32-bilet savollari va javoblari

1. Reaksiya va diqqatni pasaytiruvchi dori darmonlar ta’sirida bo‘lgan haydovchiga transport vositalarini boshqarishiga ruxsat etiladimi?

  1. Taqiqlanadi
  2. Ruxsat etiladi
  3. Agar haydovchining ishlagan davri 2 yildan ortiq bo‘lsa, ruxsat etiladi

To'g'ri javob: Taqiqlanadi

YHQ 2-bobi 12-bandining birinchi xatboshisiga asosan, haydovchiga quidagilar taqiqlanadi: transport vositasini mastlik holatida (alkogol, giyohvand moddalar iste’mol qilgan va h. k.), sezgirlik va e’tiborni susaytiradigan dori-darmonlar ta’sirida, yo‘l harakati xavisizligiga tahdid soladigan darajadagi charchoqlik va betoblik holatida boshqarish.

2. Bu belgida ko‘k fon bilan ajratilgan aholi punkti nimani bildiradi?

Bu belgida ko‘k fon bilan ajratilgan aholi punkti nimani bildiradi?
  1. Bu manzil shu aholi punktidan tashqarida joylashganini va u manzilga avtomagistral bo‘lmagan, boshqa yo‘l orqali borilishni
  2. Ko‘rsatilgan aholi punktiga harakatlanish avtomagistral bo‘ylab amalga oshiriladi
  3. Ko‘rsatilgan manzil mazkur aholi punktida joylashgan

To'g'ri javob: Bu manzil shu aholi punktidan tashqarida joylashganini va u manzilga avtomagistral bo‘lmagan, boshqa yo‘l orqali borilishni

YHQ 1-ilovasi 5-bo‘limining o‘ttiz sakkizinchi va oltmish sakkizinchi xatboshlariga asosan: 5.21.1. «Yo‘nalish ko‘rsatkichi». Aholi punktida o‘rnatilgan 5.20.1 yo‘l belgisidagi yashil, ko‘k rang ko‘rsatilgan aholi punktiga yoki obyektga ushbu aholi punktidan chiqgandan so‘ng avtomagistral yoxud boshqa yo‘l orqali harakatlanish mumkinligini anglatadi, oq rang esa ko‘rsatilgan obyekt shu aholi punktida joylashganligini bildiradi.

3. Quyidagi chiziq nimani bildiradi?

Quyidagi chiziq nimani bildiradi?
  1. Yo‘lni kesib o‘tuvchi piyodalarni o‘tkazib yuborish uchun to‘xtash majburiy bo‘lgan joy
  2. Velosiped yo‘lkasi yo‘lni kesib o‘tuvchi joyi
  3. Boshqarilmaydigan piyodalar o‘tish joyi

To'g'ri javob: Velosiped yo‘lkasi yo‘lni kesib o‘tuvchi joyi

YHQ 2-ilovasi 1-bo‘limining o‘n to‘qqizinchi xatboshisiga asosan: 1.15 – yo‘lining velosiped yo‘lkasi kesib o‘tgan joyini bildiradi.

4. Transport vositalari chorrahani quyidagi tartibda kesib o'tadilar:

Transport vositalari chorrahani quyidagi tartibda kesib o'tadilar:
  1. Ko'k va qizil avtomobillar, yashil.
  2. Yashil, ko'k, qizil avtomobillar.
  3. Yashil, qizil va ayni vaqtda u bilan birga ko'k avtomobil.
  4. Qizil, yashil, ko'k avtomobillar.

To'g'ri javob: Yashil, qizil va ayni vaqtda u bilan birga ko'k avtomobil.

YHQ 16-bobi 104-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yo'ldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo'ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yo'nalishidan qat'i nazar, yo'l berishi kerak.

5. Ko‘rsatilgan vaziyatda o‘ngga burilar ekan, haydovchi qanday yo‘l tutishi kerak?

Ko‘rsatilgan vaziyatda o‘ngga burilar ekan, haydovchi qanday yo‘l tutishi kerak?
  1. Ustunlik huquqidan foydalanib, tovushli xabar berishi va belgilangan yo‘nalishda harakatni davom ettirishi
  2. Harakat tezligini pasaytirishi va alohida ehtiyotkorlik bilan yo‘lda davom etishi
  3. Qatnov qismidan o‘tuvchi piyodalarni o‘tkazib yuborishi

To'g'ri javob: Qatnov qismidan o‘tuvchi piyodalarni o‘tkazib yuborishi

YHQ 14-bobi 96-bandiga asosan, chapga yoki o'ngga burilayotgan haydovchi kesishayotgan yo'lning qatnov qismidan o'tayotgan piyoda(lar)ga, shuningdek velosiped yo'lkasidan yo'lni kesib o'tayotgan velosipedchi(lar)ga yo'l berishi kerak.

6. Agar transport vositasida “Tezlik cheklangan” taniqlik belgisi o‘rnatilgan bo‘lsa, bu transport vositasining haydovchisiga:

  1. Belgida ko‘rsatilgan tezlikdan oshirishga faqat tezlik tegishli yo‘l belgisi o‘rnatilib oshirilgan yo‘l qismlarida ruxsat beriladi
  2. Belgida ko‘rsatilgan tezlikdan oshirish taqiqlanadi

To'g'ri javob: Belgida ko‘rsatilgan tezlikdan oshirish taqiqlanadi

YHQ 11-bobi 81-bandining ikkinchi xatboshisiga asosan, haydovchilarga quyidagilar taqiqlanadi: tezlikni transport vositasiga o‘rnatilgan “Tezlik cheklangan” taniqlik belgisida ko‘rsatilganidan oshirish.

7. Aholi punktlarida “Avariya sababli to‘xtash” belgisi transport vositasidan (yon kajavasiz mototsikldan tashqari) kamida qanday masofada qo‘yilishi kerak?

  1. 10 m
  2. 15 m
  3. 30 m
  4. 40 m

To'g'ri javob: 15 m

YHQ 8-bobi 51-bandiga asosan: Transport vositasi to‘satdan to‘xtab qolganda, zudlik bilan avariya yorug‘lik ishorasini yoqish, agar u ishlamasa, avariya sababli to‘xtash belgisini darhol o‘rnatish kerak. Avariya sababli to‘xtash belgisi quyidagi hollarda qo‘llaniladi: Yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganda; to‘xtash taqiqlangan joylarda va ko‘rinishi cheklangan joylarda majburiy to‘xtaganda; Ushbu belgi boshqa haydovchilarni xavfli vaziyat haqida o‘z vaqtida ogohlantirish imkoni beradigan masofada o‘rnatilishi kerak. Bu masofa aholi punktlarida transport vositasidan 15 metr, aholi punktlaridan tashqaridagi joylarda esa 30 metrdan kam bo‘lmasligi kerak.

8. Aholi punktlaridan tashqarida yo‘lning qatnov qismida haydovchilar transport vositalarini qayerda harakatlantirishlari kerak?

  1. Iloji boricha qatnov qismining o‘ng chetiga yaqinroq joyda
  2. Xohlagan tasma bo‘ylab
  3. Faqat o‘ng tasma bo‘ylab, chap tasmaga o‘tish faqat chapga burish va burilib olish uchun ruxsat etiladi

To'g'ri javob: Iloji boricha qatnov qismining o‘ng chetiga yaqinroq joyda

YHQ 10-bobi 67-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Aholi punktlaridan tashqaridagi yo‘llarda hamma aholi punktlarida ayrim turdagi transport vositalari uchun ushbu Qoidalarda belgilangandan yuqori tezlikda harakatlanish ruxsat etilgan yo‘l qisimlarida haydovchilar transport vositalarini mumkin qadar qatnov qismining o‘ng chetiga yaqinroq olib harakatlanishlari kerak. O‘ng tasmalar bo‘sh bo‘lganda chap tasmalarni egallash taqiqlanadi.

9. Quvib o‘tish qaysi hollarda taqiqlanadi?

  1. Temir yo‘l kesishmalarida va ulargacha 100 metrdan kam masofa qolganda
  2. Temir yo‘l kesishmalarida va ulargacha 100 metrdan ko‘p masofa qolganda
  3. Temir yo‘l kesishmalarida va aholi punktlaridan tashqarida ulardan 100 metrdan ko‘p masofa qolganda

To'g'ri javob: Temir yo‘l kesishmalarida va ulargacha 100 metrdan kam masofa qolganda

YHQ 12-bobi 86-band 4-xatboshisiga asosan, temir yo'l kesishmalarida va ulargacha 100 metrdan kam masofa qolganda quvib o'tish taqiqlanadi.

10. Transport vositasining bir o‘qiga izlari har xil naqshli shinalar o‘rnatishga ruxsat etiladimi?

  1. Avtomobilning faqat orqa o‘qiga oldingi boshqaruvchi ko‘prik bilan birga ruxsat etiladi
  2. Taqiqlanadi
  3. Faqat yuk avtomobiliga ruxsat etiladi
  4. Ruxsat etiladi

To'g'ri javob: Taqiqlanadi

premium_required

11. Qaysi rasmda haydovchi yo‘lovchilarni tushurish uchun o‘z avtomobilini noto‘g‘ri to‘xtatdi?

Qaysi rasmda haydovchi yo‘lovchilarni tushurish uchun o‘z avtomobilini noto‘g‘ri to‘xtatdi?
  1. Chapdagi rasmda
  2. Ikkala rasmda
  3. O‘ngdagi rasmda

To'g'ri javob: Ikkala rasmda

YHQ 13-bobi 91-bandiga asosan: piyodalar o‘tish joylarida va ulardan oldin 10 metrdan kam masofa qolganda; qatnov qismi kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi chetiga 30 metrdan kam masofada (uch tomonlama kesishadigan chorrahalarda yondan tutashgan yo‘lning sidirg‘a chiziq yoki ajratuvchi mintaqa bilan ajratilgan qarama-qarshi tomoni bundan mustasno).

12. Qaysi rasmda harakatlanishning to'g'ri yo'nalishi ko'rsatilgan?

Qaysi rasmda harakatlanishning to'g'ri yo'nalishi ko'rsatilgan?
  1. Birinchida.
  2. Ikkinchida.
  3. Ikkalasida.

To'g'ri javob: Ikkinchida.

YHQ 1-ilovasining 4-bo'limidagi 4.2.2 "To'siqni chapdan chetlab o'tish" belgisi qo'yilgan joyda to'siqni faqat ko'rsatkich ko'rsatgan tomondan aylanib o'tish ruxsat yetiladi. YHQ 2-ilovasining 1-yotiq chiziqlar bo'limida yo'l belgilarining, shu jumladan, vaqtincha yo'l belgilarining va yotiq yo'l chiziqlarining ma'nolari bir-biriga zid kelgan hollarda yoki yo'l chiziqlarini yetarlicha farqlab bo'lmasa, haydovchilar yo'l belgilariga amal qilishlari kerakligi ko'rsatilgan.

13. Mazkur chiziq nimani bildiradi?

Mazkur chiziq nimani bildiradi?
  1. Harakat svetofor bilan tartibga solinadigan piyodalar o‘tish joyini
  2. Velosiped yo‘lkasining qatnov qismini kesib o‘tadigan joyni
  3. Piyodalar yo‘lkasining qatnov qismini kesib o‘tadigan joyni

To'g'ri javob: Velosiped yo‘lkasining qatnov qismini kesib o‘tadigan joyni

YHQ 2-ilovasi 1-bo‘limining o‘n to‘qqizinchi xatboshisiga asosan: 1.15-yo‘lning velosiped yo‘lkasi kesib o‘tgan joyini bildiradi.

14. Qizil avtomobil chorrahani kesib o'tadi:

Qizil avtomobil chorrahani kesib o'tadi:
  1. Birinchi bo'lib.
  2. Ikkinchi bo'lib.
  3. Oxirgi bo'lib.

To'g'ri javob: Ikkinchi bo'lib.

YHQ 16-bobi 106-,105 - va 104 - bandlariga asosan, asosiy yo'lning yo'nalishi chorrahada o'zgarganda, asosiy yo'lda harakatlanayotgan haydovchilar o'zaro teng ahamiyatli yo'llar chorrahasidan o'tish qoidasiga amal qilishlari kerak. Teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yo'ldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo'ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yo'nalishidan qat'i nazar, yo'l berishi kerak.

15. Svetoforning qaysi ishorasida avtomobil haydovchisi qayrilishni tugallashi mumkin?

Svetoforning qaysi ishorasida avtomobil haydovchisi qayrilishni tugallashi mumkin?
  1. Qizilda.
  2. Yashilda.
  3. Istalgan ishorasida.

To'g'ri javob: Yashilda.

YHQ 15-bobi 102-bandiga muvofiq, svetoforning ruxsat etuvchi ishorasida chorrahaga kirgan haydovchi undan chiqishda svetofor ishoralaridan qat'i nazar, mo'ljallangan yo'nalishda harakatlanishni davom ettirishi kerak. Biroq chorrahada haydovchining harakatlanish yo'lida joylashgan svetoforlar oldida to'xtash chiziqlari (yoki 5.33 yo'l belgisi) bo'lsa, u har bir svetofor ishoralariga amal qilishi shart.

16. Sanab o‘tilgan hollarning qay birida qatnov qismining o‘ng chetidan yoki yo‘lning o‘ng yoqasidan qayrilishga ruxsat etiladi?

  1. Tartibga solingan chorrahalarda
  2. Chorrahalardan tashqarida, agar qatnov qismining kengligi chetki chap holatdan qayrilish uchun yetarli bo‘lmasa
  3. Tartibga solinmaydigan chorrahalarda, agar qayrilishni amalga oshirayotgan transport vositasi asosiy yo‘lda bo‘lsa

To'g'ri javob: Chorrahalardan tashqarida, agar qatnov qismining kengligi chetki chap holatdan qayrilish uchun yetarli bo‘lmasa

YHQ 9-bobi 59-bandining ikkinchi xatboshisiga asosan: Chorrahadan tashqarida qayrilib olishda, agar qatnov qismining kengligi manyovrni chetki chap holatdan bajarish uchun yetarli bo‘lmasa, uni qatnov qismining o‘ng chetidan (o‘ng yo‘l yoqasidan) amalga oshirishga yo‘l qo‘yiladi. Bu holda haydovchi shu yo‘nalishdagi va qarama-qarshi yo‘nalishdagi transport vositalariga yo‘l berishi shart.

17. Transport vositasi texnik tavsifnomasida ko'rsatilgan yuqori tezlikdan oshirish mumkinmi?

  1. Yo'llardan foydalanish uchun mas'ul bo'lgan idoralar tomonidan oshirilishi mumkin.
  2. Aholi punktidan tashqaridagi yo'llarda oshirilishi mumkin. Bunday yo'l qismlarida "yuqori tezlik cheklangan" belgisi o'rnatiladi.
  3. Oshirilishi mumkin emas.

To'g'ri javob: Oshirilishi mumkin emas.

YHQ 11-bobi 81-bandi 1-xatboshiga muvofiq, haydovchilarga tezlikni mazkur transport vositasining texnik tavsifnomasida ko'rsatilgan eng yuqori tezlikdan oshirish taqiqlanadi.

18. Avtomagistrallarda transport vositalarining atayin to‘xtashi qaysi joylarda ruxsat etilgan?

  1. Yo‘lning qatnov qismining chetki o‘ng tasmasida
  2. Yo‘lning 100 metrdan ko‘proq qismi ko‘rinadigan va harakat tasmasi soni to‘rttadan ortiq bo‘lgan joylarda
  3. To‘xtab turish uchun “To‘xtab turish joyi” yoki “Dam olish joyi” belgilari bilan belgilangan maxsus maydonchalarda

To'g'ri javob: To‘xtab turish uchun “To‘xtab turish joyi” yoki “Dam olish joyi” belgilari bilan belgilangan maxsus maydonchalarda

Yo‘l harakati qoidalarining 121 bandiga asosan, avtomagistrallarda quyidagilar taqiqlanadi: 5.15 yoki 6.11 yo‘l belgilari bilan belgilangan maxsus to‘xtab turish maydonchalaridan boshqa joylarda to‘xtash.

19. Avtopoyezdning taniqlik belgisi qanday holda yoqilgan bo‘lishi kerak:

  1. Tunda yoki yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda harakat qilganda
  2. Faqat avtopoyezd harakat qilganda
  3. Avtopoyezd harakat qilganda, shuningdek, qorong‘i vaqtda to‘xtaganda va to‘xtab turganda
  4. Faqat avtopoyezd yuk bilan harakat qilganda

To'g'ri javob: Avtopoyezd harakat qilganda, shuningdek, qorong‘i vaqtda to‘xtaganda va to‘xtab turganda

YHQ 23-bobi 141 - bandiga muvofiq, "Avtopoezd" taniqlik belgisi avtopoezd harakatlanayotganda, shuningdek, sutkaning qorong'i vaqtida va etarlicha ko'rinmaydigan sharoitda yo'lda to'xtash va to'xtab turish paytida ham yoqib qo'yilishi kerak.

20. Ikkinchi daraja ta’mirlash yo‘li bilan tiklangan shinalarni M1 toifadagi avtotransport vositalariga o‘rnatishga ruxsat etiladimi?

  1. Taqiqlanadi
  2. Avtomobilning har ikki o‘qiga ruxsat etiladi
  3. Faqat orqa o‘qiga ruxsat etiladi

To'g'ri javob: Faqat orqa o‘qiga ruxsat etiladi

YHQ 3-ilovasi 5-bo‘limining 5.7.-bandiga asosan: 5.7. M1, M2, M3 toifalarni 1 klassidagi avtotransport vositalarini oldingi o‘qiga, M3 toifani 2 va 3 klassidagi avtotransport vositalarini o‘rta va orqa o‘qlariga ikkinchi ta‘mirlash klassi bo‘yicha qayta tiklangan shinalar o‘rnatilgan bo‘lsa foydalanish taqiqlanadi.