Transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda haydovchini boshqarishdan chalg‘itish va unga xalaqit berish
Harakatlanayotgan bortli yuk avtomobillarida tik turish, bortlarda yoki undan yuqoridagi yuk ustida o‘tirish
Transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda uning eshiklarini ochish
Barcha ko‘rsatilgan javoblar to‘g‘ri
To'g'ri javob: Barcha ko‘rsatilgan javoblar to‘g‘ri
Yo‘l harakati qoidalarining 24 bandiga asosan, Yo‘lovchilarga: transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda haydovchini boshqarishdan chalg‘itish (unga xalaqit berish); harakatlanayotgan bortli yuk avtomobillarida tik turish, bortlarda yoki undan yuqoridagi yuk ustida o‘tirish; transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda uning eshiklarini ochish; transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda salondan tana qismlarini (qo‘ldan tashqari) chiqarish taqiqlanadi.
2. Ko‘rsatilgan qaysi belgilar faqat shu o‘rnatilgan tasmani o‘ziga ta’sir qiladi?
B va C
Faqat B
Faqat A
To'g'ri javob: Faqat A
YHQ 1-ilovasining 7-bo‘limidagi 7.14 belgiga asosan, «Harakatlanish tasmasi». Belgi yoki svetofor ta’siridagi harakatlanish tasmasini ko‘rsatadi.
3. Mexanik transport vositalarini shatakka olishda egiluvchan ulagichga kamida nechta ogohlantiruvchi qurilma o‘rnatiladi?
Kamida ikkita
Kamida uchta
Kamida bitta
To'g'ri javob: Kamida ikkita
Yo‘l harakati qoidalarining 177 bandiga asosan, mexanik transport vositalarini shatakka olishda egiluvchan ulagichni ko‘rsatadigan ogohlantiruvchi, o‘lchami 200x200 millimetr bo‘lgan, diagonali bo‘yicha ketma-ket joylashgan, kengligi 50 millimetrli qizil va oq rangli enli chiziqlar tushirilgan, yorug‘lik qaytaradigan yuzali bayroqchalar yoki kvadrat ko‘rinishidagi belgi o‘rnatilishi kerak.
Egiluvchan ulagichga kamida ikkita taniqli belgisi o‘rnatiladi.
4. Siz to‘g‘ri yo‘lda harakatlanayotib to‘satdan yo‘lning qisman katta bo‘lmagan sirpanchiq qismiga duch keldingiz. Bunda qanday ehtiyot choralarini ko‘rasiz?
Rulni burib sirpanchiqdan chiqib ketish
Avtomobilni ohista to‘xtatish
Harakat yo‘nalishini va tezlikni o‘zgartirmasdan ehtiyotkorlik bilan o‘tib ketish
To'g'ri javob: Harakat yo‘nalishini va tezlikni o‘zgartirmasdan ehtiyotkorlik bilan o‘tib ketish
Yo'lning unchalik katta bo'lmagan sirpanchiq qismidan, avtomobilning sirpanib ketishini oldini olish uchun harakatlanish yo'nalishi va tezlikni o'zgartirmasdan o'tib ketish maqsadga muvofiqdir.
5. Turar joy dahasidan yo‘lga chiqishda yo‘l berish zarur:
O‘ng tomondan yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga
Chap tomondan yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga
Ko‘k rangli yalt-yalt yetuvchi chiroqcha-mayoqcha yoqilgan transport vositalariga
Barcha transport vositalariga
To'g'ri javob: Barcha transport vositalariga
Yo‘l harakati qoidalarining 126 bandiga asosan, turar joy dahalaridan chiqishda haydovchilar boshqa harakat qatnashchilariga yo‘l berishlari kerak.
6. Svetofor ishoralari imtiyoz belgilari talablariga zid kelgan hollarda:
Haydovchilar svetofor ishoralariga amal qilishlari kerak
Haydovchilar imtiyoz belgilari talablariga amal qilishlari kerak
To'g'ri javob: Haydovchilar svetofor ishoralariga amal qilishlari kerak
Yo‘l harakati qoidalarining 33 bandi 2 xatboshiga asosan, svetofor ishoralari imtiyoz belgilari talablariga zid bo‘lgan hollarda haydovchilar svetofor ishoralariga amal qilishlari kerak.
7. Harakatlanish tasmasidagi uchburchak shaklidagi chiziq:
Yo‘lning xavfli qismini bildiradi
Yo‘l berishingiz kerak bo‘lgan joy yaqinlashayotganligi haqida ogohlantiradi
To‘xtashingiz zarur bo‘lgan joyni bildiradi
To'g'ri javob: Yo‘l berishingiz kerak bo‘lgan joy yaqinlashayotganligi haqida ogohlantiradi
YHQ 2-ilovasining 1-bo‘limidagi 1.20 yo‘l chizig‘iga asosan, haydovchini 1.13 chizig‘iga yaqinlashayotgani haqida ogohlantiradi.
YHQ 2-ilovasining 1-bo‘limidagi 1.13 yo‘l chizig‘iga asosan, kesishayotgan yo‘lda harakatlanayotgan transport vositasiga yo‘l berish uchun to‘xtash zarur bo‘lganda, haydovchiga transport vositasini to‘xtatish joyini ko‘rsatadi.
8. Sariq avtomobil chorrahani nechanchi bo‘lib kesib o‘tadi?
Uchinchi bo‘lib
Ikkinchi bo‘lib
Oxirgi bo‘lib
To'g'ri javob: Oxirgi bo‘lib
Yo‘l harakati qoidalarining 106 bandiga asosan, Asosiy yo‘lning yo‘nalishi chorrahada o‘zgarganda, asosiy yo‘lda harakatlanayotgan haydovchilar o‘zaro teng ahamiyatli yo‘llar chorrahasidan o‘tish qoidasiga amal qilishlari kerak.
Ikkinchi darajali yo‘llarda harakatlanayotgan haydovchilar ham o‘zaro shu qoidaga amal qilishlari kerak.
Ushbu chorrahani yashil birinchi, qizil avtomobil ikkinchi, ko‘k avtomobil uchunchi va sariq avtomobil oxirgi bo‘lib kesib o‘tadi.
9. Temir yo‘l kesishmalari va ularga yaqin joylarda quvib o‘tishga tegishli qanday yo‘l harakati qoidalari amal qiladi?
Temir yo‘l kesishmalarida va ularga 100 metrdan kam masofa qolganda quvib o‘tish taqiqlanadi
Quvib o‘tish faqat temir yo‘l kesishmalaridan keyin taqiqlanadi
Temir yo‘l kesishmalarida, ularga 100 metrdan kam masofa qolganda va temir yo‘l kesishmalaridan keyin 100 metr davomida quvib o‘tish taqiqlanadi
To'g'ri javob: Temir yo‘l kesishmalarida va ularga 100 metrdan kam masofa qolganda quvib o‘tish taqiqlanadi
Yo‘l harakati qoidalarining 86 bandiga asosan, quvib o‘tish quyidagi hollarda taqiqlanadi: temir yo‘l kesishmalarida va ulargacha 100 metrdan kam masofa qolganda.
10. Harakatlanish tasmasi:
Yo‘lning relssiz transport vositalari harakati uchun mo‘ljallangan qismi
Yo‘lning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini ajratuvchi, transport vositalari harakatlanishi yoki to‘xtashi uchun mo‘ljallanmagan, yo‘l sathidan baland va (yoki) 1.1 yotiq chizig‘i bilan belgilangan qismi
Avtomobillarning bir qator bo‘lib harakatlanishi uchun yetarlicha keng bo‘lgan, yo‘l chiziqlari bilan belgilangan yoki belgilanmagan yo‘l qatnov qismining har qanday bo‘ylama bo‘lagi
To'g'ri javob: Avtomobillarning bir qator bo‘lib harakatlanishi uchun yetarlicha keng bo‘lgan, yo‘l chiziqlari bilan belgilangan yoki belgilanmagan yo‘l qatnov qismining har qanday bo‘ylama bo‘lagi
Yo‘l harakati qoidalarining 6 bandiga asosan, harakatlanish tasmasi — avtomobillarning bir qator bo‘lib harakatlanishi uchun yetarlicha keng bo‘lgan, yo‘l chiziqlari bilan belgilangan yoki belgilanmagan yo‘l qatnov qismining har qanday bo‘ylama tasmasi.
11. Bu qo‘shimcha-axborot yo‘l belgisi qaysi yo‘l belgisi bilan birgalikda qullaniladi?
A
B
C
To'g'ri javob: B
YHQ 1-ilovasining 7-bo‘limidagi 7.12 belgiga asosan, «Xavfli yo‘l yoqasi». Yo‘l ishlari bajarilayotgani sababli yo‘l yoqasiga chiqish xavfli ekanligi haqida ogohlantiradi. 1.23 belgisi bilan qo‘llaniladi.
12. Agar piyodalar o‘tish joylaridan keyin tirbandlik paydo bo‘lsa haydovchi qayerda to‘xtashi kerak?
Bevosita piyodalar o‘tish joyi oldida
Piyodalar o‘tish joyida, agar piyodalar bo‘lmasa
Piyodalar o‘tish joyiga 5 m yetmasdan
To'g'ri javob: Bevosita piyodalar o‘tish joyi oldida
Yo‘l harakati qoidalarining 112 bandiga asosan, piyodalar o‘tish joylaridan keyin paydo bo‘lgan tirbandlik tufayli haydovchi piyodalar o‘tish joyida to‘xtashga majbur bo‘ladigan bo‘lsa, piyodalar o‘tish joyiga kirish taqiqlanadi.
13. Chorrahani ikkinchi bo‘lib kesib o‘tadi:
Atomobil
Tramvay
Mototsikl
To'g'ri javob: Atomobil
Yo‘l harakati qoidalarining 106 bandiga asosan, Asosiy yo‘lning yo‘nalishi chorrahada o‘zgarganda, asosiy yo‘lda harakatlanayotgan haydovchilar o‘zaro teng ahamiyatli yo‘llar chorrahasidan o‘tish qoidasiga amal qilishlari kerak.
Ikkinchi darajali yo‘llarda harakatlanayotgan haydovchilar ham o‘zaro shu qoidaga amal qilishlari kerak.
14. To‘la vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillarini quyidagilar bilan jihozlanmagan bo‘lsa xam foydalanishga ruxsat etiladi:
Majburiy to‘xtaganini bildiruvchi belgi (yoki miltillovchi qizil chiroq)
O‘zi yurib ketishidan saqlovchi, g‘ildirak diametriga muvofiq (kamida ikkita) tirgak
O‘t o‘chirgich
Tibbiyot qutichasi
To'g'ri javob: O‘zi yurib ketishidan saqlovchi, g‘ildirak diametriga muvofiq (kamida ikkita) tirgak
Yo‘l harakati qoidalariga 3-ilova 7.10 bandiga asosan, M1, N1, N2, N3 toifadagi, mikroavtobus va g‘ildirakli traktorlar tibbiyot qutichasi, o‘t o‘chirgich, majburiy to‘xtaganligini bildiruvchi belgi (yoki miltillovchi qizil chiroq) va nur qaytargichli kamzul (jilet), M3, N2, N3 toifadagi — o‘zi yurib ketishidan saqlovchi, g‘ildirak diametriga muvofiq (kamida ikkita) tirgak bilan jihozlanmagan bo‘lsa, foydalanish taqiqlanadi.
15. Ko‘rsatilgan qaysi yo‘l belgisi yengil yo‘nalishsiz taksilarga yo‘lovchilarni tushirish-chiqarish (yuklarni ortish-tushirish) vaqtida ta’sir qilmaydi?
Faqat “A”
Faqat “B”, “C”, “D”
Faqat “C”
Hammasi
To'g'ri javob: Hammasi
YHQ 1 ilova: 3.27. belgisi yo‘lalishsiz yengil taksilarga yo‘lovchilarni tushurish-chiqarish (yuklarni ortish-tushurish) vaqtida ta‘sir qilmaydi; Ushbu Qoidalarning 176-bandiga binoan “Nogiron” tanish belgisi bilan belgilangan avtomobillar va kajavali mototsikllarni boshqarayotgan nogiron haydovchilar 3.2, 3.3 va 3.28 belgilari talablaridan chetga chiqishlari mumkin. 7.18 belgi bo‘lganda 3.27 belgisining ta‘sir doirasida to‘xtashga ruxsat etiladi. 3.28 3.30 belgilarining taksometri ishlab turgan taksilarga taalluqli emas.
16. Chorrahadan oxirgi bo‘lib qaysi transport vositasi kesib o‘tadi?
Velosiped
Avtobus
Avtomobil
To'g'ri javob: Avtomobil
Yo‘l harakati qoidalarining 105 bandiga asosan, teng ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o‘ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo‘l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o‘zaro amal qilishlari kerak. Bunday chorrahalarda keyingi harakat yo‘nalishidan qat’iy nazar, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin o‘tish huquqiga ega bo‘ladi.
Ushbu chorrahani velosiped birinchi, avtobus ikkinchi, ko‘k avtomobil oxirgi bo‘lib kesib o‘tadi.
17. Avtomagistralda to‘xtashga ruxsat berilgan:
Faqat qatnov qismini chetini bildiruvchi chiziqdan chetda
Qatnov qismidan chetda barcha joyda
5.15 yoki 6.11 yo‘l belgilari bilan belgilangan maxsus to‘xtab turish maydonchalarida
To'g'ri javob: 5.15 yoki 6.11 yo‘l belgilari bilan belgilangan maxsus to‘xtab turish maydonchalarida
Yo‘l harakati qoidalarining 121 bandiga asosan, avtomagistrallarda quyidagilar taqiqlanadi: 5.15 yoki 6.11 yo‘l belgilari bilan belgilangan maxsus to‘xtab turish maydonchalaridan boshqa joylarda to‘xtash.
18. Kunning yorug‘ vaqtida harakatlanayotgan qaysi rasmdagi avtomobil haydovchisi yuk tashish qoidasini buzayapti?
A
Xar ikki rasmda
Xech kim buzmayapti
To'g'ri javob: Xech kim buzmayapti
Yo‘l harakati qoidalari 163 bandiga asosan, transport vositasining gabaritlaridan oldi yoki orqa tomonga 1 metrdan, yon tomonga gabaritning chetki qismidan 0,4 metrdan ortiq chiqib turgan yuk «Katta o‘lchamli yuk» taniqlik belgisi bilan belgilanishi kerak.
19. Qaysi holatlarda jabrlanuvchiga yurak-o‘pka reanimatsiyasini boshlash kerak?
Yurak soxasida og‘riq sezilganda va nafas olish qiyinlashganda
Xushidan ketishda, nafas olish faoliyatidan qat’iy nazar
Xushidan ketishda, nafas olish faoliyati va qon aylanishi to‘xtaganda
To'g'ri javob: Xushidan ketishda, nafas olish faoliyati va qon aylanishi to‘xtaganda
Yo‘l - transport hodisalarida birinchi yordam faniga asosan, jabrlanuvchiga yurak-o‘pka reanimatsiyasini, xushidan ketishda, nafas olish faoliyati va qon aylanishi to‘xtaganda boshlash kerak.
20. Trotuar va piyodalar yo‘lkasi bo‘lmaganda bolalar guruhini yo‘lda qanday tartibda olib yurish mumkin?
Qatnov qismi chetidan katta yoshdagilar kuzatuvida olib yurishga ruxsat etiladi
Yo‘l yoqasidan faqat kunduzi va katta yoshdagilar kuzatuvida olib yurishga ruxsat etiladi
To'g'ri javob: Yo‘l yoqasidan faqat kunduzi va katta yoshdagilar kuzatuvida olib yurishga ruxsat etiladi
Yo‘l harakati qoidalarining 16 bandi 3 xatboshiga asosan, bolalar guruhini trotuarlar va piyodalar yo‘lkalaridangina, ular bo‘lmaganda esa yo‘l yoqasidan faqat sutkaning yorug‘ vaqtida va katta yoshdagilar kuzatuvida olib yurishga ruxsat etiladi.