda
Faqat yo‘lning tor qismlarida
Har ikkala javob ham to‘g‘ri
To'g'ri javob: Har ikkala javob ham to‘g‘ri
YHQga 1-ILOVA 2. Imtiyoz belgilarining 1-xatboshiga asosan: Imtiyoz belgilari — chorrahalarda, qatnov qismlari kesishgan joylarda, yo‘lning tor qismlarida harakatlanish navbatini belgilaydi.
13. Agar yo‘l belgilari va chiziqlari boshqa yo‘nalishni ko‘rsatmagan bo‘lsa, haydovchilar ajratuvchi bo‘lagi bo‘lmagan ikki tomonlama harakat tashkil etilgan yo‘llardagi xavfsizlik orolchalari, ustunchalar va yo‘l inshooti qismlari (ko‘prik, yo‘l o‘tkazgich ustunlari va shunga o‘xshashlar)ni qaysi tomondan aylanib o‘tishlari kerak?
Faqat o‘ng tomondan aylanib o‘tishlari kerak
Faqat chap tomondan aylanib o‘tishlari kerak
Har ikkala tomondan aylanib o‘tishlari kerak
To'g'ri javob: Faqat o‘ng tomondan aylanib o‘tishlari kerak
YHQning 10-bob. 76-bandga asosan: 76. Agar yo‘l belgilari va chiziqlari boshqa yo‘nalishni ko‘rsatmagan bo‘lsa, haydovchilar ajratuvchi bo‘lagi bo‘lmagan ikki tomonlama harakat tashkil etilgan yo‘llardagi xavfsizlik orolchalari, ustunchalar va yo‘l inshooti qismlari (ko‘prik, yo‘l o‘tkazgich ustunlari va shunga o‘xshashlar)ni o‘ng tomondan aylanib o‘tishlari kerak.
14. Transport vositalarini boshqarishni dastlabki o‘rgatish (boshlang‘ich mashg‘ulot) qayerda amalga oshiriladi?
Avtomagistralda
Aholi punktlarida
Yopiq maydonchalarda yoki avtodromlarda
Turar joy dahalarida
To'g'ri javob: Yopiq maydonchalarda yoki avtodromlarda
YHQning 25-bob. 146-bandga asosan: 146. Transport vositalarini boshqarishni dastlabki o‘rgatishga yopiq maydonchalarda yoki avtodromlarda o‘tkazilishi kerak.
15. Qaysi yo‘l belgisi qayrilib olishga ruxsat beradi?
16. Quyidagi 3.24. “Yuqori tezlik cheklangan” yo‘l belgisining ta’siri qaysi belgilar bekor qiladi?
Faqat birinchi
Faqat ikkinchi
Faqat uchinchi
Faqat to‘rtinchi
Barcha javoblar to‘g‘ri
To'g'ri javob: Barcha javoblar to‘g‘ri
"YHQga 1-ILOVA 3.24 va 3.31 band va 3.Taqiqlovchi belgilarning 46, 48, 51 va 52-xatboshiga asosan: 3.24. «Yuqori tezlik cheklangan». Belgida ko‘rsatilganidan ortiq tezlikda (km/s) harakatlanish taqiqlanishini bildiradi.
3.31. «Barcha cheklovlarning oxiri». 3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26 — 3.30 belgilaridan bir nechtasiga bir vaqtda amal qiladigan hududlarning oxiri.
3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26 — 3.30 belgilarining ta’siri belgi o‘rnatilgan joydan keyingi eng yaqin chorrahagacha, ular bo‘lmaganda — aholi punktining oxirigacha ta’siri qiladi.
Aholi punktlariga yetmasdan o‘rnatilgan 3.24 belgisining ta’siri 5.22 belgisigacha kuchini saqlaydi.
Belgilarning ta’sir doirasi aniqlashtirilishi mumkin: 3.20, 3.22, 3.24 belgilari 3.21, 3.23, 3.25 belgilari va 7.2.1 qo‘shimcha axborot belgisi orqali;
3.24 belgisining ta’sir oralig‘i undan keyin boshqa eng yuqori harakatlanish tezligi ko‘rsatilgan 3.24 belgisini o‘rnatish bilan."
17. Quyidagi yo‘l belgilaridan qaysilari qo‘shimcha axborot belgilari hisoblanadi?
1 va 2 belgilar
2 va 3 belgilar
Barcha belgilar
To'g'ri javob: 2 va 3 belgilar
"YHQga 1-ILOVA 7.2.1 va 7.5.4 bandlariga asosan: 7.2.1. «Ta’sir oralig‘i». Ogohlantiruvchi belgilar bilan belgilangan xavfli joyning uzunligini yoki taqiqlovchi va axborot-ko‘rsatkich belgilarining ta’sir oralig‘ini ko‘rsatadi.
7.5.4. «Amal qilish vaqti». Belgiga kunning qaysi vaqtida amal qilishni ko‘rsatadi."
18. Bu xavflilik belgisi qanday nomlanadi?
Oksidlovchi moddalar
Organik peroksidlar
Tez alangalanadigan gazlar va suyuqliklar
To'g'ri javob: Organik peroksidlar
YHQga 4-ILOVA 5.2 bandiga asosan: 5.2 Organik peroksidlar.
19. Qaysi avtomobil haydovchisi svetaforning taqiqlovchi ishorasida to‘g‘ri to‘xtadi?
1-rasmda
2-rasmda
Har ikkala rasmda
To'g'ri javob: 2-rasmda
YHQning 7-bob. 41-band 1-xatboshiga asosan: 41. Svetofor (reversivdan tashqari)ning yoki tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasida haydovchilar transport vositalarini to‘xtash chizig‘i (5.33 yo‘l belgisi) oldida (bunda transport vositasining eng oldingi nuqtasi to‘xtash chizig‘i ustiga chiqib ketmasligi kerak), to‘xtashi kerak.
20. Qaysi avtomobilga qayrilib olishga ruxsat beriladi?
Har ikkisiga
Sariq avtomobilga
Ko‘k avtomobilga
Har ikki avtomobilga taqiqlanadi
To'g'ri javob: Har ikki avtomobilga taqiqlanadi
"YHQga 2-ILOVA 1.11 bandi va 49-xatboshi hamda 9-bob. 56-band 1-xatboshiga asosan: 1.11 — faqat bir tomondan qayta tizilishga ruxsat etilgan yo‘l qismlarida, bir yo‘nalishdagi yoki qarama-qarshi kelayotgan transport oqimlarini ajratadi; qayrilib olish, to‘xtash maydonchalari va shunga o‘xshashlarga kirish-chiqish joylarida harakatlanish faqat bir yo‘nalishda ruxsat etilganligini ko‘rsatadi;
1.11 chizig‘ini uzuq-uzuq chiziq tomonidan, sidirg‘a chiziq tomonidan esa faqat quvib yoki aylanib o‘tishni tugatayotganda bosib o‘tishga ruxsat etiladi.
56. Aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi o‘ngga, chapga burilishi yoki qayrilib olishdan oldinroq shu yo‘nalishda harakatlanishi uchun mo‘ljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart."