1. Agar haydovchi keskin tormoz bermasdan harakatni to‘xtata olmasa, svetaforning yashil ishorasidan keyin yongan sariq ishorasida harakatni davom yettirishga ruxsat beriladimi?
Ruxsat etiladi
Agar haydovchi chorrahadan faqat to‘g‘riga o‘tib ketmoqchi bo‘lsa, ruxsat etiladi
Taqiqlanadi
To'g'ri javob: Ruxsat etiladi
YHQ 7-bobi 42-bandiga asosan, sariq ishora yonganda to'xtash chizig'i oldida, bunday chiziq bo'lmaganda esa chorrahaning qatnov qismi bilan kesishgan joyida keskin tormoz bermasdan to'xtashga ulgura olmaydigan transport vositalarining haydovchilariga harakatni davom ettirishga ruxsat etiladi.
2. Ushbu chorrahada kim yo‘l beradi?
Ko‘k avtomobil
Mototsikl va sariq avtomobil
To'g'ri javob: Ko‘k avtomobil
Yo‘l harakati qoidalarining 98 bandi 3 xatboshiga asosan, aylanma harakatlanish chorrahasida harakatlanayotgan transport vositalari aylanaga kirib kelayotgan transport vositalariga nisbatan ustunlikka (imtiyozga) ega.
3. Qaysi belgi velosiped yo‘lkasini ko‘rsatadi?
A
B
C
To'g'ri javob: C
YHQ 1-ilovasining 4-bo‘limidagi 4.5 belgiga asosan, «Velosiped yo‘lkasi». Faqat velosiped va mopedlarda harakatlanishga ruxsat etilishini bildiradi. Trotuar yoki piyodalar yo‘lkasi bo‘lmasa, velosiped yo‘lkasidan piyodalar ham yurishlari mumkin.
4. Ushbu belgi qaysi turdagi transport vositalarining to‘xtamasdan o‘tishlarini taqiqlaydi?
Yuk avtomobillarining
Yengil avtomobillarning
Barcha turdagi transport vositalarining
To'g'ri javob: Barcha turdagi transport vositalarining
YHQ 1-ilovasining 3-bo‘limidagi 3.17.1 belgiga asosan, «Bojxona». Bojxona (nazorat punkti) oldida to‘xtamasdan o‘tib ketish taqiqlanadi.
Yo‘l - transport hodisalarida birinchi yordam faniga asosan, shokning belgilari quyidagilar:
- Teri va shilliq qavatlarning oqarishi;
- Kuchli ter ajralishi;
- Og‘iz qurishi, chanqoqlik, nafas olishning tezlashuvi;
- Es - hushning noaniqligi, behush holat.
6. Qaysi belgi “Xavfli yuk tashiyotgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlangan” deb nomlanadi?
“C”
“A”
“B”
To'g'ri javob: “C”
YHQ 11-bobi 81-bandining ikkinchi xatboshisiga asosan, haydovchilarga quyidagilar taqiqlanadi: tezlikni transport vositasiga o‘rnatilgan “Tezlik cheklangan” taniqlik belgisida ko‘rsatilganidan oshirish.
7. Xavfsiz oraliq masofani ko‘rsating
A va C
C
B
To'g'ri javob: B
Yo‘l harakati qoidalarining 73 bandiga asosan, haydovchi o‘zidan oldinda harakatlanayotgan transport vositasi keskin tormoz berganda, to‘qnashib ketmaslik kafolatini beradigan darajadagi oraliq masofani, shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlaydigan yonlama oraliq masofani saqlashi kerak.
8. Quvib o‘tishga taalluqli belgilarni ko‘rsating?
А va В
В va C
А va С
To'g'ri javob: А va С
YHQ 1-ilovasining 3-bo‘limidagi 3.20 belgiga asosan, «Quvib o‘tish taqiqlangan». Soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan yakka transport vositasidan boshqa transport vositalarini quvib o‘tish taqiqlanishini bildiradi.
YHQ 1-ilovasining 3-bo‘limidagi 3.22 belgiga asosan, «Yuk avtomobillarida quvib o‘tish taqiqlangan». To‘liq vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillarida barcha transport vositalarini quvib o‘tish taqiqlanishini bildiradi (soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan transport vositasi, traktor, ot-arava, velosiped bundan mustasno).
9. Chorraha – bu ...
Bevosita yo‘lga tutashgan va transport vositalari o‘tib ketishi uchun mo‘ljallanmagan hudud (hovlilar, turar joy dahalari, avtomobil to‘xtab turish joylari, yonilg‘i quyish shoxobchalari, korxona va shunga o‘xshashlar).
Yo‘llarning o‘zaro bir sathda kesishadigan, tutashadigan va ayriladigan joyi.
Yo‘lning relssiz transport vositalari harakati uchun mo‘ljallangan qismi.
To'g'ri javob: Yo‘llarning o‘zaro bir sathda kesishadigan, tutashadigan va ayriladigan joyi.
Yo‘l harakati qoidalarining 6 bandiga asosan, chorraha — yo‘llarning o‘zaro bir sathda kesishadigan, tutashadigan va ayriladigan joyi. Chorraha chegarasi uning markazidan qatnov qismlari oxiridagi qarama-qarshi tomonlarning eng uzoq burilish joylarini tutashtiruvchi tasavvur qilinadigan chiziqlar bilan aniqlanadi.
Yondosh hududlardan chiqish joylari chorraha hisoblanmaydi.
10. Avtomobillarning bir qator bo‘lib harakatlanishi uchun yetarlicha keng bo‘lgan, yo‘l chiziqlari bilan belgilangan yoki belgilanmagan yo‘l qatnov qismining har qanday bo‘ylama bo‘lagi nima deb ataladi?
Qatnov qismi
Harakatlanish tasmasi
Yo‘l yoqasi
Yondosh hudud
To'g'ri javob: Harakatlanish tasmasi
Yo‘l harakati qoidalarining 6 bandiga asosan, harakatlanish tasmasi — avtomobillarning bir qator bo‘lib harakatlanishi uchun yetarlicha keng bo‘lgan, yo‘l chiziqlari bilan belgilangan yoki belgilanmagan yo‘l qatnov qismining har qanday bo‘ylama tasmasi.
11. Qaysi belgilar yuk avtomobillarida quvib o‘tish taqiqlangan hududning oxirini bildiradi?
Faqat A
Faqat B
Faqat A, B
А, B, C
To'g'ri javob: А, B, C
YHQ 1-ilovasining 3-bo‘limidagi 3.21 belgiga asosan, «Quvib o‘tish taqiqlangan hududning oxiri».
YHQ 1-ilovasining 3-bo‘limidagi 3.23 belgiga asosan, «Yuk avtomobillarida quvib o‘tish taqiqlangan hududning oxiri».
YHQ 1-ilovasining 3-bo‘limidagi 3.31 belgiga asosan, «Barcha cheklovlarning oxiri». 3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26 — 3.30 belgilaridan bir nechtasiga bir vaqtda amal qiladigan hududlarning oxiri.
12. Ushbu holatda qaysi transport vositasi yo‘l berishi kerak?
Avtobus
Yengil avtomobil
To'g'ri javob: Avtobus
Yo‘l harakati qoidalarining 133 bandiga asosan, haydovchilar aholi punktlarida bekatdan harakatlanishni boshlayotgan avtobus va trolleybuslarga yo‘l berishlari kerak. O‘z navbatida avtobus va trolleybus haydovchilari o‘zlariga yo‘l berilganligiga ishonch hosil qilganliklaridan keyingina harakatlanishni boshlashlari mumkin.
Yo‘nalishli transport vositalariga bekatlardan tashqari joylarda yo‘lovchi olish va tushirish taqiqlanadi (yo‘nalishli taksilar bundan mustasno).
13. Svetoforning miltillovchi sariq ishorasi nima haqida ogohlantiradi?
Harakatlanishga ruxsat beradi
Chorraha tartibga solinmaganligi to‘g‘risida
Barcha javoblar to‘g‘ri
To'g'ri javob: Barcha javoblar to‘g‘ri
Yo‘l harakati qoidalarining 31 bandi 6 xatboshiga asosan, miltillovchi sariq ishora ehtiyotkorlik choralarini ko‘rgan holda harakatlanishga ruxsat beradi va tartibga solinmagan chorraha yoki piyodalar o‘tish joyi borligidan xabardor qiladi, xavf-xatar haqida ogohlantiradi.
14. Bosh miya jarohatlanishi quyidagi alomatlar bilan xarakterlanadi:
Hushdan ketish bir necha soniyadan bir necha soatgacha bo‘lishi mumkin
Amneziya - xotiraning yo‘qolishi, sodir bo‘lgan jarohatlanish bilan bog‘liq va hayotidagi ba’zi voqealar xotirasidan o‘chadi
Qayt qilish bir - ikki marta, og‘ir holatlarda ko‘proq bo‘lishi mumkin
Yuqoridagi barcha holatlar
To'g'ri javob: Yuqoridagi barcha holatlar
Yo‘l - transport hodisalarida birinchi yordam faniga asosan, bosh miya jarohatlanishining asosiy alomatlari quyidagilar:
-Hushdan ketish bir necha soniyadan bir necha soatgacha bo‘lishi mumkin;
-Qayt qilish bir - ikki marta, og‘ir holatlarda ko‘proq bo‘lishi mumkin;
-Amneziya - xotiraning yo‘qolishi, sodir bo‘lgan jarohatlanish bilan bog‘liq va hayotidagi ba’zi voqealar xotirasidan o‘chadi.
15. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash –
Yo‘l-transport hodisalarining kelib chiqish sabablarini oldini olishga, ularning og‘ir oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan faoliyat.
Yo‘llarda harakatni boshqarish bo‘yicha huquqiy, tashkiliy-texnikaviy tadbirlar va boshqaruv harakatlari majmui.
To'g'ri javob: Yo‘l-transport hodisalarining kelib chiqish sabablarini oldini olishga, ularning og‘ir oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan faoliyat.
Yo‘l harakati qoidalarining 6 bandiga asosan, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash — yo‘l-transport hodisalarining kelib chiqish sabablarining oldini olishga, ularning og‘ir oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan faoliyat.
16. Transport vositalarini qatnov qismining kengaytirilmagan joylarida qanday tartibda to‘xtash va to‘xtab turishiga ruxsat etiladi?
Burchak ostida
Parallel ravishda
Istalgan usulda
To'g'ri javob: Parallel ravishda
Yo‘l harakati qoidalarining 89 bandi 1 xatboshiga asosan, transport vositalarini yo‘lning qatnov qismida bir qator qilib, qatnov qismi chetiga yo‘l harakatining boshqa qatnashchilariga xalaqit bermaslik sharti bilan faqat parallel ravishda, kajavasi bo‘lmagan ikki g‘ildirakli transport vositalarini ikki qator qilib qo‘yishga ruxsat etiladi.
17. Chorrahadan tashqaridagi tartibga solinmagan velosiped yo‘lkasi bilan yo‘l kesishmasida kim yo‘l berishi kerak?
Velosiped yo‘lkasidan harakatlanayotgan velosiped va moped haydovchilari
Transport vositalari haydovchilari
To'g'ri javob: Velosiped yo‘lkasidan harakatlanayotgan velosiped va moped haydovchilari
Yo‘l harakati qoidalarining 169 bandiga asosan, chorrahadan tashqaridagi tartibga solinmagan velosiped yo‘lkasi bilan yo‘l kesishmasida velosiped va moped haydovchilari yo‘lda harakatlanayotgan boshqa transport vositalariga yo‘l berishlari kerak.
18. Tik nishabliklarda dvigatel bilan tormozlashda qiyalikka nisbatan qanday uzatma tanlanadi?
Nishablik qancha qiya bo‘lsa uzatma pog‘onasi shuncha past tanlanadi
Nishablik qancha qiya bo‘lsa uzatma pog‘onasi shuncha yuqori tanlanadi
Pog‘ona tanlashning nishablikka aloqasi yo‘q
To'g'ri javob: Nishablik qancha qiya bo‘lsa uzatma pog‘onasi shuncha past tanlanadi
Tik nishablikda harakatlanayotganida haydovchi qancha past uzatmani tanlasa, dvigatel yordamida tormozlash shunchalik samara beradi. Shuning uchun nishablik qanchalik tik bo'lsa, uzatmani ham shunchalik past tanlash kerak.
19. Qaysi belgi to‘xtash chizig‘i oldida, u bo‘lmaganda, kesib o‘tiladigan qatnov qismining chetida to‘xtamasdan harakatlanishni taqiqlaydi?
Faqat A
Faqat B
B va C
Barchasi
To'g'ri javob: Faqat B
YHQ 1-ilovasining 2-bo'limi 2.5 belgisiga asosan, "To'xtamasdan harakatlanish taqiqlangan". To'xtash chizig'i oldida, agar u bo'lmasa, kesib o'tiladigan qatnov qismining chetida to'xtamasdan harakatlanish taqiqlanadi.
20. Hayvonlarni yo‘ldan haydab o‘tishga qoidaga ko‘ra ruxsat etiladi:
Kunning yorug‘ vaqtida
Kunning qorong‘i vaqtida
Istalgan vaqtda
To'g'ri javob: Kunning yorug‘ vaqtida
Yo‘l harakati qoidalarining 171 bandiga asosan, hayvonlarni yo‘lda, asosan sutkaning yorug‘ vaqtida haydab borilishi kerak. Podachilar hayvonlarni mumkin qadar yo‘lning yo‘l yoqasida olib yurishlari kerak.