52-bilet savollari va javoblari

1. Mazkur yo‘l belgisi:

Mazkur yo‘l belgisi:
  1. Doimiy belgi hisoblanadi
  2. Vaqtinchalik belgi hisoblanadi
  3. Mavsumiy belgi hisoblanadi

To'g'ri javob: Vaqtinchalik belgi hisoblanadi

2. Ushbu yo‘l belgisi qanday nomlanadi?

Ushbu yo‘l belgisi qanday nomlanadi?
  1. Bir izli temir yo‘l kesishmasi
  2. Temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashuv
  3. Shlagbaumli temir yo‘l kesishmasi

To'g'ri javob: Temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashuv

3. Ushbu belgilardan qaysilari vaqtinchalik yo‘l belgilari hisoblanadi?

Ushbu belgilardan qaysilari vaqtinchalik yo‘l belgilari hisoblanadi?
  1. 1 va 4
  2. 2 va 3
  3. 3 va 4

To'g'ri javob: 2 va 3

YHQ 1-ilovasi 3-bo‘limining yigirma sakkizinchi xatboshisiga asosan: 3.24. «Yuqori tezlik cheklangan». Belgida ko‘rsatilganidan ortiq tezlikda (km/s) harakatlanish taqiqlanishini bildiradi. YHQ 11-bobi 79-bandiga uchinchi xatboshisiga asosan, aholi punktlaridan tashqarida: boshqa avtobuslar, tirkamali yengil avtomobillar, mototsikllar, elektromototsikllar ruxsat etilgan to‘la vazni 3,5 tonnadan ortig bo‘lgan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 80 kilometrdan oshirmasdan; YHQ 11-bobi 80-bandiga uchinchi xatboshisiga asosan, har qanday yo‘llarda: mexanik transport vositalarini shatakka olgan transport vositalariga tezlikni soatiga 50 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishi taqiqlanadi.

4. Qanday hollarda quvib o‘tish taqiqlanadi?

  1. Tartibga solingan chorrahalarda
  2. Tepalikning oxirida va yo‘lning ko‘rinishi cheklangan joylarida
  3. Tartibga solinmagan chorrahalarda asosiy hisoblanmaydigan yo‘llarda harakatlanishda
  4. Sanab o‘tilgan barcha hollarda

To'g'ri javob: Sanab o‘tilgan barcha hollarda

YHQ 12-bobi 86-bandiga asosan, quvib o'tish quyidagi hollarda taqiqlanadi - tartibga solingan chorrahalarda, tartibga solinmaydigan chorrahalarda asosiy hisoblanmaydigan yo'llarda harakatlanishda, ko'priklarda, yo'l o'tkazgichlarda, estakadalarda va ularning ostida, piyodalar o'tish joylarida, temir yo'l kesishmalarida va ulargacha 100 metrdan kam masofa qolganda, quvib yoki aylanib o'tayotgan transport vositalarini, tepalikning oxirida va yo'lning ko'rinishi cheklangan joylarida, 3.20 va 3.22 yo'l belgilari ta'sir oralig'ida.

5. Quyidagi shaxslarga xavfsizlik kamarini (konstruksiyasida xavfsizlik kamari nazarda tutilgan transport vositalarida) taqmaslikka ruxsat beriladi:

  1. Avtomobilning orqa o‘rindig‘idagi 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga
  2. Homilador ayollarga
  3. Orqaga harakatni amalga oshirayotgan haydovchilarga
  4. F1 va F2 javoblar to‘g‘ri
  5. Sanab o‘tilgan barcha hollarda

To'g'ri javob: F1 va F2 javoblar to‘g‘ri

YHQ 2-bobi 9-bandi: Quyidagi shaxslarga xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladi: - avtomobilning orqa o‘rindig‘idagi 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar (ushbu Qoidalarning 159-bandiga muvofiq); - homilador ayollar; - salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan bemorlar (Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan kasalliklar ro‘yxatiga muvofiq va ushbu kasalliklar bilan kasallanganligi bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma mavjud bo‘lganda).

6. Bu belgilardan qaysi biri maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari oldida o‘rnatiladi?

Bu belgilardan qaysi biri maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari oldida o‘rnatiladi?
  1. A
  2. B
  3. C

To'g'ri javob: B

YHQ 1-ilova: 5.46 “Maktab”. Maktab yoki maktabgacha ta’lim tashkilotlari oldida o‘rnatiladi.

7. Velosipedlarda yuk tashilganda gabaritidan bo‘yiga va eniga qanchadan ortiq chiqib tursa, yuk tashish taqiqlanadi?

  1. 0,3 m
  2. 0,4 m
  3. 0,5 m
  4. 1 m

To'g'ri javob: 0,5 m

YHQ 28-bobi 168-bandi: Velosipedchilar va individual harakatlanish vositalarini boshqarayotgan shaxslarga quyidagilar taqiqlanadi: Rulni ushlamasdan yoki bir qo‘lda ushlab harakatlanish (manyovrdan oldin ishoralar berish bundan mustasno); Odam tashish (ishonchli oyoq qo‘ygich bilan jihozlangan velosipeddagi qo‘shimcha o‘rindiqda 7 yoshgacha bo‘lgan bolani tashish bundan mustasno); Gabaritidan bo‘yiga va eniga 0,5 metrdan ortiq chiqib turgan yoki boshqarishga xalal beradigan yuklarni tashish.

8. Qaysi yo‘nalish bo‘yicha harakatlanishga ruxsat beriladi?

Qaysi yo‘nalish bo‘yicha harakatlanishga ruxsat beriladi?
  1. “A” “B” “C”
  2. “A” “B” “D”
  3. “D”

To'g'ri javob: “D”

YHQ 7-bobi 32-bandi: Yo‘naltirgich ko‘rinishidagi qizil, sariq va yashil rangli svetofor ishoralari ham doirasimon shakldagi svetofor ishoralari bilan bir xil ma’noga ega bo‘ladi. Ular faqat ko‘rsatilgan yo‘nalishga ta’sir etadi. Agar tegishli yo‘l belgisi bilan qayrilib olish taqiqlanmagan bo‘lsa, chapga burilishga ruxsat beruvchi yo‘naltirgich qayrilib olishga ham ruxsat beradi. Qo‘shimcha tarmoqdagi yashil yo‘naltirgich ham xuddi shu ma’noni bildiradi. Svetoforning qo‘shimcha tarmoqdagi ishora o‘chirilgan bo‘lsa, shu tarmoq tartibga solayotgan yo‘nalishda harakatlanish taqiqlanganligini bildiradi. YHQ 1 ilova: 3.18.2. “Chapga burilish taqiqlanadi”.

9. Siz chorrahadan chapga burilmoqchisiz. Sizning harakatlaringiz?

Siz chorrahadan chapga burilmoqchisiz. Sizning harakatlaringiz?
  1. Tramvayga yo'l berasiz.
  2. Maxsus svetoforning ruxsat beruvchi ishorasini kutasiz, tramvayni o'tkazib yuborib, chapga burilasiz.
  3. Chorrahadan birinchi bo'lib o'tasiz.

To'g'ri javob: Chorrahadan birinchi bo'lib o'tasiz.

YHQ 7-bobi 31-bandiga muvofiq, svetoforning doirali yashil ishorasi harakatlanishga ruxsat beradi. YHQ 7-bobi 36-bandiga muvofiq, tramvaylarning harakatlanishini tartibga solish uchun "T" — harfi ko'rinishida joylashgan to'rtta doirasimon oq rang ishorali svetoforlar qo'llanilishi mumkin. Yuqoridagi bir yoki bir nechta va pastki ishora bir vaqtning o'zida yonganda, harakatlanishga ruxsat etiladi. Ulardan chapdagisi chapga, o'ngdagisi o'ng tomonga burilishga, o'rtadagisi to'g'riga yurishga ruxsat beradi. Agar yuqoridagi uchta ishora bir vaqtda yonsa, harakatlanish taqiqlanadi.

10. Mayoqchasi yoqilgan transport vositasiga harakatni to‘g‘riga davom ettirishga ruxsat beriladimi?

Mayoqchasi yoqilgan transport vositasiga harakatni to‘g‘riga davom ettirishga ruxsat beriladimi?
  1. Ruxsat beriladi
  2. Taqiqlanadi

To'g'ri javob: Taqiqlanadi

25. Tezkor va maxsus xizmatlarning ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar yoqilgan transport vositalarining haydovchilari kechiktirib bo‘lmaydigan xizmat vazifalarini bajarayotib, harakatlanish xavfsizligini ta’minlash sharti bilan ushbu Qoidalarning 7-bobi (tartibga soluvchining ishoralaridan tashqari), 9 — 16, 19-20 va 22 boblari, 1 va 2-ilovalari talablaridan chetga chiqishlari mumkin.

11. Ushbu holatda tramvayning old qismidan yo‘lni kesib o‘tishga ruxsat beriladimi?

Ushbu holatda tramvayning old qismidan yo‘lni kesib o‘tishga ruxsat beriladimi?
  1. Ruxsat beriladi
  2. Taqiqlanadi
  3. Istalgan tomonidan ruxsat beriladi

To'g'ri javob: Ruxsat beriladi

YHQ 4-bobi 19-bandi: Piyodalar to‘xtab turgan avtobus va trolleybusning orqa tomonidan, tramvayning esa oldi tomonidan yo‘lni kesib o‘tishlari shart.

12. Ushbu belgi o‘rnatiladi:

Ushbu belgi o‘rnatiladi:
  1. Bozorlar oldidan
  2. Maktab va bolalarning dam olish maskanidan
  3. Vokzal oldidan

To'g'ri javob: Maktab va bolalarning dam olish maskanidan

YHQ 1 ilova: 1.21. “Bolalar”. Bolalar muassasasi (maktablar, bolalarning dam olish maskanlari va shunga o‘xshashlar)ga yaqin yo‘lning qatnov qismidan bolalarning chiqib qolish ehtimolini bildiradi

13. Bir vaqtda qayrilib olishda kim yo'l berishi kerak?

Bir vaqtda qayrilib olishda kim yo'l berishi kerak?
  1. Avtobus haydovchisi.
  2. Yengil avtomobil haydovchisi.
  3. Ushbu holatda haydovchilar o'zaro kelishib harakat qilishlari kerak.

To'g'ri javob: Avtobus haydovchisi.

YHQ 9-bobi 60 - bandiga muvofiq, transport vositalarining harakat yo'nalishlari kesishadigan va o'tish navbati qoidalarda nazarda tutilmagan hollarda haydovchi o'ng tomondan yaqinlashib kelayotgan transport vositasiga yo'l berishi kerak.

14. Qaysi transport vositasi haydovchisi qoida buzib harakatlanmoqda?

Qaysi transport vositasi haydovchisi qoida buzib harakatlanmoqda?
  1. Ruxsat etilgan to‘la vazni 3 tonna bo‘lgan yuk avtomobili va moped haydovchisi
  2. Faqat moped haydovchisi
  3. Hech kim qoida buzmayabdi

To'g'ri javob: Ruxsat etilgan to‘la vazni 3 tonna bo‘lgan yuk avtomobili va moped haydovchisi

YHQ 19-bobi 121-bandi: Avtomagistrallarda quyidagilar taqiqlanadi: piyodalar, uy hayvonlari, ot-aravalar, velosipedlar, individual harakatlanish vositalari, skuterlar, mopedlar, traktorlar va o‘ziyurar uskunalar; texnik tavsifnomasiga yoki holatiga ko‘ra tezligi soatiga 40 km/soatdan kam bo‘lgan transport vositalarining harakatlanishi; yuk avtomobillarining yo‘lning chetki chap qatorida harakatlanishi.

15. To'xtab turish joyida boshqa avtomobil bilan harakatni bir vaqtda boshlayotganda, Siz qanday harakat qilishingiz kerak?

To'xtab turish joyida boshqa avtomobil bilan harakatni bir vaqtda boshlayotganda, Siz qanday harakat qilishingiz kerak?
  1. Yo'l berishingiz kerak
  2. Birinchi bo'lib o'tishingiz kerak
  3. Ushbu avtomobil haydovchisi bilan o'zaro kelishib, harakat qilishingiz kerak

To'g'ri javob: Yo'l berishingiz kerak

YHQ 9-bobi 60 - bandiga muvofiq, transport vositalarining harakat yo'nalishlari kesishadigan va o'tish navbati qoidalarda nazarda tutilmagan hollarda haydovchi o'ng tomondan yaqinlashib kelayotgan transport vositasiga yo'l berishi kerak.

16. Qaysi yotiq yo‘l chizig‘i maktablar oldidagi piyodalar o‘tish joylarida qo‘llaniladi?

Qaysi yotiq yo‘l chizig‘i maktablar oldidagi piyodalar o‘tish joylarida qo‘llaniladi?
  1. 1-chiziq
  2. 2-chiziq
  3. 3-chiziq

To'g'ri javob: 3-chiziq

YHQ 2 ilova: 1.14.4 — oq-qizil rangli yo‘l chizig‘i maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari oldida piyodalarning o‘tish joyini belgilaydi.

17. Qaysi belgi “Avtomobillar uchun yo‘l” deb ataladi?

Qaysi belgi “Avtomobillar uchun yo‘l” deb ataladi?
  1. 1
  2. 2
  3. 3
  4. 4

To'g'ri javob: 2

YHQ 1-ilova: 5.3. “Avtomobillar uchun mo‘ljallangan yo‘l”. Faqat avtomobillar, avtobus hamda mototsikllar, elektromototsikllar, mopedlar va skuterlarning harakatlanishi uchun mo‘ljallangan yo‘lni bildiradi.

18. Mototsikl haydovchisi qoidani buzayaptimi?

Mototsikl haydovchisi qoidani buzayaptimi?
  1. Ha
  2. Yo‘q

To'g'ri javob: Yo‘q

YHQ 12-bobi 86-bandi: Quvib o‘tish quyidagi hollarda taqiqlanadi: tepalikning oxirida va yo‘lning ko‘rinishi cheklangan joylarda; Qoidani buzmadi, sababi Mototsilkchi tepalikning oxirida emas.

19. Belgilardan qaysi biri qatnov qismi kesishmasi hududini bildiradi?

Belgilardan qaysi biri qatnov qismi kesishmasi hududini bildiradi?
  1. A
  2. B
  3. C

To'g'ri javob: A

YHQ 1-ilova: 1.33. “Qatnov qismi kesishmasi hududi”. 1.30 yotiq chizig‘i bilan belgilangan chorrahaga yaqinlashayotganligini anglatib, oldinda tirbandlik yuzaga kelganligi tufayli majburiy to‘xtab, ko‘ndalang yo‘nalishdagi transport vositalarining harakatlanishiga to‘sqinlik tug‘diradigan bo‘lsa, chorrahaga kirish taqiqlanadi. Agar to‘xtash chizig‘i yoki 5.33 yo‘l belgisidan o‘tib bo‘lgan haydovchiga esa qatnov qismlari kesishmasiga kirish taqiqlanishini bildiradi.

20. Yengil avtomobilni tirkama bilan boshqarayotib, sizga ushbu yo'l belgisi o'rnatilgan vaziyatda to'g'riga harakatlanishga ruxsat etilganmi?

Yengil avtomobilni tirkama bilan boshqarayotib, sizga ushbu yo'l belgisi o'rnatilgan vaziyatda to'g'riga harakatlanishg…
  1. Ruxsat etilgan.
  2. Agar ushbu yo'l belgisi o'rnatilgan hududda yashasangiz, ruxsat etilgan.
  3. Taqiqlangan.

To'g'ri javob: Ruxsat etilgan.

HQ 1-ilovasining 3-bo'limi 3.7 "Tirkama bilan harakatlanish taqiqlanadi" belgisiga muvofiq, yuk tashuvchi transport vositalari, traktorlarning barcha turdagi Tirkamalar bilan harakatlanishi, shuningdek mexanik transport vositalarini har qanday usulda shatakka olish taqiqlanishini bildiradi. Tirkamali engil avtomobillarga ushbu belgining ta'siri yo'q.