28-bilet savollari va javoblari

1. Mazkur belgi nima haqida axborot beradi?

Mazkur belgi nima haqida axborot beradi?
  1. Avtobus va (yoki) trolleybus to‘xtash joylarini bildiradi
  2. Marshrutdan boshqa barcha transport vositalariga yo'lning o'ng tasmasi bo'yicha harakatlanishni taqiqlaydi.

To'g'ri javob: Avtobus va (yoki) trolleybus to‘xtash joylarini bildiradi

YHQ 1- ilovasining 5-bo'limi 5.12 "Avtobus va (yoki) trolleybus to'xtash joyi" belgisi.

2. Qaysi belgi shlagbaumli temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashganlik haqida ogohlantiradi?

Qaysi belgi shlagbaumli temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashganlik haqida ogohlantiradi?
  1. 1
  2. 2
  3. 3
  4. 4
  5. 5

To'g'ri javob: 4

YHQ 1-ilovasining 1-bo'limidagi 1.1 "Shlagbaumli temir yo'l kesishmasi" belgisi shlagbaum bilan jihozlangan temir yo'l kesishmasiga yaqinlashayotganligi haqida ogohlantiradi.

3. Bu belgida yuk avtomobillaridan qaysi biriga harakatlanishni davom ettirishga ruxsat etiladi?

Bu belgida yuk avtomobillaridan qaysi biriga harakatlanishni davom ettirishga ruxsat etiladi?
  1. Furgon-yukxonada mahsulotlar tashiydigan avtomobillarga.
  2. "Aloqa" yozuvi bo'lgan avtomobillarga.
  3. Yukxonasida odamlar bo'lgan maxsus moslashtirilgan yuk avtomobillarga.

To'g'ri javob: Yukxonasida odamlar bo'lgan maxsus moslashtirilgan yuk avtomobillarga.

YHQ 1-ilovasining 3-bo'limidagi 3.4 belgi talabiga muvofiq, "Yuk avtomobillarining harakatlanishi taqiqlangan" belgida cheklangan vazn ko'rsatilmagan bo'lsa, bu belgi to'la vazn 3,5 tonnadan yuqori bo'lgan barcha yuk avtomobillarining, barcha traktorlarning, o'zi yurar mashina va mexanizmlarning harakatlaninshini taqiqlaydi. Bu belgi ta'sir oralig'ida yashovchi va ishlovchilarga daxldor emas, shuningdek, bortlariga qiya oq chiziq tortilgan yoki odamlarni tashiyotgan yuk avtomobillarining harakatlanishini taqiqlamaydi.

4. Zanjirli bo‘lgan qishloq xo‘jalik, yo‘l qurilishi va boshqa mexanik transport vositalariga temir yo‘l kesishmasidan o‘tishga ruxsat etiladimi?

  1. Agar temir yo‘l boshlig‘ining ruxsati bo‘lsa, ruxsat etiladi
  2. Mexanik transport vositalariga yuklab olib o‘tish ruxsat etiladi
  3. Taqiqlanadi

To'g'ri javob: Mexanik transport vositalariga yuklab olib o‘tish ruxsat etiladi

YHQ 18-bobi 118-bandi 8-xatboshiga asosan, transport holatiga keltirilmagan qishloq xo'jaligi, yo'l qurilishi, qurilish va boshqa mashina hamda mexanizmlarni kesishma orqali olib o'tish taqiqlanadi.

5. Harakatlanish qaysi yo'nalishda ruxsat etilgan?

Harakatlanish qaysi yo'nalishda ruxsat etilgan?
  1. To'g'riga va o'ngga birinchi yo'nalishga.
  2. O'ngga birinchi yo'nalishga.
  3. O'ngga ikkinchi yo'nalishga.
  4. O'ngga birinchi va ikkinchi yo'nalishga.

To'g'ri javob: O'ngga birinchi yo'nalishga.

YHQ 7-bobi 32-bandi 2-xatboshiga muvofiq, yo'naltirgich ko'rinishidagi qizil, sariq va yashil rangli svetofor ishoralari doira shaklidagi svetofor ishoralari bilan bir xil ma'noga ega bo'ladi. Ular faqat ko'rsatilgan yo'nalishga ta'sir etadi. Agar tegishli yo'l belgilari bilan qayrilib olish ta'qiqlanmagan bo'lsa chapga burilishga ruxsat beruvchi yo'naltirgich, qayrilib olishga ham ruxsat beradi. Qo'shimcha tarmoqdagi yashil yo'naltirgich ham xuddi shu ma'noni bildiradi.

6. Chorrahani oxiri kesib o'tadi:

Chorrahani oxiri kesib o'tadi:
  1. Qizil avtomobil.
  2. Ko'k avtomobil.
  3. Yashil avtomobil.

To'g'ri javob: Yashil avtomobil.

YHQ 16-bobi 104-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yo'ldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo'ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yo'nalishidan qat'i nazar, yo'l berishi kerak. YHQ 16-bobi 107-bandiga asosan, chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yo'ldan qarama-qarshi yo'nalishdan to'g'riga yoki o'ngga harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.

7. Bu yo'l belgisi:

Bu yo'l belgisi:
  1. Ikki g'ildirakli kajavasiz mototsikllardan tashqari hamma mexanik transport vositalarining harakatlanishini taqiqlaydi.
  2. G'ildirakli traktorlardan tashqari hamma transport vositalarining harakatlanishini taqiqlaydi.
  3. Traktorlar va o'zi yurar mashinalarning harakatlanishi taqiqlanadi.

To'g'ri javob: Traktorlar va o'zi yurar mashinalarning harakatlanishi taqiqlanadi.

YHQ 1-ilovasining 3-bo'limidagi 3.6 belgi talabiga muvofiq, "Traktorlar harakatlanishi taqiqlangan" belgisi barcha turdagi traktorlar, o'zi yurar mashina va mexanizmlarning harakatlanishini taqiqlaydi.

8. Transport vositalari chorrahadan quyidagi tartibda o'tadilar:

Transport vositalari chorrahadan quyidagi tartibda o'tadilar:
  1. Ko'k avtomobil, tramvay, qizil avtomobil.
  2. Tramvay, qizil, so'ngra ko'k avtomobil.
  3. Tramvay, ko'k avtomobil chorrahaga chiqadi, qizilga yo'l beradi, so'ngra burilishni tugallaydi.

To'g'ri javob: Ko'k avtomobil, tramvay, qizil avtomobil.

YHQ 16-bobi 106-,105 - va 104 - bandlariga asosan, asosiy yo'lning yo'nalishi chorrahada o'zgarganda, asosiy yo'lda harakatlanayotgan haydovchilar o'zaro teng ahamiyatli yo'llar chorrahasidan o'tish qoidasiga amal qilishlari kerak. Teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada tramvay harakatlanish yo'nalishidan qat'i nazar, teng ahamiyatli yo'lda bir yo'nalishda yoki qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanayotgan relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega.

9. Egiluvchan ulagichda shatakka olganda transport vositalari orasidagi masofa qanday bo‘lishi kerak?

Egiluvchan ulagichda shatakka olganda transport vositalari orasidagi masofa qanday bo‘lishi kerak?
  1. 1-3 m
  2. 2-4 m
  3. 3-6 m
  4. 4-6 m
  5. 4-8 m

To'g'ri javob: 4-6 m

YHQ 24-bobi 144 - bandiga muvofiq, egiluvchan ulagich bilan shatakka olishda shatakka olgan va shatakka olingan transport vositalari o'rtasidagi masofa 4 — 6 metr oralig'ida bo'lishi kerak, qattiq ulagich bilan shatakka olishda shatakka olgan va shatakka olingan transport vositalari o'rtasidagi masofa 4 metrdan ko'p bo'lmasligi kerak.

10. Qanday nosozlik bo‘lganda, transport vositalarining harakatlanishini davom ettirishi taqiqlanadi?

  1. Transport vositalarining tuzilishida ko‘zda tutilgan oyna yuvgichlari ishlamasa
  2. Tashqi yoritish asboblari va nur qaytargichlar belgilangan tartibda ishlamasa yoki ifloslangan
  3. Yomg‘ir yoki qor yog‘ayotgan vaqtda haydovchi tomonidagi oyna tozalagich ishlamasa
  4. Sanab o‘tilgan barcha hollarda

To'g'ri javob: Yomg‘ir yoki qor yog‘ayotgan vaqtda haydovchi tomonidagi oyna tozalagich ishlamasa

YHQ 2-bob 12-bandi 3-xatboshiga asosan, haydovchiga transport vositasini tormoz tizimi, rul boshqaruvi ishlamayotgan, ulagich moslamasi (avtopoyezd tarkibida) nosoz bo‘lgan, sutkaning qorong‘i vaqtida yoki ko‘rinish cheklangan vaziyatlarda yonmaydigan fara chiroqlari va orqa gabarit fara chiroqlari, yomg‘ir yoki qor yog‘ayotgan vaqtda oyna tozalagich ishlamaydigan transport vositasini boshqarish taqiqlanadi.

11. Yonilg‘i quyish joyidan yo‘lga chiqish chorraha hisoblanadimi?

Yonilg‘i quyish joyidan yo‘lga chiqish chorraha hisoblanadimi?
  1. Hisoblanmaydi
  2. Hisoblanadi

To'g'ri javob: Hisoblanmaydi

YHQ 1-bob 6-bandi 36 va 51 -tushunchalariga asosan, yondosh hududdan chiqish joylari chorraha hisoblanmaydi. Yondosh hudud – bevosita yo'lga tutashgan va transport vositalari o'tib ketishi uchun mo'ljallanmagan hudud (hovlilar, mahallalar, turar joy dahalari, transport vositasi to'xtab turish joylari, yonilg'i quyish shaxobchalari, korxona va shunga o'xshashlar).

12. Ko‘rsatilgan belgilardan qaysi biri mehmonxona yoki motelni bildiradi?

Ko‘rsatilgan belgilardan qaysi biri mehmonxona yoki motelni bildiradi?
  1. 1
  2. 2
  3. 3
  4. 4
  5. 5

To'g'ri javob: 3

YHQ 1-ilovasining 6-bo'limi 6.9 "Mehmonxona yoki motel" belgisiga muvofiq, yo'l harakat qatnashchilariga mehmonxona yoki motel haqida ma'lumot berish uchun qo'llaniladi.

13. Belgilarning ta’siri qaysi transport vositalariga tatbiq etiladi?

Belgilarning ta’siri qaysi transport vositalariga tatbiq etiladi?
  1. Faqat yuk avtomobillarga
  2. Yengil avtomobillarga va mototsikllarga
  3. Faqat yengil avtomobillarga

To'g'ri javob: Faqat yengil avtomobillarga

YHQ 1-ilovasi 7-bo‘limining o‘n ikkinchi va o‘n uchinchi xatboshlariga asosan: 7.4.3. “Transport vositasining turi”. Belgining ta'siri joriy etilgan transport vositalari turini ko‘rsatadi. 7.4.1 belgi bilan o‘rnatilgan yo‘l belgisining ta'siri yuk tashuvchi, shu jumladan, tirkamali, to‘la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan transport vositalariga, 7.4.3 belgi bilan o‘rnatilgan yo‘l belgisining ta’siri yengil avtomobillarga, shuningdek to‘la vazni 3,5 tonnagacha bo‘lgan yuk tashuvchi transport vositalariga tatbiq etiladi.

14. Chorrahani oxirgi bo'lib kesib o'tadi:

Chorrahani oxirgi bo'lib kesib o'tadi:
  1. Qizil avtomobil.
  2. Ko'k avtomobil.
  3. Yashil avtomobil.

To'g'ri javob: Qizil avtomobil.

YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. YHQ 16-bobi 107-bandiga asosan, chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yo'ldan qarama-qarshi yo'nalishdan to'g'riga yoki o'ngga harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.

15. Qizil avtomobil chorrahani kesib o'tadi:

Qizil avtomobil chorrahani kesib o'tadi:
  1. Birinchi.
  2. Ikkinchi.

To'g'ri javob: Birinchi.

YHQ 7-bobi 43-bandiga asosan, svetofor ishoralari imtiyoz belgilari talablariga zid bo'lgan hollarda haydovchilar svetofor ishoralariga amal qilishlari kerak. YHQ 15-bobi 99-bandiga asosan, svetoforning ruxsat etuvchi ishorasida chapga burilayotgan yoki qayrilib olayotgan relssiz transport vositasining haydovchisi qarama-qarshi tomondan to'g'riga harakatlanayotgan va o'ngga burilayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.

16. Shaharlararo qatnaydigan avtobusning haydovchisiga aholi punktlaridan tashqarida tezlikni 80 km/soatdan oshirishga ruxsat etiladimi?

  1. Faqat shu yo‘nalishda harakatlanish uchun ikki yoki undan ortiq tasma bo‘lgan yo‘llarda harakatlanganda ruxsat etiladi
  2. Ruxsat etiladi
  3. Taqiqlanadi

To'g'ri javob: Ruxsat etiladi

YHQ 11-bobi 79-bandining ikkinchi xatboshisiga asosan, aholi punktlaridan tashqarida: shaharlararo qatnaydigan avtobuslarga vα mikroavtobuslarga tezlikni soatiga 90 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.

17. Bu joyda to'xtashga ruxsat etilganmi?

Bu joyda to'xtashga ruxsat etilganmi?
  1. Ruxsat etilgan.
  2. Taqiqlangan.

To'g'ri javob: Taqiqlangan.

YHQ 2-ilovasining 1-bo'limiga asosan, 1.4 yotiq chizig'i – to'xtash taqiqlangan joyni bildiradi. Yakka holda yoki 3.27 "To'xtash taqiqlangan" yo'l belgisi bilan qo'llaniladi hamda yo'lning qatnov qismi chetiga yoki yo'l chetidagi to'siq ustidan chiziladi.

18. Aholi punktidan tashqarida transport vositalarining uzoq to‘xtab turishi (dam olish, tunash va hokazo)ga qayerda ruxsat etiladi?

  1. Yo‘l chetida
  2. To‘xtab turish maydonchalarida yoki yo‘ldan tashqarida
  3. Yo‘l qatnov qismining o‘ng tomonida, biroq u boshqa transport vositalarining harakatlanishiga to‘sqinlik qilmasligi kerak
  4. Yo‘lning chap tomonida, biroq harakat xavfsizligi choralariga rioya qilgan holda

To'g'ri javob: To‘xtab turish maydonchalarida yoki yo‘ldan tashqarida

YHQ 13-bobi 90-bandiga asosan: Aholi punktlaridan tashqarida tunab qolish, dam olish yoki boshqa maqsadlarda uzoq vaqt to‘xtab turishga faqat buning uchun ko‘zda tutilgan maydonchalarda yoki yo‘ldan tashqarida ruxsat etiladi.

19. Shatakka olish qanday hollarda taqiqlangan?

  1. Sirpanchiqda qattiq ulagichda
  2. Sirpanchiqda egiluvchan ulagichda
  3. Yon kajavali mototsikllar bilan

To'g'ri javob: Sirpanchiqda egiluvchan ulagichda

YHQ 24-bobi 145-bandining oltinchi xatboshisiga asosan, shatakka olish quyidagi holatlarda taqiqlanadi: yo‘l yaxmalak, sirpanchiq bo‘lgan hollarda egiluvchan ulagichda.

20. Ushbu yotiq chiziqlardan qaysi biri belgilangan yo‘nalishdagi transport vositalari uchun to‘xtashga ruxsat beradi?

Ushbu yotiq chiziqlardan qaysi biri belgilangan yo‘nalishdagi transport vositalari uchun to‘xtashga ruxsat beradi?
  1. “A”
  2. “B”
  3. “C”
  4. “A”, “B”, “C”

To'g'ri javob: “A”, “B”, “C”

YHQ 2-ilovasi 1-bo‘limining oltinchi, o‘n ikkinchi va yigirma birinchi xatboshlariga asosan: 1.4 - to‘xtash taqiqlangan joyni bildiradi. Yakka holda yoki 3.27 “To‘xtash taqiqlangan” yo‘l belgisi bilan qo‘llaniladi hamda yo‘lning qatnov qismi chetiga yoki yo‘l chetidagi to‘siq ustidan chiziladi. 1.10 - to‘xtab turish taqiqlangan joyni bildiradi. yakka holda yoki 3.28 yo‘l belgisi bilan qo‘llaniladi va yo‘lning qatnov qismi chetiga yoki yo‘l chetidagi to‘siq ustidan chiziladi. 1.17- yo‘nalishli transport vositalarining bekatlari hamda taksilarning to‘xtab turish joylarini bildiradi. YHQ 1-ilovasi 3-bo‘limining o‘ttiz sakkizinchi xatboshisiga asosan: 3.27 belgisiga amal qilish yo‘nalishli transport vositalariga ta'sir qilmaydi.