Tuproqli yoki shag‘alli yo‘lga nisbatan qoplamali yo‘l yoki tegishli belgilar bilan belgilangan yo‘l
Uch tomonlama chorrahada tutashib kelgan yo‘lga nisbatan har ikki tomonga davom etuvchi yo‘l
Har bir yo‘nalishda harakatlanish uchun bir tasmali yo‘lga nisbatan ko‘p tasmali qatnov qismi bo‘lgan yo‘l
To'g'ri javob: Tuproqli yoki shag‘alli yo‘lga nisbatan qoplamali yo‘l yoki tegishli belgilar bilan belgilangan yo‘l
YHQ 1-bobi 6-bandi 12-tushunchasiga asosan, asosiy yo'l — tuproqli yoki shag'alli yo'lga nisbatan qattiq qoplamali (asfalt, sement-betonli va shunga o'xshashlar yotqizilgan), kesishayotgan yoki tutashgan yo'lga nisbatan 2.1, 2.3.1 — 2.3.3 yoki 5.1 yo'l belgilari bilan belgilangan yoxud yondosh hududdan chiqadigan yo'lga nisbatan har qanday yo'l. Ikkinchi darajali yo'lning bevosita chorrahaga tutash qismining qoplamali bo'lishi uni asosiy yo'l bilan teng huquqli qilmaydi.
2. Qaysi qo‘shimcha axborot belgisi transport vositalarini to‘xtab turish joyiga qo‘yish usulini ko‘rsatadi?
1
2
3
4
5
To'g'ri javob: 3
YHQ 1-ilovasi 7-bo‘limining o‘n to‘qqizinchi xatboshisiga asosan: 7.6.2. “Transport vositasini to‘xtab turish joyiga qo‘yish usuli”.
3. Yotiq uzluksiz sariq chiziq “To‘xtash taqiqlangan” belgisi bilan birga to‘xtashga ruxsat etadi:
Yo‘lovchilarni tushiradigan barcha transport vositalariga
Avtobuslarga va trolleybuslarga
Avtobuslarga, trolleybuslarga va taksi avtomobillariga
Faqat belgilangan yo‘nalishdagi transport vositalariga
To'g'ri javob: Faqat belgilangan yo‘nalishdagi transport vositalariga
YHQ 2-ilovasi 1-bo‘limining oltinchi xatboshisiga asosan: 1.4 - to‘xtash taqiqlangan joyni bildiradi. Yakka holda yoki 3.27 “To‘xtash taqiqlangan” yo‘l belgisi bilan qo‘llaniladi hamda yo‘lning qatnov qismi chetiga yoki yo‘l chetidagi to‘siq ustidan chiziladi. YHQ 1-ilovasi 3-bo‘limining o‘ttiz sakkizinchi xatboshisiga asosan: 3.27 belgisiga amal qilish yo‘nalishli transport vositalariga ta'sir qilmaydi.
4. Sekin yurar transport vositalarining temir yo‘l kesishmasi orqali harakatlanishiga faqat temir yo‘l distansiyasi boshlig‘ining ruxsati bilan harakat tezligi quyidagidan kam bo‘lganda yo‘l qo‘yiladi:
3 km/s
5 km/s
8 km/s
10 km/s
30 km/s
To'g'ri javob: 8 km/s
YHQ 18-bobi 118-bandi 9-xatboshiga asosan, temir yo'l distantsiyasi boshlig'ining ruxsatisiz tezligi soatiga 8 kilometrdan kam bo'lgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.
5. Qizil avtomobil haydovchisi:
Yo'l berishi kerak.
Birinchi bo'lib harakatlanish imtiyoziga ega.
To'g'ri javob: Yo'l berishi kerak.
YHQ 15-bobi 100-bandiga asosan, svetoforning taqiqlovchi qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo'shimcha tarmoqning ko'rsatkichli yashil ishorasi yo'nalishida harakatlanayotgan haydovchi boshqa yo'nalishlardan harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi kerak.
6. Bu belgi bilan belgilangan yo‘l qismlarida ajratuvchi mintaqaning uzilish joyida qayrilishga ruxsat etiladimi?
Ruxsat etiladi
Taqiqlanadi
Faqat to‘la vazni 3,5 tonnagacha bo‘lgan transport vositalariga ruxsat etiladi
Belgilangan yo‘nalishdagi transport vositalariga ruxsat etiladi
To'g'ri javob: Taqiqlanadi
YHQ 19-bobi 121-bandi 4-xatboshiga muvofiq, avtomagistrallarda ajratuvchi mintaqaning texnologik uzilish joylariga kirish va ularda qayrilib olish taqiqlanadi.
7. Transport vositalarining trotuar va piyodalar yo‘lkasi bo‘ylab harakatlanishiga yo‘l qo‘yiladimi?
Yo‘l qo‘yiladi, agar bu piyodalarning harakatiga xalal bermasa
Yo‘l qo‘yilmaydi, chunki bu piyodalarning hayotini xavf ostiga qo‘yishi mumkin
Bevosita shu trotuar yoki yo‘lkalarda joylashgan savdo yoki boshqa korxonalarga xizmat ko‘rsatishda yo‘l qo‘yiladi
Trotuarda turgan boshqa transport vositasini aylanib o‘tish uchun yo‘l qo‘yiladi
To'g'ri javob: Bevosita shu trotuar yoki yo‘lkalarda joylashgan savdo yoki boshqa korxonalarga xizmat ko‘rsatishda yo‘l qo‘yiladi
YHQ 10-bobi 72-bandiga muvofiq, qoidalarning 88, 166-bandlarida ko'zda tutilganlardan boshqa hollarda transport vositalarining trotuarlar, piyodalar yo'lkalarida mexanik transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi. Bu joylarda yo'ldan foydalanish va kommunal xizmat mashinalarining harakatlanishiga, shuningdek, trotuarlar yoki piyodalar yo'lkalari oldida joylashgan savdo shoxobchalari, korxonalar va boshqa inshootlarga yuk olib kirish uchun boshqa imkoniyati bo'lmagan transport vositalariga yaqin yo'ldan kirishga ruxsat etiladi. Bunda harakatlanish xavfsizligi ta'minlangan bo'lishi shart.
8. Bunday yo'l belgisi bilan belgilangan yo'l qismlarida shaharlararo qatnaydigan avtobuslarning qanday eng yuqori tezlikda harakatlanishiga ruxsat etiladi?
50 km/s.
60 km/s.
70 km/s.
80 km/s.
90 km/s.
To'g'ri javob: 90 km/s.
YHQ 11-bobi 79-bandi 2-xatboshiga asosan, aholi punktlaridan tashqarida shaharlararo qatnaydigan avtobuslarga va mikroavtobuslarga tezlikni soatiga 90 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.
9. Mototsikllarni shatakka olishga ruxsat etiladimi?
Yon kajavali mototsikllarni shatakka olishga ruxsat etiladi
Taqiqlanadi
Tekis joylarda ruxsat etiladi
Yon kajavasi bo‘lmagan mototsikllarni shatakka olishga ruxsat etiladi
To'g'ri javob: Yon kajavali mototsikllarni shatakka olishga ruxsat etiladi
YHQ 24-bobi 145-bandining beshinchi xatboshisiga asosan, shatakka olish quyidagi holatlarda taqiqlanadi: kajavasiz mototsikllar bilan, shuningdek bunday mototsikllarni.
10. Bu yo‘l belgisi bildiradi:
Oxiri berk ko‘chaga olib boradigan yo‘lni
Aholi punktlaridagi manzil tomon harakatlanish yo‘nalishini
Balandlikda yoki tezlanish tasmasida qo‘shimcha tasmaning tugaganini
To'g'ri javob: Oxiri berk ko‘chaga olib boradigan yo‘lni
YHQ 1-ilovasi 5-bo‘limining o‘ttiz oltinchi xatboshisiga asosan: 5.19.1. “Oxiri berk yo‘l”. Yo‘lning ko‘rsatilgan yo‘nalishda oxiri berkligini bildiradi.
11. Shatakka olingan yengil avtomobilda yo‘lovchilarni tashish mumkinmi?
Ruxsat etiladi
Egiluvchan va qattiq ulagichda ruxsat etiladi
Taqiqlanadi
To'g'ri javob: Egiluvchan va qattiq ulagichda ruxsat etiladi
YHQ 24-bobi 143 - bandiga muvofiq, qattiq yoki egiluvchan ulagich bilan shatakka olingan avtobusda, trolleybusda va yuk avtomobili yukxonasida odam tashish taqiqlanadi, yengil avtomobilda esa taqiqlanmagan.
12. Quyidagi belgi ostidagi qo‘shimcha axborot belgisi haydovchiga nima haqida xabar beradi?
To‘xtab turish paytida yurgizgichni o‘chirish taqiqlanadi
Yurgizgichni o‘chirish sharti bilan to‘xtab turish
To'g'ri javob: Yurgizgichni o‘chirish sharti bilan to‘xtab turish
YHQ 1-ilovasi 7-bo‘limining yigirmanchi xatboshisiga asosan: 7.7. “Dvigatelni ishlatmasdan to‘xtab turish joyi”. 5.15 belgisi bilan belgilangan to‘xtab turish joyida transport vositalarining dvigatelini ishlatmasdan to‘xtab turishiga ruxsat etilganligini ko‘rsatadi.
13. Mazkur yotiq chiziq nimani anglatadi?
Belgilangan yo‘nalishdagi transport vositalari harakatlanadigan bo‘lakni
Maxsus avtomobillar harakatlanadigan bo‘lakni
Reversiv harakatlanish bo‘lagining chegarasini
To'g'ri javob: Reversiv harakatlanish bo‘lagining chegarasini
YHQ 2-ilovasi 1-Bo‘limining o‘n birinchi xatboshisiga asosan: 1.9 - reversiv harakat tashkil etilgan bo‘laklarning chegarasini belgilaydi; reversiv harakatlanish amalga oshirilgan yo‘llarda (reversiv svetofori o‘chirilgan holatda) qarama-qarshi yo‘nalishdagi transport oqimini ajratadi.
14. Chorrahani ikkinchi bo'lib kesib o'tadi:
Yashil avtomobil.
Qizil avtomobil ayni vaqtda ko'k bilan.
Sariq avtomobil.
To'g'ri javob: Qizil avtomobil ayni vaqtda ko'k bilan.
YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.
15. Chorrahani birinchi bo‘lib kesib o‘tadi:
Qizil avtomobil
Ko‘k avtomobil
Yashil avtomobil
To'g'ri javob: Yashil avtomobil
YHQ 15-bobi 100-bandiga asosan, svetoforning taqiqlovchi qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo'shimcha tarmoqning ko'rsatkichli yashil ishorasi yo'nalishida harakatlanayotgan haydovchi boshqa yo'nalishlardan harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi kerak.
16. Temir yo‘l kesishmasidan o‘tishda haydovchi nimaga amal qilishi kerak?
Shlagbaumning holatiga va yorug‘lik ishorasiga
Yo‘l belgilari va chiziqlariga
Temir yo‘l kesishmasi navbatchisining ko‘rsatmalari va ishoralariga
Barcha sanab o‘tilgan talablarga
To'g'ri javob: Barcha sanab o‘tilgan talablarga
YHQ 18-bobining 117-bandiga asosan, temir yo'l kesishmasiga yaqinlashib uni kesib o'tmoqchi bo'lgan haydovchi kesishma navbatchisining ko'rsatmalariga, svetoforlar ishoralariga, yo'l belgilariga, yo'l chiziqlariga, shlagbaum holatiga amal qilishi va yaqinlashayotgan poyezd (lokomotiv, drezina) yo'qligiga ishonch hosil qilish shart.
17. Haydovchi quvib o‘tishni boshlashdan oldin nimaga ishonch hosil qilishi kerak?
Quvib o‘tayotgan transport vositasi haydovchisidan ancha tezroq harakatlanishiga
Shu tasma bo‘yicha oldinda harakatlanayotgan transport vositasi haydovchisi chapga burilish (qayta tizilish) haqida ishora bermaganiga
U chiqishga mo‘ljallangan yo‘l qismi 1000 metr masofada bo‘sh ekaniga
To'g'ri javob: Shu tasma bo‘yicha oldinda harakatlanayotgan transport vositasi haydovchisi chapga burilish (qayta tizilish) haqida ishora bermaganiga
YHQ 12-bobi 82-bandi 3-xatboshiga asosan, quvib o'tishni boshlashdan oldin haydovchi shu tasmada orqada harakatlanayotgan transport vositasi quvib o'tishni boshlamaganligiga ishonch hosil qilishi shart.
18. Uzunasiga ketgan sidirg‘a chizig‘i bilan to‘xtagan transport vositalari o‘rtasidagi masofa quyidagidan kam bo‘lgan joylarda transport vositalarining to‘xtashi va to‘xtab turishi taqiqlanadi:
2,0 m
3,0 m
4,0 m
5,0 m
6,0 m
To'g'ri javob: 3,0 m
YHQ 13-bobi 91-bandi 7-xatboshiga asosan, quyidagi joylarda to'xtash taqiqlanadi: – to'xtagan transport vositasi bilan bo'ylama sidirg'a chiziq (qatnov qismining chetini belgilovchi chiziqdan tashqari), ajratuvchi mintaqa yoki qatnov qismining qarama-qarshi cheti orasidagi masofa 3 metrdan kam bo'lgan joylarda.
Mastga o'xshab harakatlanadi, bosh aylanadi, og'riydi, ko'ngil ayniydi, qayt qiladi, mushaklari tortishadi.
To'g'ri javob: Mastga o'xshab harakatlanadi, bosh aylanadi, og'riydi, ko'ngil ayniydi, qayt qiladi, mushaklari tortishadi.
Etillangan benzin (tetraetilqo'rg'oshin qo'shilgan benzin)ning birdan katta miqdori havoga ajralishidan o'tkir zaharlanish kelib chiqadi va unda ko'ngil aynish, qusish, holsizlanish, bosh aylanishi, ishtahaning yo'qolishi hollari yuzaga keladi. Og'izda metall ta'mi, tilda yot jizm sezilishi kabilar o'ziga xos belgilaridan biridir. Og'ir holatlarda asabiylashish, chayqalib yurish, alahsirash, ko'rish va eshitishga oid gallyusinasiyalar va tomir tortishlar kuzatiladi. Etillanmagan benzindan ham zaharlanish mumkin. Shu kabi zaharlanishning alomatlari etillangan benzindan zaharlanishni eslatadi, biroq yengilroq tarzda o'tadi.
20. Yuk avtomobilining yukxonasida 8 nafardan ko‘p odamlarni tashish qaysi haydovchilarga ruxsat beriladi?
“C” toifadagi transport vositasini boshqarish huquqi guvohnomasi bo‘lib, shu avtomobilda uch yillik ish davriga ega bo‘lgan haydovchilarga
“D” va “C” toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan va shu toifadagi transport vositalaridan birini 3 yildan ortiq boshqargan haydovchilarga
To'g'ri javob: “D” va “C” toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan va shu toifadagi transport vositalaridan birini 3 yildan ortiq boshqargan haydovchilarga
YHQ 26-bobi 152-bandiga asosan: Yuk avtomobilining yukxonasida odam tashish “C” toifasidagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan, odamlar soni kabinadagi yo‘lovchilarni ham qo‘shib hisoblaganda 8 nafardan ortiq bo‘lganda esa, “C” va “D” toifalaridagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan va shu toifaga taalluqli transport vositalaridan birini 3 yildan ortiq boshqargan haydovchilar tomonidan amalga oshirilishi kerak. Harbiy haydovchilarga yuk avtomobillarida odam tashishga ruxsat berish O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.