1. Ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha qaysi transport vositalariga harakatlanishga ruxsat etiladi?
Tramvay va avtomobil haydovchisiga
Avtomobil va mototsikl haydovchisiga
Avtomobil haydovchisiga
To'g'ri javob: Tramvay va avtomobil haydovchisiga
YHQ 7-bobi 32-bandiga asosan, yo'naltirgich ko'rinishidagi qizil, sariq va yashil rangli svetofor ishoralari ham doirasimon shaklidagi svetofor ishoralari bilan bir xil ma'noga ega bo'ladi. Ular faqat ko'rsatilgan yo'nalishga ta'sir etadi.
2. Avtomobillarga qaysi yo‘nalishda harakatlanishga ruxsat etiladi?
Qizil avtomobilga – to‘g‘riga, ko‘k avtomobilga – to‘g‘riga va chapga
Qizil va ko‘k avtomobillarga – to‘g‘riga
Qizil avtomobilga – to‘g‘riga, ko‘kka – chapga
To'g'ri javob: Qizil avtomobilga – to‘g‘riga, ko‘kka – chapga
YHQ 10-bobi 67-bandiga muvofiq, bir yo'nalishdagi uch va undan ortiq tasmali har qanday yo'lda yuk avtomobillariga faqat chapga burilish yoki qayrilib olish uchun chetki chap tasmani egallashga ruxsat etiladi. Boshqa hollarda yuk avtomobillariga yo'lning chetki chap tasmasida harakatlanish taqiqlanadi.
3. Ushbu holatda quvib o'tishga ruxsat etiladimi?
Ruxsat etiladi.
Taqiqlanadi.
Agar quvib o'tilayotgan transport vositasi 40 km/soatdan kam tezlik bilan harakatlanayotgan bo'lsa, ruxsat etiladi.
To'g'ri javob: Taqiqlanadi.
YHQ 2-ilovasining 1-bo'limi 1-xatboshiga asosan, 1.1 chizig'i qarama-qarshi yo'nalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi, yo'lning xavfli joylaridagi harakatlanish tasmasi chegarasini va velosipedchilar uchun tasmaning chegarasini bildiradi; yo'lning kirish taqiqlangan qismi chegarasini belgilaydi; transport vositalarining to'xtab turish joyi chegarasini hamda avtomagistral qatoriga kiritilmagan yo'lning qatnov qismi chegarasini bildiradi. 1.1 chizig'ini bosib o'tish taqiqlanadi, qatnov qismining chetini bildirish uchun qo'llanilgan 1.1 chizig'i bundan mustasno.
4. Ushbu svetofor qaysi harakatlanishni tartibga solish uchun qo‘llanadi?
Qatnov qismining butun kengligi bo‘yicha
Qatnov qismidagi harakatlanish yo‘nalishi qarama-qarshi tomonga o‘zgaradigan tasmalar bo‘yicha
Faqat belgilangan yo‘nalishdagi transport vositalari uchun mo‘ljallangan tasma bo‘yicha
To'g'ri javob: Qatnov qismidagi harakatlanish yo‘nalishi qarama-qarshi tomonga o‘zgaradigan tasmalar bo‘yicha
YHQ 7-bobi 35-bandiga asosan, qatnov qismidagi harakat yo'nalishi qarama-qarshi tomonga o'zgarishi mumkin bo'lgan tasmalarida transport vositalarining harakatini tartibga solish uchun X-Simon qizil ishorali va pastga yo'nalgan yo'naltirgich ko'rinishidagi yashil ishorali reversiv svetoforlar qo'llaniladi.
5. Transport vositalari chorrahadan quyidagi tartibda o'tadilar:
Qizil avtomobil, tramvay, yashil, ko'k avtomobil.
Tramvay, qizil, ko'k, yashil avtomobillar.
Tramvay, qizil, yashil, ko'k avtomobillar.
To'g'ri javob: Tramvay, qizil, yashil, ko'k avtomobillar.
YHQ 16-bobi 106-,105 - va 104 - bandlariga asosan, asosiy yo'lning yo'nalishi chorrahada o'zgarganda, asosiy yo'lda harakatlanayotgan haydovchilar o'zaro teng ahamiyatli yo'llar chorrahasidan o'tish qoidasiga amal qilishlari kerak. Teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada tramvay harakatlanish yo'nalishidan qat'i nazar, teng ahamiyatli yo'lda bir yo'nalishda yoki qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanayotgan relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega.
6. Ko‘rsatilgan avtosisternalardan qaysi biri burilishda ag‘darilib ketish xavfi kamroq, turg‘unroq?
Suyuqlik bilan 75 foizgacha to‘ldirilgani
Suyuqlik bilan to‘liq to‘ldirilgani
To'g'ri javob: Suyuqlik bilan to‘liq to‘ldirilgani
Yuk avtomobilining muvozanati yo'qolishiga mahkamlanmagan yuk sabab bo'ladi. Burilishdagi harakat vaqtida mahkamlanmagan yuk yuk platformasida ko'chib, bortlariga urilishi va avtomobilning ag'darilishiga sabab bo'lishi mumkin. O'xshash holat suyuq yuk ortgan avtomobil sisternalari harakatlanishida ham yuzaga keladi. Suyuq yuk ortgan avtomobillarning burilishlarda harakatlanishi jarayonida yukning bir bortdan ikkinchi bortga ko'chishi yuzaga keladi. Suyuq yuk tebranib bortlarga urilishi natijasida avtomobilning muvozanati yo'qolishiga olib keladi.
7. Shunday yo'l belgisi bo'lgan yo'l qismlarida ruxsat etilgan to'la vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillariga qanday eng katta tezlik bilan harakat qilishga ruxsat etiladi?
110 km/s.
70 km/s.
100 km/s.
90 km/s.
60 km/s.
To'g'ri javob: 100 km/s.
YHQ 11-bobi 79-bandi 1-xatboshiga asosan, aholi punktlaridan tashqarida yengil avtomobillarga va ruxsat etilgan to'la vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 100 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.
8. Uzunasiga ketgan sidirg‘a chizig‘i bilan to‘xtagan transport vositalari o‘rtasidagi masofa quyidagidan kam bo‘lgan joylarda transport vositalarining to‘xtashi va to‘xtab turishi taqiqlanadi:
2,0 m
3,0 m
4,0 m
5,0 m
6,0 m
To'g'ri javob: 3,0 m
YHQ 13-bobi 91-bandi 7-xatboshiga asosan, quyidagi joylarda to'xtash taqiqlanadi: – to'xtagan transport vositasi bilan bo'ylama sidirg'a chiziq (qatnov qismining chetini belgilovchi chiziqdan tashqari), ajratuvchi mintaqa yoki qatnov qismining qarama-qarshi cheti orasidagi masofa 3 metrdan kam bo'lgan joylarda.
9. Harakat tezligi ikki marta oshganda, tormozlanish yo‘li necha marta ortadi?
Tormoz yo‘li harakat tezligiga bog‘liq emas
Uch marta
To‘rt marta
Ikki marta
To'g'ri javob: To‘rt marta
Tormozili transport vositasi tezligining ortishi bilan tezlikning kvadratiga proportsional ravishda ortadi. Shunday qilib, tezlikni ikki baravar oshirganda, tormoz yo'li to'rt baravar oshadi va tezlikni uch baravar oshirganda, tormoz yo'li to'qqiz marta oshadi. Tormoz yo'li kattaligini quyidagi formula orqali aniqlash mumkin: S = (Ke⋅ V 2)/(254⋅ Fs) bunda, S – tormoz yo'li; Ke – avtomobilning ushbu yo'lda mumkin qadar haqiqiy sekinlashishi nazariy sekinlashishidan necha baravar kamligini ko'rsatuvchi tormozlanish samaraliligi koeffisienti (1,0 ga teng deb olish mumkin); V – avtomobil harakatining boshlang'ich tezligi; FS – shinaning yo'l bilan ilashish koeffisienti. (quruq asfalt yo'lda – 0,7; xo'l asfalt yo'lda – 0,4; qorli yo'lda – 0,2; yaxmalak yo'lda – 0,1)
10. Bir tirkamali avtopoyezdning qanday eng katta uzunligida DYHXX ruxsatisiz harakatlanishiga yo‘l qo‘yiladi?
20 m
16 m
24 m
22 m
18 m
To'g'ri javob: 20 m
Gabarit o'lchamlari yukli yoki yuksiz holda, uzunligi bo'yicha – 20 metrdan ortiq bo'lgan tirkamali avtopoezdlarning harakatlanishi belgilangan tartibda DYHXX bilan kelishilgan bo'lishi kerak.
11. Qizil avtomobilning haydovchisi yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqchali va maxsus tovushli ishora yoqilgan transport vositasi yaqinlashib kelayotganda nima qilishi kerak?
Harakat yo‘nalishini o‘zgartirmasdan to‘xtashi va majburiy to‘xtash chiroqlarini yoqishi kerak
Tezlikni pasaytirishi va boshqa qatorga o‘tish bilan bog‘lik keskin manyovrlarga yo‘l qo‘ymasdan harakatni davom ettirishi
Yo‘l berishi
To'g'ri javob: Yo‘l berishi
YHQ 6-bobi 26-bandiga asosan, haydovchilar tezkor va maxsus xizmatlarning ko'k yoki qizil yoxud ko'k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan holda yaqinlashayotgan transport vositalariga, shuningdek ularning kuzatuvidagi, yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilgan transport vositasi (transport vositalari)ga yo'l berishlari shart. Mazkur turdagi transport vositalarini quvib o'tish taqiqlanadi.
12. Mazkur belgi bilan belgilangan hududda qanday cheklovlar o‘rnatilgan?
Harakat tezligini 5 km/s dan oshirmaslik kerak
Transport vositalarini boshqarishni o‘rgatish
Yengil avtomobillarni tunda to‘xtab turishini taqiqlaydi
Sanab o‘tilgan barcha cheklovlar
To'g'ri javob: Transport vositalarini boshqarishni o‘rgatish
YHQ 20-bobi 124-bandiga asosan, turar-joy dahalarida mexanik transport vositasini boshqarishni o'rgatish, dvigateli ishlab turgan holda to'xtab turish, ruxsat etilgan to'liq vazni 3,5 tonnadan ortiq bo'lgan yuk avtomobillarining maxsus ajratilgan, yo'l belgilari va (yoki) yo'l chiziqlari bilan belgilangan joylardan tashqarida to'xtab turishi taqiqlanadi.
13. Qaysi belgi teng ahamiyatli yo‘llar kesishish chorrahagasiga yaqinlashib kelayotganlik haqida ogohlantiradi?
1
2
3
4
5
To'g'ri javob: 5
YHQ 1-ilovasining 1-bo‘limidagi 1.6 belgiga asosan, “Teng ahamiyatli yo‘llar kesishuvi” haydovchilarni teng ahamiyatli yo‘llar chorrahasiga yaqinlashayotganligi haqida axborot beradi.
14. Svetoforning taqiqlovchi ishorasida va shlagbaum ochiq bo'lganda haydovchi nima qilishi kerak?
Yaqinlashib kelayotgan poyezd yo'qligiga shaxsan ishonch hosil qilishi va kesishmadan o'tishi kerak.
Shlagbaumning holatiga asoslangan holda kesishmadan o'tishi kerak.
Shlagbaumgacha 10 metrdan yaqin bo'lmagan masofada to'xtash.
To'xtash chizig'i, 2.5 "To'xtamasdan harakatlanish taqiqlangan" yo'l belgisi yoki svetofor oldida, ular bo'lmaganda shlagbaumga kamida 5 metr qolganda to'xtashi kerak.
To'g'ri javob: To'xtash chizig'i, 2.5 "To'xtamasdan harakatlanish taqiqlangan" yo'l belgisi yoki svetofor oldida, ular bo'lmaganda shlagbaumga kamida 5 metr qolganda to'xtashi kerak.
YHQ 18-bobi 119-bandiga asosan, kesishma orqali harakatlanish taqiqlangan hollarda haydovchi to'xtash chizig'i, 2.5 "To'xtamasdan harakatlanish taqiqlangan" yo'l belgisi yoki svetofor oldida, ular bo'lmaganda shlagbaumga kamida 5 metr qolganda to'xtashi kerak.
15. Chorrahadan ikkinchi bo'lib o'tadi:
Tramvay.
Qizil avtomobil.
Ko'k avtomobil.
To'g'ri javob: Tramvay.
YHQ 16-bobi 106-,105 - va 104 - bandlariga asosan, asosiy yo'lning yo'nalishi chorrahada o'zgarganda, asosiy yo'lda harakatlanayotgan haydovchilar o'zaro teng ahamiyatli yo'llar chorrahasidan o'tish qoidasiga amal qilishlari kerak. Teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada tramvay harakatlanish yo'nalishidan qat'i nazar, teng ahamiyatli yo'lda bir yo'nalishda yoki qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanayotgan relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega.
16. Qanday hollarda haydovchisi bo‘lmagan transport vositalarini shatakka olish mumkin?
Barcha hollarda
Egiluvchan yoki qattiq ulagichda shatakka olishda
Qattiq ulagichning tuzilishi shatakka olingan transport vositalarini shatakka olgan transport vositalarining izidan harakatlanishini ta’minlaganda
Qattiq ulagichda shatakka olishda
To'g'ri javob: Qattiq ulagichning tuzilishi shatakka olingan transport vositalarini shatakka olgan transport vositalarining izidan harakatlanishini ta’minlaganda
YHQ 24-bobi 142-bandiga muvofiq, qattiq yoki egiluvchan ulagich bilan shatakka olish shatakka olingan transport vositasining rul boshqaruvida haydovchi bo'lgandagina amalga oshirilishi kerak. To'g'ri chiziq bo'ylab harakatlanganda qattiq ulagichning konstruktsiyasi shatakka olingan transport vositasini shatakka olgan transport vositasining izidan harakatlanishini ta'minlaydigan hollar bundan mustasno.
17. Bu yerda quvib o'tishga ruxsat etiladimi?
Ruxsat etiladi.
Taqiqlanadi.
To'g'ri javob: Taqiqlanadi.
YHQ 12-bobi 86-bandi 6-xatboshiga asosan, tepalikning oxirida va yo'lning ko'rinishi cheklangan joylarida quvib o'tish taqiqlanadi.
18. Qaysi ishoralar ogohlantiruvchi hisoblanadi?
Burilishni ko‘rsatadigan miltillovchi chiroq yoki qo‘l bilan beriladigan ishoralar
Tovushli ishoralar
Fara chiroqlarini yoqib-o‘chirilishi
Sanab o‘tilgan barcha ishoralar
To'g'ri javob: Sanab o‘tilgan barcha ishoralar
YHQ 8-bobi 44-bandiga muvofiq, quyidagilar ogohlantiruvchi ishoralar hisoblanadi: burilishni ko'rsatadigan miltillovchi chiroq yoki qo'l bilan beriladigan ishoralar; tovushli ishoralar; fara chiroqlarining yoqib-o'chirilishi; kunduz kuni yaqinni yorituvchi fara chiroqlarini yoqilishi.
19. Boshqarishni o‘rgatishdagi transport vositasi qanday jihozlangan bo‘lishi kerak?
Qoidalarning talablariga asosan, taniqlik belgilari bilan
Ilashma va ishchi tormozining qo‘shimcha tepkilari bilan
O‘rgatuvchi uchun orqani ko‘rsatuvchi ko‘zgu bilan
Sanab o‘tilgan barcha jihozlar va belgilar bilan
To'g'ri javob: Sanab o‘tilgan barcha jihozlar va belgilar bilan
YHQ 25-bobi 150-bandiga muvofiq, boshqarishni o'rgatish uchun mo'ljallangan mexanik transport vositalari "Boshqarishni o'rgatish transport vositasi" taniqlik belgisi va o'rgatuvchi uchun ulashish mexanizmi va ishchi tormozning qo'shimcha tepkilari, qo'shimcha orqani ko'rsatuvchi ko'zgu bilan jihozlanishi kerak.
20. Sanab o‘tilgan holatlarning qaysilarida transport vositasidan foydalanish taqiqlanadi?
M1 toifasidagi transport vositasining rul boshqarmasi lyuft yig‘indisi 10 gradusdan ortiq
Sanab o‘tilgan barcha hollarda
To'g'ri javob: Sanab o‘tilgan barcha hollarda
YHQ 3-ilovasiga asosan quyidagi holatlarda transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi: 1-bo‘limning 1.5-bandiga asosan: Pnevmatik yoki pnevmogidravlik tormoz yuritmasining manometri ishlamasa. YHQ 3-ilovasi 2-bo‘limining 2.1 va 2.3-bandlariga asosan: Boshqaruv qurilmasidagi lyuft yig‘indisi reglament (qat’iy belgilangan) sharoitlardagi sinovlarda quyidagi ko‘rsatkichdan katta bo‘lmasligi kerak: M1 – 10 gradus M2, M3, N1 - 20 gradus N2, N3 -25 gradus. Boshqaruv qurilmasining konstruksiyasida ko‘zda tutilgan kuchaytirgich yoki mototsikllarda tebranishni pasaytiruvchi moslama (dempfer) nosoz bo‘lsa yoki umuman bo‘lmasa.