1. Sanab o‘tilgan hollarning qaysi birida haydovchi o‘zining transport vositasini ichki ishlar xodimi ixtiyoriga berishi shart?
Barcha hollarda
Kechiktirib bo‘lmaydigan xizmat vazifalarini bajarish uchun
Ish joyiga borish uchun
To'g'ri javob: Kechiktirib bo‘lmaydigan xizmat vazifalarini bajarish uchun
YHQ 2-bobi 11-bandi z - xatboshiga asosan, transport vositasining haydovchisi IIO, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlariga Qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda kechiktirib bo'lmaydigan xizmat vazifalarini bajarish uchun transport vositasini foydalanishga taqdim etishga majburdir.
2. Qaysi transport vositasining haydovchisi birinchi navbatda harakatlanish huquqiga ega?
Avtobus haydovchisi.
Yuk avtomobili haydovchisi.
To'g'ri javob: Yuk avtomobili haydovchisi.
YHQ 1-ilovasi 2-bo'limi 2.6 belgisi, "Ro'para harakatning ustunligi" qarama-qarshi harakatlanishni qiyinlashtiradigan hollarda yo'lning tor qismiga kirishga taqiqlaydi. Haydovchi yo'lning tor qismida bo'lgan yoki ro'paradan unga yaqin bo'lgan transport vositasiga yo'l berishi kerak. 2.7 belgisi esa, "Ro'paradagi harakatlanishga nisbatan imtiyoz". Yo'lning tor qismida harakatlanishda haydovchi ro'paradan kelayotgan transport vositasiga nisbatan imtiyozga egaligini bildiradi.
3. Qaysi belgi transport vositalarining belgida ko'rsatilgandan kam oraliq masofada harakatlanishini taqiqlaydi?
A.
B.
C.
D.
To'g'ri javob: C.
YHQ 1-ilovasining 3-bo'limi 3.16 belgisiga asosan, "Eng kam oraliq" belgisida ko'rsatilganidan kam oraliq masofada harakatlanish taqiqlanadi.
4. Yengil avtomobilning tom qismiga o‘rnatilgan yukxonasidagi yukning balandligi (maxsus moslamalar bilan mustahkamlangan holda velosipedlarni tashish bundan mustasno) necha metrdan oshmasligi kerak?
0,5 metr
1,0 metr
1,2 metr
1,5 metr
To'g'ri javob: 1,0 metr
YHQ 27 – bobi 162 – bandi, sakkizinchi xatboshiga asosan: Quyidagi shartlarga amal qilinganda yuk tashishga yo‘l qo‘yiladi: yengil avtomobilning tom qismiga o‘rnatilgan yukxonasidagi yukning balandligi 1 metrdan (maxsus moslamalar bilan mustahkamlangan holda velosipedlar va individual harakatlanish vositalarini tashish bundan mustasno) va uzunligi avtomobilning gabaritidan 0,5 metrdan oshmasa.
5. Ko'rsatilgan vaziyatda qaysi bo'lakdan o'ngga burilish lozim?
Faqat ikkinchi bo'lakdan.
Faqat "A" chizig'i bilan belgilangan o'ng chekkadagi bo'lakdan.
To'g'ri javob: Faqat "A" chizig'i bilan belgilangan o'ng chekkadagi bo'lakdan.
YHQ 22-bobi 132-bandiga asosan, yo'nalishli transport vositalarining harakatlanishi uchun 5.9, 5.10.1 — 5.10.3 yo'l belgilari bilan ajratilgan tasmada boshqa transport vositalarining harakatlanishi va to'xtashi taqiqlanadi. Agar 5.9 yo'l belgisi bilan belgilangan tasma qatnov qismining boshqa tasmalardan uzuq-uzuq chiziq bilan ajratilgan bo'lsa, burilmoqchi bo'layotgan transport vositalari bu tasmaga qayta tizilishlari kerak.
6. Tartibga soluvchining mazkur ishorasi quyidagini bildiradi:
Ko'k, yashil avtomobillarga harakatlanishga ruxsat etiladi. Qizil, sariq, oq avtomobillarga taqiqlanadi.
Ko'k, qizil, yashil avtomobillarga harakatlanishga ruxsat etiladi. Sariq, oq avtomobillarga taqiqlanadi.
To'g'ri javob: Ko'k, qizil, yashil avtomobillarga harakatlanishga ruxsat etiladi. Sariq, oq avtomobillarga taqiqlanadi.
YHQ 7-bobi 38-bandiga asosan, tartibga soluvchining o'ng qo'li oldinga uzatilganda: chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yo'nalishlarda; oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat o'ngga harakatlanishga ruxsat beriladi; orqa tomonidan va o'ng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi; piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonida qatnov qismini kesib o'tishga ruxsat etiladi.
7. Aholi punktlaridan tashqarida yengil avtomobillarning qanday eng katta tezlik bilan harakatlanishiga ruxsat etiladi?
110 km/s.
100 km/s.
90 km/s.
80 km/s.
70 km/s.
To'g'ri javob: 100 km/s.
YHQ 11-bobi 79-bandi 1-xatboshiga asosan, aholi punktlaridan tashqarida yengil avtomobillarga va ruxsat etilgan to'la vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 100 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.
8. Chorrahada aylanma harakatlanish tashkil qilingan. Siz yaqinlashib kelayotkan chorrahaning qatnov qismi ikkita xarakat bo‘lagiga ega. Chorrahaga kirishda burilish uchun siz qaysi tasmani egallashingiz lozim?
O‘ng tasmani
Chap tasmani
O‘ng yoki chap tasmani
To'g'ri javob: O‘ng yoki chap tasmani
YHQ 9 – bobi 56 – bandi: Haydovchi, aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burulishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi o‘ngga, chapga burulishi yoki qayrilib olishidan oldinroq shu yo‘nalishda harakatlanishi uchun mo‘ljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart.
Ya’ni aylanma harakatli chorrahadan kirishda eng chetki holatni egallash shart emas va bu holatda o‘ng yoki chap yo‘lakdan harakatlanish mumkin.
9. Siz qiyalikda svetoforning ruxsat beruvchi ishorasini kutib to‘xtadingiz. Bunda avtomobilni joyida tutib turishning eng yaxshi usuli:
To‘xtab turish tormozi bilan
Birinchi uzatma ulangan holda ulovchi joydan jilmay aylantirish hisobiga
Yurgizgich o‘chirilib, past uzatma ulangan holda
Ishchi tormoz bilan
To'g'ri javob: To‘xtab turish tormozi bilan
Ishchi (asosiy) tormoz avtomobil harakatlanishi vaqtida doimiy foydalanishga mo‘ljallangan va haydovchiga avtomobil harakatini har xil intensivlikda sekinlashtirish yoki uni to‘xtatish uchun xizmat qiladi. To‘xtab turish tormozi avtomobilni uzoq muddatli to‘xtash yoki to‘xtab turish vaqtida o‘z – o‘zidan harakatlanib ketishidan saqlab qolish uchun mo‘ljallangan.
Balandlikda svetoforning ruxsat etuvchi ishorasini kutib to‘xtaganda, avtomobilni joyidan jilmay ushlab turishning eng yaxshi usuli, to‘xtab turish tormozi (“qo‘l tormozi”) hisoblanadi. Chunki, bu avtomobilning orqaga harakatlanib ketishining xavfini kamaytiradi.
10. Qaysi hollarda velosipedchilarga qatnov qismining o'ng chekkasidan chiqishga yo'l qo'yiladi?
Yuk ortib ketayotganda.
Ruxsat etilgan hollarda chapga burilish yoki qayrilib olish uchun.
Ikkala sanab o'tilgan hollarda.
To'g'ri javob: Ruxsat etilgan hollarda chapga burilish yoki qayrilib olish uchun.
YHQ 28-bobi 168-bandiga asosan, velosipedchilarga va moped haydovchilariga tramvay harakatlanadigan yo'llarda va shu yo'nalishda harakatlanish uchun tasmasi bittadan ko'p bo'lgan yo'llarda chapga burilish yoki qayrilib olish taqiqlanadi.
11. Piyodalarga yo'lni piyodalar o'tish joyidan tashqarida kesib o'tishga ruxsat etiladimi?
Ruxsat etiladi.
Piyodalarga ko'rinadigan oraliqda o'tish joyi yoki chorraha bo'lmasa, ajratuvchi mintaqasiz va to'siqsiz yo'llardan yo'lning ikki tomoni yaxshi ko'rinadigan joyidan, qatnov qismining chetiga nisbatan to'g'ri burchak ostida kesib o'tish ruxsat etiladi.
Taqiqlanadi.
To'g'ri javob: Piyodalarga ko'rinadigan oraliqda o'tish joyi yoki chorraha bo'lmasa, ajratuvchi mintaqasiz va to'siqsiz yo'llardan yo'lning ikki tomoni yaxshi ko'rinadigan joyidan, qatnov qismining chetiga nisbatan to'g'ri burchak ostida kesib o'tish ruxsat etiladi.
YHQ 4-bobi 17-bandiga asosan, piyodalarga ko'rinadigan oraliqda o'tish joyi yoki chorraha bo'lmasa, ajratuvchi mintaqasiz va to'siqsiz yo'llardan yo'lning ikki tomoni yaxshi ko'rinadigan joyidan, qatnov qismining chetiga nisbatan to'g'ri burchak ostida kesib o'tish ruxsat etiladi.
12. Bu joyda hovliga burilishga ruxsat etiladimi?
Ruxsat etiladi.
Taqiqlanadi.
To'g'ri javob: Ruxsat etiladi.
YHQ 2-ilovasi 1-bo'limining 1.11 yotiq chizig'i faqat bir tomondan qayta tizilishga ruxsat etilgan yo'l qismlarida, bir yo'nalishdagi yoki qarama-qarshi kelayotgan transport oqimlarini ajratadi. Qayrilib olish, to'xtash maydonchalari va shunga o'xshashlarga kirish-chiqish joylarida harakatlanish faqat bir yo'nalishda ruxsat etilganligini ko'rsatadi. 1.11 chizig'ini uzuq-uzuq chiziq tomonidan, sidirg'a chiziq tomonidan esa faqat quvib yoki aylanib o'tishni tugatayotganda bosib o'tishga ruxsat etiladi.
13. Ushbu belgilar aholi punktlarida xavfli yo'l qismi boshlanishdan qancha masofa oldin o'rnatiladi?
15-20 metr.
25-50 metr.
50-100 metr.
100-130 metr.
150-300 metr.
To'g'ri javob: 50-100 metr.
YHQ 1-ilovasining 1-bo'limi izohining 1-xatboshiga asosan, 1.1, 1.2, 1.6, 1.8 i 1.30 ogohlantiruvchi belgilar aholi punktlarida xavfli joydan 50-100 metr oldin o'rnatiladi.
14. Avtomagistralda shatakka olishga ruxsat etiladimi?
Taqiqlanadi
Faqat qisman ortish usuli bilan yoki qattiq ulagich bilan ruxsat etiladi
Faqat egiluvchan ulagich bilan ruxsat etiladi
Istalgan usuldan birini to‘g‘ri tanlab ruxsat yetiladi
To'g'ri javob: Istalgan usuldan birini to‘g‘ri tanlab ruxsat yetiladi
YHQ 24-bobi 145-bandi: Shatakka olish quyidagi holatlarda taqiqlanadi: rul boshqaruvi ishlamayotgan transport vositalarini (qisman ortish usuli bilan shatakka olish bundan mustasno); ikki va undan ko'p transport vositalarini; shatakka olingan va shatakka olgan transport vositalarining ulagich bilan birga umumiy uzunligi 20 metrdan ortiq bo'lsa; ishchi tormoz tizimi ishlamayotgan transport vositasining haqiqiy vazni shatakka olgan transport vositasining haqiqiy vaznining yarmidan ortiq bo'lsa (haqiqiy vazni kam bo'lgan bunday transport vositasini faqat qattiq ulagich bilan yoki qisman ortish usuli bilan shatakka olishga yo'l qo'yiladi); ikki g'ildirakli mototsikl, elektromototsikl, moped, skuter va individual harakatlanish vositalari bilan, shuningdek, bunday mototsikl, elektromototsikl, moped, skuter va individual harakatlanish vositalarini; yo'l yaxmalak, sirpanchiq bo'lgan hollarda egiluvchan ulagichda.
Yo‘l harakati qoidalarida avtomagistrallarda shatakka olishga cheklovlar yo‘q.
15. Belgilangan yo‘nalish bo‘ylab xarakatlanayotgan avtobus haydovchisi ushbu sharoitda yo‘l berishi kerakmi?
Kerak
Kerak emas
Kerak emas, chunki u to‘g‘riga ketmoqda
To'g'ri javob: Kerak
YHQ 16-bobi 105-bandi: Teng ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o‘ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo‘l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o‘zaro amal qilishlari kerak. Bunday chorrahalarda keyingi harakat yo‘nalishidan qat’iy nazar, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin o‘tish huquqiga ega bo‘ladi.
Bu holatda tramvay avtobusga nisbatan ustunlikka ega. Shu sababli, avtobus haydovchisi unga yo‘l berishi kerak.
16. Qaysi transport vositalariga harakatlanish ruxsat etiladi?
Faqat qizil avtomobilga
Barcha transport vositalariga
Qizil, ko‘k va yashil avtomobillarga
To'g'ri javob: Qizil, ko‘k va yashil avtomobillarga
YHQ 7-bobi 38-bandiga asosan, tartibga soluvchining o'ng qo'li oldinga uzatilganda: chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yo'nalishlarda; oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat o'ngga harakatlanishga ruxsat beriladi; orqa tomonidan va o'ng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi; piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonida qatnov qismini kesib o'tishga ruxsat etiladi.
17. Tirkamali yengil avtomobillarga yo'lning shu yo'l belgisi o'rnatilgan qismida qanday eng katta tezlik bilan harakatlanishga ruxsat etiladi?
60 km/s.
70 km/s.
80 km/s.
100 km/s.
110 km/s.
To'g'ri javob: 80 km/s.
YHQ 11-bobining 79-bandi 3-xatboshiga muvofiq, boshqa avtobuslar (shaharlararo va mikroavtobuslardan tashqari), tirkamali yengil avtomobillar, motosikllar, ruxsat etilgan to'la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo'lgan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 80 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.
18. Odam tashish uchun mo‘ljallangan yuk avtomobili yukxonasiga o‘rnatilgan o‘rindiqlar, yukxona pastki qismidan qancha balandlikda mahkamlangan bo‘lishi kerak?
0,3-0,5 metr
0,6-0,7 metr
0,8-0,9 metr
To'g'ri javob: 0,3-0,5 metr
YHQ 26 – bobi 153 – bandiga asosan: Odam tashish uchun mo‘ljallangan yuk avtomobili yukxonasining borti 1,3 metrdan kam bo‘lmasligi shart. Bunda yukxonaning pastki qismidan 0,3 — 0,5 metr balandlikda mahkamlangan o‘rindiqlar jihozlangan bo‘lishi kerak.
19. Ushbu yo‘l belgisi nimani bildiradi?
Belgida ko'rsatilgandan ortiq yuk ko'taruvchi yuk avtomobillari va transport vositalari tarkibi (tirkamali yuk avtomobillari)ning harakat qilishi taqiqlanadi
Umumiy haqiqiy vazni (yo'lovchilar va yuk vaznini qo'shgan holda) belgida ko'rsatilganidan ortiq bo'lgan transport vositalarining, shuningdek, transport vositalari tarkiblarining harakatlanishi taqiqlanadi
To'g'ri javob: Umumiy haqiqiy vazni (yo'lovchilar va yuk vaznini qo'shgan holda) belgida ko'rsatilganidan ortiq bo'lgan transport vositalarining, shuningdek, transport vositalari tarkiblarining harakatlanishi taqiqlanadi
YHQ 1-ilovasining 3-bo'limi 3.11 "Vazn cheklangan" belgisiga muvofiq, haqiqiy umumiy vazni belgida ko'rsatilganidan ortiq bo'lgan transport vositalarining, shuningdek, transport vositalari tarkiblarining harakatlanishi taqiqlanadi.
20. M2, M3 toifali avtotransport vositalari shina protektorlari naqishlarining qoldiq balandligi kamida qancha bo‘lishi kerak?
0,8 mm
1,2 mm
1,6 mm
2 mm
2,5 mm
To'g'ri javob: 2 mm
YHQ 3 – ilovasi 153 – bandiga asosan:
Shina protektori naqshlarining qoldiq balandligi N2, N3, O3, O4 toifadagi avtotransport vositalari uchun - 1,0 mm dan kam bo‘lsa; M1, N1, O1, O2 toifadagi avtotransport vositalari uchun - 1,6 mm dan, kam bo‘lsa; M2, M3 toifadagi avtotransport vositalari uchun - 2,0 mm dan kam bo‘lsa;
Mototsikl, elektromototsikl, moped va skuterlar uchun - 0,8 mm dan kam bo‘lsa.
Izoh: tirkamalar shinasi naqshlarining qoldiq balandligi shatakchi transport vositasi shinalari uchun belgilangan me’yor kabidir.