47-bilet savollari va javoblari

1. Aylanma harakatlanish chorrahasida...

Aylanma harakatlanish chorrahasida...
  1. Harakatlanayotgan transport vositalari aylanaga kirib kelayotgan transport vositalariga nisbatan ustunlikka (imtiyozga) ega
  2. Harakatlanayotgan transport vositalariga nisbatan aylanaga kirib kelayotgan transport vositalari ustunlikka (imtiyozga) ega

To'g'ri javob: Harakatlanayotgan transport vositalari aylanaga kirib kelayotgan transport vositalariga nisbatan ustunlikka (imtiyozga) ega

Yo‘l harakati qoidalarining 98 bandi 3 xatboshiga asosan, aylanma harakatlanish chorrahasida harakatlanayotgan transport vositalari aylanaga kirib kelayotgan transport vositalariga nisbatan ustunlikka (imtiyozga) ega.

2. Ushbu qo‘shimcha axborot yo‘l belgisi:

Ushbu qo‘shimcha axborot yo‘l belgisi:
  1. Obyektgacha bo‘lgan masofani bildiradi
  2. Belgining ta’sir oralig‘ini bildiradi

To'g'ri javob: Obyektgacha bo‘lgan masofani bildiradi

YHQ 1-ilovasining 7-bo‘limidagi 7.1.3 va 7.1.4 belgilariga asosan, «Obyektgacha bo‘lgan masofa». Yo‘ldan chetda joylashgan manzilgacha bo‘lgan masofani bildiradi.

3. Qaysi belgi ikkinchi darajali yo‘l bilan tutashuvni bildiradi?

Qaysi belgi ikkinchi darajali yo‘l bilan tutashuvni bildiradi?
  1. 1
  2. 2
  3. 3
  4. 4
  5. 5

To'g'ri javob: 2

YHQ 1-ilovasining 2-bo‘limidagi 2.3.3 belgiga asosan, «Ikkinchi darajali yo‘l bilan tutashuv». 2.3.3 — tutashuv chapdan. 2.3.1 — 2.3.3 yo‘l belgilari aholi punktlarida kesishmagacha 50 — 100 metr masofada, aholi punktlaridan tashqarida esa 150 — 300 metr masofada o‘rnatiladi.

4. Ushbu qo‘shimcha axborot yo‘l belgisi bildiradi:

Ushbu qo‘shimcha axborot yo‘l belgisi bildiradi:
  1. Belgi ta’siri oralig‘ida to‘xtagan transport vositalari majburiy evakuatsiya qilinishini ko‘rsatadi
  2. Belgi ta’sir oralig‘ida to‘xtagan transport vositalarini evakuatsiya qilish ruxsat etilganligini bildiradi
  3. Belgi ta’sir oralig‘ida to‘xtagan transport vositalarini evakuatsiya qilish taqiqlanganligini bildiradi

To'g'ri javob: Belgi ta’siri oralig‘ida to‘xtagan transport vositalari majburiy evakuatsiya qilinishini ko‘rsatadi

YHQ 1-ilovasining 7-bo‘limidagi 7.21 belgiga asosan, «Evakuator ishlamoqda». 3.27 — 3.30 yo‘l belgilari ta’sir oralig‘ida to‘xtagan transport vositalari majburiy evakuatsiya qilinishini ko‘rsatadi.

5. Qaysi rasmda ajratuvchi mintaqa ko‘rsatilgan?

Qaysi rasmda ajratuvchi mintaqa ko‘rsatilgan?
  1. A
  2. B
  3. Hech birida

To'g'ri javob: Hech birida

Yo‘l harakati qoidalarining 6 bandiga asosan, ajratuvchi mintaqa — yo‘lning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini ajratuvchi, transport vositalari harakatlanishi yoki to‘xtashi uchun mo‘ljallanmagan, yo‘l sathidan ko‘tarilgan yoki maysazor, ariq, maxsus to‘siqlar bilan ajratilgan baland qismi.

6. Rasmda ko‘rsatilgan chorraxa - ...

Rasmda ko‘rsatilgan chorraxa - ...
  1. Tartibga solingan chorraha
  2. Tartibga solinmagan, teng ahamiyatga ega bo‘lmagan yo‘llar kesishgan chorraha
  3. Tartibga solinmagan, teng ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llar kesishgan chorraha

To'g'ri javob: Tartibga solinmagan, teng ahamiyatga ega bo‘lmagan yo‘llar kesishgan chorraha

Yo‘l harakati qoidalarining 98 bandiga asosan, harakatlanish navbati svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralari bilan boshqariladigan chorraha — tartibga solingan chorraha hisoblanadi. Miltillovchi sariq ishora yonib-o‘chayotgan, svetoforlar ishlamayotgan yoki tartibga soluvchi bo‘lmagan chorraha — tartibga solinmagan chorraha hisoblanadi. Haydovchilar tartibga solinmagan chorrahalardan o‘tish qoidalariga hamda chorrahada o‘rnatilgan imtiyoz belgilariga amal qilishlari shart.

7. Ko‘k avtomobil chorraxani kesib o‘tadi:

Ko‘k avtomobil chorraxani kesib o‘tadi:
  1. Birinchi bo‘lib
  2. Ikkinchi bo‘lib
  3. Oxirgi bo‘lib

To'g'ri javob: Oxirgi bo‘lib

Yo‘l harakati qoidalarining 106 bandiga asosan, Asosiy yo‘lning yo‘nalishi chorrahada o‘zgarganda, asosiy yo‘lda harakatlanayotgan haydovchilar o‘zaro teng ahamiyatli yo‘llar chorrahasidan o‘tish qoidasiga amal qilishlari kerak. Ikkinchi darajali yo‘llarda harakatlanayotgan haydovchilar ham o‘zaro shu qoidaga amal qilishlari kerak. Ushbu chorrahani tramvay birinchi, qizil avtomobil ikkinchi, yashil avtomobil uchunchi va ko‘k avtomobil oxirgi bo‘lib kesib o‘tadi.

8. Yo‘nalishli bo‘lmagan transport vositalari “A” xarfi bilan belgilangan o‘ng bo‘lakda qaysi holatlarda harakatlanishlari mumkin?

Yo‘nalishli bo‘lmagan transport vositalari “A” xarfi bilan belgilangan o‘ng bo‘lakda qaysi holatlarda harakatlanishlari…
  1. O‘nga burilishda
  2. Yo‘lovchilarni chiqarish va tushirishda
  3. Yuqoridagi barcha xolatlarda agarda yo‘nalishli transport vositalariga xalaqit bermasa

To'g'ri javob: Yuqoridagi barcha xolatlarda agarda yo‘nalishli transport vositalariga xalaqit bermasa

Yo‘l harakati qoidalarining 132 bandiga asosan, Yo‘nalishli transport vositalarining harakatlanishi uchun 5.9, 5.10.1 — 5.10.3 yo‘l belgilari bilan ajratilgan tasmada boshqa transport vositalarining harakatlanishi va to‘xtashi taqiqlanadi. Agar 5.9 yo‘l belgisi bilan belgilangan tasma qatnov qismining boshqa tasmalardan uzuq-uzuq chiziq bilan ajratilgan bo‘lsa, burilmoqchi bo‘layotgan transport vositalari bu tasmaga qayta tizilishlari kerak. Shuningdek, bunday joylarda yo‘nalishli transport vositalarining harakatiga xalaqit bermaslik sharti bilan yo‘lga chiqish, qatnov qismining chetki o‘ng tomonida yo‘lovchilarni chiqarish va tushirish uchun bu bo‘lakka o‘tishga ruxsat etiladi.

9. Agar avtomobilning o‘ng g‘ildiraklari nam qoplamali yo‘l yoqasiga chiqib qolsa, tavsiya etiladi:

  1. Avtomobilni tormozlash va to‘liq to‘xtatish
  2. Avtomobilni tormozlamasdan yo‘lning qatnov qismiga ohista ravon burish
  3. Avtomobilni tormozlab, yo‘lning qatnov qismiga ohista ravon burish

To'g'ri javob: Avtomobilni tormozlamasdan yo‘lning qatnov qismiga ohista ravon burish

Harakatlanishda avtomobil o'ng g'ildiraklarining yumshoq va nam yo'l yoqasida chiqishi o'ng va chap g'ildiraklar ilashish koeffisientlarining turlicha bo'lishiga va bu o'z navbatida avtomobilning sirpanib ketishiga olib keladi. Bunday vaziyatda tezlikni pasaytirmay, ya'ni tormoz tepkisini bosmay rul chambaragini asta burib qatnov qismiga yo'naltirish kerak. Ushbu holatda tormozlash ham avtomobilning sirpanishiga olib keladi.

10. Turar joy dahalarida qanday eng katta tezlikda harakatlanishga ruxsat etiladi?

  1. 30 km/s
  2. 20 km/s
  3. 40 km/s
  4. 5 km/s

To'g'ri javob: 20 km/s

YHQ 11 – bob 78 – bandiga asosan: Aholi punktlarida transport vositalarining tezligini soatiga 70 kilometrdan, tegishli yo‘l belgilari o‘rnatilgan maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yetmasdan va o‘tib ketib 300 metrdan kam masofada soatiga 30 kilometrdan, turar joy dahalari va yondosh hududlarda (uy-joy binolari orasidagi yer uchastkasida) esa soatiga 20 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.

11. Qaysi belgi yo‘lning kichik radiusli xavfli burilish joyiga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradi?

Qaysi belgi yo‘lning kichik radiusli xavfli burilish joyiga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradi?
  1. 2
  2. 3
  3. 1
  4. 4

To'g'ri javob: 4

YHQ 1 ilova: 1.11.1, 1.11.2. “Xavfli burilishi”. 1.11.1 o‘ngga, 1.11.2 - chapga yo‘l belgilari yo‘lning kichik radiusli yoki ko‘rinishi cheklangan burilish joyini bildiradi.

12. Yo‘l to‘sig‘iga chizilgan tik chiziq nimani bildiradi?

Yo‘l to‘sig‘iga chizilgan tik chiziq nimani bildiradi?
  1. Yo‘lning kichik radiusli burilish, tik nishablik va boshqa xavfli joylarda yo‘l to‘siqlarining yon yuzalarini bildiradi
  2. Xavfli chorrahaga yaqinlashayotganlik haqida
  3. Temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashayotganlik haqida

To'g'ri javob: Yo‘lning kichik radiusli burilish, tik nishablik va boshqa xavfli joylarda yo‘l to‘siqlarining yon yuzalarini bildiradi

YHQ 2-ilovasining 2-bo‘limidagi 2.5 yo‘l chizig‘iga asosan, yo‘lning kichik radiusli burilish, tik nishablik va boshqa xavfli joylarda yo‘l to‘siqlarining yon yuzalarini bildiradi.

13. Qaysi belgilar axborot-ko‘rsatkich belgilari hisoblanadi?

Qaysi belgilar axborot-ko‘rsatkich belgilari hisoblanadi?
  1. 1 va 2
  2. 3 va 4
  3. 2 va 3
  4. 1 va 4

To'g'ri javob: 2 va 3

YHQ 1-ilovasining 5-bo‘limidagi 5.15 belgiga asosan, «To‘xtab turish joyi». YHQ 1-ilovasining 5-bo‘limidagi 5.41 belgiga asosan, «Foto va video qayd etish».

14. Yo‘lning xavfli burilishlarida oldingi uzatmali avtomobilning orqa o‘qi yon tomonga sirpanayotganda siz qanday harakat qilasiz?

  1. Gaz pedalini ko‘proq bosib, avtomobilning rul chambaragini o‘zgartirmasdan sirpanishdan olib chiqasiz
  2. Gaz pedalini ohista bosib, avtomobilning rul chambaragini to‘g‘irlab, avtomobilni sirpanishdan olib chiqib ketasiz
  3. Tormozlab turib rul chambaragini sirpangan tomonga burasiz
  4. Gaz berishni kamaytirib rul chambaragi bilan boshqaruvni barqarorlashtirasiz

To'g'ri javob: Gaz pedalini ohista bosib, avtomobilning rul chambaragini to‘g‘irlab, avtomobilni sirpanishdan olib chiqib ketasiz

Oldi g'ildiraklari etaklovchi avtomobilda burilishda tormozlaganda old g'ildiraklardan orqa g'ildiraklarning ilgarilab ketishidan orqa g'ildiraklarning yon tomonga sirpanishi hosil bo'ladi. Bu holda, rul chambaragi yordamida harakat yo'nalishini to'g'rilash va yoqilg'i uzatishni biroz oshirish (g'ildiraklarni jilmay aylantirmagan holda) maqsadga muvofiq bo'ladi.

15. Avtomobilning ABS tizimi burilishida sirpanish va yonga siljishning oldini oladimi?

  1. Avtomobilning faqat sirpanish ehtimolining oldini oladi
  2. Avtomobilning sirpanish va yonga siljish ehtimolining oldini olmaydi
  3. Avtomobilning faqat yonga siljish ehtimolining oldini oladi

To'g'ri javob: Avtomobilning sirpanish va yonga siljish ehtimolining oldini olmaydi

Burilish paytida, transport vositasiga markazdan qochma kuch ta'sir qiladi, tezlikni oshishi bilan bu kuch ham oshib, transport vositasini yo'l egriligining tashqi tomoniga yo'naltirishga moyildir. Burilishdan o'tayotganda transport vositasining sirpanishi yoki surilib ketishi yuqori tezlikdan, tormozlashdan yoki g'ildiraklarning ishqalanish koeffisientining kamligidan kelib chiqadi. G'ildiraklarning sirpanib tormozlashga qarshi tizimi tormozlanganda g'ildiraklarni birdaniga to'xtab, qotib qolishini oldini olish uchun xizmat qiladi, u sirpanish yoki surilib ketish ehtimolini kamaytirishi mumkin, ammo ularning paydo bo'lish ehtimolini istisno qilmaydi.

16. Qaysi yo‘l belgilari yo‘lning tor qismida haydovchiga ustunlik beradi?

Qaysi yo‘l belgilari yo‘lning tor qismida haydovchiga ustunlik beradi?
  1. “A” va “C”
  2. “B” va “D”
  3. “B” va “C”
  4. Faqat “C”

To'g'ri javob: “B” va “D”

YHQ 21-bobi 128-bandi: Agar yo‘lning 1.13 va 1.14 yo‘l belgilari bilan belgilangan qiyaliklarda, qarama-qarshi yo‘nalishlarda harakatlanishni qiyinlashtiradigan to‘siq bo‘lsa, nishablikka harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi yo‘l berishi kerak. YHQ 1 ilova: 2.7. “Ro‘paradagi harakatlanishga nisbatan imtiyoz” belgisi. Yo‘lning tor qismida harakatlanishda haydovchi ro‘paradan kelayotgan transport vositasiga nisbatan imtiyozga egaligini bildiradi.

17. Avtomobil haydovchisi qayrilib olmoqchi:

Avtomobil haydovchisi qayrilib olmoqchi:
  1. Chorrahadan birinchi bo‘lib o‘tadi
  2. Tramvayga yo‘l berib qayrilib oladi

To'g'ri javob: Tramvayga yo‘l berib qayrilib oladi

Yo‘l harakati qoidalarining 38 bandiga asosan, Tartibga soluvchining ishoralari quyidagi ma’noni bildiradi: O‘ng qo‘li oldinga uzatilganda: chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yo‘nalishlarda; oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat o‘ngga harakatlanishga ruxsat beriladi; orqa tomonidan va o‘ng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi; piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonida qatnov qismini kesib o‘tishga ruxsat etiladi. Yo‘l harakati qoidalarining 101 bandiga asosan, agar svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralari tramvay va relssiz transport vositalariga bir vaqtda harakatlanishga ruxsat bersa, harakatlanish yo‘nalishidan qat’i nazar, tramvay oldin o‘tish huquqiga ega bo‘ladi. Ushbu vaziyatda avtomobil haydovchisi tramvayga yo‘l berib, qayrilib oladi.

18. Rasmda ko‘rsatilgan chorraxa - ...

Rasmda ko‘rsatilgan chorraxa - ...
  1. Tartibga solinmagan, teng ahamiyatga ega bo‘lmagan yo‘llar kesishgan chorraha
  2. Tartibga solinmagan, teng ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llar kesishgan chorraha
  3. Tartibga solingan chorraha

To'g'ri javob: Tartibga solingan chorraha

Yo‘l harakati qoidalarining 98 bandiga asosan, harakatlanish navbati svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralari bilan boshqariladigan chorraha — tartibga solingan chorraha hisoblanadi. Miltillovchi sariq ishora yonib-o‘chayotgan, svetoforlar ishlamayotgan yoki tartibga soluvchi bo‘lmagan chorraha — tartibga solinmagan chorraha hisoblanadi. Haydovchilar tartibga solinmagan chorrahalardan o‘tish qoidalariga hamda chorrahada o‘rnatilgan imtiyoz belgilariga amal qilishlari shart.

19. Ushbu yo‘l belgisi qanday maqsadda qo‘llaniladi?

Ushbu yo‘l belgisi qanday maqsadda qo‘llaniladi?
  1. Majburiy tarzda tezlikni kamaytirish uchun
  2. Ehtiyot choralarini ko‘rish uchun
  3. Keskin tormoz berish uchun

To'g'ri javob: Majburiy tarzda tezlikni kamaytirish uchun

YHQ 1 ilova: 1.31. “Sun‘iy yo‘l notekisligi”. Yo‘lning sun‘iy notekislik o‘rnatilgan qismiga yaqinlashayotganligi to‘g‘risida ogohlantiradi. Transport vositasining harakatlanish tezligini majburiy tarzda kamaytirish uchun qo‘llaniladi.

20. Mototsikl haydovchisi qo‘lini yuqoriga ko‘tarib nima haqida axborot berayapti?

Mototsikl haydovchisi qo‘lini yuqoriga ko‘tarib nima haqida axborot berayapti?
  1. O‘nga burilmoqchi ekanligi haqida
  2. To‘xtash haqida
  3. Harakatni davom ettirish haqida

To'g'ri javob: To‘xtash haqida

Yo‘l harakati qoidalarining 45 bandiga asosan, haydovchi harakatlanishni boshlashdan, qayta tizilishdan, burilish (qayrilib olish)dan va to‘xtashdan oldin tegishli yo‘nalishni ko‘rsatuvchi yorug‘lik ishoralarini yoqishi, ular bo‘lmaganda yoki ishlamaganda qo‘l bilan ishoralar berishi shart. To‘xtash ishorasi chap yoki o‘ng qo‘lni yuqoriga ko‘tarib beriladi.