41-bilet savollari va javoblari

1. Harakatlanishga ruxsat berilgan:

Harakatlanishga ruxsat berilgan:
  1. Qizil, ko‘k, yashil va sariq avtomobilga
  2. Qizil va sariq avtomobilga
  3. Qizil, sariq va yashil avtomobilga

To'g'ri javob: Qizil va sariq avtomobilga

Yo‘l harakati qoidalarining 38 bandiga asosan, Tartibga soluvchining ishoralari quyidagi ma’noni bildiradi: Qo‘llari yon tomonga uzatilganda yoki tushirilganda: chap va o‘ng yon tomonidan tramvayga to‘g‘riga, relssiz transport vositalariga to‘g‘riga va o‘ngga harakatlanishga, piyodalarga qatnov qismini kesib o‘tishga ruxsat beriladi; old va orqa tomonidan barcha transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi taqiqlanadi. Ushbu vaziyatda qizil va sariq avtomobillarga harakatlanishga ruxsat etiladi.

2. Ushbu belgi...

Ushbu belgi...
  1. Oldinda transport vositalarining tirbandligi haqida ogohlantiradi
  2. Oldinda transport vositalari orasida xavfsiz oraliqni ta'minlash haqida ogohlantiradi
  3. Transport vositalari qatnov qismining tasmalari bo‘yicha harakatlanishi qat'iyligi haqida ogohlantiradi

To'g'ri javob: Oldinda transport vositalarining tirbandligi haqida ogohlantiradi

YHQ 1-ilovasining 1-bo'limidagi 1.32 "Tirbandlik". Ushbu yo'l belgisi vaqtinchalik yoki tasviri o'zgaradigan holatda tirbandlik hosil bo'lgan yo'l yoki chorrahaga kirish oldidan yo'lni yoki chorrahani aylanib o'tish imkoniyati bo'lgan joyga o'rnatiladi.

3. Quyidagi belgilardan qaysi biri haydovchini boshqa xavf-xatarlar to‘g‘risida ogohlantiradi?

Quyidagi belgilardan qaysi biri haydovchini boshqa xavf-xatarlar to‘g‘risida ogohlantiradi?
  1. A
  2. B
  3. C

To'g'ri javob: C

YHQ 1-ilovasining 1-bo‘limidagi 1.30 belgiga asosan, «Boshqa xavf-xatarlar».

4. Svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo‘shimcha tarmoqning yo‘naltirgichli yashil ishorasi yo‘nalishida harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi kimga yo‘l berishi kerak?

Svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo‘shimcha tarmoqning yo‘naltirgichli yashil ishorasi yo…
  1. Boshqa yo‘nalishlarda harakatlanayotgan transport vositalariga
  2. O‘ngdan kelayotgan transport vositalariga
  3. Qarama-qarshi yo‘nalishda to‘g‘riga yoki o‘ngga harakatlanayotgan transport vositalariga

To'g'ri javob: Boshqa yo‘nalishlarda harakatlanayotgan transport vositalariga

Yo‘l harakati qoidalarining 100 bandiga asosan, Svetoforning taqiqlovchi qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo‘shimcha tarmoqning ko‘rsatkichli yashil ishorasi yo‘nalishida harakatlanayotgan haydovchi boshqa yo‘nalishlardan harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishi kerak.

5. Yo‘l-transport hodisasi - ....

Yo‘l-transport hodisasi - ....
  1. Transport vositasining yo‘lda harakatlanishi jarayonida ro‘y bergan, fuqarolarning halok bo‘lishiga yoki sog‘lig‘iga zarar yetishiga, transport vositalari, inshootlar, yuklarning shikastlanishi yoxud boshqa moddiy zarar yetishiga sabab bo‘lgan hodisa.
  2. Yo‘l harakati qatnashchilarining yo‘l-transport hodisalari va ularning oqibatlaridan himoyalanganlik darajasini aks ettiruvchi yo‘l harakati holati.

To'g'ri javob: Transport vositasining yo‘lda harakatlanishi jarayonida ro‘y bergan, fuqarolarning halok bo‘lishiga yoki sog‘lig‘iga zarar yetishiga, transport vositalari, inshootlar, yuklarning shikastlanishi yoxud boshqa moddiy zarar yetishiga sabab bo‘lgan hodisa.

Yo‘l harakati qoidalarining 6 bandiga asosan, yo‘l-transport hodisasi — transport vositasining yo‘lda harakatlanish jarayonida ro‘y bergan, fuqarolarning halok bo‘lishiga yoki sog‘lig‘iga zarar yetishiga, transport vositalari, inshootlar, yuklarning shikastlanishi yoxud boshqa moddiy zarar yetishiga sabab bo‘lgan hodisa.

6. Avtomobilni qanday boshqarish usuli yonilg‘i sarfini tejaydi?

  1. Shiddat bilan tezlanish va va ohista (ravon) sekinlashish bilan
  2. Ohista (ravon) tezlanish va shiddat bilan sekinlashish bilan
  3. Ohista (ravon) tezlanish va ohista sekinlashish bilan

To'g'ri javob: Ohista (ravon) tezlanish va ohista sekinlashish bilan

Harakat xavfsizligi asoslari talablariga asosan, avtomobilni ohista (ravon ) tezlanish va ohista sekinlashish bilan boshqarish usuli yonilg‘i sarfini tejaydi.

7. Piyodalar o‘tish joyi – bu ...

  1. Yo‘l qatnov qismining piyodalar kesib o‘tishi uchun mo‘ljallangan, 5.16.1, 5.16.2 yo‘l belgilari va 1.14.1-1.14.4 yo‘l chiziqlari bilan ajratilgan bo‘lagi.
  2. Yo‘lning piyodalar harakatlanishi uchun mo‘ljallangan va transport vositalari harakati taqiqlangan qismi.
  3. Qatnov qismiga tutashgan yoki undan maysazor, ariq, maxsus to‘siqlar bilan ajratilgan va piyodalarning harakatlanishi uchun mo‘ljallangan yo‘l qismi.

To'g'ri javob: Yo‘l qatnov qismining piyodalar kesib o‘tishi uchun mo‘ljallangan, 5.16.1, 5.16.2 yo‘l belgilari va 1.14.1-1.14.4 yo‘l chiziqlari bilan ajratilgan bo‘lagi.

Yo‘l harakati qoidalarining 6 bandiga asosan, piyodalar o‘tish joyi — qatnov qismidagi 5.16.1, 5.16.2 yo‘l belgilari va 1.14.1 — 1.14.4 yo‘l chiziqlari bilan belgilangan va piyodalar yo‘lni kesib o‘tishda harakatlanishlari uchun ajratilgan joy. Yo‘l chiziqlari bo‘lmasa, piyodalar o‘tish joyining kengligi 5.16.1 va 5.16.2 yo‘l belgilari orasidagi masofa bilan aniqlanadi.

8. Moped haydovchilariga ruxsat beriladi:

Moped haydovchilariga ruxsat beriladi:
  1. Faqat yo‘lning chetki o‘ng bo‘lagida o‘ng tomonidan bir qator bo‘lib harakatlanishiga
  2. Faqat yo‘l yoqasidan harakatlanishga, agar piyodalarga xalaqit bermasa
  3. Barcha sanab o‘tilgan holatlarga

To'g'ri javob: Barcha sanab o‘tilgan holatlarga

Yo‘l harakati qoidalarining 166 bandiga asosan, velosipedlar, mopedlar, aravalar, miniladigan yoki yuk ortiladigan hayvonlarning yo‘lning chetki o‘ng bo‘lagida imkoni boricha o‘ng tomonidan bir qator bo‘lib harakatlanishiga yo‘l qo‘yiladi. Agar piyodalarga xalaqit bermasa, yo‘l yoqasidan harakatlanishga ham ruxsat etiladi.

9. Ushbu yotiq chiziq nimani bildiradi?

Ushbu yotiq chiziq nimani bildiradi?
  1. Velosiped yo‘lkasini
  2. Sun’iy yo‘l notekisligini
  3. Yo‘nalishli taksilar to‘xtaydigan joyni

To'g'ri javob: Sun’iy yo‘l notekisligini

YHQ 2-ilovasining 1-bo‘limidagi 1.29 yo‘l chizig‘iga asosan, sun’iy yo‘l notekisligini bildiradi.

10. Siz chorrahada chapga burilishda qaysi transport vositasiga yo‘l berishingiz kerak?

Siz chorrahada chapga burilishda qaysi transport vositasiga yo‘l berishingiz kerak?
  1. Hech kimga
  2. Engil avtomobilga
  3. Avtobusga

To'g'ri javob: Hech kimga

11. Bosh miya jarohatlanishining asosiy alomatlari:

Bosh miya jarohatlanishining asosiy alomatlari:
  1. Hushdan ketish bir necha soniyadan bir necha soatgacha bo‘lishi mumkin
  2. Qayt qilish bir - ikki marta, og‘ir holatlarda ko‘proq bo‘lishi mumkin
  3. Amneziya - xotiraning yo‘qolishi, sodir bo‘lgan jarohatlanish bilan bog‘liq va hayotidagi ba’zi voqealar xotirasidan o‘chadi
  4. Sanab o‘tilgan barcha holatlar

To'g'ri javob: Sanab o‘tilgan barcha holatlar

Yo‘l - transport hodisalarida birinchi yordam faniga asosan, bosh miya jarohatlanishining asosiy alomatlari quyidagilar: -Hushdan ketish bir necha soniyadan bir necha soatgacha bo‘lishi mumkin; -Qayt qilish bir - ikki marta, og‘ir holatlarda ko‘proq bo‘lishi mumkin; -Amneziya - xotiraning yo‘qolishi, sodir bo‘lgan jarohatlanish bilan bog‘liq va hayotidagi ba’zi voqealar xotirasidan o‘chadi.

12. G‘ildiraklarning yo‘l bilan ilashishi yo‘qolganda (kuchli yomg‘ir, sel yoki suv toshgan yo‘l qismlari) haydovchi:

  1. Dvigatel bilan tormozlash orqali tezlikni kamaytirishi lozim
  2. Tezlikni oshirishi lozim
  3. Tormoz tepkisini keskin bosish bilan tezlikni kamaytirishi lozim

To'g'ri javob: Dvigatel bilan tormozlash orqali tezlikni kamaytirishi lozim

Yomg'ir yog'ayotganida g'ildiraklar bilan qoplama orasida albatta suv qoladi (ayniqsa yedirilgan shina protektorida) va bu o'z navbatida "Suv ponasi"ni hosil qiladi. Oqibatda g'ildiraklar sirpana boshlaydi. Bunda haydovchi tezlikni dvigatel yordamida pasaytirishi kerak, aks holda tezlikning keskin pasayishi avtomobilning sirpanib ketishiga olib keladi.

13. Ushbu ko‘rsatilgan yo‘llar nechta qatnov qismiga ega?

Ushbu ko‘rsatilgan yo‘llar nechta qatnov qismiga ega?
  1. Chapda bittadan, o‘ngda ikkitadan
  2. Bittadan
  3. To‘rttadan

To'g'ri javob: Chapda bittadan, o‘ngda ikkitadan

YHQ 1-ilova Umumiy qoidalar: Ajratuvchi mintaqa – yo‘lning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini ajratuvchi, transport vositalari harakatlanishi yoki to‘xtashi uchun mo‘ljallanmagan, yo‘l sathidan ko‘tarilgan yoki maysazor, ariq, maxsus to‘siqlar bilan ajratilgan baland qismi.

14. Yo‘lning qiyaliklarida qisqa muddatga to‘xtagan mexanik uzatmali avtomobilni joyidan to‘satdan harakatlanib ketishini oldini olish uchun:

  1. Uzatmalar qutisi richagini neytral holatga o‘tkazish lozim
  2. Birinchi uzatmani yoki orqa uzatmani ulash lozim
  3. To‘xtab turish tormozidan foydalanish lozim

To'g'ri javob: To‘xtab turish tormozidan foydalanish lozim

Mexanik uzatmali avtomobilni balandlikda qisqa muddatga to'xtatib, joyida ushlab turish uchun, to'xtab turish tormozini ishlatish kerak.

15. To‘xtab turish tormoz tizimi N toifadagi avtotransport vositalarini aslahalangan holatda qanday qiyalikda harakatsiz holatda ushlab tura olmasa foydalanish taqiqlanadi?

To‘xtab turish tormoz tizimi N toifadagi avtotransport vositalarini aslahalangan holatda qanday qiyalikda harakatsiz ho…
  1. 25 % dan kam bo‘lmagan
  2. 16 % dan kam bo‘lmagan
  3. 31 % dan kam bo‘lmagan
  4. 20 % dan kam bo‘lmagan

To'g'ri javob: 31 % dan kam bo‘lmagan

Yo‘l harakati qoidalariga 3-ilova 1.6 bandiga asosan, to‘xtab turish tormoz tizimi transport vositalarini quyidagi joylarda harakatsiz holatda ushlab tura olmasa: N toifa transport vositalari uchun— 31 foizdan kam bo‘lmagan qiyalikda.

16. Qaysi belgi yo‘lning tor qismida ro‘paradan harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishni talab qiladi?

Qaysi belgi yo‘lning tor qismida ro‘paradan harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishni talab qiladi?
  1. "B" va "C"
  2. "D"
  3. "A" va "D"
  4. "B"
  5. "A"

To'g'ri javob: "A"

YHQ 1-ilovasining 2-bo‘limidagi 2.6 belgiga asosan, «Ro‘para harakatlanishning ustunligi». Qarama-qarshi harakatlanishni qiyinlashtiradigan hollarda yo‘lning tor qismiga kirish taqiqlanadi. Haydovchi yo‘lning tor qismida bo‘lgan yoki ro‘paradan unga yaqin bo‘lgan transport vositasiga yo‘l berishi kerak.

17. Ko‘rsatilgan yo‘l belgilaridan qaysi biri taqiqlovchi belgilar ilgari kiritgan barcha cheklovlarni bekor qiladi?

Ko‘rsatilgan yo‘l belgilaridan qaysi biri taqiqlovchi belgilar ilgari kiritgan barcha cheklovlarni bekor qiladi?
  1. "C" va "D"
  2. "A" va "B"
  3. Faqat "C"
  4. Barchasi
  5. Faqat "A"

To'g'ri javob: Faqat "C"

YHQ 1-ilovasining 3-bo'limi 3.31 “Barcha cheklovlarning oxiri” belgisiga muvofiq, 3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26 — 3.30 taqiqlovchi belgilaridan bir nechtasiga bir vaqtda amal qiladigan oraliqlarning oxirini bildiradi.

18. Piyodalar yo‘lkasi – bu ...

Piyodalar yo‘lkasi – bu ...
  1. Yo‘l qatnov qismining piyodalar kesib o‘tishi uchun mo‘ljallangan, 5.16.1, 5.16.2 yo‘l belgilari va 1.14.1-1.14.4 yo‘l chiziqlari bilan ajratilgan bo‘lagi
  2. Piyodalar harakatlanishi uchun qurilgan yoki moslashtirilgan, tegishli yo‘l belgisi bilan belgilangan alohida yo‘l yoki sun’iy inshoot yuzasi. Transport vositalari harakati taqiqlangan qismi
  3. Qatnov qismiga tutashgan yoki undan maysazor, ariq, maxsus to‘siqlar bilan ajratilgan va piyodalarning harakatlanishi uchun mo‘ljallangan yo‘l qismi

To'g'ri javob: Piyodalar harakatlanishi uchun qurilgan yoki moslashtirilgan, tegishli yo‘l belgisi bilan belgilangan alohida yo‘l yoki sun’iy inshoot yuzasi. Transport vositalari harakati taqiqlangan qismi

Йўл ҳаракати қоидаларининг 6 бандига асосан, пиёдалар йўлкаси — пиёдалар ҳаракатланиши учун қурилган ёки мослаштирилган, тегишли йўл белгиси билан белгиланган алоҳида йўл ёки сунъий иншоот юзаси. Транспорт воситалари ҳаракати тақиқланган қисми.

19. Ushbu belgilardan qaysi biri haydovchining shu joydagi yashash yoki ishlash joyiga yetib borishiga monelik qilmaydi?

Ushbu belgilardan qaysi biri haydovchining shu joydagi yashash yoki ishlash joyiga yetib borishiga monelik qilmaydi?
  1. “A”
  2. “C”
  3. “B” va “C”
  4. “B”

To'g'ri javob: “C”

YHQ 1-ilovasi 3.2. “Harakatlanish taqiqlangan”.

20. Qaysi rasmda ajratuvchi mintaqasi bor bo‘lgan yo‘l ko‘rsatilgan?

Qaysi rasmda ajratuvchi mintaqasi bor bo‘lgan yo‘l ko‘rsatilgan?
  1. Har ikkisida
  2. O‘ng tarafdagisida
  3. Chap tarafdagisida

To'g'ri javob: O‘ng tarafdagisida

Yo‘l harakati qoidalarining 6 bandiga asosan, ajratuvchi mintaqa — yo‘lning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini ajratuvchi, transport vositalari harakatlanishi yoki to‘xtashi uchun mo‘ljallanmagan, yo‘l sathidan ko‘tarilgan yoki maysazor, ariq, maxsus to‘siqlar bilan ajratilgan baland qismi.