46-bilet savollari va javoblari

1. Ushbu vaziyatda siz o‘ng tasmada harakatlanmoqdasiz, sizning tasmangizga qayta tizilayotgan transport vositasiga yo‘l berishingiz kerakmi?

Ushbu vaziyatda siz o‘ng tasmada harakatlanmoqdasiz, sizning tasmangizga qayta tizilayotgan transport vositasiga yo‘l b…
  1. Kerak emas
  2. Kerak

To'g'ri javob: Kerak emas

YHQ 9-bobi 55-bandi: Haydovchi qayta tizilishda harakatlanish yo‘nalishini o‘zgartirmasdan harakatlanayotgan yo‘lakay transport vositalariga yo‘l berishi kerak. Bir yo‘nalishda harakatlanayotgan transport vositalari bir vaqtda qayta tizilayotganlarida haydovchi o‘ng tomondagi transport vositasiga yo‘l berishi kerak.

2. Ushbu yo‘l belgisi qaysi transport vositalarining harakatlanishini taqiqlaydi?

Ushbu yo‘l belgisi qaysi transport vositalarining harakatlanishini taqiqlaydi?
  1. Xavfli yuk tashiyotgan transport vositalarining harakatlanishini
  2. Barcha javoblari to‘g‘ri
  3. Ruxsat etilgan to‘la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillarini

To'g'ri javob: Xavfli yuk tashiyotgan transport vositalarining harakatlanishini

YHQ 1 ilova: 3.32. “Xavfli yuk tashiyotgan transport vositasining harakati taqiqlangan”.

3. Qaysi belgi to‘siqni o‘ng yoki chap tomonidan chetlab o‘tishga ruxsat etilishini bildiradi?

Qaysi belgi to‘siqni o‘ng yoki chap tomonidan chetlab o‘tishga ruxsat etilishini bildiradi?
  1. 1
  2. 2
  3. 3
  4. 4
  5. 5

To'g'ri javob: 5

YHQ 1-ilovasining 4-bo‘limidagi 4.2.3 belgiga asosan, «To‘siqni o‘ngdan yoki chapdan aylanib o‘tish». Har tomonidan aylanib o‘tish ruxsat etiladi.

4. Bu joyda yo‘lovchilarni chiqarish yoki tushirish maqsadida to‘xtash mumkinmi?

Bu joyda yo‘lovchilarni chiqarish yoki tushirish maqsadida to‘xtash mumkinmi?
  1. Ha
  2. Yo‘q

To'g'ri javob: Ha

YHQ 1 ilova: 3.28. “To‘xtab turish taqiqlangan”. Transport vositalarining to‘xtab turishi taqiqlanishini bildiradi.

5. Qizil avtomobil chorraxani nechinchi bo‘lib kesib o‘tadi?

Qizil avtomobil chorraxani nechinchi bo‘lib kesib o‘tadi?
  1. Oxirgi bo‘lib
  2. Ikkinchi bo‘lib
  3. Birinchi bo‘lib

To'g'ri javob: Oxirgi bo‘lib

Yo‘l harakati qoidalarining 105 bandiga asosan, teng ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o‘ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo‘l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o‘zaro amal qilishlari kerak. Bunday chorrahalarda keyingi harakat yo‘nalishidan qat’iy nazar, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin o‘tish huquqiga ega bo‘ladi. Yo‘l harakati qoidalarining 107 bandiga asosan, chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yo‘ldan qarama-qarshi yo‘nalishdan to‘g‘riga yoki o‘ngga harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o‘zaro amal qilishlari kerak. Ushbu chorrahada tramvay birinchi, to‘g‘riga harakatlanayotgan avtobus ikkinchi, chapga burilayotgan qizil avtomobil uchunchi bo‘lib harakatlanadi.

6. To‘xtash qoidasini qaysi transport vositasining haydovchisi buzdi?

To‘xtash qoidasini qaysi transport vositasining haydovchisi buzdi?
  1. Faqat qizil avtomobil haydovchisi
  2. Har ikkala haydovchi ham
  3. Faqat ko‘k avtomobil haydovchisi

To'g'ri javob: Faqat qizil avtomobil haydovchisi

7. Ushbu vaziyatda siz:

Ushbu vaziyatda siz:
  1. To‘xtamasdan harakatni davom ettirishingiz mumkin
  2. Belgi oldida to‘xtashingiz va svetoforning ruxsat beruvchi ishorasini kutishingiz kerak

To'g'ri javob: Belgi oldida to‘xtashingiz va svetoforning ruxsat beruvchi ishorasini kutishingiz kerak

YHQ 15-bobi 102-bandiga muvofiq, svetoforning ruxsat etuvchi ishorasida chorrahaga kirgan haydovchi undan chiqishda svetofor ishoralaridan qat'i nazar, mo'ljallangan yo'nalishda harakatlanishni davom ettirishi kerak. Biroq chorrahada haydovchining harakatlanish yo'lida joylashgan svetoforlar oldida to'xtash chiziqlari (yoki 5.33 yo'l belgisi) bo'lsa, u har bir svetofor ishoralariga amal qilishi shart.

8. Sanab o‘tilgan qaysi hollarda egiluvchan ulagichda shatakka olish taqiqlanadi?

Sanab o‘tilgan qaysi hollarda egiluvchan ulagichda shatakka olish taqiqlanadi?
  1. Faqat tog‘li yo‘llarda
  2. Kunning qorong‘i vaqtida va yetarlicha ko‘rinmaslik sharoitida
  3. Yo‘l yaxmalak, sirpanchiq bo‘lgan hollarda
  4. Barcha sanab o‘tilgan hollarda

To'g'ri javob: Yo‘l yaxmalak, sirpanchiq bo‘lgan hollarda

Yo‘l harakati qoidalarining 145 bandiga asosan, shatakka olish quyidagi holatlarda taqiqlanadi: yo‘l yaxmalak, sirpanchiq bo‘lgan hollarda egiluvchan ulagichda.

9. Qanday hollarda sizga 50 km/s dan yuqori tezlikda harakatlanish taqiqlangan?

Qanday hollarda sizga 50 km/s dan yuqori tezlikda harakatlanish taqiqlangan?
  1. Faqat qatnov qismi nam bo‘lsa
  2. Har qanday holatda ham

To'g'ri javob: Faqat qatnov qismi nam bo‘lsa

YHQ 1-ilovasining 7-bo‘limidagi 7.16 belgiga asosan, «Nam qoplama». Belgi qatnov qismining qoplamasi nam bo‘lgan vaqtda ta’sir etishini ko‘rsatadi.

10. “Imtiyoz” atamasiga tegishli tarifni ko‘rsating

  1. Yo‘l harakati qatnashchilariga nisbatan imtiyozi bo‘lgan boshqa yo‘l harakati qatnashchisining harakat yo‘nalishi yoki tezligini o‘zgartirishga majbur etishi mumkin bo‘lgan hollarda harakatni davom ettirmasligini yoki boshlamasligini, biror-bir manyovr bajarishi mumkin emasligini bildiruvchi talab.
  2. Mo‘ljallangan yo‘nalishda boshqa yo‘l harakati qatnashchilariga nisbatan oldin harakatlanish huquqi.

To'g'ri javob: Mo‘ljallangan yo‘nalishda boshqa yo‘l harakati qatnashchilariga nisbatan oldin harakatlanish huquqi.

Yo‘l harakati qoidalarining 6 bandiga asosan, imtiyoz — mo‘ljallangan yo‘nalishda boshqa yo‘l harakati qatnashchilariga nisbatan oldin harakatlanish huquqi.

11. Ushbu yo‘l nechta qatnov qismiga ega?

Ushbu yo‘l nechta qatnov qismiga ega?
  1. 1 ta
  2. 2 ta
  3. 3 ta

To'g'ri javob: 1 ta

Yo‘l harakati qoidalarining 6 bandiga asosan, qatnov qismi — yo‘lning relssiz transport vositalari harakatlanishi uchun mo‘ljallangan qismi.

12. Qaysi transport vositalariga harakatlanishga ruxsat berilgan?

Qaysi transport vositalariga harakatlanishga ruxsat berilgan?
  1. Motosiklga o‘ngga va yengil avtomobilga barcha yo‘nalishlarga
  2. Motosiklga o‘ngga, yengil avtomobilga to‘g‘riga va o‘ngga
  3. Motosikl va yengil avtomobilga to‘g‘riga va o‘ngga

To'g'ri javob: Motosiklga o‘ngga, yengil avtomobilga to‘g‘riga va o‘ngga

YHQ 7-bobi 38-bandi: Tartibga soluvchining ishoralari quyidagi ma‘noni bildiradi: Qo‘llari yon tomonga uzatilganda yoki tushirilganda: chap va o‘ng yon tomonidan tramvayga to‘g‘riga, relssiz transport vositalariga to‘g‘riga va o‘ngga harakatlanishga, piyodalarga qatnov qismini kesib o‘tishga ruxsat beriladi; old va orqa tomonidan barcha transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi taqiqlanadi. O‘ng qo‘li oldinga uzatilganda: chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yo‘nalishlarda; oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat o‘ngga harakatlanishga ruxsat beriladi; orqa tomonidan va o‘ng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi; piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonida qatnov qismini kesib o‘tishga ruxsat etiladi.

13. Ushbu svetafor qaysi yo‘nalishida harakatlanishga ruxsat beradi?

Ushbu svetafor qaysi yo‘nalishida harakatlanishga ruxsat beradi?
  1. To‘g‘riga va chapga
  2. Faqat o‘ngga
  3. To‘g‘riga va o‘nga
  4. Faqat chapga

To'g'ri javob: To‘g‘riga va o‘nga

Yo‘l harakati qoidalarining 36 bandiga asosan, Tramvaylarning hamda maxsus ajratilgan tasma bo‘ylab harakatlanayotgan boshqa yo‘nalishli transport vositalarining harakatlanishini tartibga solish uchun «T» harfi ko‘rinishida joylashgan to‘rtta doirasimon oq rang ishorali svetoforlar qo‘llanilishi mumkin. Yuqoridagi bir yoki bir nechta va pastki ishora bir vaqtning o‘zida yonganda, harakatlanishga ruxsat etiladi. Ulardan chapdagisi chapga, o‘ngdagisi o‘ngga, o‘rtadagisi to‘g‘riga yurishga ruxsat beradi. Pastdagi ishora o‘chirilib, yuqoridagi uchta ishora bir vaqtda yonsa, harakatlanish taqiqlanadi.

14. N1 toifadagi avtotransport vositalarining boshqaruv qurilmasidagi qanday eng katta lyuft yig‘indisiga yo‘l qo‘yiladi?

N1 toifadagi avtotransport vositalarining boshqaruv qurilmasidagi qanday eng katta lyuft yig‘indisiga yo‘l qo‘yiladi?
  1. 10 daraja
  2. 20 daraja
  3. 25 daraja

To'g'ri javob: 20 daraja

Yo‘l harakati qoidalariga 3-ilova 2.1 bandiga asosan, boshqaruv qurilmasining lyuft yig‘indisi reglament (qat’iy belgilangan) sharoitlardagi sinovlarda quyidagi ko‘rsatkichdan katta bo‘lmasligi kerak: N1 – 20 daraja.

15. Qaysi belgi ikkinchi darajali yo‘l bilan kesishuvni bildiradi?

Qaysi belgi ikkinchi darajali yo‘l bilan kesishuvni bildiradi?
  1. 1
  2. 2
  3. 3
  4. 4
  5. 5

To'g'ri javob: 1

YHQ 1-ilovasining 2-bo‘limidagi 2.3.1 belgiga asosan, «Ikkinchi darajali yo‘l bilan kesishuv».

16. Miltillovchi sariq ishorali svetafor:

Miltillovchi sariq ishorali svetafor:
  1. Svetafor chirog‘i almashuvidan xabardor qiladi
  2. Tartibga solingan chorraha borligidan xabardor qiladi
  3. Tartibga solinmagan chorraha yoki piyodalar o‘tish joyi borligidan xabardor qiladi

To'g'ri javob: Tartibga solinmagan chorraha yoki piyodalar o‘tish joyi borligidan xabardor qiladi

YHQ 7-bobi 31-bandiga muvofiq, miltillovchi sariq ishora harakatlanishga ruxsat beradi va tartibga solinmagan chorraha yoki piyodalar o'tish joyi borligidan xabardor qiladi, xavf-xatar haqida ogohlantiradi;

17. Yuk avtomobili haydovchisiga qaysi yo‘nalishda harakatlanishga ruxsat beriladi?

Yuk avtomobili haydovchisiga qaysi yo‘nalishda harakatlanishga ruxsat beriladi?
  1. To‘g‘riga va o‘ngga
  2. O‘ngga, chapga va orqaga
  3. Faqat o‘ngga
  4. Barcha yo‘nalishlarga

To'g'ri javob: To‘g‘riga va o‘ngga

YHQ 1-ilovasining 3-bo‘limidagi 3.4 belgiga asosan, «Yuk avtomobillarining harakatlanishi taqiqlangan». Ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan (agar vazni belgida ko‘rsatilmagan bo‘lsa) yoki ruxsat etilgan to‘liq vazni belgida ko‘rsatilgandan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillari va transport vositalari tarkiblarining, shuningdek traktorlar, o‘ziyurar uskunalarning harakatlanishi taqiqlanadi. 3.4. yo‘l belgisi bortlariga qiya oq chiziq tortilgan yoki odamlarni tashish uchun mo‘ljallangan yuk avtomobillarining harakatlanishini taqiqlamaydi. YHQning 56 bandiga asosan, aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi o‘ngga, chapga burilishi yoki qayrilib olishdan oldinroq shu yo‘nalishda harakatlanishi uchun mo‘ljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart. Ushbu holatda belgi talabi bo‘yicha, yuk avtomobiliga to‘g‘riga harakatlanish taqiqlanmaydi, shuningdek, yuk avtomobili shu yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan qatnov qismining o‘ng chetki holatini egallaganligi uchun o‘ngga harakatlanishga ham ruxsat etiladi.

18. Bu vaziyatda o‘ngga burilayotib, siz:

Bu vaziyatda o‘ngga burilayotib, siz:
  1. Faqat transport vositalarga yo‘l berasiz
  2. Barcha qatnov qismidagi piyodalarga yo‘l berasiz
  3. Harakat yo‘nalishi bo‘yicha va burilayotgan ko‘chani kesib o‘tayotgan piyodalarga hamda boshqa transport vositlariga yo‘l berasiz

To'g'ri javob: Harakat yo‘nalishi bo‘yicha va burilayotgan ko‘chani kesib o‘tayotgan piyodalarga hamda boshqa transport vositlariga yo‘l berasiz

YHQ 1-ilovasining 5-bo‘limidagi 5.42 belgiga asosan, «Qizil chiroqda o‘ngga harakatlanish». Transport svetofori qizil chirog‘ining o‘ng yoniga 5.42 yo‘l belgisi o‘rnatilgan bo‘lsa, transport vositalarining haydovchilari svetoforning taqiqlovchi ishorasi yonib turganda, barcha xavfsizlik choralarini ko‘rgan holda o‘ngga burilishlari mumkin. Bunda ular harakat yo‘nalishi bo‘yicha va burilayotgan ko‘chani kesib o‘tayotgan piyodalarga hamda boshqa transport vositalariga yo‘l berishlari shart.

19. Qaysi belgi yo‘lning ko‘rsatilgan yo‘nalishida oxiri berk ko‘chaligini bildiradi?

Qaysi belgi yo‘lning ko‘rsatilgan yo‘nalishida oxiri berk ko‘chaligini bildiradi?
  1. 1
  2. 2
  3. 3
  4. 4
  5. 5

To'g'ri javob: 4

YHQ 1-ilovasining 5-bo‘limidagi 5.19.1 belgiga asosan, «Oxiri berk yo‘l». Yo‘lning ko‘rsatilgan yo‘nalishda oxiri berkligini bildiradi.

20. Qaysi rasmda ikkita qatnov qismiga ega bo‘lgan yo‘l ko‘rsatilgan?

Qaysi rasmda ikkita qatnov qismiga ega bo‘lgan yo‘l ko‘rsatilgan?
  1. A rasmda
  2. B rasmda
  3. Hech qaysi rasmda

To'g'ri javob: Hech qaysi rasmda

Yo‘l harakati qoidalarining 6 bandiga asosan, ajratuvchi mintaqa — yo‘lning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini ajratuvchi, transport vositalari harakatlanishi yoki to‘xtashi uchun mo‘ljallanmagan, yo‘l sathidan ko‘tarilgan yoki maysazor, ariq, maxsus to‘siqlar bilan ajratilgan baland qismi.