YHQ 6-bobi 26-bandiga muvofiq, haydovchilar tezkor va maxsus xizmatlarning ko'k yoki qizil yoxud ko'k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan holda yaqinlashayotgan transport vositalariga yo'l berishlari shart. YHQ 16-bobi 104-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yo'ldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo'ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yo'nalishidan qat'i nazar, yo'l berishi kerak. Bunday chorrahalarda tramvay harakatlanish yo'nalishidan qat'i nazar, teng ahamiyatli yo'lda bir yo'nalishda yoki qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanayotgan relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega. YHQ 16-bobi 107-bandiga asosan, chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yo'ldan qarama-qarshi yo'nalishdan to'g'riga yoki o'ngga harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.
2. Qaysi belgi “Bir tomonlama harakatlanish yo‘lining oxiri” deb ataladi
1
2
3
4
5
To'g'ri javob: 4
YHQ 1-ilovasi 5-bo‘limining oltinchi xatboshisiga asosan: 5.6 “Bir tomonlama harakatli yo‘lning oxiri”.
3. Bu yo'l belgisi nimani bildiradi?
40 km/soatdan kam tezlikda harakatlanayotgan yakka, yon kajavasi bo'lmagan ikki g'ildirakli mototsikllar va velosipedlardan tashqari barcha mexanik transport vositalarini quvib o'tish taqiqlanadi.
To'liq vazni 3,5 tonnadan ortiq bo'lgan yuk avtomobillarida barcha transport vositalarini quvib o'tish taqiqlanishini bildiradi (soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan transport vositasi, traktor, ot-arava, velosiped bundan mustasno).
To'g'ri javob: To'liq vazni 3,5 tonnadan ortiq bo'lgan yuk avtomobillarida barcha transport vositalarini quvib o'tish taqiqlanishini bildiradi (soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan transport vositasi, traktor, ot-arava, velosiped bundan mustasno).
YHQ 1-ilovasining 3-bo'limidagi 3.22 belgi talabiga muvofiq, "Yuk avtomobillarida quvib o'tish taqiqlangan" belgisi to'liq vazni 3,5 tonnadan ortiq bo'lgan yuk avtomobillarida barcha transport vositalarini quvib o'tish taqiqlanishini bildiradi (soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan transport vositasi, traktor, ot-arava, velosiped bundan mustasno).
4. Chorrahani ikkinchi bo'lib kesib o'tadi:
Yashil avtomobil.
Ko'k avtomobil.
Qizil avtomobil.
To'g'ri javob: Yashil avtomobil.
YHQ 16-bobi 106-,105 - va 104 - bandlariga asosan, asosiy yo'lning yo'nalishi chorrahada o'zgarganda, asosiy yo'lda harakatlanayotgan haydovchilar o'zaro teng ahamiyatli yo'llar chorrahasidan o'tish qoidasiga amal qilishlari kerak. Teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yo'ldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo'ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yo'nalishidan qat'i nazar, yo'l berishi kerak.
5. Bu chorrahada chapga burilishga ruxsat etiladimi?
Ruxsat etiladi.
Taqiqlanadi.
To'g'ri javob: Ruxsat etiladi.
YHQ 1-ilovasining 4–bo'limidagi 4.1.1 "Harakatlanish to'g'riga" belgisi faqat to'g'ri yo'nalishda harakatlanishga ruxsat etiladi. Belgi qatnov qismlarining qaysi kesishmasidan oldin o'rnatilsa, belgining ta'siri shu kesishmaga joriy qilinadi.
6. Transport vositalarining tezligi texnik tavsifnomasiga yoki holatiga ko‘ra 40 km/soatdan kam bo‘lganda avtomagistral bo‘ylab harakatlanishga ruxsat etiladimi?
Ikkinchi tasmadan nariga o‘tmaganda ruxsat etiladi
Taqiqlanadi
Agar "Eng kam tezlik" belgisi o‘rnatilmagan bo‘lsa ruxsat etiladi
To'g'ri javob: Taqiqlanadi
YHQ 18-bobining 121-bandiga muvofiq, avtomagistrallarda piyodalar, uy hayvonlari, ot-aravalar, velosipedlar, mopedlar, traktorlar va o'zi yurar mashinalar, texnik tavsifnomasiga yoki holatiga ko'ra tezligi soatiga 40 kilometrdan kam bo'lgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.
7. Bu joyda avtobusni quvib o‘tishga ruxsat etiladimi?
Ruxsat etiladi
Taqiqlanadi
To'g'ri javob: Ruxsat etiladi
YHQ 12-bobi 86-band 4-xatboshisiga asosan, temir yo‘l kesishmalarida va ulargacha 100 metrdan kam masofa qolganda quvib o‘tish taqiqlanadi. Aholi punktlaridan tashqarida takrorlanadigan birinchi 1.1 belgi yo‘lning xavfli qismi boshlanishidan 150 — 300 metr oldin o‘rnatiladi.
8. Avariya yorug‘lik ishorasi yoqilishi kerak:
To‘xtash taqiqlangan joylarda majburiy to‘xtaganda
Yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganda
Yo‘lning yoritilmagan qismlarida to‘xtaganda va to‘xtab turganda yoki yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda gabarit yoki to‘xtab turish chiroqlari nosoz bo‘lganda
Sanab o‘tilgan barcha hollarda
To'g'ri javob: Sanab o‘tilgan barcha hollarda
YHQ 8-bobi 50-bandiga muvofiq, avariya ishorasi quyidagi hollarda yoqilishi kerak: yo'l-transport hodisasi sodir bo'lganda; to'xtash taqiqlangan joylarda majburiy to'xtalganda; chiroqlar yorug'ligi haydovchining ko'zini qamashtirganda; shatakka olishda (shatakka olingan transport vositasida).
9. “Reaksiya vaqti” tushunchasi nimani bildiradi?
Haydovchi xavfni ko‘rgan paytdan aniq harakatlarni boshlaguncha o‘tilgan vaqt
Haydovchining tormoz berishni boshlagan paytdan transport vositasining to‘la to‘xtagunicha bo‘lgan vaqtni
Haydovchiga, oyoqni yoqilg‘i uzatish tepkisidan tormoz tepkisiga o‘tkazishi uchun zarur bo‘lgan vaqt
To'g'ri javob: Haydovchi xavfni ko‘rgan paytdan aniq harakatlarni boshlaguncha o‘tilgan vaqt
Haydovchining reaksiya vaqtiga xavf-xatar ko'ringan paytdan to xavf-xatarni bartaraf qilish chorasi ko'rilgunga qadar vaqti tushuniladi. Haydovchining holati va tajribasiga hamda haydovchi sharoitining og'irligiga bog'liq bo'lgan holda bu 0,5 dan 1,5 soniyagacha bo'lgan vaqtni tashkil qiladi.
Transport vositasining tegishliligi haqida taniqlik belgisi
Yaxshi ko‘rinadigan raqam belgisi
Taniqlik va raqam belgilari
To'g'ri javob: Yaxshi ko‘rinadigan raqam belgisi
YHQ 29-bobi 175-bandining ikkinchi xatboshisiga asosan: Yuk avtomobillari, tirkamalar (yengil avtomobillar tirkamalaridan tashqari) va avtobuslar (mikroavtobuslardan tashqari) kuzovining orqa devoriga uning davlat raqam belgisi va harflari yozilishi kerak. Raqamning balandligi 300 millimetr, kengligi 120 millimetr, chizig‘ining yo‘g‘onligi 30 millimetrdan kam bo‘lmasligi, harflar balandligi esa raqam o‘lchamlarining 2/3 qismiga teng bo‘lishi kerak.
11. Agar yo‘l-transport hodisasi natijasida hech kim jabrlanmasa, moddiy zarar esa ahamiyatsiz bo‘lsa, haydovchilarning o‘zlari hodisa ro‘y bergan joyni tark etib, eng yaqin DYHXX yoki Ichki ishlar organlari idorasiga hodisani qayd qilish uchun bora oladilarmi?
Bora olmaydilar
Bora oladilar
Hodisa chizmasini chizib va uni imzolab, bora oladilar
To'g'ri javob: Hodisa chizmasini chizib va uni imzolab, bora oladilar
YHQ 3-bobi 14-bandiga asosan: Agar yo‘l-transport hodisasida shikastlanganlar bo‘lmasa va haydovchilar hodisaga baho berishda o‘zaro kelisha olsalar, dastlabki hodisa chizmasini chizib, uni imzolab, yaqin oradagi DYHHX maskani yoki militsiyaga borishlari mumkin.
12. Qaysi transport vositalarining haydovchilari to'xtab turish qoidasini buzdilar?
A va B.
Faqat D.
B va D.
C va D.
B, C va D.
To'g'ri javob: B, C va D.
YHQ 1-ilovasining 7-bo'limidagi 7.6.2 "Transport vositasini to'xtab turish joyiga qo'yish usuli" qo'shimcha axborot belgisi 5.15. "To'xtab turish joyi" belgisi bilan birga trotuar yonidagi to'xtab turish joyiga yengil avtomobillar va motosikllarni qo'yish usulini bildiradi.
13. Qaysi transport vositalariga bu belgi o‘rnatilgan yo‘l bo‘ylab harakatlanishga ruxsat etilgan?
Mexanik transport vositalariga
Barcha transport vositalariga
Avtomobillarga, avtobuslarga va mototsikllarga
Yuqori tezligi 40 km/soatdan kam bo‘lmagan transport vositalariga
To'g'ri javob: Avtomobillarga, avtobuslarga va mototsikllarga
YHQ 1-ilovasi 5-bo‘limining to‘rtinchi xatboshisiga asosan: 5.3. “Avtomobillar uchun mo‘ljallangan yo‘l”. Faqat avtomobillar, avtobus hamda mototsikllar, elektromototsiklar, mopedlar va skuterlarning harakatlanishi uchun mo‘ljallangan yo‘lni bildiradi.
14. Chorrahani birinchi bo'lib kesib o'tadi:
Yashil avtomobil.
Qizil avtomobil.
Ko'k avtomobil.
To'g'ri javob: Yashil avtomobil.
YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.
15. Mazkur svetoforning qizil yoritgichida harakat taqiqlanadi:
Faqat bir qatorda.
Qatnov qismining barcha kengligi bo'ylab.
Quvib o'tish bilan.
Svetofor qaysi tasma ustiga o'rnatilgan bo'lsa, o'sha tasmada.
To'g'ri javob: Svetofor qaysi tasma ustiga o'rnatilgan bo'lsa, o'sha tasmada.
YHQ 7-bobi 35-bandiga asosan, qatnov qismidagi harakat yo'nalishi qarama-qarshi tomonga o'zgarishi mumkin bo'lgan tasmalarida transport vositalarining harakatini tartibga solish uchun X-Simon qizil ishorali va pastga yo'nalgan yo'naltirgich ko'rinishidagi yashil ishorali reversiv svetoforlar qo'llaniladi. Bu ishoralar qaysi tasma ustiga o'rnatilgan bo'lsa, unda harakatlanishni taqiqlaydi yoki ruxsat beradi.
16. Agar tegishli belgilar bilan belgilangan qiyaliklarda, yuzma-yuz kelayotgan transport vositalarining o‘tib ketishi qiyin bo‘lsa, yo‘l berish zarur:
Pastlik tomon harakatlanayotgan transport vositasiga
Belgilangan yo‘nalishdagi transport vositasiga
Balandlikka harakatlanayotgan transport vositasiga
To'g'ri javob: Balandlikka harakatlanayotgan transport vositasiga
YHQ 21-bobi 128-bandiga asosan, agar yo'lning 1.13 va 1.14 yo'l belgilari bilan belgilangan qiyaliklarda, qarama-qarshi yo'nalishlarda harakatlanishni qiyinlashtiradigan to'siq bo'lsa, nishablikka harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi yo'l berishi kerak.
17. Yo'lning bu qismida quvib o'tishga ruxsat etiladimi?
Ruxsat etiladi.
Taqiqlanadi.
To'g'ri javob: Taqiqlanadi.
YHQ 2-ilovasining 1-bo'limidagi 1.9 chizig'i – reversiv harakat tashkil etilgan tasmalarning chegarasini belgilaydi; reversiv harakatlanish amalga oshirilgan yo'llarda (reversiv svetofori o'chirilgan holatda) qarama-qarshi yo'nalishdagi transport oqimini ajratadi. Reversiv svetoforlar bo'lmaganda yoki ular o'chirib qo'yilganda, 1.9 chizig'ini faqat u haydovchining o'ng tomonida bo'lsa, bosib o'tishga ruxsat etiladi.
18. Harakat tezligini tanlashda haydovchiga nima taqiqlanadi?
Ushbu Qoidalarga muvofiq ravishda transport vositasiga o‘rnatilgan taniqlik belgida ko‘rsatilgan tezlikdan oshirish
Keskin tormoz berish, agar bu harakatlanish xavfsizligini ta’minlash uchun talab qilinmasa
Sanab o‘tilgan ikkala harakatni amalga oshirish taqiqlanadi
To'g'ri javob: Sanab o‘tilgan ikkala harakatni amalga oshirish taqiqlanadi
YHQ 11-bobi 81-bandiga asosan, haydovchilarga quyidagilar taqiqlanadi: tezlikni mazkur transport vositasining texnik tavsifnomasida ko‘rsatilgan eng yuqori tezlikdan oshirish; tezlikni transport vositasiga o‘rnatilgan “Tezlik cheklangan” taniqlik belgisida ko‘rsatilganidan oshirish; zaruriyat bo‘lmaganda juda past tezlikda harakatlanib, boshqa transport vositalariga xalaqit berish; yo‘l-transport hodisasining oldini olish zaruriyati bo‘lmaganda keskin tormoz berish.
19. Qo'l jarohatlanganda jabrlanuvchining ko'ylagi, kiyimi qanday yechilsa to'g'ri bo'ladi?
Kiyim-boshni yechishni kasal qo'ldan boshlash, so'ng sog' qo'lni bo'shatish.
Kiyim-boshni ikkala qo'ldan bir vaqtda yechish.
Kiyim-boshni yechishni sog' qo'ldan boshlash, so'ng kasal qo'lni bo'shatish.
To'g'ri javob: Kiyim-boshni yechishni sog' qo'ldan boshlash, so'ng kasal qo'lni bo'shatish.
Shikastlangan qo'l yoki oyoqni majburiy harakatga solmasdan kiyim yechish imkonini yaratish uchun avval kiyim shikastlanmagan, so'ngra shikastlangan qo'l yoki oyoqdan ehtiyotlik bilan yechiladi.
20. Mopedlarni shatakka olishga ruxsat etiladimi?
Ruxsat etiladi
Qattiq qoplamasiz yo‘l bo‘ylab faqat kunning yorug‘ vaqtida ruxsat etiladi
Taqiqlanadi
To'g'ri javob: Taqiqlanadi
YHQ 28-bobi 168-bandining yettinchi xatboshisiga asosan, velosipedchilar va individual harakatlanish vositalarini boshqarayotgan shaxslarga quyidagilar taqiqlanadi: Velosipedlarni va individual harakatlanish vositalarini shatakka olish, shuningdek, ulardan shatakka olishda foydalanish taqiqlanadi (velosipedga mo‘ljallangan tirkamalarni shatakka olish bundan mustasno).