51-bilet savollari va javoblari

1. Yengil avtomobilning tom qismiga o‘rnatilgan yukxonasidagi yukning balandligi (maxsus moslamalar bilan mustahkamlangan holda velosipedlarni tashish bundan mustasno) necha metrdan oshmasligi kerak?

  1. 0,5 metr
  2. 1,0 metr
  3. 1,2 metr
  4. 1,5 metr

To'g'ri javob: 1,0 metr

YHQ 27 – bobi 162 – bandi, sakkizinchi xatboshiga asosan: Quyidagi shartlarga amal qilinganda yuk tashishga yo‘l qo‘yiladi: yengil avtomobilning tom qismiga o‘rnatilgan yukxonasidagi yukning balandligi 1 metrdan (maxsus moslamalar bilan mustahkamlangan holda velosipedlar va individual harakatlanish vositalarini tashish bundan mustasno) va uzunligi avtomobilning gabaritidan 0,5 metrdan oshmasa.

2. Quyidagi javoblardan qaysi birida “Yo‘lovchi” atamasining to‘g‘ri ta'rifi ko‘rsatilgan?

  1. Transport vositasidagi barcha shaxslar
  2. Transport vositasidagi (haydovchidan tashqari) shaxs, shuningdek transport vositasiga kirayotgan (unga chiqib o‘tirayotgan) yoki transport vositasidan chiqayotgan (undan tushayotgan) shaxs
  3. Har ikkala ta’rif to‘g‘ri

To'g'ri javob: Transport vositasidagi (haydovchidan tashqari) shaxs, shuningdek transport vositasiga kirayotgan (unga chiqib o‘tirayotgan) yoki transport vositasidan chiqayotgan (undan tushayotgan) shaxs

YHQ umumiy qoidalar: Yo‘lovchi – transport vositasidagi (haydovchidan tashqari) shaxs, shuningdek transport vositasiga kirayotgan (unga chiqib o‘tirayotgan) yoki transport vositasidan chiqayotgan (undan tushayotgan) shaxs.

3. Bir yo‘nalishda uch va undan ortiq tasmali har qanday yo‘lda yuk avtomobillariga chetki chap qatorni egallashga ruxsat etiladi:

  1. Quvib o‘tish, chapga burilish va qayrilib olishda
  2. Quvib o‘tish va aylanib o‘tishda
  3. Chapga burilish va qayrilib olishda
  4. Barcha hollarda

To'g'ri javob: Chapga burilish va qayrilib olishda

YHQ 10-bobi 67-bandining uchinchi xatboshisiga asosan: Bir yo‘nalishdagi uch va undan ortik, tasmali har qanday yo‘lda chetki chap qatorni harakat serqatnovligi sababli boshqa bo‘laklar band bo‘lgan hollarda, shuningdek, quvib o‘tish, chapga burilish yoki qayrilib olishga, yuk avtomobillariga faqat chapga burilish yoki qayrilib olish uchun chetki chap qatorni egallashga ruxsat etiladi.

4. Odam tashish uchun mo‘ljallangan yuk avtomobili yukxonasiga o‘rnatilgan o‘rindiqlar, yukxona pastki qismidan qancha balandlikda mahkamlangan bo‘lishi kerak?

  1. 0,3-0,5 metr
  2. 0,6-0,7 metr
  3. 0,8-0,9 metr

To'g'ri javob: 0,3-0,5 metr

YHQ 26 – bobi 153 – bandiga asosan: Odam tashish uchun mo‘ljallangan yuk avtomobili yukxonasining borti 1,3 metrdan kam bo‘lmasligi shart. Bunda yukxonaning pastki qismidan 0,3 — 0,5 metr balandlikda mahkamlangan o‘rindiqlar jihozlangan bo‘lishi kerak.

5. Oq-qizil rangli (1.14.4. zebra) yo‘l chizig‘i qanday joylarda piyodalar o‘tish joyini belgilash uchun chiziladi?

Oq-qizil rangli (1.14.4. zebra) yo‘l chizig‘i qanday joylarda piyodalar o‘tish joyini belgilash uchun chiziladi?
  1. Piyodalar gavjum bo‘lgan joylarda
  2. Savdo, madaniy – maishiy xizmat ko‘rsatish binolari oldida
  3. Maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari oldida
  4. Barcha javoblari to‘g‘ri

To'g'ri javob: Maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari oldida

YHQ 2 – ilovasi 1 – bo‘limiga asosan: 1.14.4 – oq-qizil rangli yo‘l chizig‘i maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari oldida piyodalarning o‘tish joyini belgilaydi;

6. Bu yotiq chiziq bildiradi:

Bu yotiq chiziq bildiradi:
  1. Ko‘rsatilgan yo‘nalishlarda harakatlanishni taqiqlaydi
  2. Chorrahada tasmalar bo‘yicha ruxsat etilgan harakat yo‘nalishlarini ko‘rsatadi
  3. Harakat barcha yo‘nalishlarda ruxsat etilgan yo‘llarning kesishmasiga yaqinlashganlikni

To'g'ri javob: Chorrahada tasmalar bo‘yicha ruxsat etilgan harakat yo‘nalishlarini ko‘rsatadi

YHQ 2-ilovasining 1-bo‘limidagi 1.18 chizig‘i, chorrahada tasmalar bo‘laklar bo‘yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo‘nalishlarini ko‘rsatadi. Mustaqil yoki 5.8.1, 5.8.2 “Bo‘laklar bo‘yicha harakatlanishning yo‘nalishi” belgilari bilan birgalikda qo‘llanilishi mumkin; oxiri berk yo‘l tasvirlangan chiziq shu yo‘nalishdagi yon tomonda joylashgan qatnov qismiga burilish taqiqlanganligini ko‘rsatish uchun chiziladi; chetki chap tasmadan chapga burilishga ruxsat beruvchi yo‘naltirgich shu tasmadan qayrilishga ham ruxsat beradi.

7. Kesishayotgan qatnov qismi chetiga qanchadan kam masofa qolganda to‘xtash taqiqlanadi?

  1. 40 metr
  2. 45 metr
  3. 30 metr

To'g'ri javob: 30 metr

YHQ 13-bobi 91-bandi: To‘xtash taqiqlanadi: Qatnov qismi kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi chetiga 30 metrdan kam masofada (uch tomonlama kesishadigan chorraxalarda yondan tutashgan yo‘lning sidirg‘a chiziq, yoki ajratuvchi mintaqa bilan ajratilgan qarama-qarshi tomoni bundan mustasno).

8. Transport vositalarining qayrilib olish joylarida va unga yetmasdan yoki o‘tib qanchadan kam masofada to‘xtashi taqiqlanadi?

  1. 40 metr
  2. 35 metr
  3. 30 metr
  4. 50 metr

To'g'ri javob: 30 metr

YHQ 13 – bobi 91 – bandi: To‘xtash taqiqlanadi: Transport vositalarining qayrilib olish joylarida va unga 30 metr yetmasdan yoki o‘tib.

9. Odam tashish uchun mo‘ljallangan yuk avtomobili yukxonasi bortining balandligi:

  1. 0,7 metrdan kam bo‘lmasligi kerak
  2. 1,0 metrdan kam bo‘lmasligi kerak
  3. 1,3 metrdan kam bo‘lmasligi kerak
  4. 1,5 metrdan kam bo‘lmasligi kerak

To'g'ri javob: 1,3 metrdan kam bo‘lmasligi kerak

YHQ 26 – bobi 153 – bandiga asosan: Odam tashish uchun mo‘ljallangan yuk avtomobili yukxonasining borti 1,3 metrdan kam bo‘lmasligi shart. Bunda yukxonaning pastki qismidan 0,3 — 0,5 metr balandlikda mahkamlangan o‘rindiqlar jihozlangan bo‘lishi kerak.

10. Maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari atrofidagi yo‘llarda 300 metrgacha bo‘lgan masofada qanday eng yuqori tezlikda harakatlanishga ruxsat etiladi?

  1. 20 km/s
  2. 30 km/s
  3. 50 km/s
  4. 60 km/s

To'g'ri javob: 30 km/s

Aholi punktlarida transport vositalarining tezligini soatiga 70 kilometrdan, maktab va maktabgacha ta‘lim tashkilotlari atrofidagi yo‘llarda 300 metrgacha bo‘lgan masofada 30 kilometrdan, turar joy dahalari va yondosh hududlarda (uy-joy binolari orasidagi yer uchastkasida) esa soatiga 20 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi

11. O‘zib ketish deb nimaga aytiladi?

  1. Transport vositasining bir yo‘nalishda transport vositasi tezligidan ortiq tezlikda harakatlanishi
  2. Qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan tasmaga chiqib, so‘ngra ilgari egallagan qatoriga qaytib o‘tish bilan bog‘liq bo‘lgan harakat
  3. Kam tezlik bilan qo‘shni qatorda harakatlanayotgan bir yoki bir nechta transport vositasidan o‘zib ketish

To'g'ri javob: Transport vositasining bir yo‘nalishda transport vositasi tezligidan ortiq tezlikda harakatlanishi

YHQ 1 – bobi 6 – bandiga asosan: O‘zib ketish — transport vositasining bir yo‘nalishda transport vositasi tezligidan ortiq tezlikda harakatlanishi

12. To‘siq deb nimaga aytiladi?

  1. Yo‘lning qatnov qismida harakatsiz holda bo‘lgan jism
  2. Tirbandlik tufayli qatnov qismida to‘xtab turgan transport vositasi
  3. Yo‘l harakati xavfsizligiga xavf soluvchi har qanday omil

To'g'ri javob: Yo‘lning qatnov qismida harakatsiz holda bo‘lgan jism

YHQ umumiy qoidalar: To‘siq - yo‘lning qatnov qismida harakatsiz holda bo‘lgan jism (buzilib qolgan transport vositasi, tushib qolgan yuk, yiqilgan daraxt va boshqalar).

13. Qayta tizilish deb nimaga aytiladi?

  1. Dastlabki harakat yo‘nalishini saqlagan holda o‘z harakatlanish tasmasidan boshqa harakatlanish qatoriga o‘tish
  2. Qatnov qismining maxsus ajratilgan, 5.35 – 5.37 yo‘l belgilari, 1.9 yo‘l chizig‘i bilan belgilangan va ustida reversiv svetafor o‘rnatilgan bo‘lagida harakatlanish yo‘nalishini qarama-qarshi tomonga o‘zgartirish
  3. Xavf tug‘ilganda yo‘ldagi boshqa harakat qatnashchilarining harakatlanishiga to‘sqinlik qilmaslik uchun haydovchilar tomonidan bajariladigan harakat (manyovr)

To'g'ri javob: Dastlabki harakat yo‘nalishini saqlagan holda o‘z harakatlanish tasmasidan boshqa harakatlanish qatoriga o‘tish

YHQ umumiy qoidalar: Qayta tizilish - dastlabki harakat yo‘nalishini saqlagan xolda o‘z harakatlanish tasmasidan boshqa harakatlanish qatoriga o‘tish.

14. Quyidagi javoblardan qaysi birida “Xavf” atamasining to‘g‘ri ta’rifi ko‘rsatilgan?

  1. Yo‘l harakati xafvsizligiga xavf soluvchi har qanday omil
  2. Yo‘l harakati qatnashchilarining yo‘nalishini o‘zgartirishga majbur qiladigan har qanday to‘siq
  3. Yo‘l harakati jarayonidan o‘sha yo‘nalishda va o‘sha tezlikda harakatlanishni davom ettirish yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lishga tahdid soladigan omil.

To'g'ri javob: Yo‘l harakati xafvsizligiga xavf soluvchi har qanday omil

YHQ umumiy qoidalar: Xavf – yo‘l harakati xavfsizligiga xavf soluvchi har qanday omil.

15. Yengil avtomobilning tom qismiga o‘rnatilgan yukxonasida yuk tashishda, yukning uzunligi avtomobilning gabaritidan necha metrdan oshmasa tashishga yo‘l qo‘yiladi?

  1. 0,5 metr
  2. 1,0 metr
  3. 1,2 metr
  4. 2,0 metr

To'g'ri javob: 0,5 metr

16. Piyodalar o‘tish joyiga qancha masofa yetmasdan to‘xtash va to‘xtab turishga ruxsat beriladi?

  1. 3 metr
  2. 5 metr
  3. 10 metr

To'g'ri javob: 10 metr

YHQ 13 – bobi 91-bandi: To‘xtash taqiqlanadi: Piyodalar o‘tish joylarida va ulardan oldin 10 metrdan kam masofa qolganda.

17. Bekat maydonchalaridan harakatlanish yo‘nalishi bo‘ylab qanchadan kam masofada (yetmasdan va o‘tib ketib) to‘xtash va to‘xtab turish taqiqlanadi?

  1. 30 m
  2. 10 m
  3. 15 m
  4. 20 m
  5. 25 m

To'g'ri javob: 15 m

YHQ 13-bobi 91-bandi 13-xatboshiga asosan, to'xtash va to'xtab turish taqiqlanadi - bekat maydonchalarida, yo'nalishli transport vositalari to'xtash joylarida, jumladan, 1.17 chizig'i bilan belgilangan, ular bo'lmaganda esa yo'nalishli transport vositalari to'xtash joyi belgilari va bekatdan harakatlanish yo'nalishi bo'ylab (yetmasdan va o'tib ketib) 15 metrdan kam masofada (yo'nalishli transport vositalari harakatiga xalaqit bermasa yo'lovchilarni chiqarish yoki tushirish uchun to'xtash bundan mustasno).

18. Ko‘rsatilgan joyda to‘xtashga ruxsat etiladimi?

Ko‘rsatilgan joyda to‘xtashga ruxsat etiladimi?
  1. Ruxsat etiladi
  2. Taqiqlanadi

To'g'ri javob: Taqiqlanadi

YHQ 13-bobi 88-bandi 2-xatboshiga asosan, aholi punktlarida o'rtada tramvay yo'li bo'lmagan, har yo'nalishda bittadan tasmasi bo'lgan, shuningdek bir tomonlama harakat tashkil etilgan yo'llarda yo'lning chap tomonida to'xtash va to'xtab turishga ruxsat etiladi.

19. Mazkur yo‘l belgisi:

Mazkur yo‘l belgisi:
  1. Doimiy belgi hisoblanadi
  2. Vaqtinchalik belgi hisoblanadi
  3. Mavsumiy belgi hisoblanadi

To'g'ri javob: Vaqtinchalik belgi hisoblanadi

Yo‘l harakati qoidalari 1 – ilovasi, izoh qismiga asosan, 1,8 1.15, 1.16, 1.31, 1.17, 1.18.1 — 1.18.3, 1.21, 1.30, 2.6, 2.7, 3.1, 3.2, 3.11 — 3.16, 3.18.1 — 3.18.25 yo‘l belgilari vaqtincha yo‘l belgilari sifatida belgilanishi mumkin. Vaqtincha yo‘l belgilari sariq rangda bo‘ladi.

20. Qoidalarga ko‘ra shatakka olish vaqtida bir-biriga ulangan mexanik transport vositalari tarkibining qanday umumiy uzunligiga yo‘l qo‘yiladi?

  1. 20 m
  2. 21 m
  3. 22 m
  4. 23 m
  5. 24 m

To'g'ri javob: 20 m

YHQ 24 bobi 145-bandning 3-xatboshiga asosan, Shatakka olish quyidagi holatlarda taqiqlanadi: rul boshqaruvi ishlamayotgan transport vositalarini (qisman ortish usuli bilan shatakka olish bundan mustasno); ikki va undan ko‘p transport vositalarini; shatakka olingan va shatakka olgan transport vositalarining ulagich bilan birga umumiy uzunligi 20 metrdan a ortiq bo‘lsa.