1. Ko‘rsatilgan belgilardan qaysi biri yo‘lning ko‘rinish masofasi cheklangan joylarida majburan to‘xtagan transport vositalarini belgilash uchun qo‘llaniladi?
A
B
С
To'g'ri javob: A
YHQ 8-bobi 51-bandi: Transport vositasi to‘satdan to‘xtab qolganda, zudlik bilan avariya yorug‘lik ishorasini yoqish, agar u ishlamasa, avariya sababli to‘xtash belgisini darhol o‘rnatish kerak. Avariya sababli to‘xtash belgisi quyidagi hollarda qo‘llaniladi: yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganda; to‘xtash taqiqlangan joylarda va ko‘rinishi cheklangan joylarda majburiy to‘xtaganda; Ushbu belgi boshqa haydovchilarni xavfli vaziyat haqida o‘z vaqtida ogohlantirish imkonini beradigan masofada o‘rnatilishi kerak. Bu masofa aholi punktlarida transport vositasidan 15 metr, aholi punktlaridan tashqaridagi joylarda esa 30 metrdan kam bo‘lmasligi kerak.
2. Ushbu ko‘rsatilgan vaziyatda sizga hovliga orqa bilan kirib qayrilib olishga ruxsat beriladimi?
Ruxsat beriladi
Ruxsat beriladi agarda bunda harakatning boshqa ishtirokchilariga xalaqit berilmasa
Taqiqlanadi
To'g'ri javob: Ruxsat beriladi agarda bunda harakatning boshqa ishtirokchilariga xalaqit berilmasa
YHQ 9-bobi 63 - bandiga muvofiq, transport vositasini orqaga harakatlantirishda haydovchi yo'l harakati xavfsizligini ta'minlashi va boshqa yo'l harakati qatnashchilariga xalaqit bermasligi shart. Zarurat tug'ilganda haydovchi boshqa shaxslarning yordamidan foydalanishi kerak. Bir tomonlama harakatli yo'llarda orqaga harakatlanish taqiqlanmagan.
3. Agar avtomobil antiblokirovkali tormoz tizimi (ABS) bilan jihozlangan bo‘lsa keskin tormoz berishni qanday amalga oshirishi kerak?
Tormoz tepkisini uzib-uzib bosish yo‘li bilan.
Tormoz tepkisini oxirigacha bosish va avtomobil to‘liq to‘xtaguncha tepkini qo‘yib yubormaslik orqali.
To‘xtab turish tormozi tizimini qo‘llash yo‘li bilan.
To'g'ri javob: Tormoz tepkisini oxirigacha bosish va avtomobil to‘liq to‘xtaguncha tepkini qo‘yib yubormaslik orqali.
Avtomobil antiblokirovkali tormoz tizimi (ABS) bilan jihozlangan bo'lsa, g'ildiraklarning qatnov qismi qoplamasi bilan ilashishining nazorati shu tizimga yuklatilgan. Shuning uchun keskin to'xtashda tormoz tepkisini oxirigacha bosib, avtomobil to'liq to'xtaguncha qo'yib yubormaslik kerak.
4. Yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha “yonlama oraliq masofa” ni ko‘rsating:
Faqat A
Faqat B
Faqat C
A va C
To'g'ri javob: A va C
Yo‘l harakati qoidalarining 73 bandiga asosan, haydovchi o‘zidan oldinda harakatlanayotgan transport vositasi keskin tormoz berganda, to‘qnashib ketmaslik kafolatini beradigan darajadagi oraliq masofani, shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlaydigan yonlama oraliq masofani saqlashi kerak.
Ob’yasneniye: Soglasno punktu 73 Pravil dorojnogo dvijeniya, voditel doljen soblyudat takuyu distansiyu do dvijushegosya vperedi transportnogo sredstva, kotoraya garantirovala bi izbejaniye stolknoveniya v sluchaye yego ekstrennoy ostanovki, a takje bokovoy interval, obespechivayushiy bezopasnost dorojnogo dvijeniya.
5. Tumanga qarshi faralar va orqa tumanga qarshi chiroqlar birga yoqilishi mumkin:
Cheklangan ko‘rinish sharoitida
Yetarlicha ko‘rinmaslik sharoitida
To'g'ri javob: Yetarlicha ko‘rinmaslik sharoitida
Yo‘l harakati qoidalarining 140 bandiga asosan, tumanga qarshi orqa fara chiroqlarini faqat yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda qo‘llash mumkin. Tumanga qarshi orqa fara chiroqlarini to‘xtash fara chiroqlari (stop-signal)ga ulash taqiqlanadi.
6. Ko‘rsatilgan qaysi belgi reversiv harakat boshlanishi haqida axborot beradi?
A
B
C
To'g'ri javob: C
YHQ 1-ilovasining 5-bo'limi 5.35 "Reversiv harakatlanish" belgisiga muvofiq, bir yoki bir necha tasmalarda harakatlanish yo'nalishi qarama-qarshi tomonga o'zgarishi mumkin bo'lgan yo'l qismining boshlanishini bildiradi.
7. Ushbu yo‘l belgisi chorrahaga yaqinlashayotganlik to‘g‘risida ogohlantiradi, bunda siz:
Birinchi bo‘lib o‘tish huquqiga egasiz
Kesib o‘tayotgan yo‘ldagi transport vositalariga yo‘l berishingiz kerak
Faqatgina o‘ng tomondan yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga yo‘l berishingiz kerak
To'g'ri javob: Faqatgina o‘ng tomondan yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga yo‘l berishingiz kerak
YHQ 1-ilovasining 1-bo'limi 1.6 belgisi, "Teng ahamiyatli yo'llar kesishuvi". Aholi punktlarida xavfli joydan 50 — 100 metr oldin o'rnatiladi. YHQ 16-bobi 105-bandiga muvofiq, teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan kelayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.
8. Haydovchiga transport vositasini boshqarish vaqtida telefondan foydalanishga ruxsat etiladimi?
Ruxsat etiladi
Qo‘lni ishlatmasdan texnik vositalardan foydalanib gaplashishga ruxsat etiladi
20 km/soat tezlikda harakatlanayotganda ruxsat etiladi
Taqiqlanadi
To'g'ri javob: Qo‘lni ishlatmasdan texnik vositalardan foydalanib gaplashishga ruxsat etiladi
YHQ 2-bobi 12-bandi 6-xatboshiga asosan, haydovchiga transport vositasini boshqarish paytida telefondan (telefondan quloqchinlar orqali va qo'llarni ishlatmasdan turib so'zlashuvlar olib borish imkoniyatini beradigan boshqa uskunalar orqali foydalanish bundan mustasno), foydalanish taqiqlanadi.
9. Haydovchi chapga burilishda qaysi yo‘nalish bo‘yicha qoidani buzmoqda?
Faqat A yo‘nalishi bo‘yicha
Faqat B yo‘nalishi bo‘yicha
Ko‘rsatilgan barcha yo‘nalish bo‘yicha
To'g'ri javob: Ko‘rsatilgan barcha yo‘nalish bo‘yicha
YHQ 1-ilovasining 5-bo‘limidagi 5.8.1 belgiga asosan, «Tasmalar bo‘yicha harakat yo‘nalishi». Tasmalar soni va har biri bo‘yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo‘nalishlari. Boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlanish taqiqlanadi.
YHQ 2-ilovasining 1-bo‘limidagi 1.1 chizig‘iga asosan, 1.1 — qarama-qarshi yo‘nalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi, yo‘lning xavfli joylaridagi harakatlanish bo‘lagi chegarasini va velosipedchilar uchun bo‘lagining chegarasini bildiradi; yo‘lning kirish taqiqlangan qismi chegarasini belgilaydi; transport vositalarining to‘xtab turish joyi chegarasini hamda avtomagistral qatoriga kiritilmagan yo‘lning qatnov qismi chegarasini bildiradi. 1.1 va 1.3 chiziqlarini bosib o‘tish taqiqlanadi, qatnov qismining chetini bildirish uchun qo‘llanilgan 1.1 chizig‘i bundan mustasno.
10. Shatakka olib harakatlanishingiz mumkin:
Faqat A yo‘nalishda
Faqat B yo‘nalishda
Istalgan yo‘nalishda
To'g'ri javob: Faqat A yo‘nalishda
YHQ 1-ilovasining 3-bo'limi 3.7 "Tirkama bilan harakatlanish taqiqlanadi" belgisiga muvofiq, yuk tashuvchi transport vositalari, traktorlarning barcha turdagi tirkamalar bilan harakatlanishi, shuningdek mexanik transport vositalarini har qanday usulda shatakka olish taqiqlanishini bildiradi.
11. Sizga ruxsat etilgan to‘la vazni 3,5 tonnadan ortiq yuk avtomobilida harakatlanish:
Faqat to‘g‘riga
To‘g‘riga va o‘ngga
Barcha yo‘nalishlarda
To'g'ri javob: Faqat to‘g‘riga
YHQ 1-ilovasining 4-bo‘limidagi 4.1.1 belgiga asosan, «Harakatlanish to‘g‘riga». Faqat belgilarda ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar yo‘nalishlarida harakatlanishga ruxsat etiladi.
YHQ 1-ilovasining 7-bo‘limidagi 7.4.1 belgiga asosan, «Transport vositasining turi». Belgining ta’siri joriy etilgan transport vositalari turini ko‘rsatadi. 7.4.1 belgi bilan o‘rnatilgan yo‘l belgisining ta’siri yuk tashuvchi, shu jumladan, tirkamali, to‘liq vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan transport vositalariga tatbiq etiladi.
12. Kunning yorug‘ vaqtida aholi punktlarida quvib o‘tilayotgan transport vositasi haydovchisining e’tiborini jalb qilish uchun mumkin:
Tovush signalidan foydalanish
Faqat yaqinni yorituvchi chiroqni uzoqni yorituvchi chiroqqa qisqa muddat orasida o‘tkazish bilan ishora berish
Faqat birgalikda yorug‘lik ishoralari bilan birga tovush signallarini qo‘llash
Sanab o‘tilganlarning barchasidan foydalanish
To'g'ri javob: Faqat yaqinni yorituvchi chiroqni uzoqni yorituvchi chiroqqa qisqa muddat orasida o‘tkazish bilan ishora berish
Yo‘l harakati qoidalarining 49 bandiga asosan, quvib o‘tish haqida tovushli ishora o‘rniga yoki u bilan birga fara chiroqlarini yoqib-o‘chirib, ogohlantirish ishorasini ham berish mumkin.
Yo‘l harakati qoidalarining 48 bandiga asosan, tovushli ishoralar faqat quyidagi hollarda qo‘llanilishi mumkin: aholi punktlaridan tashqarida boshqa haydovchilarni quvib o‘tish haqida ogohlantirish uchun; zarur bo‘lgan hollarda yo‘l-transport hodisasining oldini olish uchun.
Yuqorida ko‘rsatilgan hollardan tashqari tovushli ishoralardan foydalanish taqiqlanadi.
13. Ushbu yo‘l chizig‘i sizga qanday manyovrni bajarishni taqiqlaydi?
Quvib o‘tishni
Aylanib o‘tishni
Sanab o‘tilgan barcha manyovrlarga ruxsat beradi
Qayrilib olishni
To'g'ri javob: Sanab o‘tilgan barcha manyovrlarga ruxsat beradi
YHQ 2-ilovasining 1-bo'limiga asosan, 1.5 yotiq chizig'i — ikki yoki uch bo'lakli yo'llarda qarama-qarshi yo'nalishlarda harakatlanayotgan transport vositalari oqimlarini ajratadi; bir yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan ikki yoki undan ko'proq bo'lakli yo'llarda bo'laklarning chegaralarini bildiradi. 1.5 chizig'ini istalgan tomondan bosib o'tish mumkin.
14. Ushbu belgi axborot beradi:
Reversiv harakatlanish yo‘liga chiqish haqida
Siz o‘ngga yoki chapga burilishingiz kerakligini ko‘rsatadi
To'g'ri javob: Reversiv harakatlanish yo‘liga chiqish haqida
YHQ 1-ilovasining 5-bo‘limidagi 5.35 belgiga asosan, «Reversiv harakatlanish». Bir yoki bir necha tasmalarda harakatlanish yo‘nalishi qarama-qarshi tomonga o‘zgarishi mumkin bo‘lgan yo‘l qismining boshlanishini bildiradi.
15. Svetofor ishoralari qaysi guruh yo‘l belgilarini bekor qilinadi (miltillovchi sariq ishoradan tashqari)?
Buyuruvchi belgilar
Taqiqlovchi belgilar
Imtiyoz belgilari
Barcha sanab o‘tilganlari
To'g'ri javob: Imtiyoz belgilari
YHQ 7-bobi 43-bandiga asosan, svetofor ishoralari imtiyoz belgilari talablariga zid kelgan hollarda haydovchilar svetofor ishoralariga amal qilishlari kerak.
16. 108 km/s tezlikda harakatlanayotgan transport vositasi 1 soniyada qancha masofani bosib o‘tadi?
15 m
25 m
30 m
To'g'ri javob: 30 m
Harakat xavfsizligi asoslari talablariga asosan, 108 km/s tezlikda harakatlanayotgan transport vositasi 1 sekundda 30 m masofani bosib o‘tadi.
17. M3 toifadagi avtotransport vositalarining boshqaruv qurilmasidagi qanday eng katta lyuft yig‘indisiga yo‘l quyiladi:
25 gradus
20 gradus
10 gradus
To'g'ri javob: 20 gradus
YHQ 3-ilovasining 2.1-bandiga muvofiq, M3 toifa avtotransport vositasining boshqaruv qurilmasidagi lyuft yig'indisi reglament (qat'iy belgilangan) sharoitlardagi sinovlarda 20 gradusdan katta bo'lmasligi kerak.
18. Qaysi hollarda transport vositasidan foydalanish taqiqlanadi?
Yonilg‘i darajasini ko‘rsatish qurilmasi ishlamaydi
O‘t oldirish tizimi nosoz
Dvigatel qiyinchilik bilan ishga tushadi
Tovush signallari ishlamaydi
To'g'ri javob: Tovush signallari ishlamaydi
Yo‘l harakati qoidalariga 3-ilova 7.2 bandiga asosan, tovushli ishora ishlamasa transport vositasidan foydalanish taqiqlanadi.
19. 72 km/soat tezlikda harakatlanayotgan transport vositasi 1 sekundda qancha masofani bosib o‘tadi?
15 m
20 m
25 m
To'g'ri javob: 20 m
Harakat xavfsizligi asoslari talablariga asosan, 72 km/s tezlikda harakatlanayotgan transport vositasi 1 sekundda 20 m masofani bosib o‘tadi.
20. Qaysi yo‘nalishda harakatlanishni davom ettirishingiz mumkin?
Faqat chapga
Chapga va orqaga qayrilib olishga
O‘ngga, chapga va orqaga qayrilib olishga
To'g'ri javob: O‘ngga, chapga va orqaga qayrilib olishga
YHQ 1-ilovasining 4-bo‘limidagi 4.1.6 belgiga asosan, «Harakatlanish o‘ngga yoki chapga». Faqat belgilarda ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar yo‘nalishlarida harakatlanishga ruxsat etiladi. Chapga burilishga ruxsat beruvchi belgilar qayrilib olishga ham ruxsat beradi. (Muayyan kesishmada talab etilgan harakatlanish yo‘nalishiga tegishli ko‘rsatkichlarning shakli tushirilgan 4.1.1 — 4.1.6 belgilarini qo‘llash mumkin).
YHQning 56 bandiga asosan, aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi o‘ngga, chapga burilishi yoki qayrilib olishdan oldinroq shu yo‘nalishda harakatlanishi uchun mo‘ljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart.
Ushbu holatda belgi talabi bo‘yicha, o‘ng va chap yo‘nalishda harakatlanishga ruxsat etiladi, lekin, transport vositasi shu yo‘nalishda harakatlanishi uchun mo‘ljallangan qatnov qismining chap chetki holatni egallaganligi uchun chapga va orqaga qayrilib olishga ruxsat etiladi.