4-bilet savollari va javoblari

1. Qaysi javobda yo‘lovchilar uchun chiqish va tushish maydonchasi bo‘lmagan sharoitdagi yo‘lovchilar chiqish va tushish joylari to‘liq ko‘rsatilgan?

  1. Qatnov qismi yoki trotuar tomonidan
  2. Trotuar tomonidan
  3. Yo‘l yoqasi yoki qatnov qismi tomonidan
  4. Trotuar yoki yo‘l yoqasi tomondan

To'g'ri javob: Trotuar yoki yo‘l yoqasi tomondan

YHQ 5-bobi 23-bandi 1-xatboshiga asosan, yo'lovchilar transport vositasiga faqat u to'liq to'xtagandan so'ng trotuar yoki yo'l yoqasi tomondan chiqishga va tushishga majburdirlar.

2. Qaysi javobda ruxsat etilgan harakatlanish yo‘nalishlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

Qaysi javobda ruxsat etilgan harakatlanish yo‘nalishlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
  1. A
  2. B
  3. C
  4. A va B
  5. A va С

To'g'ri javob: A va B

YHQ 1-ilovasining 3-bo'limi 4-xatboshiga asosan, 3.18.1 "O'ngga burilish taqiqlangan" belgisi qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga o'rnatilsa, shu kesishmaga tatbiq etiladi.

3. Ushbu yo‘l belgisi qo‘shimcha axborot belgisi bilan nimani bildiradi?

Ushbu yo‘l belgisi qo‘shimcha axborot belgisi bilan nimani bildiradi?
  1. Ruxsat etilgan to‘la vazni 3,5 tonnadan ortiq transport vostilarining to‘xtab turish joyi ko‘rsatkich qatnov qismining chetida baland to‘siq, toshi borligini bildiradi
  2. Transport vositalrining to‘xtab turish joyiga avtomobilini ko‘rsatilgan usulda qo‘yish taqiqlanadi
  3. Yengil avtomobillar va mototsikllarni to‘xtab turishiga qo‘yish joyi va usuli

To'g'ri javob: Yengil avtomobillar va mototsikllarni to‘xtab turishiga qo‘yish joyi va usuli

YHQ 1-ilovasiga asosan: 7.6.1-7.6.9. “Transport vositasini to‘xtab turish joyiga qo‘yish usuli”. 7.6.1 barcha turdagi transport vositalarini to‘xtab turishi uchun yo‘lning qatnov qismida, trotuar yoniga qo‘yish usulini, 7.6.2 - 7.6.9 trotuar yonidagi to‘xtab turish joyiga yengil avtomobillar, mototsikllar, mopedlar va skuterlarni qo‘yish usulini bildiradi.

4. Belgilangan yo'nalish bo'yicha harakatlanayotgan yo'nalishli transport vositalarining haydovchilari piyodalar o'tish joyidan tashqarida oq hassa bilan ishora berayotgan ko'zi ojiz piyodalarni o'tkazib yuborishlari kerakmi?

  1. Barcha hollarda o'tkazib yuborishlari kerak.
  2. O'tkazib yuborishlari kerak emas.
  3. Faqat, tartibga solinmagan piyodalar o'tish joyida o'tkazib yuborishlari kerak.

To'g'ri javob: Barcha hollarda o'tkazib yuborishlari kerak.

YHQ 17-bobi 113-bandiga muvofiq, barcha hollarda, shu jumladan, piyodalar o'tish joylaridan tashqarida ham haydovchi oq hassa bilan ishora berayotgan ko'zi ojiz piyoda(lar)ni o'tkazib yuborishi kerak.

5. Transport vositalari chorrahadan quyidagi tartibda o'tadilar:

Transport vositalari chorrahadan quyidagi tartibda o'tadilar:
  1. Mototsikl, tramvay va avtomobil.
  2. Tramvay, mototsikl, avtomobil.
  3. Tramvay va avtomobil, mototsikl.

To'g'ri javob: Mototsikl, tramvay va avtomobil.

YHQ 16-bobi 104-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yo'ldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo'ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yo'nalishidan qat'i nazar, yo'l berishi kerak. Bunday chorrahalarda tramvay harakatlanish yo'nalishidan qat'i nazar, teng ahamiyatli yo'lda bir yo'nalishda yoki qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanayotgan relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega.

6. Harakatlanish kimga ruxsat etilgan?

Harakatlanish kimga ruxsat etilgan?
  1. Barcha transport vositalariga.
  2. Mototsiklga.
  3. Avtomobil va mototsiklga.

To'g'ri javob: Mototsiklga.

YHQ 7-bobi 38-bandiga asosan, tartibga soluvchining qo'llari yon tomonga uzatilganda yoki tushirilganda: chap va o'ng yon tomonidan tramvayga to'g'riga, relssiz transport vositalariga to'g'riga va o'ngga harakatlanishga, piyodalarga qatnov qismini kesib o'tishga ruxsat beriladi; old va orqa tomonidan barcha transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi taqiqlanadi.

7. Qaysi yo‘nalishda harakatlanishga ruxsat etiladi?

Qaysi yo‘nalishda harakatlanishga ruxsat etiladi?
  1. Faqat to‘g‘riga
  2. Faqat o‘ngga
  3. To‘g‘riga va o‘ngga
  4. Faqat chapga

To'g'ri javob: Faqat chapga

YHQ 1-ilovasi 3-bo'limi 3.1 belgisi, "kirish taqiqlangan". Barcha transport vositalarining kirishi taqiqlanishini bildiradi.

8. Agar transport vositasi o‘lchamlari kattaligidan yoki boshqa sabablarga ko‘ra (eng chekka tasmalardagi tirbandliklar bundan mustasno) chetki holatda burilishni bajara olmagan bo‘lsa, bu qoidadan chetga chiqqan holda burilishga yo‘l qo‘yiladimi?

Agar transport vositasi o‘lchamlari kattaligidan yoki boshqa sabablarga ko‘ra (eng chekka tasmalardagi tirbandliklar bu…
  1. Yo‘l qo‘yilmaydi
  2. Yo‘l qo‘yiladi, agar bu boshqa transport vositalariga xalaqit bermasa, harakat xavfsizligini ta’minlab, talablardan chetga chiqishi mumkin
  3. Aholi punktidan tashqaridagi yo‘llarda yo‘l qo‘yiladi
  4. Yo‘l qo‘yiladi, lekin faqat chorrahada emas

To'g'ri javob: Yo‘l qo‘yiladi, agar bu boshqa transport vositalariga xalaqit bermasa, harakat xavfsizligini ta’minlab, talablardan chetga chiqishi mumkin

YHQ 9-bobi 58-bandiga muvofiq, transport vositasi o'zining tashqi gabaritlari yoki boshqa sabablarga ko'ra shu yo'nalishda harakatlanishi mo'ljallangan qatnov qismining eng chetki holatini egallab burilishni bajara olmasa, harakat xavfsizligini ta'minlab, boshqa transport vositalariga xalaqit bermasdan, talablardan chetga chiqishiga yo'l qo'yiladi.

9. Qattiq ulagich transport vositalari orasida qanchadan ortiq bo‘lmagan masofani ta’minlashi kerak?

Qattiq ulagich transport vositalari orasida qanchadan ortiq bo‘lmagan masofani ta’minlashi kerak?
  1. 2 m
  2. 3 m
  3. 4 m
  4. 5 m
  5. 6 m

To'g'ri javob: 4 m

Yo‘l harakati qoidalarining 144 bandiga asosan, egiluvchan ulagich bilan shatakka olishda shatakka olgan va shatakka olingan transport vositalari o‘rtasidagi masofa 4 — 6 metr oralig‘ida bo‘lishi, qattiq ulagich bilan shatakka olishda esa 4 metrdan ko‘p bo‘lmasligi kerak.

10. Velosipedchilarga trotuarda harakatlanishga ruxsat etiladimi?

  1. Ruxsat etiladi.
  2. Piyodalar bo'lmaganda ruxsat etiladi.
  3. Taqiqlanadi.

To'g'ri javob: Taqiqlanadi.

YHQ 28-bobi 166-bandiga asosan, velosipedlar, mopedlar, aravalar, miniladigan yoki yuk ortiladigan hayvonlarning yo'lning chetki o'ng bo'lagida imkoni boricha o'ng tomonidan bir qator bo'lib harakatlanishiga yo'l qo'yiladi. Agar piyodalarga xalaqit bermasa, yo'l yoqasidan harakatlanishga ham ruxsat etiladi.

11. Shatakka olingan avtomobilda odamlarni tashishga ruxsat etiladimi?

  1. Avtobusda ruxsat etiladi
  2. Yengil avtomobilda ruxsat etiladi
  3. Qattiq ulagichda shatakka olingan yuk avtomobili yukxonasida ruxsat etiladi

To'g'ri javob: Yengil avtomobilda ruxsat etiladi

YHQ 24-bobi 143-bandiga asosan: Qattiq yoki egiluvchan ulagich yordamida shatakka olingan avtobusda, trolleybusda va yuk avtomobili yukxonasida odam tashish, qisman ortish yo‘li bilan shatakka olishda esa shatakka olingan transport vositasining kabinasida va yukxonasida, shuningdek shatakka olgan transport vositasining yukxonasida odamlar bo‘lishi taqiqlanadi. Qoidalarda shatakka olingan engil avtomobilda odamlarni tashish taqiqlanmagan.

12. Bu joyda quvib o'tishga ruxsat etiladimi?

Bu joyda quvib o'tishga ruxsat etiladimi?
  1. Ruxsat etiladi.
  2. Taqiqlanadi.
  3. Agar quvib o'tilayotgan transportning tezligi 40 km/soatdan kam bo'lsa ruxsat etiladi.

To'g'ri javob: Ruxsat etiladi.

YHQ 1-ilova 3-bo'lim 3.22. "Yuk avtomobillarida quvib o'tish taqiqlangan" yo'l belgisi, to'liq vazni 3,5 tonnadan ortiq bo'lgan yuk avtomobillarida barcha transport vositalarini quvib o'tish taqiqlanishini bildiradi (soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan transport vositasi, traktor, ot-arava, velosiped bundan mustasno), belgisi ostidagi 7.1.1. "Obyektgacha bo'lgan masofa" qo'shimcha axborot belgisi 3.22 belgisi ta'sir hududi boshlanadigan joygacha bo'lgan masofani ko'rsatadi.

13. Qaysi belgi "T" simon chorrahada harakatlanish yo'nalishini ko'rsatadi?

Qaysi belgi "T" simon chorrahada harakatlanish yo'nalishini ko'rsatadi?
  1. A.
  2. B.
  3. C.
  4. D.
  5. E.

To'g'ri javob: B.

YHQ 1-ilovasining 1-bo'limi 1.31.3. "Burilishning yo'nalishi" belgisi T-Simon chorrahada yoki yo'l ayrilishlarida harakatlanish yo'nalishini, ta'mirlanayotgan yo'l qismini aylanib o'tish yo'nalishini bildiradi.

14. Oldida transport vositasi to‘xtab turgan tartibga solinmaydigan piyodalar o‘tish joyiga yaqinlashib kelmoqdasiz. Siz nima qilishingiz kerak?

  1. Piyodalar o‘tish joyidan o‘tish
  2. Piyodalar o‘tish joyidan o‘tish, lekin alohida ehtiyotkorlik bilan
  3. Harakatni davom ettirish, lekin to‘xtab turgan transport vositasi oldida piyodalar yo‘qligiga ishonch hosil qilgan holda
  4. Allatta to‘xtash, piyodalar paydo bo‘lsa, ularni o‘tkazib yuborish

To'g'ri javob: Harakatni davom ettirish, lekin to‘xtab turgan transport vositasi oldida piyodalar yo‘qligiga ishonch hosil qilgan holda

YHQ 17-bobi 110-bandiga muvofiq, agar tartibga solinmagan piyodalar o'tish joyi oldida transport vositasi harakatini sekinlashtirsa yoki to'xtasa, qo'shni tasmalarda harakatlanayotgan boshqa haydovchilar bu transport vositasi oldida piyoda(lar) yo'qligiga ishonch hosil qilganlaridan so'nggina harakatlanishni davom ettirishlari mumkin.

15. Qaysi transport vositalariga harakatlanish ruxsat etiladi?

Qaysi transport vositalariga harakatlanish ruxsat etiladi?
  1. Yashil, ko‘k va qora avtomobillarga
  2. Qizil, sariq va yashil avtomobillarga
  3. Yashil, ko‘k va qizil

To'g'ri javob: Yashil, ko‘k va qizil

YHQ 7-bobi 38-bandiga asosan, tartibga soluvchining o'ng qo'li oldinga uzatilganda: chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yo'nalishlarda; oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat o'ngga harakatlanishga ruxsat beriladi; orqa tomonidan va o'ng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi; piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonida qatnov qismini kesib o'tishga ruxsat etiladi.

16. Transport vositalari chorrahadan quyidagi tartibda o'tadilar:

Transport vositalari chorrahadan quyidagi tartibda o'tadilar:
  1. Tramvay, avtobus va yengil avtomobil.
  2. Avtobus, yengil avtomobil, tramvay.
  3. Yengil avtomobil, tramvay, avtobus.

To'g'ri javob: Tramvay, avtobus va yengil avtomobil.

YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada keyingi harakat yo'nalishidan qat'i nazar, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin o'tish huquqiga ega bo'ladi. YHQ 16-bobi 107-bandiga asosan, chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yo'ldan qarama-qarshi yo'nalishdan to'g'riga yoki o'ngga harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.

17. Qanday hollarda quvib o‘tish taqiqlanadi?

  1. Tartibga solingan chorrahalarda
  2. Tepalikning oxirida va yo‘lning ko‘rinishi cheklangan joylarida
  3. Tartibga solinmagan chorrahalarda asosiy hisoblanmaydigan yo‘llarda harakatlanishda
  4. Sanab o‘tilgan barcha hollarda

To'g'ri javob: Sanab o‘tilgan barcha hollarda

YHQ 12-bobi 86-bandiga asosan, quvib o'tish quyidagi hollarda taqiqlanadi - tartibga solingan chorrahalarda, tartibga solinmaydigan chorrahalarda asosiy hisoblanmaydigan yo'llarda harakatlanishda, ko'priklarda, yo'l o'tkazgichlarda, estakadalarda va ularning ostida, piyodalar o'tish joylarida, temir yo'l kesishmalarida va ulargacha 100 metrdan kam masofa qolganda, quvib yoki aylanib o'tayotgan transport vositalarini, tepalikning oxirida va yo'lning ko'rinishi cheklangan joylarida, 3.20 va 3.22 yo'l belgilari ta'sir oralig'ida.

18. Sutkaning yorug‘ vaqtida yaqinni yorituvchi fara chirog‘ini yoqish ogohlantirish ishorasi bo‘ladimi?

Sutkaning yorug‘ vaqtida yaqinni yorituvchi fara chirog‘ini yoqish ogohlantirish ishorasi bo‘ladimi?
  1. Bo‘ladi
  2. Bo‘lmaydi

To'g'ri javob: Bo‘ladi

YHQ 8-bobi 44-bandiga muvofiq, kunduz kuni yaqinni yorituvchi fara chirog'ining yoqilishi ogohlantiruvchi ishoralar hisoblanadi.

19. Agar g‘ildiraklardagi tortish kuchi yo‘l bilan tishlashish kuchidan ortiq bo‘lsa:

  1. Yurgizgich o‘chib qoladi
  2. Ulagich detallarining yemirilishi ortadi
  3. Yetakchi g‘ildiraklar o‘rnidan jilmay aylanadi

To'g'ri javob: Yetakchi g‘ildiraklar o‘rnidan jilmay aylanadi

Joydan qo‘zg‘alayotgan vaqtda katta inersiya kuchi vujudga keladi va uni bartaraf qilish uchun yetaklovchi g‘ildiraklarga katta tortish kuchini qo‘shish lozim. Gorizontal yo‘lda katta bo‘lmagan tezlikda bir tekis harakat paytida qarshilik kuchi katta emas va uni bartaraf qilish uchun kamroq tortish kuchi yetarli. Ko‘proq tortilganda boshqaruvchi g‘ildiraklar o‘rnidan jilmay aylanadi.

20. Qanday hollarda transport vositalaridan foydalanishga ruxsat etiladi?

  1. Qo‘shaloq shinalar orasiga xavf-xatar tug‘diruvchi begona jismlar qisilib, tiqilib qolgan
  2. Shina o‘lchamlari yoki cheklangan og‘irlik transport vositalarining turiga mos kelmaydi
  3. M1, M2, M3 toifali 1 klassidagi avtotransport vositalarining oldingi o‘qiga birinchi tamirlash klassi bo‘yicha qayta tiklangan shinalar o‘rnatilgan
  4. Barcha sanab o‘tilgan hollarda ruxsat etiladi

To'g'ri javob: M1, M2, M3 toifali 1 klassidagi avtotransport vositalarining oldingi o‘qiga birinchi tamirlash klassi bo‘yicha qayta tiklangan shinalar o‘rnatilgan

YHQ 3-ilovasi 5-Bo‘limining 5.7-bandiga asosan: M1, M2, M3 toifalarni I klassidagi avtotransport vositalarini oldingi o‘qiga, M3 toifani II va III klassidagi avtotransport vositalarini o‘rta va orqa o‘qlariga ikkinchi ta’mirlash klassi bo‘yicha qayta tiklangan shinalar o‘rnatilgan bo‘lsa foydalanish taqiqlanadi.